Авторы

  • Фарзона Салимбоева
    Магистрант, Андижанский государственный университет

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol6-iss4/S-pp353-356

Ключевые слова:

Вестминстерский университет Узбекистан Великобритания Фонд «Умид» квалифицированные кадры международный университет

Аннотация

В статье подробно анализируется создание первого в Центральной Азии Вестминстерского университета, растущий международный авторитет этого учебного заведения, роль и перспективы университета в развитии системы образования Узбекистана, в том числе с использованием научной литературы, периодической печати и информации из Интернета.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/socinov/index

The First International University in Central Asia and Its
Activities

Farzona SALIMBOEVA

1

Andijan State University

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received March 2025
Received in revised form

15 April 2025
Accepted 25 April 2025

Available online

25 May 2025

This article provides a comprehensive analysis of the

International Westminster University, the first of its kind

established in Central Asia. Using scientific literature,
periodicals, and internet sources, the study examines the

university's founding, its growing international prestige over

the years, and its role, significance, and future prospects in

developing the education system in Uzbekistan.

2181-

1415/©

2025 in Science LLC.

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol6-iss4/S-pp353-356

This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

Keywords:

Westminster University,
Uzbekistan,

Great Britain,

“Umid” Foundation,

qualified personnel,

international university.

Markaziy Osiyodagi ilk xalqaro universitet va uning
faoliyati

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar

:

Vestminster universiteti,

O‘zbekiston,

Buyuk Britaniya,

“Umid” jamg‘armasi,

malakali kadrlar,

xalqaro universitet.

Mazkur maqolada Markaziy Osiyoda ilk marotaba tashkil

etilgan Xalqaro Vestminster universiteti faoliyatining yo‘lga

qo‘yilishi, ushbu o‘quv dargohining xalqaro maydondagi

nufuzining yildan-yilga tobora ortib borganligi, universitetning

O‘zbekistonda ta’lim tizimini rivojlantirishdagi o‘rni va roli

hamda istiqbollari ilmiy adabiyotlar, davriy matbuot nashrlari

va internet ma’lumotlari yordamida atroflicha tahlil qilingan

.

1

Master degree student, Andijan State University


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

04 (2025) / ISSN 2181-1415

354

Первый международный университет в Центральной

Азии и его деятельность

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

Вестминстерский

университет,

Узбекистан,
Великобритания,

Фонд «Умид»,

квалифицированные
кадры,

международный

университет

.

В статье подробно анализируется создание первого в

Центральной Азии Вестминстерского университета,

растущий международный авторитет этого учебного

заведения, роль и перспективы университета в развитии

системы образования Узбекистана, в том числе с
использованием научной литературы, периодической

печати и информации из Интернета

.


Istiqlol yillarida O

zbekiston Respublikasida ta

lim tizimini rivojlantirishga va

uning xalqarolashuviga muhim ahamiyat berildi va mazkur masala davlat siyosati
darajasiga ko

tarildi. Mamlakatda ko

plab xalqaro oliy o

quv yurtlari ochildi va ularning

faoliyatida muhim o

zgarishlar sodir bo

ldi. Xususan, Statistika agentligining 2023-yil

e

lon qilgan ma

lumotlariga ko

ra, O

zbekistonda jami 31 ta oliy ta

lim tashkilotlari

ro

yxatga olingan bo

lsa, so

nggi ikki yil ichida bu raqamlarda o

sish kuzatildi. Yuqorida

ta

kidlanganidek, Markaziy Osiyo, qolaversa, O

zbekistondagi ilk xorijiy oliy ta

lim

muassasasi hisoblangan Vestminster universiteti 2002-yil 16-yanvarda O

zbekiston

Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 22-son

Toshkent shahrida xalqaro Vestminster

universitetini tashkil etish to

g

risida

gi qaroriga asosan tashkil qilingan. O

zbekiston

Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

, “

Umid

jamg

armasi, O

zbekiston Oliy va o

rta maxsus

ta

lim vazirligi hamda Britaniya Kengashining universitetni ochilishiga doir takliflari

ma

qullandi.

O

zbekiston Respublikasi 1991-yil 31-avgustda o

z suverenitetini e

lon qilgandan

so

ng, Yevropa va Osiyodagi ko

plab mamlakatlar bilan diplomatik aloqalar o

rnatgan.

1993-yil noyabr oyida O

zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom

Abdug

aniyevich Karimovning Buyuk Britaniyaga tashrifi bilan ikki davlat o

rtasidagi

diplomatik munosabatlar boshlangan. Shundan boshlab ushbu ikki davlat o

rtasida

iqtisodiy, siyosiy, madaniy va ta

lim sohasida hamkorlik aloqalari rivojlanib kelmoqda.

Bularning natijasi esa Londonda joylashgan “University of Westminster”ning

Toshkentdagi filialining ochilishi hisoblanadi.

Toshkentdagi Vestminster universiteti O‘zbekiston

Respublikasi Vazirlar

Mahkamasining 2002-yil 16-yanvardagi 22-

sonli qarori asosida O‘zbekiston

Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va 1997

-

yil O‘zbekiston

Respublikasining birinchi prezidenti Islom Karimovning tashabbusi bilan tashkil

qilingan ‘’Umid’’ jamg‘armasi ishtirokida tashkil qilingan. Ushbu universitet Toshkent
shahar Oxunboboyev ko‘chasi 12

-uyga joylashtirilgan va sobiq Toshkent aviatsiya

kollejining binosi hamma xo‘jalik va o‘quv binolari bilan birga “Umid” jamg‘ar

masi

balansiga tekinga berildi.

Ushbu oliy ta’lim muassasasi nima uchun aynan 2002

-yil ochilgan? 2005-yil 18-

mayda taniqli ingliz jurnalisti Polly Curtis tomonidan The Guardian gazetasida

chiqarilgan “Westminster to keep open Uzbek campus” maqolasiga ko‘ra, ushbu oliy
ta’lim tashkiloti 2002

-

yilda O‘zbekiston hukumati va British Councilning Toshkentda


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

04 (2025) / ISSN 2181-1415

355

universitet tashkil etish bo‘yicha tanlovida g‘olib chiqqanini ta’kidlaydi. Shuningdek,

ushbu gazetada 2013-yil oktabrda Ian Cobain va Lidia Kurasinka mualliflik qilgan

maqolaga ko‘ra esa, Buyuk Britaniya 2001

-yil 11-sentabr Nyu Yorkdagi terakt

voqealaridan so‘ng strategik jihatdan muhim bo‘lgan, sobiq Sovet Ittifoqining bir qismi
va NATO ning Afg‘onistonga yetkazib berish liniyalarining asosiy

nuqtasi hisoblangan

O‘rta Osiyo davlati bilan aloqalarini mustahkamlashga uringani va ushbu universitetning
ochilishi British Council va Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vazirligi tomonidan qo‘llab

-

quvvatlanganini keltirib o‘tishadi.

Uzdaily ma’lumotlariga ko‘ra, “Umid” jamg‘armasi tomonidan 1997

-yildan 2002-

yilgacha jami 800 nafar o‘zbek yoshlari Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya, Kanada,
Amerika Qo‘shma shtatlari, Fransiya va Yaponiya kabi davlatlardagi yetakchi
universitetlarga o‘qish uchun yuborilg

an. Publications.parliament.uk vebsaytida 1999-yil

27-

iyulda e’lon qilingan ma’lumotlarga ko‘ra, 1998–

1999-akademik yilda 110 nafar

o‘zbek talabalari bakalavr va magistraturada tahsil olish uchun “Umid” jamg‘armasi

tomonidan Britaniyadagi yetakchi univ

ersitetlarga jo‘natilgan va bu raqamlar keyingi

akademik yilda yanada o‘sishi kutilgan edi. Vestminster universitetining O‘zbekistonda
ochilishi esa yanada ko‘proq o‘zbek yoshlarini o‘z yurtlarida xalqaro darajada tan
olinadigan diplomga ega bo‘lishl

ariga imkon yaratdi. Bundan tashqari ushbu universitet

jahon standartlariga javob beradigan kadrlar sonining oshishiga hissa qo‘shgan.

Bugungi kunda ham TXVU O‘zbekistondagi eng nufuzli va ahamiyatli

universitetlardan biridir. Daniel Ness va Chia Lin t

omonidan yozilgan “International

education: An encyclopedia of contemporary issues and systems” kitobida shunday
keltiriladi: “Westminster university in Tashkent is a relatively new institution (founded

in 2002) that has been successful in attracting s

tudents with high academic credentials.”

(Toshkentdagi Vestminster universiteti nisbatan yangi tashkilot bo‘lib, (2002

-yilda asos

solingan) yuksak xislatli talabalarni jalb qilishda juda ham muvaffaqiyatli bo‘lib

kelmoqda).

Gazeta.uz ma’lumotlariga ko‘ra

, ushbu universitet 2023-

yilda “Tadqiqotlarning

jamiyatga ta’siri: ijtimoiy fanlar” yo‘nalishida Scopus Award mukofotiga sazovor bo‘lgan.

Hozirgi kunda TXVU da biznesda axborot tizimlari, moliya, iqtisodiyot va moliya,

biznes menejment, tijoriy huquq sing

ari bakalavr yo‘nalishlarida; amaliy iqtisodiyot,

biznesda tahlil qilish va analitika, xalqaro tijoriy huquq, inson resurslarini boshqarish va

iste’dodni rivojlantirish, xalqaro biznes boshqaruvi, ta’lim olish va o‘qitish bo‘yicha

magistratura, jamoat salomatligi fani, tadqiqot metodlari kabi magistratura

mutaxassisliklarida yuqori malakali kadrlar tayyorlab kelmoqda. Ta’lim jarayonlari ingliz
tilida olib boriladi. Bu o‘quv dasturlarining hammasi Londondagi Westminster university

tomonidan tasdiqlanadi va bitiruvchilarning hammasiga diplom Buyuk Britaniyadagi
Westminster University tomonidan beriladi. Hozirgi vaqtda universitetda 5904 nafar
talabalar tahsil olmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi hukumat portali ma’lumotlariga ko‘ra, 2024

-yil

13-

iyunda TXVU rektori Komiljon Karimov va O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasi

raisi Mubin Mirzayev o‘rtasida uchrashuv o‘tkazildi. Ushbu uchrashuv yakunida

hamkorlik memorandumi imzolandi. Shuningdek 2025-

yil mart oyida O‘zbekiston

turizm qo‘mita

si raisi S. Niyozov va Toshkent xalqaro Vestminster universiteti rektori

K.Karimov TXVU talabalari va bitiruvchilariga yangi kasbiy va ta’limiy imkoniyatlarni


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

04 (2025) / ISSN 2181-1415

356

yaratishga va turizm sanoatini barqaror rivojlantirishga qaratilgan memorandum
imzolangan edi.

Vestminster universitetining rasmiy saytida e’lon qilingan ma’lumotlarga ko‘ra,

universitet tomonidan 2025-yil 29-oktabrda Toshkent Biznes va iqtisodiyot gibrid

konferensiyasi o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda. Umuman olganda, Toshkentdagi Xalqaro

Vestmins

ter universiteti xalqaro ta’lim tizimi asosida sifatli ta’lim olishni istagan

talabalar uchun keng imkoniyatlar yaratadi. Universitetning yuqori akademik darajasi,

zamonaviy infratuzilmasi va boy talabalar hayoti uni O‘zbekistondagi yetakchi oliy ta’lim

muassasalaridan biriga aylantiradi.

Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, Toshkent xalqaro Vestminster universiteti

O‘zbekiston va O‘rta Osiyodagi ilk xalqaro universitetdir. Bugungi kunda ushbu
universitet tegishli bakalavr yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha

yuqori bilim va tajribali bitiruvchilarni tayyorlab kelmoqda. Fikrimizcha, ushbu

universitet bakalavr va magistratura uchun tegishli yo‘nalishlar va mutaxassisliklar turini
yanada ko‘paytirishi lozim.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘

YXATI:

1.

Daniel Ness and Chia Lin, “International education: An encyclopedia of

contemporary issues and systems”, p 823, M.E.Sharpe, Armonk, New York (2013)

2.

Polly Curtis. ‘”Westminster to keep open Uzbek campus”. The Guardian 18

-

May, 2005 (theguardian.com)

3.

Ian Cobain and Lidia Kurasinska “Uk universities move into Uzbekistan even

as human rights fears grow”. The Guardian 9

-october, 2013 (theguardian.com)

4.

www.lex.uz

5.

www.wiut.uz

6.

www.uz.daily

7.

www.gov.uz

8.

www.gazeta.uz

Библиографические ссылки

Daniel Ness and Chia Lin, “International education: An encyclopedia of contemporary issues and systems”, p 823, M.E.Sharpe, Armonk, New York (2013)

Polly Curtis. ‘”Westminster to keep open Uzbek campus”. The Guardian 18- May, 2005 (theguardian.com)

Ian Cobain and Lidia Kurasinska “Uk universities move into Uzbekistan even as human rights fears grow”. The Guardian 9-october, 2013 (theguardian.com)

www.lex.uz

www.wiut.uz

www.uz.daily

www.gov.uz

www.gazeta.uz