Авторы

  • Шерзод Хасанов
    Магистрант, Национальный университет Узбекистана имени Мирзо Улугбека
  • X. Юнусова
    д.и.н., профессор, Национальный университет Узбекистана имени Мирзо Улугбека

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol6-iss3/S-pp480-485

Ключевые слова:

Государственная политика в отношении молодежи пять важных инициатив День молодежи медали “Мард углон” агентство по делам молодежи Молодежная книга бизнес экономика резолюция указ

Аннотация

В статье представлена информацияо проводимой в годынезависимостии в настоящеевремягосударственнойполитикеиреформахповсестороннейподдержкемолодежи в РеспубликеУзбекистан, льготах, предоставляемых им в сферепредпринимательства,бизнеса, иихпрактическихпоказателях.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/socinov/index

Analysis of the youth-oriented state policy being
implemented in New Uzbekistan

Sherzod KHASANOV

1

, Kh. YUNUSOVA

2

National University of Uzbekistan named after Mirzo Ulugbek

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received February 2025
Received in revised form

28 February 2025

Accepted 20 March 2025

Available online

15 April 2025

The article provided information about the state policy and

reforms carried out in the years of independence and at present

in the Republic of Uzbekistan on the comprehensive support of
young people, the benefits created for them in the fields of

entrepreneurship, business and their practical indicators.

2181-

1415/©

2025 in Science LLC.

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol6-iss3/S-pp

480-485

This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

Keywords:

State policy on Youth, five
important initiatives,

Youth Day,

Medal “Mard oglon”,

agency for Youth Affairs,

“Yoshlar daftari”,

business,

economy,

decision,

decree.

Yangi

O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan yoshlarga oid

davlat siyosati tahlili

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar

:

Yoshlarga oid davlat

siyosati,

besh muhim tashabbus,
Yoshlar kuni,

“Mard o‘glon” medali,

Yoshlar ishlari agentligi,

“Yoshlar daftari”,

biznes,

iqtisodiyot,

qaror,

farmon.

Maqolada mustaqillik yillarida va hozirgi kunda О‘zbekiston

Respublikasida yoshlarni har tomonlama qо‘llab

-quvvatlash

bо‘yicha olib

borilayotgan davlat siyosati va islohotlari, ularga

tadbirkorlik, biznes sohalarida yaratilayotgan imtiyozlar va

ularning amaliy kо‘rsatkichlari haqida ma’lumotlar berildi.

1

Master degree student, National University of Uzbekistan named after Mirzo Ulugbek.

2

Scientific supervisor: Doctor of Historical Sciences, Professor. National University of Uzbekistan named after Mirzo

Ulugbek.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

03 (2025) / ISSN 2181-1415

481

Анализ

государственной

молодежной

политики,

реализуемой в Новом Узбекистане

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

Государственная
политика в отношении
молодежи,

пять важных инициатив,
День молодежи,

медали “Мард углон”,

агентство по делам
молодежи,

Молодежная книга,
бизнес,

экономика,

резолюция,

указ

.

В статье представлена информация о проводимой в годы

независимости и в настоящее время государственной

политике и реформах по всесторонней поддержке молодежи
в Республике Узбекистан, льготах, предоставляемых им в

сфере предпринимательства, бизнеса, и их практических

показателях.


KIRISH

Mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosati sohasida keng kо‘lamli ishlar amalga

oshirilmoqda. О‘tgan vaqt ichida yoshlarni har tomonlama qо‘llab

- quvvatlash, ularning

huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, mamlakatimiz istiqboli uchun

mas’uliyatni о‘z zimmasiga olishga qodir, tashabbuskor, shijoatli yoshlarni tarbiyalash

borasida alohida tizim yaratildi.

О‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi, Oliy Majlis palatalari huzurida

Yoshlar parlamentlar

i, О‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi qoshida

Yoshlar akademiyasi tashkil qilindi. Hududlarda “Loyihalar fabrikasi” ish boshladi. Yosh
avlodning sog‘lom о‘sishi, sifatli ta’lim olishi va barkamol shaxs bо‘lib voyaga yetishini
ta’minlash, shuningdek, yoshlarning madaniyat, san’at, sport, axborot texnologiyalari va
kitob о‘qishga bо‘lgan qiziqishini har tomonlama qо‘llab

-

quvvatlashga qaratilgan “Besh

muhim tashabbus”ni joriy etish bо‘yicha samarali ishlar amalga oshirilmoqda.

TAHLIL VA NATIJALAR

О‘zbekiston Respublikasida mustaqillik yillarida navqiron avlodni har tomonlama

yetuk insonlar etib voyaga yetkazishga qaratilgan keng kо‘lamli islohotlar amalga
oshirilmoqda. О‘tgan o‘ttiz to‘rt yil davomida yoshlarning konstitusion huquq, erki

nliklari

va manfaatlarini har tomonlama himoya qilish va kafolatlash, ular ta’lim

-tarbiyasidagi

uzviylik, davomiylik va izchillikni ta’minlash, yoshlarning tashabbuskorligi, iste’dod va
qobiliyatini rо‘yobga chiqarish, har tomonlama rag‘batlantirish, yoshl

ar tashkilotlari

faoliyatini qо‘llab

-

quvvatlashga ustuvor ahamiyat qaratildi. Buning samarasi о‘laroq,

yoshlarimiz xalqaro miqyosda о‘tkaziladigan turli nufuzli tanlovlar, festivallar, fan

olimpiadalari, sport musobaqalarida muvaffaqiyatli ishtirok etib, buyuk ajdodlariga
munosib voris ekanini dunyo ahliga namoyon etib kelmoqda.

1991-yil 20-

noyabrda qabul qilingan “О‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid

davlat siyosatining asoslari tо‘g‘risida”gi Qonun asosida yoshlar huquq va

manfaatlarining himoya qilis

h borasida keng kо‘lamli ishlar olib borildi. Ammo tahliliy

о‘rganishlar shuni kо‘rsatadiki, davr taraqqiyoti ushbu qonun normalarini bugungi kun

talablari asosida yanada takomillashtirishni talab etadi. Shu nuqtai nazardan mazkur
qonunni yanada takomillashtirish, zamon ruhiga moslashtirish maqsadida parlament


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

03 (2025) / ISSN 2181-1415

482

tomonidan yangi tahrirda “Yoshlarga oid davlat siyosati tо‘g‘risida”gi О‘zbekiston

Respublikasi Qonuni 2016-yil 15-sentyabrdan kuchga kirdi [5].

Mazkur qonun 4 bob, 33 moddadan iborat bо‘lib, yoshlar bо‘yicha davlat

siyosatining maqsad va tamoyillari, yoshlarning huquqiy va ijtimoiy muhofazasi, ta’lim
olish huquqi, iqtidorli yoshlarga nisbatan davlat kо‘magini amalga oshirish kabi dolzarb

masalalar qamrab olingan. Unda ochiqlik va shaffoflik, yoshlarga oid davlat siyosatining

rо‘yobga chiqarishda yoshlarnning ishtiroki, ularning tashabbuslarini qо‘llab

-quvvatlash

va rag‘batlantirish, ma’naviy, axloqiy va madaniy qadriyatlar ustuvorligi yoshlarning
kamsitilishiga yо‘l qо‘ymaslik yoshlarga oid davlat siyo

satining asosiy prinsiplari sifatida

belgilanadi. Bu bejiz emas. Chunki ushbu tamoyillar yoshlar tarbiyasida muhim
ahamiyatga ega.

Qonunning yana bir muhim jihati

yoshlarga oid davlat siyosatining asosiy

y

о‘nalishlari alohida moddada belgilab qо‘

yilgan. Unda yoshlarning huquq va erkinliklari,

qonuniy manfaatlarini ta’minlash, ma’naviy, intellektual, jismoniy

-axloqiy jihatdan kamol

topishiga k

о‘maklashish о‘z ifodasini topdi.

Shuningdek, 2016-yil 14-

sentyabrda “Yoshlarga oid davlat siyosati tо‘g‘risida”gi

О‘RQ

-406-sonli

О‘zbekiston Respublikasi Qonuniga ko‘ra, О‘zbekistonda 30

-iyun

“Yoshlar kuni” deb e’lon qilindi [5]. Turli sohalarda yuksak natija va yutuqlarga
erishayotgan fidoyi yoshlarimizni rag‘batlantirib borish maqsadida “Mard о‘g‘lon” davl

at

mukofoti va “Kelajak bunyodkori” medali ta’sis etildi. Yoshlarni madaniyat, san’at,

jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, ularning axborot texnologiyalari b

о‘yicha

savodxonligini oshirish, yoshlar

о‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish, xotin

-qizlar

bandligini ta’minlash vazifalarini о‘z ichiga olgan beshta muhim tashabbus amalga

oshirilmoqda.

Shunday islohotlarning davomi sifatida 2020-yil 30-iyun kuni

О‘zbekiston

Respublikasi Prezidentining “О‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyos

atini

tubdan isloh qilish va yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari t

о‘g‘risida” PF

-6017-

son Farmoni qabul qilindi. Farmonga muvofiq

О‘zbekistonda yoshlarga oid davlat

siyosatini yangi bosqichga olib chiqish, yoshlar sohasidagi muammolarga samarali
yechimlar ishlab chiqish, vakolatli organlar faoliyatini samarali tashkil etish va
muvofiqlashtirish, shuningdek,

О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019

-yil 27-

dekabrdagi mamlakat yoshlari bilan uchrashuvida belgilangan vazifalarni amalga
oshirish maqsadida:

О‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi (Agentlik) hamda

uning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar boshqarmalari va

tuman (shahar) b

о‘limlari tashkil etildi. Agentlikning asosiy vazifa va faoliyat

y

о‘nalishlari be

lgilandi.

Agentlik, jumladan, yoshlar bilan bog‘liq soha va yo‘nalishlarda yagona davlat

siyosati, strategik yo‘nalishlar va davlat dasturlarini ishlab chiqadi hamda amalga

oshiradi. Shuningdek, Agentlik yoshlar siyosati sohasidagi qonun hujjatlariga rioya

etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi. Farmonga muvofiq, O‘zbekiston

Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini yanada rivojlantirish borasidagi chora-

tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengash tash

kil etildi hamda

uning asosiy vazifalari belgilandi. Agentlik hududlar kesimida ishsiz yoshlar ro‘yxatini
shakllantiradi hamda ularning bandligini ta’minlashga qaratilgan chora

-tadbirlarni

amalga oshiradi. Shuningdek, yuqori kasbiy salohiyatga ega, tashabbuskor va islohotlarni
amalga oshirishda faol ishtirok etuvchi yosh kadrlar zaxirasini shakllantiradi.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

03 (2025) / ISSN 2181-1415

483

Shuningdek, 2021-

yilning “Yoshlarni qo‘llab

-quvvatlash va aholi salomatligini

mustahkamlash yili” deb nomlanishi, yoshlarga oid davlat siyosati sohasidagi

ishlar

natijadorligi va yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish borasida oldimizda turgan
muhim vazifalarni belgilab berdi. 2017

2021-

yillarda O‘zbekiston Respublikasini

rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni
qo‘llab

-

quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da [3] amalga oshirishga

oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni loyihasi umumxalq muhokamasiga
qo‘yildi. Muhokamalar jarayonida davlat dasturi loyihasida nazarda tutilga

n yoshlarni

qo‘llab

-quvvatlashga oid bandlarga talaba-yoshlar, olimlar, tegishli vazirlik va

idoralarning davlat va fuqarolik xizmatchilari, tadbirkorlar, fuqarolik jamiyati institutlari

vakillari o‘zlarining fikr

-

mulohazalari, konseptual va dolzarb bo‘lga

n takliflari bilan

ishtirok etishdi. Bildirilgan fikr va mulohazalar tahlil qilinganida esa, fuqarolarimizda
yoshlar hayotiga oid islohotlarga alohida qiziqish va daxldorlik hissi yuqori ekani

namoyon bo‘ldi.

Xususan, davlat dasturi loyihasining 96 ta bandida ijtimoiy sohani rivojlantirish va

yoshlarni qo‘llab

-

quvvatlash bo‘yicha kompleks chora

-tadbirlar hamda muhim vazifalar

belgilangan. Birinchi navbatda, fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish va sog‘lig‘ini saqlashni

kuchaytirish, shu jumladan, koronavirusga qarshi profilaktik emlash ishlarini tashkil

etish, aholini arzon va sifatli dori vositalari bilan ta’minlash, yoshlarning bandligi va real

daromadlarini oshirish, hamda 2021-2023-yillarda Yoshlar uylarini qurish dasturini

amalga oshirish, nogironligi bo‘lgan shaxslarni har tomonlama qo‘llab

-quvvatlash kabi

ustuvor vazifalar shular jumlasidandir.

2021-yil 20-apreldagi

О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlarning

tadbirkorlik faoliyatini q

о‘llab

-quvvatlash va bandligiga k

о‘maklashish, ularni ijtimoi

y

himoya qilish, hamda b

о‘sh vaqtini mazmunli tashkil eishga oid qо‘shimcha chora

-

tadbirlar t

о‘g‘risida”gi PF

-6208-son Farmoni [4], yosh tadbirkorlarga bir qancha

qulayliklar, imtiyozlar yaratdi. Ushbu farmon bilan yoshlarni q

о‘llab

-quvvatlash tizimi

yanada takomillashtirildi, ularning bandligiga k

о‘maklashish mexanizmlari belgilandi,

tadbirkorlik g‘oya va tashabbuslari rag‘batlantirildi, yosh tadbirkorlarga munosib

daromad olishi uchun q

о‘shimcha sharoitlar yaratildi, bu borada olib borilayotgan ishlar

yangi bosqichga k

о‘tarildi.

Yuqoridagi farmonga asosan, yoshlarni tadbirkorlikka jalb etish, ularni doimiy ish

bilan band qilish, q

о‘shimcha daromad olishi uchun qulay shart

-sharoitlar yaratish

b

о‘yicha bir qator yangi tartiblar joriy qilindi, unga muvofiq: 2

021-yil 1-maydan boshlab,

2023-yil 1-yanvarga qadar ish beruvchilarga (byudjet tashkilotlari, davlat korxonalari,

ustav jamg‘armasi (kapitali)da davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bо‘lgan yuridik

shaxslar bundan mustasno) ular tomonidan 25 yoshdan oshmagan xodimlar uchun
t

о‘langan ijtimoiy soliq summasi Davlat byudjetidan tо‘liq qaytarib berildi. Bunda,

ijtimoiy soliq summasi yosh xodimlar olti oy davomida uzluksiz mehnat faoliyatini

amalga oshirishi sharti bilan yettinchi oydan boshlab qaytarildi. “Yoshlar daftari”ga

kiritilgan yoshlarga tadbirkorlik faoliyatini boshlash va

о‘zini о‘zi band qilishga zarur

b

о‘lgan asbob

-uskunalar va mehnat qurollarini xarid qilish uchun bazaviy hisoblash

miqdorining 40 baravaridan k

о‘p bо‘lmagan miqdorda “Yoshlar daftari” jamg‘armalari

hisobidan subsidiya ajratildi.

“Yoshlar daftari”ga kiritilgan ishsiz yoshlarni ishga qabul qilgan tadbirkorlik

subyektlariga davlat mulkini ijaraga olishda ijara t

о‘lovlaridan imtiyozlar taqdim etildi.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

03 (2025) / ISSN 2181-1415

484

2021-yil 1-

iyundan boshlab “Yoshlar daftari”ga kiritilgan tadbirkorlik faoliyatini

boshlash uchun bino va inshootlarni ijaraga olgan yosh tadbirkorlarga bir yillik ijara
xarajatlarining 30 foizi, biroq bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravarigacha b

о‘lgan

miqdori “Yoshlar daftari” jamg‘armalari

hisobidan kompensatsiya qilindi.

Professional ta’lim tashkilotlarida tahsil olayotgan “Yoshlar daftari”ga kiritilgan

yoshlarga ular ishlab-chiqarish yoki xizmat k

о‘rsatish korxonalarida amaliyot о‘tagan

vaqtida, biroq olti oydan k

о‘p bо‘lmagan muddatda professional ta’lim tashkilotlari

tomonidan Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan bazaviy hisoblash miqdorining ikki

baravari miqdorida har oylik subsidiya ajratildi.

Iqtisodiyot sohasidagi islohotlarning davomi sifatida 2024-yil 23-fevralda

О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “О‘zbekiston

-

2030” strategiyasini “Yoshlar va

biznesni q

о‘llab

-

quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi tо‘g‘risida”gi PF

-

37-

sonli Farmoni qabul qilindi. “О‘zbekiston –

2030” strategiyasida belgilangan keng

k

о‘laml

i islohotlarni 2024-yilda samarali amalga oshirish uchun bir qancha davlat

organlari va idoralariga bir qator vazifalar belgilandi.

Jumladan, 2024-yil 1-

iyundan boshlab, “Yosh tadbirkor” tanlovlarini о‘tkazish

amaliyoti y

о‘lga qо‘yilishi, Yoshlar ishlari agentligi tomonidan tanlov asosida “mahalla –

tuman

viloyat

respublika” bosqichlarida yoshlarning istiqbolli biznes loyiha va

g‘oyalari saralandi. Bunda nogironligi bо‘lgan yosh tadbirkorlarning loyiha va g‘oyalariga
alohida e’tibor qaratilishi

, respublika bosqichida saralashdan

о‘tgan har bir loyihaga

bazaviy hisoblash miqdorining 1000 baravarigacha miqdordagi imtiyozli kreditlar

ajratilishi, g‘olib bо‘lgan biznes loyiha va g‘oyalar egalari, Yosh tadbirkorlarni qо‘llab

-

quvvatlash jamg‘armasi hi

sobidan xorijiy davlatlarga malaka oshirishga yuborilishi

k

о‘rsatib о‘tildi. Mazkur vazifalarni tо‘liq, sifatli va sо‘zsiz bajarilishi uchun mas’ullar etib,

Yoshlar ishlari agentligi, Savdo-sanoat palatasi va

О‘zbekiston nogironlar uyushmasi

belgilandi.

XULOSALAR

Xulosa qilib aytganda, yoshlarning ta’lim olishi, kasb

-hunar egallashi, yetuk

insonlar bo‘lib ulg‘ayishi yo‘lida zamonaviy, ilg‘or

-innovasion shart-sharoitlarni yaratib

berish uchun Respublika rahbariyati bor kuch va imkoniyatlarini ishga solmoqda. Chunki

yosh avlodni har tomonlama qo‘llab

-

quvvatlash, ma’naviy yetuk, jismonan sog‘lom,

vatanparvar va fidoyi etib tarbiyalash, huquq hamda manfaatlarini himoya qilishga

e’tibor qancha kuchaytirilsa, uning samarasi ham shuncha yuqori bo‘ladi. Shu bois,
O‘zbekiston jamiyatning faol qatlami sifatida e’tirof etiluvchi yoshlar qatlamiga
“muammo” deb emas, balki yurt ravnaqini ta’minlovchi katta kuch, davlatning strategik
resursi sifatida qaralmoqda. Natijada bugun yuksak bilimli, zamonaviy fikrlaydigan, qat’iy

pozitsiyaga ega yoshlar mamlakatning ertangi taraqqiyotida tobora hal qiluvchi kuchga
aylanib boryapti.


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROYXATI:

1. Xalq so‘zi gazetasi. 2016

-yil 15-

sentabr, № 182 (6617).

2. O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami.

37-son (745) 2016-yil 19-

sentabr.

3. 2017-2021-

yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor

yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

03 (2025) / ISSN 2181-1415

485

4. 2021-yil 18-

yanvardagi “O‘zbekistonda Yoshlarga oid davlar siyosatini 2025

-

yilgacha

rivojl

antirish

konsepsiyasini

tasdiqlash

to‘g‘risida”gi

qaror.

http://lex.uz//docs/-5234746.

5. “Yoshlarga oid davlat siyosati tо‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi

Prezidentining 2016-yil 14-sentyabrdagi

О‘RQ

-406-sonli qarori.

Библиографические ссылки

Xalq so‘zi gazetasi. 2016-yil 15-sentabr, № 182 (6617).

O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami. 37-son (745) 2016-yil 19-sentabr.

-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi.

-yil 18-yanvardagi “O‘zbekistonda Yoshlarga oid davlar siyosatini 2025-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaror. http://lex.uz//docs/-5234746.

“Yoshlarga oid davlat siyosati tо‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 14-sentyabrdagi О‘RQ-406-sonli qarori.