Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
Problem-based technologies in teaching history at schools
for students with special needs
Salimjon YULDOSHEV
1
, Botirjon RASULOV
2
Fergana State University
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received February 2025
Received in revised form
15 February 2025
Accepted 15 March 2025
Available online
25 April 2025
This article analyzes the theoretical and practical
foundations of using problem-based technologies to engage
students with disabilities in the study of history. During the
research, traditional and problem-based teaching methods
were compared. Experimental trials revealed that problem-
based technologies significantly enhance students’ skills in
thinking, questioning, engaging in communication, and drawing
independent conclusions. The author views problem-based
approaches not only as a means of delivering knowledge but
also as a tool for fostering social integration and a culture of
critical thinking.
2181-
1415/©
2025 in Science LLC.
https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol6-iss2-pp
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
history education,
students with disabilities,
problem-based technologies,
interactive methods,
independent thinking,
special education.
Imkoniyati cheklangan maktablarda tarix fanini oʻqitishda
muammoli texnologiyalar
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
tarix ta’limi,
imkoniyati cheklangan
o‘quvchilar,
muammoli texnologiyalar,
interfaol metod,
mustaqil fikrlash,
maxsus ta’lim.
Mazkur maqolada imkoniyati cheklangan o‘quvchilarni tarix
faniga qiziqtirishda muammoli texnologiyalarni qo‘llashning
nazariy va amaliy asoslari tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida
an’anaviy va muammoli o‘qitish
metodlari taqqoslandi.
Tajriba-
sinovlar asosida o‘quvchilarning fikrlash, savol berish,
muloqotga kirishish va mustaqil xulosa chiqarish ko‘nikmalari
muammoli texnologiyalar orqali ancha samarali rivojlanishi
aniqlangan. Muallif muammoli yondashuvlarni faqat bilim
berish vositasi sifatida emas, balki shaxsiy ijtimoiylashuv va
tafakkur madaniyatini shakllantirish omili sifatida ham ko‘radi.
1
PhD, Associate Professor, Fergana State University, Fergana Region, the Republic of Uzbekistan.
E-mail: Salimjonyoldoshev4@gmail.com
2
Master degree student, Fergana State University, Fergana Region, the Republic of Uzbekistan.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
6
№
2 (2025) / ISSN 2181-1415
134
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
6
№
2 (2025) / ISSN 2181-1415
135
Проблемные технологии в преподавании истории
в
школах
для
учащихся
с
ограниченными
возможностями
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
обучение истории,
учащиеся с
ограниченными
возможностями,
проблемные технологии,
интерактивные методы,
самостоятельное
мышление,
специальное образование.
В статье анализируются теоретические и практические
основы применения проблемных технологий для повышения
интереса учащихся с ограниченными возможностями к
изучению истории. В ходе исследования были сопоставлены
традиционные
и
проблемные
методы
обучения.
Экспериментальные испытания показали, что проблемные
технологии значительно способствуют развитию у учащихся
навыков мышления, постановки вопросов, взаимодействия в
общении и самостоятельного вывода. Автор рассматривает
проблемный подход не только как средство передачи знаний,
но и как инструмент формирования социальной адаптации и
культуры мышления.
KIRISH
Zamonaviy ta
ʼ
lim tizimida inklyuziv yondashuvning joriy etilishi imkoniyati
cheklangan o
ʻ
quvchilarga sifatli ta
ʼ
lim berish masalasini dolzarb qilib qo
ʻ
ymoqda. Bunday
o
ʻ
quvchilar uchun mo
ʻ
ljallangan maxsus maktablarda ta
ʼ
lim jarayonini takomillashtirish,
ularning individual jismoniy va psixologik xususiyatlarini inobatga olgan holda
moslashtirilgan metodikalarni ishlab chiqish zarurati ortib bormoqda. Xususan, tarix
fanini o
ʻ
qitishda muammoli texnologiyalardan foydalanish o
ʻ
quvchilarning mustaqil
fikrlash, tahlil qilish va mantiqiy xulosalar chiqarish qobiliyatlarini rivojlantirishda
muhim ahamiyat kasb etadi.
Muammoli o
ʻ
qitish texnologiyalari o
ʻ
quvchilarni faol izlanishga, tarixiy voqealarni
mustaqil tahlil qilishga undaydi.
Bu esa oʻquvchilarning nafaqat tarixiy bilimlarini
chuqurlashtiradi, balki ularning umumiy tafakkurini ham rivojlantiradi. Shuningdek,
muammoli oʻqitish jarayonida oʻquvchilar oʻz fikrlarini asoslash, dalillar bilan isbotlash
va xu
losalar chiqarish koʻnikmalarini egallaydilar, bu esa ularning muloqot madaniyatini
oshirishga xizmat qiladi.
Imkoniyati cheklangan oʻquvchilar bilan ishlashda muammoli texnologiyalarni
qoʻllash oʻqituvchidan yuqori pedagogik mahorat va moslashtirilgan yon
dashuvlarni
talab qiladi. Bunday oʻquvchilarning ehtiyojlarini inobatga olgan holda, muammoli
savollarni shakllantirish, muammoli vaziyatlarni yaratish va ularni hal qilish jarayonida
oʻquvchilarning faol ishtirokini taʼminlash muhimdir. Bu esa oʻquvchilarning oʻquv
jarayoniga boʻlgan qiziqishini oshiradi va ularning taʼlim samaradorligini yaxshilashga
yordam beradi.
Shu bilan birga, muammoli texnologiyalarning samarali qoʻllanilishi uchun
oʻqituvchilar maxsus tayyorgarlikka ega boʻlishlari zarur. Bu borada
oʻqituvchilarning
malakasini oshirish, zamonaviy pedagogik texnologiyalarni oʻzlashtirish va ularni
amaliyotda qoʻllash boʻyicha tizimli ishlarni amalga oshirish lozim. Shuningdek,
imkoniyati cheklangan oʻquvchilar uchun moslashtirilgan oʻquv materiallari
va
resurslarini yaratish ham muhim ahamiyatga ega.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
6
№
2 (2025) / ISSN 2181-1415
136
Mazkur masala yuzasidan amalga oshirilayotgan ushbu kichik tadqiqotimizda
imkoniyati cheklangan maktablarda tarix fanini oʻqitishda muammoli texnologiyalarning
qoʻllanilishi boʻyicha nazariy va amaliy jihatlar tahlil qilinadi. Xususan, muammoli oʻqitish
texnologiyalarining imkoniyati cheklangan oʻquvchilarning taʼlim jarayonidagi oʻrni,
samaradorligi va uni amaliyotga tatbiq etish masalalari koʻrib chiqiladi.
ADABIYOTLAR TAHLILI
Imkoniyati chekla
ngan oʻquvchilar uchun moʻljallangan taʼlim tizimida tarix fanini
oʻqitishga oid adabiyotlar son jihatdan cheklangan boʻlishiga qaramay, mavjud ilmiy
ishlarda muhim pedagogik va psixologik yondashuvlar bayon qilingan. Maxsus
maktablarda dars berish jarayon
i oʻquvchilarning psixofiziologik xususiyatlariga
asoslangan didaktik modellarga tayangan holda olib borilishi lozim. Shuningdek, oʻqitish
metodlarida oʻziga xoslik va adaptivlik darajasi yuqori boʻlishi taʼkidlanadi.
K.Rahmonov tomonidan ishlab chiqilgan
metodik qoʻllanma muallifning tarix
fanini oʻqitishda innovatsion yondashuvlarni qoʻllashga oid tajribasiga asoslanadi. Unda
muammoli oʻqitish texnologiyalari nafaqat oʻquvchilar faoliyatini faollashtirish, balki
tarixiy tafakkurni rivojlantirishda ham kuc
hli vosita sifatida talqin etiladi. Muallif oʻz
ishida interfaol usullar, klasterlar, tarixiy mojarolar asosida muhokama oʻtkazish kabi
metodlar orqali oʻquvchilarni mustaqil qaror chiqarishga undaydi
[1. 120.].
A.T.
Teshayev oʻz tadqiqotida tarix fanini i
nnovatsion pedagogik texnologiyalar
asosida oʻqitishning metodologik asoslarini yoritgan. U taʼlimda muammoli vaziyat
yaratish, ochiq savollar berish va oʻquvchini izlanishga yoʻnaltirish metodikasini asoslab
beradi. Ayniqsa, tarixiy voqealarni tahlil qilish, sabab-
oqibat bogʻliqligini aniqlashga doir
topshiriqlar orqali oʻquvchilar tafakkurini faollashtirish samarali ekanligi taʼkidlanadi.
Teshayevning fikricha, agar psixopedagogik moslashtirish orqali berilsa, ushbu metodlar
imkoniyati cheklangan oʻquvchi
lar uchun ham ijobiy natijalar beradi [2. 28-32].
Shuningdek, S.R.Bektemirov oʻz maqolasida tarix darslarida kreativ fikrlashni
rivojlantirish masalasiga eʼtibor qaratadi. Bunday yondashuvlar ayniqsa vizual va eshituv
muammolari boʻlgan oʻquvchilar uchun s
ezgi asosida voqealarni tushunishga yordam
beradi, deb hisoblaydi [3.154-158.].
Tahlil qilingan adabiyotlar shuni koʻrsatadiki, imkoniyati cheklangan oʻquvchilarni
tarix faniga jalb qilishda faqat oddiy faktlarni yod oldirish emas, balki ularni tarixiy tafakkur
va ijtimoiy ong shakllantirishga yoʻnaltiruvchi muammoli metodlardan foydalanish dolzarb
ahamiyat kasb etadi. Mazkur metodlarning toʻgʻri tanlanishi va moslashtirilgan didaktik
vositalar bilan qoʻllanishi oʻquvchilarda taʼlimga nisbatan motivatsiyani
oshiradi, ularning
mustaqil oʻrganish va qaror chiqarish salohiyatini rivojlantiradi.
TADQIQOT METODOLOGIYASI VA EMPIRIK TAHLIL
Mazkur tadqiqotda tarix fanini imkoniyati cheklangan o‘quvchilarga o‘qitishda
muammoli texnologiyalarning samaradorligini nazariy tahlil qilish asosiy metodologik
yondashuv sifatida tanlandi. Tadqiqotda sifatli tahlil asosida mavjud ilmiy manbalar,
ilg‘or tajribalar, maxsus maktablar uchun ishlab chiqilgan metodik tavsiyalar va xorijiy
olimlarning ishlariga ta
yangan holda umumlashtiruvchi yondashuv qo‘llanildi.
Tadqiqotning metodologik asosi sifatida quyidagi yondashuvlar tanlandi:
•
Nazariy tahlil
–
muammoli texnologiyalar, tarix fanining didaktik xususiyatlari va
imkoniyati cheklangan o‘quvchilar psixopedagogik
ehtiyojlari bo‘yicha ilmiy adabiyotlar
tahlil qilindi.
•
Taqqoslov metod
–
an’anaviy va muammoli o‘qitish texnologiyalari o‘rtasidagi
farqlar, ularning maxsus ta’limdagi qo‘llanilish imkoniyatlari solishtirildi.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
6
№
2 (2025) / ISSN 2181-1415
137
Muammoli texnologiyalar o‘z mohiyatiga ko‘ra o‘quvchini faollikka undaydi, bu esa
ayniqsa maxsus ehtiyojli o‘quvchilar uchun muhimdir. Chunki ular passiv bilim olishdan
ko‘ra, faol ishtirok orqali ko‘proq o‘zlashtiradilar. E.V.Vinnikur ta’kidlaganidek, muammoli
yondashuvlar o‘quvchilarda mustaqil fik
rlash, qaror qabul qilish va ijtimoiy moslashuv
ko‘nikmalarini shakllantirishda samarali vosita bo‘lib xizmat qiladi [4.154
-158.].
Shuningdek, muammoli o‘qitish texnologiyalarining asosiy afzalliklaridan biri –
bu
o‘quvchining shaxsiy tajribasiga asoslanga
n holda bilim hosil qilishidir. Bu holat, ayniqsa,
tarixiy voqealarni tahlil qilishda muhim bo‘lib, o‘quvchining tarixiy tafakkurini
rivojlantiradi. Kuznetsov Yu.F. o‘z tadqiqotida ta’lim jarayonida muammoli metodlar
orqali o‘quvchilarning kognitiv faollig
i va motivatsiyasi ortishini qayd etadi [5. 117-121.].
Empirik tahlilga asoslangan holda, tarix fanini muammoli texnologiyalar asosida
o‘qitish quyidagi natijalarni beradi:
•
o‘quvchilarda tarixiy tafakkur va mantiqiy tahlil qilish ko‘nikmalari shakllanadi;
•
dars jarayonida faol ishtirok va muloqot kuchayadi;
•
mustaqil qaror qabul qilish, dalillarga asoslangan fikr bildirish salohiyati
rivojlanadi;
•
o‘quvchilarning darsga bo‘lgan qiziqishi va motivatsiyasi ortadi.
NATIJALAR VA MUHOKAMALAR
Mazkur tadqiqot
davomida tarix fanini imkoniyati cheklangan o‘quvchilarga
muammoli texnologiyalar asosida o‘qitish bo‘yicha olib borilgan nazariy hamda amaliy
tahlillar quyidagi natijalarni yuzaga chiqardi:
Birinchidan, muammoli texnologiyalarning asosiy pedagogik ustunligi
–
o‘quvchini
o‘qituvchidan mustaqil faoliyatga o‘tishini rag‘batlantirishidadir. Mazkur texnologiya
asosida tashkil etilgan darslarda o‘quvchilar o‘z fikrini ifodalash, tarixiy hodisalarni
baholash, voqealarning zamonaviy kontekst bilan bog‘liqligini tu
shunishga intiladi.
Bunday yondashuv tafakkurni mustahkamlash, ijtimoiy-axloqiy ongni rivojlantirish va
kommunikatsion malakalarni shakllantirishda ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Ikkinchidan, Farg‘ona shahridagi 1
-
sonli “Nurli maskan” imkoniyati cheklangan
bolalar maktabida olib borilgan eksperimental sinovlar asosida, muammoli
texnologiyalar tatbiq etilgan darslar an’anaviy darslarga nisbatan yuqori faollik va
natijadorlik bilan ajralib turgani qayd etildi. Bunda interfaol usullar (guruhiy muhokama,
dramat
izatsiya, tarixiy rollar, “agar sen shu davrda bo‘lganingda” kabi texnikalar) orqali
o‘quvchilarda mustaqil fikrlash, muloqotga kirishish va tarixiy tafakkurga bo‘lgan ehtiyoj
kuchaygani kuzatildi.
Jadval
Tarix darslarida an’anaviy va muammoli texnologiy
alar samaradorligini
ko‘rsatadigan ko‘rsatkichlar taqqoslamasi
Ko‘rsatkichlar
An’anaviy
metod (%)
Muammoli
texnologiyalar (%)
Farq
(%)
Ilmiy tahlil
Darsga ijobiy munosabat
bildirgan o‘quvchilar
52%
87%
+35%
Muammoli metodda motivatsiya
tashqi emas, ichki ehtiyojga
asoslanadi.
Mustaqil tahlil va xulosa
chiqarishga uringanlar
39%
81%
+42%
Tahliliy faoliyatga yo‘naltirilgan
topshiriqlar fikrlashni
rag‘batlantiradi.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
6
№
2 (2025) / ISSN 2181-1415
138
Jamoaviy fikrlashda faol
ishtirok etganlar
45%
85%
+40%
Guruhiy muhokama orqali ijtimoiy
faollik va fikr almashish
ko‘nikmalari shakllanadi.
Tarixiy voqealarni sabab-
oqibat nuqtai nazardan
baholaganlar
33%
76%
+43%
Tafakkurga yo‘naltirilgan
muammoli savollar analitik fikrni
rag‘batlantiradi.
Savol berishga intilgan,
bahsda ishtirok etgan
o‘quvchilar
28%
74%
+46%
Dialogli muhit va ochiq savollar
o‘quvchining fikrini ifodalash
ehtiyojini uyg‘otadi.
Sharh:
yuqoridagi jadvaldan ko‘rinib turibdiki, har bir ko‘rsatkich bo‘yicha
muammoli texnologiyalar asosida tashkil etilgan
darslar an’anaviy metodlarga nisbatan
kamida 35
–46% gacha yuqori samaradorlik ko‘rsatmoqda. Ayniqsa, “savol berishga
intilganlik” va “sabab
-
oqibatli tahlil” mezonlarida o‘sish eng yuqori bo‘lib, bu
o‘quvchilarning fikr almashishga va intellektual faollikka
faol jalb etilganidan dalolat
beradi. Bu natijalar Vygotskiy, Leontyev, Galperin kabi rus psixologlarining faoliyatga
asoslangan ta’lim nazariyalariga hamohang bo‘lib, o‘quv faoliyatining motivatsion,
kognitiv va kommunikativ komponentlarini bir vaqtda faollashtirish imkonini beradi.
Tarixiy mazmunga ega dramatizatsion mashqlar, rolli o‘yinlar, tarixiy faktlar
asosida yaratilib, o‘quvchilar tomonidan hal qilinadigan muammoli vaziyatlar ularning
ijtimoiy ongini rivojlantirish bilan birga, tarixga bo‘lgan sh
axsiy qiziqishini oshirgan.
Umuman olganda tarix fanini imkoniyati cheklangan o‘quvchilarga o‘qitishda
muammoli texnologiyalarni tatbiq etish o‘quvchilarning kognitiv, ijtimoiy va nutqiy
rivojlanishiga kompleks ta’sir ko‘rsatib, ularni faollashtirishga, mu
staqil qarorlar
chiqarishga, hamkorlikda ishlashga va jamiyat bilan muloqotga tayyorlashga xizmat
qiladi.
XULOSA VA TAVSIYALAR
Olib borilgan tahlil va tajribalar shuni ko‘rsatdiki, tarix fanini imkoniyati
cheklangan o‘quvchilarga muammoli texnologiyalar asosida o‘qitish o‘zining yuqori
samaradorligi bilan ajralib turadi. Muammoli metodlar o‘quvchilarni mustaqil fikrlashga,
tarixiy voqealarni chuqur tahlil qilishga, sabab-oqibat munosabatlarini anglashga va fikr
bildirishga undaydi. Interfaol usullar va guruhiy faoliyatga asoslangan yondashuvlar
o‘quvchilarda ijtimoiy faollik va muloqotga kirishish qobiliyatini oshiradi. Farg‘ona
shahridagi 1-
sonli “Nurli maskan” imkoniyati cheklangan bolalar maktabida o‘tkazilgan
tajriba darslari ushbu metodik yondashuvlarning amaliy jihatdan yuqori samara
berishini tasdiqladi.
Tavsiya sifatida quyidagi fikrlarni ilgari suramiz:
•
Maxsus maktablarda tarix fanini o‘qitishda muammoli texnologiyalarni tizimli
joriy etish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
•
O‘qituvchilar uchun muammoli o‘qitish metodlariga oid amaliy
-uslubiy
qo‘llanmalar va treninglar ishlab chiqilishi afzal deb topiladi.
•
O‘quvchilarning psixofiziologik xususiyatlariga mos, ijtimoiy hamkorlikka
yo‘naltirilgan interfaol dars shakllari kengroq tatbiq etilishi zaru
ratga ega.
•
Har bir maxsus maktabda tajriba-sinov shaklidagi tarix darslarini tashkil etish va
ularning natijalarini metodik tizimga tatbiq qilish foydali bo‘ladi.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
6
№
2 (2025) / ISSN 2181-1415
139
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
Rahmonov K. Jahon tarixini o‘qitishda innovatsion metodlar: metodik qo‘llanma.
–
Buxoro: BuxDU, 2021.
–
120 b.
2.
Teshayev A.T. Tarix fanini innovatsion pedagogik texnologiyalar orqali
o‘qitish// Ta’lim va innovatsion tadqiqotlar. –
2023.
–
№7. –
B. 28
–
32.
3.
Bektemirov S.R. Tarix darslarida o‘quvchilarni kreativ fikrlashga o‘rgatish//
International Conference on Scientific Research in Natural and Social Sciences.
–
Toronto,
2023.
–
B. 154
–
158.
4.
B
инокурова Э.В. Элементы проектной деятельности на уроках трудового
обучения в рамках коррекционной школы// Обучение и воспитание: методики и
практика. –
2013.
–
№3. –
С. 154–
158.
5.
Кузнецов, Ю. Ф. Содержание учебного материала в специальной школе VIII
вида на современном этапе развития общества// Научный электронный журнал
«Открытая наука». –
2022.
–
№4. –
С. 117–
121.
