Авторы

  • Насиба Бараталиева
    Преподаватель, Термезский государственный педагогический институт

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol6-iss4/S-pp418-424

Ключевые слова:

информационные технологии творческий потенциал сфера сервиса студент интерактивные методы

Аннотация

В статье рассматривается роль информационно-коммуникационных технологий (ИКТ) в развитии творческого потенциала студентов, обучающихся в сфере сервиса. Установлено, что цифровые инструменты оказывают значительное положительное влияние на формирование креативного мышления у студентов, способствуя эффективной и интерактивной организации учебного процесса. Индивидуализированный подход, мультимедийные ресурсы и онлайн-платформы стимулируют творческую активность. В исследовании были проведены практические эксперименты с участием студентов сервисного направления, что позволило оценить практическую значимость ИКТ. Полученные результаты научно подтверждают эффективность использования данных технологий в развитии творческого потенциала.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/socinov/index

The role of information and communication technologies
in developing the creative potential of students studying
in the service sector

Nasiba BARATALIEVA

1


Termez State Pedagogical Institute

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received March 2025

Received in revised form

15 April 2025
Accepted 25 April 2025

Available online

25 May 2025

This article explores the role of information and

communication technologies (ICT) in enhancing the creative

potential of students in the service sector. It was found that

digital tools have a significantly positive impact on students'

creative thinking development, contributing to more effective
and interactive learning. The use of ICT tools enables

personalized approaches, encourages multimedia integration,

and fosters a stimulating environment for creativity. Practical

experiments were conducted with service-oriented students,
allowing an empirical assessment of ICT application. The results

substantiate the effectiveness of these technologies in

developing creative capabilities in students.

2181-

1415/©

2025 in Science LLC.

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol6-iss4/S-pp418-424

This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

Keywords:

information technologies,
creative potential,

service sector,

student,

interactive methods.

Servis

sohasida o‘qiyotgan talabalar ijodiy salohiyatini

rivojlantirishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining

o‘rni

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar

:

axborot texnologiyalari,
ijodiy salohiyat,

servis sohasi,

talaba,

interaktiv usullar.

Maqolada servis sohasi talabalari ijodiy salohiyatini

rivojlantirishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining

(AKT) o‘rni o‘rganiladi. Aniqlanishicha, talabalarning kreativ

fikrlash qobiliyatini shakllantirishda raqamli vositalar ta’siri

sezilarli dara

jada ijobiy bo‘lib, bu o‘quv jarayonini samarali va

interaktiv tashkil etishga xizmat qiladi. AKT vositalarining

individual yondashuv imkoniyatlari, multimedia va onlayn

platformalarning qo‘llanishi ijodiy muhitni rag‘batlantiradi.

1

Teacher, Termez State Pedagogical Institute. E-mail: nasibabarataliyeva@gmail.com


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

04 (2025) / ISSN 2181-1415

419

Tadqiqotda servis yo‘nal

ishidagi talabalar bilan olib borilgan

tajriba ishlari orqali AKT vositalarining amaliy ahamiyati
baholandi. Olingan natijalar asosida ushbu vositalar ijodiy

salohiyatni rivojlantirishga xizmat qilishi ilmiy asoslab berildi.

Роль информационно

-

коммуникационных технологий

в развитии творческого потенциала студентов,
обучающихся в сфере сервиса

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

информационные

технологии,

творческий потенциал,
сфера сервиса,

студент,

интерактивные методы

.

В статье рассматривается роль информационно

-

коммуникационных технологий (ИКТ) в развитии
творческого потенциала студентов, обучающихся в сфере

сервиса. Установлено, что цифровые инструменты

оказывают значительное положительное влияние на

формирование креативного мышления у студентов,
способствуя эффективной и интерактивной организации

учебного процесса. Индивидуализированный подход,

мультимедийные

ресурсы

и

онлайн

-

платформы

стимулируют творческую активность. В исследовании
были проведены практические эксперименты с участием

студентов сервисного направления, что позволило оценить

практическую значимость ИКТ. Полученные результаты

научно подтверждают эффективность использования

данных технологий в развитии творческого потенциала.


BACKGROUND

The rapid integration of digital technologies into higher education has transformed

the teaching and learning processes, particularly in the context of creativity development.
Students in service education require innovative methods to enhance their problem-
solving and design thinking abilities.

METHODS

The study used a mixed-methods approach combining surveys, classroom

observation, and ICT-based interventions with service students at vocational institutions.
Digital tools included educational platforms, mobile apps, and collaborative software.

RESULTS

The findings showed a 40% increase in student engagement and creativity output

when ICT was systematically incorporated into learning modules. Students demonstrated
higher levels of originality, adaptability, and collaborative skills.

CONCLUSION

ICT plays a crucial role in shaping a modern educational environment conducive to

creativity. It is recommended that service training programs adopt technology-integrated
pedagogies to foster creative growth in students.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

04 (2025) / ISSN 2181-1415

420

KIRISH

Zamonaviy ta’lim tizimida talabalarning ijodiy salohiyatini shakllantirish va

rivojlantirish eng dolzarb masalalardan biri sifatida qaralmoqda. Ayniqsa, servis sohasi

kabi amaliy ko‘nikma va innovatsion fikrlashni talab qiladigan yo‘nalishlarda ta’lim

olayotgan yoshlar uchun ijodiy salohiyat

bu nafaqat individual yondashuv, balki

raqobatbardosh mutaxassis bo‘lishning muhim mezonidir. Shu nuqtai nazardan olib

qaralganda, axborot-

kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) ta’lim jarayoniga

integratsiyalashgan holda, talabalarning kognitiv imkoniyatlari, mustaqil fikrlashi hamda
yangilik yaratish qobiliyatini rivojlantirishda keng imkoniyatlarni taqdim etadi.

AKT vositalarining interaktiv va multimedia xususiyatlari talabaning shaxsiy

ishtirokini faollashtirib, o

‘quv muhitini jonlantiradi. Bugungi kunda servis sohasidagi

ta’lim jarayonida elektron ta’lim platformalari, mobil ilovalar, raqamli loyihalar va onlayn

hamkorlik tizimlari orqali nafaqat nazariy bilimlar, balki amaliy vazifalarni ijodiy hal

qilish ko‘nikmalari ham shakllanmoqda. Bu esa, ta’lim oluvchilarda muammoli
vaziyatlarda original fikr ishlab chiqish, yangi g‘oyalarni ilgari surish va ularni texnologik

vositalar orqali ifodalash malakasini rivojlantiradi.

Mazkur maqolada servis sohasi talabalarining ijodiy salohiyatini shakllantirishda

AKTning didaktik va amaliy imkoniyatlari tahlil qilinadi. Tadqiqotda axborot-

kommunikatsiya vositalaridan foydalanish tajribasi, ularning ta’sir mexanizmlari,
shuningdek, ijodiy faoliyatga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan holatlar empirik ma’lumotlar asosida
yoritiladi. Shu orqali servis sohasi bo‘yicha mutaxassis tayyorlashda raqamli pedagogik
texnologiyalarni qanday qo‘llash mumkinligi hamda ularning samaradorlik darajasi ilmiy

asosda baholanadi.

METODIKA

Tadqiqotda servis sohasi talabalari ijodiy salohiyatining rivojlanishiga axborot-

kommunikatsiya texnologiyalari qanday ta’sir ko‘rsatishini aniqlash maqsadida aralash

tadqiqot metodologiyasidan foydalanildi. Mazkur metodika sifatida kvantitativ va

kvalitativ yondashuvlar uyg‘u

nlashtirildi. Dastlab, Toshkent shahridagi bir nechta kasb-

hunar va oliy ta’lim muassasalarida servis yo‘nalishida tahsil olayotgan 120 nafar

2

3-

bosqich talabalari o‘rganish obyektiga aylantirildi.

Tadqiqotda quyidagi vositalar qo‘llanildi:

So‘rovnoma (anketalar): talabalar o‘rtasida ijodiy fikrlash darajasi, AKT

vositalaridan foydalanish chastotasi, qaysi dasturiy vositalar samaraliroq ekani
aniqlashga qaratilgan 20 ta yopiq va ochiq savollardan iborat test shakli ishlab chiqildi.

Amaliy tajribalar: dars jarayonida Google Jamboard, Canva, Padlet, Quizlet, Miro

kabi interaktiv vositalardan foydalangan holda, ijodiy topshiriqlar bajarilishi kuzatildi va

ularning sifat ko‘rsatkichlari baholandi.

Kuzatuv va kontent-

tahlil: AKT qo‘llanilgan guruhlar bilan an’anaviy metodlar

asosida ishlovchi guruhlar o‘rtasidagi ijodiy fikrlash, yangicha yondashuv, dizayn
g‘oyalarini ilgari surish ko‘nikmalari taqqoslab tahlil qilindi.

Tahlil jarayonida statistik dasturlardan

SPSS va Excel vositalari yordamida

ma’lumotlar kodlandi, guruhlar o‘rtasidagi tafovutlar chi

-

kvadrat testi va o‘rtacha

arifmetik ko‘rsatkichlar asosida baholandi. Kvalitativ jihatdan esa talabalar yozgan

kreativ ishlanmalar, loyihalar, elektron portfoliolar mazmunan ekspertlar tomonidan
baholandi.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

04 (2025) / ISSN 2181-1415

421

Tadqiqotning ishonchliligi uchun har bir tajriba ikki marta takrorlandi, har bir

guruh 30 nafardan iborat bo‘lib, nazorat va tajriba guruhlarining boshlang‘ich
ko‘rsatkichlari deyarli tenglashtirildi. Natijalar esa grafiklar, jadval va diagramm

alar

orqali ko‘rsatildi.

NATIJALAR

Tadqiqot davomida servis sohasi talabalarining ijodiy salohiyatini rivojlantirishda

AKT vositalarining ta’siri bir nechta mezonlar bo‘yicha baholandi: innovatsion fikr ilgari

surish darajasi, muammo yechishdagi original yondashuv, jamoada ishlash va multimedia
vositalaridan foydalana olish salohiyati. Ushbu mezonlar asosida tajriba va nazorat

guruhlari o‘rtasida sezilarli farqlar kuzatildi.

Tajriba guruhidagi talabalar darslarda Canva, Jamboard, Miro kabi vizual

platformal

ardan foydalangan holda berilgan topshiriqlarga nisbatan yangi, noan’anaviy

yechimlar taklif qildi. 40% talabada ijodiy yondashuv darajasi yuqori bo‘lsa, ushbu
ko‘rsatkich nazorat guruhida atigi 17 foiznini tashkil etdi. Ayniqsa, grafik dizayn,

servisdagi xizmat loyihasini vizual tarzda ifodalash, mijozlar uchun xizmat ssenariylarini

tuzishda tajriba guruhining ishi sifatida yaqqol ustunlik ko‘zga tashlandi.

Tadqiqot davomida AKT vositalari yordamida yaratilgan topshiriqlarning sifat

darajasi ham aniq ko‘rs

atkichlar asosida baholandi. Masalan, interaktiv loyiha

topshiriqlarida tajriba guruhidagi talabalar:

85% holatda o‘z loyihasini raqamli formatda taqdim eta oldi,

72% holatda dizayn, kreativlik, o‘z g‘oyasini vizual ifodalashda yuqori natija

ko‘rsatdi,

68%

ishtirokchi o‘z loyiha ishida foydalangan AKT vositalari haqida tahliliy yozma

izoh berishga muvaffaq bo‘ldi.

Nazorat guruhida esa bu ko‘rsatkichlar mos ravishda 43%, 35% va 29% atrofida

bo‘ldi. Demak, ijodiy faoliyatda AKT vositalari nafaqat texnik imkoniyatlar, balki o‘quvchini
faol o‘ylash, mustaqil qaror qabul qilish va yangi g‘oyalarni ifodalashga undaydi.

So‘rovnoma natijalariga ko‘ra, talabalar AKT vositalari ishtirokidagi

mashg‘ulotlarni:

“qiziqarli” (88%),

“mustaqil fikrlashga yo‘naltiruvchi” (79%

),

“biror

-

bir loyihani real hayotga moslashtirishga yordam beruvchi” (65%) deb

baholadi.

Bu esa, dars jarayonining interaktivligini oshiribgina qolmay, talabani markazga

qo‘ygan ta’lim modelini kuchaytiradi. Shu bilan birga, ijodiy topshiriqlarning baholas

h

mezonlari ham AKT vositalari orqali shaffof va aniq ifodalanmoqda: raqamli portfoliolar,
video-prezentatsiyalar, jamoaviy loyihalarning onlayn natijalari baholash jarayonini
tizimli qiladi.

Metodika bo‘yicha o‘tkazilgan ikki oylik tajriba davomida o‘qitu

vchilar tomonidan

yuritilgan “ijodiy faollik jurnali” asosida quyidagi farqlar aniqlandi:

tajriba guruhida mashg‘ulotda faol ishtirok etganlar soni 1,5 baravar ko‘p bo‘ldi;

AKT orqali ishlab chiqilgan ijodiy ishlanmalarni topshirish darajasi 30 foizga oshdi;

loyiha ishlari sifat darajasi (originallik, mustaqillik, texnik bezak) o‘rtacha

4.3/5 bahoga ega bo‘ldi, nazorat guruhida esa bu ko‘rsatkich 2.9/5 atrofida bo‘ldi.

Muhim jihatlardan biri shuki, AKT asosidagi topshiriqlar talabalarda quyidagi

sifatlarning rivojlanishiga xizmat qildi:


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

04 (2025) / ISSN 2181-1415

422

kreativ tafakkur: yangi xizmat modellarini ishlab chiqish, mijoz ehtiyojlarini tahlil

qilish orqali fikrni kengaytirish.

Vizual ifoda qobiliyati: grafik dizayn, video va prezentatsiya vositalaridan

foydalanish orqali axborotni samarali yetkazish.

Texnologik savodxonlik: yangi platformalar bilan ishlash, ularni tezda o‘rganish va

integratsiyalash malakasi.

Ushbu natijalar asosida AKTdan foydalangan holda servis sohasi talabalari uchun

ijodiy muhitni shakllantirish mumkinligi ilmiy asoslab berildi.

MUHOKAMA

Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, axborot

-kommunikatsiya texnologiyalari

(AKT) servis sohasi talabalarining ijodiy salohiyatini rivojlantirishda nafaqat qo‘shimcha

vosita, balki zaruriy pedagogik komponent sifatid

a namoyon bo‘lmoqda. Olingan empirik

ma’lumotlar AKT yordamida tashkil etilgan ta’lim jarayoni talabalarda mustaqil fikrlash,

yangi g‘oyalar ishlab chiqish, ularni texnologik vositalar orqali ifodalash, hamda jamoaviy

loyihalarda faol ishtirok etish ko‘nikmalarini samarali shakllantirayotganini ko‘rsatdi.

AKT vositalarining servis ta’limidagi afzalliklari bir necha yo‘nalishda namoyon

bo‘ladi. Birinchidan, bu vositalar o‘quv jarayonini an’anaviy passiv formatdan faol va

interaktiv shaklga o‘tkazadi. Bu esa

ijodiy fikrlash uchun zarur sharoit

erkin ifoda,

tanqidiy tahlil va tashabbusni kuchaytiradi. Shu bilan birga, raqamli muhitda ishlash

talabalarni XXI asr ko‘nikmalariga –

media savodxonlik, texnologik moslashuvchanlik,

raqamli etikaga tayyorlaydi.

Ikkin

chidan, servis sohasi o‘z mohiyati bilan mijozga yo‘naltirilgan,

innovatsiyalarga ochiq, dizayn va loyihalash yondashuviga asoslangan soha bo‘lib,

bunday yo‘nalishdagi ta’limda ijodiy salohiyatni kuchaytirish alohida dolzarb ahamiyat

kasb etadi. Ushbu jihatdan qaralganda, AKT vositalari orqali servis mahsulotlari

maketlarini ishlab chiqish, xizmat ssenariylarini yaratish, mijozga yo‘naltirilgan xizmat

loyihalarini vizualizatsiya qilish imkoniyati talabalar uchun amaliy bilimni real muhitga

bog‘lash imkonini

beradi.

Uchinchidan, kuzatilgan o‘zgarishlar servis ta’limida faqatgina dars

samaradorligini emas, balki talabalar o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik, mulohaza almashish

va birgalikda yaratilgan mahsulotlar orqali ijtimoiy ko‘nikmalarning shakllanishiga ham

ta’

sir qilmoqda. Bu esa ijodiy salohiyatni kompleks yondashuv asosida rivojlantirish

zarurligini ko‘rsatadi –

bunda kognitiv, affektiv va operatsion jihatlar uyg‘un holda

shakllanishi lozim.

Shuni alohida ta’kidlash kerakki, ijodiy fikrlash va raqamli savodxonlik o‘rtasidagi

bog‘liqlik tobora mustahkamlanmoqda. AKT vositalaridan samarali foydalanish

talabaning o‘zini ifoda etish doirasini kengaytiradi: oddiy matndagi g‘oyani vizual,

animatsion yoki interaktiv ko‘rinishda bayon etish esa uning ijodiylik darajas

ini oshiradi.

Bu fikrlar ilg‘or xorijiy pedagogik tadqiqotlarda ham qo‘llab

-quvvatlanmoqda. Jumladan,

P. Mishra va M. Koehler tomonidan ilgari surilgan TPACK (Texnologik, Pedagogik va

Mazmuniy Bilim) modeli asosida AKTning ta’limda samarali integratsiyasi

ijodiy

salohiyatga bevosita ta’sir etuvchi omil sifatida baholanadi [1, s. 92].

Shuningdek, tajriba davomida aniqlanganki, AKT vositalari talabalarni o‘quv

topshiriqlariga bo‘lgan yondashuvini o‘zgartirgan. An’anaviy mashg‘ulotlarda ijodiy

topshiriqlarni “majburiy vazifa” sifatida qabul qilgan talabalar, AKT bilan tashkil etilgan

jarayonda ularni “o‘z loyihasi”, “shaxsiy ishlanmasi” sifatida baholay boshlagan. Bu esa

ichki motivatsiyaning oshganidan dalolat beradi.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

04 (2025) / ISSN 2181-1415

423

Biroq tadqiqot natijalari bilan birga, bir nechta cheklovlar ham kuzatildi. Xususan,

barcha talabalar ham raqamli vositalarni birday qabul qilmaydi

texnik savodxonlikning

turlicha darajasi, internet infratuzilmasining barqaror emasligi, yoki pedagoglarning

raqamli vositalarni to‘liq o‘zlashtirma

ganligi kabi omillar ayrim guruhlarda

AKT samaradorligini to‘liq ko‘rsatishga imkon bermadi. Bu holat, kelgusidagi tadqiqotlar

uchun AKTdan foydalanish bo‘yicha o‘qituvchilarning tayyorgarlik darajasini ham

baholash zarurligini ko‘rsatmoqda.

Umuman olgand

a, mazkur tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, servis sohasi

ta’limida ijodiy salohiyatni rivojlantirish uchun AKT vositalari doirasida muayyan

strategiyalar ishlab chiqilishi va ular amaliyotga joriy qilinishi lozim. Bu strategiyalar

faqat texnik vosit

alarga emas, balki ularning didaktik integratsiyasi, o‘qituvchining ijodiy

yondashuvi va talabani markazga qo‘ygan metodikalarga tayanmog‘i kerak.

XULOSA

Servis sohasi talabalari ijodiy salohiyatini shakllantirishda axborot-

kommunikatsiya texnologiyalari (

AKT) muhim vosita bo‘lib xizmat qilayotgani mazkur

tadqiqotda aniq ko‘rsatildi. Raqamli texnologiyalar o‘quv jarayonini faollashtirib,

talabalarning mustaqil fikrlashi, original g‘oya yaratishi, ularni texnologik jihatdan

ifodalash malakasini rivojlantiradi. Ayniqsa, grafik vositalar, onlayn platformalar va

virtual hamkorlik muhitlarida tashkil etilgan darslar ijodiylik darajasini oshirishga

sezilarli ta’sir ko‘rsatdi.

Tadqiqot natijalariga ko‘ra, AKT vositalaridan foydalanilgan guruhlarda talabalar

tomonid

an ishlab chiqilgan topshiriqlar sifati yuqori bo‘lib, ular texnologik savodxonlik,

kreativ yondashuv, jamoada ishlash va o‘z g‘oyasini ifodalash ko‘nikmalarini

shakllantirgan. Bu esa, AKT faqat taqdimot yoki darsni bezash vositasi emas, balki ijodiy

tafak

kurni rivojlantiruvchi ta’limiy mexanizm ekanini tasdiqlaydi.

Shu asosda quyidagi ilmiy-amaliy tavsiyalarni ilgari suramiz:

servis yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalarning ijodiy salohiyatini

rivojlantirishda AKT asosidagi topshiriq va loyihalarning ulushini oshirish zarur.

O‘qituvchilar uchun AKT vositalarini didaktik jihatdan qo‘llash bo‘yicha maxsus

metodik qo‘llanmalar ishlab chiqilishi kerak.

Talabalar o‘rtasida raqamli savodxonlikni aniqlash va ularni tabaqalashtirilgan

tarzda AKT bilan ishlashga y

o‘naltirish maqsadga muvofiq.

O‘quv dasturlariga interaktiv vizual topshiriqlar, media

-dizayn asoslari, mijozga

xizmat ko‘rsatish ssenariylari kabi ijodiy modul kurslarini integratsiyalash kerak.

Kelgusidagi tadqiqotlarda AKT vositalarining turli pedagogik modellar (masalan,

CLIL, TPACK, Design Thinking) bilan uyg‘unlikdagi ta’siri ham o‘rganilishi lozim.

Xulosa qilib aytganda, servis sohasi talabalari uchun AKT

bu shunchaki texnik

vosita emas, balki ularning zamonaviy mutaxassis sifatida shakllanishida, ayniqsa, ijodiy

yondashuvni rivojlantirishda strategik ta’limiy resursdir.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI

:

1.

Мирзаахмедова, Н. А. Педагогические технологии в формировании

профессиональной подготовки студентов сферы сервиса. –

Ташкент: Fan, 2020. –

176 с.

2.

Mishra, P., & Koehler, M. J. Technological Pedagogical Content Knowledge: A

Framework for Teacher Knowledge // Teachers College Record.

2006.

Vol. 108, No. 6.

P. 1017

1054.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

04 (2025) / ISSN 2181-1415

424

3.

Qodirova, M. A. Axborot-

kommunikatsiya texnologiyalari asosida o‘quvchilarda

ijodiylikni rivojlantirish // Pedagogik mahorat.

2023.

№2. –

B. 92

96.

4.

Jonassen, D. H. Computers as Mindtools for Schools: Engaging Critical Thinking.

3rd ed.

Columbus, OH: Pearson Merrill Prentice Hall, 2005.

304 p.

5.

Турсунов, Б. А. Сервис соҳасида инновацион таълим технологиялари:

назарий ва амалий асослар. –

Самарқанд: СамДУ нашриёти, 2021. –

194 б.

6.

Нуриддинов, К. Д. (2025). Формы формирования академической культуры

у студентов педагогических вузов. golden brain, 3(6), 23

-27.

7.

Selwyn, N. Education and Technology: Key Issues and Debates.

2nd ed.

London: Bloomsbury Academic, 2016.

256 p.

8.

Юсупов

,

Б

.

Р

.

Ижодий

таълим

муҳитида

ахборот

технологияларидан

фойдаланиш

усуллари

//

Таълимда

инновациялар

.

2022.

№4. –

Б

. 63

67.

Библиографические ссылки

Мирзаахмедова, Н. А. Педагогические технологии в формировании профессиональной подготовки студентов сферы сервиса. — Ташкент: Fan, 2020. — 176 с.

Mishra, P., & Koehler, M. J. Technological Pedagogical Content Knowledge: A Framework for Teacher Knowledge // Teachers College Record. — 2006. — Vol. 108, No. 6. — P. 1017–1054.

Qodirova, M. A. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida o‘quvchilarda ijodiylikni rivojlantirish // Pedagogik mahorat. — 2023. — №2. — B. 92–96.

Jonassen, D. H. Computers as Mindtools for Schools: Engaging Critical Thinking. — 3rd ed. — Columbus, OH: Pearson Merrill Prentice Hall, 2005. — 304 p.

Турсунов, Б. А. Сервис соҳасида инновацион таълим технологиялари: назарий ва амалий асослар. — Самарқанд: СамДУ нашриёти, 2021. — 194 б.

Нуриддинов, К. Д. (2025). Формы формирования академической культуры у студентов педагогических вузов. golden brain, 3(6), 23-27.

Selwyn, N. Education and Technology: Key Issues and Debates. — 2nd ed. — London: Bloomsbury Academic, 2016. — 256 p.

Юсупов, Б. Р. Ижодий таълим муҳитида ахборот технологияларидан фойдаланиш усуллари // Таълимда инновациялар. — 2022. — №4. — Б. 63–67.