Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
The Linguodidactic Importance of the Insight Method
Yayrakhan UMAROVA
1
Andijan State Pedagogical Institute
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received February 2025
Received in revised form
15 February 2025
Accepted 15 March 2025
Available online
25 April 2025
The article analyzes the linguodidactic significance of the
insight method in language teaching. The insight method, based on
students' independent comprehension and discovery of
knowledge, plays a key role in enhancing the cognitive and
motivational effectiveness of language education. The paper
examines the possibilities of applying this approach at various
stages of learning, including the development of lexical,
grammatical, and communicative competencies. Special attention
is given to the use of the insight method in the context of teaching
the Uzbek language. The article analyzes strategies aimed at
developing creative thinking and problem-solving skills, as well as
fostering a deep understanding of linguistic phenomena. The
research results demonstrate that applying the insight method
contributes to deeper language acquisition and stimulates active
student participation in the educational process. However, the
effectiveness of the method largely depends on the teacher's
professional skills as a facilitator and the quality of instructional
design. In conclusion, the article offers practical recommendations
for integrating the insight method into modern linguodidactic
practices and opens new perspectives for specialists and
researchers in the field of language teaching methodology.
2181-1415/
©
2025 in Science LLC.
https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol6-iss2-pp
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
insight,
metaphor,
allusion,
talmeh,
repression,
hypothesis.
Insayt metodining lingvodidaktik ahamiyati
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
insayt,
metafora.,
allyuziya,
talmeh,
qatagʻon,
Ushbu maqola insayt metodining lingvodidaktikada,
xususan, til o‘qitish jarayonidagi ahamiyatini tahlil qiladi.
a’Maqolada ushbu metodning til o‘qitishning turli bosqichlarida
qo‘llanilishi, jumladan, leksik, grammatik va kommunikativ
kompetensiyalarni
rivojlantirishdagi
ta’siri
o‘rganiladi.
1
Associate Professor, Andijan State Pedagogical Institute. E-mail: umarovayayragon@gmail.com
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
6
№
2 (2025) / ISSN 2181-1415
123
gipoteza
Shu bilan birga, metodning muvaffaqiyati o‘qituvchining
fasilitatorlik mahoratiga va dars d
izayniga bog‘liq ekanligi
ta’kidlanadi. Bundan tashqari til o‘qitish metodikasi sohasidagi
mutaxassislar va tadqiqotchilar uchun yangi istiqbollar
ta’kidlanib, insayt metodini zamonaviy lingvodidaktik
amaliyotlarda qo‘llash bo‘yicha amaliy tavsiyalar beril
adi.
Лингводидактическое значение метода инсайт
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
инсайт,
метафора,
аллюзия,
тальме,
вытеснение,
гипотеза.
Статья посвящена анализу лингводидактической
значимости метода инсайта в процессе обучения языкам.
Метод
инсайта,
основанный
на
самостоятельном
осмыслении и открытии знаний учащимися, играет
ключевую
роль
в
повышении
когнитивной
и
мотивационной эффективности языкового образования.
В работе рассматриваются возможности применения
данного подхода на различных этапах обучения, включая
развитие
лексической,
грамматической
и
коммуникативной
компетенций.
Особое
внимание
уделяется использованию метода инсайта в контексте
преподавания
узбекского
языка.
Анализируются
стратегии, направленные на развитие творческого
мышления и навыков решения проблем, а также на
формирование глубинного понимания языковых явлений.
Результаты исследования показывают, что применение
метода инсайта способствует более глубокому усвоению
языка и стимулирует активное участие обучающихся в
образовательном процессе. При этом эффективность
метода во многом зависит от профессионального
мастерства преподавателя как фасилитатора и от качества
учебного дизайна. В заключение статья предлагает
практические рекомендации по интеграции метода
инсайта в современные лингводидактические практики и
открывает новые перспективы для специалистов и
исследователей в области методики преподавания языков.
Insayt atamasi
(inglizcha “insight”
–
“tushunish”, “anglash”)
kognitiv tilshunoslikka
oid tushuncha boʻlib, kutilmaganda fikrning oʻzgarib, ma’lum bir xulosaga kelish, ya’ni
qoʻyilgan masalaning asl mohiyatini tushunib yetish, idrok etish holatini anglatadi.
Bu
shunchaki ma’lumotni oʻzlashtirish emas, balki yangi bi
limlarni mavjud tajriba bilan
uygʻunlashtirish, ular oʻrtasidagi bogʻliqlikni anglash jarayonidir. “Insayt” metodi
muammoli ta’limning bir shakli sifatida, talabalarga tayyor yechimlarni taklif qilishdan
koʻra, ularni
muammoning qiyinlik sababini, uni yech
ishga toʻsqinlik qilayotgan omillarni
aniqlashni talab etadi.
“
Insayt
–
bu qandaydir struktura, sxema, tarkibiy qism
lar oʻrtasidagi munosabatlar
tizimini kashf qilish va oʻz tajribasini tuzilishiga koʻra
murakkab, yangi, notanish bilimlar
asosida birlashtirish
usulidir”
.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
6
№
2 (2025) / ISSN 2181-1415
124
Tadqiqotchi Stellan Olsson ta’lim jarayonida qoʻllaniladigan oʻqitish
usullarini ikki
toifaga ajratadi: bir xil, standart usullarni qoʻllashga asoslangan monotonik usul va yangi,
nostandart sharoitlarni yaratishga qaratilgan monotonik boʻl
magan usul. Bizningcha,
monotonik boʻlmagan yoʻnalishni politonik, ya’ni koʻp usulli deb nomlash mumkin.
“
Insayt
”
metodi aynan monotonik boʻlmagan oʻrganish usuli hisoblanadi, chunki u
an'anaviy ta’limdan farqli ravishda, talabalarni yangicha fikrlashga, m
uammolarga
kreativ yondashishga undaydi.
Oʻqitish jarayoniga kognitiv yondashuvning kirib kelishi ortidan XX asr oxirida
ilgʻor pedagog
-
olimlar tomonidan “insayt oʻqitish” tushunchasi qoʻllana boshladi. Bu usul
talabalarni ijodiy fikrlashga
oʻrgatish, oʻz
-
oʻzini tahlil qilish koʻnikmalarini
rivojlantirishga qaratilgan. Masalan, “Mental Leap” tadqiqot guruhining a’zosi, professor
Barbara Oakli “insayt” oʻqitish sohasida tadqiqotlar olib borib, bu usulni qoʻllash orqali
talabalarda murakkab hayotiy masalalarni hal qilish, qaror qabul qilish, tanqidiy fikrlash
kabi muhim kompetensiyalarni shakllantirish mumkinligini ta’kidlaydi. Shuningdek,
amerikalik psixolog Adam Grant hamda rossiyalik olimlar Aleksandr Toldov, Andrey
Markevichlar ham insayt us
ulidan foydalanib oʻqitishning samarali usul ekanligini e’tirof
etadilar.
Barcha tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, “insayt” oʻrganish talabalarning mustaqil
fikrlash, tanqidiy tahlil qilish, qaror qabul qilish va muammolarni hal qilish qobiliyatini
rivoj
lantirishga yordam beradi; shuningdek, talabalarda keng dunyoqarash, oʻz fikrlarini
ifoda etishda jur’at, shaxsiy va kasbiy faoliyatida mustaqil harakatlanishni
rivojlantirishga yordam beradi.
Shunday qilib, “insayt” metodi orqali oʻrganish talabalarda oʻz
-
oʻzini bilish, hissiy
intellektni va tanqidiy fikrlashni rivojlantirishga qaratilgan muhim pedagogik
yondashuvdir. Bu metod talabalarni passiv bilim oluvchidan faol, ijodkor izlanuvchiga
aylantirishga qaratilgan ta’lim modelidir. Mavzuni chuqur oʻrganish va hayotga bogʻlab
talqin qilish talabalarning shaxsiyati va muvaffaqiyatli hayot yoʻllarini shakllantirishga
xizmat qiladi. Xususan, til hodisalarining mohiyatini chuqur bilishga qaratilgan kognitiv
yondashuv shakli sifatida yaxshi samara beradi.
Masalan,
metafora
hodisasi tilda eng koʻp qoʻllanadigan va juda keng qamrovli
tushuncha hisoblanadi. Leksikologiya yoki Tilshunoslikka kirish kurslarida soʻzning
oʻz va koʻchma ma’nolari
xususida fikr yuritilar ekan, filolog-
talabalar uchun “insayt”
metodidan foydalanib, keng qamrovli, murakkablashtirilgan bilim hosil qilishlariga
erishish maqsadga muvofiqdir.
Metafora
–
narsa-
buyum, voqea va hodisalar oʻrtasidagi oʻzaro oʻxshashlikka
asoslangan ma’no koʻchish turi boʻlib, bir narsa yoki hodisani boshqasi orqali tasvirlashga
asoslangan badiiy ifoda vositasidir. Unda bir narsaning belgilari boshqa narsaga
koʻchiriladi va shu orqali yangi, obrazli ma’no yaratiladi. Oddiy qilib aytganda, metafora –
bu yashirin
oʻxshatish
dir.
Nutqimizda faol qoʻllanadigan koʻplab maqollar, iboralar, idiomalar metaforaga
asoslangan:
“
aravani quruq olib qochmoq”, “boshida yongʻoq chaqmoq”, “tarvuzi
qoʻltigʻidan tushdi”, “sichqonning ini ming tanga”,
“gapida jon bor”, “pashshadan
fil yasamoq”, “ikki oyogʻini bir etikka tiqmoq”, “zuvalasi pishiq”, “yoʻlga solmoq”, “koʻzining
yogʻini yegan”, “koʻz qorachigʻi”
kabilar. 3-4 naf
ar talabaning qoʻliga metaforali iboralar
yozilgan kartochkalardan berib, navbatma-navbat shu iboralarni qatnashtirib tez gap
tuzish topshiriladi. Navbatma-navbat gap tuzilib, keyingi talabaga uzatiladi. Gap tuzishda
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
6
№
2 (2025) / ISSN 2181-1415
125
toʻxtalib qolgan talaba safdan chiqadi.
Eng topqir talaba gʻolib deb e’lon qilinadi. Bunday
usul talabalarning ogʻzaki nutqini rivojlantirishga yordam beradi, shuningdek, ularni
tez
fikrlashga oʻrgatadi.
Metafora kundalik nutqda ham keng qoʻllaniladi va fikrlarni aniqroq va obrazliroq
ifodalash
ga yordam beradi. Ayniqsa, badiiy adabiyotning muhim tarkibiy qismi boʻlib,
asarning ta’sirchanligini oshiradi, soʻzning kuchini namoyon etadi va kitobxonning
tasavvurini boyitadi. Masalan, Muhammad Yusufning Vatan, muhabbat, sogʻinch
mavzularidagi she’rlarida oʻziga xos metaforik tashbehlar koʻp qoʻllangan.
Alhazar, alhazar, ming bor alhazar,
Ana, yurishibdi kiyganlari zar,
Qodiriyni sotib shoir boʻlganlar –
Mehrobingdan chiqqan chayonlaring bor.
Qurboning boʻlayin, ey onajonim,
Sening
faryodlaring, mening figʻonim,
Oʻtmishingni oʻylab oʻrtanar jonim,
Aytsam ado boʻlmas dostonlaring bor.
(Muhammad Yusuf)
Buni tasodifmi atayin, ayting,
Qitmir qismat oʻyni deyinmi yo bir?
Koʻrib qoʻy, Turkiston, ikki shoh bayting –
Navoiy Hirotda, Qobulda Bobur.
(Muhammad Yusuf)
Shu tariqa, ijtimoiy ruhdagi she’rlarda
“mehrobingdan chiqqan chayonlaring”, “ey
onajonim”, “ikki shoh bayting”
metaforik ifodalari talabalarning tahlillari, fikrlari orqali
ochib beriladi. Bunday tahlillar talabalarning ijtimoiy kompetentligini oshirib, yurt, elga
boʻlgan muhabbatini, milliy qadriyatlarga hurmatini kuchaytiradi.
Darsning keyingi qismida
“insayt” metodi orqali Abduqayum Yoʻldoshevning
“Puankare” hikoyasi misolida Puankare gipotezasining asarda qanday metaforik ma’noni
anglatishi ochib beriladi. Oʻqituvchi tomonidan Abduqayum Yoʻldoshevning “Puankare”
hikoyasining qisqacha mazmuni bayon qilinadi yoki audiomatn eshittiriladi. Asar qahramoni
–
nazariy matematika fanini hayotining mazmuni deb bilgan, kelgusida ulkan marralarni
koʻzlagan iste’dodli yosh oʻzbek yigitining gʻayrati va shijoati hayot girdobining maishiy
oʻpqonlari bilan kurashda yi
lma-yil, bosqichma-
bosqich soʻnib borganligi Puankare
gipotezasining ramziy fonida ochib berilgan. Gipotezaning ilmiy jamoatchilik tomonidan
“Koinot formulasi” deb nomlanishining oʻziyoq bu olamshumul masalani yechish orzusida
boʻlgan asar qahramonining katta maqsadni koʻzlagani, jahon miqyosidagi muammo ustida
bosh qotira oladigan qobiliyati va salohiyati boʻlganligiga ishora qilinadi.
Oʻqituvchi: “Xoʻsh, doʻstlar, Puankare gipotezasi matematikada nimani anglatadi?
Gipoteza nima degani oʻzi?
Puankare gipotezasi bu matematikadagi juda mashhur va muhim masalalardan biri
edi. U 1904-
yilda fransuz matematigi Anri Puankare tomonidan ilgari surilgan boʻlib,
2002-yilda Grigoriy Perelman tomonidan isbotlangan. Puankare gipotezasi topologiyaga
oid, ya’ni geometrik
obyektlarning shaklini oʻzgartirishga chidamli boʻlgan
xususiyatlarini oʻrganadi.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
6
№
2 (2025) / ISSN 2181-1415
126
Hikoyada-
chi? Ushbu gipotezaning hikoya kontekstidagi ramziy ma’nosi nima
boʻlishi mumkin? Bu gipoteza qahramonning hayoti, orzulari yoki dunyoqarashi bilan
qanday bogʻliq boʻlishi mumkin?”
Oʻqituvchi: “Keling, har birimiz oʻz taxminlarimizni aytamiz. Hech qanday toʻgʻri
yoki notoʻgʻri javob yoʻq. Eng muhimi
–
fikrlash va oʻz fikrimizni asoslash.
Talabalar oʻz fikr
-
mulohazalarini bayon qilib, oʻzaro bahsga kirishadilar.
O
ʻqituvchi: “Shunday qilib, biz turli xil fikrlarni eshitdik. Hamma fikrlar ham
qiziqarli va mulohazaga arziydi. Endi umumiy xulosaga kelishga harakat qilamiz.
Sizningcha, Puankare gipotezasi hikoyada qanday metaforik ma’noni anglatadi?
Oʻqituvchi mashgʻulot davomida quyidagilarga e’tibor qaratishi zarur:
•
Oʻqituvchining vazifasi
–
tayyor javobni berish emas, balki talabalarni fikrlashga
undash va ularga toʻgʻri yoʻnalishni koʻrsatish.
•
Talabalarning har bir fikri e’tiborga olinishi va muhokama qilinishi kera
k.
•
Bahs doʻstona va hurmat asosida oʻtkazilishi lozim.
Kutilishi mumkin boʻlgan javoblar (variantlar):
•
Puankare gipotezasi qahramonning hali yechilmagan, isbotlanmagan hayotiy
savollarini ifodalaydi.
•
Gipoteza qahramonning oʻz hayotidagi murakkabliklarni tushunishga boʻlgan
intilishini anglatadi.
•
Kitobxon gipoteza ramzi orqali hikoya qahramonining shaxsiyatini taftish
qilishga urinadi, uning hayotdagi asosiy maqsadidan uzoqlashib, turmush ikir-
chikirlariga oʻralashib yashaganini anglab
yetadi.
•
Gipotezaning boshqalar tomonidan yechilishi qahramonning ideal dunyoga
intilishi, mukammallikka erishishga boʻlgan umidi
soʻngani
ni ifodalaydi.
Ushbu usul talabalarni faol fikrlashga, oʻz fikrlarini ifoda etishga va adabiyotni
chuqurroq anglashga undaydi.
Abduqayum Yoʻldoshevning “Puankare” hikoyasi asosida oʻtkazilgan dars yakunida
Puankare gipotezasining metaforik ma’nosini muhokama qilish orqali metaforaning keng
qamrovli hodisa ekanligi haqida quyidagicha xulosa qilish mumkin:
“Bugun biz Abduqayum Yoʻldoshevning “Puankare” hikoyasi orqali metaforaning
naqadar qudratli va koʻpqirrali badiiy vosita ekanligiga yana bir bor amin boʻldik.
Biz koʻrdikki, Puankare gipotezasi aslida matematik tushuncha boʻlsa
-da, hikoya
kontekstida qahramonning hayotiy muammolari, orzulari, maqsadlari va umidlarini
ifodalovchi chuqur ramzga aylantirilgan.
Metafora faqatgina soʻz oʻyini yoki badiiy bezak emas. U –
haqiqatni anglash,
dunyoni yangicha koʻrish va inson ruhiyatining nozik
qirralarini ochib berish imkonini
beruvchi vositadir. Metafora orqali muallif oddiy soʻzlarga yangi ma’no yuklaydi,
oʻquvchini fikrlashga, tasavvur qilishga va his qilishga undaydi. Shunday ekan, metafora –
bu adabiyotning, san
’
atning va hatto kundalik hayotimizning ajralmas qismidir. U bizga
murakkab tushunchalarni soddalashtirishga, hissiyotlarni ifodalashga va dunyoni yanada
goʻzalroq qilishga yordam beradi. Biz bugun Puankare gipotezasining metaforik
ma’nosini tahlil qilar ekanmiz, metaforaning naqadar
keng qamrovli hodisa ekanligini va
uning inson tafakkuri va ijodiyotida tutgan oʻrni beqiyos ekanligini angladik.”
Xulosaning
yanada ta’sirchan boʻlishi
uchun:
1)
Talabalarning dars davomidagi fikrlaridan iqtiboslar keltirish mumkin.
2)
Metaforaning boshqa san’a
t turlaridagi namunalarini keltirish mumkin
(masalan, musiqa, rassomlik).
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
6
№
2 (2025) / ISSN 2181-1415
127
3)
Talaba
larga metafora haqida oʻz fikrlarini yozma ravishda ifoda etish taklif
qilinishi mumkin.
Shu tariqa,
kognitiv yondashuv asosidagi “insayt” metodi lingvodidaktik materialni
chuq
urroq oʻrganish bilan birga talabalarning ijtimoiy kompetentligini oshirish, hayotiy
masalalarga munosabat bildira olishiga, dunyoqarashini kengaytirishga xizmat qiladi.
Ushbu metod filologiya ta’limida talabalarning ijodiy salohiyatini roʻyobga chiqarish,
ularni mustaqil va erkin fikrlovchi shaxslar sifatida tarbiyalashda muhim ahamiyatga ega.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
Safarov Sh. Kognitiv lingvistika. Jizzax: Sangzor, 2006.
2.
Babushkin A. P. Tipi konseptov v leksiko-frazeologicheskoy semantike yazika.
Voronej, 1996.
3.
Shamov A.N. Kognitivniy podxod k obucheniyu leksike: modelirovanie i
realizasiya (bazoviy kurs nemeskogo yazika): Avtoref.diss.d-ra ped.nauk. Tambov,2005.
4.
Yayraxon Toʻxtanazarovna Umarova (2022).
Samarali hamkorlik
–
kitobxonlik
madaniyatini shakllantirish kafolati sifatida. Academic research in educational sciences,
3 (3), 410-416.
5.
To‘xtanazarovna, Umarova Y. “The Current Status Analysis of Language
Competence of Pupils in Secondary Schools”. Jou
rnalNX, vol. 7, no. 06, 2021, pp.
6.
Umarova Y. O‘quvchilarda pragmatik kompetensiyani rivojlantirish xususida
(morfologik birlik va shakllar tahliliga o‘rgatish asosida).
Ilmiy xabarnoma. Seriya: Pedagogik
tadqiqotlar
–
Scientific bulletin. Series: Pedagogical Researches. 2021. 2(54). 24-33.
7.
Umarova Y., Ne’matova D.Umumta’lim maktablaridagi o‘quvchilar til
kompetentligining joriy holati tahlili. Ilmiy xabarnoma. Seriya: Pedagogik tadqiqotlar
–
Scientific bulletin. Pedagogical Research.2020. 6(50). 47-57.
8.
https://skillbox.ru/media/education/kak-prikhodit-insayt-chto-emu-pomogaet
9.
https://dzen.ru/a/ZbJDMlwIii0U7-8R
