Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
Trade dynamics of local and imported goods in the
markets of the Bukhara Emirate during the 18th to 20th
centuries
Kamol AVLAEV
1
National University of Uzbekistan named after Mirzo Ulugbek
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received February 2025
Received in revised form
28 February 2025
Accepted 20 March 2025
Available online
15 April 2025
This article analyzes the market system, trade infrastructure,
and commodity exchange processes in the territory of the
Bukhara Emirate from the second half of the 18th century to the
early 20th century. It highlights internal and external trade,
handicraft production, caravan routes, and the socio-economic
importance of markets. The article also demonstrates the
region’s integration into the global economic system through
market mechanisms.
2181-
1415/©
2025 in Science LLC.
https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol6-iss3/S-pp
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
Bukhara Emirate,
market,
trade infrastructure,
market system,
caravanserais,
domestic trade,
foreign trade,
commodity exchange,
handicraft products,
karakul pelts,
commercial center,
types of goods and products.
XVIII
–
XX asrlarda Buxoro amirligi bozorlarida mahalliy va
import mahsulotlarining savdo dinamikasi
ANNOTATSIYA
Калит сўзлар:
Buxoro amirligi,
bozor,
savdo infratuzilmasi,
bozor tizimi,
karvonsaroylar,
ichki savdo,
tashqi savdo,
tovar almashinuvi,
Ushbu maqolada XVIII asrning ikkinchi yarmi
–
XX asr boshlarida
Buxoro amirligi hududidagi bozor tizimi, savdo infratuzilmasi va
tovar almashinuvi jarayonlari tahlil qilingan. Muallif tomonidan ichki
va tashqi savdo, hunarmandchilik mahsulotlari, karvon yo
‘llari,
bozorlarning ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati yoritiladi. Shuningdek,
maqolada bozorlar orqali mintaqaning global iqtisodiy tizimga
integratsiyalashuvi ko‘rsatilgan.
1
Teacher, National University of Uzbekistan named after Mirzo Ulugbek. E-mail: avlayevkamol@gmail.com
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
03 (2025) / ISSN 2181-1415
361
hunarmandchilik
mahsulotlari,
Qorako‘l terisi,
tijorat markazi,
tovar-mahsulot turlari.
Динамика торговли местными и импортными товарами
на рынках Бухарского эмирата в XVII
I
–XX вв.
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
Бухарский эмират,
рынок,
торговая инфраструктура,
рыночная система,
каравансараи,
внутренная торговля,
внешняя торговля,
товарообмен,
изделия ремесленников,
каракулевая шкура,
торговый центр, виды
товаров и продукции.
В данной статье проанализированы система рынков,
торговая инфраструктура и процессы товарообмена на
территории Бухарского эмирата во второй половине
XVIII
–
начале XX века. Освещаются вопросы внутренней и
внешней торговли, ремесленных изделий,
караванных
путей, а также социально
-
экономическое значение рынков.
Кроме того, в статье показана интеграция региона в
глобальную экономическую систему через рыночные
механизмы.
DOLZARBLIGI
XVIII asrning ikkinchi yarmi
–
XX asr boshlarida Buxoro amirligidagi bozor tizimini
o‘rganish bugungi kunda transregional iqtisodiy aloqalar va Yevrosiyo tarixi kontekstida
mahalliy savdo shakllarini tahlil qilish nuqtai nazaridan alohida ahamiyat kasb etadi.
Buxoro o‘zining strategik geografik joylashuvi bilan Sharq va G‘arbni bog‘lovchi yirik
quruqlik yo‘llari chorrahasida joylashgan bo‘lib, nafaqat tranzit markazi, balki Hindiston,
Xitoy, Eron, Rossiya imperiyasi va Markaziy Osiyo mintaqalari o‘rtasidagi mahsulot
oqimlarini qayta taqsimlovchi muhim markaz sifatida faoliyat yuritgan.
Shu nuqtai nazardan, amirlikdagi bozor infratuzilmasini tahlil qilish nafaqat mazkur
davrning ijtimoiy-iqtisodiy manzarasini qayta tiklash, balki mahalliy bozorlarning global
iqtisodiyotga qanday integratsiyalashganini anglash imkonini ham beradi.
Tadqiqotning dolzarbligi, avvalo, ushbu mavzuning tarixshunoslikda yetarli
darajada o‘rganilmaganligi, shuningdek, an’anaviy Sharq shaharlarida iqtisodiy faoliyat
mexanizmlarini chuqur o‘rganish zarurati
bilan belgilanadi. Tadqiqot doirasida
bozorlarning hududiy tashkil etilishi, mahsulotlar bo‘yicha ixtisoslashuvi, narxlar
mexanizmi, turli ijtimoiy va kasbiy guruhlarning savdo jarayonidagi ishtiroki,
shuningdek, institutsional tartibga solish shakllari yoritib beriladi.
Alohida e’tibor ichki savdo bilan xalqaro mahsulot aylanishi o‘rtasidagi bog‘liqlik
hamda vositachilik tuzilmalar
–
savdogar uylari, tarozibonlar, karvonboshi va davlat
nazoratchilari faoliyatiga qaratiladi.
METODLAR VA OʻRGANILGANLIK DARAJASI
Mazkur tadqiqot metodologik jihatdan tarixiy-iqtisodiy, ijtimoiy-antropologik
hamda manbashunoslik tahlilni birlashtirgan kompleks yondashuv asosida olib boriladi.
Unda asosan xronikalar, elchilar hisoboti, sayohatchilarning ma’lumotlarini mazmun
-
tahlili kabi metodlar bilan bir qatorda miqdoriy yondashuvlar (narxlar dinamikasi,
mahsulot aylanmasi hajmi, savdo balansi tarkibi) ham
qo‘llaniladi. Ayniqsa bozor
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
03 (2025) / ISSN 2181-1415
362
joylashuvlarini xaritalashtirish, bozorlarga oid tipologik tahlil, logistik yo‘nalishlarning
rekonstruksiyasi va savdoning mavsumiy xususiyatlari alohida e’tibor bilan o‘rganiladi.
Bu yondashuv Buxoro amirligidagi bozorlarga oid infratuzilmaning boshqaruv va
iqtisodiy mezonlarda qanday ishlaganini tahlil qilish imkonini beradi.
Buxoro bozorlarining dinamikasini tahlil qilish uchun fanlararo yondashuv uslubi
keng qo‘llanildi. Jumladan, manbashunoslik va miqdoriy usullari birgalikda qo‘llanildi.
Xiva, Qo‘qon, Eron va Rossiya savdo modellari bilan taqqoslash orqali mintaqaning
iqtisodiy taraqqiyotdagi umumiy va maxsus jihatlari aniqlandi. Tahlilning muhim
yo‘nalishlaridan biri
–
savdogarlar tuzilmasi, kasbiy stratifikatsiya va hunarmandlarning
bozor barqarorligidagi o‘rni.
O‘z o‘rnida ta’kidlash lozimki, bozor institutlari faoliyati, ijtimoiy guruhlar
ishtiroki, mavsumiylik va siyosiy o‘zgarishlarning savdoga taʼsiri kabi bir qator masalalar
hali ham yetarlicha o‘rganilmaganligi aniql
andi.
TADQIQOT NATIJALARI
Buxoroning ijtimoiy-iqtisodiy dinamikasini har tomonlama tasvirlash uchun
manba va adabiyotlar chuqur tahlil qilindi. Ulardan quyidagilarni alohida ta’kidlash
lozim: P. Nebolsin, N. Xanikov, A. Vamberi va F. Yefremov singari rus
va g‘arb
tadqiqotchilarning XIX asrga oid asarlari; «Туркестанские ведомости» gazetasi va
«Записки о Бухарском ханстве» nashrida e’lon qilingan arxiv hujjatlari. Shu bilan birga,
O.A. Suxareva, G.A. Mixayleva, U. Rashidov, D.H. Ziyayeva, F. Amonova, R.E. Kilichev
hamda F.Qosimov singari sovet va mustaqillik davri olimlarining ilmiy ishlari alohida
ahamiyatga ega. Ayniqsa D.H.
Ziyayeva tomonidan yozilgan “Transformation of the
Traditional Urban Economy of Bukhara” (2013) asari Buxorodagi shaha
r iqtisodiyotining
XIX asr oxiri
–
XX asr boshidagi o‘zgarishlarini o‘rganishda asosiy manbalardan biridir.
A.Sh.
Yorov amirlikning jahon bozori integratsiyasiga bag‘ishlangan qiyosiy tahlillari ham
dolzarb nazariy asoslangan ma’lumotlar bergan.
Shu tariqa, ushbu tadqiqot nafaqat Buxoro amirligi bozor infratuzilmasini
o‘rganishdagi mavjud bo‘shliqlarni to‘ldiradi, balki an’anaviy jamiyatlarning ijtimoiy
-
iqtisodiy tizimlarini global iqtisodiy oqimlar bilan o‘zaro aloqadorlikda o‘rganish uchun
yangicha ilmiy
yondashuv modellarini shakllanishiga hissa qo‘shadi.
XVIII asrning ikkinchi yarmi
–
XIX asrning birinchi yarmida Buxoro amirligi Sharq
va G‘arbni bog‘lovchi strategik savdo yo‘llari chorrahasida joylashgan holda, Yevrosiyo
almashinuv tizimining muhim tranzit nuqtasiga aylandi. Uning geografik joylashuvi
mahsulotlar, madaniy anʼanalar va moliyaviy oqimlarning faol aylanishiga yordam berdi
va Rossiya orqali Yevropaga ham ulanish imkonini yaratdi. Shu sababli, Transosiyo
savdosi sharoitida Buxoro nafaqat maʼmuriy va maʼnaviy markaz, balki o‘sha davr
makroiqtisodiy jarayonlariga integratsiyalashgan ko‘p funksional bozor sifatida faoliyat
yuritdi.
Buxoro bozorlari shahar tuzilishiga uyg‘unlashgan holda iqtisodiy barqarorlik va
ijtimoiy harakatchanlikni taʼminlashda muhim o‘rin tutdi. Ularning tuzilishi “toq” –
yopiq
savdo rastalari, “tim” –
ipak va mato savdosi uchun maxsus quyoshli binolar, hamda
ochiq savdo qatorlarini o‘z ichiga olgan. Savdo meʼmorchiligida Toqi Zargaron
(1586
–
1587)
–
zeb-ziynat buyumlari bozori, Toqi Telpakfurushon
–
XVI asr oxiridagi
bosh kiyimlar bozori va Toqi Sarrofon (1534-yildan)
–
valyuta almashinuv maydoni kabi
inshootlar alohida o‘rin egallaydi. Bu inshootlar nafaqat meʼmoriy mahoratini, balki
bozor institutlarining yuqori darajada shakllanganligini ham aks ettiradi [1].
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
03 (2025) / ISSN 2181-1415
363
Buxoro bozorlari har yili Rossiya, Hindiston, Eron, Xitoy va
Аfg‘onistondan kelgan
karvonlarni qabul qilgan. Import yuqori ixtisoslashuv bilan ajralib turgan. Jumladan,
afg‘onlar choy, hindlar mato va zeb
-ziynat buyuml
ari, eronliklar bo‘yoqlar va hidli giyohlar,
xitoyliklar chinni va choy, rossiyaliklar metall, to‘qimachilik va yog‘och mahsulotlarini olib
kelganlar. Bu transhududiy savdo tarmog‘i Buxoro shahar savdo madaniyatining
shakllanishiga zamin yaratdi va amirlikning iqtisodiy identifikatsiyasini belgiladi.
Siyosiy-
idoraviy nuqtai nazardan XVIII asrning o‘rtasidan boshlab amirlikda
markazlashgan monarxiya mustahkamlandi. Viloyatlar, tumanlar hokimlar va oqsoqollar
tomonidan boshqarilib, savdo oqimlari ustidan nazorat va soliq tizimi barqarorligi
taʼminlangan [2]. А
yniqsa amir Nasrullo (1826
–
1860) hukmronligi davrida markazlashuv
va savdoni maʼmuriy tartibga solish yuzasidan chuqur islohotlar amalga oshirilgan.
XIX asr manbalari Buxoro bozorlarining ko‘lami va
xilma-
xilligini taʼkidlaydi:
har yili 15 mingtacha tuya yuk bilan kirib kelgan.
Аmmo yo‘l infratuzilmasining yetarli
darajada rivojlanmaganligi ichki savdo jarayonini qiyinlashtirar edi. Shunga qaramay,
Buxoro mintaqaviy logistika markazi sifatida o‘z maq
omini saqlab qoldi [3].
Buxoro bozorlari nafaqat iqtisodiy markazlar, balki urbanizatsiya madaniyatining
ijtimoiy institutlari ham edi.
Аrxeologik va yozma manbalar bozor tizimining ko‘p darajali
tuzilishi mavjudligini tasdiqlaydi: yopiq timlar, ochiq rastalar va maxsus valyuta
maydonlari. Ushbu ko‘rinishdagi bozorlar
Markaziy Osiyoning murakkab iqlim sharoitida
savdoning barqaror ishlashini ta’minlagan. Ulardan eng yirigi Abdulloxon timi bo‘lgan.
Timda devor bo‘ylab 100 tagacha yog‘ochdan yasalgan savdo ra
stalari joylashgan.
Sharq bozor meʼmorchiligining o‘ziga xos jihati –
bozorlarni gumbazli inshootlar
ichida joylashtirish bo‘lib, bu himoya va qulaylikni taʼminlardi. Xususan, Buxoro shahrida
1913 yilda telpakdo‘zlik sohasiga ixtisoslashgan 34 do‘kondan,
13 tasi Toki
Telpakfurushon majmuida joylashgan edi.
Buxoro bozorlari miqyosi jihatidan Toshkent bozorlaridan ustun turardi
–
bu
Аngliya, Rossiya, Hindiston, Erondan kelgan import mahsulotlar ko‘pligi bilan bog‘liq edi.
G‘ijduvon bozori poytaxtnikidan keyingi o‘rinni egallab, manbalarga ko‘ra qozoq
savdogarlari ushbu bozorda oyiga 10 ming bosh qo‘y va echki keltirganlar va savdo
qilganlar. XX asr boshlarida paxta savdosi 4000 botmongacha yetardi. Sindel, Zinger va
Nobel kabi xalqaro kompaniyalarning savdoda
faol bo‘lishi ushbu bozorning global
integratsiyalashgandan dalolat berardi [4].
А.А.
Semyonov tasvirlaganidek, XX asr boshida bozorlarda Shveysariyadan
quyultirilgan sut (
сгущенное молоко), Germaniyadan Libix sho‘rvasi, Rangun shamlari,
Shanhaydan keltirilgan zanjabildan tayyorlangan murabbo, Hind shoyi mahsulotlari
sotilgan. Ushbu ma’lumotlar mahsulot geografiyasining kengligini ko‘rsatadi [5].
А
lohida bozor turlaridan biri
–
ot bozorlari edi. Ulardan biri Registon yonida
joylashgan bo‘lib (haftada uch k
un shanba, dushanba va seshanba kunlari), ikkinchisi
Bahovuddin maqbarasi yaqinida (chorshanba kuni) faoliyat yuritgan. Ot narxi o‘rtacha
10-15 tilla, zotdor otlar esa 100-
150 tilla oralig‘ida bo‘lgan [6].
XIX asr oxirida 50 ta yopiq bozor mavjud bo‘lib,
har biri muayyan savdoga
ixtisoslashgan edi. Jumladan, don, baliq, un, yog‘, qishloq xo‘jaligi, mevalar, mato, kitob va
boshqalarni misol qilish mumkin. Markaziy bozorlardan tashqari, Gavkushon madrasasi
(Xoʻja bozori) yaqinida, Gʻoziyon
-Paxtabofon, Juybor (Xavzinav), Xiyobon, Shergiron,
Mirdoʻstim (Bozori Nav), Lesak (qush bozori) hududlarida koʻplab mayda bozorlar
joylashgan [7].
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
03 (2025) / ISSN 2181-1415
364
Samarqand darvozasi yaqinida non, go‘sht, mato va hunarmandlar mahsulotlari
ulgurji savdosi rivojlangan
–
bu Buxoroning strategik ahamiyatini tasdiqlaydi.
Аlohida eʼtiborga loyiq bozor –
А
bdullaxon timidagi kitob bozoridir.
25-
30 kitobfurush rastalarida arab, fors va turkiy tillardagi qo‘lyozmalar, mahalliy va
xorij qog‘ozi bilan savdo qilishgan. Asosan xaridorlar –
madrasalar, masjidlar, boy
tijoratchilar va shaxsiy kolleksionerlar bo‘lgan. Kitoblar ilm va ijtimoiy nufuz belgisini
anglatgan [8].
Har bir mintaqaviy bozor haftaning maʼlum kunida ishlagan. Misol uchun
dushanba kuni G‘ijduvon, seshanba kuni Qo‘qon, chors
hanba kuni Mozori Bahovuddin,
payshanba kuni Kumushkent va Bo‘ston, yakshanba kuni Vobkent.
XULOSA
XVIII asrning ikkinchi yarmi
–
XX asr boshlarida Buxoro amirligidagi bozorlarga
oid tuzilma va ularning funksionalligi tahlili ularni oddiy savdo joyi sifatida emas, balki
siyosiy, madaniy va mintaqaviy savdo tizimlarga chuqur integratsiyalashgan murakkab
iqtisodiy-
ijtimoiy institutlar sifatida ko‘rish imkonini beradi. Savdo shakllarining xilma
-
xilligi
–
yopiq timlar va gumbazli toqlar, maxsus ixtisoslashgan bozorlar va mavsumiy
yarmarkalargacha
–
shaharsozlik
rejalashtirish
va
xo‘jalik
iqtisodiyotini
samaradorligining yuqori darajasini namoyon etadi. Tadqiq etilayotgan davrdagi
o‘zgarishlar sharoitida Buxoro savdo tizimi barqarorlik, moslashuvchanlik va
institutsional yetuklik xususiyatlarini namoyon qildi.
Eksportga yo‘naltirilgan sohalar –
paxtachilik, qorako‘lchilik, ipakchilik va madaniy
kapital shakli bo‘lgan kitob savdosi bilan bog‘liq bozorlar ayniqsa muhim ahamiyat kasb
etgan. Savdogarlar korporatsiyalari, vositachi tarozibonlar, soliq va nazorat tizimlari
ichki hamda tashqi bozorlarda ishlab chiqarish, taqsimot va iste’mol o‘rtasidagi
muvofiqlikni ta’minlagan. Bozorlar haftalik ritm asosida faoliyat yuritgan va mavsumiy
logistika, karvon savdosi hamda xalqaro yetkazib berish tarmoqlari bilan chambarchas
bog‘liq bo‘lgan.
Buxoroning tashqi savdosi Rossiya, Hindiston, Eron, Afg‘oniston, Xitoy va
Usmonlilar imperiyasini qamrab olgan. Import qilinayotgan mahsulotlar orasida matolar,
ziravorlar, chinni buyumla
r, metall va choy asosiy o‘rinda turgan bo‘lsa, eksportda paxta,
ipak, qorako‘l terilari, tamaki va hunarmandchilik mahsulotlaridan iborat bo‘lgan. Savdo
jarayonlari mahalliy pul tizimi (tilla, kumush, chaqa) hamda xorijiy valyuta orqali amalga
oshirilgani
valyuta integratsiyasining yuqori darajada bo‘lganini ko‘rsatadi.
Xulosa qilib aytganda, Buxoro amirligi bozorlari Transosiyo savdo
infratuzilmasining ajralmas qismi bo‘lib, an’anaviy xo‘jalik shakllarini global iqtisodiyot
elementlari bilan
uyg‘unlashtirgan. Ularni o‘rganish iqtisodiy tarixni logistika, ijtimoiy
stratifikatsiya, valyuta munosabatlari va savdo institutlarining tashqi va ichki bosim va
modernizatsiya sharoitidagi transformatsiyasi kontekstida tahlil qilish imkonini beradi.
FOY
DALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI:
1.
Турсунов
Н
.
Н
,
Кабулов
К
.
Э
Торговые
отношения
и
развития
ремесленничества
в
Бухарском
эмирате
// International scientific and practical
conference cultural echoes on the silk road: bridging historical legacies with modern
tourism. 2024.
–
199 p.
2.
Турсунов Н.Н. Трансформационные процессы в материальной культуре
населения Южного Узбекистана.
–
Ташкент, Yangi nashr, 2019. –
C. 31.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
03 (2025) / ISSN 2181-1415
365
3.
Ziyaeva D.Kh. Transformation of the traditional urban economy of Bukhara at
the end of the 19th century
–
the beginning of the 20th century // Central Asia. Man-
Society-
State. Moscow 2013. − P. 227.
4.
Rashidov U. Political and economic processes in the Bukhara Emirate in the
early twentieth century. Bukhara.2011.
−
P. 19.
5.
Сухарева О.А. К истории городов Бухарского ханства (Историко ˗
этнографические очерки). –
Ташкент։
АН УзССР, –
1960.
6.
Amonova F. Historical view of the economy of the Bukhara Emirate.
–
Tashkent.2015.
–
P. 30.
7.
Kilichev R.E. Crafts in the city of Bukhara in the second half of the XIX century
and the beginning of the XX century.
–
Tashkent. 1997.
–
P. 97.
8.
Записки о Бухарском ханстве
(Отчеты П.И.Демезна и И.В.Виткевича)
.
− Москва,
1983.
–
С
. 76.
