Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
Technologies for organizing practical training based on
the credit-module system
Iskandar OTABAEV
1
Institute for the Development of Professional Education
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received March 2025
Received in revised form
15 April 2025
Accepted 25 April 2025
Available online
25 May 2025
This article provides a scientific foundation for effective
strategies in organizing professional internships within
vocational education institutions under the credit-module
system. The goals and objectives of the internship, modern
organizational approaches, and methods for module-based
planning and assessment are extensively analyzed. The
research findings demonstrate the potential for developing
students' competencies and preparing them for the actual job
market within the context of the credit-module system.
2181-
1415/©
2025 in Science LLC.
https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol6-iss4/S-pp302-313
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
credit-modular system,
qualification practice,
vocational education,
competencies,
assessment technologies,
practice methodology.
Kredit-modul tizimi asosida malakaviy amaliyotni tashkil
qilish texnologiyalari
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
kredit-modul tizimi,
malakaviy amaliyot,
kasbiy ta’lim,
kompetensiya,
baholash texnologiyalari,
amaliyot metodikasi.
Ushbu maqolada kredit-
modul tizimi doirasida kasbiy ta’lim
muassasalarida malakaviy amaliyotni samarali tashkil qilish
texnologiyalari ilmiy asosda yoritilgan. Amaliyotning maqsadi
va vazifalari, zamonaviy tashkiliy yondashuvlar, modul asosida
rejalashtirish va baholash usullari keng tahlil qilingan.
Tadqiqot natijalari, kredit-
modul tizimi sharoitida o‘quvchilar
kompetensiyalarini rivojlantirish va ularni real mehnat
bozoriga tayyorlash imkoniyatlarini namoyish etadi.
1
Doctoral student, Institute for the Development of Professional Education. E-mail: iskandar0881@gmail.com
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
04 (2025) / ISSN 2181-1415
303
Технологии организации квалификационной практики
на основе кредитно
-
модульной системы
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
кредитно
-
модульная
система,
квалификационная
практика,
профессиональное
образование,
компетенции,
технологии оценки,
методика практики.
В статье научно обоснованы технологии эффективной
организации квалификационной практики в учреждениях
профессионального образования в рамках кредитно
-
модульной системы. Подробно рассмотрены цели и задачи
практики,
современные
организационные
подходы,
планирование модулей и методы оценки. Результаты
исследования демонстрируют возможности развития
профессиональных
компетенций
студентов
и
их
подготовки к требованиям реального рынка труда в
условиях кредитно
-
модульной системы.
Jahonda yuz berayotgan globallashuv jarayonlari ta’lim tizimi oldiga yangi va yuqori
talablar qo‘ymoqda. Jahon mehnat bozorida
yuzaga kelgan shiddatli raqobat, texnologik
inqiloblar va raqamlashtirish jarayonlari natijasida kasbiy bilimlar bilan bir qatorda,
amaliy ko‘nikmalar, muammolarni hal qilish qobiliyati, innovatsion yondashuv va hayotiy
faollik ko‘nikmalariga ega mutaxassi
slarga talab tobora ortib bormoqda. Bunday sharoitda
ta’lim muassasalarining vazifasi faqat nazariy bilim berish emas, balki bitiruvchilarda
amaliy faoliyatga tayyorlik darajasini ham yuqori saviyada shakllantirishdir.
O‘zbekiston Respublikasida ham ta’lim
tizimini xalqaro andozalarga moslashtirish
maqsadida qator islohotlar amalga oshirilmoqda. Xususan, kasbiy ta’lim muassasalarida
kredit-modul tizimini joriy etish bu jarayonning muhim qismini tashkil etadi. Kredit-
modul tizimi o‘quvchilarning mustaqil ta’lim olish qobiliyatini oshirish, o‘quv jarayonini
mantiqiy va tizimli tashkil qilish, bilimlarni kompetensiyalarga asoslangan holda
shakllantirish orqali ta’limning natijaviyligini oshirishni maqsad qiladi [1].
Kredit-modul tizimi sharoitida malakaviy amal
iyot ta’limning ajralmas va muhim
qismi sifatida qaraladi. Agar an’anaviy ta’limda malakaviy amaliyot ko‘p hollarda ta’lim
jarayonining yordamchi elementi sifatida tashkil etilgan bo‘lsa, kredit
-modul tizimida u
mustaqil modul sifatida, aniq kompetensiyalarni shakllantirish maqsadida, sistemali va
rejali ravishda tashkil etiladi. Shu sababli, malakaviy amaliyotni tashkil qilish
texnologiyalarini qayta ko‘rib chiqish va ularni zamonaviy talablarga mos ravishda
takomillashtirish zarurati kun tartibiga chiqmoqda [10].
Kredit-
modul tizimida malakaviy amaliyot o‘quvchilarning nazariy bilimlarini
amaliy faoliyat bilan mustahkamlash, kasbiy sohada real ish tajribasi orttirish, mustaqil
qaror qabul qilish qobiliyatini rivojlantirish, muammolarni tahlil qilish va ularga yechim
topish qobiliyatini shakllantirishga qaratilgan. Shu bois, malakaviy amaliyotni tashkil
etishda ta’lim muassasalari va ish beruvchi tashkilotlar o‘rtasida samarali hamkorlikni
yo‘lga qo‘yish, amaliyot dasturlarini kasbiy standartlarga muvofiq ho
lda ishlab chiqish,
amaliyot jarayonini bosqichma-bosqich baholash va tahlil qilish kabi masalalarga alohida
e’tibor qaratilishi lozim [15].
Jahon tajribasi shuni ko‘rsatmoqdaki, amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lgan
bitiruvchilar mehnat bozorida tezroq va muva
ffaqiyatliroq ish o‘rniga ega bo‘lishadi.
Masalan, Germaniya, Finlyandiya, Kanada, Yaponiya kabi mamlakatlarda kasbiy
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
04 (2025) / ISSN 2181-1415
304
ta’limning amaliy jihatiga katta e’tibor qaratilgan va ta’limning umumiy hajmida amaliy
mashg‘ulotlar ulushi 40–60% ni tashkil etadi. O‘zbekistonda ham ushbu ilg‘or tajribalarni
hisobga olgan holda, malakaviy amaliyotni tashkil qilishni sifat jihatdan yangi bosqichga
ko‘tarish maqsad qilib qo‘yilmoqda [12].
Bunda asosiy urg‘u quyidagi masalalarga qaratilmog‘i lozim
[13, 15, 16]:
•
Malakaviy amaliyotning mazmuni va vazifalarini aniq belgilash;
•
Amaliyot bazalari bilan samarali shartnomaviy munosabatlar o‘rnatish;
•
Amaliyot jarayonidagi faoliyatni kompetensiyalarga asoslangan holda rejalashtirish;
•
O‘quvchilarning amaliy faoliyatini shaf
fof va mantiqiy mezonlar asosida baholash;
•
Amaliyot natijalarini tahlil qilish va ular asosida ta’lim jarayonini
takomillashtirish.
Kredit-
modul tizimida malakaviy amaliyotni tashkil qilish nafaqat o‘quv
muassasasi ichida, balki ish beruvchi tashkilotlar ishtirokida ham amalga oshiriladi. Bu
esa o‘quvchilarni real ish muhitiga yaqinlashtiradi, ularda mehnat intizomi, ish
jarayonidagi mas’uliyat va jamoaviy faoliyat ko‘nikmalarini shakllantiradi. Shu bilan
birga, ish beruvchilar amaliyot davomida istiqbolli kadrlarni tanlab olish imkoniyatiga
ega bo‘ladilar, bu esa ta’lim va mehnat bozori o‘rtasidagi uzviylikni mustahkamlaydi.
Kredit-modul tizimida malakaviy amaliyotning yana bir muhim jihati
–
bu uning
samaradorligini aniq va obyektiv baholash imkoniyati mavjudligidir. Har bir amaliyot
uchun kompetensiya indikatorlari va baholash mezonlari ishlab chiqiladi.
O‘quvchilarning amaliyot davomidagi faoliyati, topshiriqlarni bajarish darajasi, mustaqil
qaror qabul qilish qobiliyati va professional faoliyatga munosab
ati to‘g‘ridan
-
to‘g‘ri aniq
indikatorlar asosida baholanadi. Bunday shaffof baholash tizimi ta’lim sifatini oshirishga
va o‘quvchilarning shaxsiy rivojlanishiga xizmat qiladi [3].
Malakaviy amaliyotni tashkil qilishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan
foydalanish imkoniyatlari ham kengaymoqda. Masofaviy amaliyot, virtual amaliyot
platformalari, onlayn portfolio va elektron hisobotlar tizimi amaliyot jarayonini samarali
tashkil qilish uchun yangi imkoniyatlar yaratmoqda. Shuningdek, ish beruvchi
tash
kilotlar bilan axborot almashish, o‘quvchilarning faoliyatini monitoring qilish va
baholashni avtomatlashtirish imkoniyatlari ortib bormoqda.
Zamonaviy ta’lim tizimida kasbiy tayyorgarlik jarayoni faqat nazariy bilimlarni
o‘zlashtirish bilan cheklanmasdan,
amaliy faoliyatda foydalanish ko‘nikmalarini ham
shakllantirishga qaratilmoqda. Bu talab kasbiy ta’lim muassasalarida malakaviy
amaliyotni ta’lim jarayonining muhim va ajralmas qismi sifatida tashkil qilish zaruratini
yuzaga keltirdi. Ayniqsa, kredit-modul tizimi sharoitida malakaviy amaliyot mustaqil
modul sifatida, aniq maqsad va vazifalarga ega bo‘lgan holda tashkil etiladi. Shu sababli,
malakaviy amaliyotning maqsadi va vazifalarini to‘g‘ri belgilash va ularni zamonaviy
talablar asosida amalga oshirish katta ahamiyat kasb etadi [6].
Kredit-modul tizimida malakaviy amaliyotning bosh maqsadi
–
o‘quvchilarda
nazariy bilimlarni amaliy faoliyatda qo‘llash, mustaqil ishlash, innovatsion yondashuv
asosida muammolarni hal qilish qobiliyatini shakllantirishdir.
Bu maqsad o‘quvchilarning
kasbiy bilim va ko‘nikmalarini hayotiy amaliyot bilan uyg‘unlashtirishni ta’minlashga
qaratilgan.
Malakaviy amaliyot orqali [17]:
•
O‘quvchilar mehnat bozorida talab etiladigan aniq kasbiy kompetensiyalarni
egallaydi;
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
04 (2025) / ISSN 2181-1415
305
•
Ta’limda olingan nazariy bilimlarni real ish muhitida sinab ko‘rish imkoniga ega
bo‘ladi;
•
Mustahkam amaliy tajriba orttirishga erishiladi;
•
Mustaqil qaror qabul qilish, mas’uliyatli va tashabbuskor bo‘lish ko‘nikmalari
shakllanadi.
Bunday yondashuv natijasida bitiruvchi faqat nazariy bilimlarga emas, balki amaliy
faoliyatda muvaffaqiyatli ishlash uchun zarur bo‘lgan amaliy malaka va
kompetensiyalarga ham ega bo‘ladi.
Kredit-
modul tizimi sharoitida malakaviy amaliyotga qo‘yiladigan vazifalar
muayyan va aniq belgilanga
n bo‘lib, ular o‘quvchilarning kasbiy rivojlanishi va tajribasini
boyitishga qaratilgan.
O‘quvchilar o‘quv jarayoni davomida olgan nazariy bilimlarni amaliy ishlar orqali
mustahkamlashlari kerak. Bu jarayonda:
•
Ilmiy nazariya va amaliyot o‘rtasidagi bog‘liq
likni tushunish;
•
Nazariy bilimlarni ish muhitida qo‘llash usullarini egallash;
•
Real ish jarayonlarida nazariy bilimlardan samarali foydalanish qobiliyati
rivojlantiriladi.
Malakaviy amaliyotning eng asosiy vazifasi o‘quvchilarda kasbiy amaliy
ko‘nikmalar va malaka shakllantirishdir. Bu vazifa orqali o‘quvchilar:
•
Kasbiy uskunalardan foydalanishni;
•
Texnik va texnologik jarayonlarni boshqarishni;
•
Mehnat intizomi va ish etikasiga rioya qilishni;
•
Mustaqil ravishda kasbiy masalalarni yechishni o‘rgan
adilar.
Amaliyot jarayonida o‘quvchilar turli muammolarga duch kelishadi va ularni hal
qilish uchun mustaqil fikrlash, tahlil qilish, yechim taklif qilish qobiliyatini
rivojlantiradilar. Bu jarayon:
•
Ijodiy va intiqodiy fikrlashni;
•
Maqsadga muvofiq qaror qabul qilishni;
•
Innovasion yondashuv qo‘llashni talab qiladi.
Hozirgi mehnat bozorida muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatish uchun mustaqil ishlash
va jamoada samarali hamkorlik qilish qobiliyati juda muhim. Malakaviy amaliyot
jarayonida o‘quvchilar:
•
Mustaqil ravishda vazifalarni bajarish;
•
Hamkasblar bilan samarali muloqot qilish;
•
Jamoa a’zosi sifatida umumiy maqsadga erishish uchun ishlash;
•
Mas’uliyat va tashabbus ko‘rsatish qobiliyatlarini rivojlantiradilar.
Malakaviy amaliyot o‘quvchilarga:
•
Real ish jarayoni bilan tanishish;
•
Ish beruvchilarning talablari va intizomi bilan tanishish;
•
Kasbiy standartlarni va ish jarayonidagi qoidalarni o‘zlashtirish imkonini beradi.
Bu tajriba o‘quvchilarning mehnat bozoriga integratsiya qilishini osonlashtiradi va
ularning ishga joylashish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Malakaviy amaliyot o‘quvchilarning shaxsiy va kasbiy rivojlanishi uchun
mustahkam asos bo‘lib xizmat qiladi. Amaliyot orqali ular o‘zlarining qobiliyat va
qiziqishlarini aniqlab olishlari, kelajakdagi kas
biy yo‘nalishlarini belgilab olishlari
mumkin.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
04 (2025) / ISSN 2181-1415
306
Kredit-
modul tizimida malakaviy amaliyotning an’anaviy amaliyotdan farqli
jihatlari mavjud [15]:
•
Malakaviy amaliyot mustaqil modul sifatida qaraladi va muayyan kredit
birliklariga ega bo‘ladi.
•
Malakaviy amaliyot uchun aniq kompetensiya natijalari belgilanadi.
•
Amaliyot davomida o‘quvchilar faqat qatnashish emas, balki faol amaliy natijalar
ko‘rsatishi talab etiladi.
•
Amaliyot yakunida o‘quvchilar mustaqil hisobot va loyiha ishi taqdim etadi.
•
Amaliyot natijalari shaffof baholash mezonlari asosida baholanadi.
Bunday yondashuv malakaviy amaliyotning samaradorligini sezilarli darajada
oshiradi va ta’lim jarayonining natijaviyligini ta’minlaydi.
Kredit-modul tizimi sharoitida malakaviy amaliyotning tashkil
etilishi zamonaviy ta’lim
texnologiyalari va xalqaro standartlarga mos prinsiplar asosida amalga oshirilishi lozim.
Quyida malakaviy amaliyotni tashkil qilishning asosiy zamonaviy prinsiplari
atroflicha yoritib beriladi.
1. Kompetensiyalarga asoslanganlik prinsipi
Zamonaviy ta’lim tizimi, xususan kredit
-
modul tizimida, natijaga yo‘naltirilgan
yondashuv ustuvor hisoblanadi. Bu esa malakaviy amaliyotda ham qo‘llaniladigan muhim
tamoyildir.
Kompetensiyalarga asoslanganlik prinsipi shuni talab qiladiki [3]:
•
Mal
akaviy amaliyot jarayonida o‘quvchilarda aniq kasbiy kompetensiyalarni
shakllantirish maqsad qilib belgilanadi.
•
Har bir amaliyot vazifasi belgilangan kompetensiya natijalariga mos ravishda
shakllantiriladi.
•
O‘quvchining muvaffaqiyati kompetensiya indikatorlari asosida baholanadi, ya’ni
qanday bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirgani emas, balki qanday amaliyotda qo‘llay olishi
asos qilib olinadi.
Bu prinsip amaliyotning mazmun va shaklini qayta ko‘rib chiqish, ularni bozor
talablariga muvofiqlashtirishga xizmat qiladi.
2. Real ish muhitida o‘qitish prinsipi
Malakaviy amaliyot o‘quvchilarni o‘quv auditoriyalaridan real ish muhitiga olib
chiqishni nazarda tutadi. Bu prinsip quyidagilarni talab qiladi [3]:
•
Amaliyotning asosiy qismi ishlab chi
qarish, xizmat ko‘rsatish, tadbirkorlik yoki
boshqa kasbiy faoliyat sohalarida amalga oshirilishi kerak.
•
O‘quvchilar o‘z amaliyot davrida haqiqiy ish jarayonida ishtirok etib, aniq
vazifalarni bajarishlari shart.
•
Real ish sharoitidagi muammolar, vazifalar
va ish jarayonlari o‘quvchilarning
nazariy bilimlarini sinovdan o‘tkazish va mustahkamlash imkonini beradi.
Bu prinsip amaliyotni hayotiy va faol tashkil qilish, o‘quvchilarni mehnat
bozorining haqiqiy talablariga moslashtirish imkonini yaratadi.
3. Mustah
kam mustaqillik va mas’uliyat prinsipi
Zamonaviy malakaviy amaliyot jarayonida o‘quvchining faol va mustaqil
ishtirokini ta’minlash birinchi darajali vazifa sifatida belgilanadi.
Bu prinsipga ko‘ra
[8]:
•
O‘quvchilarga faqat tayyor topshiriqlar berilibgina q
olmasdan, ulardan vazifani
mustaqil ravishda rejalashtirish, bajarish va natijalarni tahlil qilish talab etiladi.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
04 (2025) / ISSN 2181-1415
307
•
Malakaviy amaliyot o‘quvchini mas’uliyatli bo‘lish, vaqtni to‘g‘ri taqsimlash,
mustaqil qaror qabul qilish qobiliyatini rivojlantirishga yo‘na
ltiriladi.
•
O‘quvchilar shaxsiy portfolio tuzishi, amalga oshirilgan ishlarni hisobot sifatida
to‘plashi va taqdim etishi lozim bo‘ladi.
Bunday yondashuv o‘quvchining shaxsiy faolligi va kasbiy mustaqilligini
rivojlantiradi.
4. Integratsiya va uzviylik prinsipi
Kredit-
modul tizimida malakaviy amaliyot ta’limning nazariy qismi bilan uzviy
bog‘liq bo‘lishi shart. Ya’ni amaliyotda o‘rganiladigan vazifalar o‘quv jarayonida olingan
bilimlar asosida tuzilishi lozim.
Bu prinsipning talablari [14]:
•
Malakaviy amaliyot avvalo nazariy fanlar va modullar bilan integratsiyalashgan
bo‘lishi;
•
Ta’lim jarayonida o‘rganilgan bilim va ko‘nikmalarni amaliyot davomida sinab
ko‘rish va rivojlantirish imkoniyati yaratilishi;
•
Fanlararo integratsiya imkoniyatlaridan foyd
alangan holda o‘quvchilarning
kompleks bilim va ko‘nikmalari shakllantirilishi.
Bu amaliy natijalarni yaxlit va mantiqiy ravishda egallashga yordam beradi.
5. Fleksibillik va moslashuvchanlik prinsipi
Hozirgi mehnat bozori tez o‘zgarib bormoqda. Shuning uc
hun malakaviy amaliyot
jarayoni ham fleksibil va moslashuvchan bo‘lishi talab qilinadi.
Bu prinsipga ko‘ra
[15]:
•
Amaliyot dasturlari mehnat bozori talablari va yangi texnologiyalarni hisobga
olgan holda doimiy ravishda qayta ko‘rib chiqilishi;
•
O‘quvchilarning individual qiziqishlari va kasbiy yo‘nalishlarini inobatga olib,
amaliyot individuallashtirilishi;
•
Ish beruvchilar va soha mutaxassislarining fikrlari va talablari asosida amaliy
mashg‘ulot mazmuni boyitilishi shart.
Fleksibillik o‘quvchilarning kasbiy
rivojlanish trayektoriyasini individual ravishda
qo‘llab
-quvvatlash imkonini yaratadi.
6. Baholashning shaffofligi va natijaga asoslanganligi prinsipi
Kredit-
modul tizimida baholash tizimi o‘quvchilarning kompetensiya darajasiga
asoslanadi. Malakaviy amal
iyotda ham natija asosida baholash o‘ta muhim hisoblanadi.
Bu prinsip talab qiladi [14]:
•
Har bir amaliyotning yakuniy natijasi aniq va o‘lchab bo‘ladigan indikatorlar
orqali baholanishi;
•
Baholash mezonlari amaliyot boshida o‘quvchiga aniq ma’lum
qilinishi;
•
Baholash jarayonida o‘quvchining faolligi, ijodiy yondashuvi, mustaqil fikrlashi va
muammolarni hal qilish qobiliyati inobatga olinishi.
Shaffof va ob’yektiv baholash o‘quvchini faollikka undaydi va o‘z ustidan ishlashga
rag‘batlantiradi.
Malakaviy amaliyotni samarali tashkil etish uchun uni rejalashtirish jarayoni
tizimli va maqsadga yo‘naltirilgan tarzda olib boriladi. Rejalashtirish quyidagi asosiy
bosqichlarni o‘z ichiga oladi:
1. Amaliyotning maqsad va vazifalarini aniqlash
Birinchi navbatda, malakaviy amaliyotning asosiy maqsadlari va vazifalari belgilab
olinadi. Bu bosqichda:
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
04 (2025) / ISSN 2181-1415
308
•
Shakllantirilishi kerak bo‘lgan kompetensiyalar aniqlanadi;
•
Amaliyot davomida erishiladigan o‘quv natijalari belgilanadi;
•
Amaliyotning umumiy yo‘nalishi va mavzulari a
niqlashtiriladi.
Amaliyot maqsadlarining aniq belgilash o‘quvchilarning qanday bilim, ko‘nikma va
malakalarga ega bo‘lishi kerakligini rejalashtirish imkonini beradi.
2. Amaliyot dasturini ishlab chiqish
Ikkinchi bosqichda malakaviy
amaliyotning to‘liq dasturi tayyorlanadi. Unda:
•
Amaliyot davomida bajarilishi kerak bo‘lgan vazifalar;
•
Modullar va qisqichoq mavzular bo‘yicha ish rejalari;
•
Mustaqil topshiriqlar va tahlil ishlari;
•
Baholash mezonlari va baholash indikatorlari aks ettiriladi.
Dasturda o‘quvchilar uchun amaliy loyihalar, ish topshiriqlari va hisobot talablari
aniq ko‘rsatiladi.
3. Amaliyot bazalari bilan shartnomalar tuzish
Amaliyotni rejalashtirishning muhim bosqichi
–
ish beruvchi tashkilotlar bilan
hamkorlik qilishdir.
•
Ta’lim muassasasi va amaliyot o‘tadigan tashkilot o‘rtasida shartnoma
imzolanadi;
•
Amaliyot sharoiti, vazifalari va baholash mezonlari kelishiladi;
•
Ish joyidagi rahbar va ta’lim muassasasidagi kuratora t
ayinlanadi.
Ish beruvchi tashkilotlar bilan doimiy hamkorlik malakaviy amaliyot sifatini
sezilarli darajada oshiradi.
4. O‘quvchilarni amaliyotga tayyorlash
Amaliyot boshlanishidan avval o‘quvchilar maxsus tayyorgarlikdan o‘tadilar.
Bu bosqichda:
•
Amaliyotning maqsad va vazifalari bilan tanishtiriladi;
•
Ish joyidagi intizom va kasbiy etika qoidalari tushuntiriladi;
•
Amaliyot davomida bajarilishi lozim bo‘lgan topshiriqlar va hisobot talablari
izohlab beriladi.
Bu tayyorgarlik o‘quvchilarning amaliyotga ongli va mas’uliyatli yondashishini
ta’minlaydi.
Amaliyotni rejalashtirish bilan bir qatorda, uni amaliy tashkil qilish jarayoni ham
aniq va tizimli tashkil qilinishi lozim. Quyida amaliyotni amaliy tashkil qilishning asosiy
texnologiyalari bayon qilinadi.
Kredit-
modul tizimi talabiga ko‘ra, malakaviy amaliyot ham alohida modul sifatida
qaraladi. Bu esa amaliyot faoliyatini qisqichoq modullarga bo‘lib tashkil etish imkonini beradi.
Har bir modul:
•
Mustaqil maqsad va vazifaga ega bo‘lishi;
•
Aniq kompetensiya natijalarini shakllantirishi;
•
Mustaqil baholash mezonlariga asoslanishi lozim.
Bu texnologik yondashuv amaliyot jarayonini mantiqiy va tizimli tashkil etishga
yordam beradi.
Amaliyot faqat yakuniy hisobot orqali emas, balki jarayonning har bir bosqichida
baholanadi va nazorat qilinadi:
•
Har hafta yoki oy yakunida amalga oshirilgan vazifalar hisoboti topshiriladi;
•
Kurator va ish beruvchi rahbar orqali o‘quvchilar faoliyati monitoring qilinadi;
•
Kamchiliklar o‘z vaqtida aniqlanib
, zarur tuzatuv ishlari amalga oshiriladi.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
04 (2025) / ISSN 2181-1415
309
Bunday shaffof nazorat amaliyotning samaradorligini oshiradi.
Zamonaviy amaliyot tashkil etishda elektron ta’lim platformalari va AKT
vositalaridan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi:
•
Amaliyot materiallari va topshiriqlari onlayn shaklda taqdim etiladi;
•
Elektron portfolio yaratiladi;
•
Amaliyot natijalari elektron baholash tizimi orqali kuzatib boriladi.
Bu usul amaliyot jarayonini ochiq va samarali qilish imkonini yaratadi.
Amaliyot jarayonida o‘quvchilar mustaqi
l ishlash bilan bir qatorda jamoaviy ish
tajribasi ham orttirishlari lozim:
•
Loyiha ishi guruhlarda tashkil qilinadi;
•
Jamoa bilan birgalikda muammolarni hal qilish topshiriqlari beriladi;
•
Rol o‘ynash, simulyasiya va keys
-
tahlil kabi metodlar qo‘llaniladi.
B
unday yondashuv o‘quvchilarda ham mustaqillik, ham jamoada ishlash
qobiliyatini rivojlantiradi.
Amaliyot yakunida har bir o‘quvchining faoliyati belgilangan kompetensiya
indikatorlari asosida baholanadi.
Baholashda:
•
Amaliyot davomida bajarilgan vazifalar sifat va hajm jihatdan tekshiriladi;
•
Ish beruvchi rahbar va ta’lim muassasasi kuratopining xulosalari hisobga olinadi;
•
O‘quvchining hisoboti va taqdimoti tahlil qilinadi.
Natijalar tahlili orqali amaliyotning umumiy samaradorligi baholanadi va
ke
lgusidagi takomillashtirish yo‘nalishlari belgilanadi.
Malakaviy amaliyot natijalarini baholashning asosiy maqsadi:
•
O‘quvchining belgilangan kasbiy kompetensiyalarga erishish darajasini aniqlash;
•
Amaliyot jarayonida olingan bilim, ko‘nikma va tajribaning s
ifatini baholash;
•
O‘quvchining mustaqil ishlash qobiliyati, tashabbuskorlik va muammolarni hal
qilish mahoratini o‘lchash;
•
Malakaviy amaliyot dasturining samaradorligini tahlil qilish va uni
takomillashtirish uchun takliflar ishlab chiqish.
Baholash jarayo
ni o‘quvchilarning shaxsiy va kasbiy rivojlanishini qo‘llab
-
quvvatlash, ularning kelgusidagi kasbiy faoliyati uchun tayyorgarlik darajasini ob’yektiv
baholash imkonini yaratadi.
Malakaviy amaliyot natijalarini baholashda quyidagi prinsiplarga rioya qilinishi
shart:
•
Obyektivlik
: baholash shaxsiy fikrlardan xoli, aniq mezonlarga asoslangan
bo‘lishi kerak.
•
Aniqlik va o‘lchanuvchanlik
: baholash mezonlari aniq va amaliy natijalar orqali
o‘lchanadigan bo‘lishi lozim.
•
Kompetensiyaga asoslanganlik
: baholash bilimlarni emas, amaliy faoliyatda
qo‘llanilayotgan kompetensiyalarni o‘lchashga yo‘naltirilgan bo‘lishi shart.
•
Shaffoflik
: baholash mezonlari va talablari amaliyot boshidayoq o‘quvchilarga
ma’lum qilinishi kerak.
•
Ta’lim va amaliyot o‘rtasidagi uzviylik
: baholash
natijalari ta’lim jarayonini
takomillashtirish uchun foydalanilishi lozim.
•
Rivojlanishga yo‘naltirilganlik
: baholash faqat baholash uchun emas, balki
o‘quvchining shaxsiy va kasbiy o‘sishi uchun xizmat qilishi shart.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
04 (2025) / ISSN 2181-1415
310
Kredit-modul tizimi
talablariga ko‘ra malakaviy amaliyot natijalarini baholashda
bir nechta kompleks usullar qo‘llaniladi
[16]:
1. Topshiriqlar va amaliy ishlarni tahlil qilish
O‘quvchilar amaliyot davomida bajargan vazifalar va topshiriqlar tahlil qilinadi:
•
Ish topshiriqlarining murakkablik darajasi va bajarilish sifati;
•
Muammolarni mustaqil hal qilish mahorati;
•
Ish jarayonidagi yangilik kiritish va ijodiy yondashuv.
Har bir bajarilgan vazifa belgilangan indikatorlar asosida ball tizimida baholanadi.
2. Amaliyot rahbari xulosasi
Amaliyot o‘tadigan tashkilotdagi rahbar o‘quvchining faoliyatini baholab:
•
Ish intizomi va mas’uliyati;
•
Munosabatlar madaniyati va jamoada ishlash qobiliyati;
•
Kasbiy bilim va ko‘nikmalarni amaliyotda qo‘llash darajasi haqida fikr beradi.
Bu
xulosa umumiy baholash jarayonida muhim manba bo‘lib xizmat qiladi.
3. Hisobot va portfolioni baholash
O‘quvchilar amaliyot yakunida hisobot va portfolio taqdim etadilar:
•
Amaliyot davomida bajarilgan ishlar;
•
Qiyinchiliklar va ularni hal qilish usullari;
•
O
‘zi erishgan natijalar va tavsiyalar;
•
Qo‘llangan innovasion usullar va texnologiyalar aks ettirilishi talab qilinadi.
Hisobot va portfolio mazmunining mantiqiylik, to‘liqlik va tahlil darajasi
baholanadi.
4. Muloqot va intervyu usuli
O‘quvchilar bilan
amaliyot yakunida muloqot yoki intervyu tashkil etiladi:
•
Amaliyot jarayoni haqidagi shaxsiy taassurotlar;
•
Shaxsiy rivojlanish va kasbiy o‘sish borasidagi hissiy fikrlar;
•
Qanday kompetensiyalarni rivojlantirgani va qaysi jihatlarda qiyinchilikka duch
kelganini baholash.
Bunday muloqotlar o‘quvchilarning mulohaza yuritish va tanqidiy fikrlash
qobiliyatini ham baholash imkoniyatini beradi.
Baholash jarayonida aniq va oldindan belgilangan mezonlar qo‘llaniladi. Ular
quyidagi yo‘nalishlarni qamrab oladi:
•
Ta’limi
y natijalar:
nazariy bilimlarni amaliyotda qo‘llash darajasi;
•
Kasbiy kompetensiya:
sohaviy ko‘nikmalar va malaka darajasi;
•
Mustaqil ishlash qobiliyati:
vazifalarni mustaqil bajarish va muammolarni hal
qilish mahorati;
•
Ijtimoiy va kommunikativ ko‘nikmalar:
jamoa bilan ishlash, muloqot qilish
madaniyati;
•
Innovasion yondashuv:
yangi g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llash qobiliyati;
•
Faollik va tashabbuskorlik:
ish jarayonida tashabbus ko‘rsatish va faol ishtirok
etish darajasi.
Har bir mezon uchun maxsus indikatorlar va baholash shkalasi ishlab chiqiladi.
Baholash natijalari asosida tahlil o‘tkaziladi va amaliyot jarayonining kuchli va zaif
tomonlari aniqlana
di. Tahlil quyidagi yo‘nalishda olib boriladi:
•
O‘quvchilarning umumiy kompetensiya darajasi va kamchiliklari tahlil qilinadi;
•
Amaliyot dasturining mazmuniy va tashkiliy jihatlari qayta ko‘rib chiqiladi;
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
04 (2025) / ISSN 2181-1415
311
•
Ish beruvchi tashkilotlardan olingan fikr va takliflar hisobga olinadi;
•
O‘quvchilardan olingan mulohaza va takliflar asosida amaliy tavsiyalar ishlab
chiqiladi.
Tahlil natijalari asosida:
•
Amaliyot dasturiga zarur o‘zgartirishlar kiritiladi;
•
Baholash mezonlari va indikatorlari takomillashtiriladi;
•
Ta’lim jarayonida kasbiy amaliyotga bo‘lgan yondashuv yaxshilanadi.
Malakaviy amaliyot natijalarini baholash va tahlil qilish kredit-modul tizimi
sharoitida ta’lim jarayonining ajralmas qismi bo‘lib, u o‘quvchilarning professional
shakllanishi va mehnat bozoridagi raqobatbardoshligini oshirishda hal qiluvchi
ahamiyatga ega.
Obyektiv, kompetensiyalarga asoslangan va mantiqiy tizimda tashkil etilgan
baholash orqali malakaviy amaliyot samaradorligini oshirish, ta’lim mazmunini bozor
talabl
ariga muvofiq ravishda takomillashtirish va o‘quvchilarning shaxsiy va kasbiy
rivojlanishini qo‘llab
-quvvatlash mumkin.
Kredit-modul tizimi doirasida malakaviy amaliyotni tashkil qilish, uni
rejalashtirish, amalga oshirish, natijalarini baholash va tahlil qilish jarayonlari zamonaviy
kasbiy ta’lim tizimining muhim va ajralmas qismiga aylandi. Olib borilgan tadqiqot va
tahlillar shuni ko‘rsatadiki, malakaviy amaliyot orqali o‘quvchilarda nazariy bilimlarni
amaliy faoliyatda qo‘llash qobiliyati, mustaqil ishl
ash va innovatsion yondashuvlardan
foydalanish mahorati shakllanadi.
Kredit-modul tizimi sharoitida malakaviy amaliyot modulning bir qismi sifatida
tashkil qilinib, uning aniq maqsadlari, vazifalari, kompetensiya natijalari va baholash
mezonlari belgilanadi. Bu esa malakaviy amaliyot jarayonini tizimli, maqsadli va natijava
yo‘naltirilgan tarzda tashkil etish imkonini yaratadi.
Malakaviy amaliyot natijalarini baholash jarayonida qo‘llangan usullar –
amaliy
ishlar va topshiriqlarni tahlil qilish, rahbar xulo
sasi, o‘quvchilar hisobotlari va
portfoliolarini baholash, muloqot va intervyular tashkil etish
–
o‘quvchilarning kasbiy
tayyorgarligi darajasini kompleks ravishda baholash imkoniyatini beradi.
Baholash jarayonida aniq va o‘lchanadigan mezonlarga tayanilga
n holda obyektivlik,
kompetensiyalarga yo‘naltirilganlik, shaffoflik va rivojlanishni qo‘llab
-quvvatlash
prinsiplariga amal qilish o‘quvchilarning shaxsiy va kasbiy o‘sishini ta’minlaydi.
Malakaviy amaliyot natijalarini tahlil qilish orqali ta’lim muassasalari ta’lim
jarayonidagi kuchli va zaif jihatlarni aniqlay oladi, amaliyot dasturlarini qayta ko‘rib
chiqish va takomillashtirish, o‘quvchilarning kasbiy rivojlanishini yanada samarali
qo‘llab
-
quvvatlash imkoniga ega bo‘ladi.
Jahon tajribasi va milliy amal
iyot shuni ko‘rsatmoqdaki, malakaviy amaliyotning
samarali tashkil etilishi va natijador baholanishi ta’lim tizimining umumiy sifatini
oshirishda hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Malakaviy amaliyot orqali kasbiy
tayyorgarlikning hayotiyligi ta’minlanadi,
bitiruvchilar mehnat bozori talablariga mos va
raqobatbardosh mutaxassislar sifatida shakllanadi.
Shu bilan birga, amaliy tahlillar natijasida kredit-modul tizimi doirasida malakaviy
amaliyotni tashkil qilish va baholash jarayonida qator muammoli nuqtalar ham aniqlandi:
•
Barcha ta’lim muassasalarida ham amaliyot bazalarining yetarli darajada
rivojlanmaganligi;
•
O‘quvchilarning malakaviy amaliyot davomida mustaqil ish faoliyatini baholash
mezonlarining har doim aniq va adolatli belgilanmaganligi;
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
04 (2025) / ISSN 2181-1415
312
•
Amaliyotda
innovasion
yondashuvlar
va
axborot-kommunikatsiya
texnologiyalarini to‘liq qo‘llash imkoniyatlarining cheklanganligi;
•
Amaliyot natijalarini tizimli tahlil qilish va asoslangan holda qayta shakllantirish
amaliyotining barcha muassasalarda yetarli
darajada yo‘lga qo‘yilmaganligi.
Bu muammolarni bartaraf etish va malakaviy amaliyot tizimini yanada samarali
tashkil qilish uchun quyida tavsiya etiladigan yo‘nalishlar ishlab chiqildi.
Kredit-modul tizimida malakaviy amaliyotni samarali tashkil qilish va natijalarini
baholash jarayonini yanada takomillashtirish uchun quyidagi tavsiyalar amalga
oshirilishi maqsadga muvofiq:
1.
Malakaviy
amaliyot
dasturlarini
qayta
ko‘rib
chiqish
va
kompetensiyalarga qat’iy asoslash
Malakaviy amaliyot dasturlari mehnat bozori talablari va sohaviy standartlarga
asoslangan holda doimiy ravishda yangilanishi kerak. Har bir amaliyot moduli uchun
shakllantirilishi kerak bo‘lgan kompetensiyalar aniq belgilanishi va ular amaliyot
jarayonida o‘quvchilar faoliyati orqali namoyon bo‘
lishi lozim.
2. Amaliyot bazalarini kengaytirish va sifatini oshirish
Ta’lim muassasalari sohadagi yetakchi tashkilotlar, korxonalar va tadbirkorlik
sub’yektlari bilan samarali shartnomaviy munosabatlarni yo‘lga qo‘yishlari zarur.
Amaliyot bazalarining moddiy-
texnik jihatdan ta’minlanganligi, ish jarayonining tashkil
etilishi va o‘quvchilar uchun amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazish imkoniyatlari muntazam
ravishda tahlil qilib borilishi shart.
3. Baholash mezonlari va indikatorlarini takomillashtirish
Malakaviy amaliyot natijalarini baholash uchun:
•
Aniq, o‘lchanadigan va shaffof baholash mezonlari ishlab chiqilishi;
•
Har bir kompetensiya uchun aniq indikatorlar belgilanishi;
•
Baholash natijalari ta’lim muassasasi va ish beruvchi rahbar tomonidan birgalikda
ko‘rib ch
iqilishi lozim.
Baholash jarayonida bilim, ko‘nikma va munosabatlar (affective domain)
birgalikda inobatga olinishi kerak.
4. Axborot-
kommunikatsiya texnologiyalarini faol qo‘llash
Malakaviy amaliyotni tashkil qilish va natijalarini baholashda elektron
platformalardan foydalanish samaradorlikni oshiradi. Masofaviy monitoring, elektron
hisobotlar, onlayn baholash testlari va virtual amaliyot platformalarini joriy etish zarur.
5.
O‘quvchilarning shaxsiy rivojlanishini qo‘llab
-quvvatlash
Malakaviy
amaliyot davomida o‘quvchilarning mustaqil ishlash qobiliyati, tanqidiy
va ijodiy fikrlashi qo‘llab
-quvvatlanishi lozim. Amaliyotni faqat vazifa bajarishga emas,
balki shaxsiy va kasbiy rivojlanishga yo‘naltirish muhim ahamiyatga ega.
6. Malakaviy amaliyot natijalarini tizimli tahlil qilish va fidbek tizimini joriy
etish
Amaliyot yakunlanganidan so‘ng har bir o‘quvchi va rahbardan fikr
-mulohazalar
olish va tahlil qilish tizimi joriy qilinishi kerak. Bu ma’lumotlar asosida amaliyot
dasturlari va tashkiliy ishlar muntazam ravishda takomillashtirilishi zarur.
7.
Ta’lim muassasalari va ish beruvchi tashkilotlar o‘rtasida samarali
hamkorlik mexanizmlarini yo‘lga qo‘yish
Ish beruvchilarning amaliyot jarayonidagi ishtiroki va o‘quvchilar faoliyatini
baholashdagi is
htiroki kuchaytirilishi lozim. Bunda hamkorlik shartnomalari, qo‘shma
baholash komissiyalari va ish beruvchilarning fikrlarini tahlil qilish orqali samarali
hamkorlikka erishish mumkin.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
04 (2025) / ISSN 2181-1415
313
Malakaviy amaliyot natijalarini samarali baholash va tahlil
qilish orqali ta’lim
tizimida sifat va mazmun jihatdan chuqur o‘zgarishlarga erishish mumkin.
Kompetensiyaga yo‘naltirilgan, natijaga qaratilgan va innovatsion yondashuvlarga
asoslangan malakaviy amaliyot tashkil etilishi kasbiy ta’lim muassasalari
bitiruvchilarining mehnat bozorida raqobatbardoshligini oshirishga va mamlakat
iqtisodiyotida faol ishtirokini ta’minlashga xizmat qiladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
RO‘YXATI:
1.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 07.12.2023 y. 648
-son
“Professional ta’
limda kredit-modul tizimini joriy etish chora-
tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori.
2.
Azizov U. Kredit-
modul tizimi va uning o‘ziga xos xususiyatlari. –
http://
uzbekistonovozi.uz/ uz/articles/index.php?ECTION _ID=161&ELEMENT.
3.
Bologna Declaration. Joint Declaration of the European Ministers of Education
Convened in Bologna on the 19th of June 1999.
4.
Credit Transfer and Accumulation
–
the Challenge for Institutions and Students,
EUA/Swiss Confederation Conference, ETH Zurich, 11-12 October, 2002.
5.
Kubayeva Y.I. Kredit-modul tizimini tashkil etish
–
ta’limda dolzarb masala
sifatida // “Maʼnaviy barkamol yoshlar yangi Oʻzbekiston bunyodkori” xalqaro ilmiy
-
amaliy anjuman materiallari.
–
Toshkent: 2024.
–
B. 121-124.
6.
Maxmanov U.A. Oliy ta’limda kredit
-modul tizimini joriy etilishi va imkoniyatlari
// Zamonaviy ta’lim. –
Toshkent: 2021.
–№1. –
B. 4-11.
7.
Mirzayev Q.J. Ta’lim jarayonini kredit
-modul tizimi asosida rivojlantirish
imkoniyatlari // Zamonaviy ta’lim. –
Toshkent: 2022.
–
№7. –
B. 16-20.
8.
Smith, J. (2018). Modular Education: Theory and Practicye.
9.
UNESCO. (2019). Digital Transformation in Education.
10.
Usmonov B.Sh., Xabibullaev R.A. Oliy o‘quv yurtlarida o‘quv jarayonini kredit
-
modul tizimida tashkil qilish // O‘quv qo‘llanma. –
Toshkent, TKTI, 2020.
–
120 b.
11.
Xabibullayev B.,Topildiyev V., Innazarov M. Kredit-
modul tizimi va o’quv
jarayoni tashkil etish // O’quv
-uslubiy majmua
–
Toshkent, 2020.
–
149 b.
12.
Zaripov L., Xayitov N., Tuxtayeva M. Kredit-
modul tizimi bo’yicha xorij tajribasi
// Metodik qo’llanma. –
Toshke
nt: “Yetakchi nashriyoti”, 2024. –
32 b.
13.
Андриенко
A.C.
Развитие
иноязычной
профессиональной
компетентности студентов технического вуза (на основе кредитно
-
модульной
технологии обучения): Дис. ... канд. пед. наук 13.00.08.
-
Ростов н/Д., 2007. –
282 с.
14.
Баум
В. В. Система зачетных единиц (кредитов) как один из
инструментов признания квалификаций, –
М., РУДН, 2007. С. 12.
15.
Маслов И.В. Методика информационной подготовки юристов с
применением кредитно
-
модульной системы: Автореф. дис. … канд. пед. наук. –
Ростова
-
на
-
Дону: 2011. –
22 с.
16.
Методические рекомендации по внедрению в вузе системы зачетных
единиц (кредитов) / [Текст] /. Государственный университет управления, Центр
качества [сост. О.В. Давыдова, В.И. Звонников, М.Б. Челышкова]. –
М.: ГУУ, 2010. –
50 с
17.
Рахимов А.А. Методика организациии ндивидуальных работ студентов по
математике в условиях кредитного обучения в техническом вузе: Автореф. дис. …
канд. пед. наук. –Душанбе: 2020. –26 с.
