Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
Issues of teaching Karakalpak language and literature in
8th and 9th grade Uzbek classes
Aysulu YUSUPOVA
1
Karakalpakstan Branch of the Kary-Niyazi National Institute of Educational Pedagogy
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received March 2025
Received in revised form
15 April 2025
Accepted 25 April 2025
Available online
25 May 2025
In the 21st century, in the fastest updating of information all
over the world, it is extremely difficult and important to form
moral and ethical qualities in the education and upbringing of
students of secondary specialized and professional educational
institutions of the Republic of Karkalpakstan.
2181-
1415/©
2025 in Science LLC.
https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol6-iss4/S-pp348-352
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
lesson process,
teaching,
literary conference,
literary circle activities,
extracurricular activities,
character,
creative work.
8
–
9-
o‘zbek sinflarida qoraqalpoq tili va adabiyotini
o‘qitish masalalari
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
dars jarayoni,
o‘qitish,
adabiy konferensiya,
adabiy to‘garak ishlari,
darsdan tashqari
mashg‘ulotlar,
obraz,
ijod.
Jahondagi pedagogika ilmi bo‘yicha ma’lumotlar tezkor
yangilanayotgan XXI asrda Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi
o‘rta maxsus va kasb
-
hunar muassasalarida ta’lim olayotgan
o‘quvchilarni o‘qitishda va tarbiyasida ma’naviy
-axloqiy
fazilatlarni pedagogik tizim asosida shakllantirish g‘oyat
murakkab va muhim vazifadir.
1
Independent Researcher, Karakalpakstan Branch of the Kary-Niyazi National Institute of Educational Pedagogy.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
04 (2025) / ISSN 2181-1415
349
Вопросы преподавания каракалпакского языка и
литературы в 8–
9-
х узбекских классах
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
учебный процесс,
преподавание,
литературная
конференция, работа
литературного кружка,
внеклассные занятия,
образ,
творчество.
В ХХI веке в самом быстром обновлении информации во
всём мире крайне сложно и важно сформировать
морально
-
этические качества в образовании и воспитании
учеников средних специальных и профессиональных
учебных заведений Республики Каркалпакстан.
Jahon pedagogika fani tez rivojlanish va o‘zgarishlar yo‘lidan bormoqda.
O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan keyin ta’lim sohasida ancha
o‘zgarishlar yuz berdi.
“Ta’lim to‘g‘risida”
gi Qonun va
“O‘zbekiston Respublikasini yanada
rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi tarixiy hujjatlar qabul qilindi
va pedagogika fani oldiga katt
a vazifalar qo‘ydi. Shu bois 8–
9-
o‘zbek sinflarida
qoraqalpoq tili va adabiyotini o‘qitish texnologiyasini takomillashtirish, innovatsion
yondashuv asosida adabiyot darslarida o‘quvchilarning axborotlarni tahlil qilish, nazariy
bilimlarini va ko‘nikmalarini rivojlantirishga, sifatli ta’lim berish, ta’lim olishni yaxshilash
va o‘zlashtirish natijalarini, baholash usullarini takomillashtirishga alohida e’tibor
qaratilmoqda.
Davlat ta’lim standarti talablariga muvofiq o‘quv rejalari, dasturlar, darsliklar va
m
etodik qo‘llanmalarni ishlab chiqish, adabiy ta’limga qo‘yiladigan talablar asosida
adabiyot o‘qitishni yangilashning asosiy yo‘nalishlari va texnologiyalarini idrok etish,
pedagogika fanidagi yangilanishlarni 8
–
9-
o‘zbek sinflarida qoraqalpoq tili va adabi
yotini
o‘qitish jarayonida yangi texnologiyalarni tashkil etish orqali adabiy ta’limdagi
o‘zgarishlarning ilmiy, nazariy, estetik, metodik asoslarini ishlab chiqish va adabiyot
o‘qitish amaliyotining. samaradorligini ta’minlash, o‘quvchilarning bilimini ch
uqurlashtirib
o
‘
qitiladigan ilmiy-amaliy texnologiyalar tarkibi va mazmunini ishlab chiqilmoqda.
Pedagogika va adabiyot o‘qitish metodikasini takomillashtirish, o‘quvchilar
qobiliyatini rivojlantirish, dars mobaynida badiiy asarlar bilan ishlashishga ahamiyat
berish, adabiyot o‘qitishni davr talabiga mos takomillashtirish bo‘yicha
Q.
Yo‘ldoshev [1],
B.
To‘xliev [2], S.
Matjanov [3], Q. Xusanboeva va R. Niyozmetova [4], K.A. Yusupov [5]
singari olimlar o‘z monografiyalari va metodik ishlarini amalga
oshirgan. Shu bois
qoraqalpoq adabiyotini o‘qitish masalalari quyidagicha izohlanmoqda:
1. 8
–
9-
o‘zbek sinflarida qoraqalpoq tili va adabiyotini o‘qitish metodikasining
ilmiy-
nazariy, estetik, pedagogik, amaliy metodik tomonlarini aniqlash va uning o‘rganis
h
darajasini belgilash; yangilangan pedagogik dasturga muvofiq qoraqalpoq tili va
adabiyotini o‘qitishning o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlash va uning ta’lim sohasida yo‘lga
qo‘yilish o‘rnini ko‘rsatish kerak.
2. 8
–
9-
o‘zbek sinflarida qoraqalpoq tili va adabiyotini o‘qitish metodikasi
mazmunini belgilash, o‘quv dasturlari va darsliklar yaratishning ilmiy manbalarini ishlab
chiqish,
adabiyotni o‘qitishda jahon pedagogika ilmining yutuqlariga mos ta’limning
yangi shakllari, samarali ta’lim beruvchi va amalda
yaxshi natija beradigan innovatsion
texnologiyalardan foydalanish usullarini aniqlashtirish zarur.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
04 (2025) / ISSN 2181-1415
350
3. 8
–
9-
o‘zbek sinflarida qoraqalpoq tili va adabiyoti darslarini o‘qitish jarayonida
interfaol metodlardan foydalana bilish, sifatli tarzda davlat standart talablariga muvofiq
dars rejalari va dasturlarini tuzish, adabiyot fani dasturida berilgan badiiy asarni tahlil
qilishning ilmiy-
metodik asoslari va didaktik usullarini aniqlash, o‘quvchilar ongida
adabiyotga oid nazariy fikr-mulohazalarni rivojlantirish v
a milliy istiqlol g‘oyasini
singdirish va
adabiyot bo‘yicha darsdan tashqari mashg‘ulotlarning ilmiy metodik
masalalarini o‘rganish, tashkil etish, adabiy to‘garak ishlari, adabiy kecha va
konferensiyalar o‘tkazish usullarini takomillashtirish va o‘quvchil
arning mustaqil fikrlash
qobiliyatini darsdan tashqari mashg‘ulotlar orqali rivojlantirish kerak.
4. 8
–
9-
o‘zbek sinf o‘quvchilarining Prezident asarlaridagi mamlakatimiz
mustaqilligi, madaniy merosga, adabiyotga, san’atga oid asosiy g‘oyalar mazmuni, ona
vatanga muhabbat uyg‘otuvchi adabiy asarlar mazmunini gapirib berish ko‘nikmalarini,
xalq og‘zaki ijodi va badiiy asarlar syujeti, obrazlari, xalqchilligi bo‘yicha bilimlarini
takomillashtirish zarur.
5. 8
–
9-
o‘zbek sinflarida qoraqalpoq tili va adabiyotini
o‘qitishning ilmiy metodik
asoslari, adabiyot fani dasturi va darsliklarning tuzilish prinsiplari, fan dasturida berilgan
materiallar asosida muammoli darsni tashkil etish usullari va o‘qitish texnologiyalarini
takomillashtirish va adabiyot fani dasturida berilgan badiiy asarni tahlil qilishning ilmiy
metodik asoslari va didaktik usullari, zamonaviy darslarda interfaol metodlardan
foydalanish mexanizmi o‘quvchilarning ehtiyojlari asosida ularning motivatsiyasi,
o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyalarini
oshirish, qoraqalpoq adabiyotini
o‘rgatishdagi muammoli vaziyatlarning samarali yechimlarini qo‘llash va kommunikativ
jarayonni faollashtirish kerak.
6. 8
–
9-
o‘zbek sinflarida qoraqalpoq tili va adabiyotini o‘qitishda jahon ilm
-fani
yutuqlariga mos ta’limning yangi shakllari, samarali ta’limni kafolatlovchi va amalda
yaxshi natija beradigan innovatsion texnologiyalardan foydalanish usullari, til va
adabiyotni o‘qitishda “Klaster”, “Venn diagrammasi”, “İnsert”, “Aqliy hujum”, “Bilaman.
Bilishni xohlayman. Bilib oldim
”
,
“
Burchak
”
singari zamonaviy usullaridan foydalanish
bo‘yicha tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
8
–
9-
o‘zbek sinflarida adabiy kecha, konferensiya, sayohat kabi mustaqil ta’lim
turlarini o‘tkazishning samaradorligi ko‘rsatib
berilgan va darsdan tashqari
mashg‘ulotlarni interfaol texnologiyalar bilan o‘tkazishning ilmiy nazariy asoslari,
adabiyot fani bo‘yicha ko‘rgazmali burchakni tashkil etishning maqsadi va vazifalari,
ahamiyati, ushbu fan dasturi asosida faoliyat yuritishi,
o‘quvchilarining fanga qiziqishlari
va natijalari takomillashtirilgan.
8
–
9-
o‘zbek sinflarida qoraqalpoq tili va adabiyotini o‘qitishga doir o‘quv dasturlari
va darsliklar yaratishning ilmiy metodik manbalari, qoraqalpoq tili va adabiyotini o‘qitish
shakll
ariga oid metodik masalalarga e’tibor qaratildi. Ta’lim
-
tarbiya jarayonini to‘g‘ri
tashkil etish, har bir o‘tiladigan darsga yangicha yondashuv, ijodiy munosabatda bo‘lish
barcha o‘qituvchilardan talab etilmoqda. Qonun talablariga muvofiq o‘quv rejalari,
a
dabiyot dasturlari, ta’lim standartlarini ishlab chiqish uchun ta’lim sifati va
samaradorligining oshishiga erishish asosiy yo‘nalish sifatida belgilab olindi.
8
–
9-
o‘zbek sinflarida qoraqalpoq tili va adabiyotini o‘qitish metodikasiga oid
asosiy tushunchal
ar, dastur va darslik o‘rtasidagi bog‘liqlik, o‘qitish prinsiplari, darsni
tashkil etish va rejalashtirish, interaktiv metodlar, badiiy asar tahlili, yozuvchilar ijodini
o‘rganish, darsdan tashqari mashg‘ulotlar haqida ta’lim berish o‘rganildi. Adabiyot
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
04 (2025) / ISSN 2181-1415
351
o‘qitishning muhim masalalari bo‘yicha Q.
Yo‘ldoshev, B.
To‘xliev, Q.
Xusanboeva,
R. Niyozmetova, K.A. Yusupov va boshqalarning metodik ishlarida maktabda adabiyot
o‘qitilishi masalalariga doir fikrlar, metodik hamda nazariy fikr
-mulohazalari keltirilgan.
Ti
l va adabiyot dasturiga kiritilgan materiallar o‘quvchilarning yosh va psixologik
xususiyatlarini e’tiborga olib, qoraqalpoq adabiyoti, qardosh xalqlar va jahon
adabiyotining eng yaxshi namunalari bilan tanishtirish, yoshlar qalbida vatanga
muhabbat, milliylik, odob-axloqlilik singari fazilatlarni shakllantirishi, shu bilan birga
o‘quvchilarda milliy meroslarni qadrlash tuyg‘usini uyg‘otishi, badiiy asarlarning poetik
xususiyatlarini o‘rgatish orqali fikrlash ko‘nikmalarini hosil qilishi, milliyligi jihatda
n
o‘quvchilarning psixologik va pedagogik talablari hisobga olinadi.
O‘quvchilar uchun mo‘ljallangan adabiyot dasturida berilgan badiiy asarlarni tahlil
qilish va unga qo‘yiladigan talablar, matn tahlili, tahlil turlari va usullari dars davomida
o‘rganiladi. Dars turlari hisoblangan yangi bilim berish, seminar, o‘yin, musobaqa, test,
konferensiya va mulohaza yuritish darslari orqali dasturda keltirilgan materiallar
o‘rganiladi. Har bir adabiyot darsi falsafa, tilshunoslik, adabiyotshunoslik, tarix
, estetika,
pedagogika, psixologiya fanlari bilan bog‘liq o‘tilishi lozim.
8
–
9-
o‘zbek sinflarida qoraqalpoq tili va adabiyoti o‘qitishda asosan ikki masalaga
e’tibor berildi. Birinchidan, qoraqalpoq tili va adabiyotini o‘qitishda darsga qo‘yiladigan
talabl
ar va uni tashkil etish shakllarini o‘rganib chiqildi. Ikkinchidan, qoraqalpoq tili va
adabiyotini o‘qitishda metodlardan foydalanish usullarini tadqiq etildi. Dars o‘tish
jarayonini tashkil etishning asosiy turi sifatida o‘qitish bilan bog‘liq muammolarni
ng
vazifalarini belgilab olish zarur. Shu ma’noda qoraqalpoq tili va adabiyotini o‘qitishda
darsning sifatli va samarali bo‘lishi uchun ushbu metodik talablarga amal qilish muhim
sanaladi:
–
o‘quvchilarga mo‘ljallangan qoraqalpoq adabiyoti darsligi davlat ta’lim standarti
va o‘quv dasturiga muvofiq bo‘lib, o‘quvchilarni bilim va ko‘nikmalar tizimi bilan
qurollantirish;
–
davlat ta’lim standarti va o‘quv dasturiga muvofiq darsning maqsadi va vazifalari,
undagi metodik masalalar aniq belgilanishi;
–
qo
raqalpoq tili va adabiyotini o‘qitishda ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi
maqsad va ularning birligi saqlanishi kerak;
–
qoraqalpoq tili va adabiyotini o‘qitish jarayonida o‘quvchilarni umuminsoniy va
milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalashga, ularga
milliy g‘oya va milliy mustaqillik
mafkurasini singdirishga qaratilishi kerak;
–
qoraqalpoq tili va adabiyotini o‘qitish orqali xalqimizning o‘tmishini bugungi kun
bilan bog‘lab, o‘quvchilar ongiga o‘z vatani, xalqiga iftixor tuyg‘usini shakllantirish zaru
r.
Shuningdek, dars mobaynida har bir o‘quvchiga individual munosabatda bo‘lish,
iqtidorli, iste’dodli va past o‘zlashtiradigan o‘quvchilar bilan yakka ishlashishni
ta’minlash, yoshlarni bilimni mustaqil izlab topishga, bilimni mustaqil egallashga
odatlant
irish, dars jarayonida o‘quvchilarda erkin fikrlash, mulohaza yuritish va
iqtidorini rivojlantirish zarur.
8
–
9-
o‘zbek sinflarida qoraqalpoq tili va adabiyotini o‘qitishda dars shakllaridan
foydalanishning o‘ziga xosligi mavjud. Birinchidan, maktablarda qor
aqalpoq tili va
adabiyotini o‘qitishda aralash dars, birlashgan dars, o‘quvchilarni yangi bilim berish darsi
bilan tanishtirish, kirish, takrorlash, o‘yin dars turlaridan foydalanish maqsadga muvofiq.
Ikkinchidan, maktab o‘quvchilarining yosh xususiyatlari
, har bir dars vaqti, dasturda
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
04 (2025) / ISSN 2181-1415
352
berilgan materiallarning osondan qiyinga qarab tuzilish prinsiplari e’tiborga olinishi
kerak. Natijada o‘quvchilar ongida falsafiy, estetik, nafosat kabi ma’naviy tuyg‘ular
shakllanib boradi.
8
–
9-
o‘zbek sinflarida qoraqalpoq
tili va adabiyotini o‘qitishda interaktiv o‘qitish
texnologiyasini qo‘llashning maqsad va vazifalari bor. Qoraqalpoq tili va
adabiyoti
bo‘yicha o‘tkaziladigan darsda qo‘llanadigan interaktiv texnologiya jarayonida tartib va
reglament masalalariga doimiy e
’tibor berilishi, shuningdek, har bir guruh a’zosiga so‘z
erkinligini berish, bir-
birini hurmat qilish, tartibni saqlash kerakligi ogohlantirib o‘tiladi.
Til va adabiyot darslarida o‘quvchilarning guruhlarga bo‘linishida, avvalo o‘z erki asosida
bo‘linishi, so‘ngra tasodifiy tanlov tamoyilidan foydalanish maqsadga muvofiq. Til va
adabiyot bo‘yicha o‘tkazilgan interaktiv texnologiyalarning natijalari
o‘qituvchi
tomonidan xulosalanib, guruh a’zolariga tegishli baholar qo‘yilishi kerak.
8
–
9-
o‘zbek sinflarida q
oraqalpoq tili va adabiyoti dasturida berilgan materiallarni
o‘qitishda innovatsion texnologiyalardan foydalanish orqali o‘quvchilar ongida insoniylik,
vatanga muhabbat, biri-
biriga hurmat tuyg‘ulari shakllanib boradi.
8
–
9-
o‘zbek sinflarida qoraqalpoq tili
va adabiyotini o‘qitishda qo‘llanadigan metod
va usullarning maktab darslarida qo‘llanadigan texnologiyalardan o‘ziga xos jihatlarini
ta’kidlash o‘rinlidir. Birinchidan, metodlar ikkisida ham bir xil qo‘llanilishi maqsadga
muvofiq bo‘lmaydi. Bu o‘rinda o‘
quvchilarning yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda
metod va usullarni qo‘llash lozim. Ikkinchidan, metodlarning qo‘llanish xususiyatlari va
usullarini guruhlarga ajratish zarur. Qoraqalpoq tili va adabiyotini o‘qitishda “
FSMU
”
,
“
Klaster
”
,
“
Venn diagrammasi
”
,
“
Insert
”
,
“
Aqliy hujum
”
,
“
Bilaman. Bilishni xohlayman.
Bilib oldim
”
,
“
Qora quti
”
,
“
Zig-zag
”
singari metodlardan foydalanish metodik jihatdan
maqsadga muvofiq bo‘ladi. Lekin bu metodlar maktab o‘quvchilari uchun bir qancha
qiyinchilik tug‘dira
di.
Umuman, 8
–
9-
o‘zbek sinflarida qoraqalpoq tili va adabiyotini o‘qitishda dars
turlari, konferensiya, o‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini tekshirish darsi, aralash,
birlashgan, yangi bilim berish darslarida pedagogik texnologiyadan foydalanish usullari,
talim-
tarbiya jarayonida o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi munosabat, ularning
vazifalarini o‘zgartirish zarurati, pedagogik texnologiya, interaktiv o‘qitishning
texnologik xususiyatlari to‘g‘risida fikrlar bildirilib, bulardan tashqari badiiy asarla
rni
tahlil qilishning maqsad va tamoyillarini o‘rganish, ilmiy tahlil, estetik tahlil, didaktik
tahlil, bu tahlil turlarini amaliyotda qo‘llay bilish muhim va samarali natija beradi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
Yo’ldoshev
Q., Madaev O., Abdurazzoqov A.
Adabiyot o’qitish metodikasi.
–
Toshkent: 1994, 32-35-bet.
2.
B.
To’xliev. Adabiyot o’qitish metodikasi. –
Toshkent: «Alisher Navoiy nomidagi
O’zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti», 2010.
-168 b.
3.
Matjon S. “Maktabda adabiyotdan mustaqil ishlar”. T. O’qituvchi, 1996.
4.
Xusanboeva Q., Niyozmetova R. Adabiyot o’qitish metodikasi. T. «Barkamal fayz
madia», 2018.
–
352 b
5.
Yusupov Q.A. Qaraqalpaq a’debiyatin oqitiw metodikasi.
(sabaqliq).
–
Tashkent:
Sano-standart, 2018.
–
336 bet.
