Авторы

  • Бобуржон Шокиров
    Студент, Ферганский государственный университет

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol6-iss3/S-pp287-292

Ключевые слова:

искусственный интеллект кибербезопасность машинное обучение кибератаки стратегии безопасности

Аннотация

В данной статье подробно рассматривается роль технологий искусственного интеллекта (ИИ) в обеспечении кибербезопасности, а также потенциал их применения для противодействия кибератакам. Анализируется значимость технологий ИИ и машинного обучения (МО) в выявлении рисков, управлении уязвимостями и разработке автоматизированных систем защиты. Особое внимание уделяется и негативным аспектам, связанным с использованием ИИ, в том числе возможностью их применения киберпреступниками. В исследовании подробно описываются взаимосвязь, преимущества и недостатки внедрения технологий ИИ в сферу кибербезопасности, на основе анализа современных научных работ.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/socinov/index

Analysis of cyberattacks conducted with the aid of
artificial intelligence

Boburjon SHOKIROV

1


Fergana State University

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received February 2025

Received in revised form

28 February 2025
Accepted 20 March 2025

Available online

15 April 2025

This article examines in detail the role of artificial

intelligence (AI) technologies in ensuring cybersecurity, as well

as their potential for countering cyberattacks. It analyzes the

importance of AI and machine learning (ML) technologies in

risk identification, vulnerability management, and the
development of automated protection systems. Special

attention is also paid to the negative aspects associated with the

use of AI, including the possibility of its exploitation by

cybercriminals. The study provides a detailed description of the
interrelationships,

advantages,

and

disadvantages

of

implementing AI technologies in the field of cybersecurity,

based on an analysis of current scientific literature.

2181-

1415/©

2025 in Science LLC.

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol6-iss3/S-pp

287-292

This is an open access article under the Attribution 4.0 International

(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

Keywords:

Artificial intelligence,

cybersecurity,

machine learning,

cyber attacks,

security strategies.

Sun’iy

intellekt

yordamida

amalga

oshiriladigan

kiberxurujlar tahlili

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar

:

Sun’iy intellekt,

kiberxavfsizlik,

mashinani o‘rganish,

kiberhujumlar,

xavfsizlik strategiyalari.

Ushbu maqolada sun’iy intellekt (AI) texnologiyalarining

kiberxavfsizlik sohasidagi roli va ulardan kiberhujumlarga
qarshi kurashda foydalanish imkoniyatlari keng yoritiladi.

AI va mashinani o‘rganish (ML) texnologiyalarining xavflarni

aniqlash, zaifliklarni boshqarish va avtomatik himoya

tizimlarini yaratishdagi ahamiyati tahlil qilinadi. Shuningdek,

AI

texnologiyalarining

salbiy

tomonlari,

jumladan,

kiberjinoyatchilar tomonidan ulardan foydalanish ehtimoli ham

muhokama qilinadi. Tadqiqot davomida ilgari

o‘tkazilgan ilmiy

ishlar asosida AI va kiberxavfsizlikning o‘zaro aloqasi,

afzalliklari va kamchiliklari batafsil yoritilgan.

1

Student, Fergana State University. E-mail: Shokirov1603@gmail.com


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

03 (2025) / ISSN 2181-1415

288

Анализ кибератак, осуществляемых с помощью

искусственного интеллекта

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

искусственный интеллект,
кибербезопасность,
машинное обучение,

кибератаки,

стратегии безопасности

.

В данной статье подробно рассматривается роль

технологий искусственного интеллекта (ИИ) в обеспечении

кибербезопасности, а также потенциал их применения для
противодействия кибератакам. Анализируется значимость

технологий ИИ и машинного обучения (МО) в выявлении

рисков,

управлении

уязвимостями

и

разработке

автоматизированных систем защиты. Особое внимание
уделяется

и

негативным

аспектам,

связанным

с

использованием ИИ, в том числе возможностью их

применения киберпреступниками. В исследовании подробно

описываются взаимосвязь, преимущества и недостатки

внедрения технологий ИИ в сферу кибербезопасности, на
основе анализа современных научных работ.


KIRISH

So‘

nggi yillarda raqamli texnologiyalarning jadal rivojlanishi bilan birga

kiberxavfsizlik muammolari ham keskinlashdi. Vasilenko fikricha, “Sun’iy intellekt (AI) va
mashinani o‘rganish (ML) texnologiyalari xavfsizlik tizimlarini mustahkamlash uchun

yangi imk

oniyatlar yaratmoqda. AI algoritmlari real vaqt rejimida ma’lumotlarni tahlil

qilish, tahdidlarni oldindan bashorat qilish va avtomatik ravishda zarur choralarni

ko‘rish imkonini beradi” [13, p.15]. AI texnologiyalaridan foydalanish kiberjinoyatlarga

qarshi kurashish jarayonini avtomatlashtirishga yordam beradi. 2023-yilda boshlangan
va 2025-yilgacha davom etadigan AI Cyber Challenge tanlovi AI asosida kiberhimoya

tizimlarini ishlab chiqishga qaratilgan bo‘lib, bu AI’ning kiberxavfsizlikdagi rolini yanada

muhimlashtiradi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR

Geluvaraj, Satvik va Kumarning Sun’iy intellekt va kiberxavfsizlik bo‘yicha

o‘tkazilgan tadqiqotlari AI texnologiyalarining kiberxavfsizlik sohasida qanday
qo‘llanilayotganini yoritadi [3]. AI va ML texnologi

yalarining kiberxavfsizlikdagi

samaradorligini o‘rganib, bu texnologiyalar avtomatlashtirilgan tahdidlarni aniqlash va
xavfsizlik choralarini kuchaytirishda muhim rol o‘ynashini ta’kidlaydi. Salih va boshqalar

tomonidan olib borilgan tadqiqotda AI va ML yo

rdamida katta hajmdagi ma’lumotlarni

qayta ishlash imkoniyatlari tahlil qilingan bo‘lib, tadqiqotchilar AI tizimlari yordamida

kiberxavfsizlikni yaxshilash mumkinligini qayd etishgan [10]. Elbes va boshqalar esa
AI va ML texnologiyalarining xavflarni aniqlash va zaifliklarni boshqarishdagi

ahamiyatini ta’kidlab, bu texnologiyalarni real tahdidlarni oldindan bashorat qilish uchun
ishlatish mumkinligini ko‘rsatib bergan [1]. Ushbu tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki,

AI texnologiyalari kiberxavfsizlikning ajralmas qismiga aylanib bormoqda va tahdidlarni

oldindan aniqlashda muhim rol o‘ynamoqda.

Ushbu tadqiqotda quyidagi metodlardan foydalanildi. Birinchidan,

adabiyotlar

tahlili

orqali AI va kiberxavfsizlik bo‘yicha mavjud ilmiy maqolalar va tadqiqotlar

o‘rganildi

. Ikkinchidan,

taqqoslash usuli

yordamida AI texnologiyalarining an’anaviy

kiberxavfsizlik tizimlariga ta’siri solishtirildi. Uchinchidan,

tahliliy yondashuv

asosida


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

03 (2025) / ISSN 2181-1415

289

AI asosida kiberhimoya tizimlarining samaradorligi baholandi. Ushbu metodlar
AI texnologi

yalarining kiberxavfsizlikdagi o‘rnini har tomonlama tahlil qilish imkonini

berdi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Vasilenko fikriga ko‘ra: “Bugungi kunda sun’iy intellekt (AI) va kiberxavfsizlik

o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik yanada kuchayib bormoqda. Sun’iy intelle

kt

kiberxavfsizlikning turli jihatlarini modernizatsiya qilishga yordam beradi, shu jumladan

xavflarni aniqlash, tizimlarni himoya qilish va tarmoqlarni optimallashtirish.

AI texnologiyalari yordamida kiberxavfsizlikni yaxshilash uchun avtomatik monitoring

tizimlari va xakerlik faoliyatini aniqlash algoritmlari ishlab chiqilmoqda” [13, p.47].

AI kiberxavfsizlikni yanada samarali qilishda muhim o‘rin tutadi, chunki u real vaqt

rejimida katta ma’lumotlarni tahlil qilib, xavf

-xatarlarni aniqlashda yordam beradi.

Masalan, 2023-yilda boshlandi va ikki yil davom etadigan

AI Cyber Challenge

tanlovi

kiberhimoya tizimlarini yangi avlod texnologiyalari yordamida yaratishga qaratilgan

bo‘lib, bu sun’iy intellektning kiberxavfsizlikdagi ahamiyatini yana bir bor ta’kid

ladi.

Ushbu tanlovda yosh mutaxassislar kiberxavfsizlikni yaxshilashga qaratilgan

AI yechimlari yaratishni maqsad qilishgan.

Sun’iy intellekt (AI) va mashinani o‘rganish (ML) texnologiyalarining

kiberxavfsizlikka integratsiyasi kiberxavflarni aniqlash va ularga javob berish qobiliyatini

sezilarli darajada oshirdi. Geluvaraj, Satvik va Kumar

o‘tkazgan tadqiqotida AI, ML va

chuqur o‘rganish (DL) texnologiyalarining kiberxavfsizlik sohasidagi o‘zgarishlarga olib

keluvchi ta’sirini t

ahlil qilgan. Ular ushbu texnologiyalar murakkab vazifalarni

avtomatlashtirish va katta hajmdagi ma’lumotlarni tahlil qilish orqali kiberxavflarga

qarshi samarali himoya yaratishini ta’kidlaydi.

Salih va boshqalar AI, ML va DL texnologiyalarining kiberxavfsizlik hujumlarini

aniqlashdagi qo‘llanilishiga oid keng qamrovli tadqiqot o‘tkazgan tadqiqotiga ko‘ra:

“Ushbu texnologiyalarning katta hajmdagi ma’lumotlarni qayta ishlash va tahlil qilish

qobiliyati qayd etilgan, bu esa turli xil kiberhujumlarni aniqlash va xavfsizlik choralari

samaradorligini oshirishda muhim omil bo‘lmoqda” [10, p.61

-66].

Elbes va boshqalar AI va ML texnologiyalarining kiberxavfsizlikda, ayniqsa

xavflarni aniqlash va zaifliklarni boshqarishdagi imkoniyatlarini o‘rganishgan. Tadqiqot

ko‘ra: “ML algoritmlari yordamida soxta xabarlarni prognozlash bo‘yicha o‘tkazilgan

amaliy tadqiqot keltirilib, ushbu texnologiyalarning kiberxavflarni prognozlash va oldini

olishdagi samaradorligi ko‘rsatilgan” [1, p.276

-283].

AI va ML texnologiyalaridan foydalanish kiberxavfsizlik sohasida katta yutuq

bo‘lib, ular ma’lumotlarning ulkan hajmini yuqori tezlikda qayta ishlash imkonini beradi.

Bu ularni kiberjinoyatlarga qarshi kurashda muhim vositaga aylantirmoqda.

AI va ML texnologiyalarining asosiy afzalliklaridan biri

ularning o‘rganish va vaqt

o‘tishi bilan moslashish qobiliyatidir. Kiberxavflar rivojlanib borgani sayin, ularni

aniqlash va ularga qarshi kurashish uchun ishlatiladigan algoritmlar ham takomillashadi.

Ushbu uzluksiz o‘rganish jarayoni kiberxa

vfsizlik choralari yangi va murakkab

hujumlarga qarshi ham samarali bo‘lishini ta’minlaydi.

Yana bir muhim afzallik

oddiy vazifalarni avtomatlashtirishdir. Bu inson

resurslarini murakkabroq va strategik vazifalar uchun bo‘shatib, kiberxavfsizlik bo‘yicha

mutaxassislarga yuqori darajadagi qarorlar qabul qilish va javob strategiyalarini ishlab

chiqishga imkon beradi. AI va ML yordamida anomaliyalar va potensial tahdidlarni

avtomatik aniqlash mumkin bo‘ladi, bu esa xavfsizlikni yanada mustahkamlaydi.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

03 (2025) / ISSN 2181-1415

290

AI va ML texnologiyalari zamonaviy kiberxavfsizlik strategiyalarining ajralmas

qismiga aylandi. Ularning katta ma’lumotlarni tahlil qilish, yangi tahdidlarga moslashish

va oddiy vazifalarni avtomatlashtirish qobiliyati kiberxavfsizlik choralarining
samaradorligini sezilarli darajada oshirdi. Ushbu texnologiyalar rivojlanishda davom etar

ekan, ular raqamli aktivlar va ma’lumotlarni himoya qilishda yanada muhim rol o‘ynaydi.

Sun’iy intellektning kiberxavfsizlikdagi vazifalari ancha keng. AI texnologiyalari

yordamida kiberxavfsizlikning asosiy funksiyalaridan biri

tizimlar va tarmoqdagi

xatoliklarni aniqlashdir. Mashinani o‘qitish (Machine Learning) usullari kiberxavfsizlikda
quyidagi ikki yo‘nalish bo‘yicha keng qo‘llaniladi:

1.

Andozalarni aniqlash

: “Bu usul tizimdagi “oddiy” va “normal” jarayonlarni

o‘rganib, shundan so‘ng yangi, noma’lum hujumlarni aniqlashga qaratilgan. AI yordamida
spam, phishing va zararli xabarlar avtomatik tarzda aniqlanadi”,

deydi Sanzharov [11,

p.123].

2.

Anomaliyalarni aniqlash

: Kucherov f

ikriga ko‘ra: “Sun’iy intellekt tarmoqda

yoki tizimda yuzaga keladigan noan'anaviy holatlarni kuzatish orqali potentsial xavflarni

erta aniqlashga yordam beradi. Misol uchun, tarmoqda no‘noq trafikning ko‘payishi yoki

kirish urinishlari aniq kuzatilganda b

u tizimga kirish uchun xavf tug‘diruvchi belgilar

bo‘lishi mumkin” [6, p.99].

Zararli dasturlarni aniqlashda AI bu ikki yondashuvni birlashtirib, tarmoqdagi

barcha xavflarni bir vaqtning o‘zida aniqlash imkonini yaratadi. Masalan, so‘nggi yillarda

zararli

dasturlarni aniqlashda AI asosida ishlaydigan tizimlar juda samarali bo‘lmoqda [7,

p.85]. Sun’iy intellektning kiberxavfsizlikdagi amaliy vazifalari doimiy ravishda kengayib
bormoqda. Kiberxavfsizlik sohasida sun’iy intellektni qo‘llashning dolzarb vazifal

ariga

quyidagilar kiradi:

Firibgarlikka qarshi kurash (Anti-Fraud)

: Bu haqida Harris shunday deydi:

“Sun’iy intellekt yordamida moliyaviy firibgarliklarni aniqlash va to‘g‘ri chora ko‘rish
mumkin. AI tizimlari ma’lumotlar tahlili orqali firibgarlikni erta

aniqlash imkoniyatini

yaratadi” [4, p.212].

Masofadan kirish huquqlarini boshqarish

: Zhang va boshqalar fikriga ko‘ra:

“AI tizimlari tizimlarga kirish uchun ruxsatsiz urinishlarni aniqlashda yordam beradi. Bu
xavfsizlikka jiddiy ta’sir ko‘rsatadigan vazifa

dir, chunki axborot tizimlarining zaifliklari

xakerlar tomonidan tez-

tez ekspluatatsiya qilinadi” [14, p.72].

Zaifliklarni aniqlash

: AI yordamida tizimdagi zaifliklarni aniqlash va ularga

ustuvor ahamiyat berish orqali xavfsizlikni kuchaytirish mumkin. Kiberxavfsizlik
mutaxassislari tizimdagi zaifliklarni AI yordamida erta aniqlashga qaratilgan algoritmlar
ishlab chiqmoqda [12, p.54].

Avtomatik xavfsizlik choralari

: AI tizimlari yordamida xavf-xatarlar

aniqlanganidan so‘ng avtomatik tarzda xavfsizlik choralari ko‘riladi. Bu usul inson
ishtirokisiz, tezkor xavfsizlikni ta’minlash imkoniyatini yaratadi [9, p.118].

Sun’iy intellektning kiberxavfsizlikdagi roli bugungi kunda yanada kengayib

bormoqda. Odamlar va kompaniyalar sun’iy intellektni na

faqat kiberhujumlarni aniqlash

va oldini olish uchun, balki xavfsizlikni boshqarishning avtomatik tizimlarini yaratish

uchun ham ishlatmoqda. Bu haqida Johnson shunday deydi: “Kiberxavfsizlik sohasida
mutaxassislar sun’iy intellektdan foydalanishni o‘rgani

shlari zarur. Bu texnologiyalarni

o‘rganish va undan foydalanish, tizim xavfsizligini oshirishda katta yordam beradi” [5,

p.200].


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

03 (2025) / ISSN 2181-1415

291

Afsonalarga ko‘ra, sun’iy intellekt faqat yaxshi maqsadlarda ishlatilishi kerak, lekin

haqiqatda u yomon niyatli kiberhujumlar uchun ham ishlatilmoqda. Popov tadqiqotiga

ko‘ra: “2022

-

yilda, ChatGPT kabi sun’iy intellekt xizmatlari xakerlar tomonidan

kiberhujumlarni rejalashtirishda ishlatilgan. Xakerlar sun’iy intellekt yordamida zararli

dasturlarni yaratib, botnetlarni tashkil e

tishda va o‘zlarining hujumlarini boshqarishda

foydalanmoqdalar” [8, p.93]. Foster esa bunday fikrda: “Sun’iy intellektning

kiberhujumlarda qo‘llanishi ijtimoiy muhandislik usullarini rivojlantiradi, bu esa yanada

xavfliroq kiberhujumlarni yaratadi. Xakerl

ar sun’iy intellekt yordamida ijtimoiy

tarmoqlarda foydalanuvchilarning xususiyatlarini o‘rganib, ularni aldash va

ma’lumotlarini o‘g‘irlashni maqsad qilmoqdalar” [2, p.77].

Sun’iy intellektning kiberxavfsizlik sohasidagi roli doimiy ravishda kengayib

borm

oqda va bu texnologiyalar xavfsizlikni kuchaytirish uchun zarur. Biroq, sun’iy

intellektning yomon maqsadlarda qo‘llanishi ham xavfni oshiradi. Kiberxavfsizlikda

sun’iy intellektni ishlatishning afzalliklari va kamchiliklarini hisobga olgan holda,

ularning

to‘g‘ri va samarali foydalanishiga katta e’tibor berish zarur. Bugungi kunda

sun’iy intellekt (AI) texnologiyalari kiberxavfsizlik sohasida katta inqilob yasamoqda.

Ularning asosiy afzalligi, real vaqt rejimida ma’lumotlarni tahlil qilish va xavflarni

old

indan bashorat qilish imkoniyatidir. Zhang fikriga ko‘ra: “AI yordamida aniqroq va

tezroq javoblar olish mumkin, bu esa kiberhujumlar va axborot xavfsizligi bilan bog‘liq

tahdidlar oldida tizimlarni samarali himoya qilishga yordam beradi. AI texnologiyalari

kiberxavfsizlikni avtomatlashtirish, zaifliklarni aniqlash, tarmoqdagi anomaliyalarni

tezda topish va zararli dasturlarni tahlil qilishda yordam beradi. Shu bilan birga, bu

texnologiyalar nafaqat kiberhujumlarni aniqlash va oldini olishda, balki tizimlarni

mustahkamlashda, foydalanuvchi huquqlarini boshqarishda va firibgarlikka qarshi

kurashishda ham keng qo‘llanilmoqda” [14, p.72].

XULOSA

AI va ML texnologiyalarining kiberxavfsizlik sohasidagi ahamiyati ortib bormoqda.

AI yordamida real vaqt rejimida tahdidlarni aniqlash, xavfsizlik choralarini

avtomatlashtirish va firibgarlikka qarshi kurashish mumkin. AI texnologiyalari

kiberxavfsizlikni mustahkamlash bilan birga, yangi xavfsizlik tahdidlarini ham yuzaga

keltirishi mumkin. Xususan, AI texnologiyalarida

n noto‘g‘ri foydalanish xavfi mavjud

bo‘lib, u kiberjinoyatchilar tomonidan zararli dasturlar va hujumlarni yanada

murakkablashtirish uchun qo‘llanilishi mumkin. Shuning uchun kelajakda AI asosida

ishlovchi xavfsizlik tizimlarini yanada takomillashtirish va ularning xakerlar tomonidan

suiiste’mol qilinishining oldini olish uchun yangi strategiyalar ishlab chiqish lozim.

AI asosidagi himoya tizimlarini yanada mustahkamlash uchun innovatsion yondashuvlar

va sun’iy intellekt texnologiyalarining rivojlanish yo‘nalishlarini o‘rganish muhim

ahamiyat kasb etadi. Shu bilan birga, AI asosidagi xavfsizlik tizimlarining ishonchliligini

oshirish va ularni turli tahdidlarga nisbatan chidamli qilish bo‘yicha yangi tadqiqotlar

olib borish zarur. Kelajakda AI va ML texnologiyalaridan yanada samarali foydalanish

uchun xavfsizlik mutaxassislari va dasturiy ta’minot ishlab chiquvchilar o‘rtasidagi

hamkorlikni kuchaytirish talab etiladi. Shuningdek, AI asosida ishlab chiqilgan xavfsizlik

tizimlarining yuridik va axloqiy jihatlarini ham inobatga olish lozim, chunki bu

texnologiyalar noto‘g‘ri ishlatilsa, inson huquqlari va shaxsiy daxlsizlik masalalariga

salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Shu boisdan, AI va kiberxavfsizlik sohasida uzluksiz

tadqiqotlar olib borish, mavjud yondashuvlarni takomillashtirish va innovatsion himoya

texnologiyalarini ishlab chiqish muhim ahamiyatga ega.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

03 (2025) / ISSN 2181-1415

292

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

RO‘YXATI

:

1.

Elbes, M., Hendawi, S., Alzu'bi, S., Kanan, T., & Mughaid, A. (2023). Unleashing the

full potential of artificial intelligence and machine learning in cybersecurity vulnerability
management. In 2023 International Conference on Information Technology (ICIT) (pp.
276- 283). IEEE. DOI: 10.1109/ICIT58056.2023.10225910

2.

Foster J. Social Engineering and AI: A Growing Threat. Cybersecurity Insights,

2021, p. 77

3.

Geluvaraj, B., Satwik, P. M., & Kumar, T. A. A. (2019). The Future of cybersecurity:

major role of artificial intelligence, machine learning, and deep learning in cyberspace. In
International Conference on Computer Networks and Communication Technologies:
ICCNCT 2018 (pp. 739-747). Springer Singapore. DOI: 10.1007/978-981-10-8681-6_67

4.

Harris L. AI for Fraud Prevention in Digital Transactions. Financial Security

Review, 2022, p. 212.

5.

Johnson K. AI in Modern Cybersecurity Operations. MIT Press, 2021, p. 200.

6.

Kucherov M. Advanced Threat Detection with AI. Cybersecurity Today, 2021, p. 99.

7.

Levin R. Malware Detection using Artificial Intelligence. Journal of Cyber

Defense, 2020, p. 85.

8.

Popov A. The Dark Side of AI in Cyberattacks. Cybercrime and AI, 2022, p. 93.

9.

Reed P. Automated Cyber Defense Systems Powered by AI. Cybersecurity

Review, 2022, p. 118.

10.

Salih, A., Zeebaree, S. T., Ameen, S., Alkhyyat, A., & Shukur, H. M. (2021). A

survey on the role of artificial intelligence, machine learning and deep learning for
cybersecurity attack detection. In 2021 7th International Engineering Conference

“Research & Innovation amid Global Pandemic"(IEC) (pp. 61

-66). IEEE. DOI:

10.1109/IEC52205.2021.9476132

11.

Sanzharov S. Machine Learning for Cyber Defense. Springer, 2021, p. 123

12.

Tso T. Vulnerability Management and Artificial Intelligence. Journal of

Information Security, 2021, p. 54.

13.

Vasilenko A. Artificial Intelligence in Cybersecurity: The Future of Defense.

Cybersecurity Journal, 2022, p. 47.

14.

Zhang J., & Liu X. AI-Based Access Control for Secure Networks. Wiley, 2023, p. 72.

Библиографические ссылки

Elbes, M., Hendawi, S., Alzu'bi, S., Kanan, T., & Mughaid, A. (2023). Unleashing the full potential of artificial intelligence and machine learning in cybersecurity vulnerability management. In 2023 International Conference on Information Technology (ICIT) (pp. 276- 283). IEEE. DOI: 10.1109/ICIT58056.2023.10225910

Foster J. Social Engineering and AI: A Growing Threat. Cybersecurity Insights, 2021, p. 77

Geluvaraj, B., Satwik, P. M., & Kumar, T. A. A. (2019). The Future of cybersecurity: major role of artificial intelligence, machine learning, and deep learning in cyberspace. In International Conference on Computer Networks and Communication Technologies: ICCNCT 2018 (pp. 739-747). Springer Singapore. DOI: 10.1007/978-981-10-8681-6_67

Harris L. AI for Fraud Prevention in Digital Transactions. Financial Security Review, 2022, p. 212.

Johnson K. AI in Modern Cybersecurity Operations. MIT Press, 2021, p. 200.

Kucherov M. Advanced Threat Detection with AI. Cybersecurity Today, 2021, p. 99.

Levin R. Malware Detection using Artificial Intelligence. Journal of Cyber Defense, 2020, p. 85.

Popov A. The Dark Side of AI in Cyberattacks. Cybercrime and AI, 2022, p. 93.

Reed P. Automated Cyber Defense Systems Powered by AI. Cybersecurity Review, 2022, p. 118.

Salih, A., Zeebaree, S. T., Ameen, S., Alkhyyat, A., & Shukur, H. M. (2021). A survey on the role of artificial intelligence, machine learning and deep learning for cybersecurity attack detection. In 2021 7th International Engineering Conference “Research & Innovation amid Global Pandemic"(IEC) (pp. 61-66). IEEE. DOI: 10.1109/IEC52205.2021.9476132

Sanzharov S. Machine Learning for Cyber Defense. Springer, 2021, p. 123

Tso T. Vulnerability Management and Artificial Intelligence. Journal of Information Security, 2021, p. 54.

Vasilenko A. Artificial Intelligence in Cybersecurity: The Future of Defense. Cybersecurity Journal, 2022, p. 47.

Zhang J., & Liu X. AI-Based Access Control for Secure Networks. Wiley, 2023, p. 72.

Наиболее читаемые статьи этого автора (авторов)