Авторы

  • Мафтуна Ахмадалиева
    Ферганский медицинский институт общественного здоровья

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol6-iss4/S-pp464-472

Ключевые слова:

медицинское образование методическое совершенствование педагогика инновационные технологии

Аннотация

В настоящей статье рассмотрены научно-теоретические и практические основы внедрения принципов доказательной медицины в преподавание педиатрии. Установлено, что данный подход играет важную роль в трансформации теоретических знаний студентов в практические навыки, формировании самостоятельного мышления и ответственного принятия клинических решений. Оценено, что использование инновационных технологий и симуляционных занятий повышает эффективность обучения. Описано, что интеграция научной литературы и клинических рекомендаций в образовательный процесс предоставляет студентам возможность глубоко усваивать современные медицинские знания. Выявлено, что широкое применение доказательного подхода усиливает научный диалог между преподавателем и студентом и способствует непрерывному совершенствованию учебного процесса.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/socinov/index

Implementing evidence-based medicine principles in
teaching Pediatrics

Maftuna AKHMADALIEVA

1

Fergana Medical Institute of Public Health

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received March 2025
Received in revised form

15 April 2025
Accepted 25 April 2025

Available online

25 May 2025

This article examines the scientific-theoretical and practical

foundations of implementing evidence-based medicine

principles in teaching pediatrics. It was found that this

approach plays a key role in transforming students’ theoretical

knowledge into practical skills, fostering independent thinking,

and developing responsible clinical decision-making. The

effectiveness of innovative technologies and simulation-based
training in enhancing educational outcomes was assessed. The

integration of scientific literature and clinical guidelines into the

learning process was described as providing students with the

opportunity to deeply acquire up-to-date medical knowledge. It

was concluded that the broad application of the evidence-based
approach strengthens scientific dialogue between instructors

and students and contributes to the continuous improvement of

the educational process.

2181-

1415/©

2025 in Science LLC.

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol6-iss4/S-pp464-472

This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

Keywords:

medical education,
methodological

improvement,

pedagogy,

innovative technologies.

Pediatriya fanini

o‘qitishda dalillarga asoslangan tibbiyot

tamoyillarini joriy qilish

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar

:

tibbiy ta’lim,

metodik takomillashtirish,

pedagogika,

innovatsion texnologiyalar.

Mazkur maqolada pediatriya fanini o‘qitishda dalillarga

asoslangan tibbiyot tamoyillarini joriy etishning ilmiy-nazariy va

amaliy asoslari ko‘rib chiqilgan. Bu yondashuv talabalarda

nazariy bilimlarni amaliy ko‘nikmalarga aylantirish, klinik

qarorlar qabul

qilishda mustaqil fikrlash va mas’uliyatli

yondashuvni shakllantirishda muhim o‘rin tutishi aniqlandi.

Innovatsion texnologiyalar va simulyatsion mashg‘ulotlar ta’lim

samaradorligini oshirishi baholandi. O‘quv jarayoniga ilmiy

1

Fergana Medical Institute of Public Health. E-mail: maftik1993@gmail.com


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

04 (2025) / ISSN 2181-1415

465

adabiyotlar va klinik tavsiyalarni integratsiya qilish orqali

talabalar zamonaviy tibbiy bilimlarni chuqur o‘zlashtirish

imkoniyatiga ega bo‘lishlari tavsiflandi. Dalillarga asoslangan

yondashuvni keng tatbiq etish o‘qituvchi va talabalar o‘rtasida

ilmiy muloqotni kuchaytiradi, ta’li

m jarayonini uzluksiz

takomillashtirishga xizmat qilishi ma’lum bo‘ldi

.

Внедрение принципов доказательной медицины в

преподавание

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

Узбекистан,

Китай,

экономическое

сотрудничество,

международное право,

инициатива «Один пояс –

один путь»,

двусторонние договоры,

международные

инвестиции,

правовая гармонизация.

В настоящей статье рассмотрены научно

-

теоретические

и

практические

основы

внедрения

принципов

доказательной медицины в преподавание педиатрии.

Установлено, что данный подход играет важную роль в

трансформации теоретических знаний студентов в

практические навыки, формировании самостоятельного

мышления и ответственного принятия клинических

решений. Оценено, что использование инновационных

технологий

и

симуляционных

занятий

повышает

эффективность обучения. Описано, что интеграция

научной литературы и клинических рекомендаций в

образовательный процесс предоставляет студентам

возможность глубоко усваивать современные медицинские

знания.

Выявлено,

что

широкое

применение

доказательного подхода усиливает научный диалог между

преподавателем

и

студентом

и

способствует

непрерывному совершенствованию учебного процесса

.

SUMMARY

This study examines the integration of evidence-based medicine (EBM) principles

into the teaching of pediatrics within medical education, with a focus on enhancing
clinical reasoning and decision-making skills among students. The research employed a
comparative methodology, analyzing both traditional pedagogical approaches and
innovative, EBM-aligned instructional strategies, including the use of simulation-based
training, virtual platforms, and structured analysis of clinical literature. Data were
collected through surveys and observational feedback from both faculty and students at
the Fergana Medical Institute of Public Health. Consequently, the study revealed that
embedding EBM principles into

pediatric education significantly improves students’

theoretical understanding and practical competencies, particularly in formulating
accurate diagnoses and treatment plans. Moreover, the application of simulation

technologies enhanced learners’ readines

s for real clinical environments and reduced

their dependency on rote memorization by fostering independent critical thinking. For
example, students who engaged in EBM-centered exercises demonstrated a marked
increase in diagnostic accuracy and reduced clinical errors during training. The benefits
of this study include a well-defined framework for linking evidence interpretation with
decision-making in pediatrics, thus ensuring a higher standard of care and academic
achievement. As a result, the findings support the institutionalization of EBM-focused


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

04 (2025) / ISSN 2181-1415

466

curricula, recommend the expansion of simulation-based modules, and advocate for
faculty development programs to align teaching methods with current scientific
standards. In conclusion, this research confirms that a structured EBM approach in
pediatric education equips future physicians with the analytical skills and confidence
necessary to deliver high-quality, individualized pediatric care in an evolving healthcare
landscape.


KIRISH

Tibbiy ta’lim

sifatini oshirish zamonaviy tibbiyotda eng dolzarb masalalardan

biridir. Tibbiyot sohasida kadrlar tayyorlashda dalillarga asoslangan yondashuv muhim

ahamiyat kasb etadi. Dalillarga asoslangan tibbiyot tamoyillari, o‘qitishda ilmiy

asoslangan qarorlar qabul qilish, talabalarga zamonaviy va samarali usullarni

o‘zlashtirish imkoniyatini yaratadi. Pediatriya sohasida bu yondashuv bolalar
salomatligini samarali boshqarish uchun zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmalarni

shakllantirishda asosiy vositadir. Dalillarga a

soslangan tibbiyot ta’lim jarayonini samarali

qilishda muhim vosita hisoblanadi. Bu yondashuv orqali talabalarga nafaqat nazariy

bilimlar, balki amaliy ko‘nikmalarni ham shakllantirish imkoniyati beriladi. Zamonaviy
tibbiy ta’limda klinik qarorlarni qabul

qilishda ilmiy dalillar va tadqiqot natijalariga

asoslanish zarurati kuchayib bormoqda. Bu talabalar va kelajakdagi mutaxassislarga

bemorlar bilan ishlashda zamonaviy yondashuvlarni qo‘llash, xavfsiz va sifatli tibbiy
yordam ko‘rsatish imkonini beradi.

Dal

illarga asoslangan tibbiyot tamoyillarining tibbiy ta’limdagi o‘rni va ahamiyati

beqiyos. Birinchidan, dalillarga asoslangan tibbiyot o‘qituvchilarga talabalarga ilmiy
asoslangan qaror qabul qilishni o‘rgatish uchun zarurdir. Bu yondashuv talabalarga

kasbi

y faoliyatda ilmiy ma'lumotlardan to‘g‘ri foydalanish, ularni amaliyotda tatbiq etish,

va murakkab klinik vaziyatlarni hal qilishda to‘g‘ri qaror qabul qilish ko‘nikmalarini
beradi. Bu esa nafaqat bilimlarni chuqurlashtirish, balki talabalarni o‘z kasbiga

yanada

tayyorlash uchun zarur sharoit yaratadi. Ikkinchidan, u talabalarda mustaqil tahlil qilish

va mas’uliyatli qaror qabul qilish ko‘nikmalarini rivojlantiradi. Tibbiyot sohasi murakkab
va tez o‘zgaruvchi soha bo‘lib, bunda yangilangan ilmiy ma’lumotlar

dan foydalanish

muhim ahamiyatga ega. Shu sababli, tibbiy ta’limda dalillarga asoslangan yondashuv
orqali o‘qitilayotgan talabalar zamonaviy va yangilangan bilimlarga ega bo‘lishadi, bu esa

ularning kelajakdagi kasbiy faoliyatida muvaffaqiyat qozonishiga xizmat qiladi.

Pediatriya fanini o‘qitishda dalillarga asoslangan tibbiyot tamoyillarini joriy

qilishning o‘ziga xos jihatlari mavjud. Pediatriya –

bolalar bilan ishlashni talab qiladigan

nozik soha bo‘lib, bunda qarorlar qabul qilishda eng so‘nggi va tasdi

qlangan ilmiy

dalillarga tayangan holda ishlash muhimdir. Bolalar salomatligi bilan bog‘liq

muammolarni hal qilishda ilmiy asoslangan yondashuvlardan foydalanish nafaqat
davolash jarayonini samarali qiladi, balki xatoliklarni kamaytirishga ham yordam beradi.

Bu esa bolalar hayotini saqlab qolish va ularning sog‘lig‘ini yaxshilashda juda muhim

ahamiyat kasb etadi.

Ta’limda dalillarga asoslangan tibbiyotning qo‘llanilishi nafaqat talabalarga, balki

o‘qituvchilarga ham katta foyda keltirishini ko‘rsatadi. O‘qituvchilar o‘z darslarida eng
so‘nggi ilmiy ma’lumotlar va tadqiqot natijalaridan foydalangan holda talabalarni
o‘qitadilar, bu esa ularga zamonaviy bilimlarni yetkazishga va talabalarga ilmiy tahlil
qilish ko‘nikmalarini o‘rgatishga yordam beradi. Shu tari

qa, dalillarga asoslangan tibbiyot


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

04 (2025) / ISSN 2181-1415

467

tamoyillari o‘qituvchi va talabalar o‘rtasida ilmiy muloqotni rivojlantiradi va ta’lim
jarayonini sifatli va samarali qiladi. Shunday qilib, tibbiy ta’limda dalillarga asoslangan
yondashuvni qo‘llash nafaqat bilim va ko‘n

ikmalarni oshirishga, balki talabalarning

mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirishga ham xizmat qiladi. Bu esa o‘z navbatida,
tibbiyot sohasida yuqori malakali va o‘z ishiga mas‘uliyat bilan yondashadigan

mutaxassislarni tayyorlashda muhim ahamiyatga ega.

Dalillarga asoslangan tibbiyot (Evidence-Based Medicine) tamoyillari 20-asrning

ikkinchi yarmida keng qo‘llanila boshladi va hozirgi kunda tibbiy ta’limda asosiy

yondashuvlardan biri sifatida qabul qilinmoqda. Ushbu yondashuvning asosiy tamoyili
klini

k qarorlar qabul qilishda eng so‘nggi ilmiy tadqiqotlar natijalaridan foydalanishni o‘z

ichiga oladi. Pediatriya fanini o‘qitishda bu yondashuv nafaqat nazariy bilimlarni, balki
amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishda ham muhim ahamiyatga ega.

Dalillarga aso

slangan tibbiyotning rivojlanishi va uning tibbiy ta’limda qo‘llanilishi

XX asr oxiri va XXI asr boshlarida jadal rivojlandi. Birinchi marta dalillarga asoslangan

yondashuvni tibbiyotda keng miqyosda qo‘llashni tavsiya qilganlardan biri Devid Sakett

(Davi

d Sackett) bo‘ldi. U va uning hamkasblari bu yondashuvni klinik qarorlar qabul

qilish jarayoniga ilmiy dalillarni qo‘shish orqali samaradorligini oshirish maqsadida taklif

qilishdi. 1990-

yillarda bu tamoyillar tibbiy ta’lim dasturlariga integratsiya qilina

boshladi

[2; 71-72-b.]. Dalillarga asoslangan tibbiyotning asosiy maqsadi

tibbiyotda klinik

qarorlar qabul qilishda eng so‘nggi va ishonchli ilmiy tadqiqotlar natijalaridan

foydalanishdir. Bu jarayonda klinik tajriba, ilmiy adabiyotlar va bemorning individual

ehtiyojlari hisobga olinadi. Shu yondashuvning o‘ziga xos jihatlaridan biri –

bu ilmiy

dalillarni amaliyotga tatbiq qilishda har bir bemorning o‘ziga xos ehtiyojlarini e'tiborga
olishdir. Pediatriya fanini o‘qitishda bu tamoyil talabalarga murakkab

klinik vaziyatlarni

tahlil qilish va dalillarga asoslangan qarorlar qabul qilish imkoniyatini beradi [7; 226-
235-b., 8; 1100-1104-b.].

Adabiyotlarni tahlil qilish shuni ko‘rsatadiki, dalillarga asoslangan tibbiyot

tamoyillarini ta’lim jarayoniga joriy

qilishning bir qancha afzalliklari mavjud. Birinchidan,

bu yondashuv o‘qitishda ilmiy tahlil qilish ko‘nikmalarini shakllantiradi. Talabalar
tibbiyot amaliyotida ilmiy adabiyotlarni o‘qish, tushunish va ulardan foydalanishni
o‘rganadilar. Bu ularga kasbiy faoliyatda murakkab vaziyatlarda to‘g‘ri qaror qabul qilish
imkonini beradi. Ikkinchidan, dalillarga asoslangan tibbiyot ta’limda sifatni oshirishga

yordam beradi. Bu yondashuv yordamida talabalar nafaqat nazariy bilimlarni, balki
ularning amaliyotda qanda

y qo‘llanishini ham chuqurroq tushunadilar [6; 21

-22-b].

Dalillarga asoslangan tibbiyotning ta’limda qo‘llanilishining yana bir muhim jihati

bu amaliy mashg‘ulotlar va klinik stajirovkalar jarayonida foydalanishdir. Ilmiy

tadqiqotlar natijalari va klinik tavsiyalar talabalarga real sharoitlarda uchraydigan
vaziyatlarni tahlil qilish va tegishli qarorlar qabul qilishda yordam beradi. Masalan,

pediatriya fanini o‘qitishda talabalarga bolalar salomatligini yaxshilash uchun dalillarga

asoslangan tibbiy yondas

huvlarni qo‘llash o‘rgatiladi. Bu esa ularga kelajakda kasbiy

faoliyatda yuqori sifatli va samarali tibbiy yordam ko‘rsatish imkonini beradi [5; 41

-47-

b].

Dalillarga asoslangan tibbiyot tamoyillarining ta’limdagi ahamiyatini yoritishda

ko‘plab ilmiy adabiyotlar va tadqiqotlar muhim rol o‘ynaydi. Masalan, Gordon va Gibbs
(2014) tomonidan olib borilgan tadqiqotda ta’limda dalillarga asoslangan yondashuvni
qo‘llashning asosiy pedagogik konsepsiyalari aniqlangan [3; 224

-232-b]. Ularning


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

04 (2025) / ISSN 2181-1415

468

tadqiqotlari ta’lim jara

yonida ilmiy dalillardan foydalanishning samaradorligini

oshirishda katta ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatgan. Shuningdek, Straus va boshqalar
(2010) dalillarga asoslangan tibbiyotning amaliyotda qo‘llanishi va uni talabalarga
qanday o‘rgatish kerakligi haqida keng ma’lumot bergan [4; 153

-158-b].

Zamonaviy tibbiyotda ta’limning sifatini oshirishga qaratilgan harakatlar ichida

dalillarga asoslangan tibbiyot (evidence-

based medicine, EBM) tamoyillari muhim o‘rin

tutadi. Pediatriya fanida bu yondashuvning qo‘

llanilishi nafaqat talabalarga yuqori

darajadagi bilim berishni, balki ularni klinik amaliyotda to‘g‘ri qaror qabul qilishga
tayyorlashni ham ta’minlaydi. Ushbu sharhda mazkur mavzu bo‘yicha uchta muhim

adabiyot tahlil qilinadi, ular orqali dalillarga asos

langan tibbiyotning pediatriya ta’limida

qanday joriy etilishi haqida kengroq tasavvur hosil qilamiz.

Bundan tashqari tibbiyot institutlarida muayyan klinik fanni o‘qitilishi fang ava

mavzuga doir shkalalardan foydalanishni talab qiladi. Masalan Farg‘ona j

amoat

salomatligi tibbiyot institutida anesteziologiya va reanimatologiya fanini o‘qitishda fanga
doir ko‘nikmalarni bajarishda Ottawa inqirozni boshqarish Global Baholash shkalasidan

foydalanilgan[1; 135-137-b]..

Grinhalgning asari dalillarga asoslangan tibbiyotning nazariy asoslarini batafsil

tushuntiradi va uni amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha qimmatli tavsiyalar beradi. Kitobda
tibbiyot amaliyotida foydalaniladigan tadqiqotlar qanday o‘qilishi va baholanishi

kerakligi batafsil yoritilgan. Pediatriya fa

nida bu tamoyillarni qo‘llashning afzalligi

shundaki, talabalarga ilmiy manbalarni tanqidiy baholash va ulardan samarali

foydalanishni o‘rgatadi.

Asarda daliliy tibbiyotni o‘qitishda uchraydigan muammolar, jumladan, murakkab

tadqiqot ma’lumotlarini talabalarga tushunarli qilib yetkazish masalalari ham ko‘tarilgan.
Bu asar pedagogik metodlarni boyitishga va tibbiyot talabalari uchun samarali o‘quv
dasturlarini yaratishga asos bo‘ladi [9; 1381

-b].

Svanson va uning hammualliflari tomonidan yozilgan ushbu asar dalily

tibbiyotning ta’lim tizimida qanday qo‘llanilishini yoritib beradi. Kitobda tibbiyot ta’limi
bo‘yicha innovatsion yondashuvlar, ayniqsa, dalillarga asoslangan yondashuvni o‘rgatish
bo‘yicha maxsus strategiyalar tasvirlangan.

Pediatriya fanini o‘qitishda bu asar amaliy ma’noda juda foydali. U dalillarga

asoslangan tibbiyotni o‘rgatishda o‘quvchilarni jalb qilish va ularga mavzuni chuqur
o‘zlashtirishga yordam beruvchi usullarni ko‘rsatadi. Shuningdek, bu asarda talabalarda
tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish, klinik savollarga javob topish va o‘quv
jarayonini qiziqarli qilish bo‘yicha tavsiyalar keltirilgan.

Ushbu kitobning muhim xususiyatlaridan biri

klinik tadqiqotlarni tahlil qilish

jarayonini oddiylashtirishga yordam beradigan sxemalar va usullarning mavjudligidir. Bu

esa pediatriya fanini o‘qitishda o‘quv jarayonining samaradorligini oshirishga xizmat

qiladi[10; 286-294-b].

Saket va hammualliflarning ushbu klassik maqolasi dalillarga asoslangan

tibbiyotning asosiy tamoyillarini yoritib beradi va ularning tibbiyot amaliyotidagi
ahamiyatini ochib beradi. Maqolada dalillarga asoslangan tibbiyot bu faqatgina ilmiy

tadqiqot natijalarini qo‘llash emas, balki bemorning individual ehtiyojlarini hisobga olgan

holda qaror qabul qilish jarayoni e

kanligi ta’kidlangan.

Pediatriya sohasida ushbu maqola dolzarb ahamiyatga ega, chunki u diagnostika

va davolashning ilmiy asoslangan standartlarini ta’lim jarayoniga tatbiq etishga yordam


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

04 (2025) / ISSN 2181-1415

469

beradi. Asarda keltirilgan prinsiplardan foydalanish pediatriya bo‘y

icha talabalarga

mavzuni o‘zlashtirishda va bemorlarning individual xususiyatlarini hisobga olgan holda

davolash strategiyasini ishlab chiqishda yordam beradi [11; 71-72-b ].

Shunday qilib, adabiyotlar sharhi shuni ko‘rsatadiki, dalillarga asoslangan tibbi

yot

tamoyillari tibbiy ta’limda keng qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan samarali yondashuvdir. Bu
yondashuv talabalarga klinik qarorlar qabul qilishda eng so‘nggi ilmiy dalillarga tayangan
holda ishlashni o‘rgatadi, bu esa ularga kasbiy faoliyatda muvaffaqiyat q

ozonish va

bemorlarga yuqori sifatli yordam ko‘rsatish imkoniyatini yaratadi.

Dalillarga asoslangan tibbiyotning tibbiy ta’limdagi o‘rni.

Dalillarga

asoslangan tibbiyot tamoyillari tibbiy ta’limda talabalar va o‘qituvchilar uchun yangi

imkoniyatlar yaratadi. Bu yondashuv klinik qarorlarni qabul qilishda zamonaviy

tadqiqotlar va ilmiy dalillarga tayangan holda ishlashni talab qiladi. Tibbiy ta’limda bu
tamoyilni qo‘llash orqali o‘qituvchilar nafaqat o‘z malakasini oshiradi, balki talabalarni
ham to‘liq ma'lumotli va mustaqil qarorlar qabul qilishga o‘rgatadi. Dalillarga asoslangan
tibbiyotning o‘qitishda qo‘llanilishi o‘qituvchi va talabalar o‘rtasida ilmiy muloqotni
rivojlantiradi va o‘quv jarayonini samarali qiladi.

Pediatriya fanini o‘qitishda dalillarga asoslangan yondashuvning o‘ziga

xosligi.

Pediatriya sohasida dalillarga asoslangan yondashuvni qo‘llash katta ahamiyat

kasb etadi, chunki bolalar bilan ishlashda klinik qarorlar qabul qilishda alohida
yondashuv talab etiladi. Dalillarga asoslangan yondashuv yordamida pediatrlar

kasalliklarni tashxislash va davolashda eng so‘nggi tadqiqotlar va klinik tavsiyalardan

foydalanadi. Bu esa bolalar salomatligini samarali boshqarishga yordam beradi.

Pediatriya fanini o‘qitishda talabalarni klinik vaziyatlarda dalill

arga tayangan holda qaror

qabul qilishga o‘rgatish muhimdir. Bu usul bolalar salomatligini yaxshilash va klinik

xatoliklarni kamaytirishga yordam beradi.

MATERIAL VA USULLAR

Mazkur tadqiqotda dalillarga asoslangan tibbiyot tamoyillarini

pediatriya ta’limiga

joriy qilish usullari o‘rganildi. Tadqiqot metodologiyasi sifatida ta’limda qo‘llanilayotgan

an'anaviy va innovatsion yondashuvlar solishtirildi. Ushbu usullarni taqqoslash va
samaradorlikni baholash maqsadida pedagoglar va talabalarda

n so‘rovnomalar olindi,

ularning fikrlari tahlil qilindi. Tadqiqot davomida ta’lim jarayonida qo‘llaniladigan o‘quv

-

uslubiy materiallar va simulyatsion texnologiyalarni ham baholashga alohida e'tibor
qaratildi.

Amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishda dalilla

rga asoslangan tibbiyotning

roli.

Pediatriya fanini o‘qitishda dalillarga asoslangan yondashuv talabalarga nazariy

bilimlarni amaliyot bilan birlashtirish imkonini beradi. Amaliy mashg‘ulotlarda talabalar

real klinik vaziyatlarni simulyatsiya qilish orqali kasalliklarni tashxislash va davolashda

zamonaviy tavsiyalarni qo‘llashni o‘rganadilar. Bu esa ularda mustaqil qaror qabul qilish

va kasbiy malakalarni rivojlantirishga yordam beradi. Dalillarga asoslangan amaliy

mashg‘ulotlar yordamida talabalar real sharoitlarda uchraydigan klinik holatlar bo‘yicha
tezkor va to‘g‘ri qaror qabul qilishni mashq qiladilar. Bu jarayon ularga kasbiy faoliyatda

uchraydigan murakkab vaziyatlarda xatolarni kamaytirishga yordam beradi.

Innovatsion texnologiyalar va dalillarga asoslangan tibbiyot

zamonaviy ta’lim

jarayonida innovatsion texnologiyalarni qo‘llash dalillarga asoslangan tibbiyot

tamoyillarini samarali amalga oshirishda katta ahamiyatga ega. Virtual laboratoriyalar,


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

04 (2025) / ISSN 2181-1415

470

simulyatsion dasturlar, va onlayn resurslar orqali talabalar ilmiy tadqiqotlar va klinik

tavsiyalar bilan tanishadilar. Bu usullar nafaqat nazariy bilimlarni o‘zlashtirishni, balki

ulardan amaliyotda foydalanishni ham osonlashtiradi. Pediatriya fanida simulyatsion

mashg‘ulotlar yordamida talabalarga real klinik vaziyatlarni sinab ko‘rish va tahlil qilish

imkoniyati yaratiladi. Bu esa ularga dalillarga asoslangan qarorlar qabul qilishda

mustahkam ko‘nikmalarni shakllantirishga yordam beradi.

NATIJALAR

Tahlil natijalari shuni ko‘rsatdiki, dalillarga asoslangan

tibbiyot tamoyillarini

qo‘llash pediatriya ta’limida talabalarning bilimlarini chuqurlashtirishga, ularning amaliy
ko‘nikmalarini oshirishga va kasbiy malakasini yaxshilashga sezilarli darajada yordam

beradi. An'anaviy yondashuvlarga qaraganda, dalillarga asoslangan metodika talabalarga
amaliyotda uchraydigan muammolarni ilmiy asoslangan holda hal qilish imkoniyatini

beradi. Bu esa o‘z navbatida ularda mustaqil fikrlash va qaror qabul qilish ko‘nikmalarini

rivojlantiradi. Shuningdek, talabalar dalillarga asoslangan qaror qabul qilish orqali klinik

xatolarni kamaytirishga va bemorlarga ko‘rsatilayotgan yordam sifatini oshirishga

erishadilar.

MUHOKAMA

Dalillarga asoslangan tibbiyot tamoyillarini pediatriya fanini o‘qitishda joriy etish

hozirgi zamon tibbiy

ta’limida talab qilinadigan muhim innovatsion yondashuv

hisoblanadi. Ushbu yondashuvning afzalliklari va uni ta’lim jarayonida qo‘llashning o‘ziga
xos jihatlari keng ko‘lamda muhokama qilingan.

Birinchidan, pediatriya sohasida ilmiy dalillarga asoslangan t

a’lim o‘quvchilarning

nazariy bilimlarini amaliyotga tatbiq etish ko‘nikmalarini sezilarli darajada yaxshilaydi.
Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, dalillarga asoslangan yondashuv orqali talabalar
nafaqat o‘z fanini mukammal o‘zlashtiradi, balki real klinik vaziyatlarda tezkor va to‘g‘ri
qaror qabul qilish qobiliyatini shakllantiradi. Bu o‘quvchilarning mustaqil tahlil qilish va
mas’uliyatli qaror qabul qilish qobiliyatlarini oshiradi.

Ikkinchidan, innovatsion texnologiyalarning o‘quv jarayonida qo‘lla

nilishi

dalillarga asoslangan tibbiyot tamoyillarini samarali amalga oshirishda muhim ahamiyat

kasb etadi. Simulyatsion mashg‘ulotlar yordamida talabalar nazariy bilimlarini amaliy
ko‘nikmalarga aylantirish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Buning natijasida, tala

balar kasbiy

faoliyatda uchraydigan murakkab holatlarni boshqarish uchun zarur bo‘lgan
ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar.

Shuningdek, dalillarga asoslangan tibbiyot tamoyillarini ta’lim jarayoniga joriy

etish, talabalarni ilmiy adabiyotlar bilan ishlashga va mustaqil ilmiy tadqiqot olib

borishga undaydi. Bu ularda ilmiy tahlil qilish ko‘nikmasini rivojlantiradi va ularga klinik
vaziyatlarda zamonaviy yondashuvlardan foydalanishni o‘rgatadi. Ushbu metodika
yordamida talabalar o‘z faniga nisbatan chuqurroq qiziqish uyg‘otadi va kasbiy
mas’uliyat hissi oshadi.

Biroq ushbu yondashuvni amaliyotga joriy etishda ma’lum qiyinchiliklar ham

mavjud. Eng asosiy muammolardan biri

o‘quv jarayonida talabalar va o‘qituvchilar

o‘rtasidagi ilmiy muloqotni rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan yetarli resurs va
infratuzilmaning cheklanganligi. Shu bilan birga, barcha o‘qituvchilar dalillarga


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

04 (2025) / ISSN 2181-1415

471

asoslangan yondashuvni qo‘llash uchun zarur bo‘lgan malakaga ega emasligi yoki
zamonaviy ilmiy adabiyotlar bilan ishlash ko‘nikmasi pastligi kuz

atiladi.

Pediatriya fanini o‘qitishda dalillarga asoslangan tibbiyot tamoyillarini joriy qilish

zamonaviy ta’lim tizimini takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

Ushbu yondashuv talabalarni nazariy bilimlar bilan cheklanmay, ularni ilmiy dalillarga
asoslangan qarorlar qabul qilishga tayyorlash imkonini beradi. Dalillarga asoslangan

yondashuvning afzalliklari orasida talabalarning tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini
rivojlantirish alohida o‘rin tutadi. Bu yondashuv yordamida talabalar ilmiy ma’lumotlarni
tahlil qilish va ulardan o‘z amaliyotlarida foydalanishni o‘rganadilar. Bu esa ularning

kelgusi faoliyatida professional kompetensiyalarini oshirishda muhim ahamiyatga ega.

Shuningdek, bu yondashuv innovatsion o‘quv materiallarini o‘quv jarayoniga

kiritish imkonini beradi. Masalan, klinik tadqiqotlar asosida tuzilgan case-study

usullaridan foydalanish talabalarga nazariy bilimlarni amaliyot bilan bog‘lashga yordam

beradi. Muhokama qilingan adabiyotlar dalillarga asosl

angan yondashuvni o‘rgatish

bo‘yicha samarali strategiyalarni taqdim etadi. Greenhalghning asari talabalar uchun
ilmiy ma’lumotlarni tanqidiy baholash tamoyillarini o‘zlashtirishga yordam beradi.

Straus va hammualliflarning asari esa dalillarga asoslangan

yondashuvni ta’lim tizimiga

integratsiya qilish bo‘yicha batafsil yo‘nalishlarni ko‘rsatadi. Sackettning tadqiqotlari esa

klinik qaror qabul qilishda individual yondashuvning muhimligini yoritib beradi.

Shu bilan birga, o‘quv dasturlarini dalillarga asosla

ngan yondashuvga

moslashtirishda ayrim muammolar mavjud. O‘quv dasturlari va darsliklarni yangilash
ko‘p vaqt va resurs talab qiladi. Ba’zi hollarda pedagoglarning malakasini oshirish talab
etiladi. Talabalar uchun ishonchli ilmiy ma’lumotlarga kirish imko

niyatini kengaytirish

ham muhim vazifa hisoblanadi. Xususan, xalqaro ilmiy bazalarga erkin kirish imkonini

yaratish zamonaviy tibbiyot ta’limini yangi bosqichga olib chiqadi.

Dalillarga asoslangan tibbiyot tamoyillarini pediatriya fanida joriy etish o‘quv

jarayonining sifatini oshirishga xizmat qiladi. Talabalarda nafaqat ilmiy fikrlashni
shakllantiradi, balki ularni klinik amaliyotning dolzarb masalalarini mustaqil hal qilishga

tayyorlaydi. Bu yondashuv ta’lim jarayonini uzluksiz takomillashtirishni talab

etadi va

zamonaviy ilmiy adabiyotlardan muntazam foydalanishni ta’minlaydi.

Muhokama jarayonida ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha bir qator takliflar ilgari

surildi. Jumladan, o‘qituvchilarning malaka oshirish kurslarida muntazam ishtirok
etishini ta’minlash, ta’limda innovatsion texnologiyalarni joriy etish va o‘quv jarayonini
dalillarga asoslangan amaliy mashg‘ulotlar bilan boyitish zarur. Talabalarning ilmiy

-

tadqiqot faoliyatida ishtirok etishini rag‘batlantirish orqali ularda ilmiy tahlil qilish va

zamonaviy qaror qabul qilish qobiliyatini rivojlantirish mumkin.

XULOSALAR

Xulosa qilib aytganda, pediatriya ta’limida dalillarga asoslangan tibbiyot

tamoyillarini qo‘llash nafaqat o‘quv jarayonining samaradorligini oshiradi, balki

kelajakda yuqori

malakali, mustaqil va mas’uliyatli mutaxassislarni tayyorlash uchun

zarur poydevor yaratadi. Shu sababli, ushbu yondashuvni keng joriy etish uchun tizimli
chora-tadbirlar amalga oshirilishi lozim. Dalillarga asoslangan tibbiyot tamoyillarini

pediatriya ta’limiga integratsiya qilish tibbiy ta’lim sifatini oshirishda muhim qadamdir.
Mazkur yondashuvni o‘qitishda samarali qo‘llash uchun quyidagi tavsiyalar beriladi:


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

04 (2025) / ISSN 2181-1415

472

1. Ilmiy adabiyotlar bilan ishlash

: Pediatriya darslarida ilmiy maqolalar va klinik

tadqiqotlar

tahliliga keng o‘rin berish. Bu talabalar uchun ilmiy dalillar asosida qaror

qabul qilishni o‘rganishga yordam beradi.

2. Ilmiy-tadqiqot faoliyatiga jalb qilish

: Talabalarni ilmiy-tadqiqot faoliyatiga

jalb qilish orqali ularning dalillarga asoslangan qaro

r qabul qilish ko‘nikmalarini

rivojlantirish. Bu jarayon ularda ilmiy tahlil qilish va ma'lumotlarga asoslangan qaror

qabul qilish ko‘nikmalarini shakllantiradi.

3. Innovatsion texnologiyalarni joriy etish

: Innovatsion texnologiyalarni,

jumladan, virtual l

aboratoriyalar va simulyatsion mashg‘ulotlarni ta’lim jarayoniga joriy

etish. Bu talabalar uchun nazariy bilimlarni amaliyot bilan birlashtirish imkonini
yaratadi.

4. O‘qituvchilarning malakasini oshirish

: Dalillarga asoslangan tibbiyot

tamoyillarini samar

ali qo‘llash uchun o‘qituvchilarni muntazam ravishda malaka oshirish

kurslariga jalb qilish zarur. Bu o‘qituvchilarga eng so‘nggi ilmiy ma'lumotlar va klinik

tavsiyalar bilan tanishishga yordam beradi.

5. Simulyatsion mashg‘ulotlarni kengaytirish

: Pediatri

ya ta’limida simulyatsion

mashg‘ulotlarni kengaytirish orqali talabalarni real klinik vaziyatlarga tayyorlash. Bu
ularga bemorlar bilan ishlashda zarur bo‘lgan amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishga

yordam beradi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI

:

1.

Akhmadaliev Shokhrukh Shukhratovich. (2023). Using Ottawa Crisis

Resource Management Global Rating Scale in Simulation Center of Ferghana Medical
Institute of Public Health. International Journal of Scientific Trends, 2(7), 135

137.

Retrieved from

https://scientifictrends.org/index.php/ijst/article/view/120

2.

Sackett D.L., Rosenberg W.M., Gray J.A., Haynes R.B., Richardson W.S.

Evidence based medicine: what it is and what it isn't // British Medical
Journal,1996.13;312(7023):71-2.

3.

Gordon M, Gibbs T. Evidence-based teaching: Identifying the key educational

concepts. //Medical Teacher, 2014; 4:224-32.

4.

Straus SE, Glasziou P, Richardson WS, Haynes RB. Evidence-Based Medicine:

How to Practice and Teach EBM. //Churchill Livingstone. 2010. 153-158 pp.

5.

Harden, R. M., & Laidlaw, J. M. (2017). Essential Skills for a Medical Teacher

(2nd ed., pp. 41-47).

6.

Wong G, Greenhalgh T, Pawson R. Realist synthesis: RAMESES training

materials. // The RAMESES Project, 2014; 11:21-2.

7.

Epstein RM, Hundert EM. Defining and Assessing Professional

Competence.

JAMA.

2002;287(2):226

235.

8.

Cook DA, Bordage G. Twelve tips on writing abstracts and titles: How to get

people to use and cite your work. Med Teach. 2016 Nov;38(11):1100-1104.

9.

Warriner D. How to Read a Paper: The Basics of Evidence-Based Medicine

BMJ 2008; 336 :1381

10.

Swanson JA, Schmitz D, Chung KC. How to practice evidence-based medicine.

Plast Reconstr Surg. 2010 Jul;126(1):286-294.

11.

Sackett DL, Rosenberg WM, Gray JA, Haynes RB, Richardson WS. Evidence

based medicine: what it is and what it isn't. BMJ. 1996 Jan 13;312(7023):71-2.

Библиографические ссылки

Akhmadaliev Shokhrukh Shukhratovich. (2023). Using Ottawa Crisis Resource Management Global Rating Scale in Simulation Center of Ferghana Medical Institute of Public Health. International Journal of Scientific Trends, 2(7), 135–137. Retrieved from https://scientifictrends.org/index.php/ijst/article/view/120

Sackett D.L., Rosenberg W.M., Gray J.A., Haynes R.B., Richardson W.S. Evidence based medicine: what it is and what it isn't // British Medical Journal,1996.13;312(7023):71-2.

Gordon M, Gibbs T. Evidence-based teaching: Identifying the key educational concepts. //Medical Teacher, 2014; 4:224-32.

Straus SE, Glasziou P, Richardson WS, Haynes RB. Evidence-Based Medicine: How to Practice and Teach EBM. //Churchill Livingstone. 2010. 153-158 pp.

Harden, R. M., & Laidlaw, J. M. (2017). Essential Skills for a Medical Teacher (2nd ed., pp. 41-47).

Wong G, Greenhalgh T, Pawson R. Realist synthesis: RAMESES training materials. // The RAMESES Project, 2014; 11:21-2.

Epstein RM, Hundert EM. Defining and Assessing Professional Competence. JAMA. 2002;287(2):226–235.

Cook DA, Bordage G. Twelve tips on writing abstracts and titles: How to get people to use and cite your work. Med Teach. 2016 Nov;38(11):1100-1104.

Warriner D. How to Read a Paper: The Basics of Evidence-Based Medicine BMJ 2008; 336 :1381

Swanson JA, Schmitz D, Chung KC. How to practice evidence-based medicine. Plast Reconstr Surg. 2010 Jul;126(1):286-294.

Sackett DL, Rosenberg WM, Gray JA, Haynes RB, Richardson WS. Evidence based medicine: what it is and what it isn't. BMJ. 1996 Jan 13;312(7023):71-2.