Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
Some observations on the active participation of women
in the labor force of the Fergana Valley
Istora JURAEVA
1
Namangan State University
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received March 2025
Received in revised form
15 April 2025
Accepted 25 April 2025
Available online
25 May 2025
This article highlights the selfless work of women in our
country in various fields using the example of women in the
Fergana Valley regions and analyzes their activities in the social,
economic and cultural spheres based on specific examples. Also,
special emphasis is placed on the contributions of women in the
Fergana Valley to the development of sectors and their labor
activities.
2181-
1415/©
2025 in Science LLC.
https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol6-iss4/S-pp397-400
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
infrastructure,
labor market,
unemployment,
women's activity,
opportunities,
labor guarantee,
industry,
construction.
Farg‘ona vodiysi ayollarining mehnat faoliyatidagi
faolligi
haqida ayrim mulohazalar
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
infratuzilma,
mehnat bozori,
ishsizlik,
ayollar faolligi,
imkoniyatlar,
mehnat kafolati,
sanoat,
qurilish.
Ushbu maqolada mamlakatimizdagi xotin-qizlarning turli
sohalardagi
fidokorona
mehnatlari
Farg‘ona
vodiysi
viloyatlaridagi xotin-qizlar misolida yoritilgan hamda ularning
ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy sohalardagi faoliyati aniq misollar
asosida tahlil etilgan. Shuningdek, Farg‘ona vodiysi xotin
-
qizlarining sohalar rivojidagi hissalari va ularning mehnat
faoliyatiga alohida urg‘u berilgan.
1
PhD student, Namangan State University. E-mail: istorajorayeva@gmail.com
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
04 (2025) / ISSN 2181-1415
398
Некоторые соображения об активности женщин
Ферганской долины в трудовой деятельности
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
инфраструктура,
рынок труда,
безработица,
женский активизм,
возможности,
гарантии занятости,
промышленность,
строительство.
В статье на примере женщин регионов Ферганской
долины освещается самоотверженный труд женщин нашей
страны в различных сферах, на конкретных примерах
анализируется
их
деятельность
в
социальной,
экономической и культурной сферах. Особое внимание
уделяется также вкладу женщин Ферганской долины в
развитие промышленности и их трудовой деятельности.
KIRISH
Farg‘ona vodiysi viloyatlari aholisi son
jihatidan hamisha yuqoriligi hududdagi
mehnat bozorining doimiy o‘sib borishini ta’minlamoqda. Ushbu
omillar natijasida vodiy
infratuzilmasi yildan-yilga yaxshilanmoqda. Bunday ijobiy o
‘
zgarishlarga erishishda
Farg
‘
ona vodiysi ayollari ham g
‘
ayrat va shijoat bilan mehnat qilmoqda. Xotin-qizlarning
ijtimoiy, iqtisodiy hamda madaniy sohalardagi ishtiroki yil sayin ortib bormoqda.
Uy-ro
‘
zg
‘
or ishlari va farzand tarbiyasidan ortib ta
’
lim olayotgan, mehnat qilayotgan va
tadbirkorlik bilan shug
‘
ullanayotgan xotin-qizlar zamonamizning haqiqiy qahramonlari,
desak to
‘
g
‘
ri bo
‘
ladi. Yangi O
‘
zbekistonda xotin-qizlarning og
‘
irini yengil qilish, ular uchun
barcha sohalarda zarur sharoitlarni yaratib berish doimo davlat siyosatidagi muhim
masala sanaladi [1].
Mustaqillikning dastlabki yillarida xotin-qizlar asosan ta
’
lim va
sog
‘
liqni saqlash tizimida mehnat qilgan bo
‘
lsalar, hozirga kelib ular arxitektura, qurilish,
sanoat va hatto transport sohalarida ham malakali mutaxassis sifatida e
’
tirof etilmoqda.
METODLAR VA O
‘
RGANILGANLIK DARAJASI
Tarixiy jihatdan
Farg
‘
ona vodiysi xotin-qizlarining mehnat bozoridagi ishtiroki va
faoliyatini tadqiq etishda rasmiy statistikalar, mavzu bo
‘
yicha qabul qilingan farmon va
qarorlar, shuningdek, og
‘
zaki tarix materiallaridan foydalanish mavzunining yanada
kengroq yoritilishiga xizmat qiladi. Mustaqillik yillarida O
‘
zbekiston xotin-qizlarining
hunarmandchilik va turizm sohalaridagi hamda mehnat migratsiyasidagi ishtiroki
M. Isaqova, G. Azamatovaning ilmiy tadqiqotlarida o
‘
rganilgan.
Tadqiqot natijalari. Bugungi kunda ayollarning ijtimoiy hayotdagi o‘rni tobora ortib
bormoqda. Ular faqatgina oila bag‘rida emas, balki turli sohalarda faoliyat yuritib, jamiyat
taraqqiyotiga munosib hissa q
o‘shmoqdalar. Shifokor bo‘layotgan ayol insonlar
salomatligini asraydi, o‘qituvchi bo‘lib, kelajak avlodni tarbiyalaydi, tadbirkor sifatida esa
iqtisodiyotni rivojlantiradi. Har bir sohaga kirib borgan ayol o‘ziga xos mehr, mas’uliyat va
fidokorlik bilan harakat qiladi. Lekin ayrim xususiy sektorlarda ayollar garchi bir xil
vazifani bajarsalar-
da, erkaklarga nisbatan kamroq maosh to‘lanishi kabi holatlar mavjud.
Mehnat kuchi nisbatida xotin-qizlarning past ishtiroki, ularning maoshining kamligi va
kasbiy segregatsiya kabi omillar natijasida maosh belgilanishida sezilarli darajadagi
farqlarga sabab bo‘lmoqda [2]. Ijtimoiy so‘rovnoma natijalariga ko‘ra, mehnat faoliyatida
ayrim yosh farzandli ayollar samarali mehnat qila olmaydi degan stereotiplar ham mavjud.
Shu sababli jamiyatda ayollar mehnatini qadrlash, ularni har tomonlama qo‘llab
-
quvvatlash muhimdir. Ayollar uchun qulay ish sharoitlari yaratish, ularning huquq va
imkoniyatlarini himoya qilish, ijtimoiy hayotda faol bo‘lishlariga yo‘l ochish –
bu faqat
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
04 (2025) / ISSN 2181-1415
399
ayol uchun emas, balki butun jamiyat taraqqiyoti uchun xizmat qiladi. Shu boisdan ham,
xotin-
qizlarni jamiyatimizning faol va tashabbuskor a’zosiga aylantirish bugungi davlat
siyosatining muhim yo‘nalishiga aylandi. O‘zbekiston doimiy aholisining qar
iyb yarmi
49,7 foizi tashkil etuvchi xotin-
qizlar ta’lim, sog‘liq saqlash va madaniyat sohalarida
faoliyat yuritayotganlarning 72 foizini tashkil etmoqda. Prezident Shavkat
Mirziyoyevning 2018-
yil may oyida Namangan viloyatidagi tashrifi chog‘ida “Oila” il
miy-
tadqiqot markazining viloyat bo‘limi faoliyati bilan tanishilganda, davlat rahbari xotin
-
qizlar faolligini oshirish, ishsizlik darajasini kamaytirish, ayollar tadbirkorligini
rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi
[3]
. “Oila” ilmiy
-tadqiqot markazi
faoliyatida ham xotin-
qizlar masalasi bo‘yicha ham tizimli ishlarni amalga oshirildi.
Boqimandalik insonga xos bo‘lmagan illat sifatida qoralanayotgan, jamiyat rivoji
uchun xavfli virusga qiyoslanayotgan bir pallada Andijon viloyatining Marhamat
tumanidagi suvoqchi xotin-
qizlar o‘z mehnatsevarliklari bilan har qanday insonga
namuna bo‘la oladilar. Oliy ma’lumotga ega bo‘lgan marhamatlik suvoqchi ayollar
20 yildan ortiq vaqt davomida suvoqchilik bilan shug‘ullanib, ushbu hunarning mohir
ustalar
iga aylanganlar. Ishlarining sifati bilan hammaga ma’qul kelayotgan suvoqchi
ayollar guruhi ko‘plab bog‘cha va maktablarning ta’mirlashda ishtirok etishgan
[4]. Xotin-
qizlarimiz mehnat faolligining tobora ortishi natijasida ularni qo‘llab
-quvvatlashga
qaratilgan hukumat qarorlari ham imzolanmoqda.
Vazirlar Mahkamasining qaroriga
muvofiq, ayollarga avtobus va yuk avtomobillarini boshqarishga ham ruxsat etildi.
Bugungi kunga kelib, zamonaviy avtotransport vositalarining texnik xususiyatlari tufayli
ayollarga transport boshqaruvida qulay va
sog‘liqlariga zararsiz mehnat qilish imkoni
mavjud [5]. Xotin-
qizlar o‘z fidoyiliklari va mehnatsevarligi bilan sohadagi
qiyinchiliklarga qaramasdan, samarali mehnat qilmoqdalar.
Ishlaydigan ayollar ko‘pincha ikki tomonlama yukni o‘z zimmasiga oladilar: biri –
professional faoliyat, ikkinchisi
–
oila boshqaruvi va farzand tarbiyasi. Aynan shu jihat
ularning mehnatini yanada qadrli qiladi. Ayol nafaqat ish joyida, balki uyda ham tinimsiz
harakatda bo‘ladi.
Ingliz sho
iri va dramaturg O.Goldsmit ta’biri bilan aytganda, ayollar –
insoniyatning ilk murabbiylaridir [6]. Har bir non yopilgan tandirda, har bir toza
ko‘ylakda, har bir bolakayning muvaffaqiyatida ayol mehnati mujassam. Ayollarni
qo‘llab
-quvvatlash va faolligini oshirish nafaqat iqtisodiy sohalarni rivojlantiradi, balki
yurtimizdagi ijtimoiy muhit, oilalarning mustahkamligi hamda turmush farovonligini
oshishiga turtki bo‘ladi. Davlatimiz ayollar faolligini oshirishni ma’naviy va moddiy
jihatdan qo‘llab
-quvvatlamoqda. Xususan, 2023-
yildan “Ibratli oila” ko‘krak nishonining
joriy etilishi ham oila bekalari bo‘lmish ayollarni faollikka chorlamoqda
[7]. Respublika
va xalqaro darajadagi tanlovlarda ham aynan xotin-qizlar uchun nominatsiyalarning
kiritilishi hamda bunday tanlovlar sonining ortib borayotgani xotin-qizlar faolligini
oshirishning dunyo davlatlaridagi ahamiyatini ham yuqori ekanligidan dalolat beradi.
XULOSA
Xotin-qizlarning mehnat bozoridagi ishtiroki jamiyat rivojlanishining muhim
omillaridan biri hisobla
nadi. Bugungi kunda ayollar nafaqat an’anaviy tarzda tibbiyot,
ta’lim yoki xizmat ko‘rsatish sohalarida, balki siyosat, muhandislik, IT, tadbirkorlik kabi
ancha erkaklar ustun bo‘lgan yo‘nalishlarda ham faol ishtirok etmoqda. Shu bilan birga,
hali ham ayrim joylarda ayollarga teng imkoniyatlar yaratilmayotgani, gender
stereotiplari, ish haqi tengsizligi kabi muammolar mavjud. Bularni bartaraf etish uchun
davlat siyosati, jamiyat madaniyati va oiladagi tarbiya muhim rol o‘ynaydi. Bu ijobiy
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
04 (2025) / ISSN 2181-1415
400
holat, chunki ayollarning bilim va salohiyatini ishga solish orqali jamiyat iqtisodiyoti
yanada kuchayadi, oilalarning turmush darajasi ko‘tariladi, farzandlar uchun ham yaxshi
namuna bo‘ladi. Ayollar boshqaruv lavozimlarida ishlaganda, ular ko‘pincha jamoada
muvozanat, ham
korlik va insonparvarlik muhitini yaratishda yetakchi bo‘ladilar.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
RO‘YXATI
:
1.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb
-
sayti ma’lumotlari: Xalqaro
xotin-
qizlar bayrami munosabati bilan O‘zbekston Respublikasi
Prezidentining bayram
tabrigi. https://president.uz/oz/lists/view/7929
2.
O‘zbekistonda gender tengligi va tahlili. Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki.
Washington. 2024. 8-bet
3.
Солнома. Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Миромонович
Мирзиёев фаолияти хроникаси. –Тошкент. Ўзбекистон, 2022. 211
-
б
4.
Ijtimoiy tarmoq ma’lumotlari. Andijonlik suvoqchi ayollar bilan yozib olingan
suhbat.
https://www.kun.uz/news/list?f=tag&name=%D1%81%D1%83%D0%B2%
D0%BE%D2%9B%D1%87%D0%B8+%D0%B0%D1%91%D0%BB%D0%BB%D0%B0%
D1%80
5.
O
‘zbekiston Respublikasi Transport Vazirligi rasmiy veb
-
sayti ma’lumotlari:
https://www.mintrans.uz/amalga-oshirilgan-tadbirlar-gender/ayollar-huquqlari-va-
gender-tengligi
6.
Тюриков
В
.
И
.,
Шоғуломов
Р
.
Ш
.
Аёл
–
муқаддассан
.
–Т.: “Ёзувчи”, 1999.
48-
б.
7.
O‘zbekiston Respublikasi Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi. O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 02.09.2023 yildagi 437-sonli qarori
https://www.lex.uz/uz/docs/-6590121
