Авторы

  • Эъзозбек Хуррамов
    Докторант, Институт законодательства и правовой политики при Президенте Республики Узбекистан

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol6-iss3/S-pp262-268

Ключевые слова:

субъект предпринимательской деятельности предпринимательская деятельность конституционно-правовая гарантия свобода право обязанность экономика

Аннотация

В статье представлен системный правовой анализ конституционно-правовых гарантий свободы предпринимательской деятельности в Республике Узбекистан. Рассматриваются свободы, права и обязанности, закреплённые в Конституции и законодательных актах, а также гарантии, предоставляемые субъектам предпринимательства. Особое внимание уделено механизмам государственной поддержки предпринимательской деятельности, задачам государственных органов в данной сфере, а также правам и обязанностям предпринимателей.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/socinov/index

Constitutional guarantees of freedom of entrepreneurial
activity in the Republic of Uzbekistan: a systematic legal
analysis

Ezozbek KHURRAMOV

1


Institute of Legislation and Legal Policy under the President of the Republic of Uzbekistan

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received February 2025

Received in revised form

28 February 2025
Accepted 20 March 2025

Available online

15 April 2025

The article provides a systematic legal analysis of

constitutional and legal guarantees of freedom of

entrepreneurial activity in the Republic of Uzbekistan,

freedoms, rights and obligations enshrined in the constitution

and legislative norms, and examines guarantees established for
entrepreneurial activity. The mechanisms of state support for

entrepreneurial activity, the tasks of state organizations in this

area, as well as the rights and obligations of business entities

are presented.

2181-

1415/©

2025 in Science LLC.

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol6-iss3/S-pp

262-268

This is an open access article under the Attribution 4.0 International

(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

Keywords:

business entity,

business activity,
constitutional and legal
guarantee,

freedom,

right,

duty,

economics.

O‘zbekiston Respublikasida tadbirkorlik faoliyati erkinligining

konstitutsiyaviy kafolatlari: tizimli yuridik tahlil

ANNOTATSIYA

Kalit so

zlar:

tadbirkorlik subyekti,

tadbirkorlik faoliyati,
konstitutsiyaviy-huquqiy
kafolat,

erkinlik,

huquq,

majburiyat,

iqtisodiyot.

Ushbu maqolada O‘zbekiston

Respublikasida tadbirkorlik

faoliyati erkinligining konstitutsiyaviy-huquqiy kafolatlari,
konstitutsiya va qonunchilik normalarida belgilangan

erkinliklar, huquq va majburiyatlar tizimli yuridik tahlil

qilingan hamda tadbirkorlik faoliyati uchun belgilangan

kafolatlar muhokama qilingan. Davlat tomonidan tadbirkorlik

faoliyatini

qo‘llab

-quvvatlash

mexanizmlari,

davlat

tashkilotlarining ushbu sohadagi vazifalari, shuningdek,

tadbirkorlik

subyektlarining

huquq

va

majburiyatlari

keltirilgan.

1

Doctoral student, Institute of Legislation and Legal Policy under the President of the Republic of Uzbekistan.

E-mail: ezozbekxurramov@gmail.com


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

03 (2025) / ISSN 2181-1415

263

Конституционные

гарантии

свободы

предпринимательской деятельности в Республике
Узбекистан: системно

-

правовой анализ

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

субъект
предпринимательской

деятельности,
предпринимательская
деятельность,
конституционно

-

правовая

гарантия,

свобода,

право,

обязанность,

экономика.

В статье представлен системный правовой анализ

конституционно

-

правовых

гарантий

свободы

предпринимательской

деятельности

в

Республике

Узбекистан.

Рассматриваются

свободы,

права

и

обязанности,

закреплённые

в

Конституции

и

законодательных

актах,

а

также

гарантии,

предоставляемые субъектам предпринимательства. Особое
внимание

уделено

механизмам

государственной

поддержки предпринимательской деятельности, задачам

государственных органов в данной сфере, а также правам и

обязанностям предпринимателей.


Bugungi kunda mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarning asosiy maqsadi

davlatni har tomonlama rivojlantirish va fuqarolar uchun farovon turmush sharoitlarini
yaratishga qaratilgan. Davlatning rivojlanishi va fuqarolar farovonligini ta

minlash uchun

iqtisodiy omil, ayniqsa, tadbirkorlik faoliyati muhim omillardan biri sanaladi.
Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish va huquqiy tartibga solish, tadbirkorlarning huquq
va majburiyatlarini qonunchilik hujjatlari asosida belgilash, tadbirkorlarni har qanday
noqonuniy bosim va ta

qiblardan himoya qilish har bir davlatning eng dolzarb

vazifalaridan biri hisoblanadi.

Hozirda butun dunyoda tadbirkorlarga qulay sharoitlar yaratish, ularning erkin ichki

va tashqi faoliyat yuritishlari uchun imkoniyatlar berish muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Bunday harakatlarning jadal amalga oshirilishi zamirida quyidagi omillar yotadi:

Birinchidan, mamlakatda tadbirkorlik muhiti qanchalik yaxshilansa, tadbirkorlar

shunchalik erkin faoliyat yuritishadi va buning natijasida ularning biznesi gullab
yashnaydi, davlatga to

lanayotgan soliqlar miqdori oshadi hamda mamlakat iqtisodiy

jihatdan qudratli bo

ladi.

Ikkinchidan, mamlakatda qulay investitsiyaviy muhit shakllanishiga turtki beradi

va buning natijasida mamlakatga chet el investorlarining ikkilanmasdan investitsiya
kiritishlariga zamin hozirlaydi.

Uchinchidan, mamlakatning iqtisodiy qudrati qanchalik kuchli bo

lsa, uning

xalqaro maydonda ham ta

siri shunchalik yuqori bo

ladi.

To

rtinchidan, mamlakatda fuqarolarning farovonligi oshadi, tadbirkorlar

tomonidan to

langan soliqlar hisobidan ijtimoiy obyektlar, jumladan, maktablar,

shifoxonalar, maktabgacha ta

lim muassasalari va boshqalar barpo etiladi yoki

zamonaviylashtiriladi.

Butun dunyo davlatlari tomonidan tadbirkorlikni rivojlantirishga doir olib

borilayotgan sa

y-harakatlar fonida O

zbekiston Respublikasida ham ushbu sohaga

berilayotgan e

tibor yildan-yilga kuchaytirilmoqda. Chunki tadbirkorlik faoliyatini

rivojlantirish nafaqat tadbirkorlar uchun foydali, balki mamlakat uchun ham beqiyos
ahamiyatga ega. Zero, Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev ta

kidlaganidek

, “

Mamlakatimizda


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

03 (2025) / ISSN 2181-1415

264

tadbirkorlar qancha ko

p bo

lsa, ular yanada ko

proq daromad ko

rsa, davlatimiz ham

shuncha boy bo

ladi

”.

Tadbirkorlikni rivojlantirishga berilayotgan e

tiborni quyidagi bir

qator muhim hujjatlarda ko

rishimiz mumkin Jumladan, O

zbekiston Respublikasi

Prezidentining 28.01.2022-yildagi PF

60-sonli Farmoniga 1-ilova

“2022–

2026-yillarga

mo

ljallangan Yangi O

zbekistonning taraqqiyot strategiyasi

ning 15, 19, 29-maqsadlari

bevosita tadbirkorlik bilan bog

liqligi ham ushbu sohani rivojlantirishga ulkan e

tibor

berilayotganligini tasdiqlaydi.

Maqolada qiyosiy-huquqiy usul, tahlil, sintez, kuzatish, umumlashtirish, induksiya

va deduksiya metodlari qo

ʻ

llanildi.

Mamlakatimizda tadbirkorlikni qo‘llab

-quvvatlash va ularning rivoji uchun

munosib shart-sharoitlarni yaratish har tomonlama jadal olib borilmoqda. Ushbu

sa’y

-

harakatlar avvalo qonunchiligimizda o‘z aksini topmoqda. O‘zbekiston Respublikasi

Konstitutsiyasi

eng oliy yuridik kuchga ega qonun o‘laroq, tadbirkorlikni rivojlantirish va

tartibga solish, shuningdek konstitutsiyaviy kafolatlar belgilashda muhim ahamiyatga

ega. Konstitutsiyaning XII bobi to‘liq “Jamiyatning iqtisodiy negizlari”ga bag‘ishlanganligi

m

amlakat uchun iqtisodiyot qanchalik muhim ekanligini ko‘rsatadi. Konstitutsiyaning

65-moddasida Davlat bozor munosabatlarini rivojlantirish va halol raqobat uchun shart-

sharoitlar yaratishi, shuningdek, iste’molchilarning huquqlari ustuvorligini hisobga ol

gan

holda iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligini kafolatlashi belgilab

qo‘yilgan. Bu shuni anglatadiki, mamlakatning oliy yuridik kuchga ega normativ

-huquqiy

hujjatida davlatning tadbirkorlik qilish erkinligini kafolatlashi belgilab

qo‘yilgan va ushbu

normani boshqa hech qanday normativ-huquqiy hujjat inkor eta olmaydi. Bundan
tashqari Konstitutsiyaning 67-

moddasi tadbirkorlik bilan bevosita bog‘liq bo‘lib, unda

davlat qulay investitsiyaviy va ishbilarmonlik muhitini ta’minlashi, tadb

irkorlar

qonunchilikka muvofiq har qanday faoliyatni amalga oshirishga va o‘z faoliyati
yo‘nalishlarini mustaqil ravishda tanlashga haqli ekanligi, O‘zbekiston Respublikasi

hududida iqtisodiy makon birligi, tovarlar, xizmatlar, mehnat resurslari va moliyaviy

mablag‘larning erkin harakatlanishi kafolatlanishi hamda monopol faoliyat qonun bilan
tartibga solinishi va cheklanishi qat’iy belgilab qo‘yilgan.

O‘zbekiston

Respublikasida

tadbirkorlikni

rivojlantirish

mustaqillikka

erishilgandan buyon jadal olib borilayotganligini mamlakatimizda 2018-

yil “Faol

tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab

-

quvvatlash yili”, 2024

-yil

esa “Yoshlar va biznesni qo‘llab

-

quvvatlash yili” etib belgilanganligi va ushbu yillarda

tadbirkorlik va biznesni qo‘lla

b-

quvvatlash uchun ko‘plab tizimli islohotlar olib

borilganligida ko‘rishimiz mumkin.

O‘zbekiston Respublikasida tadbirkorlik faoliyatini tartibga solishga oid normativ

-

huquqiy hujjat bu O‘zbekiston Respublikasining 02.05.2012

-yilda yangi tahrirda qabul

q

ilingan “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘RQ–

328-sonli

Qonuni hisoblanadi. Ushbu qonunda tadbirkorlik faoliyatining tushunchasi, subyektlari,
huquq va majburiyatlari, amalga oshirish asoslari va tadbirkorlik faoliyati subyektlari

huquqlarining kafolatlari keltirilgan. Mazkur qonun hujjatida “tadbirkorlik faoliyati”
tushunchasiga “Tadbirkorlik faoliyati (tadbirkorlik) tadbirkorlik faoliyati subyektlari
tomonidan qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladigan, o‘zi tavakkal qilib va o‘z mulkiy
javobgarligi ostida daromad (foyda) olishga qaratilgan tashabbuskorlik faoliyatidir” deb
ta’rif berilgan. Ushbu ta’rifdan ko‘rish mumkinki, tadbirkorlik faoliyati bilan
shug‘ullanuvchi shaxs, ya’ni tadbirkor o‘z faoliyatini qonunchilikdan che

tga chiqmagan


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

03 (2025) / ISSN 2181-1415

265

holda, tavakkalchilik asosida va o‘z mulki bilan daromad olish maqsadida amalga
oshiradi. Shu o‘rinda savol tug‘iladi: tadbirkor o‘z foydasini o‘ylab, ya’ni daromad olish

maqsadida faoliyat yuritar ekan, buning davlatga qanday manfaati bor va nega davlat
tadbirkorga shart-sharoit yaratib berishi hamda kafolat, ayniqsa, konstitutsiyaviy kafolat
berishi kerak? Bunga quyidagi bir qancha sabab va omillarni keltirish mumkin:

Birinchidan, mamlakatda tadbirkorlik va iqtisodiy salohiyat rivojlanishi natijasida

yer osti va yer usti boyliklari va boshqa ko‘plab qazilma xomashyo materiallari ushbu
mamlakatning o‘zida qayta ishlanadi va aholiga tayyor mahsulot sifatida yetkaziladi. Bu
o‘z navbatida xomashyo materiallarining chet elda qayta ishlanib, ushbu

mamlakatga

qayta va karrasiga qimmat narxda sotilishini oldini oladi;

Ikkinchidan, tadbirkorlik natijasida mamlakatda iste’mol uchun kerakli

tovarlarning ishlab chiqarilishi va mamlakat aholisining iqtisodiy imkoniyatlaridan kelib
chiqqan holda narx belgilab sotilishi natijasida aholini iqtisodiy tanglik holatiga tushirish

ehtimoli bo‘lmaydi. Chunki xomashyo ham ushbu ko‘rsatkichlarni ham inobatga olgan

holda tadbirkorlarga sotiladi.

Uchinchidan, mamlakatda tadbirkorlik, xususan, ishlab chiqarish va yetishtirish

(dehqonchilik va chorvachilik) rivojlanganligi natijasida tashqi iqtisodiy qaramlik yuzaga

kelmaydi, ya’ni ma’lum bir chet davlatdan tovar (har qanday tovar, masalan oziq

-ovqat,

kiyim kechak, dori-darmon va boshq.) sotib olaverish natijasida, ushbu davlatga nisbatan
iqtisodiy qaramlik vujudga keladi va ushbu davlat mazkur mahsulotlarni eksportini

cheklash orqali tahdid qilish ehtimoli vujudga keladi. Agar mamlakat o‘z iqtisodiyotini

diversifikatsiya qilsa va chet davlatdan solib olinadigan mahsulotlar turi va hajmini

kamaytirsa iqtisodiy qaramlik yo‘qoladi. Buning uchun tadbirkorlikni qo‘llab

-quvvatlash

eng birinchi masala hisoblanadi.

To‘rtinchidan, tadbirkorlik faoliyati qanchalik rivojlansa, tadbirkorlarning

to‘laydigan soliqlari to‘lash qobiliyatini oshiradi va bu o‘z navbatida mamlakatning
budjetini mustahkamlashi natijasida ijtimoiy sohalar va xalq farovonligini ta’minlashda

muhim ahamiyat kasb etadi.

Yuqorida keltirilgan sabab va omillardan ko‘rish mumkinki, mamlakat uchun

tadbirkorlikni

qo‘llab

-quvvatlash va uni rivojlantirish, munosib shart-sharoitlar yaratish

juda muhim o‘rin egallaydi. O‘zbekiston Respublikasida ham tadbirkorlikni qo‘llab

-

quvvatlash jadal sur’atlarda olib borilayotganligi, hatto ularning kafolatlari Konstitutsiya

daraj

asida belgilab qo‘yilganligi e’tirof etishga arzirlik hodisadir. Shuningdek, biz

yuqorida keltirib o‘tgan “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi
Qonunda ham tadbirkorlar uchun muhim bir huquq belgilab qo‘yilganligini alohida qayd
etish lozim bo‘lib, bu “Tadbirkorlik faoliyati subyektlari qonunchilikda taqiqlanmagan

har qanday faoliyatni amalga oshirishga haqli ekanligidir. Ushbu huquqning qonun

doirasida mustahkamlab qo‘yilishining o‘zi ham tadbirkorlar uchun shart

-sharoitlar

yaratilayotganligidan dalolat beradi. Bundan tashqari mazkur qonunda Tadbirkorlik

faoliyati subyektlari huquqlarining kafolatlari belgilab qo‘yilgan bo‘lib, ushbu kafolatlar
tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab

-

quvvatlashga beqiyos hissa qo‘shadi. Mazkur kafolatlar

ichida eng muhimi bu konstitutsiyaviy kafolatlar bo‘lib, ular tadbirkorlik faoliyatini
amalga oshirishda davlatning qo‘llab

-quvvatlovining amaliy ifodasi hisoblanadi.

Ma’lumki, tadbirkorlik faoliyatining asosini mulk tashkil etadi. Ushbu mulk qanday

shak

lda bo‘lmasin, uning boshqa mulk shakllari bilan teng huquqli ekanligini tadbirkorlik

faoliyatini amalga oshirishda o‘ziga xos ahamiyatga ega. Ushbu barcha mulk shakllarining


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

03 (2025) / ISSN 2181-1415

266

teng huquqliligi prinsipi “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi

Qonunining 18-

modda birinchi qismida mustahkamlab qo‘yilgan. Shuningdek ushbu

moddada Davlatning muhofaza etish funksiyasi ham keltirilgan bo‘lib, unga ko‘ra Davlat

iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik erkinligini, barcha mulk shakllarining teng huquqliligi va
huquqiy jihatdan bab-

baravar muhofaza etilishini kafolatlashi belgilangan. Ya’ni davlat

tadbirkorlik erkinligini ta’minlash va uning rivojlanishiga munosib shart

-sharoitlar

yaratish maqsadida uning muhofaza etilishini kafolatlamoqda. Umuman olganda ushbu
moddaning birinchi qismida davlat tomonidan quyidagi kafolatlar belgilangan:

iqtisodiy faoliyat;

tadbirkorlik erkinligi;

barcha mulk shakllarining teng huquqliligi va huquqiy jihatdan bab-baravar

muhofaza etilishi.

Yuqoridagi kafolatlardan tashqari davlat tomonidan tadbirkorlik faoliyati

erkinligining yana bir qancha konstitutsiyaviy kafolatlari belgilangan bo‘lib, bular

quyidagilardir:

1.

Tadbirkorlik subyektlari qonunchilikka muvofiq har qanday faoliyatni amalga

oshirishga va o‘z faoliyati yo‘nalishlarini mustaqil ravishda tanlashga haqli.

Ya’ni bunda tadbirkorlik subyektlari (tadbirkorlar) o‘z faoliyat yo‘nalishlari (ishlab

chiqarish, savdo-sotiq, qurilish, yetkazib berish va boshq.) erkin va mustaqil tanlash
huquqi konstitutsiyaviy kafolatlanmoqda. Bunda davlat tashkilotlari yoki ularning

mansabdor shaxslari tadbirkorga uning faoliyat yo‘nalishini belgilab berishga va
umuman uning faoliyat yo‘nalishini tanlashiga ta’sir o‘tkazishga haqli emas. Bundan

tashqari tadbirkor amaldagi qonunchilikka muvofiq va belgilangan tartibda har qanday
faoliyatni amalga oshirishga haqli. Bunda asosiy shart bu qonunchilikka muvofiq faoliyat

yuritish lozim, boshqa hech qanday to‘siq yoki taqiqlar mavjud emas.

2.

Xususiy mulk boshqa mulk shakllari qatori daxlsizdir va davlat tomonidan

himoya qilinadi. Tadbirkorlik subyekti mulk huquqi asosida o‘ziga tegishli bo‘lgan mol

-

mulkka o‘z xohishiga ko‘ra egalik qiladi, undan foydalanadi va uni tasarruf etadi.

Tadbirkorlarning o‘zlariga tegishli bo‘lgan mulki o‘zga shaxslar t

omonidan daxl

qilinishini oldini olish maqsadida ushbu kafolat kiritilgan. Bunda tadbirkorning mulki
(binolar, kvartiralar, inshootlar, asbob-uskunalar, xom ashyo va mahsulot, pul, qimmatli

qog‘ozlar va boshqa mol

-

mulk) to‘liq uning ixtiyorida bo‘ladi va d

axlsiz hisoblanadi.

Ushbu kafolat O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 65

-moddasida ham

ko‘rsatilgan bo‘lib, unga ko‘ra xususiy mulk daxlsizdir. Mulkdor o‘z mol

-mulkidan

qonunda nazarda tutilgan hollardan va tartibdan tashqari hamda sudning qaroriga

asoslanmagan holda mahrum etilishi mumkin emas. Bundan tashqari O‘zbekiston

Respublikasi Fuqarolik kodeksining 166-moddasida mulkning daxlsizligi tushunchasi

keltirilgan bo‘lib, quyidagicha bayon etilgan: “Mulk daxlsizdir va qonun bilan
qo‘riqlanadi. Mul

kning daxlsizligi mulkdorga qarshi turgan barcha subyektlarning mulk

huquqini buzishdan o‘zlarini saqlashlaridan iboratdir. Mulkdorning mol

-mulkini olib

qo‘yishga, shuningdek uning huquqlarini cheklashga faqat qonunda nazarda tutilgan
hollardagina yo‘l qo‘yiladi”. Ushbu normadan ham ko‘rinib turibdiki, xususiy mulkdan

faqat uning mulkdor foydalanishi, egalik qilishi va tasarruf etishi mumkin. Biroq ushbu

holatda tadbirkor o‘z mulkiy huquqlarini amalga oshirishda ma’lum bir shartlarga rioya

qilishga majbur hisoblanadi.

Ushbu shartlarga ko‘ra tadbirkor yoki mulkdorning o‘z

huquqlarini amalga oshirishi boshqa shaxslarning huquqlarini va qonun bilan


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

03 (2025) / ISSN 2181-1415

267

qo‘riqlanadigan manfaatlarini buzmasligi shart. Shuningdek, mulkdor o‘zining ustunlik
mavqeyini suiiste’mol qilish

ga, boshqa shaxslarning huquqlarini va qonun bilan

qo‘riqlanadigan manfaatlarini kamsitadigan o‘zga harakatlarni qilishga haqli emas.
Bundan tashqari mulkdor o‘z huquqini amalga oshirganida fuqarolarning sog‘lig‘iga va

atrof muhitga zarar yetkazishining ol

dini olish choralarini ko‘rishga majbur. Mulkdor

(tadbirkor) ushbu shartlarga amal qilgan holda o‘z mol

-mulkini erkin tasarruf etishi

mumkin.

3. Tadbirkorlik subyektlari tovarlari, xizmatlari, mehnat resurslari va moliyaviy

mablag‘larining O‘zbekiston Resp

ublikasi hududida erkin harakatlanishi, ushbu

subyektlar davlat ro‘yxatidan o‘tgan hududdan qat’i nazar, kafolatlanadi. Tadbirkorlik
subyektlari tovarlari, xizmatlari, mehnat resurslari va moliyaviy mablag‘larining hududiy
prinsip bo‘yicha erkin harakatlanishini cheklashga, to‘xtatib turishga va taqiqlashga yo‘l
qo‘yilmaydi.

Tadbirkorlar tomonidan ishlab chiqarilgan tovarlar, ular tomonidan ko‘rsatilgan

xizmatlar, ularning mehnat resurslari va moliyaviy mablag‘lari ular O‘zbekiston

Respublikasining davlat r

o‘yxatidan o‘tgan hududidan qat’i nazar kafolatlanishi,

tadbirkorlar uchun o‘z tovar va xizmatlarini butun mamlakat bo‘ylab sotish imkonini
beradi. Buning natijasida savdo hajmi oshib, daromad ham ko‘payadi. Bundan tashqari

hududiy prinsip asosida tadbirkorning tovarlari, xizmatlari, mehnat resurslari va

moliyaviy mablag‘larining erkin harakatlanishini

cheklashga hech kim haqli emasligining

belgilanishi tadbirkorlarga sun’iy to‘siqlar yaratish va boshqa shu kabi xatti

-

harakatlarning oldini oladi.

O‘zbekisto

n Respublikasi Konstitutsiyasining 67-moddasida

ham ushbu kafolat belgilab qo‘yilgan bo‘lib, unga ko‘ra “O‘zbekiston Respublikasi

hududida iqtisodiy makon birligi, tovarlar, xizmatlar, mehnat resurslari va moliyaviy

mablag‘larning erkin harakatlanishi kafolatlanadi”. Ushbu kafolatning Konstitutsiya
darajasida belgilanishi tadbirkorlikni rivojlantirishga qo‘shilgan ulkan hissa hisoblanadi.

4.

Tadbirkorlik subyektlarining o‘z huquq va erkinliklarini sud orqali himoya

qilishi, davlat organlarining,

fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining, boshqa

tashkilotlarning qonunga xilof qarorlari, ular mansabdor shaxslarining qonunga xilof
harakatlari (harakatsizligi) ustidan sudga shikoyat qilish huquqi kafolatlanadi.

O‘zbekiston Respublikasida har bir shaxs o‘z huquqlarini sud orqali himoya qilish

huquqiga ega. Ushbu huquq O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi

Konstitutsiyasining 55-

moddasiga ko‘ra “Har kim o‘z huquq va erkinliklarini qonunda

taqiqlanmagan barcha usullar bilan himoya qilishga ha

qli. Har kimga o‘z huquq va

erkinliklarini sud orqali himoya qilish, davlat organlarining hamda boshqa
tashkilotlarning, ular mansabdor shaxslarining qonunga xilof qarorlari, harakatlari va

harakatsizligi ustidan sudga shikoyat qilish huquqi kafolatlanadi”

deb belgilab qo‘yilgan.

Ya’ni har kim o‘z huquq va erkinliklarini sudga, istalgan tashkilotning yuqori turuvchi

organiga, IIV, Bosh Prokuratura, Adliya vazirligi hamda Xalq qabulxonalarining hududiy

bo‘limlariga yoki

to‘g‘ridan

-

to‘g‘ri markaziy apparatiga

murojaat qilgan holda himoya

qilishi yoki buzilgan huquqlarini tiklashi mumkin. Tadbirkorlik subyektlari (tadbirkorlar)
ham ayni bir vaqtda jismoniy va yuridik shaxs hisoblanib, yuqoridagi konstitutsion
norma ularga ham taalluqlidir. Mazkur konstitutsion normaga mos ravishda

“Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunida ham Tadbirkorlik
subyektlari o‘z huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilishi, davlat organlarining,
fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining, boshqa

tashkilotlarning qonunga xilof


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

03 (2025) / ISSN 2181-1415

268

qarorlari, ular mansabdor shaxslarining qonunga xilof harakatlari (harakatsizligi)

ustidan sudga shikoyat qilishi mumkinligi qat’iy belgilab qo‘yilgan. Bu o‘z navbatida

tadbirkorlarning huquq va manfaatlariga daxl qilinishini oldini olish, buzilgan
huquqlarini tez va samarali

tiklash va bunga sababchi bo‘lganlarni tegishli javobgarlikka

tortish imkonini beradi. Natijada tadbirkorlar o‘z faoliyatini erkin hamda hech qanday
tazyiq va ta’sirlarsiz amalga oshirishadi.

Mazkur keltirilgan konstitutsiyaviy kafolatlar mamlakatni iqtisodiy rivojlanishi va

ravnaq topishi, tadbirkorlik faoliyatining yanada kengayishi natijasida tovar va
xizmatlarning sotuvini oshishi, xorijiy investorlar uchun qulay investitsion muhit
yaratilishi, tashqi iqtisodiy faoliyatni rivojlantirishi uchun muhim ahamiyatga ega
hisoblanadi. Konstitutsiyaviy kafolatlarning har biri tadbirkor uchun imkoniyat, erkinlik

va davlatga bo‘lgan ishonch eshigini ochadi.

Tadbirkorlik faoliyati erkinligining konstitutsiyaviy kafolatlari yuzasidan

o‘tkazilgan yuridik tahlildan kelib chiqib shuni aytish mumkinki, davlatning iqtisodiy
holatini yaxshilash va kuchaytirish uchun tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab

-quvvatlash va

ularning rivojlanishi uchun yetarlicha shart-sharoitlar yaratish bugungi kunda har
qachongidan ham muhim hisoblanadi. Mamlakatimiz qonunchiligida tadbirkorlik

faoliyati erkinligining konstitutsiyaviy kafolatlari qat’iy mustahkamlab qo‘yilganligi
tadbirkorlar uchun muhim qo‘llab

-

quvvatlov bo‘ladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi;

2.

O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi. Birinchi qism;

3.

O‘zbekiston Respublikasining 02.05.2012

-yilda yangi tahrirda qabul qilingan

“Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘RQ

-328-sonli Qonuni;

4.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 28.01.2022

-yildagi PF-60-sonli

farmoniga 1-

ILOVA “2022 —

2026-

yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning

taraqqiyot strategiyasi”;

5.

O‘zbekiston Respublikasining 11.09.20

17-

yildagi “Jismoniy va yuridik

shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘RQ

-445-sonli Qonuni (yangi tahrir);

6.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimiz

tadbirkorlari bilan ochiq muloqot shaklida o‘tkazilgan uchrashuvdagi nutq

idan

https://president.uz/oz/lists/view/6561

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi;

O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi. Birinchi qism;

O‘zbekiston Respublikasining 02.05.2012-yilda yangi tahrirda qabul qilingan “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘RQ-328-sonli Qonuni;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 28.01.2022-yildagi PF-60-sonli farmoniga 1-ILOVA “2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi”;

O‘zbekiston Respublikasining 11.09.2017-yildagi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘RQ-445-sonli Qonuni (yangi tahrir);

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimiz tadbirkorlari bilan ochiq muloqot shaklida o‘tkazilgan uchrashuvdagi nutqidan https://president.uz/oz/lists/view/6561