Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
The Development of the Prosecutor's Office Institution in
the Republic of Uzbekistan and Its Distinctive
Characteristics
Abrorjon MUKHAMMADJONOV
1
Institute of State and Law of the Academy of Sciences of the Republic of Uzbekistan
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received March 2025
Received in revised form
15 April 2025
Accepted 25 April 2025
Available online
25 May 2025
This article analyzes the developmental stages and
characteristics of the prosecutor's office institution in the
Republic of Uzbekistan. The study provides a scientific analysis
of the evolution of the prosecutor's office, including legal
scholars' perspectives on the necessity of its establishment and
its placement within various branches of government
throughout different stages of the state system. Additionally, the
article thoroughly examines the functions of the prosecutor's
office institution during its developmental stages. Specifically, it
explores the activities carried out by the prosecutor's office
within the judicial and executive branches, its goals and
objectives, as well as the issue of its accountability.
2181-
1415/©
2025 in Science LLC.
https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol6-iss4/S-pp
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
prosecutor's office,
stage of development,
government,
accountability,
responsibility issue,
branch of government,
law enforcement,
separate div.
O‘zbekiston
Respublikasida prokuratura institutining
rivojlanishi va uning o‘ziga xos xususiyatlari
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
prokuratura instituti,
rivojlanish bosqichi,
hokimiyat,
hisobdorlik,
javobgarlik masalasi,
hokimiyat tarmog‘i,
qonunlar ijrosi,
alohida organ.
Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasi prokuratura
institutining rivojlanish bosqichlari hamda uning xususiyatlari
tahlil qilinadi. Prokuratura institutining rivojlanish bosqichining
ilmiy tahlili, shuningdek huquqshunos olimlar tomonidan
prokuratura instituti vujudga kelish zarurati hamda turli davlat
tuzumi bosqichlarida prokuratura institutining qaysi hokimiyat
tarmog‘iga kirganligi ilmiy nazariy jihatdan tahlil qilingan. Shu
bilan birga, prokuratura institutining rivojlanish bosqichidagi
1
PhD student, Institute of State and Law of the Academy of Sciences of the Republic of Uzbekistan.
E-mail: abrorma1997@gmail.com
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
04 (2025) / ISSN 2181-1415
56
vazifalari atroflicha tahlil qilingan. Xususan, prokuratura
institutining sud hokimiyati va ijro hokimiyati tarkibida qanday
faoliyatni amalga oshirganligi hamda uning maqsad va vazifalari,
shun
ingdek hisobdorligi masalasi o‘rganilgan.
Развитие института прокуратуры в Республике
Узбекистан и его характеристика
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
институт прокуратуры,
этап развития,
власть,
подотчетность,
вопрос ответственности,
ветвь власти,
исполнение законов,
отдельный орган
.
В данной статье анализируются этапы развития института
прокуратуры Республики Узбекистан и его особенности.
Проводится научный анализ этапов развития института
прокуратуры, а также рассматривается необходимость
возникновения института прокуратуры с точки зрения
ученых
-
правоведов. Кроме того, дается научно
-
теоретический
анализ того, к какой ветви власти относился институт
прокуратуры на разных этапах государственного устройства.
При этом всесторонне анализируются задачи института
прокуратуры на этапе его развития. В частности, изучается
вопрос о том, какую деятельность осуществлял институт
прокуратуры в составе судебной и исполнительной власти, а
также его цели, задачи и подотчетность.
KIRISH
O
ʻ
zbekiston Respublikasida Prokuratura instituti davlat huquqni muhofaza qilish
tizimining muhim tarkibiy qismi bo
ʻ
lib, u konstitutsiyaviy tartibni, fuqarolarning huquq
va erkinliklarini himoya qilish, qonun ustuvorligini ta
ʼ
minlash, shuningdek davlat va
jamoat manfaatlarini himoya qilish vazifalarini bajaradi.
Prokuratura Oʻzbekistonda mustaqil davlat instituti sifatida faoliyat yuritadi va
uning vakolatlari Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qo
nunlari bilan
belgilanadi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining XXV bobida
prokuratura organlarining konstitutsiyaviy vakolatlari mustahkamlangan, jumladan
Konstitutsiyaning 143-146-moddalarida bevosita prokuratura organlari tashkiliy
bosh
qaruv asoslari belgilab qo‘yilgan[1]. Shu bilan birga, “Prokuratura to‘g‘risida”gi
Qonunda Prokuratura organlari faoliyatining asosiy yo‘nalishlari hamda majburiyatlari
aniq ko‘rsatilgan.
Prokuratura organlarining rivojlanish bosqichlarini tahlil qilgan holda soha
olimlari Z.Ibragimov, M.Mahbubov, G.Malikova, B.Po‘latov, O.Madaliev, Sh.Zokirov,
Sh.Saidovning fikrlari asosida mamlakatimizda prokuraturaning shakllanishi va
rivojlanish bosqichlarini 5 ta davrga ajratib o‘rganish haqida xulosaga kelgan[2].
Mustabid tuzum davrida odamlar prokuratura organlari xodimlarini faqat
qoralovchi, jazolovchi tizim vakillari sifatida bilardi. Biz ushbu soha faoliyatini xalqaro
talablar darajasida qayta tashkil qilishda ijobiy natijalarga erishmoqdamiz,-dedi
prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev. Prokuratura organlari kundalik hayotimizda qonun
ustuvorligini ta’minlash, yuridik va jismoniy shaxslarning qonuniy huquqlarini himoya
qilish, aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirishga xizmat qilishi zarur[3].
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
04 (2025) / ISSN 2181-1415
57
Fikrimizcha, mustabid tuzum davridagi prokuratura instituti davlat manfaatlarini
himoya qiluvchi tashkilot sifatida faoliyat ko‘rsatgan. Lekin, bugungi kundagi O‘zbekiston
Respublikasi prokuraturasi inson huquq va erkinliklari himoya qiladigan, shuningdek,
qonun ustuvorligini ta
’minlaydigan xalqchil davlat organi sifatida qarashimiz mumkin.
Shu bilan birga, prokuratura organlari faoliyatini nazorat qilishda parlamentimizning roli
oshirildi. O‘zbekiston Respublikasi Prokuratura institutining vujudga kelgan davridan
hozirgi kungach
a bo‘lgan turli xil boshqaruv tuzumidagi davri tahlil qilinadi. Shuningdek,
ayrim xorijiy mamlakatlarning ham prokuratura institutini rivojlanish xususiyatini
yoritib berishga harakat qilinadi.
MATERIAL VA METODLAR
Tadqiqot davomida O‘
zbekiston Respublikasi Prokuratura institutining rivojlanish
bosqichlari va uning hozirgi holati o‘rganildi. Shuningdek, prokuratura faoliyatini
tartibga soluvchi qonunchilik hujjatlari tahlil qilindi. Shu bilan birga, O‘zbekiston
prokuratura institutining xorijiy hamda MDH davlatlardagi prokuratura tizimlari bilan
qiyosiy-
huquqiy tahlil qilindi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Prokuratura
to‘g‘risida”gi Qonun hamda boshqa normativ
-huquqiy hujjatlar asosida tadqiqot olib
borildi. Ushbu tadqiqotni olib borishda ilmiy manbalarni kompleks tadqiq etish,
retrospektiv tahlil hamda qiyosiy huquqiy tahlil metodlaridan foydalanilgan.
TADQIQOT NATIJALARI
Prokuratura deganda nazoratni amalga oshiruvchi davlat organlari yoki bunga
vakolat berilgan mansabdo
r shaxs tushuniladi[4]. Lotin tilida “procuratio” so‘zi
g‘amxo‘rlik qilish, boshqarish, “procurator” so‘zi boshqaruvchi, idora qiluvchi, rais,
ishonchli vakil va nihoyat “procuro” so‘zi esa g‘amxo‘rlik qilmoq, parvarishlamoq, asrab
-
avaylamoq, ta’minlamoq, sodir etmoq, boshqarmoq, boshlab bormoq degan ma’noni
anglatadi. Shunga o‘xshash ma’nolar fransuz so‘zlarida ham bor; “procurateur”,
“procutie”, “procuration”, “procurer”[5]. Keltirilgan atamalarga qarab, “Prokuratura”
so‘zining ikki xil ma’nosi haqida fikr yuritish mumkin, ya’ni bu so‘zning keng ma’noda
nazoratni amalga oshiruvchi davlat organlari yoki mansabdor shaxs yoxud davlat
organlarining alohida turi sifatida tushunish mumkin. Tor ma’noda esa boshqa hokimiyat
tarmoqlariga kirmaydigan, nazorat faoliy
atini amalga oshirishga mo‘ljallangan maxsus
davlat organlari tizimi tushuniladi. Prokuratura huquqni muhofaza qilish funksiyasini
amalga oshirishga mo‘ljallangan davlat organlaridan biridir. Biroq bu funksiya uning
butun faoliyatini qamrab olmaydi[6].
Yev
ropada birinchi bo‘lib prokuratura organlari XIV asrda Fransiyada tuzilgan. Bu
davrda prokuratura birinchi navbatda jazolash, ayblash choralarini amalga oshirishga
mo‘ljallangan edi. Fransiyadagi prokuratura faoliyati Chor Rossiyasidagi prokuraturaning
tas
hkil topishiga asos bo‘ldi va 1917
-yil oktyabr revolyutsiyasidan keyin hamda sobiq
Ittifoq davrida prokuratura organlarining ishlashi va shakllanishiga ta’sir ko‘rsatdi. Pyotr
I “Prokuratura davlat va barcha fuqarolar manfaatlarini qo‘riqlashi kerak, gener
al-
prokuror esa, uning iborasi bilan aytganda, davlat ishlarida bizning ko‘zimiz va ish
boshimizdir”[7] degan edi.
Huquqshunos olim M.Maxbubov O‘zbekistonda prokuraturaning tashkil etilishi va
rivojlanish tarixini 4 ta davrga ajratadi:
birinchi davr
–
Turkistonda 1917-
yil oktyabr inqilobigacha bo‘lgan davr;
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
04 (2025) / ISSN 2181-1415
58
ikkinchi davr
–
prokuraturaning Turkiston ASSR, Buxoro va Xorazm Xalq
Respublikalari tarkibidagi 1917
–
1924-
yillarni o‘z ichiga oluvchi davri;
uchinchi davr
–
1925-
yildan O‘zbekiston Respublikasining
davlat mustaqilligi e’lon
qilingan paytgacha bo‘lgan davr;
to‘rtinchi davr –
mustaqil O‘zbekiston Respublikasi Prokuraturasining tashkil
topish davri[8].
Shuningdek, Z.Ibragimov ham O‘zbekiston Prokuratura organlarining rivojlanish
tarixini quyidagi 4 dav
rga bo‘ladi:
birinchi davr
–
XIX asrning ikkinchi yarmidan 1917-yil oktyabr inqilobigacha
bo‘lgan davr;
ikkinchi davr
–
prokuratura tizimi shakllangan 1917
–
1924-yillar davri;
uchinchi davr
–
O‘zbekiston Prokuraturasining Sobiq ittifoq tarkibidagi 1924
-
yildan 1991-
yilgacha bo‘lgan davri;
nihoyat, to‘rtinchi davr –
O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi e’lon
qilingan paytdan boshlanib, to hozirgi kungacha bo‘lgan davr[9].
Prokuror nazorati instituti birinchi bor 1867-
yildagi Turkiston o‘lkasini
boshqarishga oid vaqtinchalik Nizomning loyihasida ko‘zda tutilgan edi. Prokuror
funksiyasi ma’muriy boshqaruv apparatini boshqarib kelgan general
-gubernator
tomonidan bajarilgan. 1887-
yil Rossiya adliya vazirining buyrug‘i bilan viloyat sudlari
qoshida viloyat prokuraturalari tashkil qilingan. Mazkur prokurorlar viloyat sudlari
tarkibida tuzilgan bo‘lsalar
-
da, ular ma’muriy tartibda Rossiya adliya vaziriga
bo‘ysungan. Islohotlar natijasida Turkiston o‘lkasida ikki bosqichdagi prokuratura
faoliyat ko‘rsatg
an:
birinchi bosqich-sud palatasidagi prokuratura;
ikkinchi bosqich- okrug sudidagi prokuratura. Okrug sudidagi prokuratura Sud
palatasidagi prokuraturaga bo‘ysungan. Sud palatasi prokurori, o‘z navbatida bevosita
adliya vaziriga bo‘ysungan va hisobdor bo‘
lgan. Hamma prokurorlar podsho tomonidan
vazifaga tayinlangan va vazifadan ozod etilgan[10].
Rossiyadagi oktyabr inqilobidan so‘ng sud reformalari o‘tkazilguniga qadar
Turkistonda sobiq Chor Rossiyasida faoliyat ko‘rsatgan sud va prokuratura Sovetlar va
Ad
liya Xalq komissarlari komissiyasining bevosita nazorati ostida faoliyat ko‘rsatishni
davom ettirgan. Keyinchalik, “Prokuror nazorati to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlangan bo‘lib,
unda prokuratura organlarining tashkil etilishi va faoliyatining asosiy prinsipl
ari o‘z
ifodasini topdi.
“Prokuratura to‘g‘risida”gi Qonun hujjatlari tahlili shundan dalolat beradiki,
prokuratura bo‘lim sifatida Adliya xalq komissariati tizimiga kirar edi. Adliya komissari
bir vaqtning o‘zida respublika prokurori ham edi. Keyinchalik
“SSRI Oliy sudi
to‘g‘risida”gi nizomga muvofiq prokuratura Oliy Sud tarkibiga kiritildi.
Buxoro Xalq Sovet Respublikasida prokuratura Buxoro Markaziy Ijroiya
Qo‘mitasining Oliy kontrolining bo‘limi sifatida prokuratura Buxoro Xalq Komissariati
Sovetining
adliya komissariati qaramog‘iga bo‘lim sifatida o‘tkazilgan.
Xorazm Xalq Sovet Respublikasi Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi kengashining qarori
bilan “Xalq yustitsiya nozirligi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlangan. Nizomga muvofiq,
Yustitsiya nozirligiga nozir rah
barlik qilgan, uning o‘zi bir vaqtning o‘zida Xorazm Xalq
Sovet Respublikasining davlat prokurori hisoblangan va unga respublikada qonuniylik
ustidan umumiy kuzatuvni olib borish vazifasi yuklatilgan.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
04 (2025) / ISSN 2181-1415
59
O‘zbekistonda prokuratura organlarini tashkil etish va
faoliyatini tartibga soluvchi
birinchi qonunchilik akti “SSRI va ittifoqdosh respublikalarda sud tuzilishi asoslari”
hisoblanadi.
Mazkur huquqiy hujjat asosida “O‘zSSR Adliya xalq komissariati to‘g‘risida”gi
nizomni tasdiqladi, unga muvofiq adliya xalq kom
issari bir vaqtning o‘zida respublika
prokurori ham edi. Mazkur huquqiy akt bilan “TASSR davlat prokuraturasi to‘g‘risida”gi
nizomda mustahkamlangan prokuratura funksiyalari yanada takomillashtirildi.
Respublika prokurori bir vaqtning o‘zida adliya xalq ko
missari sifatida respublika
hukumati tarkibiga kirar edi. SSRI MIQ va HKS qarori bilan SSRI prokuraturasi tuzildi.
1933-
yil dekabrdagi “SSRI prokuraturasi to‘g‘risida”gi nizomda SSRI prokuraturasi
funksiyalari konkretlashtirildi, respublika prokurorlari bi
lan o‘zaro munosabatlar
aniqlab berildi. 1936-yil 20-
iyundagi SSRI MIQ va XKSning “SSRI Adliya xalq
komissariatini shakllantirish to‘g‘risida”gi qarori prokuratura va tergov organlarini
ittifoq va avtonom respublikalar Adliya xalq komissariati tizimidan chiqarib, SSRI
prokuroriga bevosita tobe qilib qo‘ydi.
Shunday qilib, 1936-yili prokuraturani markazlashtirish va yagona tizimga
aylantirish jarayoni nihoyasiga yetdi. 1936-yilgi SSRI Konstitutsiyasi va 1937-yilgi
O‘zbekistonSSR Konstitutsiyasi prokurorlik nazoratining ahamiyati va o‘rnini davlat
faoliyatining mustaqil turi sifatida yuqoriga ko‘tardi[11].
SSRI Oliy Soveti Prezidiumi Farmoni bilan “SSRIda prokuror nazorati
to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi. U prokuratura organlari vakolatini bir muncha
kengaytirdi va aniqlashtirdi hamda prokuror nazorati vazifalari va uni amalga oshirish
uslublarini qonun bilan mustahkamlab qo‘ydi.
1977-yildagi SSRI Konstitutsiyasi asosida 1979-yil 30-
noyabrda “SSRI
Prokuraturasi to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilingan bo‘lib, bu
qonun Ittifoq prokuraturasi
tarqalib ketguniga qadar amalda bo‘ldi. SSRI tarqalib ketgandan keyin SSRI prokuraturasi
mustaqil davlat organlari sifatida faoliyatini tugatdi.
O‘
zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligiga erishgan dastlabki kunlardanoq
milliy prokuraturaning paydo bo‘lishi va shakllanishiga alohida e’tibor berildi. Xususan,
1990-yil 1-
noyabrda O‘zbekiston SSRning “O‘zbekiston SSRda ijro va boshqaruv
hokimiyati ti
zimini takomillashtirish va “O‘zbekiston SSR Konstitutsiyasi o‘zgartirish va
qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonunini qabul qilish to‘g‘risidagi dadil va jasoratli
siyosiy qaror qabul qilindi. Ushbu hujjatda birinchi marta ittifoq doirasida O‘zbekist
on
SSR prokurori hamda uning o‘rinbosarlari ilgarigidek SSRI Bosh prokurori tomonidan
emas, Respublika Prezidentining taqdimnomasiga binoan mamlakat parlamenti
tomonidan tayinlanishi mustahkamlandi va O‘zbekiston Respublikasi prokurorining
faqat O‘zbekisto
n Respublikasi parlamenti va Prezidenti oldidagi hisobdorligi va
javobgarligi belgilandi. Prokuratura organlarining haqiqiy mustaqilligi va ozod
bo‘lganligini ta’minlash uchun qabul qilingan ikkita hujjatni e’tirof etish lozim. Birinchisi
1991-yil 31-avgus
tda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi
to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Soveti Murojaati mazmuni; ikkinchisi
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari
haqida”gi Qonunid
ir. Aynan shu qonunga muvofiq, 1992-yilning 24-yanvar kuni
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi prokuratura
organlari faoliyatini tashkil etish masalalari to‘g‘risida”gi 33
-sonli qarori[12]qabul
qilingan.
Hukumatning
ushbu
qarori
nafaqat
prokuraturaning
mavqeyini
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
04 (2025) / ISSN 2181-1415
60
mustahkamlagan, balki prokuratura xodimlariga qator imtiyoz va ustunliklar berish bilan
birga, moddiy-
texnik bazasini ham sezilarli darajada mustahkamlagan. Ammo o‘sha
davrda O‘zbekiston Respublikasi prokuratura
organlari faoliyatining huquqiy asoslarini
zudlik bilan ishlab chiqish va qabul qilishni talab etar edi. Bu boradagi dastlabki dadil
qadam sifatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1992
-yil 8-yanvardagi
O‘zbekiston SSR prokuraturasini mustaqil O‘zb
ekiston Respublikasi tasarrufiga
o‘tkazilishini belgilovchi Farmonini misol qilsak bo‘ladi. Bundan tashqari, yosh va
mustaqil O‘zbekiston Respublikasining dastlabki qabul qilgan qonunlaridan biri,
mamlakatning asosiy qonuni -
O‘zbekiston Respublikasi Konst
itutsiyasining qabul
qilingan kuni ertasiga, ya’ni 1992
-yil 9-
dekabrda parlament tomonidan O‘zbekiston
Respublikasining “Prokuratura to‘g‘risida”gi Qonunining qabul qilinishini ham alohida
muhim holat deb e’tirof etish lozim.
O‘zbekiston Respublikasining
2001-yil 29-
avgustda qabul qilingan “Prokuratura
to‘g‘risida”gi Qonunining (yangi tahriri) esa prokuratura organlarining davlat organlari
tizimidagi tutgan o‘rni va roli, prokuror nazorati xususiyati, prokuratura organlari
funksiyalarining aniq belgilanis
hi bilan bog‘liq bo‘lgan masalalarni o‘z ichiga qamrab oldi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017
-yil 18-apreldagi PF-5019-sonli
“Ijtimoiy
-iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, mamlakatni modernizatsiya qilish, inson
huquq va erkinliklarining ish
onchli himoyasini ta’minlashda prokuratura organlarining
rolini kuchaytirish to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilinishi aynan ushbu maqsadda olib
borilayotgan ishlarni takomillashtirishni nazarda tutadi. Mazkur Farmon asosida
prokuratura organlariga yangi vazifalar belgilab berildi. Jamiyatda qonuniylikni
mustahkamlash hamda demokratik, ijtimoiy-
iqtisodiy islohotlarni ro‘yobga chiqarishga,
inson huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilishga qaratilgan qonunlarning so‘zsiz
ijro etilishi ustidan samarali nazoratni amalga oshirish orqali xalq manfaatlariga xizmat
qilish prokuratura organlarining ustuvor vazifasi etib belgilandi[13].
Xorijiy mamlakatlarda prokuraturaning davlat organlari tizimidagi o‘rniga qarab 4
ta mamlakatlar guruhini ajratish mumkin. Bular quyidagi davlatlardir:
1. Prokuratura Adliya vazirligi tarkibiga kiradi;
2. Prokuratura sudyalar korpusi tarkibiga to‘liq kiritilgan va sudlarda joylashgan
yoki sud hokimiyati doirasida ma’muriy avtonomiyadan foydalanadi;
3.
Prokuratura mustaqil, alohida tizimga bo‘lingan va parlament yoki davlat
rahbariga hisobot beradi;
4. Prokuratura yoki uning bevosita ekvivalenti umuman yo‘q.
Birinchi guruh mamlakatlariga, xususan, AQSh, Fransiya, Belgiya, Niderlandiya,
Daniya, Polsha, Ruminiya, Isroil, Yaponiya va Suriya kiradi. Ushbu mamlakatlarda
prokuratura Adliya vazirligi tarkibiga kirsa-da, ular sud organlariga, prokurorlar esa sud
tizimiga tegishli bo‘lishi mumkin. Bu eslatib o‘tilgan mamlakatlarning aksariyatiga
tegishli, ammo adv
okatlar sudlarga “bog‘lanmagan” va sud tizimiga nisbatan butunlay
mustaqil maqomga ega bo‘lgan Qo‘shma Shtatlarga taalluqli emas.
Fransiyada Bosh prokuror va Adliya vaziri lavozimlari alohida, AQSHda esa adliya
vaziri bir vaqtda Bosh prokuror boʻlib, unga barcha prokurorlar boʻysunadi.
Tashkiliy jihatdan Adliya vazirligi tarkibiga kiruvchi Yaponiya prokuraturasi
prokuratura nazorati organlarining yagona tuzilmasi tamoyili asosida qurilgan.
Yaponiyada prokurorlar harakatlari ustidan sud nazorati bilan bir qatorda jamoatchilik
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
04 (2025) / ISSN 2181-1415
61
nazorati ham mavjud: har bir okrugda saylovchilar orasidan qur’a tashlash yo‘li bilan
prokurorlar nazorati bo‘yicha maxsus komissiya tuziladi.
Ikkinchi guruh mamlakatlariga, xususan, Ispaniya, Kolumbiya, Bolgariya va Latviya
kiradi. Ispa
niyada ushbu organ fuqarolarning huquqlarini va qonun bilan qo‘riqlanadigan
jamoat manfaatlarini himoya qilishda sud tizimiga yordam beradi, shuningdek sudlarning
mustaqilligini nazorat qiladi va ularda jamoat manfaatlarini himoya qiladi.
Prokuraturalar viloyat darajasiga qadar sudlarda ishlaydi. Ularga Sudlar Bosh
Kengashining fikrini eshitgandan so‘ng Hukumat taklifiga binoan qirol tomonidan
tayinlanadigan Davlat Bosh prokurori boshchilik qiladi. Sud hokimiyati iyerarxiyasida u
Oliy sud raisidan keyingi ikkinchi shaxs hisoblanadi.
Uchinchi guruh mamlakatlari asosan sotsialistik davlatlar, Vyetnam, Xitoy,
Shimoliy Koreya, Kuba, Laos va boshqa davlatlardan iborat. Bu mamlakatlarda
prokuraturaga yuqorida qayd etilgan funksiyalardan tashqari, odatda, qonunlar ijrosini
nazorat qilish funksiyasi ya’ni umumiy nazorat deb ataladi. Ularning obyektlari odatda
ijro hokimiyati organlari, jamoat birlashmalari, xo‘jalik tashkilotlari, turli turdagi
muassasalar va shaxslar bilan bog‘liq bo‘lgan davlat organlari hisoblanad
i. Bu
mamlakatlarda prokuratura konstitutsiyaviy maqomga ega bo‘lib, davlatning eng muhim
organlaridan biri sifatida e’tirof etilgan. Odatda, sotsialistik mamlakatlarda prokuratura
bosh prokuror boshchiligidagi organlarning tashkiliy jihatdan alohida tizimi hisoblanadi.
Lotin Amerikasi mamlakatlarida prokurorlar mustaqil maqomga ega boʻlib,
maʼmuriy, moliyaviy va funksional avtonomiyalardan foydalanadilar. Ushbu hududning
o‘ziga xos xususiyati prokuratura organlarining ular bajaradigan funksiyalariga qarab
tashkiliy bo‘linishidir. Bir qator mamlakatlarda (Kolumbiya, Ekvador va boshqalar) ba’zi
prokuratura organlari jinoiy ta’qib qilish funksiyalarini bajaradi, boshqalari esa
qonunlarning bajarilishini va inson huquqlarini himoya qilishni nazorat qiladi.
To‘r
tinchi guruh mamlakatlari - Buyuk Britaniya va uning sobiq dominionlari
bo‘lib, ularda prokuratura maxsus davlat organi sifatida mavjud emas va prokuraturaga
xos bo‘lgan funksiyalar amalda bosh prokurorlar va prokuratura organlari tomonidan
amalga oshiriladi.
Jinoiy ta’qib qilish bo‘yicha Attoniya xizmatining vakolatlari boshqa davlatlar
prokuraturalarining funksiyalariga o‘xshaydi, shuning uchun adabiyotlarda anglo
-sakson
huquqiy tizimiga ega mamlakatlardagi attoniya xizmati odatda prokuratura deb ataladi.
Prokuror jinoyat jarayonining barcha bosqichlarida asosiy rol o‘ynaydi va jinoiy sudlov
mexanizmining muhim tarkibiy qismidir.
Aksariyat, xorijiy mamlakatlarda prokuratura huquqni muhofaza qiluvchi organlar
manfaatlari va jinoiy javobgarlikka tortilgan sh
axs huquqlari o‘rtasidagi mutanosiblikni
ta’minlashga qaratilgan organ hisoblanadi. Prokuraturaning asosiy vazifasi
jinoyatchilikka qarshi kurashishdan iborat.
Prokuratura faoliyatining umumiy xususiyati prokurorning jinoiy siyosatni ishlab
chiqish jarayon
ida ishtirok etishi, huquqiy normalarni qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar berish,
davlat organlarining xatti-harakatlarini konstruktiv tanqid qilishdir.
Obyektivlik, xolislik va mustaqillik tamoyillari deyarli barcha Yevropa va boshqa
mamlakatlar qonunchiligida mustahkamlangan va amalga oshirilgan. Prokuratura
mustaqildir yoki har qanday tashqi hokimiyatdan, shu jumladan siyosiy hokimiyatdan
mustaqil bo‘lishga intiladi[14].
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
04 (2025) / ISSN 2181-1415
62
TADQIQOT NATIJALARI TAHLILI
Tadqiqot
natijalariga
ko‘ra,
O‘zbekiston
Respublikasi
proku
raturasi
rivojlanishining bosqichlari huquqshunos olimlar tomonidan 5 ta bosqichga bo‘lishgan.
Fikrimizcha, prokuratura rivojlanish bosqichlarini Chor Rossiya bosqini davridan keyingi
davrlardan hisoblash biroz bahsli hisoblanadi. Ushbu rivojlanish bosqich
ini o‘rganishimiz
natijasida bevosita Sosoniylar imperiyasi davridan boshlangan deb hisoblaymiz.
Chunki,o‘sha davrda mamlakatdagi islomiy axloq me’yorlarining bajarilishini nazorat
qiluvchi maxsus tashkilot xodimi sifatida muhtasib lavozimidagi shaxs faoliyat
ko‘rsatgan. Muhtasib lavozimidagi shaxsning bajargan vazifalari bugungi kundagi
prokuror tomonidan amalga oshiriladigan vazifalarga o‘xshash deb hisoblaymiz. Shuning
uchun rivojlanish bosqichini 6ta bosqichga bo‘lish maqsadga muvofiqdir. 1
-bosqich
Sosoniy imperiyasi davridan to Chor Rossiyasini bosqini amalga oshirilganga qadar
bo‘lgan davr. Ushbu davrda prokuror vazifasini muhtasib lavozimidagi shaxs amalga
oshirilgan. 2-bosqich esa 1868-yildan 1917-
yil oktyabr inqilobigacha bo‘lgan davr. Ushbu
davrd
a prokuror funksiyasi ma’muriy boshqaruv apparatini boshqarib kelgan general
-
gubernator tomonidan bajarilgan edi. Chor Rossiya adliya vazirining buyrug‘i bilan
viloyat sudlari qoshida viloyat prokuraturalari tashkil qilingan. Bu prokurorlar viloyat
sudlari
tarkibida tuzilgan bo‘lsalar
-
da, ular ma’muriy tartibda Rossiya adliya vaziriga
bo‘ysungan. 3
-bosqich 1917-yildan 1924-
yilgacha bo‘lgan davr. Ushbu davrda
“Prokuratura to‘g‘risida”gi qonun hujjatlari tahlili shundan dalolat beradiki, prokuratura
bo‘lim si
fatida Adliya xalq komissariati tizimiga kirar edi. Adliya komissariati bir
vaqtning o‘zida respublika prokurori ham edi. Keyinchalik “SSRI Oliy sudi to‘g‘risida”gi
nizomga muvofiq prokuratura Oliy Sud tarkibiga kiritildi. 4-bosqich 1924-yildan to 1991-
yil
gacha bo‘lgan davr. Ushbu davrda Prokuratura organiga konstitutsiyaviy maqomi
berilgan deb hisoblasak bo‘ladi. Chunki, O‘zSSR konstitutsiyasida prokuraturaga oid
norma mustahkamlandi. 5- bosqich 1992-yildan 2001-
yilgacha bo‘lgan davr ushbu
davrda prokuratura faoliyati mustaqil davlatning konstitutsiyasi darajasida alohida
institut sifatida kiritildi. 6-bosqich 2001-
yildan to hozirgi kungacha bo‘lgan davr. Ushbu
davrda yangi tahrirdagi “Prokuratura to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi.
XULOSA
O‘zbekiston Res
publikasi prokuratura organlari rivojlanishi bevosita davlat tuzumi
bilan bog‘liq holda rivojlangan desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Chunki prokuratura
rivojlanishini birinchi va ikkinchi bosqichlarda, ya’ni XV asrdan to 1917
-yillargacha
bo‘lgan davrda prokuratu
ra organi viloyat sudlari huzurida tashkil etilgan. 1924-yildan
to 1936-yillarda davomida prokuratura organi Adliya xalq komissariati tarkibida faoliyat
yuritgan, ya’ni ijro hokimiyati tarkibida. O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgan
so‘ng prokur
atura organi mustaqil organ sifatida faoliyat yuritmoqda. Prokuratura
instituti hech qaysi hokimiyat tarkibiga kirmaydi. Prokuratura organi O‘zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisining Senati hamda prezidenti oldida hisobdor. Shu bilan birga,
xorijiy mamlakatlar prokuratura organlarini tahlilida prokuratura organlari ijro
hokimiyati tarkibida, sud hokimiyati tarkibida, sotsialistik respublikalarda hamda MDH
mamlakatlarida alohida organ sifatida faoliyat yuritmoqda. Ba’zi mamlakatlarda esa
prokuratura organi parlament tarkibida, ayrim mamlakatlarda umuman prokuratura
organi sifatida faoliyat yuritmaydi (Masalan, Buyuk Britaniyada).
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
04 (2025) / ISSN 2181-1415
63
Fikrimizcha, O‘zbekiston Respublikasi prokuratura rivojlanish bosqichlarida: ijro
hokimiyati, sud hokimiyati tizimida faoliyat yuritib keldi. Bugungi kunda prokuratura
organi hokimiyatlari tizimiga kirmaydigan alohida organ sifatida faoliyat yuritishi
maqsadga muvofiqdir. Chunki, ushbu organ mamlakatdagi qonunlar ijrosini nazorat
qiluvchi organ hisoblanadi. Agar sud yoki ijro tizimiga
prokuratura organi kirsa o‘zining
mustaqilligini yo‘qotadi, shuningdek faoliyat samaradorligiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatishi
mumkin.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1. O‘
zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. https://lex.uz/docs/-6445145
2. Abduolimov.U.X. Avtorefarat. Prokuratura organlarining tashkiliy-huquqiy
asosini takomillashtirish (O‘zbekiston va Turkiya misolida) Toshkent 2024. B
-13.
3. Prezident Shavkat Mirziyoyev prokuratura xodimlari bilan uchrashdi.
https://www.president.uz/oz/lists/view/178
4. Современный словарь иностранных слов.
-
М., 1993.
-
С. 493. Большой
юридический словарь.
-
М., 1999.
-
С. 821, 822.
5. Гашина К.А. Французко
-
руссий словарь.
-
М., 198
0. -
С. 439
6. Галузо В.Н. Система правоохранителных органов России. Учебник для
вузов.
-
М., 2000.
-
С. 10
-
14; Рахлин В.И., Сидарук М.М. Правоохранительная функция
прокуратуры.
-
С. Петербург, 2000.
-
С. 20
-24.
7. Прокуратура Санкт Петербурга.
-
Санкт Петербург, 1987.
-
С. 6.
8. Махбубов М. Создание и развитие органов прокуратуры в Узбекистане:
Автореф. дисс. ... канд. юрид. наук. –
Т.: Институт философии и права им.
И.Муминова, 1993. –
47 с.
9. Ибрагимов З.С. Правовые проблемы совершенствования деятельности
прокуратуры в системе органов государственной власти Республики Узбекистан:
Автореф. дисс. ... канд. юрид. наук. –
Т.: 1997. –
25c.
10. Prokuror nazorati darslik B-14. Toshkent.2023
11. Mustafayev B.M. 70 -yil qonun himoyasida. - T.:, 1992.
12. Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021. https://lex.uz/docs/
-386224
13. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 18.04.2017 yildagi PF
-5019-
son. https://lex.uz/ru/docs/-3177796
14.
Модели
организации
прокуратуры
в
зарубежных
странах.
https://studfile.net/preview/1462820/page:20/ .
