Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
The impact of the coaching method on the effectiveness of
qualimetric assessment of students' professional and
methodological competencies
Mekhrinigor RAUPOVA
1
, Marjona IZZATOVA
2
Bukhara State Pedagogical Institute
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received March 2025
Received in revised form
15 April 2025
Accepted 25 April 2025
Available online
25 May 2025
This article examines the impact of modern coaching methods
on the effectiveness of qualimetric assessment of professional
methodological competencies among higher education students.
The study analyzes the distinctive aspects and outcomes of
applying the "double circle coaching" method in practical classes
on the topic of "Fish" in zoology. The author aims to substantiate
that using coaching techniques allows for a more objective, in-
depth, and multifaceted evaluation of future teachers'
methodological preparation, practical skills, and professionally
significant qualities. The article reveals the potential of coaching
not only for developing competencies but also as a tool for
accurately measuring and assessing the level of their formation.
2181-
1415/©
2025 in Science LLC.
https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol6-iss4/S-pp
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
Double-loop coaching,
professional methodological
competence,
qualimetric assessment,
pedagogical diagnostics,
interactive methods,
pedagogical competence,
higher education,
student competence.
Kouching
metodining
talabalar
kasbiy
metodik
kompetensiyalarini kvalimetrik baholash samaradorligiga
ta’siri
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
qo‘sh doirali kouching,
kasbiy metodik
kompetensiya,
kvalimetrik baholash,
pedagogik diagnostika,
interaktiv metodlar,
Ushbu maqolada oliy ta’lim muassasalari talabalarining kasbiy
metodik kompetensiyalarini kvalimetrik baholash samaradorligiga
zamonaviy kouching metodining ta’siri o‘rganilgan. Tadqiqot
doirasida zoologiya fanining “Baliqlar” mavzusiga oid amaliy
mashg‘ulotlarda “qo‘sh doirali kouching” metodini qo‘llashning
o‘ziga xos jihatlari va natijalari tahlil qilinadi. Muallif kouching
texnikalaridan foydalanish bo‘lajak o‘qituvchilarning metodik
1
PhD, Associate Professor, Bukhara State Pedagogical Institute
2
Master degree student, Bukhara State Pedagogical Institute
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
04 (2025) / ISSN 2181-1415
65
pedagogik kompetensiya,
oliy ta’lim,
talaba kompetensiyasi.
tayyorgarligi, amaliy ko‘nikmalari va kasbiy muhim sifatlarini
yanada x
olis, chuqur va ko‘p qirrali baholash imkonini berishini
asoslashga harakat qiladi. Maqolada kouchingning nafaqat
kompetensiyalarni rivojlantirish, balki ularning shakllanganlik
darajasini aniq o‘lchash va baholash vositasi sifatidagi salohiyati
ochib berilgan.
Влияние
метода
коучинга
на
эффективность
квалиметрической
оценки
профессионально
-
методических компетенций студентов
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
двойной круговой
коучинг,
профессионально
-
методическая
компетенция,
квалиметрическая оценка,
педагогическая
диагностика,
интерактивные методы,
педагогическая
компетенция,
высшее образование,
компетенция студента.
В данной статье исследуется влияние современных
коучинговых методик на эффективность квалиметрической
оценки
профессионально
-
методических
компетенций
студентов высших учебных заведений. В рамках исследования
анализируются особенности и результаты применения метода
«двойного кругового
коучинга» на практических занятиях по
зоологии по теме «Рыбы». Автор обосновывает, что
использование коучинговых техник способствует более
объективной, глубокой и многогранной оценке методической
подготовки, практических умений и профессионально
значимых качеств будущих педагогов. В статье раскрывается
потенциал коучинга не только как средства развития
компетенций, но и как инструмента точного измерения уровня
их сформированности.
KIRISH
Kouching shaxs yoki guruhning mavjud salohiyatini maksimal darajada yuzaga
chiqarish, faoliyat samaradorligini oshirish hamda belgilangan maqsadlarga erishish
jarayonini qo
‘
llab-quvvatlashga qaratilgan interaktiv hamkorlik metodologiyasidir. Ushbu
jarayonda kouch (murabbiy) direktiv ko
‘
rsatmalar berishdan tiyilib, asosan kuchli savollar
berish, faol tinglash va konstruktiv qayta aloqa vositalaridan foydalanadi. Bu orqali
kouchining o
‘
z muammolariga mustaqil yechim topishi, shaxsiy resurslarini aniqlashi va
maqsadli harakatlar rejasini ishlab chiqishi rag
‘
batlantiriladi. Metodologiyaning
zamonaviy ko
‘
rinishi XX asrning ikkinchi yarmida sport psixologiyasi (xususan, T.
Gallweyning
“
Ichki o
‘
yin
”
konsepsiyasi) va biznes boshqaruvi sohalaridagi izlanishlar
natijasida shakllangan. Dastlab sportchilarning nafaqat texnik mahorati, balki psixologik
holati, motivatsiyasi va diqqatini jamlash qobiliyatini rivojlantirishga yo
‘
naltirilgan ushbu
yondashuv, keyinchalik boshqa sohalarga, jumladan, ta
’
lim tizimiga ham muvaffaqiyatli
tatbiq etildi. 1980
–
90-yillarda korporativ muhitda rahbarlarni tayyorlash va jamoaviy
faoliyat samaradorligini oshirishda keng qo
‘
llanilgan kouching, bugungi kunga kelib
shaxsiy rivojlanish va ta
’
lim jarayonlarining ajralmas qismiga aylanib, o
‘
quvchi va
pedagoglarning kasbiy hamda shaxsiy o
‘
sishini ta
’
minlovchi muhim vosita sifatida e
’
tirof
etilmoqda.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
04 (2025) / ISSN 2181-1415
66
TADQIQOT METODOLOGIYASI
Kouching metodologiyasi o‘ziga xos fundamental tamoyillarga asoslanadi. Bular
qatoriga hamkorlik (kouch va kouchining teng huquqli munosabati); potensialga ishonch
(har bir individ o‘z muammolarini hal qilish uchun zarur ichki resurslarga ega ekanligi);
anglashni oshirish (kouchining o‘z fikrlari, his
-
tuyg‘ulari, xatti
-harakatlari va
imkoniyatlarini chuqurroq idrok etishiga ko‘maklashish); mas’uliyat (kouchining o‘z
tanlovlari va harakatlari uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olishini rag‘batlantirish);
natijaga yo‘nalganlik (jarayonning aniq, o‘lchanadigan maqsadlarga qaratilishi); kelajakka
fokuslanish (o‘tmishdagi kamchiliklardan ko‘ra, kelajakda
gi maqsadlar va yechimlarga
e’tibor qaratish); faol tinglash va kuchli savollar (kouchining teran fikrlashini va yangi
qarashlarni shakllantirishni rag‘batlantiruvchi ochiq savollardan foydalanish) hamda
direktiv emaslik (tayyor yechimlar yoki maslahatlar bermasdan, kouchining mustaqil
xulosa chiqarishini qo‘llab
-quvvatlash) kiradi [1]. Ushbu tamoyillar kouching jarayonining
samaradorligini va uning ishtirokchilar rivojlanishiga ijobiy ta’sirini ta’minlaydi.
Amaliyotda kouchingning turli yo‘nalishlari mavjud bo‘lib, ularning ayrimlari ta’lim
tizimi uchun alohida ahamiyatga ega. Hayotiy kouching shaxsiy maqsadlarni aniqlash va
hayotiy muvozanatni topishga yordam bersa, ijro kouchingi muayyan ko‘nikmalarni,
masalan, talabaning ommaviy nutq yoki dars o‘tish mah
oratini rivojlantirishga qaratiladi
[2]. Akademik kouching bevosita ta’lim jarayoni bilan bog‘liq bo‘lib, talabalarga o‘quv
maqsadlarini belgilash, vaqtni samarali boshqarish va o‘qish strategiyalarini
optimallashtirishda ko‘maklashadi. Guruh kouchingi jam
oaviy maqsadlarga erishish yoki
guruh a’zolarining birgalikda rivojlanishi uchun qo‘llanilsa, o‘z
-
o‘zini kouching qilish
individning kouching tamoyillarini mustaqil ravishda o‘ziga nisbatan qo‘llashini, xususan,
muntazam refleksiya qilishini nazarda tutadi
. Bu turlar ta’lim muassasalarida o‘quvchi va
pedagoglarning ehtiyojlariga mos ravishda alohida yoki integrativ tarzda qo‘llanilishi
mumkin [3].
Pedagogik amaliyotda kouching metodi talabalar va pedagoglar uchun ko‘p qirrali
imkoniyatlar yaratadi. Talabala
r uchun u o‘quv maqsadlarini aniqlash, o‘zlashtirishdagi
qiyinchiliklarni yengish, motivatsiyani oshirish, tanqidiy fikrlash va muammolarni hal
qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish, shuningdek, refleksiya qobiliyatini kuchaytirishda
samarali vosita bo‘lib xizmat qiladi. Bo‘lajak o‘qituvchilar uchun esa kouching pedagogik
mahoratni (darsni rejalashtirish, o‘tkazish, baholash) [4], sinfni boshqarish
strategiyalarini, o‘quvchilar bilan samarali muloqot o‘rnatish ko‘nikmalarini
takomillashtirish, innovatsion me
todlarni qo‘llashga bo‘lgan ishonchni oshirish hamda
kasbiy faoliyatni muntazam tahlil qilib, rivojlanish yo‘llarini belgilashda muhim ahamiyat
kasb etadi.
Talabalarning kasbiy metodik kompetensiyalarini kvalimetrik baholash
—
ularning
ayrim kompetensiyalar darajasini aniqlashda diagnostik vosita sifatida xizmat qiladi;
kouching metodi esa, aynan ushbu baholash natijalari asosida har bir talabaning
rivojlanish strategiyasini belgilash va uning kasbiy o‘sishini samarali qo‘llab
-quvvatlash
imkonini beradi. Bu natijalar talabaning kuchli tomonlari va rivojlanishga muhtoj
jihatlarini obyektiv ko‘rsatadi. Aynan shu nuqtada kouching metodi baholash natijalarini
talaba bilan birgalikda tahlil qilish, ularni to‘g‘ri idrok etish va anglash uchun samarali
platforma yaratadi. Kouch baholash natijalariga asoslangan holda, talabani refleksiya
qilishga undaydi. Shuningdek, kouching jarayoni talabaga aniqlangan kamchiliklarni
bartaraf etish va kompetensiyalarni rivojlantirish bo‘yicha aniq, o‘lchanadigan (SMART)
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
04 (2025) / ISSN 2181-1415
67
maqsadlar q
o‘yishga va ushbu maqsadlarga erishish rejasini ishlab chiqishga yordam
beradi [5]. Ayniqsa, amaliy va refleksiv kompetensiyalarni rivojlantirishda kouchingning
roli katta. Kouch talabaning dars o‘tish jarayonini kuzatib, keyinchalik direktiv tanbeh
o‘rniga kuchli savollar orqali uni o‘z faoliyatini mustaqil tahlil qilishga, yutuq va
kamchiliklar sabablarini anglashga hamda kelgusi faoliyatini takomillashtirish yo‘llarini
topishga yo‘naltiradi. Shu bilan birga, kouching talabaning o‘ziga ishonchi, kommunika
tiv
qobiliyatlari, hamkorlikda ishlash ko‘nikmasi kabi muhim shaxsiy kompetensiyalarining
rivojlanishiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Biz tadqiqotimiz doirasida qo‘sh doirali couching metodini ishlab chiqdik (1
-rasmga
qaralsin).
1-
rasm. Qo‘sh
doirali couching metodi.
Bu yerda ichki qator
–
bahs-munozara qiladilar: kouching metodida bu qator faol
ishtirokchilar
–
ya’ni o‘z bilim va fikrlarini ochiq ifoda qilayotgan, muammoni muhokama
qilayotgan yoki muammoni hal etishga harakat qilayotgan guruh vazifasini bajaradi.
Kouching yondashuvida ichki qatordagi talabalar bir-biriga ochiq savollar beradi, yangi
g‘oyalarni ilgari suradi va bir
-
birini faol tinglaydi. Bu jarayonda kouch (o‘qituvchi yoki
yordamchi rolida) moderator emas, balki savollar va ref
leksiyaga yo‘naltiruvchi tarzda
faoliyat yuritadi, to‘g‘ridan
-
to‘g‘ri aralashmasdan, talabalarni mustaqil fikrlashga undaydi.
Tashqi qator
–
bahs-munozarani kuzatib, savollar berishlari mumkin:
kouchingda tashqi qatordagi talabalar observator (kuzatuvchi) rolini bajaradi. Ular
muhokamada bevosita qatnashmasdan, jarayonni kuzatadi, faol tinglaydi va ehtiyoj
tug‘ilganda (yoki yakunda) o‘z nuqtayi nazari yoki ochiq savollarini beradi. Bu kouchingda
reflektiv fikrlashni, tahlil qilish, tanqidiy va konstruktiv savollar berish kompetensiyasini
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
04 (2025) / ISSN 2181-1415
68
rivojlantirishga xizmat qiladi. Tashqi qatordagi kuzatuvchilar ichki qatordagi muhokamani
yoki yechimlarni xolis baholaydi va jarayonga yangi, mustaqil qarash olib kiradi.
Bahs-
munozarani yo‘naltiruvchi o‘qituvchi yoki talab
a:
kouching metodida
yo‘naltiruvchi (facilitator) –
bu, avvalo, ishtirokchilarning faolligini, teng huquqliligini,
mustaqil muammolar yechimini va refleksiyani rag‘batlantiruvchi liderdir [6]. U bevosita
bahs-munozaraga aralashmaydi, balki jarayonni ochiq savollar, qisqa mulohazalar va
to‘g‘ri yo‘nalish berish orqali boshqaradi. Yo‘naltiruvchi dinamikani boshqaradi, ammo fikr
bildirishdan ko‘ra faol tinglash, yo‘naltirish va ijobiy muhit yaratish kouching
yondashuvida asosiy vazifadir. Quyida “Baliqlar” mav
zusini kouching metodi asosida
tashkil etish tartibi keltirilgan.
“Baliqlar” mavzusini o‘qitishda metodik kompetensiyalarni kouching
texnikasi asosida rivojlantirish mashg‘uloti
1. Kirish
Baliqlar haqidagi qiziqarli ma’lumotlar.
Baliqlar yer yuzida 450 million yil avval
paydo bo‘lgan va hattoki
dinozavrlardan ham oldin baliqlar tо‘g‘risidagi ma’lumotlar
mavjud.
Hozirgi paytda 40 ga yaqin parvoz qiluvchi baliq turlari mavjud.
Bunday baliqlar suv tagida keskin harakatlanib,
suv ustida parvoz qiladi. Yaxshi rivojlangan yon
suzg‘ichlari yerdamida parvozlari
400 metrgacha
bо‘lishi mumkin.
Parvoz qiluvchi baliqlar asosan
plankton va mayda qisqichbaqasimonlar bilan
oziqlanadilar.
Aksar parvoz qiluvchi baliqlar orqa tomoni bilan
parvozini amalga oshirishi mumkin.
Hozirgi paytda
25000 ga
yaqin baliq turi aniqlangan.
Olimlar fikri bо‘yicha, yana 15000 ga
yaqin baliq turini
aniqlash
lozim.
Baliqlarning
turlarini
xilma-xilligi
hayratlantiradi. [7]. Qanday qilib baliqlar suv ichida
harakatsiz uzoq vaqt bо‘lishi mumkin?
Buning uchun baliqlarda havo pufakchasi mavjud.
Pufakcha ichidagi havo
miqdorini о‘zgarishi natijasida baliqlar suv ichida harakatsiz uzoq vaqt bо‘l
ishi mumkin.
Lekin barcha baliqlarda xam
havo pufakchasi rivojlanmagan.
Masalan akulalar doimo
suvda harakatlanib yoki suv tubida harakatsiz qolishi kuzatiladi. Bundan tashqari aynan
akulalar skeleti tо‘liq tog‘aylardan iborat.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
04 (2025) / ISSN 2181-1415
69
Baliqlar odamlar, boshqa hayvonlar va
qushlar singari oqriqni sezishadi.
Suyakli baliqlarning eng yirigi bu- oy baliq.
Bu
baliqning
yuqori
suzgichidan
pastki
suzgichigacha bо‘lgan masofa
4,26 metrgacha bо‘lib,
vazni 2 tonna 235 kilogrammgacha deb hisoblanadi.
Urg‘ochisi juda serpusht bо‘lib 300 millionga yaqin
tuxum (ikra) qo‘yishi mumkin.
Dunyodagi eng tezkor baliq bu
–
xanjar-
baliqdir. Uning tezligi 130 va hattoki 140 km/s
bo‘lishi mumkin. Eng qiziqarlisi shundaki,
olimlar fikriga kо‘ra, bunday tuzilis
hga ega
bо‘lgan baliq 1700
-
2000 ot kuchiga ega bо‘lishi
mumkin, lekin shunga qaramasdan bu baliq
dunyodagi eng tezkor baliq bо‘lib qolmoqda
[8].
Xanjar-baliqlar suv osti kemalari va boshka kemalarga hujum qilishi bilan mashxur.
Kemalarning 2 smli tashqi q
obig‘ini yorib, unda 25 santimetr diametrdagi
teshiklarni hosil qilib kemaning chukishika cho‘kishiga sababchi bo‘lishi mumkin. Hozirda
sug‘urta korxonalari bunday noxush voqealarni xam inobatga olishmoqdalar.
Kouchingga o‘tish:
Bu ma’lumotlar juda qiziqa
rli, shunday emasmi? Endi tasavvur
qiling, siz bo‘lajak biologiya o‘qituvchisisiz. Ushbu qiziqarli, ammo keng qamrovli
“Baliqlar” mavzusini o‘quvchilarga qanday qilib samarali va qiziqarli tarzda yetkazgan
bo‘lardingiz? Bugungi mashg‘ulotimizning maqsadi a
ynan shu savolga javob topishda
sizning metodik yondashuvlaringizni rivojlantirishga ko‘maklashishdir. Biz kouching
metodidan va “Baliq idishi” texnikasidan foydalanib, har biringiz o‘zingiz uchun eng
muhim bo‘lgan metodik jihatni tanlab, uni rivojlantiris
hga va muhokama qilishga harakat
qilasiz.
2. Maqsad qo‘yish va rejalashtirish (Kouching sessiyasining boshlanishi)
Vazifa: “Baliqlar” mavzusini o‘qitish bilan bog‘liq metodik muammo yoki
rivojlantirishni istagan ko‘nikmani aniqlash (Mavzuga kirish,
moslashuvni tushuntirish,
sistematikani yetkazish, baholash usuli, differensial yondashuv, aktni qo‘llash va hokazo).
Kouch (O‘qituvchi) savollari (individual yoki kichik guruhlarga):
1.
“Baliqlar” mavzusini o‘tishda siz uchun eng qiyin yoki qiziqarli tuyu
ladigan
metodik jihat nima?
2.
Bugungi mashg‘ulot yakunida aynan qaysi aniq metodik natijaga
(mahsulotga) erishmoqchisiz? (Masalan, interfaol o‘yin ssenariysi, tushuntirish sxemasi,
test).
3.
Bu maqsadga erishish uchun qanday qadamlar qo‘yasiz?
4.
Qanday resurslar sizga yordam berishi mumkin? Ularni qayerdan topasiz?
5.
Keyingi bosqichda o‘z yondashuvingizni “Baliq idishi”da muhokama qilishga
nimalarni tayyorlaysiz?
3. Izlanish va amalga oshirish (Kouch tomonidan qo‘llab
-quvvatlanadigan mustaqil
ish)
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
04 (2025) / ISSN 2181-1415
70
Talabalar (yoki kichik guruhlar) o‘z maqsadlari yo‘nalishida ishlaydilar: kerakli
ma’lumotlarni topadilar, metodlarni izlaydilar, o‘z g‘oyalarini ishlab chiqadilar va
loyihalashtiradilar (dars fragmenti, topshiriq, taqdimot va hokazo). Bu bosqichda ular
keyingi “Baliq idishi” muhokamasi uchun o‘z metodik yechimlarini tayyorlaydilar.
Kouchning roli: jarayonni kuzatish, qiyinchilik tug‘ilganda yo‘naltiruvchi, ochiq
savollar
berish (“Bu g‘oyani Baliq idishida qanday taqdim etasiz?”, “Muhokamada qanday
savollarga javob berishga tayyor bo‘lishingiz kerak?”, “Tanlagan usulingizning kuchli va
zaif tomonlari nimalarda deb o‘ylaysiz?”). Maslahat berishdan tiyilish.
4. Refleksiya va
qayta aloqa: qo‘sh doirali kouchingda muhokama:
Tashkil etish: auditoriya markazida 4-
5 stuldan iborat ichki qator (“baliq idishi”)
tashkil etiladi. Qolgan talabalar bu doira atrofida tashqi qatorni hosil qilib o‘tiradilar. Bir
talaba yoki o‘qituvchi yo‘na
ltiruvchi (fasilitator) rolini oladi.
Jarayon:
Ichki qator
–
bahs-munozara qiladilar: 3-
qadamda o‘z metodik yechimlarini
tayyorlagan bir necha talaba (yoki guruh vakillari) ichki qatorga o‘tiradi. Ular o‘zlarining
“Baliqlar” mavzusini o‘qitishga oid metodik yondashuvlari (o‘yin, sxema, test, AKT
elementi va h.k.) haqida bahs-
munozara qiladilar. Ular o‘z tanlovlarini asoslaydilar, bir
-
birlarining g‘oyalariga fikr bildirishadi, ochiq savollar berishadi (“Nega aynan bu interfaol
metodni tanladingiz?”, “Bu usul
bilan sistematikani tushuntirishda qanday qiyinchiliklar
bo‘lishi mumkin?”). Kouching ruhida, ular bir
-birlarini tinglaydi va fikrlarini
rivojlantirishga harakat qiladi.
Tashqi qator
–
bahs-munozarani kuzatib, savollar berishlari mumkin: Tashqi
qatordagi talabalar ichki qatordagi muhokamani diqqat bilan kuzatadi va faol tinglaydi.
Ular o‘zlarida paydo bo‘lgan fikrlarni, kuzatuvlarni va savollarni yozib boradilar.
Belgilangan vaqtdan so‘ng (yoki yo‘naltiruvchi ruxsati bilan) tashqi qatordagilar ichki
qatord
agilarga o‘zlarining konstruktiv savollarini berishlari yoki kuzatuvlari bilan
o‘rtoqlashishlari mumkin. Bu ularning reflektiv fikrlash, tahlil qilish va savol berish
kompetensiyalarini rivojlantiradi. Ular ichki qatordagi muhokamani xolis baholaydi va
yan
gi qarashlar qo‘shadi.
Bahs-
munozarani yo‘naltiruvchi o‘qituvchi yoki talaba (Kouching uslubidagi
fasilitator): u muhokama mavzudan chetga chiqmasligini, ishtirokchilarning teng
huquqliligini va faolligini ta’minlaydi, bevosita bahsga qo‘shilmaydi, balki j
arayonni ochiq,
yo‘naltiruvchi savollar (“Bu metodning o‘quvchi uchun qanday foydasi bor deb o‘ylaysiz?”,
“Muhokamadan hozirgacha qanday asosiy xulosaga keldingiz?”, “Tashqi qatordagilarda
qanday savollar tug‘ilayotgan bo‘lishi mumkin?”) va qisqa mulohazal
ar bilan boshqaradi.
Uning asosiy vazifasi
–
faol tinglashni rag‘batlantirish, refleksiyaga undash va ijobiy,
konstruktiv muhit yaratishdir.
Refleksiya uchun kouch savollari (muhokama yakunida ham ichki, ham tashqi
qatorga):
1. Bu muhokama (yoki kuzatuv) s
izning dastlabki metodik g‘oyangizga qanday ta’sir
qildi?
2.
Jarayonda o‘zingiz va boshqalar haqida nimalarni angladingiz?
3.
Qaysi fikrlar/savollar siz uchun eng qimmatli bo‘ldi?
4. Bu tajriba kelajakdagi darslaringizni rejalashtirishga qanday yordam beradi?
5. Baholash (Kvalimetrik yondashuv asosida)
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
04 (2025) / ISSN 2181-1415
71
−
Baholash talabaning nafaqat individual ishiga (3-
qadam), balki “Baliq idishi”dagi
ishtirokiga ham qaratiladi:
−
ichki qatorda: fikrini aniq asoslay olish, boshqalarni tinglash, konstruktiv savol
berish, kouching ruhida muloqot qilish.
−
Tashqi qatorda: faol tinglash, diqqat bilan kuzatish, chuqur mulohazali va
konstruktiv savollar bera olish.
−
Umumiy: refleksiya qobiliyati (ham individual, ham muhokama bo‘yicha),
kommunikativ kompetensiyalar, hamkorlik va tanqidiy fikrlash.
Sifatli tavsiflar (“a’lo”, “yaxshi”, “qoniqarli”, “rivojlanish talab etiladi”) va individual
kouching qayta aloqasi qo‘llaniladi.
6. Xulosa va yakuniy fikrlar
Kouchingda muhokamani yakunlash, asosiy o‘rganilgan metodik jihatlar va kelgusi
rivojlanish yo‘nalishlarini umumlashtirish.
XULOSA
Qilib
aytganda,
kvalimetrik
baholash
talabalarning
kasbiy
metodik
kompetensiyalarining joriy holatini aniqlash uchun zarur
bo‘lgan obyektiv diagnostika
vositasi bo‘lsa, kouching metodi ushbu diagnostika natijalari asosida talabaning individual
rivojlanish trayektoriyasini qo‘llab
-quvvatlovchi va samaradorligini oshiruvchi pedagogik
texnologiya hisoblanadi. Biologiya metodikasi
yo‘nalishi talabalarining kasbiy
tayyorgarligini ta’minlashda ushbu ikki yondashuvning integratsiyasi ularning nafaqat
predmetga oid bilim va amaliy ko‘nikmalarini, balki metakognitiv qobiliyatlarini,
jumladan, o‘z
-
o‘zini tahlil qilish, mustaqil qaror qab
ul qilish va uzluksiz kasbiy
rivojlanishga intilish kabi muhim sifatlarini shakllantirishga xizmat qiladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
Tolipova, J.O., G‘ofurov, A.T. Biologiya o‘qitish metodikasi. –
Toshkent: Fan va
texnologiya, 2010.
–
230 b.
2. Whitmore, J. Coaching for Performance: The Principles and Practice of Coaching
and Leadership.
–
London: Nicholas Brealey Publishing, 2017.
–
320 p.
3.
Зимняя, И. А. Ключевые компетентности как результативно
-
целевая основа
компетентностного подхода в образовании. –
М.: Исследовательский центр проблем
качества подготовки специалистов, 2004. –
41 с.
4.
Парслоу, Э., Рэй, М. Коучинг в обучении: практические методы и техники. –
СПб.: Питер, 2003. –
256 с.
5.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi. Oliy ta’lim
muassasalarida kredit-modul tizimida talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tartibi
to‘g‘risidagi Nizom. –
Toshkent, 2021.
–
48 b.
6. Knight, J. The Impact Cycle: What Instructional Coaches Should Do to Foster
Powerful Improvements in Teaching.
–
Thousand Oaks, CA: Corwin, 2018.
–
270 p.
7.
Полат, Е. С. Новые педагогические и информационные технологии в системе
образования. –
М.: Академия, 2008. –
272 с.
8. National Research Council. A Framework for K-12 Science Education: Practices,
Crosscutting Concepts, and Core Ideas.
–
Washington, DC: National Academies Press, 2012.
–
400 p.
