Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
General legal description of groundwater
Oybek OTAMIRZAEV
1
Tashkent State University of Law
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received March 2025
Received in revised form
15 April 2025
Accepted 25 April 2025
Available online
25 May 2025
Today, there is a need for legal regulation of groundwater.
Pollution of groundwater, its unsuitability for consumption, is a
result of natural and human activities, which leads to
environmental threats. Regulating the relations connected to it
is a modern requirement.
2181-
1415/©
2025 in Science LLC.
https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol6-iss4/S-pp
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
hydrogeology,
rational use,
fresh water,
spring, subsoil,
water basin.
Yer osti suvlarini umumiy yuridik tavsifi
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
gidrogeologiya,
oqilona foydalanish,
chuchuk suv,
buloq,
yer qa’ri,
suv havzasi.
Bugungi kunda yer osti suvlarini huquqiy tartibga solish
zarurati yuzaga keldi. Yer osti suvlarining ifloslanishi, ularning
iste’molga yaroqsiz bo‘lishi, tabiiy va
inson faoliyatining natijasi
bo‘lib, bu ekologik tahdidlarga olib keladi. U bilan bog`liq
munosabatlarni tartibga solish bugungi kunning davr talabidir.
Общая правовая характеристика подземных вод
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
гидрогеология,
рациональное
использование,
пресная вода,
родник,
недра,
В
настоящее
время
возникла
необходимость
правового регулирования подземных вод. Загрязнение
подземных вод, их непригодность для потребления
являются результатом как природных процессов, так и
человеческой
деятельности,
что
приводит
к
экологическим угрозам.
Регулирование отношений,
1
Teacher, Department of Environmental Law, Tashkent State University of Law.
E-mail: otamirzaev2107@gmail.com
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
04 (2025) / ISSN 2181-1415
89
водный бассейн.
связанных с этим вопросом, является требованием
современности
KIRISH
Dunyo hamjamiyati oldida tabiat resurslaridan oqilona foydalanish va ularni
muhofaza qilishda qat’iy tartiblar belgilash va nazoratni kuchaytirish vazifalari asosiy
o‘rin tutmoqda.
Tabiat resurslarini bir shakli sifatida yer osti suvlarini muhofazasi
alohi
da o‘rin tutadi. Chunki, mamlakatimizda aholini toza ichimlik suvi ta’minotida yer
osti suvlarining ulushi 67%ini tashkil etishini o‘zi ham bu sohani dolzarbligidan dalolat
bermoqda[1]. Ichimlik suviga bo‘lgan ehtiyojning ortayotganligi, yer osti suvlarini
ng
asosan yerlarni sug‘orish va boshqa maqsadlarda olinishi natijasida yer osti suvlari
sathining ko‘p yillik o‘rtacha sathdan pasayib ketish holatlari kuzatilmoqda. Bu esa
jamoatchilik vakillari, fuqarolar va davlat organlarni tashvishga solmoqda. Bu sohani
tartibga solish alohida e’tibor talab etmoqda. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Atrof
muhit bo‘yicha dasturi(UNEP) tomonidan berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, dunyoda
ichimlikka yaroqli suvlarni 90 foizini yer osti suvlari tashkil etadi[2].
Yuqorida belg
ilanganidek, O‘zbekiston Respublikasida ichimlik suvi iste’molining
67 foizi yer osti suvlaridan olinsa, boshqa davlatlarda bu statistika turlicha AQSHda 38
foizi yoki Afrika qit’asi davlatlarida 70
-80 foizgachanini tashkil etadi[3]. Barqaror
rivojlanish maqsadlari(SDG) qatorida 6-maqsad sifatida
“Toza suvi va uni boshqaruvi
hamda sanitariya”
deb nomlanib, unda suv bilan bog‘liq qiyinchilikda yashayotgan dunyo
ahosi soni 2,4 mlrdni tashkil etadi[4]. Bu esa yer osti suvlari bilan bog‘
liqlik va uni
muhimlik darajasini oshiradi.
Insoniyat yer osti suvlaridan foydalanishni “Bronza” davridan boshlab,
foydalanishni boshlagan[5]. Qadimgi Yunoniston sivilizatsiya markazlarida ham
foydalanilganlik holatlarini aniqlangan.
Hozirgi vaqtda suv resurslarini boshqarish, undan foydalanish va muhofaza qilish
sohasidagi ijtimoiy munosabatlar 10 ga yaqin qonun hujjatlari, shuningdek, 20 tadan
ortiq qonunosti hujjatlari bilan tartibga solinadi[6].
Bugungi kunda yer osti suv resurslarini muhofaza qilish borasida davlat va jamoat
nazorati kuchaytirilayotgani, ularning miqdoriy kamayib ketishi va ifloslanishining oldini
olish bo‘yicha choralar ko‘rilayotgani ko‘zga tashlanmoqda. Fuqarolar o‘rtasida suvdan
oqilona foydalanish madaniyatini oshirish borasida k
eng targ‘ibot ishlari olib
borilmoqda. Bizning vazifalar pirovardida aholini uzoq muddatda sifatli ichimlik suvi
bilan ta’minlashdan iborat.
Mamlakatimizda qidiruv izlanishlar natijasida, 97 a yer osti suv konlari topilib,
sutkasiga 63,9mln.m
3
ni tashkil et
adi. Yer osti suvlari bilan ta’minlash yo‘li bilan 69 ta
shahar, 335 ta posyolka va 2902 ta qishloq aholi punktlari aholisi ehtijoylarini
qondirmoqda. Hozirda 50839 ta quduq foydalanilib, ularni 43 foizi maishiy ehtiyojlar, 35
foizi qishloq xo‘jaligi, 10 f
oizi ishlab chiqarish va texnik maqsadlarda va 2,8 foizi
yaylovlarni sug‘orish uchun ishlatilmoqda[7].
ILMIY USULLAR
Californiya universiteti olimlari Rittel va Webberlar yer osti suvlari haqida “yer
osti suvlari ham ijtimoiy, ham iqtisodiy, ham ekologik m
asalalar bilan bog‘liqligi hamda
bu sohadagi bilim va axborotlarni cheklanganligi sohadani tartibga solishda va uni
muhofazasida qator to‘sqinliklarga olib kelishi” ta’kidlangan[8].
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
04 (2025) / ISSN 2181-1415
90
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 68
-
moddasida “Yer, yer osti
boyliklari, suv, o‘simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy resurslar umummilliy
boylikdir, ulardan oqilona foydalanish zarur va ular davlat muhofazasidadir” deb belgilab
qo‘yilgan. Bu esa tabiiy resurslarni muhofazasida alohida o‘rin tutadi va davla
t siyosatini
belgilab beradi.
O‘zbekiston Respublikasining “Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida”gi qonunni 4
-
moddasi bilan yer osti suv obyektlari umumiy tartibda davlat suv fondi tarkibiga kirishi
belgilab berilgan.
“Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida”gi qonunni suv bilan bog‘liq munosabatlarni
tartibga solishda asosiy normativ huquqiy hujjat bo‘lib hisoblanadi. Ushbu qonunning 2
1
-
moddasida
yer osti suvlari
tushunchasiga quyidagicha ta’rif berilgan: “
yer osti suvlari
—
yer sathidan pastda yer qobig‘ining tog‘ jinslari qatlamlarida joylashgan suvlar”.
Bizning fikrimizcha, ushbu ta’rif orqali qisqa va lo‘nda qilib tushunchasi yorishga harakat
qilingan, biroq davlatimizning barcha yerlari ham yer bilan qoplanmagan, suv bilan
qoplangan suv toifaga tegishli yerlarda suv tubi sathidan quyida joylashgan suvlar ham
yer osti suvlari sanaladi.
Belarus Respublikasi Yer qa’ri kodeksida yer osti suvlariga shunday ta’rif berilgan:
yer osti suvlari
–
sun’iy ravishda yaratilgan yer osti suv havzalari bundan mustasno,
yer
qobig‘ining qatlamlarida yer yuzasi ostida joylashgan tabiiy suvlar.
Yer osti suvlariga qonunda quyidagicha ta’sif berish maqsadga muvofiq deb
hisoblanadi: “
yer osti suvlari
—
yer sathidan pastda,
suvlik hududlarda suv tubidan
quyida
yer qobig‘ining tog‘ jinslari qatlamlarida joylashgan suvlar, sun’iy yaratilgan suv
havzalari bundan mustasno”.
Ta’bir joizku, ta’rifni mukammal bo‘lishi –
huquqiy tartibga solish muammolarini
bartaraf etishga, huquqiy noaniqlik va huquqiy nizolarni hal qilish imkonini beradigan
huquqiy texnikaning samarali vositasi bo‘lib xizmat qiladi.
MUHOKAMA
Yer osti suvlarni o‘rganuvchi, tadqiq etuvchi fan –
Gidrogeologiya
fanidir. Belarus
olimi Y.A.Gledkoning fikricha,
gidrogeologiya
–
yer osti suvlari sayyoralarini: ularning
yer qobig‘ida tarqalish qonuniyatlarini, paydo bo‘lish va harakatlanish sharoitlarini,
xossalari va tarkibini, tog‘ jinslari bilan o‘zaro ta’sirini, shuningdek ulardan iqtisodiy
foydalanish sharoitlari va imkoniy
atlarini o‘rganadigan fan deb ta’rif berilgan[9].
Umuman olganda
Gidrogeologiya so‘zi “
gidro”
-
suv, “geo”
-
yer, “logos”
-
fan, ta’limot, ya’ni
yer osti suvlari to‘g‘risidagi fan bo‘lib, yer qobig‘i qatlam jinslari kovaklaridagi,
yoriqlaridagi, turli shakl va k
attalikdagi karst bo‘shliqlaridagi yer osti suvlarining paydo
bo‘lishi, o‘zgarib turishi, yotish, joylashish holatlarini, xarakat qilish, sarflanish
qonuniyatlarini, kimyoviy tarkibini, fizik xossa va xususiyatlarini, xalq xo‘jaligida
foydalanish yo‘llarini o‘rganadi. Gidrogeologik tadqiqotlarning dolzarbligi va zaruriyati,
yer osti suvlarining ichimlik suvi manbai sifatida, butun dunyoda strategik ahamiyatga
ega ekanligi yetakchi ilmiy markaz mutaxassislari tomonidan e’tirof etilgan. Suv
resurslarining tal
abga mos zaxiralarining hosil boʻlish qonuniyatlarini aniqlash va izlab
topish, ulardan oqilona foydalanishning samarali va ilmiy asoslangan usullarini ishlab
chiqish muhim ahamiyat kasb etadi. Bu esa koʻpchilik davlatlarda ichimlik suvi tanqis
boʻlgan aholi punktlari va sanoat korxonalarining suvga bo‘lgan talabini qondirishga
xizmat qiladi. Bugungi kunda jahon miqyosida gidrogeologik tizimlar rivojlanishini
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
04 (2025) / ISSN 2181-1415
91
oʻrganishning uslubiy asoslarini takomillashtirish va suv resurslari istiqbolini baholash
boʻyicha
keng doirada ishlar amalga oshirilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 2024
-yilgi Birlashgan Millatlar Tashkilotiga
nutqida suv masalalariga alohida to‘xtalib,
“muzliklar 1/3 qismga kamayganligi,
Amudaryo va Sirdaryo suvlari 15%ga, aholi jon boshiga
suv bilan ta’minlash
darajasi 25%ga, qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi 40%ga kamayishi
kutilmoqda”
deb qilingan nutqlari bu sohani tartibga solishda muhim dasturilamal
bo‘lib xizmat qilmoqda.
Rossiya Federatsiyasiyasining “Yer qa’ri to‘g‘risida”gi qo
nun bilan yer osti suvlari
to‘laqonli muhofaza etilishi belgilab o‘tilgan bo‘lsa, biroq O‘zbekiston Respublikasining
“Yer qa’ri to‘g‘risida”gi qonuni 1
-moddasi bilan sanoat ahamiyatiga molik yer osti
suvlariga tatbiq etilishi belgilangan, ya’ni “Ushbu Qonunning amal qilishi yer qa’ridan
foydalanishda yuzaga keladigan, yer, suv (bundan sanoat ahamiyatiga molik yer osti
suvlari mustasno), o‘simlik va hayvonot dunyosidan, atmosfera havosidan foydalanish
hamda ularni muhofaza qilish bilan bog‘liq bo‘lgan munos
abatlarga nisbatan tatbiq
etilmaydi”. Har qanday yer osti suvlari tabiat boyliklari qatoriga kiritilishi, ularni
muhofazasi boshqa yer osti boyliklaridan kam bo‘lmasligi darkor. Yer osti suvlari
ichimlik suvi bilan ta’minlashda tutgan o‘rni va ahamiyati ji
hatdan boshqa yer boyliklari
qatorida alohida muhofazaga olinishi zarur.
Yer osti suvlarini tasniflash masalasi ham qator tushunmovchiliklar mavjud.
Golland olimi Van der Aaning ta’kidlashicha, yer osti suvlari ichimlik, mineral va energiya
manbalari sifatida tasniflanishi belgilangan[10]. Xususan, suvlarni xususiyati foydalanish
maqsadiga ko‘ra turlangan.
O‘zbekiston Respublikasining “Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida”gi qonunni
21-moddasi 9-
xatboshisiga binoan “Suv obyektlari suvdan
foydalanuvchilarga suv
iste’molchilarining qishloq xo‘jaligi, ichimlik, davolash va maishiy ehtiyojlarini, aholining
kurort, rekreatsiya va o‘zga ehtiyojlarini, sanoat, energetika, transport, baliqchilik
xo‘jaligi hamda boshqa davlat yoki jamoat ehtiyojlar
ini qondirish uchun qonunchilikda
nazarda tutilgan talablar va shartlarga rioya qilingan holda foydalanishga beriladi”.
Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining “Yer osti suvlaridan foydalanishga oid ruxsat
etuvchi hujjatlarni berish tartibini yanada takomillashtirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida”
qarori[11] bilan Suv olish inshootlarini turiga qarab burg‘i qudug‘i(artezan), quduq,
galereya, buloq va boshqalarga bo‘lingan. Ularni har biri turi, xususiyati va maqsadi
jihatdan bir-biridan farqlanadi.
Yer osti suvl
ari bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solishda maxsus vakolatli
davlat organi sifatida O‘zbekiston Respublikasi Tog‘
-kon sanoati va geologiya vazirligi
etib belgilangan[12]. Yer osti suvlari bilan bog‘liq munosabatlarni nazorat qilish va
ishlarni amalg
a oshirilishi ta’minlaydi. Yer osti suvlarini nazorat qiluvchi davlat
organlarini belgilashda chet davlatlarda turli xildagi qarashlar mavjud. Birinchidan, yer
usti suvlari va yer osti suvlarini nazoratini amalga oshirishni bir davlat organi tomonidan
nazorati amalga oshirilishi(masalan, Rossiya Federatsiyasi)[13]; Ikkinchidan, yer usti
suvlari va yer osti suvlarni nazoratni ajratish va yer osti suvlari nazoratini tog‘
-kon
masalalarini
muvofiqlashtiruvchi
organga
berish(misol
uchun,
Qozog‘iston
Respublikasi
)[14]. O‘zbekiston Respublikasi 2
-
shaklni tanlagan, mantiqiy jihatdan tog‘ri
deb hisoblaymiz. Yer osti suvlari monitoring, uni kadastr, o‘lchash, hisobini yuritish,
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
04 (2025) / ISSN 2181-1415
92
tadqiq etish masalalari foydali qazilmalarni yoki yer osti boyliklarini munosabatlariga
yaq
in ekanligini ko‘rishimiz mumkin.
Gidrogeologiya bo‘yicha professor Dongriol Ryu va uning hamkasbi Ki
-Von
tomonidan olib borilgan izlanishlarga ko‘ra, global isish tuproq, ko‘llar, daryolar va qor
qoplamidagi suv miqdorini keskin kamaytirmoqda. Bu esa qish
loq xo‘jaligi, ichimlik suv
ta’minoti va dengiz sathining ko‘tarilishi kabi jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Olimlarning ta’kidlashicha, so‘nggi 20 yil ichida Yerning tuproq namligi 2000
gigatonnaga kamaygan. Bu miqdor 2002-2006 yillarda Grenlandiya muzliklarining
yo‘qotgan suv miqdoridan ikki barobar ko‘pdir[15]. Shuningdek, ilgari har o‘n yilda bir
marta kuzatiladigan kuchli qurg‘oqchiliklar hozirda tezlashmoqda. Dunyo okeanining
sathi ko‘tarilishi va Yerning qutblaridagi geografik o‘zgarishlar ham
aynan shu holatga
bog‘liq.
Xitoy professori Zhangning bu jarayonning xavfli oqibatlariga alohida e’tibor
qaratishni zarur deb hisoblaydi. Uning fikricha, qurg‘oqchilikdan keyin tabiiy suv
manbalari tiklanmaydi, chunki tuproqning suvni ushlab turish qobiliyati kamaygan[16].
Shunday ekan, agar kelajakda odamlar suv resurslaridan foydalanish usullarini tubdan
o‘zgartirmasa, vaziyat yanada yomonlashishi mumkin.
Bundan avvalgi xabarlarga ko‘ra, agar muzliklarning hozirgi erish sur’ati davom
etsa, XXI asr oxirig
a kelib ular ko‘plab mintaqalarda umuman yo‘qolishi mumkin. BMT
ma’lumotlariga ko‘ra, muzliklar dunyodagi chuchuk suv zaxiralarining taxminan 70
foizini tashkil etadi. Ular barqaror iqlim sharoitida deyarli erimaydi, ammo inson faoliyati
tufayli yuzaga kelgan global isish ularning tez erishini keltirib chiqarmoqda.
Milliy qonunchiligimizga ko‘ra, yer osti suvlaridan foydalanish
umumiy va
maxsus
usullar orqali amalga oshiriladi. Umumiy foydalanish shartlariga muvofiq,
jismoniy shaxslar tomonidan chuqurligi 2
5 (yigirma besh) metrgacha bo‘lgan
quduqlardan sutkasiga 5 (besh) kub metr hajmdagi yer osti suvlaridan umumiy
foydalanilganda maxsus foydalanish sifatida ruxsatnoma olish talab etilmaydi. Bunda
olingan suvdan fuqarolar o‘z ehtiyojlari uchun foydalanishlar
i mumkin. Agarda sutkasiga
ishlatiladigan miqdor 5 kub metrdan oshgan taqdirda, belgilangan tartibda ruxsatnoma
olishlari lozim bo‘ladi, yoki quduq chuqurligi 25 metrdan oshgan taqdirda ruxsatnoma
asosida faoliyat yuritishi zarur. Ushbu holatda umumiy foydalanish sifatida talqin etiladi.
Ushbu miqdor turli davlatlarda turlicha belgilangan. Masalan,
Qozog‘iston
Respublikasida
yer osti suvlaridan quduq orqali foydalanilganda[17], sutkasiga 50 kub
metrdan oshmagan holda chuqurligi 20 metrdan ortiq bo‘lmasligi keltirilgan bo‘lsa,
Rossiya Federatsiyasida
sutkasiga 100 kub metr ko‘p bo‘lmagan, chuqurligi 5 metrdan
ortiq bo‘lmasligi
belgilangan[18].
Hindiston poytaxti Dehli
shahrida esa bir oylik suv
foydalanish miqdori etib, 20 (yigirma) kub metr yoki 20 ming litr etib belgilangan[19]. Bu
belgilangan miqdorlar belgilashda albatta yer osti suvlariga salbiy ta’sir ko‘rsatmaslik
darajasi, uni zahiralarini muhofaza qilish, kelgusi avlod uchun asrash maqsadida
cheklovlar belgilangan.
NATIJA
Bugungi kunda qishloq xo‘jaligida zamonaviy suv tejovchi texnologiyalar,
tomchilatib sug‘orish amaliyotni joriy etish va bu yo‘lda imtiyozli kreditlar
ajratilmoqda,
shuningdek suvsizlikka chidamli navlarni yaratish yo‘lida qator ijobiy harakatlar amalga
oshirilmoqda. Biroq, ba’zi holatlarda qishloq xo‘jaligi ekinlarini o‘z vaqtida suv bilan
ta’minlay olmaslik holatlari va buni natijasida uzoq qilingan m
ehnat va harajatlar tufayli
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
04 (2025) / ISSN 2181-1415
93
yer egalari, yerdan foydalanuvchilari va yer ijarachilari og‘ir vaziyatga tushib[20], sohaga
nisbatan ishonchsizlik ruhi shakllanishiga xizmat qilmoqda. Bizningcha, bu holatni oldini
olishda Yer kodeksining 39-modda(Yer egasi, yerdan foydalanuvchi, ijarachi va yer
uchastkasi mulkdorining huquqlari)siga 11-band sifatida
“yer uchastkasida suv
qonunchiligi normalariga rioya etgan holda, suv olish inshootlarini barpo etish”
kiritilishi lozim. Bu ularni huquqlarini himoya qilishda va
hosildorligini ko‘zlangan
natijaga etishishda muhim qadam bo‘ladi.
“Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida”gi qonunni bilan tanishib chiqish davomida
va 2
1
-
moddasidagi tushunchalarga e’tibor qaratadigan bo‘lsak,
suv havzalari
tushunchasiga ta’rifni uchratmaysiz. Ushbu moddada suv obyektlariga berilgan ta’rifga
qaraydigan bo‘lsak, “
suv obyekti
—
suvlar doimiy ravishda yoki vaqtincha to‘planadigan
va suv rejimining o‘ziga xos shakllari va belgilari bo‘lgan tabiiy (jilg‘alar, soylar, daryolar
va boshqalar) hamd
a sun’iy (ochiq va yopiq kanallar, shuningdek kollektor
-drenaj
tarmoqlari) suv oqimlari, tabiiy (ko‘llar, dengizlar, yer osti suvli qatlamlari) va sun’iy (suv
omborlari, sel suvlari to‘planadigan joylar, hovuzlar va boshqalar) suv havzalari,
shuningdek bul
oqlar va boshqa obyektlar” etib belgilangan. Biroq, suv obyektini aniq
belgilash uchun suv havzalari to‘laqonli va batafsil mulohaza zarur. Agar ta’rifdagi suv
havzalariga e’tibor qaratadigan bo‘lsak,
sun’iy suv havzalari
haqida fikr ketgan, unda
tabiiy suv havzalari
haqida ham to‘xtalish lozim.
Bunda tashqari,
yer osti suv havzalari
degan tushunchani ham qonunchiligimizga kiritishimiz darkor.
Kelgusi yillarda
qurg‘oqchilik bilan bog‘liq holatlar ko‘paygan sari rivojlangan davlatlarning suvdan
oqilona foyda
lanish bilan bog‘liq qarashlari va amaliyotni implementatsiya qilishga
majbur bo‘lamiz. Masalan, Ispaniya davlati tajribasi sifatida yog‘ingarchilik mavsumida
suvlarni yer ostidagi suv tankerlariga yig‘ib, yoz oylarida dehqonchilik va o‘simlik
dunyosini mu
hofaza qilishda shu suvlarni bo‘lib
-
bo‘lib ishlatish texnologiyasini joriy
etishimiz zarur bo‘ladi. Bunda yog‘ingarchilik bir joyga to‘plashda barcha nova yo‘llari va
suv quvurlari suv tankeriga suvni olib tushadi. Ushbu tankerdan suvni nasos yordamida
qismlanib ishlatilishi, amaliyotda yaxshi natijalar bermoqda.
Yer osti suvlari yagona murakkab obyekt bo‘lib, u ham suv resurslarini, ham yer
osti boyliklarini o‘z ichiga oladi. “Yer osti suvlari” deganda yer yuzasi ostida joylashgan
suvlar, shu jumladan yer
osti suvlari va tog‘ jinslarining chuqurligida joylashgan,
o‘rganish va foydalanish uchun mavjud bo‘lgan suv tushuniladi. Yer osti suvlari yer osti
suv havzalarining ham, yer usti suv havzalarining ham (buloqlar va geyzerlar) tarkibiy
qismidir. Tabiiy resurslar qonunchiligining sohasiga qarab, yer osti suvlarining ayrim
xususiyatlarini aniqlash mumkin. Tog‘
-
kon qonunchiligida “yer osti suvlari” tog‘
jinslarida topilgan suvni anglatadi. Yer osti suvlarining tog‘
-
kon huquqi sohasidagi o‘ziga
xos xususiyati, u
ning yer qa’rining resursi: mineral yoki energiya (geotermal suvlar),
foydali qazilma bo'lish qobiliyati, foydali xususiyatlari yer qa'ridan foydalanish
jarayonida olinadi.
Shuningdek
, sizot suvlari yoki buloq suvlarini
yer usti yoki yer osti suvlariga
kiritish masalasida ham qarama-qarshiliklar mavjud. Sizot suvlari yoki buloq suvlarini
yer usti yoki yer osti suvlariga kiritish masalasi ekologik, ilmiy va huquqiy jihatdan
ko‘plab qarama
-qarshiliklarni keltirib chiqaradi. Bu masalani hal qilishda suv
resurs
larining tabiati, ekologik ta’sirlar va huquqiy boshqaruv nuqtai nazaridan bir qator
omillarni hisobga olish zarur. Har ikkala variantning o‘ziga xos afzalliklari va
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
04 (2025) / ISSN 2181-1415
94
kamchiliklari bor shuning uchun ushbu masalani chuqur o‘rganish va ehtiyotkorlik bilan
qaror qabul qilish kerak.
Ushbu masalada O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Yer osti
suvlaridan foydalanish sohasidagi faoliyatni yanada tartibga solish chora-tadbirlari
to‘g‘risida” qarorida yer osti suv obyektlari qatorida buloq suvlari berib
o‘tilgan. Buloq
suvlarini paydo bo‘lish asosi yer osti suv manbalari bilan bog‘liqligi tufayli yer osti suvlari
qatoriga kiritilgan. Sizot suvlarni yaratilish asosi yer usti suvlari bilan bog‘liqligi tufayli
yer usti suv obyektlari qatoriga kiritilgan.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YHATI:
1.
O‘zbekiston Respublikasi Qonunchilik palatasining 2025
-yil 24-yanvardagi
majlisidan.
2. UNEP (2008) Vital water graphics
–
an overview of the state of the world’s fresh
and marine waters, 2nd edn. UNEP, Nairobi. ISBN 92-807-2236-0.
3.
Grönwall, Jenny, and Kerstin Danert. "Regarding groundwater and drinking
water access through a human rights lens: Self-supply as a norm." Water 12.2 (2020):
419.
4. https://sdgs.un.org/goals/goal6
5. Gorokhovich Y, Mays LW, Ullmann L (2011) A survey of ancient minoan water
technologies, water science and technology: water supply 114(4):388.
6.
https://parliament.gov.uz/news/islohotlarning-huquqiy-asoslarini-
mustahkamlash-asosiy-vazifa.
7. O'zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim
o'zgarishi vazirligi. (2023). Atrof-muhit holati to'g'risida milliy ma'ruza: O'zbekiston.
Barqaror rivojlanish xalqaro instituti.
8.https://www.sympoetic.net/Managing_Complexity/complexity_files/1973%20R
ittel%20and%20Webber%20Wicked%20Problems.pdf.
9.
Гледко, Ю. А. Гидрогеология: учеб. пособие / Ю. А. Гледко. —
Минск: Виш.
шк., 2012. –
5 с.
10. Van der Aa, Monique. "Classification of mineral water types and comparison
with drinking water standards." Environmental geology 44.5 (2003): 554-563.
11. https://lex.uz/uz/docs/-5206011
12.
O‘zbekiston Respublikasi Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risidagi qonuni 8
-
moddasi.
13. https://voda.gov.ru/favr/agency/polozhenie/.
14.
https://2019.minexkazakhstan.com/ru/the-committee-of-geology-and-
subsoil-use/.
15. Sfetcu, Nicolae. Climate Change-Global Warming. MultiMedia Publishing, 2018.
16. Zhang, Yong-wang, et al. "Changes in soil water holding capacity and water
availability following vegetation restoration on the Chinese Loess Plateau." Scientific
Reports 11.1 (2021): 9692.
17. Absametov, Malis, et al. "Assessment of the groundwater for household and
drinking purposes in central Kazakhstan." Groundwater for Sustainable Development 21
(2023): 100907
18. Golovina, Ekaterina I., and Anastasia V. Grebneva. "Management of
groundwater resources in transboundary territories (on the example of the Russian
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
04 (2025) / ISSN 2181-1415
95
Federation and the Republic of Estonia)." Записки Горного института 252 (2021): 788
-
800.
19. Rai, Suresh Chand. "Water management for a megacity: National Capital
Territory of Delhi." Water resources management 25 (2011): 2267-2278.
20. Rosegrant, Mark W., Claudia Ringler, and Tingju Zhu. "Water for agriculture:
maintaining food security under growing scarcity." Annual review of Environment and
resources 34.1 (2009): 205.
