Авторы

  • Давлатбек Мусаев
    Старший преподаватель, кафедра «Всемирная история», Андижанский государственный университет

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol6-iss4/S-pp96-102

Ключевые слова:

Аграрная сфера фермер диверсификация производство специализация единоличное хозяйство дехканско-фермерское хозяйство продукция модернизация коммерция переработка рыночная конъюнктура банкротство новая система товаропроизводитель негосударственная собственность дополнительное производство

Аннотация

Diversification of a farm's production activities involves increasing and modifying the types of agricultural products produced by the farm, as well as introducing new types of production to enhance efficiency, achieve economic benefits, and prevent bankruptcy. The use of the term "modernization" in relation to technical devices, machines, equipment, and technological processes has diminished attention to its other meanings. Specifically, modernization, as a constant and continuous process, reflects the historical-philosophical, technical, and technological development of socio-economic relations operating within the framework of the dialectical development laws of human society.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/socinov/index

Implementation of modernization and diversification
processes in the agricultural sector (using the example of
Andijan region)

Davlatbek MUSAEV

1


Andijan State University

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received March 2025

Received in revised form

15 April 2025
Accepted 25 April 2025

Available online

25 May 2025

Diversification of a farm's production activities involves

increasing and modifying the types of agricultural products

produced by the farm, as well as introducing new types of

production to enhance efficiency, achieve economic benefits,

and prevent bankruptcy. The use of the term "modernization" in
relation to technical devices, machines, equipment, and

technological processes has diminished attention to its other

meanings. Specifically, modernization, as a constant and

continuous process, reflects the historical-philosophical,
technical, and technological development of socio-economic

relations operating within the framework of the dialectical

development laws of human society.

2181-

1415/©

2025 in Science LLC.

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol6-iss4/S-pp

96-102

This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

Keywords:

agricultural sector,

farmer,

diversification,

production,

specialization,

individual farm,

peasant farmer,

product,

modernization,

commerce,

processing,

market conditions,
bankruptcy,

new system,

commodity producer,

non-state ownership,
supplementary production.

1

Senior Lecturer, Department of World History, Andijan State University


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

04 (2025) / ISSN 2181-1415

97

Agrar sohada modernizatsiya

va

diversifikatsiya

jarayonlarining amalga oshirilishi (Andijon viloyati
misolida)

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar

:

agrar soha,

fermer,

diversifikatsiya,

ishlab chiqarish.
ixtisoslashuv,

yakka xo‘jalik,

dehqon fermer,

mahsulot,

modernizatsiya,

tijorat,

qayta ishlash,

bozor konyunkturasi,

bankrotlik,

yangi tizim,

tovar ishlab chiqaruvchi,

nodavlat mulkchiligi,

qo‘shimcha ishlab chiqarish

.

Fermer

xoʼjaligining

ishlab

chiqarish

faoliyatini

diversifikatsiyalash bu fermer xoʼjaligi tomonidan ishlab

chiqariladigan qishloq xoʼjaligi mahsulotlarining turlarini

koʼpaytirish va oʼzgartirish, ishlab chiqarish samaradorligini

oshirish, iqtisodiy manfaat koʼrish, bankrotlikning oldini olish

maqsadida ishlab chiqarishning yangi turlarini hayotga joriy

etishni ifodalaydi. Modernizatsiya atamasi texnik qurilmalar,
mashinalar, texnikalar, texnologik jarayonlarga nisbatan

foydalanilishi uning boshqa maʼnolariga eʼtiborni susaytirgan.

Xususan, modernizatsiya doimiy va muttasil yuz beruvchi jarayon

sifatida kishilik jamiyatining dialektik rivojlanish qonuniyatlari

doirasida amal qiluvchi sotsial-iqtisodiy munosabatlar, tarixiy-

falsafiy, texnik va texnologik rivojlanishi jarayonini oʼzida aks

ettiradi.

Реализация

процессов

модернизации

и

диверсификации в аграрном секторе (на примере
Андижанской области)

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

аграрная сфера,

фермер,

диверсификация,
производство,

специализация,
единоличное хозяйство,
дехканско

-

фермерское

хозяйство,

продукция,
модернизация,

коммерция,

переработка,

рыночная конъюнктура,

банкротство,

новая система,
товаропроизводитель,
негосударственная

собственность,
дополнительное
производство

.

Диверсификация производственной деятельности

фермерского хозяйства подразумевает увеличение и

изменение видов сельскохозяйственной продукции,
производимой фермерским хозяйством, внедрение новых

видов производства с целью повышения эффективности,

получения экономической выгоды и предотвращения

банкротства. Использование термина "модернизация"
применительно к техническим устройствам, машинам,

технике и технологическим процессам ослабило
внимание к его другим значениям. В частности,

модернизация как постоянный и непрерывный процесс
отражает

развитие

социально

-

экономических

отношений, историко

-

философское, техническое и

технологическое развитие, происходящее в рамках

закономерностей

диалектического

развития

человеческого общества.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

04 (2025) / ISSN 2181-1415

98

Qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilarning samarali faoliyat yuritishida ishlab

chiqarishning ixtisoslashuvi, uning

diversifikatsiyasini ham nazarda tutadi, ya’ni fermer

xo‘jaliklarining asosiy ishlab chiqarishi bilan birga qo‘shimcha ishlab chiqarishni tashkil
etish orqali tayyor qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish yoki qishloq hududlarida

turli pulli xizmatlar

ko‘rsatish sohalarini yo‘lga qo‘yishni anglatadi.

Agrar sohada ishlab chiqarish samaradorligini oshirishda xatarlarni

boshqarishning turli usullaridan foydalaniladi. Qishloq xo‘jaligi amaliyotida xatarlarni

kamaytirishda keng tarqalgan usullardan biri div

ersifikatsiyalashdir. Fermer xo‘jaligining

ishlab chiqarish faoliyatini diversifikatsiyalash bu fermer xo‘jaligi tomonidan ishlab
chiqariladigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining turlarini ko‘paytirish va o‘zgartirish,

ishlab chiqarish samaradorligini osh

irish, iqtisodiy manfaat ko‘rish, bankrotlikning oldini

olish maqsadida ishlab chiqarishning yangi turlarini hayotga joriy etishni ifodalaydi. Ayni
paytda mamlakatimizda agrar sohasida ishlab chiqarishni diversifikatsiyalashning
dolzarbligini yanada ortib

borayotganligini ko‘rishimiz mumkin.

Diversifikatsiyalashning 2 turi mavjud:
1) ishlab chiqarishni diversifikatsiyalash;
2) mahsulotni diversifikatsiyalash.
Ishlab chiqarishni diversifikatsiyalash -

ko‘plab turdosh bo‘lmagan ishlab chiqarish

turlarini bir

vaqtning o‘zida rivojlantirish, ishlab chiqariladigan mahsulotlar

assortimentini kengaytirishni ifodalaydi. Masalan, fermer xo‘jaliklarida qishloq xo‘jaligi
ishlab chiqarishi bilan bir qatorda xizmat ko‘rsatish, tijorat, qurilish, qayta ishlash kabi

tarmoq

larning faoliyatini yo‘lga qo‘yishga qaratilgan xo‘jalik shaklini tashkil etishdir [1].

Fermer xo‘jaliklarida ishlab chiqarishni diversifikatsiyalashning asosiy maqsadi bir

necha tarmoqlarni tashkil etish hisobiga foydani oshirish hamda xatarlar darajasini

kamaytirishdan iboratdir. Diversifikatsiyalashgan fermer xo‘jaliklari iqtisodiy barqaror
bo‘lib, ularda bozor konyunkturasi, tuzilmaviy hamda davr o‘zgarishlari hisobiga yuzaga
keluvchi xatarlar darajasi pastroq bo‘ladi.

Mahsulotni diversifikatsiya qilish bir turdagi mahsulotlarning modifikatsiyasini

kengaytirishni

anglatadi.

Mahsulotlarning

haqiqiy

diversifikatsiyasi

alohida

iste’molchilarning ba’zi talablariga javob beradi. Bundan tashqari mahsulotni

diversifikatsiyalashning yashirin (soxta) turi ham ma

vjud bo‘lib, unda mahsulotning sifati

o‘zgarmay qoladi, faqatgina uning qadog‘i va dizayni o‘zgaradi. Bozorda bunday

mahsulotlar yangi tovar sifatida taklif etilib, yuqori narxlarda sotiladi.

Fermer xo‘jaliklarida ishlab chiqarishni diversifikatsiyalash ul

ar faoliyatidagi

xatarlarni boshqarish imkonini beradi. Xo‘jalik faoliyatidagi umumiy xatarlarning
tarmoqlar o‘rtasida taqsimlanishi evaziga ular kamaytiriladi. Fermer xo‘jaliklarida ishlab

chiqarish faoliyatidagi xatarlarni diversifikatsiyalashning quyidagi usullarini tatbiq
etilishini yaxshi samara beradi deb hisoblash mumkin[2].

1) fermer xo‘jaliklarining faoliyat turlari va xo‘jalik faoliyatini yuritish sohalarini

diversifikatsiyalash, ya’ni qo‘llanilayotgan texnologiyalar sonini ko‘paytirish, ishlab

ch

iqarilayotgan mahsulotlar yoki ko‘rsatilayotgan xizmatlar turlarini kengaytirish,

qishloq hududidagi turli iste’molchilar va ijtimoiy guruhlarga mahsulot va xizmatlar
ishlab chiqarishni mo‘ljallagan holda sotishni tashkil etish.

2) fermer xo‘jaliklarining ta’minot va sotish sohalarini diversifikatsiyalash, ya’ni

bir vaqtning o‘zida bir necha turli iste’mol bozorlarida faoliyatni yo‘lga qo‘yish orqali bir
sohadan ko‘rilgan zarar boshqa bir soha faoliyatidan olingan foyda orqali qoplanishi,


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

04 (2025) / ISSN 2181-1415

99

mahsulot, xomashyo

va materiallar yetkazib berishni ko‘plab iste’molchi va

ta’minotchilar o‘rtasida o‘zaro teng taqsimotga erishish asosida ularga qaramlikka

barham berish.

3) fermer xo‘jaligini ko‘p tarmoqli faoliyatga o‘tkazish va rivojlantirish doirasidagi

investitsiyala

rni diversifikatsiyalash (investitsiyalarni o‘zaro bog‘liq bo‘lgan uncha yirik

bo‘lmagan biznes loyihalari orqali amalga oshirish, chunki yirik bir investitsiya loyihasini
amalga oshirish xo‘jalikning barcha mavjud resurs va zaxiralarini ishga solishni tal

ab

etadi, bunday holatda esa uning xatarlilik darajasi juda yuqori bo‘ladi).

4) xatarlarni kamaytirish maqsadida ishlab chiqarishni bosqichlar va vaqt bo‘yicha

taqsimlash hamda qayd etib borish (bu tartib ishlab chiqarish bosqichlari kuzatish va
nazoratni yaxshilaydi hamda zarur holatlarda jarayondagi kamchilik-larni oson tarzda
tuzatish hamda xatarlarni aniqlash imkonini beradi);

5) fermer xo‘jaligi a’zolari o‘rtasidagi mas’uliyatni taqsimlash (xo‘jalik a’zolari

o‘rtasida ishlarni taqsimlashda har bir a’zo

ning javobgarligi va faoliyat sohasini aniq

belgilab berish, ularning faoliyatini o‘zaro bog‘liqligini uqtirgan holda ularni mehnat
shartnomalarida mustahkamlab qo‘yish).

• Fermer xoʼjaliklari faoliyatini diversifikatsiyalash asnosida ularning xoʼjaligini

optimal tarzda tashkil etish maqsadida ishlab chiqarishning asosiy va qoʼshimcha
tarmoqlari oʼrtasida eng maqbul muvofiqlikni taʼminlovchi tizimni shakllantirish;

• fermer xoʼjaliklarini har qanday tabiiy va iqtisodiy xatarli sharoitlarda barqaror

xoʼjalik faoliyatini yuritishiga erishish maqsadida ularni yetarli meʼyordagi malakali
ishchi kuchi, xomashyo va materiallar hamda qishloq xoʼjaligi texnikalari bilan
taʼminlash;

• yetishtiriladigan qishloq xoʼjaligi mahsulotlarini ekishdan tortib to pishib

ye

tilishi, ularni qayta ishlash, saqlash, realizatsiya qilishga boʼlgan ishlab chiqarish va

muomala bosqichlarini taʼmin etuvchi zamonaviy minitexnologiyalarni joriy etish;

• fermer xoʼjaliklarida ishlab chiqarishni diversifikatsiyalash orqali “ishlab

chiqarish

transportirovka

birlamchi qayta ishlash

saqlash

qayta ishlash

realizatsiya qilish” boʼyicha texnologik ketma

-ketlikdagi tizimni tashkil etish;

• fermer xo‘jaliklarini mineral o‘g‘itlar, yoqilg‘i

-

moylash va hokazolar bilan ta’min

etish va

qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sotish sohalarini diversifikatsiyalash hisobiga

mazkur tizimdagi monopoliyaga barham berish hamda ular o‘rtasida raqobatni vujudga

keltirishdan iboratdir.

Mamlakatimiz bozor iqtisodiyotiga o‘tish, iqtisodiyotini erkinlasht

irishi va

integratsiya jarayonlarini boshdan kechirayotgan ekan o‘z navbatida iqtisodiyotning
barcha sohalari kabi qishloq xo‘jaligi iqtisodiyotini erkinlashtirish va modernizatsiya

tadbirlarini izchil amalga oshirish talab etiladi. Modernizatsiya atamasi texnik qurilmalar,
mashinalar, texnikalar, texnologik jarayonlarga nisbatan foydalanilishi uning boshqa

ma’nolariga e’tiborni susaytirgan. Xususan, modernizatsiya doimiy va muttasil yuz

beruvchi jarayon sifatida kishilik jamiyatining dialektik rivojlanish qonuniyatlari
doirasida amal qiluvchi sotsial-iqtisodiy munosabatlar, tarixiy-falsafiy, texnik va

texnologik rivojlanishi jarayonini o‘zida aks ettiradi.

Modernizatsiya jamiyatning an’anaviy shaklidan zamonaviy shakliga o‘tib borishi,

jamiyatdagi moddiy va nomoddiy ishlab chiqarish jarayonining agrar shaklidan industrial

shakliga o‘tib borishining evolyutsiyasi tarzida o‘z ifodasini topadi. Tarixga e’tibor nazar
soladigan bo‘lsak, jamiyatning modernizatsiyalashuvi jarayoni yer sharining turli


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

04 (2025) / ISSN 2181-1415

100

hududlarida, turli davlatlarda turlicha intensivlikda, vaqt nuqtai nazaridan turlicha
davrlarda yuz berganligi va takomillashib borganligini anglab olish mumkin. Shuning

uchun ham olimlar va mutaxassislar o‘rtasida turli mamlakatlarga nisbatan, ushbu

mamlakatlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi darajasiga nisbatan, jamiyat ijtimoiy-
iqtisodiy hayoti modernizatsiyalashuvi jarayoniga baho berishda modernizatsiya
jarayonini-

ertakchi modernizatsiya, va quvlab boruvchi modernizatsiyalarga bo‘lishgan.

Mamlakatlar ijtimoiy-iqtisodiy faoliyatida jumladan, respublikamiz qishloq

xoʼjaligida modernizatsiyaga ehtiyoj paydo boʼlishi nimalarda namoyon boʼladi degan
savolga javob qidirib koʼramiz[3].

1. Qishloq xo‘jaligida xususiy mulk faoliyati uchun huquqiy asoslar barpo etilib,

a

yni kunda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining 99,9 foizi nodavlat mulkchiligi asosidagi

korxonalar tomonidan yetishtirilishi xususiy mulk faoliyati bilan bog‘liq

modernizatsiyaga ehtiyojni yuzaga keltiradi.

2. Iqtisodiy oʼsish surʼatlarining davriyligi tam

oyili davriy ravishda

modernizatsiyaga ehtiyoj paydo qiladi. Yaʼni har bir iqtisodiy tizim doirasida shakllangan
ishlab chiqarish usullari, davr oʼtishi bilan eskirib, keyingi rivojlanish uchun toʼsiq boʼla

boshlaydi. Buni hayot dialektikasi deya atash mumkin. Yangilanishga ehtiyoj yovvoyi

tabiatda ham mavjud boʼlib, uni turlar evolyutsiyasi deya ataymiz. Jamiyatda esa

islohotlar yoki modernizatsiya mazmuni bilan izohlanadi. Bu holda -

iqtisodiy oʼsishning

davriyligi bilan bogʼliq modernizatsiyaga ehtiyoj p

aydo qiladi.

3. Qishloq xoʼjaligida foydalanilayotgan texnika va mexanizmlar, bino va inshootlar

jismoniy va maʼnaviy jihatdan eskirishi, muntazam ravishda modernizatsiyaga ehtiyoj
paydo qiladi. Аmmo, bu yerda asosiy vositalarni taʼmirlash va kapital taʼmi

rlash masalasi

nazarda tutilmasdan, texnik bazani tubdan yangilash sifatida qabul qilinmoqda.

4. Insonlar didi oʼzgarib borishi, fan va texnika taraqqiyoti yangi va yangi talablarni

paydo boʼlishiga turtki beradi. Bu talablarga moslashish, talablar daraja

sida mahsulot

yetishtirish zararurati esa ishlab chiqaruvchida -

texnik taraqqiyot bilan bogʼliq

modernizatsiyaga ehtiyoj tugʼdiradi.

5. Insonlarning ishlab chiqarish faoliyati kengayib borishi va aholi soni ortib

borishi barobarida ekologik muammolar koʼlami paydo boʼlish intensivligi, ekologik
muammolar keltiradigan salbiy oqibatlar koʼlami hamda miqdori ham ortib boradi. Bu

esa -

ekologik hafsiz texnika va texnologiyalar bilan bogʼliq modernizatsiyaga ehtiyoj

tugʼdiradi.

6. Aholi soni ortib

borishi barobarida qo‘shimcha talablar paydo bo‘ladi. Ushbu

talablarni qondirish esa yangi va yangi ishlab chiqarish salohiyatlarini ishga tushirishni

taqozo qiladi. Bu esa o‘z o‘rnida itqisodiy ayniqsa tabiiy resurslar cheklanganligi

sharoitida resurslar taqchilligini keltirib chiqaradi. Resurs taqchilligi esa tejamkor

texnika va texnologiyalarni talab qila boshlashi taqchillik va tejamkorlik bilan bog‘liq

modernizatsiyaga ehtiyoj paydo qiladi.

Bunda masalani hal etish borasida dunyo miqyosida ikkita yo‘na

lishda tadbirlar

olib borilishini ilg‘ash mumkin: birinchisi bu tejamkor texnika va texnologiyalarni keng
qamrovli rag‘batlantirish bo‘lsa, ikkinchi yo‘nalish aholi tibbiy o‘sishi darajasini

rejalashtirish hisoblanadi.

7. Iqtisodiy resurslar taqchilligi darajasi ortib borishi barobarida insonlarning

talab va ehtiyojlari tarkibi ham o‘zgarib boradi. Bu esa jamiyat doirasida rivojlanishning
alohida yo‘nalishlariga ustuvorlik berilishiga olib keladi. Bugungi kunda bunday


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

04 (2025) / ISSN 2181-1415

101

yo‘nalishlardan biri bu mamlakat aholi

sini oziq-

ovqat bilan ta’minot masalasi

hisoblanadi.

Oziq-

ovqat ta’minoti dolzarblashishi bilan bog‘liq modernizatsiyaga ehtiyoj

yo‘nalishida

-

ishlab chiqarish va fanning alohida yo‘nalishlarini rivojlantirishga

ustuvorlik berilishi lozim bo‘ladi.

Iqtisod

iyotning eng muhim yo‘nalishlardan hisoblangan

-

qishloq xo‘jaligi ekinlari

va chorva mollari seleksiyasi va naslchiligi borasidagi modernizatsion jarayon
ekinlarning serhosil, suvsizlik va ekstremal sharoitlarga chidamli navlari, chorva
mollarining sermah

sul zotlari paydo bo‘lishini rag‘batlantirishni talab etadi. Agrar

tarmoq milliy iqtisodda byudjet hisobidan qo‘llab

-

quvvatlanadigan va davlat e’tibor

qaratadigan asosiy bo‘g‘in hisoblanadi.

Mamlakat qishloq xo‘jaligida faoliyat yurituvchi fermer xo‘jalik

larini rivojlanishini

ta’minlashda davlat tomonidan moliyaviy qo‘llab

-quvvatlash, davlat ehtiyojlari uchun

mahsulot ishlab chiqarishlari bo‘yicha asosiy xarajatlarini moliyalashtirish, soliq

imtiyozlari berilishi, irrigatsiya va melioratsiya tizimini ham q

o‘llab

-quvvatlash va

boshqa bir nechta omillar o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.

Fermer xo‘jaliklarini barqaror rivojlanishini ta’minlash va iqtisodiy

samaradorligini optimal darajaga ko‘tarish masalalarini ijobiy hal etilishi, ishlab

chiqarishni modernizatsiyalash asosida mahsulot raqobatdoshligini keskin oshirilishini

taqozo etadi. Respublikada modernizatsiyalash jarayoniga oxirgi yillarda alohida e’tibor

berilib, u iqtisodiyotimiz taraqqiyotining asosiy omili sifatida baholanmoqda.

Qishloq xo‘jaligini modernizatsiyalash sohani texnik va texnologik jihatdan tubdan

yangilanishi jarayoni bo‘lib, unga bir

-

birlari bilan uzviy bog‘langan uch yo‘nalishni, ya’ni

ishlab chiqarishni zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlash, tarkibiy jihatdan texnik-

texnologik qayta tuzish va ishlab chiqarishni ma’naviy jihatdan yangilash asosida
erishiladi. Ushbu yo‘nalishlar bo‘yicha tarmoqni modernizatsiyalash jarayoni
Prezidentimiz ko‘rsatmasi bo‘yicha 2011

-2015-

yillarga mo‘ljallab dastur qabul qilingan

maxsus dastur asosida amalga oshirilmoqda.

Dasturda belgilangan modernizatsiyalashning asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha barcha

tadbirlarni samarali amalga oshirilishi qishloq xo‘jaligiga, jumladan, uni ustivor xo‘jalik
yuritish shakli hisoblangan fermer xo‘jalik

larida yetishtirilayotgan birlamchi qishloq

xo‘jaligi mahsulotlari raqobatdoshligini keskin oshirish asosida ishlab chiqarishni
iqtisodiy samaradorligini optimal darajaga ko‘tarish imkoniyatini yaratadi.

Fermer xo‘jaligi mahsulotining raqobatdoshligi hozir

gi kunda uni iqtisodiy

barqarorligini ta’minlashning va samaradorligini oshirishning hal qiluvchi omiliga
aylanadi. Bu fermer xo‘jaliklari oldiga mahsulot raqobatdoshligini oshirish bo‘yicha yangi
vazifalarni qo‘ymoqda.

Andijon viloyatida faoliyat ko‘rsatayotgan fermer xo‘jaliklarda paxta xom

-ashyosi

raqobatdoshligini ta’minlash va iqtisodiy samaradorlikni oshirish bo‘yicha bir qator

ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, paxta ekin maydonlari 3 % ga qisqargan
holda uni hosildorligi 29,8 dan 31,7 sent

nerga yoki 6,4 % ga ko‘tarildi. Bu esa paxta yalpi

hosilini 3,3 % ga ko‘payishiga olib keldi. Paxtachilikda 1 gektar hisobiga to‘g‘ri keladigan
yalpi mahsulot va foyda ko‘rsatkichlari mos holda 56,3 va 59,6 % ga oshirildi. Oxirgi 3

yilda iqtisodiy samarado

rlikning asosiy yakunlovchi ko‘rsatkichi bo‘lgan rentabellik

11,7dan 12,0 foizga yoki +0,3 darajaga ko‘tarildi. Lekin, paxta tannarxi oxirgi 3 yilda 40,8
dan 59,8 ming so‘mga yoki 46,6 foizga ko‘tarilib uni raqobatdoshligiga salbiy ta’sir


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

04 (2025) / ISSN 2181-1415

102

ko‘rsatmoqda. Bu jarayon yalpi hosil bilan ishlab chiqarish xarajatlari o‘rtasidagi

nisbatlarni buzilishi asosida yuz bermoqda. Viloyatda paxta yalpi hosili 3,3 foizga

ko‘paygani holda uni yetishtirish uchun sarflangan ishlab chiqarish xarajatlari 51,9 foizga

ortgan.

FOYD

ALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YHATI:

1.

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev 2017

-yil, 7-fevraldagi

“Oʼzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish boʼyicha harakatlar strategiyasi
toʼgʼrisida”gi, PF

-4947-sonli Farmoni.

2.

Oʼzbekiston Respublika

si Prezidentining 2015-yil, 29-

dekabrdagi “2016–

2020 yillarda qishloq xoʼjaligini yanada isloh qilish va rivojlantirish chora

-tadbirlari

toʼgʼrisida”gi PQ

-2460-son qarori.

3.

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga

Murojaat

nomasi. // “Xalq soʼzi” gazetasi, 2018

-

yil, 29 dekabrь.

4.

Аbdugʼaniev А. Qishloq xoʼjaligi iqtisodiyoti.

-

T.: Аdabiyot jamgʼarmasi. 2007.

-340 b.

5.

“Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida qishloq xoʼjaligini modernizatsiya

qilishning asosiy yoʼnalishlari” mavzusidagi ilmiy

-

amaliy konferentsiya maʼruzalar

toʼplami.12

- noyabr 2012-yil.

6.

А.R.Bakiev, I.А.Bakieva. Oʼzbekiston fermer xoʼjaliklarida meva

-sabzavot

mahsulotlarini yetishtirish va mini-texnologiyalardan samarali foydalanish asosida qayta
ishlashni rivojlantirish muammolari. Toshkent 2017.

Библиографические ссылки

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev 2017-yil, 7-fevraldagi “Oʼzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish boʼyicha harakatlar strategiyasi toʼgʼrisida”gi, PF-4947-sonli Farmoni.

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil, 29- dekabrdagi “2016–2020 yillarda qishloq xoʼjaligini yanada isloh qilish va rivojlantirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi PQ-2460-son qarori.

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi. // “Xalq soʼzi” gazetasi, 2018-yil, 29 dekabrь.

Аbdugʼaniev А. Qishloq xoʼjaligi iqtisodiyoti. -T.: Аdabiyot jamgʼarmasi. 2007. -340 b.

“Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida qishloq xoʼjaligini modernizatsiya qilishning asosiy yoʼnalishlari” mavzusidagi ilmiy-amaliy konferentsiya maʼruzalar toʼplami.12- noyabr 2012-yil.

А.R.Bakiev, I.А.Bakieva. Oʼzbekiston fermer xoʼjaliklarida meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtirish va mini-texnologiyalardan samarali foydalanish asosida qayta ishlashni rivojlantirish muammolari. Toshkent 2017.