Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
Ways to enhance educational effectiveness in the context
of pedagogical integration
Mokhidil RASULOVA
1
Fergana Medical Institute of Public Health
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received February 2025
Received in revised form
15 February 2025
Accepted 15 March 2025
Available online
25 April 2025
This article examines the issue of enhancing educational
effectiveness in the context of pedagogical integration, based on
a scientific and theoretical approach. It substantiates that the
interdisciplinary integrated learning model serves as a crucial
tool for developing students' systemic thinking, providing
knowledge applicable to real-life situations, and harmonizing
education with practical experience. The article analyzes the
conceptual essence of integration, its methodological
foundations, experiences from Uzbekistan and foreign
countries, as well as challenges encountered in practice. The
conclusion offers practical recommendations for improving the
effectiveness of integrated education.
2181-
1415/©
2025 in Science LLC.
https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol6-iss2-pp235-242
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
Pedagogical integration,
educational effectiveness,
interdisciplinary connection,
systemic approach,
constructivism,
competency-based
approach,
interactive methods,
integrated teaching,
CLIL,
STEM,
PBL,
methodological support,
assessment system,
teacher qualification,
innovative education.
Pedagogik integratsiya sharoitida ta’lim samaradorligini
oshirish yo‘llari
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
Pedagogik integratsiya,
ta’lim
samaradorligi,
fanlararo bog‘liqlik,
tizimli yondashuv,
konstruktivizm,
kompetensiyaviy
Ushbu maqolada pedagogik integratsiya sharoitida ta’lim
samaradorligini oshirish masalasi ilmiy-nazariy yondashuv
asosida yoritilgan. Fanlararo integratsiyalashgan o‘qitish modeli
o‘quvchilarning tizimli fikrlashini rivojlantirish, real hayotiy
vaziyatlarg
a mos bilimlar berish, ta’limni amaliyot bilan
uyg‘unlashtirishda muhim vosita ekanligi asoslab berilgan.
1
Associate Professor, Fergana Medical Institute of Public Health
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
6
№
2 (2025) / ISSN 2181-1415
236
yondashuv,
interfaol metodlar,
integratsiyalashgan o‘qitish,
CLIL,
STEM,
PBL,
metodik ta’minot,
baholash tizimi,
o‘qituvchi malakasi,
innovatsion ta’lim
.
Maqolada integratsiyaning tushunchaviy mohiyati, metodologik
asoslari, O‘zbekiston va xorijiy davlatlar tajribalari hamda
amaliyotdagi muammolar tahlil qilinadi. Xulosa qismida
integratsiyalashgan ta’lim samaradorligini oshirish bo‘yicha
amaliy tavsiyalar ilgari suriladi.
Пути повышения эффективности образования в условиях
педагогической интеграции
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
Педагогическая
интеграция,
эффективность
образования,
межпредметные связи,
системный подход,
конструктивизм,
компетентностный
подход,
интерактивные методы,
интегрированное
обучение,
CLIL,
STEM,
PBL,
методическое
обеспечение,
система оценивания,
квалификация
преподавателя,
инновационное обучение
.
В данной статье научно обоснована проблема
повышения эффективности образования в условиях
педагогической интеграции. Показано, что модель
межпредметного интегрированного обучения способствует
формированию
системного
мышления
учащихся,
обеспечению
знаний,
соответствующих
реальным
жизненным ситуациям, и сближению образования с
практикой. В статье проанализированы сущность
интеграции,
её
методологические
основы,
опыт
Узбекистана и зарубежных стран, а также практические
проблемы
внедрения.
В
заключении
предложены
практические
рекомендации
по
повышению
эффективности интегрированного образования
.
KIRISH
Globallashuv jarayonida jamiyatda ta’lim tizimining vazifasi faqat bilim berish
bilan cheklanmay, balki talabalarda mustaqil fikrlash, amaliyotda qaror qabul qilish,
muammolarni hal etish, axborot bilan samarali ishlash kabi kompetentsiyalarni
shakllantirishga qaratilgan. Bu esa, o‘z navbatida, ta’lim jarayonining shakli va
mazmunini tubdan
yangilash, fanlararo integratsiyalashgan o‘qitish modelini keng joriy
etishni talab qilmoqda. Pedagogik integratsiya ana shu yangilanishning zamonaviy
talablarga javob beradigan nazariy va metodik asosi bo‘lib, ta’lim samaradorligini
oshirishda muhim rol
o‘ynaydi.
Integratsiyalashgan o‘qitish deganda, fanlar o‘rtasidagi tabiiy bog‘liqlik asosida
o‘quv mazmunining uzviyligi va yaxlitligini ta’minlovchi, turli predmetlar doirasida
umumiy g‘oya va kompetentsiyalarni shakllantirishga qaratilgan pedagogik jaray
on
tushuniladi. Bunday yondashuv talabalarning fikrlash doirasini kengaytiradi, bilimlarni
real hayotiy kontekstda qo‘llashga o‘rgatadi, o‘zaro fanlararo tafakkur shakllanishiga
yordam beradi. Ayniqsa, hozirgi raqamli davrda bu jarayonni innovatsion texnologiyalar
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
6
№
2 (2025) / ISSN 2181-1415
237
bilan boyitish, zamonaviy metodlar bilan uyg‘unlashtirish zaruriyati kundan kunga oshib
bormoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan qaror
va farmonlarida integratsiyalashgan yondashuvlarning afzalliklari qayd etilgan. Masalan,
“Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022
-yil 28-
yanvardagi PQ
–
81-
son qarori, Milliy o‘quv dasturlarini optimallashtirish bo‘yicha
ko‘rsatmalar bu boradagi muhim huquqiy asoslarni shakllantirgan. Amm
o bu
yondashuvni amaliyotga tatbiq qilish jarayonida hali hanuz o‘qituvchilar
tayyorgarligining yetarli emasligi, metodik qo‘llanmalar va dars ishlanmalarining
integratsiyalashmaganligi, baholash mezonlarining noaniqligi kabi muammolar mavjud.
Shuningdek,
pedagogik integratsiyani amalga oshirishda o‘qituvchidan fanlararo
tafakkur, tizimli yondashuv, yuqori darajadagi pedagogik va metodik savodxonlik talab
etiladi. Bu esa o‘z
-
o‘zidan o‘qituvchilar malakasini oshirish, kasbiy rivojlanish bo‘yicha
uzluksiz o‘q
itish tizimini tashkil qilish zaruratini yuzaga keltiradi. Integratsiyalashgan
o‘qitish modelining muvaffaqiyatli joriy etilishi bevosita o‘qituvchining loyiha asosida
ishlashga tayyorligi, metodik erkinligi va kreativ yondashuvlariga bog‘liq.
Ushbu maqola pedagogik integratsiyaning nazariy mohiyatini, uning rivojlanish
bosqichlarini, metodologik asoslarini, O‘zbekiston va xorijiy tajribalarni hamda ta’lim
samaradorligini oshirish yo‘llarini chuqur ilmiy tahlil qilishga qaratilgan. Xususan, tizimli,
konstruktivistik va kompetensiyaviy yondashuvlar asosida pedagogik integratsiyaning
ta’limda qanday natijalar berishi mumkinligi tahlil etiladi. Shuningdek, STEM, PBL kabi
ilg‘or xorijiy modellarni milliy ta’lim muhitiga integratsiyalash bo‘yicha tavsiyalar ishla
b
chiqiladi.
Maqolaning asosiy maqsadi
—
pedagogik integratsiya asosida ta’lim
samaradorligini oshirish mexanizmlarini aniqlash, mavjud metodik muammolarni
ko‘rsatish va ularni bartaraf etish yo‘llarini tavsiya qilishdir. Shu orqali O‘zbekiston ta’lim
tizimining innovatsion rivojlanishiga xizmat qiladigan, talabalarni hayotga tayyorlovchi
integratsiyalashgan ta’lim modelini ishlab chiqish istiqbollari aniqlanadi.
METODLAR
Ushbu maqolada ta’lim samaradorligini oshirishda pedagogik integratsiya
jarayonini il
miy asosda o‘rganish uchun bir necha metodologik yondashuvlar qo‘llanildi.
Bular ichida nazariy-tahliliy yondashuv, kontent-analiz, komparativ tahlil, sistemali
yondashuv hamda umumlashtirish va model asosida fikr yuritish asosiy metodlar sifatida
tanlandi
. Shuningdek, O‘zbekiston va xorijiy mamlakatlar tajribalarini o‘zaro solishtirish
hamda amaliyotdagi mavjud muammolarni aniqlash uchun aniq holat tahlili (case study)
usuli hamdan foydalanildi.
Birinchidan,
nazariy-tahliliy yondashuv
yordamida pedagogik integratsiya
tushunchasining tarixiy ildizlari, ilmiy rivojlanish bosqichlari va zamonaviy talqinlari
chuqur o‘rganildi. Ushbu tahlil orqali integratsiyaga oid turli olimlar –
V.V. Kraevskiy,
I.Ya. Lerner, B.S. Gershunskiy, John Dewey, J. Bruner hamda O‘zbe
kistonlik mutaxassislar
A.A. Azizxo‘jayev, A. Abduqodirov, S. Hasanovlarning qarashlari qiyoslab tahlil qilindi. Bu
orqali integratsiyaning ta’lim mazmuni, metodlari va shakllari bilan qanday bog‘liqlikda
shakllanishi, uning samaradorlikka ta’siri aniqlash
tirildi.
Ikkinchidan,
kontent-analiz
usuli yordamida mahalliy va xalqaro nashrlarda e’lon
qilingan maqolalar, ta’limga oid me’yoriy hujjatlar, o‘quv dasturlar va metodik
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
6
№
2 (2025) / ISSN 2181-1415
238
qo‘llanmalar o‘rganildi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ta’limga oid
farmonlari, “Ta’lim to‘g‘risida”gi
Qonun, Milliy o‘quv dasturlaridagi integratsiyaga oid
jihatlar kontent tahlili orqali turlarga ajratilib, ularning amaliyotga mosligi baholandi.
Uchinchidan,
komparativ tahlil
yondashuvi yordamida O‘zbekiston ta’lim
tizimidagi integratsiyalashgan o‘qitish
tajribalari Finlyandiya, AQSH, Yaponiya, Janubiy
Koreya kabi davlatlar tajribalari bilan solishtirildi. Ayniqsa, STEM (Science, Technology,
Engineering, Mathematics), PBL (Problem Based Learning) modellarining o‘ziga
xosliklari va ularning milliy ta’limga
moslashuv darajalari o‘rganildi. Bunda xorijda
o‘qituvchilar integratsiyalashgan darslarni qanday tashkil etishi, baholash mezonlari,
talaba faolligini oshirish usullari tahlil etildi.
To‘rtinchidan,
sistemali yondashuv
asosida pedagogik integratsiyaning tarkibiy
qismlari
–
maqsad, mazmun, metod, shakl, vosita va baholash mezonlarining o‘zaro
bog‘liqligi tahlil qilindi. Bu orqali talaba faoliyatining har bir bosqichida
integratsiyalashgan yondashuv qanday aks etishi, o‘qituvchi va talaba o‘rtasidagi o‘zaro
ta’sir mexanizmlari aniqlashtirildi. Mazkur yondashuv integratsiya asosida dars
loyihalashda qatnashadigan barcha subyektlar roli va funksiyalarini tizimlashtirishga
xizmat qildi.
Beshinchidan,
holat tahlili (case study)
orqali ayrim O‘zbekiston ta’lim
muassasalarida integratsiyalashgan darslar olib borilayotgan tajriba maktablari misolida
mavjud yutuq va muammolar aniqlandi. Jumladan, boshlang‘ich sinflarda texnologiya,
ona tili va tabiatshunoslik fanlarining integratsiyasi, yuqori sinflarda informatika,
matematika va fizika fanlarining uyg‘unligi asosida o‘tilgan darslar o‘rganildi. Ularning
samaradorligi, talabalarning ishtiroki, fikrlash ko‘nikmalariga ta’siri, baholash
mexanizmlari tahlil qilindi.
Oltinchidan,
umumlashtirish va xulosalash
metodlari asosida yuqoridagi barcha
tahlillarni jamlab, pedagogik integratsiya sharoitida ta’lim samaradorligini oshirish
bo‘yicha takliflar ishlab chiqildi. Bu jarayonda tizimli metodik model ishlab chiqish,
malaka oshirish bo‘yicha modullar yaratish, baholash vosital
arini standartlashtirish va
innovatsion texnologiyalarni integratsiya qilish bo‘yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar
berildi.
Shuningdek, maqola yozishda statistik ma’lumotlar, amaliy ko‘rsatkichlar va
boshqa empirik dalillarga asoslanmasdan, ilmiy-nazariy tahlilga tayanildi. Chunki bu
maqola kontseptual xarakterga ega bo‘lib, mavjud holatni chuqur ilmiy asosda o‘rganish,
mavjud muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish yo‘llarini aniqlashni maqsad
qilgan.
Xulosa qilib aytganda, maqolada qo‘llanilgan metod
lar kompleks va uzviy
yondashuvga asoslangan bo‘lib, ular pedagogik integratsiya asosida ta’lim
samaradorligini ilmiy asosda tahlil qilish va takomillashtirishga xizmat qiladi.
NATIJALAR
Tadqiqot davomida olib borilgan nazariy tahlillar, kontent-analiz, metodik
manbalarni solishtirish, xorijiy tajribalarning o‘rganilishi asosida pedagogik
integratsiyaning ta’lim samaradorligiga ta’sir etuvchi bir nechta asosiy natijalar
aniqlandi.
Birinchidan
, integratsiyalashgan ta’lim modeli talabalarning bilim olish jar
ayonini
yaxlitlashtiradi va fanlararo tafakkurni shakllantirishda samarali vosita ekanligi
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
6
№
2 (2025) / ISSN 2181-1415
239
isbotlandi. Turli fanlar o‘rtasidagi tabiiy bog‘liqlikni anglash, talabalarning fikrlash
doirasini kengaytirib, bilimlarni real hayotiy kontekstda qo‘llay olish qobi
liyatini
rivojlantiradi. Ayniqsa, boshlang‘ich ta’limda tabiatshunoslik, matematika va ona tili
fanlarini integratsiyalash asosida olib borilgan darslarda talabalarning mavzuni anglash
darajasi, mustaqil ishlash ko‘nikmalari va faol ishtiroki sezilarli dar
ajada oshganligi
kuzatildi.
Ikkinchidan
, integratsiyalashgan o‘qitish metodikasi asosida ishlab chiqilgan dars
ishlanmalari va loyihalar, o‘qituvchilarning pedagogik faoliyatida innovatsion
yondashuvlarni keng qo‘llashga imkon yaratmoqda. Bu esa o‘z navbat
ida,
o‘qituvchilarning metodik salohiyatini oshirishga, ularning professional rivojlanishini
ta’minlashga xizmat qilmoqda. Jumladan, integratsiyalashgan darslarni tashkil etgan
o‘qituvchilar o‘z tajribalari orqali talabalarda yuqori darajadagi tafakkur va
kompetensiyalar shakllanishini qayd etishgan.
Uchinchidan
, o‘rganilgan xorijiy tajribalardan —
Finlyandiyada “phenomenon
-
based learning”, AQSHda STEM modeli, Yaponiyada “Lesson Study” tizimlari asosida
fanlararo integratsiya yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, ular o
rqali talabalarning amaliy
kompetensiyalari yuqori darajada rivojlanganligi aniqlandi. Mazkur modellar O‘zbekiston
ta’lim tizimi uchun moslashtirish imkoniyatiga ega bo‘lib, CLIL, PBL kabi yondashuvlarni
milliy muhitga moslashtirish bo‘yicha amaliy tavsiya
lar ishlab chiqish lozimligi
ko‘rsatildi.
To‘rtinchidan
, O‘zbekistonda integratsiyalashgan yondashuvlar hali keng miqyosda
tatbiq etilmagan bo‘lsa
-
da, ba’zi tajriba maktablari va ilg‘or o‘qituvchilar tomonidan
fanlararo bog‘liqlikka asoslangan darslar jori
y etilgan. Bunday tajribalarda talabalar
mavzuni faqat yodlab emas, balki tushunib, hayotiy misollar orqali anglab olganliklari,
mustaqil fikrlash va ijodiy yondashuvga tayyor ekanliklari aniqlandi.
Beshinchidan,
pedagogik integratsiya asosida amalga oshirilgan baholash
tizimlarida ham ijobiy o‘zgarishlar kuzatildi. An’anaviy bilimni eslab qolishga asoslangan
baholashdan farqli ravishda, integratsiyalashgan o‘qitishda faoliyatga, fikrlash
jarayoniga, muammo yechishga asoslangan baholash mezonlari qo‘llanilg
an. Bu esa
talabalarning o‘z bilimlarini amalda qo‘llay olish darajasini aniqlash imkonini bergan.
Oltinchidan
, metodik ta’minot bo‘yicha olib borilgan tahlillar natijasida
aniqlanishicha, integratsiyalashgan o‘qitish uchun maxsus qo‘llanmalar, dars
ishlan
malari va baholash vositalari yetarli emas. Bu holat o‘qituvchilarni mustaqil
izlanish olib borishga majbur qilmoqda. Shu sababli, zamonaviy metodik resurslar
yaratish va ularni tizimli ravishda tarqatish ta’lim sifatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Yettinchidan
, pedagogik integratsiyani amaliyotga joriy qilishda o‘qituvchilarning
psixologik tayyorgarligi va yangilikka bo‘lgan munosabati ham muhim omil ekani
tasdiqlandi. Ijobiy muhit va rahbariyat qo‘llab
-quvvatlagan jamoalarda bu jarayon
muvaffaqiyatli kechgan.
Xulosa qilib aytganda, tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, pedagogik integratsiya
asosida tashkil etilgan ta’lim talabalarni chuqur, tizimli va amaliy bilimlar bilan
qurollantirishda, o‘qituvchilarning metodik salohiyatini oshirishda va ta’lim
sifati va
samaradorligini yuqori pog‘onaga olib chiqishda muhim vosita bo‘la oladi.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
6
№
2 (2025) / ISSN 2181-1415
240
MUHOKAMA
Pedagogik integratsiyani ta’lim jarayoniga joriy etish, avvalo, ta’lim
samaradorligini oshirish, talabaning bilim, ko‘nikma va kompetensiyalarini hayotga
yaqinlashtirishga qaratilgan innovatsion yondashuvdir. Ushbu maqolada olib borilgan
tahlillar shuni ko‘rsatadiki, fanlararo integratsiyalashgan yondashuv nafaqat talabalarda
tizimli tafakkur va mantiqiy tahlil ko‘nikmalarini shakllantiradi, balki ularning real
h
ayotiy muammolarni hal qilishga tayyor bo‘lishlariga ham xizmat qiladi.
Integratsiyalashgan ta’lim modelining muvaffaqiyatli joriy etilishi uchun birinchi
navbatda, o‘quv dasturlari va darsliklarning qayta ko‘rib chiqilishi zarur. Hozirgi mavjud
o‘quv rejalari ko‘p hollarda fanlarni alohida, izolyatsiyalangan shaklda taqdim etadi. Bu
esa talabaning mavzulararo bog‘liqlikni anglashiga, fanlararo tafakkur yuritishiga
to‘sqinlik qiladi. Shu nuqtayi nazardan, o‘quv mazmunining qayta dizaynlashga ehtiyoji
bor: b
ir fan ichida boshqa fan elementlarini uyg‘unlashtirish, real muammolar asosida
loyiha asosida ta’lim berish zarur.
Xalqaro tajribalar ham shuni ko‘rsatadiki, integratsiyalashgan o‘qitish ta’limning
asosiy natija ko‘rsatkichlariga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Masalan, Finlyandiya ta’lim tizimida
2016-
yildan boshlab “phenomenon
-
based learning” konsepsiyasi asosida talabalarga
fanlararo asosda muammolarni hal qilish ko‘nikmasi shakllantirilyapti. AQSHda esa
STEM yondashuvi orqali tabiiy fanlar, muhandislik va texnologiya integratsiyasi orqali
ta’lim samaradorligi oshirilmoqda. Bu tajribalardan ko‘rinadiki, integratsiya nafaqat
ta’limning tarkibini, balki metodikasini, baholash tizimini, talaba faolligini ham tubdan
o‘zgartiradi.
O‘zbekistonda esa bu yondashuv hali to‘laqonli amalga oshirilmagan bo‘lsa
-da,
ayrim tajriba maktablari va pedagoglar tomonidan amaliyotda joriy etilmoqda. Jumladan,
boshlang‘ich ta’limda ona tili va tabiatshunoslik fanlarini integratsiyalash orqali
bolalarda mantiqiy fikrlash, kuzatuvchanl
ik va muloqot ko‘nikmalari kuchaymoqda.
Biroq bu jarayonning keng ommalashishiga bir qancha to‘siqlar mavjud:
o‘qituvchilarning yetarlicha metodik tayyorgarlik darajasi pastligi, integratsiyalashgan
dars ishlanmalari va baholash vositalarining cheklanganligi, rahbariyat darajasida bu
yondashuvga to‘laqonli e’tibor yetarli emasligi.
Shuningdek, integratsiyalashgan o‘qitish o‘qituvchidan yangi metodik va
psixologik kompetensiyalarni talab qiladi. U nafaqat o‘z faniga chuqur bilimli bo‘lishi,
balki boshqa fanl
ar bilan o‘zaro aloqani tashkil qila olishi, loyiha asosida dars tuza olishi,
talabalarni mustaqil ishlashga yo‘naltira olishi kerak. Bu esa o‘qituvchilarning malaka
oshirish tizimini qayta ko‘rib chiqishni, integratsiyaga yo‘naltirilgan seminar
-treninglar,
uslubiy qo‘llanmalar yaratishni taqozo etadi.
Baholash tizimining ham integratsiyalashgan ta’limga mos bo‘lishi muhim.
An’anaviy test yoki yozma ishlar o‘rniga talabaning faoliyati, guruhdagi roli, amaliy
yechim takliflari baholanishi kerak. Bu esa kompetensiyaviy yondashuvning negizida
turadi va natijani chuqurroq aks ettiradi.
Muhokama jarayonida shuni ham alohida ta’kidlash kerakki, integratsiyalashgan
yondashuvni faqat o‘qitish metodikasi sifatida emas, balki ta’limning falsafiy, ijtimoiy va
ma’naviy asoslarini uyg‘unlashtiruvchi model sifatida ko‘rish kerak. Ta’lim hayotdan
uzilmasligi, hayotga yo‘naltirilgan bo‘lishi shart. Pedagogik integratsiya aynan shunday
vazifani bajaradi
–
u bilimni kontekstual asosda uzatadi, talabani zamon bilan hamnafas
bo‘
lishga tayyorlaydi.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
6
№
2 (2025) / ISSN 2181-1415
241
XULOSA
Yuqoridagi tahlillar asosida shuni ishonch bilan aytish mumkinki, pedagogik
integratsiya bugungi ta’lim tizimini zamonaviy talablarga mos holda takomillashtirish,
talabalarni real hayotga tayyorlash, ularning mantiqiy, tizimli va ijodiy tafakkurini
rivojlantirishda muhim strategik yondashuv sifatida xizmat qiladi. Fanlararo bog‘liqlik,
bilimlarning uzviyligi va hayotiylik prinsipiga asoslangan integratsiyalashgan ta’lim
modeli talabalarda chuqur, kontekstual va amaliy bilimlarni shakllantiradi.
Tadqiqot natijalariga ko‘ra, integratsiyalashgan yondashuv talabalarning o‘quv
faolligini oshiradi, darslarni mazmunan boyitadi, fanlar o‘rtasidagi chegaralarni
yumshatadi va natijada o‘rganilgan bilimlarni kompleks yondashuv asosida qo‘llay
olish
kompetensiyalarini rivojlantiradi. Ayniqsa, STEM, PBL kabi xorijiy modellar asosida
shakllangan o‘qitish amaliyotlari talabaning fikrlash darajasi va muammoli vaziyatda
harakat qilish qobiliyatini ancha yuqori pog‘onaga olib chiqadi.
Shu bilan birga
, O‘zbekiston ta’lim tizimida integratsiyalashgan yondashuvlar hali
keng miqyosda joriy etilmagan. Amaliyotda mavjud muammolar
–
o‘qituvchilarning
metodik tayyorgarligi pastligi, darslik va o‘quv dasturlarining moslashtirilmaganligi,
baholash mezonlarining noaniqligi
–
integratsiyani to‘liq amalga oshirishga to‘sqinlik
qilmoqda. Shuning uchun integratsiyalashgan o‘qitishga oid maxsus metodik
qo‘llanmalar, dars ishlanmalari, baholash tizimlari va pedagog kadrlar tayyorlash tizimini
yangilash zarurati mavjud.
Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, pedagogik integratsiyani zamonaviy
texnologiyalar bilan uyg‘unlashtirgan holda, tizimli va ilmiy asosda amaliyotga joriy qilish
O‘zbekiston ta’lim tizimining sifatini oshirishga, talabalarni hayotga tayyorlashga, bilimni
am
aliyotga tatbiq etishga xizmat qiladi. Bu esa ta’lim samaradorligini tubdan oshirishga
zamin yaratadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
Азизхўжаев А.А. Педагогика назарияси ва тарихи. –
Т.: Ўқитувчи, 2014. –
280 б.
2.
Абдуқодиров А. Фанлараро интеграция тамойиллари. –
Т.: ТДПУ
нашриёти, 2019. –
144 б.
3.
Ҳасанов С. Инновацион педагогика. –
Т.: Илм
-
Фан, 2021. –
192 б.
4.
Краевский В.В. Основы педагогики. –
М.: Академия, 2001. –
320 с.
5.
Лернер И.Я. Дидактические основы методов обучения. –
М.:
Педагогика, 1981. –
192 с.
6.
Гершунский Б.С. Философия образования для XXI века. –
М.: Знание,
2003.
–
276 с.
7.
Bruner J. The Process of Education.
–
Cambridge: Harvard University Press,
1960.
–
97 p.
8.
Dewey J. Experience and Education.
–
New York: Collier Books, 1938.
–
91 p.
9.
Mukhitdinova A. Pedagogik texnologiyalar: Nazariyasi va amaliyoti.
–
T.: Ilm
Ziyo, 2020.
–
208 b.
10.
Hasanov S. O‘qituvchilarni zamonaviy metodikalarga tayyorlash. // Ta’lim
fidoyilari.
–
2022.
–
№3. –
B. 45
–
50.
11.
OECD. Future of Education and Skills 2030: OECD Learning Compass.
–
Paris:
OECD Publishing, 2019.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
6
№
2 (2025) / ISSN 2181-1415
242
12.
Финляндиянинг таълим тизимида интеграциялашган ўқитиш
тажрибаси. // Халқ таълими. –
2021.
–
№2. –
Б. 12–
17.
13.
UNESCO. Guide for CLIL Implementation.
–
Paris: UNESCO Institute for
Lifelong Learning, 2018.
14.
I.Iminaxunova, Development of practical proposals on L3 teaching
strategies. Nordik ilmiy-amaliy elektron jurnali, Toshkent -2025.
15.
Болтаева З. Интеграциялашган дарсларнинг методик асослари. //
ЎзПФТИ илмий мақолалар тўплами. –
2020.
–
№1. –
Б. 38–
42.
