Авторы

  • Билол Мухаммадиев
    Студент, Наманганский государственный университет

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol6-iss4/S-pp267-270

Ключевые слова:

Джадид Бехбуди "Ойна" "Самарканд" "Падаркуш" труппа "Туран" новометодная школа

Аннотация

В этой статье освещается жизненный путь Махмудходжи Бехбуди, основателя и отца джадидизма в Средней Азии, его заслуги перед народом, написанная им драма "Падаркуш" и другие аспекты его деятельности.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/socinov/index

Makhmudkhoja Bekhbudi

Bilol MUKHAMMADIEV

1

Namangan State University

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received March 2025
Received in revised form

15 April 2025

Accepted 25 April 2025

Available online

25 May 2025

This article illuminates the life journey of Makhmudkhoja

Bekhbudi, the founder and father of Central Asian Jadidism, his

contributions to the people, his written drama "Padarkush"
(Patricide), and other aspects of his work.

2181-

1415/©

2025 in Science LLC.

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol6-iss4/S-pp

267-270

This is an open access article under the Attribution 4.0 International

(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

Keywords:

Jadid Bekhbudiy,

"Oyna" (Mirror),

"Samarqand",

"Padarkush" (Patricide),
"Turon" troupe,

New Method school.

Mahmudxo‘ja Behbudiy

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar

:

Jadid Behbudiya,

“Oyna”,

“Samarqand”,

“Padarkush”,

“Turon” truppasi,

Yangi usul maktabi.

Ushbu

maqolada O‘rta Osiyo jadidchiligi asoschisi va otasi

Mahmudxo‘ja Behbudiyning hayot yo‘li, xalq uchun qilgan
xizmatlari, yozgan “Padarkush” dramasi, va boshqalar yoritiladi

.

Махмудходжа Бехбудий

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

Джадид Бехбуди,

"Ойна",

"Самарканд",

"Падаркуш",

труппа "Туран",
новометодная школа

.

В

этой

статье

освещается

жизненный

путь

Махмудходжи

Бехбуди, основателя и отца джадидизма в

Средней Азии, его заслуги перед народом, написанная им
драма "Падаркуш" и другие аспекты его деятельности.

1

Student, Namangan State University. E-mail: bilolmuhammadiyev5@gmail.com


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

04 (2025) / ISSN 2181-1415

268

XIX asr oxiri XX asr boshlarida yurtimizdagi og‘ir iqtisodiy, siyosiy, madaniy

holatlar, xalqni ilg‘or ziyoli qismi tomonidan xavotirga soldi. Ular xalqni o‘zligini
yo‘qotayotgani, zalolatga tushayotganini ko‘rib, buni oldi olinmasa og‘ir oqibatlarga olib
kelishini yaxshi bilar edilar. Shuning uchun jadidlar tomonidan, xususan Mahmudxo‘ja

Behbudiy tomonidan yan

gi maktablar, darsliklar tayyorlab, ommani uyg‘otishga harakat

qildilar.

Mahmudxo‘ja Behbudiy 1875 –

yilning 19-yanvarida Samarqand yaqinida

Baxshitepa qishlog‘ida diniy olim oilasida dunyoga kelgan. Behbudiyning otasi
Behbudxo‘ja Solihxo‘ja o‘g‘li turkist

onlik, Ahmad Yassaviyning avlodi, ona tomondan

bobosi Noyozxo‘ja Urganchlik bo‘lib, amir Shohmurod hukmronlik qilgan davirda ko‘chib
kelgan. Mahmudxo‘ja Behbudiy 6

-

7 yoshida tog‘asi Muhammad Siddiq huzurida o‘qib

savod chiqardi, otasi Behbudxo‘jadan esa Qur’ondan saboq olib, qisqa muddatda qorilik
martabasiga ko‘tarildi. 15 yoshga kirganda yana bir tog‘asi Mulla Odil mudarrislik qilgan

madrasada tahsilni davom ettiradi va arab tili grammatikasi, aqida va shariat qonunlari

bo‘yicha bilimlarni kengaytirdi.

1893-yili onasi, 1894

yili esa otasi vafot etdi. Otasi vafotidan biroz avval uylangan

Behbudiy to‘rt o‘g‘il, bir qiz ko‘rgan. Behbudiy dastlab Samarqand madrasasida, keyinroq

Buxoro madrasalaridan birida tahsil olgan. Buxoroda mullalar bilan kelisha olmagani
bois Samarqandga qaytib kelgan.

18 yoshga yetganda Behbudiy madrasa ta’limini tugatadi va Samarqand viloyati

Chashmaob (Chashmai ob) volostida qozilik qilgan tog‘asi Muhammad Siddiq qo‘l ostida
mirzalik lavozimida ishlay boshladi. Tog‘asi huzurida ikki

yillik faoliyat, qozilikdan

bo‘shagandan keyin Kobud volosti qozisi Mulla Zubayir Yaxshiboy o‘g‘li qo‘lida mirzalik
ishini davom ettirishi uning dunyoqarash va kelajak faoliyatida katta o‘zgarish yasaydi. U
shariat qonunlarini puxta o‘zlashtiradi va muft

i lavozimini egallaydi. 1916-yilgacha

muftilik faoliyati bilan muntazam shug‘ullanadi. Bu orada qisqa vaqt qozi vazifasini ham
bajargan, ammo ma’rifatparvarlik bilan shug‘ullanish katta mehnat va mablag‘ talab

qilgani bois Behbudiy qozilikdan voz kechib, muftilikning yonida tijorat bilan

shug‘ullanishga majbur bo‘lgan.[ 2. –

B 7

11 ].

1899

1900-

yillari Buxorolik do‘sti Hoji Baqo bilan haj safariga bo‘lgan.

Behbudiyni sakkiz oylik safari beiz ketmadi. Bir tomondan, jadid gazetalari va ikkinchi
tomondan,

Kavkaz, Turkiya va Misirda ko‘rgan o‘quv muassasalari ta’sirida u 1903

-yili

Samarqand atrofidagi Halvoyi va Rajab amin qishloqlarga borib, o‘sha yerlik ma’rifat ahli
bilan hamkorlikda usili jadida maktablarini ochdi va ular uchun “Risolai asbobi savod”

(

1904), “Risolai jug‘rofiyai Rusiy” ( 1905), “ Kitob at ul

-

atfol” (1908), “ Amolyoti islom”

(1908) va “ Tarixi islom” (1909) singari kitoblarni yaratgan.

Behbudiy siyosiy-ijtimoiy qarashlarining shakllanishida sayohat, ayniqsa, katta rol

o‘ynadi. U 1903 –

1904-

yillarda Moskva va Peterburgda bo‘ldi, 1906 –

yili Qozon, Ufa,

Nijniy Novgorodga bordi. 1914

yili esa ikkinchi marotaba arab mamlakatlariga sayohat

qildi. Agar bu safarning bir qismi Nijniy Novgorodda 1906

yil 23

avgust kuni ochilgan

Rossiya musu

lmonlari qurultoyi, Nijniy Novgorod yarmarkasi paytida bo‘lib o‘tgan milliy

ishlariga doir majlis tufayli amalga oshgan, binobarin, uning ijtimoiy faoliyati bilan

bog‘liq bo‘lgan bo‘lsa, ikkinchi bevosita ma’lum maqsad bilan qilingan sayohatlaridir.

Ularning har ikkisi ham Behbudiy ijtimoiy qarashlarning shakllanishida chuqur iz
qoldirgani shubhasiz[ 5.

B 68].


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

04 (2025) / ISSN 2181-1415

269

Bu davrda taraqqiyparvarlar tomonidan turli gazeta va jurnallar nashr etildi.

Jumladan, Mahmudxo‘ja Behbudiy tomonidan nashriyot ishlari jadal olib

borildi.

“Nashriyoti Behbudiya” deb atalgan xususiy nashriyot, Buxoro, Qo‘qon, Namangan,
Toshkent, Andijon va Samarqandda kitob do‘konlarini tashkil qildi. Samarqandning
“yangi” shahar qismida “Behbudiya” kutubxonasini ochdi. Bu kutubxonada kitob o‘qish

b

ilan birga Istanbul, Misr, Beyrut, Qozon, Bog‘chasaroy, Boku, Orenburg, Eron, Hindiston,

Afg‘oniston, Peterburg va Turkistonda chop etilgan kitoblarni sotib olish imkoniyati ham

mavjud edi.[ 3.

B 339].

Xalq zamon va dunyo voqealari bilan tanishib bormoq, millat va Vatanning

ahvolidan, kundalik hayotdan ogoh bo‘lmoq kerak edi. Binobarin, millat uchun shunday
oyna kerak ediki, unda o‘z qabohatini ham malohatini ham ko‘ra olsin. Mazkur ehtiyoj va
zarurat Behbudiyni teatr sari boshladi. “Padarkush” shu tariqa

maydonga keldi. Biroq uni

dunyo ko‘rishi oson kechmadi. Bunga sabab: birinchidan, chor hukumati mustamlaka
Turkistoni ma’rifat yo‘liga kirib, o‘z huquqlarini tanishdan manfaatdor emas edi; 1916

-

yildagi Turkiston general

gubernatori N.R. Kuropatkinning o

‘z kundaligiga yozgan “ Biz

tubjoy xalqni taraqqiyotidan, maktabdan, rus hayotidan 50 yil chetda tutdik” degan
so‘zlarini eslash kifoya. Ikkinchidan, turg‘unlik va tutqunlik tufayli avj olgan jaholat,

mutaassiblik. Xullas 1911

yilda yozilgan “Padarkush”

dramasi 1913

yilda gina bosilib

chiqildi. “ Padarkush” bosilib chiqqandan keyin ham uni sahnaga qo‘yish uchun bir yilga
yaqin vaqt ketdi. Muallif bu haqidagi xatlarga javoban kinoyaomuz: “Turkistonda bekor
odam yo‘qki, xalq uchun ishlasa. Bekor kishi yo‘

qki, teatr sahnasiga chiqib masxarabozlik

qilsa”, deb yozgan.

“Padarkush” o‘zbek dramachiligining hamma yakdil e’tirof etgan birinchi

namunasidir. Mutaxassislar uni ham janr, ham mazmuniga ko‘ra yangi o‘zbek adabiyotini

boshlab bergan bir asar sifatida bah

olaydilar. Behbudiy “ Milliy fojia” deb atagan, 3 parda,

4 manzarali ushbu drama hajman juda ixcham, mazmuni nihoyatda sodda va jo‘n. U
jaholat va nodonlik, o‘qimagan bolaning buzuq yo‘llarga kirib, o‘z otasini o‘ldirgani

haqida hikoya qiladi.

“Padarkush”

dastlab Samarqandda 1914-yilning 15-

yanvarida sahnaga qo‘yildi.

O‘sha davr mahalliy matbuotlardan biri shunday yozadi: “Xalq nihoyatda ko‘p kelib, bilet
yetmagani va joyni yo‘qligi uchun uch –

to‘rt yuz kishi qaytib ketdi”. Drama Toshkentda

1914-yil 27-fe

vralida qo‘yildi. Abdulla Avloniyning “Turon” truppasi Kolizeyda o‘z

faoliyatini mana shu “ Padarkush” bilan boshlagan. “Turon” truppasi 1914 –

1916-

yillarda bu spektakl bilan butun Farg‘ona vodiysini aylanib chiqqan.

1913-

yildan Behbudiy tomonidan “ Samarqand” gazetasi chiqarildi. Gazeta turkiy

va forsiy tillarda, haftada ikki marta, dastlab ikki, so‘ngra to‘rt sahifada chop etilgan. 45 ta
sondan keyin moddiy tanqislik tufayli chiqishi to‘xtagan.[ 4. –

B 220 -222].

Behbudiy 1913-

yildan “Oyna” jurnalini ham chop eta boshlagan. “ Oyna” o‘lkada

o‘zbek tilida chiqqan birinchi jurnal edi. U xalq orasida ancha mashhur bo‘lgan. Boshida

haftada bir, 1914-

yildan esa har o‘n besh kunda chiqqan. Jurnal 2 yil davomida 68 ta son (

jami 1720 bet) dunyo yuzini ko‘rib,

1915-yil 15-

iyunida nashr qilinishi to‘xtagan.[1. –

B

291].

Jurnalda o‘zbek, forsiy tillarda qisqa she’rlar, e’lonlar, o‘zgarishlar yozib borilgan.

Mahmudxo‘ja Behbudiy 1919

-

yilda Shahrisabzda bo‘lgan paytida ayg‘oqchilar tomonidan

o‘zi va hamrohlari qo‘lga olinib, Qarshiga olib kelinadi. Ikki oy zindonda o‘tirgan

dan


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

04 (2025) / ISSN 2181-1415

270

so‘ng, zindon yonidagi “podsholik chorbog‘ida” Nuriddinxo‘ja Og‘aliq Ahmadxo‘ja o‘g‘li
tomonidan o‘ldirilgan.

Xulosa qilib aytganda, Behbudiy bu davr O‘zbekiston tarixidagi eng buyuk

shaxslardan edi. Xalqni g‘aflat uyqusidan uyg‘otish, milliy g‘urur, an’ana va o‘zlikni

anglash kabi xislatlarini kuchaytirish maqsadida juda katta ishlarni amalga oshirdi. Xalq
savodi

ni oshirish uchun o‘z mablag‘i hisobidan kutubxona, maktab, darslik, gazeta va

jurnallar nashr qildi. Xalq uyg‘onmasa qanday oqibatlarga olib kelishini teatrda
“Padarkush” dramasi bilan ko‘rsatib berdi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YHATI:

1.

R.Shamsutdin

ov, Sh. Karimov, O‘. Ubaydullayev Vatan tarixi 2

-Toshkent:

Sharq- nashiryot matbaa aksiyadorlik kompanyasi bosh tahriryati, 2010. 368 b.

2.

Z. Abdurashidov. Jadidlar. Mahmudxo‘ja Behbudiy,

- Toshkent: Yoshlar

nashiryoti uyi. 2022. 156 b.

3.

А.Асқаров. Узбекистон тарихи. (Энг қадимги даврлардан бугунги

кунгача).

-

Т.: “Маънавият”. 2022, 456 b.

4.

Б. Косимов. Миллий уйгониш: жасорат, ма’рифат, фидойилик. –

Тошкент: “ Манавият”, 2002. 400 b.

5.

Р. Шарипов. Туркистон Жадидчилик харакати тарихидан.

-

Тощкент:

“Укитувчи”

- 2002. 176 b.

Библиографические ссылки

R.Shamsutdinov, Sh. Karimov, O‘. Ubaydullayev Vatan tarixi 2 -Toshkent: Sharq- nashiryot matbaa aksiyadorlik kompanyasi bosh tahriryati, 2010. 368 b.

Z. Abdurashidov. Jadidlar. Mahmudxo‘ja Behbudiy, - Toshkent: Yoshlar nashiryoti uyi. 2022. 156 b.

А.Асқаров. Узбекистон тарихи. (Энг қадимги даврлардан бугунги кунгача). -Т.: “Маънавият”. 2022, 456 b.

Б. Косимов. Миллий уйгониш: жасорат, ма’рифат, фидойилик. – Тошкент: “ Манавият”, 2002. 400 b.

Р. Шарипов. Туркистон Жадидчилик харакати тарихидан. - Тощкент: “Укитувчи”- 2002. 176 b.