Авторы

  • Дилноза Сакибаева
    Магистрант, Андижанский государственный университет

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol6-iss4/S-pp357-362

Ключевые слова:

Туркестан социально-экономические процессы национальные прогрессисты экономические реформы хлопководство промышленное развитие образование и культура национальное движение политическое сопротивление

Аннотация

Социально-экономические процессы, происходившие в Туркестане в начале ХХ века, и взгляды национальных прогрессистов на эти процессы имели особое важное историческое и политическое значение. Экономика Туркестана опиралась в основном на сельское хозяйство и хлопководство. Национальные прогрессисты предлагали различные реформы, включая земельные, и идеи развития промышленности для экономического и культурного развития страны. Отмечается, что лидеры национальных движений, в том числе такие прогрессисты, как Махмудходжа Бехбуди, Абдулхамид Чулпан, Абдурауф Фитрат, вели деятельность, направленную на противодействие социальным и политическим проблемам и достижение независимости Туркестана. Они также продвигали идею необходимости обновления образования и культуры.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/socinov/index

The perspectives of national progressives on the socio-
economic processes in Turkestan at the beginning of the
20th century

Dilnoza SAKIBAEVA

1

Andijan State University

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received March 2025
Received in revised form

15 April 2025
Accepted 25 April 2025

Available online

25 May 2025

The socio-economic processes that emerged in Turkestan at

the beginning of the 20th century and the views of national

progressives on these processes held significant historical and

political importance. Turkestan's economy primarily relied on
agriculture and cotton cultivation. National progressives

proposed various reforms, including land reforms and ideas for

industrial development, to advance the country's economic and

cultural growth. It is noted that leaders of national movements,
including progressives such as Mahmudhoja Behbudi,

Abdulhamid Cholpon, and Abdurauf Fitrat, worked to address

social and political issues and strove for Turkestan's

independence. They also advocated for the necessity of
reforming education and culture.

2181-

1415/©

2025 in Science LLC.

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol6-iss4/S-pp357-362

This is an open access article under the Attribution 4.0 International

(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

Keywords:

Turkestan,

socio-economic processes,

national progressives,
economic reforms,

cotton cultivation,

industrial development,
education and culture,
national movement,

political opposition.

XX asr boshlarida Turkistondagi ijtimoiy-iqtisodiy
jarayonlarga milliy taraqqiyparvarlarning qarashlari

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar

:

Turkiston,

ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar,
milliy taraqqiyparvarlar,

iqtisodiy islohotlar,
paxtachilik,

sanoat rivojlanishi,

ta’lim va madaniyat,

milliy harakat,

siyosiy qarshilik.

XX asr boshlarida Turkistonda yuzaga kelgan ijtimoiy-

iqtisodiy

jarayonlar

va

bu

jarayonlarga

milliy

taraqqiyparvarlarning qarashlari o‘ziga xos muhim tarixiy va
siyosiy ahamiyatga ega bo‘lib, Turkiston iqtisodiyoti asosan

qishloq

xo‘jaligi

va

paxtachilikk

a

tayangan.

Milliy

taraqqiyparvarlar tomonidan mamlakatning iqtisodiy va

madaniy rivojlanishi uchun turli islohotlar, yer islohotlari va

sanoatni rivojlantirish g‘oyalari ko‘rsatib o‘tilgan. Milliy

1

Master degree student, Andijan State University


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

04 (2025) / ISSN 2181-1415

358

harakatlarning yetakchilari, jumladan Mahmudxo‘ja Behbudiy

,

Abdulhamid

Cho‘lpon,

Abdurauf

Fitrat

kabi

taraqqiyparvarlarning ijtimoiy va siyosiy muammolarga qarshi

turish va Turkistonning mustaqilligi yo‘lida faoliyat yuritganlari

shuningdek, ta’lim va madaniyatni yangilash zarurligi g‘oyasini

ilgari surgani bayon etilgan.

Взгляды национальных прогрессистов на социально

-

экономические процессы в Туркестане в начале XX
века

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

Туркестан,

социально

-

экономические

процессы,

национальные
прогрессисты,
экономические реформы,

хлопководство,
промышленное развитие,
образование и культура,

национальное движение,
политическое
сопротивление

.

Социально

-

экономические процессы, происходившие в

Туркестане в начале ХХ века, и взгляды национальных

прогрессистов на эти процессы имели особое важное
историческое и политическое значение. Экономика

Туркестана опиралась в основном на сельское хозяйство и

хлопководство. Национальные прогрессисты предлагали

различные реформы, включая земельные, и идеи развития

промышленности для экономического и культурного
развития страны. Отмечается, что лидеры национальных

движений, в том числе такие прогрессисты, как

Махмудходжа Бехбуди, Абдулхамид Чулпан, Абдурауф

Фитрат,

вели

деятельность,

направленную

на

противодействие социальным и политическим проблемам

и

достижение независимости Туркестана. Они также

продвигали идею необходимости обновления образования

и культуры

.


Milliy taraqqiyparvarlar

bu XX-asrning boshlarida Turkistonda ijtimoiy, siyosiy

va madaniy o

zgarishlar orqali jamiyatning taraqqiyotini ta

minlashga intilgan

harakatlardir. Ular Turkistonning mustaqilligi, xalqning ma

rifati, iqtisodiy yuksalishi va

madaniy rivojlanishini maqsad qilib qo

ygan edi. Milliy taraqqiyparvarlar o

z faoliyatlari

orqali yangi g

oyalar va konsepsiyalarni ilgari surishga, jamiyatni yangilashga harakat

qilishgan.

O‘zbekistonning haqqoniy tarixini tiklash, milliy o‘zlikni anglash jarayonida

g‘oyat muhim o‘rin tutadi. Shunday ekan tarixni o‘rganish va bilish zarur. Tarixsiz kelajak
yo‘q. Turkis

ton XX asr boshlarida qanday ahvolda edi va mintaqada qanday siyosiy-

ijtimoiy o‘zgarishlar, jamoatchilik ishlari olib borilmoqda edi. Tarix –

bu bizning

kelajagimiz. Tarixni bilmasdan turib kelajakka yuz tutib bo‘lmaydi. Chunki, kelajak

bugundan, bugun esa tarixdan boshlanadi. Turkiston xalqining kelajagi eng avvalo

xalqning o‘ziga, ma’naviy qudratiga va milliy ongining ijodiy kuchiga bo‘g‘liq edi. Bu
davrda Turkistonda millatning ma’naviy va aqliy o‘sish salohiyatining oshirilishiga kuchli
e’tibor qaratilgan edi. Chunki, ma’naviylik va ma’rifiylik Turkiston xalqining ko‘p asrlik
tarixi davomida doimo uning eng kuchli va o‘ziga xos bir xususiyati hisoblanardi.

Turkiston birligi g‘oyasi unda istiqomat qilib kelgan xalqlarning azaliy orzusi bo‘lib

kelgan. Bug

ungi kunda ham bu g‘oya barcha xalqlarimiz uchun mushtarakdir. XX asr


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

04 (2025) / ISSN 2181-1415

359

boshlarida hozirgi O‘zbеkiston hududi tarkibiga uch davlat birlashmasi: Rossiya O‘rta
Osiyoni zabt etganidan kеyin tuzilgan va uning tarkibiga mustamlaka sifatida qo‘shib

olingan. Turkis

ton gеnеral

-

gubеrnatorligi, shuningdеk, yuzaki ravishda mustaqil bo‘lgan,

ammo Rossiyaga qaram hisoblangan Buxoro amirligi va Xiva xonligi kirar edi. O‘sha
vaqtda hududining kattaligi va aholisining ko‘pligi jihatidan Turkiston o‘lkasi yoki
Turkiston dеb atalgan Turkiston gеnеral gubеrnatorligi eng yirik sanalardi. Uning
tarkibiga Samarqand, Sirdaryo, Farg‘ona, Kaspiyorti va Yettisuv viloyatlari kirar edi.
O‘lkadagi bеsh milliondan ko‘proq aholining asosiy, ko‘pchilik qismini o‘zbеklar, tojiklar,
qirg‘izlar, qozoqlar, turkmanlar va boshqa yеrli xalqlar tashkil etardi. Ularning hammasi
Islom diniga e’tiqod qiluvchi musulmonlar edi. Biroq o‘sha vaqtda “musulmon”,
“musulmon aholi” tushunchalari diniy mazmungagina emas, balki etnik mazmunga ham
ega bo‘lib, undan

mahalliy aholini Rossiyadan ko‘chirib kеltirilgan rusiyzabon aholidan

ajratish uchun foydalanilar, ko‘chirib kеltirilganlar soni o‘lkadagi butun aholining o‘ndan
bir qismidan ham kam edi. Milliy ozodlik harakatlari muammolarini o‘rganish ko‘zgusida

1917-y

il fеvralda chor tuzumi ag‘darilgandan so‘ng yuzaga kеlgan, Turkiston

taraqqiyotining tub burilishi bosqichida barcha ijtimoiy va siyosiy kuchlar, xalq

ommasining haqiqiy fojеasiga to‘liq, jonli tarixini o‘zida aks ettiruvchi muxtoriyat,

Turkiston birligi

uchun, mohiyatiga ko‘ra esa mustaqillik uchun kurash tarixi bizning

kunlarda muhim va xatto, bеlgilovchi ahamiyatga ega. O‘sha paytlarda chorizim esa
mahalliy burjuaziyasining paydo bo‘lishini aslo istamas edi. Shuning uchun rus chorizimi

va burjuaziyasi o

‘sib kelayotgan o‘zbek milliy burjuaziyasining iqtisodiy

-siyosiy

huquqlarini cheklab, uning rivojiga to‘siq qo‘ygan edi. Milliy burjuaziya bu kamsitishdan
norozi bo‘lgan. Islom dini arboblari o‘rtasida xalqning ma’rifatli bo‘lishini astoyidil

istovchi guru

h mavjud bo‘lib, bu taraqqiyparvar ziyolilar chorizim va johil ruxoniylarga

qarshi edilar. Millat taraqqiyotini o‘ylovchi ushbu taraqqiyparvar kuchlar o‘zbek

xalqining hunarmandlari, dehqonlari, savdogarlari, yirik mulkdorlari, islom ulamolari
xalqning deyarli barcha tabaqalari orasida mavjud edi.

XX asrning boshlarida Turkiston iqtisodiyoti qishloq xo‘jaligiga tayangan edi.

Asosiy ishlab chiqarish sohasi sifatida dehqonchilik va chorvachilik mavjud bo‘lib,
ayniqsa paxta yetishtirish muhim o‘rin tutgan. Shu

bilan birga, savdo-sotiq va

hunarmandchilik ham mavjud edi, ammo ular juda cheklangan edi. Turkistonning

iqtisodiy rivojlanishida uning tabiiy resurslari va ishlab chiqarish quvvatlaridan to‘liq
foydalanishning yo‘qligi, shuningdek, iqtisodiy tizimdagi bi

r qancha konyuktiv

muammolar mavjud edi.

Turkistondagi milliy taraqqiyparvarlarning ijtimoiy-iqtisodiy qarashlari XIX

asrning oxiridan boshlab shakllana boshladi. Ularning aksariyati o‘sha davrda

Turkistonning ijtimoiy-iqtisodiy inqiroziga qarshi turish va milliy taraqqiyotga erishish

yo‘lida bir qancha ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy islohotlar olib borish zaruriyatini
ta’kidladilar.

Milliy taraqqiyparvarlar o‘zgarishlar orqali Turkiston jamiyatining taraqqiyotini

ta’minlashni maqsad qilgan. O‘zbek milliy harakatining yetakchilaridan biri, masalan,
Mahmudxo‘ja Behbudiyning qarashlariga ko‘ra, Turkistonning taraqqiyoti uchun avvalo
ta’lim, madaniyat va iqtisodiyot sohalarida yangilanish zarur edi. Behbudiyning asosiy

qarashi, Turkistonning zamonaviy rivojlanishini davlatni mustahkamlash va xalqning
madaniy darajasini oshirish orqali amalga oshirish edi.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

04 (2025) / ISSN 2181-1415

360

Milliy taraqqiyparvarlar Turkistonning iqtisodiy rivojlanishini erkin bozor

iqtisodiyoti va yangi texnologiyalarni joriy etish orqali ta’minlash

ni taklif qilishdi. Bunday

islohotlarni amalga oshirish uchun yer islohoti, sanoatni rivojlantirish va savdo-sotiqni

kengaytirish zarurligi ko‘rsatilgan. Bu o‘z navbatida dehqonchilikni rivojlantirish va
qishloq xo‘jaligiga texnikaviy yordamni joriy etishn

i talab qilgan.

Shuhratxon Sayidov va Ismoilbek Jumanazarov kabi taraqqiyparvarlar paxta

sanoatini rivojlantirishni qo‘llab

-quvvatladilar, ammo bu rivojlanishni xalqning

manfaatlarini hisobga olib amalga oshirish zaruriyatini ta’kidladilar. Ular ayniqsa,

paxtachilikda qat'iy nazorat va xodimlarning ish sharoitlarini yaxshilashni taklif
qilganlar.

Milliy taraqqiyparvarlarning iqtisodiy islohotlarga bo‘lgan yondashuvi, umumiy

ravishda Turkiston jamiyatining barcha qatlamlarini qamrab olgan. Bunda uchta asosiy

yo‘nalish aks etgan:

1. Yer islohoti: Taraqqiyparvarlar yer islohoti orqali dehqonlarning erkinligini

ta’minlashni, shu bilan birga, dehqonchilikni rivojlantirishni taklif qilishdi. Bu orqali
yerga egalik qilish va ishlab chiqarishni ko‘paytirish nazarda

tutilgan.

2. Sanoatni rivojlantirish: Turkiston milliy harakatining yetakchilari sanoatni

rivojlantirish orqali iqtisodiy mustaqillikka erishishni ko‘zlaganlar. Bu sanoatni

rivojlantirish, yangi texnologiyalarni joriy etish va mehnat sharoitlarini yaxshila

shni o‘z

ichiga olgan.

3. Savdo-

sotiqni kengaytirish: Yangi savdo yo‘llari va imkoniyatlarini yaratish,

milliy mahsulotlar eksportini rivojlantirish ham milliy taraqqiyparvarlar uchun muhim

bo‘lgan. Turkistonning o‘z ichki bozorini shakllantirish va uning

eksport salohiyatini

oshirishga urg‘u berilgan.

XX asr boshlarida Turkistonning milliy harakati kuchayib bordi. Milliy

taraqqiyparvarlar Turkistonning siyosiy, iqtisodiy va madaniy mustaqilligini ta’minlashni

maqsad qilishdi. Ulardan millatlarning vakillar

i bo‘lmish Munavvar Qori Abdurashidxon

o‘g‘li, Mahmudxo‘ja Bеhbudiy, Ubaydulla Xo‘jayеv, Mustafo Cho‘qayev, Toshpo‘lat
Norbo‘tabеkov, Abdulla Avloniy, Ahmad Zakiy Validiy To‘g‘on, Turor Risqulov, Abdurauf
Fitrat, Sultonbеk Xo‘janov, Miryokub Davlatov va bo

shqa milliy harakatga boshchilik

qilgan taniqli ma’rifatparvar, jamoat va siyosiy arboblar o‘z faoliyatlarini aynan milliy
mustaqillik va taraqqiyot uchun faoliyat ko‘rsatishdi. Ularning qarashlari bo‘yicha, milliy
taraqqiyot faqat o‘z ta’lim va madaniyati

ni rivojlantirish orqali amalga oshirilishi

mumkinligi uqtirilgan.

Taraqqiyparvarlar (jadidlar o‘zlarini shunday dеb atardilar) chorizimning

qarshiligini bartaraf etib, jismoniy jihatdan yo‘q qilib yuborish taxdidiga ham
qaramasdan, o‘z ma’rifatparvarlik f

aoliyatidan qaytmadilar, tabiiy fanlar asoslari

o‘qitiladigan yangi usul maktablari tarmoqlarini ochib, gazеta va jurnallar nashr etdilar,
chop qilingan mahsulotlarni tarqatib, o‘zlarining badiiy asarlari asosida xalq ommasi
bilan aloqani yo‘lga qo‘yib, an

a shu aloqa vositalarini mustahkamladilar, xalqda

taraqqiyot, ilm sari intilishni uyg‘otdilar, bularni butun insoniyat hayoti bilan bog‘ladilar.

Turkistonning ijtimoiy hayot maydoniga madaniy-

ma’rifiy harakat sifatida kеlgan

va o‘z oldiga eski maktab ta’limini isloh qilishni maqsad etib qo‘ygan jadidchilik XX
asrning boshlarida kеng ijtimoiy harakat tarzida shakllandi. Jadidchilik turli tabaqalardan
chiqqan fuqarolarni vujudga kеlayotgan yosh milliy ziyolilar namoyandalarini, musulmon
adiblari ilg‘or u

nsurlarini, savdogarlarni, diniy maktablar muallimlari va talabalarini,


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

04 (2025) / ISSN 2181-1415

361

mayda amaldorlarni, ilg‘or noshirlar, yozuvchilar, jurnalistlar va boshqalarni o‘z saflarida
birlashtirdi. Mahmudxo‘ja Bеhbudiy, Abdurauf Fitrat, Sadriddin Ayniy, Abdulvohid

Burhonov,

Fayzulla Xo‘jayеv, Abdulla Qodiriy, Ubaydulla Xo‘jayеv, Munavvar Qori,

Polvonniyoz Xoji Yusupov, Tavallo jadidlarning eng taniqli namoyandalaridan edi.

Jadidlarning “Turon” gazеtasida xotin

-qizlar maktabini ochish va ularni ijtimoiy hayotga

jalb etish zaru

riyati haqida so‘z borgan maqolani tanqid qilib, jurnal uning muallifini

Hudo yo‘lidan toyganlikda ayblaydi. Jurnal ayol kishi ayolligicha qolishi kеrak va uni
erkakka tеnglashtirish aqlsizlikdir dеb yozadi. Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki,

Turkiston xalqi bu davrlar mobaynida judayam bir murakkab tarixiy voqealarga boy

bo‘lgan davrni o‘z boshidan kechirgan.

Milliy taraqqiyparvarlarning asosiy g‘oyasi o‘z xalqlarining o‘ziga xos ijtimoiy

-

iqtisodiy tizimlarini yaratish va rivojlantirishdir. O‘zbekiston,

Tojikiston, Qozog‘iston va

boshqa Turkiston mamlakatlarida, ayniqsa, mustaqillik yillarida milliy iqtisodiyotni qayta

qurish va modernizatsiya qilishga katta e'tibor qaratilgan. Ushbu jarayonlar o‘ziga xos
qiyinchiliklar va o‘zgarishlarga sabab bo‘ldi, ammo milliy taraqqiyparvarlar o‘z

xalqlarining tarixi, madaniyati, va geografiyasini hisobga olgan holda, uzoq muddatli
iqtisodiy mustahkamlikka erishishga harakat qilganlar. Milliy taraqqiyparvarlar,

shuningdek, ijtimoiy yuksalishning muhimligini ta’kidlaydilar. Bu nafaqat iqtisodiy o‘sish,
balki xalqning ma’rifati, madaniyati va milliy kimligini mustahkamlashni ham anglatadi.

Milliy kimlikni tiklash va rivojlantirish uchun Turkiston mintaqasida bir qancha ijtimoiy
va madaniy dasturlar amalga oshirilgan. Bu,

o‘z navbatida, ijtimoiy

-iqtisodiy

rivojlanishning uzviy qismini tashkil etadi.

Bugungi kunda milliy taraqqiyparvarlarning qarashlari, shuningdek, iqtisodiyotni

modernizatsiya qilish va diversifikatsiya qilishga qaratilgan. Ular, mamlakatlarni neft va
gaz

resurslariga bo‘lgan qaramlikdan chiqishga chaqiradilar va ishlab chiqarishni,

xizmatlar sohasini rivojlantirishga intilishadi. Shuningdek, qishloq xo‘jaligi va sanoatni
rivojlantirish orqali ijtimoiy tenglikka erishish imkoniyatlarini ko‘radilar. Milliy

t

araqqiyparvarlar ijtimoiy adolat, tenglik va shaxsiy erkinlikni ham asosiy o‘rin tutgan

masalalar sifatida ko‘radilar. Bu, aholining barcha qatlamlariga sifatli ta’lim, tibbiyot,
ijtimoiy himoya va ish bilan ta’minlash kabi imkoniyatlarni yaratish maqsadid

a amalga

oshiriladi. Turkiston mintaqasidagi milliy taraqqiyparvarlar tashqi siyosatda ham
mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirishga e'tibor qaratadilar. Yevrosiyo va boshqa xalqaro

tashkilotlar bilan hamkorlik o‘zgarishlar va iqtisodiy o‘sishni tezlashtiris

hi mumkin.

Bunday tashqi siyosat nafaqat iqtisodiyotni, balki mintaqaviy xavfsizlikni ham

mustahkamlashga yordam beradi. Milliy taraqqiyparvarlar davlat va jamiyat o‘rtasidagi

muvozanatni saqlashga ahamiyat qaratadilar. Bu davlat boshqaruvining samarali
ti

zimlari va aholi bilan yaqin aloqada bo‘lishni talab etadi. Shuningdek, davlatning barcha

sohalarda adolatli siyosat yuritishi, korrupsiyaga qarshi kurashish, jamiyatning barcha
qatlamlarini rozi qilish zarur.

XX asrning boshlarida Turkiston, o‘zining tari

xiy va madaniy merosi bilan birga,

ijtimoiy-

iqtisodiy jihatdan muhim o‘zgarishlar davrini boshdan kechirdi. Bu davrda milliy

taraqqiyparvarlar, ya'ni o‘z millatining taraqqiyotini, madaniyatini va iqtisodiy
mustaqilligini ko‘zlagan shaxslar, o‘z qarashlari

ni rivojlantirib, xalqni yangi g'oyalar bilan

tanishtirishga harakat qildilar. XX asr boshlarida Turkistonda ijtimoiy tuzumda jiddiy

o‘zgarishlar yuz berdi. O‘zbek, qozoq, qirg'iz va boshqa turkiy xalqlar o‘rtasida milliy

uyg'onish jarayoni boshlandi. Mill

iy taraqqiyparvarlar, jumladan, Mahmudxo‘ja Behbudi,


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

04 (2025) / ISSN 2181-1415

362

Abdulla Qodiriy, va Usmon Nosir kabi yozuvchilar o‘z asarlarida xalqni o‘zligini

anglashga, madaniyat va tilni rivojlantirishga chaqirdilar. Ular ijtimoiy adolat va tenglikni

ta’minlash, ayollarning huquqlarini himoya qilish kabi masalalarni ko‘tardilar. Iqtisodiy
jihatdan, Turkiston o‘zining tabiiy resurslari, qishloq xo‘jaligi va savdo

-sotiq

imkoniyatlari bilan boy edi. Milliy taraqqiyparvarlar, iqtisodiy mustaqillikni ta’minlash

maqsadida, mahalliy ish

lab chiqarishni rivojlantirish, qishloq xo‘jaligini modernizatsiya

qilish va savdo aloqalarini kengaytirish zarurligini ta’kidladilar. Ular, shuningdek,

kooperativlar va jamiyatlar tashkil etish orqali xalqning iqtisodiy holatini yaxshilashga
intildilar. M

illiy taraqqiyparvarlarning ta’limga bo‘lgan e’tibori ham alohida ahamiyatga

ega edi. Ular, o‘z xalqining bilim darajasini oshirish, yangi g'oyalar va bilimlarni tarqatish

maqsadida, maktablar va madrasalar ochishga harakat qildilar. Ta'limni kengaytirish

orqali, ular yosh avlodni mustaqil fikrlashga, o‘zligini anglashga va milliy qadriyatlarni
hurmat qilishga o‘rgatmoqchi edilar.

XX asr boshlarida Turkistondagi ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar milliy

taraqqiyparvarlarning faol ishtiroki bilan yangi bosqichga

o‘tdi. Ularning qarashlari,

g‘oyalari va harakatlari o‘z xalqining taraqqiyoti, madaniyati va iqtisodiy mustaqilligini
ta'minlashda muhim rol o‘ynadi. Milliy uyg'onish jarayoni, o‘z navbatida, Turkiston
xalqlarining o‘zligini anglashiga, madaniy merosini q

adrlashiga va kelajakdagi

rivojlanishiga zamin yaratdi.

Bugungi kunda Turkiston mintaqasida milliy taraqqiyparvarlarning qarashlari,

asosan, globalizatsiya, texnologik rivojlanish va ijtimoiy transformatsiyalarni hisobga
olgan holda shakllanmoqda. Bu jaray

onda iqtisodiy o‘sish va ijtimoiy barqarorlikni

ta’minlash, ekologik barqarorlikka e'tibor qaratish ham muhim o‘rin tutadi.

Xulosa qilib aytganda, Turkiston mintaqasidagi milliy taraqqiyparvarlarning

qarashlari, asosan, xalqning iqtisodiy, ijtimoiy va mada

niy farovonligini ta’minlashga

qaratilgan bo‘lib, ular ijtimoiy tenglik, mustahkam iqtisodiyot va milliy kimlikni saqlashni

eng muhim maqsad deb bilishadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1. Ta’lim to‘g‘risida. O‘zbekiston Respublikasining Qonuni. –

T

.: O‘zbekiston, 2020.

2. Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan quramiz.

T.:O‘zbekiston, 2017.

3. Азамхўжаев. С, Туркистон бирлиги учун. –Тошкент: “Фан” .1995. –15.б.

4. Жўраев.М., Нуриллин.Р., Камолов. Ўзбекистон мустамлакачилиги даврида.

–Т.:”Шарқ”,

-2000.

5. Зоҳидов.А, 1913

-

1914 йилларда Тўғоннинг Марказий Осиёга илмий

сафари. T.: “Фан”. 1995. –76 б.

6. Eshpulatova, Navbahor Suyunovna XX asr boshida Turkistonning ijtimoiy-

siyosiy va ma’naviy ahvoli, tarixiy

shart-sharoitlar // International scientific journal of

Biruni. 2023. №2.

Библиографические ссылки

Ta’lim to‘g‘risida. O‘zbekiston Respublikasining Qonuni. – T.: O‘zbekiston, 2020.

Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan quramiz. – T.:O‘zbekiston, 2017.

Азамхўжаев. С, Туркистон бирлиги учун. –Тошкент: “Фан” .1995. –15.б.

Жўраев.М., Нуриллин.Р., Камолов. Ўзбекистон мустамлакачилиги даврида. –Т.:”Шарқ”, -2000.

Зоҳидов.А, 1913-1914 йилларда Тўғоннинг Марказий Осиёга илмий сафари. T.: “Фан”. 1995. –76 б.

Eshpulatova, Navbahor Suyunovna XX asr boshida Turkistonning ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy ahvoli, tarixiy shart-sharoitlar // International scientific journal of Biruni. 2023. №2.