Авторы

  • Нигора Латипова
    Исследователь, Национальный университет Узбекистана имени Мирзо Улугбека

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol6-iss4/S-pp196-200

Ключевые слова:

налоговое администрирование налоговая система принципы фискальная политика прозрачность налоговый контроль государственный бюджет налоговая реформа права налогоплательщиков экономическое управление

Аннотация

В данной статье рассматриваются теоретические основы налогового администрирования, его цели и задачи, а также ключевые принципы эффективного налогового управления. Проанализирована роль административных механизмов в совершенствовании налоговой системы и практические подходы к обеспечению справедливого и прозрачного сбора налогов. Также представлены предложения по реформированию налогового администрирования в Узбекистане с учетом передового зарубежного опыта.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/socinov/index

The essence and principles of tax administration

Nigora LATIPOVA

1

National University of Uzbekistan named after Mirzo Ulugbek

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received March 2025
Received in revised form

15 April 2025
Accepted 25 April 2025

Available online

25 May 2025

This article explores the theoretical foundations of tax

administration, its goals and functions, as well as the core

principles of effective tax governance. It analyzes the role of

administrative mechanisms in enhancing the tax system and
practical approaches to ensuring fair and transparent tax

collection. The study also presents recommendations for

reforming tax administration in Uzbekistan based on best

international practices.

2181-

1415/©

2025 in Science LLC.

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol6-iss4/S-pp

196-200

This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

Keywords:

tax administration,

tax system,

principles,

fiscal policy,

transparency,

tax control,

state budget,

tax reform,

taxpayers’ rights,

economic management.

Soliq ma’murchiligining mohiyati va tamoyillari

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar

:

soliq ma’murchiligi,

soliq tizimi,

tamoyillar,

fiskal siyosat,

shaffoflik,

soliq nazorati,

davlat byudjeti,

soliq islohoti,

soliq to‘lovchilarning

huquqlari,

iqtisodiy boshqaruv.

Mazkur maqolada soliq ma’murchiligining nazariy asoslari,

uning maqsadi va vazifalari, shuningdek, samarali soliq
boshqaruvining asosiy tamoyillari yoritilgan. Soliq tizimini

takomillashtirishda ma’muriy mexanizmlarning roli, adolatli va

shaffof soliq yig‘imini ta’minlashdagi amaliy yondashuvlar tahlil

qilingan. Shuningdek, ilg‘or xorijiy tajribalar asosida O‘zbekistonda
soliq ma’murchiligi sohasini isloh qilish bo‘yicha takliflar

bildirilgan.

1

Researcher, National University of Uzbekistan named after Mirzo Ulugbek.

E-mail:

nigoshalatipova@gmail.com


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

04 (2025) / ISSN 2181-1415

197

Сущность и принципы налогового администрирования

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

налоговое
администрирование,
налоговая система,

принципы,

фискальная политика,
прозрачность,

налоговый контроль,

государственный бюджет,
налоговая реформа,

права алогоплательщиков,

экономическое
управление

.

В данной статье рассматриваются теоретические основы

налогового администрирования, его цели и задачи, а также

ключевые принципы эффективного налогового управления.
Проанализирована роль административных механизмов в

совершенствовании налоговой системы и практические

подходы к обеспечению справедливого и прозрачного сбора

налогов.

Также

представлены

предложения

по

реформированию

налогового

администрирования

в

Узбекистане с учетом передового зарубежного опыта

.

KIRISH

Bozor munosabatlariga asoslangan iqtisodiyot sharoitida davlat moliyaviy

barqarorlikni ta’minlash, ijtimoiy dasturlarni amalga oshirish va iqtisodiy o‘sishni
rag‘batlantirishda soliq tizimi muhim vositalardan biri hisoblanadi. Soliq tizimining
samaradorligi, avvalo, soliq ma’murchiligiga, ya’ni soliq yig‘ish, nazorat qilish, hisobot
yuritish va soliq to‘lovchilar bilan munosabatlarni boshqari

sh mexanizmlarining

puxtaligiga bevosita bog‘liqdir. Soliq ma’murchiligi davlatning fiskal siyosatini amalga
oshirishda asosiy amaliy vosita bo‘lib, uning mohiyati soliq to‘lovchilarning huquq va

majburiyatlarini muvozanatlashtirish, soliq tushumlarini opt

imal darajada yig‘ish hamda

soliq intizomini mustahkamlashda namoyon bo‘ladi. Shu jihatdan, soliq ma’murchiligini

takomillashtirish masalasi nafaqat iqtisodiy, balki huquqiy va institutsional jihatdan ham

dolzarb hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasida oli

b borilayotgan soliq islohotlari

natijasida ma’muriy tartib

-taomillar soddalashtirilmoqda, axborot texnologiyalaridan

keng foydalanilmoqda va soliq to‘lovchilar bilan ochiq muloqot yuritish mexanizmlari
rivojlantirilmoqda. Bu esa, o‘z navbatida, soliq boshqaruvining tamoyillarini qayta ko‘rib

chiqish, ularni zamonaviy talablarga moslashtirish zaruratini yuzaga keltirmoqda.

Mazkur maqolada soliq ma’murchiligining nazariy asoslari, uni tashkil etuvchi

asosiy tamoyillar, amaliy mexanizmlar, shuningdek, mavjud muammolar va ularni

bartaraf etish yo‘llari tahlil qilinadi. Shuningdek, xalqaro tajriba misolida O‘zbekiston
soliq tizimi samaradorligini oshirish bo‘yicha tavsiyalar beriladi

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYASI

Soliq ma’murchiligi sohasida olib borilgan ilmiy tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki,

samarali soliq boshqaruvi davlat moliyaviy siyosatining asosiy tarkibiy qismlaridan biri

hisoblanadi. Jahon tajribasida soliq ma’murchiligi bo‘yicha P. A. Samuelson, J. Stiglitz, R.
Musgrave kabi iqtisodchilar o‘z

asarlarida fiskal intizom, soliq byurosining mustaqilligi

va soliq ma’lumotlarining shaffofligini asosiy omillar sifatida ko‘rsatganlar. Ayniqsa, J.
Alm va B. Torgler tomonidan olib borilgan tadqiqotlar soliq to‘lovchilarning xulq

-atvoriga

ijtimoiy omillar

ning ta’sirini chuqur yoritadi. O‘zbekistonlik olimlardan X. Mahmudov, A.

Vahobov, D. Xodjayevlarning asarlarida soliq tizimini milliy iqtisodiyot sharoitida

takomillashtirish, ma’muriy yukni kamaytirish va soliq intizomini kuchaytirishga doir

konseptual y

ondashuvlar berilgan. Shu bilan birga, davlat soliq qo‘mitasi va Moliya


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

04 (2025) / ISSN 2181-1415

198

vazirligi tomonidan chop etilgan normativ hujjatlar, yillik hisobotlar va statistik

ma’lumotlar tadqiqotning empirik asosini tashkil qiladi. Boshqa mamlakatlar tajribasiga

asoslanib, G

ermaniya, AQSh, Janubiy Koreya kabi davlatlarda soliq ma’murchiligi

raqamlashtirish, avtomatlashtirilgan monitoring tizimlari va ochiqlik tamoyillariga
asoslangan holda jadal rivojlanmoqda. Ushbu tadqiqotda ilmiy tahlil qilish, solishtirma-
huquqiy tahlil, statistik tahlil va empirik yondashuv metodlaridan foydalanildi. Soliq

ma’murchiligiga oid mavjud adabiyotlar, qonunchilik bazasi, normativ

-huquqiy hujjatlar,

davlat hisobotlari hamda xalqaro tashkilotlar (Jahon banki, IMF, OECD) tavsiyalari
asosida nazari

y tahlil amalga oshirildi. So‘nggi yillarda raqamli texnologiyalar soliq

ma’murchiligiga keng joriy etilayotgani bilan bog‘liq ilmiy izlanishlar alohida e’tiborga

loyiq. Xususan, OECD (2022) va Jahon bankining (2021) hisobotlarida soliq tizimini
avtomatla

shtirish, big data texnologiyalaridan foydalanish, sun’iy intellekt asosida soliq

xatarlarini baholash tizimlari global tendensiyalar sifatida qayd etilgan. Ushbu manbalar

soliq idoralari samaradorligini oshirishda raqamlashtirish muhim rol o‘ynashini

asoslaydi.

Bundan tashqari, yangi adabiyotlarda soliq to‘lovchilarning ijtimoiy ongini

oshirish, ularning huquqiy bilimlarini kengaytirish orqali soliq ma’murchiligi
samaradorligini kuchaytirish zarurligi ta’kidlanadi (Alm & Torgler, 2015; Qodirov, 2020).

Ushb

u yondashuv O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan "ochiq soliq tizimi" tamoyillari

bilan uyg‘unlashadi.

Solishtirma tahlil metodi orqali O‘zbekiston soliq ma’murchiligi amaliyoti dunyo

tajribalari bilan taqqoslandi. Statistik ma’lumotlar asosida O‘zbekistond

agi soliq

tushumlari hajmi, soliq intizomi darajasi va ma’muriy xarajatlar tahlil qilindi.
Shuningdek, so‘rovnoma va intervyu usullari orqali soliq to‘lovchilarning fikrlari va
muammolari aniqlanib, takliflar ishlab chiqildi. Tadqiqot davomida qo‘shimcha r

avishda

kontent-

tahlil usuli ham qo‘llanildi. Bu orqali soliq organlarining rasmiy veb

-saytlari,

yillik faoliyat hisobotlari va qonunchilik hujjatlari tahlil qilinib, amaldagi soliq

ma’murchiligi jarayonlarining kuchli va zaif jihatlari aniqlab chiqildi.

Shuningdek, ekspert intervyular asosida respublika darajasidagi bir nechta soliq

xodimlari, iqtisodchilar va kichik biznes vakillari bilan suhbatlar tashkil qilindi. Bu

yondashuv empirik asoslarning ishonchliligini ta’minladi va taklif etilgan islohotlar re

al

ehtiyojlarga asoslanganligini tasdiqladi. Tadqiqotda zamonaviy statistik dasturlar (Excel,

SPSS) yordamida mavjud ma’lumotlar vizual grafiklar orqali tahlil qilindi. Bu esa soliq
tushumlari dinamikasi va hududiy farqlarni aniqroq ko‘rsatishga yordam ber

di. Tadqiqot

natijalari nazariy jihatdan soliq boshqaruvini chuqurroq anglashga xizmat qilsa, amaliy

jihatdan esa soliq ma’murchiligini takomillashtirish bo‘yicha aniq chora

-tadbirlar ishlab

chiqishga zamin yaratadi.

NATIJALAR VA MUHOKAMALAR

O‘tkazilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, O‘zbekiston Respublikasida soliq

ma’murchiligini takomillashtirish borasida muayyan yutuqlarga erishilgan. Jumladan,
soliq hisobotlarini elektron shaklga o‘tkazish, soliq to‘lovchilarni ro‘yxatga olishning

avtomatlashtirilgan

tizimlari, "Soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti" kabi xizmatlar

faoliyati sezilarli darajada qulaylashtirilgan. Bu esa, soliq intizomini oshirish va ma’muriy

yukni kamaytirishga xizmat qilmoqda.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

04 (2025) / ISSN 2181-1415

199

Tahlillar shuni ham ko‘rsatdiki, hali

-hanuz ayrim hududlarda soliq organlari

faoliyatida ma’lumotlarning yetarli darajada integratsiyalashmaganligi, inson omiliga
haddan tashqari bog‘liqlik va soliq to‘lovchilar bilan muloqotda muvozanat yetishmasligi

kabi muammolar mavjud. Ayniqsa, kichik biznes vakillarida soliq qonunchiligini

tushunish darajasining pastligi soliq intizomiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

Xalqaro tajriba asosida soliq boshqaruvida quyidagi tamoyillar dolzarbligini

tasdiqladi:

Adolat va neytrallik

barcha soliq to‘lovchilarga teng munosabatda bo‘lish

;

Shaffoflik

soliq siyosatining ochiqligini ta’minlash;

Ma’muriy soddalik

soliq yig‘ish jarayonlarini soddalashtirish va

raqamlashtirish;

Erkin axborot almashinuvi

davlat organlari o‘rtasida integratsiyalashgan

ma’lumotlar bazasini yaratish.

Tadqiqot davomida olingan asosiy natijalardan biri

O‘zbekistonda soliq

to‘lovchilar bilan ijobiy kommunikatsiya o‘rnatish, ularning ishonchini mustahkamlash
orqali soliq yig‘imlarini oshirish imkoniyatining mavjudligidir. Bunda soliq organlari

xodimlarining kasbiy malakasi, axloqiy tamoyillarga rioya qilishi va zamonaviy

boshqaruv texnologiyalaridan foydalanishi muhim rol o‘ynaydi. Shuningdek, soliq
ma’murchiligini yanada samarali amalga oshirish uchun quyidagi takliflar ilgari surildi:

Soliq xodimlari uchun doimiy malaka oshirish tizimini joriy etish;
Soliq qonunchiligini sodda va tushunarli tilda tushuntiruvchi elektron

platformalarni yaratish;

Soliq to‘lovchilar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha mustaqil kuzatuv

mexanizmini joriy etish.

Tadqiqot

jarayonida aniqlanishicha, samarali soliq ma’murchiligini yo‘lga

qo‘yishda soliq to‘lovchilarning ijtimoiy ongini oshirish muhim o‘rin egallaydi. Soliq

madaniyatining pastligi, huquqiy savodxonlik darajasining yetarli emasligi aksariyat

hollarda soliq to‘lovchilarning majburiyatlarini bajarmasligiga sabab bo‘lmoqda. Shu
bois, aholining soliq bilimlarini oshirishga qaratilgan ma’rifiy kampaniyalar, interaktiv
treninglar, soliq savodxonligi bo‘yicha onlayn platformalarni kengaytirish dolzarb

masaladir.

Bundan tashqari, hududiy soliq organlari faoliyatida bir xillikning yetishmasligi,

resurslar va kadrlar salohiyatidagi nomutanosiblik ham soliq ma’murchiligining
samaradorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Tahlillar shuni ko‘rsatdiki, viloyatlar

kesimida soliq t

ushumlarining o‘sishi ko‘proq tashabbuskorlik, avtomatlashtirish

darajasi va mahalliy soliq boshqarmalari malakasi bilan bog‘liq. Bu esa milliy miqyosda
yagona standartlar va ko‘rsatkichlarga asoslangan boshqaruv tizimini joriy qilish
zaruratini ko‘rsatadi. Yana bir muhim jihat shundaki, soliq ma’lumotlarining ochiqligi va

ishonchliligi fuqarolarning davlatga nisbatan ishonchini oshirishda asosiy omil
hisoblanadi. Ochiq soliq tizimi doirasida soliq tushumlari, imtiyozlar va xarajatlar

to‘g‘risidagi ma’lumotlarning jamoatchilikka ochiq bo‘lishi –

soliq intizomini

mustahkamlashda samarali vositadir.

Shuningdek, so‘nggi yillarda joriy etilgan “risq tahlili” (risk analysis) tizimi orqali

soliq nazoratining selektiv mexanizmi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, bu usul ma’m

uriy

xarajatlarni kamaytirish va noqonuniy harakatlarga tezkor chora ko‘rish imkonini


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

04 (2025) / ISSN 2181-1415

200

yaratmoqda. Bu tizimni yanada takomillashtirish uchun sun’iy intellekt, blokcheyn kabi
ilg‘or texnologiyalardan foydalanish istiqbollari mavjud.

XULOSA

Soliq ma’murchili

gi har qanday davlatning fiskal siyosatini samarali amalga

oshirishda asosiy omillardan biri hisoblanadi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki,
O‘zbekistonda so‘nggi yillarda olib borilayotgan soliq islohotlari doirasida

raqamlashtirish, ochiqlik va soliq

to‘lovchilar bilan o‘zaro ishonchli munosabatlarni

shakllantirish bo‘yicha ijobiy o‘zgarishlar yuz bermoqda. Soliq ma’murchiligida adolat,

shaffoflik, samaradorlik va soddalik kabi zamonaviy tamoyillarni amaliyotga joriy etish
davlatning moliyaviy barqaro

rligini ta’minlashga xizmat qilmoqda.

Shu bilan birga, ayrim kamchiliklar, xususan, inson omiliga haddan tashqari

bog‘liqlik, soliq to‘lovchilarni xabardor qilish mexanizmlarining yetarli darajada

rivojlanmaganligi va malakali xodimlar taqchilligi soliq boshqaruvining sifatiga salbiy

ta’sir ko‘rsatmoqda. Mazkur muammolarni bartaraf etish uchun soliq ma’murchiligini
ilg‘or texnologiyalar asosida takomillashtirish, kadrlar salohiyatini oshirish va fuqarolik

jamiyati institutlari bilan hamkorlikni kuchaytirish zarur.

Shunday qilib, maqolada ilgari surilgan nazariy tahlillar va amaliy tavsiyalar

asosida soliq ma’murchiligi tizimini yanada takomillashtirish, byudjetga barqaror
tushumlar ta’minlash va soliq to‘lovchilar bilan davlat o‘rtasida i

jobiy munosabatlarni

shakllantirishga erishish mumkin.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI

:

1.

Alm, J., & Torgler, B. (2015). Culture differences and tax morale in the United

States and in Europe. Journal

of Economic Psychology, 46, 56

70.

https://doi.org/10.1016/j.joep.2014.10.002

2.

Mahmudov, X. (2021). Soliq ma’murchiligini takomillashtirish yo‘llari.

Toshkent: Iqtisodiyot va moliya nashriyoti.

3.

Musgrave, R. A., & Musgrave, P. B. (2017). Public finance in theory and

practice (6th ed.). New York: McGraw-Hill Education.

4.

OECD. (2022). Tax Administration 2022: Comparative Information on OECD

and

Other

Advanced

and

Emerging

Economies.

OECD

Publishing.

https://doi.org/10.1787/7e6d72f4-en

5.

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. (2023). Soliq

-budjet siyosati

istiqbol

lari bo‘yicha hisobot. Toshkent: Moliya vazirligi matbuot xizmati.

6.

Qodirov, A. (2020). Soliq siyosati va iqtisodiy o‘sish o‘rtasidagi o‘zaro

bog‘liqlik. Iqtisodiy tadqiqotlar jurnali, 4(2), 45–

53.

7.

Samuelson, P. A., & Nordhaus, W. D. (2016). Economics (19th ed.). New York:

McGraw-Hill Education.

8.

Stiglitz, J. E. (2015). The price of inequality: How today's divided society

endangers our future. W. W. Norton & Company.

9.

Xodjayev, D. (2022). Soliq ma’muriyati: nazariy va amaliy jihatlari. Toshkent:

Iqtisod va huquq nashriyoti.

10.

World Bank. (2021). Enhancing Domestic Resource Mobilization: Tax Policy

and Administration Reforms. Washington, DC: The World Bank Group.
https://openknowledge.worldbank.org

Библиографические ссылки

Alm, J., & Torgler, B. (2015). Culture differences and tax morale in the United States and in Europe. Journal of Economic Psychology, 46, 56–70. https://doi.org/10.1016/j.joep.2014.10.002

Mahmudov, X. (2021). Soliq ma’murchiligini takomillashtirish yo‘llari. Toshkent: Iqtisodiyot va moliya nashriyoti.

Musgrave, R. A., & Musgrave, P. B. (2017). Public finance in theory and practice (6th ed.). New York: McGraw-Hill Education.

OECD. (2022). Tax Administration 2022: Comparative Information on OECD and Other Advanced and Emerging Economies. OECD Publishing. https://doi.org/10.1787/7e6d72f4-en

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. (2023). Soliq-budjet siyosati istiqbollari bo‘yicha hisobot. Toshkent: Moliya vazirligi matbuot xizmati.

Qodirov, A. (2020). Soliq siyosati va iqtisodiy o‘sish o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik. Iqtisodiy tadqiqotlar jurnali, 4(2), 45–53.

Samuelson, P. A., & Nordhaus, W. D. (2016). Economics (19th ed.). New York: McGraw-Hill Education.

Stiglitz, J. E. (2015). The price of inequality: How today's divided society endangers our future. W. W. Norton & Company.

Xodjayev, D. (2022). Soliq ma’muriyati: nazariy va amaliy jihatlari. Toshkent: Iqtisod va huquq nashriyoti.

World Bank. (2021). Enhancing Domestic Resource Mobilization: Tax Policy and Administration Reforms. Washington, DC: The World Bank Group. https://openknowledge.worldbank.org