Авторы

  • Ноила Туракулова
    Магистрант, Узбекско-Финский педагогический институт

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol6-iss4/S-pp14-19

Ключевые слова:

начальная школа методика педагогика пополнение словарного запаса внимание память восприятие речь познавательные способности психологическое состояние

Аннотация

Формирование познавательных способностей в начальных классах в соответствии с возрастными особенностями ученика способствует эффективной реализации образовательного процесса. Этот период характеризуется активным приобретением словарного запаса и умением использовать его в речевых контекстах. В статье анализируется необходимость изучения когнитивных процессов и оценки психологического статуса при оценке уровня усвоения словарного запаса в начальных классах. Разработана краткая, примерная, систематическая программа оценки познавательных процессов учащихся.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/socinov/index

Theoretical foundations for evaluating vocabulary
acquisition levels in primary school

Noila TURAKULOVA

1


Uzbekistan-Finland Pedagogical Institute

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received March 2025

Received in revised form

15 April 2025
Accepted 25 April 2025

Available online

25 May 2025

The development of cognitive abilities in primary grades,

aligned with students' age-specific characteristics, contributes

to the effectiveness of the educational process. This period is

particularly notable for active vocabulary acquisition and the

ability to apply new words in various speech contexts. Through
analysis, the article identifies the necessity of examining

cognitive processes and assessing psychological states when

evaluating vocabulary acquisition levels in primary grades. A

brief, exemplary systematic program for assessing students'
cognitive processes has been developed.

2181-

1415/©

2025 in Science LLC.

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol6-iss4/S-pp

14-19

This is an open access article under the Attribution 4.0 International

(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

Keywords:

Primary school,

methodology,

pedagogy,

replenishment of

vocabulary,

attention,

memory,

perception,

speech,

cognitive abilities,
psychological state.

Boshlang‘ich sinflarda so‘z o‘zlashtirish darajasini

baholashning nazariy asoslari

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar

:

boshlang‘ich sinf,

metodika,

pedagogika,

so‘z o‘zlashtirish,

diqqat,

xotira,

idrok,

nutq,

kognitiv qobiliyat,

psixologik holat.

Boshlang‘ich sinflarda kognitiv qobiliyatlarning o‘quvchi yosh

xususiyatlariga muvofiq shakllanganligi ta’lim jarayonining
samarali kechishiga yordam beradi. Ushbu davr faol so‘z

o‘zlashtirish va uni nutqiy kontekstlarda qo‘llay olish bilan

alohida

ajralib turadi. Maqolada boshlang‘ich sinflarda so‘z o‘zlashtirish

darajasini baholashda kognitiv jarayonlarni tekshirish, psixologik

holatini baholash zarurligi tahlillar orqali aniqlandi. O‘quvchi

kognitiv jarayonlarini baholashning qisqacha namunaviy tizimli

dasturi ishlab chiqildi.

1

Master degree student, Uzbekistan-Finland Pedagogical Institute. E-mail: musulmonovakamola66@gmail.com


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

04 (2025) / ISSN 2181-1415

15

Теоретические основы оценки уровня словарного

запаса в начальных классах

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

начальная школа,
методика,

педагогика,

пополнение словарного
запаса,

внимание,

память,

восприятие,

речь,

познавательные

способности,
психологическое
состояние

.

Данная статья посвящена психологической структуре

всесторонне развитого человека. Выдающиеся мировые

психологи разработали множество теорий, концепций и
подходов, касающихся этой темы. В статье представлена

информация о стадиях гормонального развития человека на

основе

исследований

известных

ученых

мира.

На

сегодняшний день знание этой информации будет полезно
как для родителей, так и для учителей.

Bola tug‘ilgandan boshlab faol rivojlanish davrida bo‘ladi. Nutqiy rivojlanish ham

bola kamolotidagi muhim jarayon sanalib, uzluksiz va tizimli ishlash zaruratini paydo

qiladi. Maktabgacha bo‘lgan yoshdagi bolalar nutqining rivojlanishi oilaviy muhit, ijtimoiy

muhi

t ta’siriga bog‘liq. Bu esa maktabgacha bo‘lgan turli yosh davrlarida bolalar so‘z

boyligining turlicha bo‘lishini ko‘rsatadi. Boshlang‘ich ta’lim darsliklari esa o‘quvchining
ayni shu yoshda bilishi, tushunishi va o‘rganishi lozim bo‘lgan bilimlarni qamra

b oladi.

Darsliklar bola yosh, psixologik, fiziologik xususiyatlari inobatga olingan holda yaratiladi.

Ayrim hollarda so‘z boyligining kamligi, bola diqqat, xotira, idrok singari psixologik
jarayonlarining normadan pastligi o‘rganish jarayoniga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Nutqda
leksik baza va uning faol qo‘llanilishi, yoshga mos ravishda matnlarni tushunish, idrok

qilish, tafakkur qilish imkoniyatini beradi. Bu esa bolada kognitiv, mantiqiy, tasavvur
qobiliyatlarining shakllanishi va rivojlanishida muhim r

ol o‘ynaydi. Shu bois, turli

darajadagi leksikonga ega boshlang‘ich sinflarda so‘z boyligini oshirish masalasi muhim

va dolzarb ahamiyat kasb etadi.

Boshlang‘ich maktabda so‘z yasalishini o‘rganish masalasi uzoq vaqtdan beri F.I.

Buslaev, K.D. Ushinskiy, x

ususan, F.I. Buslaev[1] kabi olimlar o‘quvchilarga so‘zlarning

lug‘aviy ma’nosini to‘liqroq anglatish uchun ona tili darslarida so‘z yasash ishlari
zarurligiga e’tibor qaratdi. Aynan shu tushuncha tabiiy nutq sharoitida so‘zlarni to‘g‘ri va

ongli tanlashni

ta’minlaydi. So‘z yaratish o‘quvchilarning mantiqiy tafakkurini

rivojlantirish muammolarini hal qilish uchun foydali materialdir. So‘z yasashga
o‘rgatishning past baholanishi tilda mavjud bo‘lgan prefiks va qo‘shimchalar haqidagi
bilimlar bilan qo‘llab

-qu

vvatlanmaydigan imlo ko‘nikmalari, yangi so‘zlarni yaratish

uchun ularni nutqda ishlatish qobiliyati yomon mustahkamlanganligiga olib keladi.

Metodologiya. Maktab o‘quvchilarida so‘z boyligini oshirish bo‘yicha metodik

ishlarni boshlashdan avval o‘quvchilarni individual tarzda baholash, so‘z boyligini
tekshirish muhim ahamiyat kasb etadi. So‘z boyligini oshirishga qaratilgan
mashg‘ulotlardan avval bolaning diqqat, idrok, xotira singari psixologik jarayonlari qay

darajada ekanligini tekshirish, shuningdek kognitiv, mantiqiy qobilaytlarini baholashda

maxsus tajriba sinov o‘tkazish lozim. Har bir bolaning individual xususiyatlari
aniqlangach, darslarda umumiy metodika asosida o‘qitish, darsdan tashqari


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

04 (2025) / ISSN 2181-1415

16

mashg‘ulotlarda esa individual metodoika belgilab olish loz

im. Bola psixologik, mantiqiy

va kognitiv qobiliyatlarini tekshirish uchun maxsus kartochkalar, muammoli topshiriqlar,
keyslar asosida tadrijiy tekshirish, ballar asosida baholab chiqish mumkin. Har bir bolada
rivojlanish yoshiga xos muayyan ballar hosil qilingach, darslik bilan ishlashda umumiy va

darsdan tashqari mashg‘ulotlarda individual metodika belgilab olish mumkin.

Tahlil va natijalar. Bolaning psixologik, fiziologik, kognitiv, sensor, ijodkorlik

qobiliyatlarining rivojlanish bosqichlari psixolog, logoped-defektologlar tomonidan

muayyan normalarga ko‘ra, ilmiy tadqiqotlarga asosan belgilangan.[3] Shunga ko‘ra, bola

nutqini rivojlantirishdan oldin umumiy rivojlanish darajasi, normasi hamda kognitiv

qobiliyatlarini to‘g‘ri baholab olish muhim ahamiyat

kasb etadi. Xususan, psixologik,

kognitiv qobiliyatlar va mantqiiqy fikrlashni baholovchi 7 yoshdagi bolalarda

quyidagicha tekshiruv o‘tkazish mumkin:

1.

Oson darajadagi 2. o‘rta darajadagi 3. Qiyin darajadagi.

Oson darajadagi diagnostik tekshiruvlarni o‘tk

azish uchun quyidagi namunalardan

foydalanish mumkin:

topshiriq. Quyidagi alifbo harflaridan qaysi biri o‘z o‘rnida emas va uni qayerga

joylashtirish lozim:

А

,

В

,

E,

D,

F

To‘gri javob

- 1ball

Noto‘g‘ri javob

- o ball

2-topshiriq.

Quyonchada

4ta sabzi bor edi, bittasini yeb qo‘ydi. Quyonchada

qancha sabzi qoldi?


To‘g‘ri javob

- 3ball

Noto‘g‘ri javob

- o ball






background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

04 (2025) / ISSN 2181-1415

17

3-topshiriq.

Rasmga qarang. Ushbu a’zolar qanday vazifa bajaradi. Masalan

qulog‘im bilan eshitaman.


4-

Topshiriq. Ramsda ko‘rsatilgan buymlar qaysi harf

bilan boshlanadi?

.aroq .aketa .uv .okolad

.ola .oynak .uyon .ebra

5-topshiriq.

D harfi bilan boshlanuvchi buyumlarni toping va aylana bilan

belgilang


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

04 (2025) / ISSN 2181-1415

18

Shu va shu singari testlar nafaqat so‘z o‘zlashtirish, to‘g‘ri talaffuz qilish darajasini,

balki quyida keltirilgan birlamchi aqliy qobiliyatlar turlaridagi farqlarni ham baholaydi.

Og‘zaki ma’no: Bu semantik tushunish, ya’ni

audio yoki vizual qabul qilingan

so‘zlarning ma’nosini tushunish.

Mantiqiy baholash: masalan, quyonning sabzigacha tezroq borishini aniqlash

qobiliyati.

Hisoblash: arifmetik amallarni bajarish qobiliyati, ya’ni murakkab muammolarni

hal qilishni

nazarda tutmaydigan qo‘shish va ayirish.

Og‘zaki ravonlik: yozish va gapirish qobiliyati osonlik va tezlik o‘lchovidir.

Mulohaza yuritish: muammolarni hal qilish, reja tuzish, oqibatlarni oldindan bilish,

oldingi tajribadan o‘rganish qobiliyati, bu birlamc

hi aqliy qobiliyatlarning eng muhimi

hisoblanadi.

Xotira: ma’lumotni eslab qolish qobiliyati, u telefon raqami, she’r yoki yillar oldin

sodir bo‘lgan narsadir.

Idrok: obyektlar orasidagi farq va o‘xshashlikni ko‘rish qobiliyati.[4]

Sinovlar, shuningdek, bolaning umumiy IQ darajasini belgilaydigan ushbu

sohalardan birida o‘ziga xos qobiliyatini baholaydi. Misol uchun, so‘zlarni tushunish va
ishlatishda ayniqsa yaxshi bo‘lgan bola yozish, nutq va jurnalistikada yaxshi natijalarga

erishishi mumkin; makonni yax

shi his qiladigan bola, ehtimol, geometriya, san’at va

geografiyada o‘zini topadi.

Shuni ham yodda tutish kerakki, qobiliyatlardan tashqari, bolaning aqliy

rivojlanish darajasi boshqa omillar, xususan, bolaning faoliyat uchun ega bo‘lgan

imkoniyatlari, uni

ng ijtimoiy va hissiy muhiti bilan belgilanadi. Masalan, so‘z boyligi

ijtimoiy kelib chiqishiga qarab keng farq qilishi mumkin. Shu ma’noda, ushbu turdagi
testlarni o‘quv yili avvalida, o‘rtasida va yakunida olish, natijalarni baholash, individual

ishlash mexanizmlarini belgilash muhim ahamiyat kasb etadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI

:

1.

Буслаев, Ф. И. О преподавании отечественного языка / Ф. И. Буслаев. —

Москва: Издательство Юрайт, 2019. —

266 с

2.

Ушинский К. Д. Избранные педагогические сочинения/Человек как предмет
воспитания. Опыт педагогической антропологии (1861). —

М.: Изд

-

во

Академии наук РСФСР, 1945. —

С. 461

3.

Бабанский Ю. К. Методы обучения в современной общеобразовательной
школе [Текст] / Ю. К. Бабанский.

-

М.: Просвещение, 1985.

-

208 с.;


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

04 (2025) / ISSN 2181-1415

19

4.

Дубровина, И. В. Младший школьник: развитие познавательных
способностей [Текст]: пособие для учителя / И.В. Дубровина, А.Д. Андреева,
Е.Е. Даниловапод ; ред. И.В. Дубровиной. –

М.: Просвещение, 2003. –

148 с.

5.

G‘afforova T., Shodmonov E., Eshturdiyeva G. Alifb

e (Savod).

Т.: O‘qituvchi, 1999.

6.

Sariyev Sh. Savod o‘rgatish darslarida nutq o‘stirish. “Boshlang‘ich ta’lim” jurnali
№ 4. –

Toshkent, 1997.

Библиографические ссылки

Буслаев, Ф. И. О преподавании отечественного языка / Ф. И. Буслаев. — Москва: Издательство Юрайт, 2019. — 266 с

Ушинский К. Д. Избранные педагогические сочинения/Человек как предмет воспитания. Опыт педагогической антропологии (1861). — М.: Изд-во Академии наук РСФСР, 1945. — С. 461

Бабанский Ю. К. Методы обучения в современной общеобразовательной школе [Текст] / Ю. К. Бабанский. - М.: Просвещение, 1985. - 208 с.;

Дубровина, И. В. Младший школьник: развитие познавательных способностей [Текст]: пособие для учителя / И.В. Дубровина, А.Д. Андреева, Е.Е. Даниловапод ; ред. И.В. Дубровиной. – М.: Просвещение, 2003. – 148 с.

G‘afforova T., Shodmonov E., Eshturdiyeva G. Alifbe (Savod). – Т.: O‘qituvchi, 1999.

Sariyev Sh. Savod o‘rgatish darslarida nutq o‘stirish. “Boshlang‘ich ta’lim” jurnali № 4. – Toshkent, 1997