Авторы

  • Зарифа Убайдуллаева
    Докторант, Ташкентский государственный юридический университет

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol6-iss4/S-pp34-43

Ключевые слова:

информационный посредник онлайн-платформа электронная коммерция хостинг-сервис оператор электронной коммерции режим «безопасной гавани» дело Обердорф против Amazon дело Uber Systems Spain

Аннотация

Современные информационные технологии, несомненно, оказывают значительное влияние на общественные отношения, что приводит к формированию новых социально-правовых взаимодействий. Перед юридической наукой встаёт задача классификации и правового регулирования этих отношений с учётом их признаков и особенностей. С развитием электронной коммерции договоры купли-продажи всё чаще заключаются дистанционно, в онлайн-формате. В данной статье рассматривается правовой статус онлайн-платформ, выступающих посредниками при заключении таких договоров. На сегодняшний день в международной правовой доктрине и практике продолжаются активные дискуссии относительно правового положения информационных посредников. В Европейском союзе приняты директивы, законы и иные нормативные акты, регулирующие деятельность информационных посредников. В этой связи актуализируются вопросы: кто может быть признан информационным посредником? Каков правовой статус онлайн-платформ в гражданско-правовых отношениях? В статье анализируются правовые отношения между информационными посредниками, в частности онлайн-платформами, и сторонами договоров купли-продажи — продавцами и покупателями. Исследование базируется на методе сравнительного анализа, преимущественно с опорой на директивы Европейского союза. Также приводятся примеры из судебной практики, иллюстрирующие подходы к определению ответственности онлайн-платформ.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/socinov/index

The civil law status of online platforms in electronic
contractual relationships of sale and purchase

Zarifa UBAYDULLAEVA

1


Tashkent State University of Law

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received March 2025

Received in revised form

15 April 2025
Accepted 25 April 2025

Available online

25 May 2025

Modern information technologies undoubtedly have a

significant impact on public relations, resulting in the

emergence of new socio-legal relations. Legal science is faced

with the problem of its classification and legal regulation by

characteristics and features. As a result of the development of e-
commerce, purchase and sale relations are carried out

remotely, by concluding online contracts. The article considers

the legal status of online platforms acting as intermediaries in

the conclusion of online contracts. Currently, various debates
and discussions are underway around the legal status of

information intermediaries. The European Union adopts

directives, laws, and other documents that regulate the

activities of information intermediaries. We are faced with the
question: "Who is an information intermediary?" "What is the

status of online platforms as information intermediaries in civil

legal relations?" The question of finding answers to these

questions remains open. The article analyzes the legal relations
between information intermediaries, in particular online

platforms, and sellers and buyers. The study was conducted

using the comparative analysis method, mainly based on

European Union directives. Case law examples on the liability of
online platforms are presented and analyzed.

2181-

1415/©

2025 in Science LLC.

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol6-iss4/S-pp34

-43

This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

Keywords:

information intermediary,

online platform,

e-commerce,

hosting service,

e-commerce operator,

safe harbour regime,
Oberdorf v. Amazon,

Uber Systems Spain.

1

PhD student, Tashkent State University of Law. E-mail: z.ubaydullayeva@tsul.uz


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

04 (2025) / ISSN 2181-1415

35

Elektron oldi-sotdi shartnomaviy munosabatlarda axborot
vositachisining fuqarolik huquqiy javobgarligi

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar

:

axborot vositachisi,

online platforma,

elektron tijorat,

xosting xizmati,

elektron tijorat operatori,
xavfsiz bandargoh rejimi,

Oberdorfning Amazonga
qarshi ishi,

Uber Systems Spain sud ishi.

Zamonaviy axborot texnologiyalari shubhasiz ijtimoiy

munosabatlarga katta ta’sir qilmoqda va buning natijasida

yangidan yangi ijtimoiy-huquqiy munosabatlar vujudga kelmoqda.

Huquq fani oldida esa, ularni belgi va xususiyatlarga qarab
tasniflash hamda huquqiy tartibga solish muammosi vujudga

kelmoqda. Elektron tijoratning o‘sishi natijasida oldi

-sotdi

munosabatlari masofadan online shartnomalar tuzish orqali
amalga oshirilmoqda. Elektron shartnomalar tuzishda vositachi
sifatida qatnashuvchi online olatformalarning huquqiy maqomi

ushbu maqolada tadqiq etilgan. Hozirgi kunda butun dunyoda

axborot vositachisining huquqiy maqomi qandayligi xususida turli

bahs va munozaralar bo‘lib o‘tmoqda. Yevropa Ittifoqida axborot
vositachilari faoliyatini tartibga solish bo‘yicha direktivalar,

qonunlar va boshqa hujjatlar qabul qilinmoqda. Oldimizda

“Axborot vositachisi kim?” “Axborot vositachisi s

ifatida online

platformalarning fuqarolik huquqiy munosabatlardagi maqomi

qanday?” degan savollarga javob topish masalasi ko‘ndalang

turibdi. Ushbu maqolada axborot vositachisi, xususan online

platformalarning sotuvchi va xaridor bilan munosabatlari huquqiy

jihatdan tahlil qilingan. Asosan, Yevropa Ittifoqi direktivalariga

asoslanib qiyosiy tahlil metodidan foydalanib tadqiq qilingan.
Online platformalarning javobgarligi yuzasidan sud amaliyotidan

misollar keltirilgan va tahlil qilingan.

Гражданско

-

правовой статус онлайн

-

платформ в

электронных договорных отношениях купли

-

продажи

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

информационный

посредник,

онлайн

-

платформа,

электронная коммерция,

хостинг

-

сервис,

оператор электронной
коммерции,

режим «безопасной

гавани»,

дело Обердорф против

Amazon,

дело Uber Systems Spain

.

Современные информационные технологии, несомненно,

оказывают значительное влияние на общественные

отношения, что приводит к формированию новых социально

-

правовых взаимодействий. Перед юридической наукой встаёт

задача классификации и правового регулирования

этих

отношений с учётом их признаков и особенностей. С
развитием электронной коммерции договоры купли

-

продажи

всё чаще заключаются дистанционно, в онлайн

-

формате. В

данной статье рассматривается правовой статус онлайн

-

платформ, выступающих посредниками при заключении
таких договоров. На сегодняшний день в международной

правовой доктрине и практике продолжаются активные

дискуссии

относительно

правового

положения

информационных посредников. В Европейском союзе
приняты директивы, законы и иные нормативные акты,


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

04 (2025) / ISSN 2181-1415

36

регулирующие деятельность информационных посредников.

В этой связи актуализируются вопросы: кто может быть
признан информационным посредником? Каков правовой

статус онлайн

-

платформ в гражданско

-

правовых отношениях?

В статье анализируются правовые отношения между

информационными посредниками, в частности онлайн

-

платформами, и сторонами договоров купли

-

продажи —

продавцами и покупателями. Исследование базируется на

методе сравнительного анализа, преимущественно с опорой

на директивы Европейского союза. Также приводятся
примеры из судебной практики, иллюстрирующие подходы к

определению ответственности онлайн

-

платформ

.

KIRISH

Elektron tijoratning generatorlari va elementlaridan biri axborot vositachisi

institutidir. Axborot vositachilari yuridik institut sifatida raqamli maydonda muhim rol

o‘ynaydi. Ular faol raqamli makonda fuqarolik muomalasining turli subyektlari
o‘rtasidagi munosabatlarga ta’sir ko‘rsatadi. Axborot vositachilari faqat o‘ziga xos bo‘lgan

turli funksiyalarni bajaradilar, xususan, ular raqa

mli ma’lumotlarni qayta ishlaydilar va

ularni web saytga joylashtiradilar, shu jumladan foydalanuvchi maqsadlari yo’lida

harakat qiladilar. Ular shartnoma asosida elektron tijoratda elektron hujjatlar va elektron
xabarlar aylanishiga oid xizmatlarni taqdim

etadilar, o‘z vakolatlari doirasida,

shuningdek elektron tijorat ishtirokchilariga ko‘rsatiladigan xizmatlar shartlarini
belgilaydi. Shu bilan birga, ular ma’lumot to‘playdi, qidiruvda yordam beradi, tovarlar,

ishlar va xizmatlarni sotishga yordam beradi yoki boshqa zarur tijorat operatsiyalarini
amalga oshiradi.

Raqamli fuqarolik muomalasining zamonaviy sharoitida

axborot vositachilari iqtisodiyotning raqamli transformatsiyasini rivojlantirishda muhim
rol o'ynaydi. Shu munosabat bilan axborot vositachilarining faoliyatini huquqiy tartibga

solish va ularning fuqarolik maqomi haqida savol tug‘iladi.

MATERIAL VA METODLAR

Ushbu maqolada axborot vositachisi kim, uning vazifalari nimalardan iboratligi,

elektron tijoratni amalga oshirishda vositachi sifatida qanday huquq va majburiyatlarga
ega ekanligi tahlil qilingan. Online platformalarning vositachi sifatidagi o`rni, ularning
sotuvchi hamda xaridor bilan bo`lgan munosabatlarining huquqiy tabiati, ularning
javobgarligi masalalari chuqur tadqiq qilingan.

Ushbu ilmiy tadqiqot

ishida analiz, sintez, induksiya, qiyosiy tahlil kabi metodlardan foydalanilgan.
Shuningdek, online platformalarning fuqarolik javobgarligi yuzasidan sud amaliyotidan
misollar keltirilgan.

TADQIQOT NATIJALARI

“Axborot vositachisi” –

Internet tarmog‘ida boshqa shaxslar tomonidan yaratilgan

axborot yoki materiallar bilan bevosita faoliyat yurituvchi, telekommunikatsiya vositalari

orqali xizmatlar ko‘rsatuvchi, o‘z nomidan ish ko‘ruvchi va o‘z faoliyatini litsenziya

asosida amalga oshiruvchi shaxs [1]. Axborot vositachisi atamasi turli davlatlarda
turlicha nomlar bilan keltirilgan. AQSH da "xizmat ko'rsatuvchi provayder", "interaktiv
kompyuter xizmati provayderi", "axborot kontenti provayderi" va Yevropada - "axborot


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

04 (2025) / ISSN 2181-1415

37

jamiyati xizmatlarini provayderi" (axborot jamiyati xizmatlarini provayderi), "vositachi

xizmat ko'rsatuvchi provayder”, “internet yoki onlayn platforma” (onlayn platforma)

degan nomlar bilan uchraydi [2].

S.V. Novikova axborot vositachisining

xususiyatlarini quyidagicha ta’riflaydi:

1) bu yerdagi obyekt nomoddiy ne'mat (axborot olish huquqi);
2) axborot vositachisining faoliyati to'lovli xususiyatga ega;
3)ko'rsatilgan xizmatlar natijasining nomoddiy xususiyati;
4) axborot vositachilarining faoliyati kafolat berish xarakteriga ega emas;
5) majburiy shart - axborot vositachilari uchun maxsus talablarning mavjudligi [3].

“Onlayn platforma” atamasi odatda qidiruv tizimlari, ijtimoiy media, elektron

tijorat platformalari, ilovalar do‘konlari, narxla

rni taqqoslash veb-saytlari, reklama

tarmoqlari va boshqa shunga o‘xshash onlayn maydonlarni nazarda tutish uchun

ishlatiladi [4].

UNCITRALning Elektron tijorat to‘g‘risidagi Model qonuni vositachi va axborot

tizimi atamalariga quyidagicha ta’rif beradi: (e) “vositachi” ma’lum bir ma’lumot xabariga
nisbatan, boshqa shaxs nomidan ushbu ma’lumot xabarini yuboruvchi, qabul qiluvchi
yoki saqlaydigan har qanday shaxsni yoki ushbu ma’lumot xabari bilan bog‘liq boshqa
xizmatlarni taqdim etadi; f) “axborot tizimi”

ma’lumotlar xabarlarini tayyorlash, jo‘natish,

qabul qilish, saqlash yoki boshqa usulda qayta ishlash tizimini anglatadi. “Vositachi”
atamasining ta’rifi ham professional, ham professional bo‘lmagan vositachilarni o‘z ichiga
oladi. Namunaviy qonunning “e”

bandida vositachining asosiy funksiyalari, ya’ni boshqa

shaxs nomidan ma’lumotlar xabarlarini qabul qilish, uzatish yoki saqlash bo‘yicha
funksiyalarining ro‘yxati keltirilgan. Tarmoq operatorlari va boshqa vositachilar
ma’lumotlar xabarlarini formatlash,

tarjima qilish, yozib olish, autentifikatsiya qilish,

tasdiqlash va saqlash, elektron tranzaksiyalar xavfsizligi kabi qo‘shimcha xizmatlarni
taqdim etishi mumkin. Model qonunidagi “vositachi” atamasi umumiy toifa sifatida emas,
balki har bir ma’lumot xabari uchun ta’riflanadi, shu bilan bir shaxs bitta ma’lumot
xabarining muallifi yoki manzili va boshqa xabarning vositachisi bo‘lishi mumkinligini

belgilaydi [5].

Axborot vositachisi tushunchasi Amerika Qo'shma Shtatlari qonunida va Yevropa

Ittifoqi direktivalarida ham keltirilgan. Xususan, Amerika Qo'shma Shtatlarining Raqamli

Mingyillik mualliflik huquqi to‘g‘risidagi qonuni (DMCA) xizmat ko'rsatuvchi

provayderlarning javobgarligi va mualliflik huquqi egalarini (mualliflar, mutlaq
huquqlarning boshqa egalari) axborot vositachilari jalb qilgan holda himoya qilish
tartiblarini va axborot vositachilarining javobgarlikdan ozod qilish shartlarini batafsil
tartibga soladi [6].

Yevropa Ittifoqida elektron tijoratda sotuvchi va xaridor uchrashadigan virtual

makon hisoblangan online savdo platformalari faoliyatini tartibga soluvchi qonunchilik

amaliyotga kiritilgan. Raqamli xizmatlar to‘g‘risidagi qonun (YeI) 2022/2065

Reglamentining 3-moddasida Vositachilik xizmati hamda online platforma

tushunchalariga ta’rif berilgan. Unga ko‘ra, “Online platforma” deganda, xizmatni
oluvchining iltimosiga ko‘ra, axborotni saqlash va ommaga tarqatuvchi xosting xizmati
tushuniladi. “Vositachilik xizmati” axborot jamiyatining quyidagi xizmatlaridan birini

anglatadi:


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

04 (2025) / ISSN 2181-1415

38

(i) xizmatni oluvchi tomonidan taqdim etilgan axborotni aloqa tarmog'ida uzatish

yoki aloqa tarmog'iga kirishni ta'minlashdan iborat bo'lgan "shunchaki o'tkazgich"
xizmati;

(ii) "keshlash" xizmati, ya’ni xizmatni oluvchi tomonidan taqdim etilgan axborotni

aloqa tarmog'ida uzatishdan iborat bo'lgan, ushbu ma'lumotni avtomatik, oraliq va
vaqtinchalik saqlashni o'z ichiga olgan, faqat axborotni yanada samaraliroq qilish
maqsadida amalga oshiriladigan, ularning iltimosiga binoan boshqa oluvchilarga
yuborish;

(iii) xizmatni oluv

chi tomonidan va uning so‘roviga ko‘ra taqdim etilgan

ma’lumotlarni saqlashdan iborat “xosting” xizmati; [7]

Axborot vositachisi atamasi O`zbekiston Respublikasi qonunchiligida turli nomlar

bilan kelgan. “Elektron tijorat to`g`risida” gi qonunning 3

-moddasida elektron tijorat

operatori

elektron tijoratda elektron hujjatlar va elektron xabarlar aylanishi bilan

bog‘liq xizmatlar ko‘rsatuvchi yuridik shaxs. Qonunning 11

-

moddasiga asosan, “Elektron

tijorat operatorlari sifatida telekommunikatsiya tarmoqlari operatorlari va

provayderlari, elektron savdo maydonchalari operatorlari, to‘lovga oid xizmatlarni

yetkazib beruvchilar, elektron tijorat subyektlarining elektron hujjatlarini va elektron

xabarlarini saqlash bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar”

ishtirok etadilar.

Yuqorida sanab o‘tilgan subyektlarning barchasi elektron tijorat huquqida yuridik shaxs

maqomida qatnashadi. Axborot vositachisi yangi qonunda elektron tijorat operatori
sifatida nomlanib, uning huquq va majburiyatlari qonun bilan belgi

lab qo‘yilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016

-yil 2-iyundagi 185-sonli

“Elektron tijoratda bitimlarni amalga oshirish tartibini yanada takomillashtirish chora

-

tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori bilan tasdiqlangan “Elektron tijoratni

amalga oshirish

Qoidalari”ga ko‘ra, axborot vositachilari sotuvchi va xaridor o‘rtasida tuziladigan

shartnomalarning taraflari hisoblanmaydilar. Axborot vositachisi berilayotgan,
olinayotgan, saqlanayotgan elektron hujjatlar va elektron xabarlarni nazorat qilishga yoki
ularning ishonchliligini, shuningdek ularning qonun hujjatlariga muvofiqligini nazorat
qilishga yoki ishonchliligini tekshirishga majbur emas, agar qonun hujjatlarida yoki

shartnomada o‘zgacha hol nazarda tutilmagan bo‘lsa.

O‘zbekiston Res

publikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 2-avgustdagi 249-sonli

“Elektron

yarmarkalar,

auksion

va

tanlovlar

tashkilotchilarining

axborot

vositachilarining faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi

Qarorida axborot vositachilarining huquqiy maqomiga oid bir qator normalar nazarda
tutilgan. Ushbu nizom doirasidagi munosabatlarda axborot vositachisi quyidagi

huquqlarga ega: “elektron tijorat ishtirokchilariga xizmatlar ko‘rsatish shartlarini va o‘z

xizmatlari narxlarini belgilash, qonun hujjatlarida belgilangan holatlar bundan mustasno;

axborot vositachisining qoidalarini va elektron tijorat ishtirokchilariga bo‘lgan talablarni

belgilash; elektron tijorat ishtirokchilariga, ular belgilangan qoidalarni buzgan, elektron
tijorat ishtirokchisining axborot vositachisi va (yoki) elektron tijorat ishtirokchilari

oldidagi to‘lanmagan qarzlari mavjud bo‘lgan taqdirda xizmatlar ko‘rsatishni to‘xtatib
turish; elektron tijorat ishtirokchilariga elektron tijorat bilan bog‘liq bo‘lgan axbo

rot,

ta’lim, maslahat, logistika va boshqa qo‘shimcha xizmatlar ko‘rsatish; boshqa axborot
vositachilari bilan hamkorlikda ma’lumotlar bazalarini, shu jumladan elektron tijoratning
nohalol ishtirokchilari reyestrlarini yaratish” va x.k.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

04 (2025) / ISSN 2181-1415

39

O‘zbekiston Respubl

ikasi Vazirlar Mahkamasining 26.12.2024 yildagi 885-son

“O‘zbekiston Respublikasida elektron tijorat sohasini yanada rivojlantirish chora

-

tadbirlari to‘g‘risida” qarorida: elektron tijorat operatorlari (elektron savdo platformasi,

buyurtmalar agregatori va raqamli striming xizmati operatorlari) sifatida faqat yuridik
shaxslar

O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari faoliyat yuritishi mumkinligi; elektron

shartnoma yoki bitimlar orqali hech qanday majburiyatlar olmaydigan,

foydalanuvchilarga o‘zining axborot

resursi yoki platformasi orqali tovar (ish, xizmat)

hamda raqamli mahsulotlar haqida ma’lumot yoki axborot berish bilan cheklanadigan

yuridik shaxs va (yoki) yakka tartibdagi tadbirkor elektron tijorat operatori
hisoblanmasligi haqidagi takliflar qabul qilingan. Bundan xulosa qilishimiz mumkinki,
elektron tijorat operatori ham ijtimoiy munosabatlarda subyekt sifatida o`ziga huquq va
majburiyatlar olishi lozimligi qonun bilan mustahkamlab qo`yildi.

TADQIQOT NATIJALARI TAHLILI

Axborot vositachisi va uning

sotuvchi va xaridor bilan bo‘ladigan ijtimoiy

munosabatlarini huquqiy tahlil qiladigan bo‘lsak, birinchidan, tovar yoki xizmatlar
yetkazib beruvchi va vositachi sifatida onlayn platforma o‘rtasidagi munosabatlarni teng

deb hisoblash qiyin. Odatda, online platforma yetkazib beruvchiga qaraganda
shartnomaning kuchli tarafi hisoblanadi, chunki u shartnomani tuzadi, uni bir tomonlama

o‘zgartirish imkoniyatiga ega va shartnoma bajarilishi ustidan texnik nazoratga ega [8].

Ikkinchidan, tovar yoki xizmatlarni yetkazib beruvchi har doim ham tadbirkorlik

subyekti bo‘lmasligi mumkin hamda uning mijoz bilan munosabatlarini tadbirkorlik

munosabatlari deb hisoblash qiyin masala. Va nihoyat, bir tomondan, mijoz va platforma,
ikkinchi tomondan, mijoz va yetkazib beruvch

i o‘rtasidagi munosabatlarning tabiati ham

noaniq. Garchi dastlab onlayn platformalar, odatda, yetkazib beruvchilarning mazmuni
va xatti-

harakatlari uchun javobgar bo‘lmaydigan vositachilar hisoblangan bo‘lsa

-da,

bugungi kunda bu qoida amalda o‘z ahamiyatini yo‘qotib bormoqda. Chunki zamonaviy

platformalar avvalgilaridan juda farq qiladi. Umuman olganda, bu platformalar tovarlar
va xizmatlar yetkazib beruvchilar tomonidan sodir etilgan qonunbuzarliklar uchun

javobgar bo‘lishi mumkinmi yoki yo‘qmi, olimlar o‘rtasida jiddiy munozaralarga sabab
bo‘lmoqda. Ham huquqiy doktrinada, ham Yevropa Komissiyasi tomonidan tayyorlangan
so‘nggi hujjatlarda platforma operatorlari va platforma yetkazib beruvchilari o‘rtasidagi

munosabatlar "platformadan biznesga" yoki P2B de

b nomlangan. Odatda ular an’anaviy

biznesdan biznesga (B2B) munosabatlarning bir turi bo‘lsa

-

da, u ko‘plab o‘ziga xos

xususiyatlarga ega. P2B munosabatlari uchun muhim narsa platforma va uning yetkazib

beruvchilari o‘rtasidagi nomutanosiblikdir: platforma

operatori shartnomaning kuchli

tarafi bo‘lib, u shartnoma mazmunini bir tomonlama belgilaydi va ikkalasi tomonidan
taqdim etilgan ma’lumotlar ustidan nazoratni o‘z zimmasiga oladi [9].

Online platforma orqali tovarlar yoki xizmatlarga buyurtma bergan mijozlar bilan

munosabat uning operatori bilan tuzilgan shartnomaga bog'liq. Odatda, shartnoma faqat
platformadan qanday foydalanish kerakligi va bu borada platforma operatori va mijoz
tomonidan qanday majburiyatni bajarishi haqidagi asosiy qoidalarni belgilaydi. Biroq,
odatda, platforma operatori va mijoz o'rtasidagi shartnoma munosabatlari mijoz yetkazib
beruvchi tomonidan taklif qilingan tovarga (xizmatga) buyurtma berganidan keyin
tugaydi: bu yerda mijoz va yetkazib beruvchi o'rtasida to'g'ridan-to'g'ri shartnoma
munosabatlari paydo bo'ladi. Amalda bu o'ziga xoslik yetkazib beruvchilar tomonidan


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

04 (2025) / ISSN 2181-1415

40

mijozlarning huquqlarini buzganlik uchun platforma operatorlarining javobgarligi
bo'yicha ko'plab nizolarni keltirib chiqardi.

Taraflar o`rtasida vujudga keladigan ijtimoiy munosabatda taraflarning huquq va

majburiyatlari qonun bilan belgilanadi. Qarzdorning javobgarligi bilan birga bajarish

majburiyati qonun bilan tartibga solinadi va belgilanadi. Bu majburiyat “qonuniy
majburiyat” deb ataladi. Anglo

-sakson huquqid

a u “statutory obligation” deb ataladi [10].

Albatta, umumiy qoidaga ko'ra, platforma operatorlari yetkazib beruvchilarning

o`z majburiyatlarini buzganliklari uchun javobgar emas. Odatda, online platformalar

vositachilik xizmatlarini ko‘rsatuvchilar bo'lib

, "xavfsiz bandargoh" rejimidan

foydalanadi. Ushbu rejim 2000-

yilda elektron tijorat bo‘yicha 2000/31/EC Yevropa

Komissiyasi direktivasi bilan kiritilgan [11]. Direktivaning 12 dan 15 gacha bo'lgan
moddalariga ko'ra, keshlash, xosting va "shunchaki o'tkazgich" xizmatlarini yetkazib
beruvchilar odatda o'z foydalanuvchilari tomonidan joylashtirilgan kontent uchun
javobgar emaslar. Platformalarning xosting-provayderlar turi vositachilik xizmati
bo'lganligi sababli, ushbu qoidalar ularga nisbatan qo'llaniladi. Biroq, zamonaviy
amaliyot shuni ko'rsatadiki, har doim ham online platformalarni shunchaki vositachi
sifatida ko'rib chiqish mumkin emas. Bundan tashqari, har doim ham platformalarni
Axborot jamiyati xizmatlari to'g'risidagi 2015/1535 Yevropa Ittifoqi direktivasi (EI)
ma'nosida axborot jamiyati xizmatlarini etkazib beruvchilar sifatida ko'rib chiqish ham
mumkin emas [12]. Aksincha, platformalarning ba'zilari faqat tovarlar yoki xizmatlarni
taqdim etishga yordam beradiganlar vositachi sifatida emas, asosiy xizmatni etkazib
beruvchilar, ya'ni sotuvchilar, haydovchilar, hosterlar va boshqalar sifatida ko'rib
chiqiladi.

Online Platformalarning javobgarligi masalasiga oid bir nechta sud jarayonlari

bo`lib o`tgan. Ispaniyada Uber va Professional taksi haydovchilar uyushmasi o`rtasidagi
sud jarayoni Barselonadagi (Ispaniya) professional taksi haydovchilari uyushmasi
bo'lgan Asociaciun Professional Elite Taxi ("Elite Taxi") tomonidan boshlangan. Unda

da’vogar Uber Systems Spain tomonidan amalga oshirilayotgan faol

iyat shunchaki

transport xizmatimi yoki elektron vositachilik xizmatimi yoki axborot jamiyati xizmatimi

degan da’volar bilan chiqqan. Sud shunday umumiy xulosaga keldiki, vositachilik xizmati,

masalan, asosiy protsessda muhokama qilinayotgan vositachilik xizmatidan maqsad
smartfon ilovasi orqali va haq evaziga shaxsiy transport vositasidan foydalanayotgan

noprofessional haydovchilarni talabgor shaxslar bilan bog‘lashdan iborat. Bu online

platforma shahar sayohatlarini amalga oshirish, tabiiy ravishda transport xizmati bilan

bog‘liq xizmatlarni ko‘rsatar edi. Shunga ko‘ra, 2017

-yil 20-dekabrda chiqarilgan sud

qarorida "transport sohasidagi xizmat" sifatida tasniflangan [13]. Shu bilan birga, sud
Uber platformasi haydovchilar tomonidan transport xizmati ko'rsatish shartlariga hal

qiluvchi ta'sir ko'rsatganini ta'kidladi. Xususan, Uber hech bo‘lmaganda yo‘lkiraning
maksimal miqdorini aniqlaydi, kompaniya yo‘l haqi ustidan muayyan nazoratni amalga

oshirgan.

Oberdorfning Amazonga qarshi ishi bo‘yicha Amerika Qo‘

shma Shtatlarining

Uchinchi Apellyatsiya sudi ham xuddi shunday yondashuvni qo‘llagan. Bu holatda
da’vogar Oberdorf xonim Amazondan iti uchun bo‘yinbog‘ va bog‘ich sotib olgan, lekin it
bilan sayr qilish paytida yoqa sinib ketgan va xonimning ko‘ziga urilib, ko‘r bo‘lib qolgan.
Shu tufayli yetkazilgan zararni undirish uchun sudga da’vo qilgan. Garchi Amazon ushbu
tovarlarning sotuvchisi bo‘lmagani uchun yetkazilgan zarar uchun javobgar emasligini


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

04 (2025) / ISSN 2181-1415

41

ta’kidlagan bo‘lsa

-

da, sud da’vogarning pozitsiyasini qo‘llab

-quvvatladi va Amazonni

Pensilvaniyadagi qat’iy mahsulotlar javobgarligi to‘g‘risidagi qonunga bo‘ysunadigan

"sotuvchi" deb hisobladi [14].

Albatta, Uber va Amazon o'zlarining yetkazib beruvchilariga (taksi haydovchilari

va sotuvchilari) sezilarli ta'sir ko'rsatadigan xizmatlardir. Ko'pgina platformalar unchalik
katta ta'sirga ega emas va shuning uchun axborot jamiyati xizmatlarini yetkazib
beruvchilar (ISS) tushunchasiga kiradi.

Shu bilan birga, Yevropa Ittifoqi o'z qonunchiligini platformalar faoliyatini

zamonaviy sohalarga moslashtirish uchun allaqachon ko'p harakatlarni amalga oshirdi.
Ushbu sa'y-harakatlar natijasida Raqamli xizmatlar to'g'risidagi 2022/2065 qonun (EI)
qabul qilindi [15]. Xosting xizmati provayderlarining javobgarligi to'g'risidagi qoidalar
ushbu Nizomning 6-moddasiga kiritilgan. Garchi ushbu moddaning 1-bandi Elektron
tijorat to'g'risidagi Direktivaning 14-moddasida mavjud bo'lgan an'anaviy "xavfsiz
bandargoh" qoidalarini takrorlagan bo'lsa-da, keyingi paragraflarda yangi qoidalar o`rin
olgan. Xususan, 2-bandda, agar xizmatni oluvchi provayderning vakolati yoki nazorati
ostida ishlayotgan bo'lsa, xavfsiz bandargoh rejimi qo'llanilmaydi. Bu shuni anglatadiki,
onlayn platforma o'z mijozlari oldida javobgar bo'ladi, agar mahsulot yoki xizmatlarni
yetkazib beruvchi haqiqatan ham platforma vakolati ostida bo'lsa. Nizomning 23-qismida
tushuntirilganidek, iste'molchilarga treyderlar bilan masofaviy shartnomalar tuzishga
imkon beruvchi onlayn platforma provayderi treyder tomonidan taklif qilinadigan
tovarlar yoki xizmatlarning narxini belgilaydi (masalan, Uber kabi).

XULOSA

Yuqoridagi tadqiqot ishidan shuni xulosa qilishimiz mumkinki, Yevropa Ittifoqida

va AQShda axborot vositachilari uchun ham javobgarlik belgilangan va ular ijtimoiy
mu

nosabatlarga bevosita ta’sir o‘tkazuvchi hisoblangan hollarda subyekti sifatida

elektron tijorat munosabatlarida bevosita ishtirok etadilar. Lekin hali ham ularning

tadbirkorlik subyektlari va iste’molchilar bilan munosabatlari to‘liq o‘rganilmagan.

O‘zbek

iston Respublikasi qonunchiligida ham, elektron tijorat operatori atamasi

qonunchilikka kiritilgan bo‘lib,o‘z zimmasiga majburiyat olmaydigan, faqat axborot

berish bilan cheklanuvchi platformalar ijtimoiy munosabatlarning subyekti
hisoblanmasligi belgilangan. Lekin aynan qanday hollarda elektron tijorat operatorlari
subyekt maqomida ishtirok etishi qonunchilikka nazarda tutilmagan. Bundan tashqari

sudlar tomonidan elektron tijorat bilan bog‘liq nizolarni hal etishda, ularning o‘ziga xos

xususiyatlaridan kelib chiqib statistikasi yuritilishi va online platformalarning ushbu

nizolardagi subyekt sifatdagi javobgarligi masalalari yoritilishi maqsadga muvofiq bo‘lar
edi. Nazariya bo‘yicha, axborot vositachisi o‘z harakatlari uchun to‘g‘ridan

-

to‘g‘ri

javobgar bo‘lishi mumkin yoki majburiyat bo‘yicha o‘z foydalanuvchilarining harakatlari
uchun bilvosita yoki ikkilamchi javobgar bo‘lishi mumkin.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YHATI:

1. Fomina O.N. Legal status of the information intermediary // Bulletin of Civil

Law. 2019. N 3. P. 171 - 191 p.

2. Ruzinazarov Shukhrat Nuralievich. PECULIARITIES OF THE LEGAL STATUS OF

AN INFORMATION INTERMEDIARY IN THE FIELD OF ELECTRONIC COMMERCE. Journal
of Law Research. 2022, 7 vol., issue 8, pp.37-54


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

04 (2025) / ISSN 2181-1415

42

3. Larisa V. Magdilova, Magomed-Sharip M. Aliev. Information and legal status of an

information intermediary // Law and legislation. 2022;(1):182

184.

4. European Commission, ‘Online Platforms’ Commission Staff Working Document

(2016), https://eur-lex.europa.eu

5. Типовой закон ЮНСИТРАЛ об электронной торговле и Руководство по

принятию 1996 год с дополнительной статьей 5 бис, принятой в 1998 году
Организация Объединенных Наций Нью

-

Йорк, 2006 год.

(UNCITRAL Model Law on

Electronic Commerce and Guidelines for Enactment 1996 with supplementary article 5
bis adopted in 1998 United Nations New York, 2006)

6.

Васичкин

К.А.

Регулирование

деятельности

информационных

посредников в целях охраны интеллектуальных прав в сети Интернет по
законодательству России, США и ЕС // Актуальные проблемы российского права.
2014. № 6. С

. 1180

1184. (Vasichkin K.A. Regulation of the activities of information

intermediaries in order to protect intellectual property rights on the Internet under the
laws of Russia, the USA and the EU // Actual problems of Russian law. 2014. No. 6. P.
1180

1184).

7. Regulation (EU) 2022/2065 of the European Parliament and of the Council of 19

Octo- ber 2022 on a Single Market For Digital Services and amending Directive 2000/31/
EC (Digital Services Act) (Text with EEA relevance) OJ L 277. (October 27, 2022). Official
Journal of the European Union, 65, 1-102.

8. Commission Staff Working Document Impact Assessment Annexes

Accompanying the document Proposal for a Regulation of the European Parliament and
of the Council on promoting fairness and transparency for business users of online
intermediation services SWD(2018) 139 final Proposal for a Regulation on promoting
fairness and transparency for business users of online intermediation services
2018/0112 (COD).

9. Filatova-Bilous N. Y. Online Platforms and New Challenges for Modern Law on E-

Commerc., Problems of legality., 2023. Issue 162. pp. 312-329.

10. Seri Mughni Sulubara, T. Saiful Basri, Fauzan. Legal Aspects of E-Commerce

Agreements in Shopee Platform in The Civil Law Code (Burgerlijk Wetboek).
International Journal of Research and Review. 2023, 10 vol.; Issue 6, pp. 690-699

11. Directive 2000/31/EC of the European Parliament and of the Council of 8 June

2000 on certain legal aspects of information society services, in particular electronic
commerce, in the Internal Market ("Directive on electronic commerce"), 32000L0031,
CONSIL,

EP.

OJ

L,

178

(2000).

Retrieved

from

http://data.europa.eu/eli/dir/2000/31/oj/eng.

12. Directive (EU) 2015/1535 of the European Parliament and of the Council of 9

September 2015 laying down a procedure for the provision of information in the field of
technical regulations and of rules on Information Society services (Text with EEA
relevance), 32015L1535, EP, CONSIL. OJ L, 241. (2015). Retrieved from http://data.
europa.eu/eli/dir/2015/1535/oj/eng.

13. Judgement of 20 December 2017, Uber Systems Spain SL, C-434/15,

EU:C:2017:981.

14. Oberdorf v. Amazon.com Inc, No. 18-1041 (United States Court of Appeals for

the Third Circuit. July 3, 2019). Retrieved from https://law.justia.com/cases/federal/
appellate-courts/ca3/18-1041/18-1041-2019-07-03.html.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

04 (2025) / ISSN 2181-1415

43

15. Regulation (EU) 2022/2065 of the European Parliament and of the Council of

19 Octo- ber 2022 on a Single Market For Digital Services and amending Directive
2000/31/ EC (Digital Services Act) (Text with EEA relevance) OJ L 277. (October 27,
2022). Official Journal of the European Union, 65, 1-102.

Библиографические ссылки

Fomina O.N. Legal status of the information intermediary // Bulletin of Civil Law. 2019. N 3. P. 171 - 191 p.

Ruzinazarov Shukhrat Nuralievich. PECULIARITIES OF THE LEGAL STATUS OF AN INFORMATION INTERMEDIARY IN THE FIELD OF ELECTRONIC COMMERCE. Journal of Law Research. 2022, 7 vol., issue 8, pp.37-54

Larisa V. Magdilova, Magomed-Sharip M. Aliev. Information and legal status of an information intermediary // Law and legislation. 2022;(1):182—184.

European Commission, ‘Online Platforms’ Commission Staff Working Document (2016), https://eur-lex.europa.eu

Типовой закон ЮНСИТРАЛ об электронной торговле и Руководство по принятию 1996 год с дополнительной статьей 5 бис, принятой в 1998 году Организация Объединенных Наций Нью-Йорк, 2006 год. (UNCITRAL Model Law on Electronic Commerce and Guidelines for Enactment 1996 with supplementary article 5 bis adopted in 1998 United Nations New York, 2006)

Васичкин К.А. Регулирование деятельности информационных посредников в целях охраны интеллектуальных прав в сети Интернет по законодательству России, США и ЕС // Актуальные проблемы российского права. 2014. № 6. С. 1180 – 1184. (Vasichkin K.A. Regulation of the activities of information intermediaries in order to protect intellectual property rights on the Internet under the laws of Russia, the USA and the EU // Actual problems of Russian law. 2014. No. 6. P. 1180 – 1184).

Regulation (EU) 2022/2065 of the European Parliament and of the Council of 19 Octo- ber 2022 on a Single Market For Digital Services and amending Directive 2000/31/ EC (Digital Services Act) (Text with EEA relevance) OJ L 277. (October 27, 2022). Official Journal of the European Union, 65, 1-102.

Commission Staff Working Document Impact Assessment Annexes Accompanying the document Proposal for a Regulation of the European Parliament and of the Council on promoting fairness and transparency for business users of online intermediation services SWD(2018) 139 final Proposal for a Regulation on promoting fairness and transparency for business users of online intermediation services 2018/0112 (COD).

Filatova-Bilous N. Y. Online Platforms and New Challenges for Modern Law on E-Commerc., Problems of legality., 2023. Issue 162. pp. 312-329.

Seri Mughni Sulubara, T. Saiful Basri, Fauzan. Legal Aspects of E-Commerce Agreements in Shopee Platform in The Civil Law Code (Burgerlijk Wetboek). International Journal of Research and Review. 2023, 10 vol.; Issue 6, pp. 690-699

Directive 2000/31/EC of the European Parliament and of the Council of 8 June 2000 on certain legal aspects of information society services, in particular electronic commerce, in the Internal Market ("Directive on electronic commerce"), 32000L0031, CONSIL, EP. OJ L, 178 (2000). Retrieved from http://data.europa.eu/eli/dir/2000/31/oj/eng.

Directive (EU) 2015/1535 of the European Parliament and of the Council of 9 September 2015 laying down a procedure for the provision of information in the field of technical regulations and of rules on Information Society services (Text with EEA relevance), 32015L1535, EP, CONSIL. OJ L, 241. (2015). Retrieved from http://data. europa.eu/eli/dir/2015/1535/oj/eng.

Judgement of 20 December 2017, Uber Systems Spain SL, C-434/15, EU:C:2017:981.

Oberdorf v. Amazon.com Inc, No. 18-1041 (United States Court of Appeals for the Third Circuit. July 3, 2019). Retrieved from https://law.justia.com/cases/federal/ appellate-courts/ca3/18-1041/18-1041-2019-07-03.html.

Regulation (EU) 2022/2065 of the European Parliament and of the Council of 19 Octo- ber 2022 on a Single Market For Digital Services and amending Directive 2000/31/ EC (Digital Services Act) (Text with EEA relevance) OJ L 277. (October 27, 2022). Official Journal of the European Union, 65, 1-102.