Авторы

  • Машхурахон Шокирова-Иномжонова
    Преподаватель, Ташкентский государственный юридический университет

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol6-iss4/S-pp514-522

Ключевые слова:

правовая привилегия преференция функция специальная привилегия социальная справедливость равенство право на неприкосновенность

Аннотация

В данной статье с теоретико-правовой точки зрения анализируются теоретико-правовые аспекты правовых льгот, цель предоставления льгот, то есть какие задачи должны быть выполнены посредством льгот, и вопрос о соразмерности льгот принципу социальной справедливости. Для поддержания баланса между правовыми привилегиями и принципом социальной справедливости в обществе важно обеспечить равенство, справедливость и стабильность. В статье анализируются определения, данные учеными понятию преимущества, и их различия. Рассмотрены теоретические и правовые различия между терминами льготы и специальной льготы. Автор, используя опыт зарубежных стран, выдвинул ряд предложений по поддержанию баланса между правовыми льготами и принципом социальной справедливости.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/socinov/index

The Balance Between Legal Privileges and the Principle of
Social Justice: A Theoretical and Legal Analysis

Mashkhurakhon SHOKIROVA-INOMJONOVA

1


Tashkent State University of Law

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received March 2025

Received in revised form

15 April 2025
Accepted 25 April 2025

Available online

25 May 2025

This article analyzes the theoretical and legal aspects of legal

privileges, the purpose of granting privileges, that is, what tasks

are aimed at through privileges, and the issue of the

proportionality of privileges to the principle of social justice

from a theoretical and legal point of view. To maintain a balance
between legal privileges and the principle of social justice in

society, it is important to ensure equality, justice, and stability.

The article analyzes the definitions given by scientists to the

concept of privilege and their differences from each other.
The theoretical and legal differences between the terms

privileges and special privileges are considered. The author,

using the experience of foreign countries, put forward a number

of proposals for maintaining a balance between legal privileges
and the principle of social justice.

2181-

1415/©

2025 in Science LLC.

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol6-iss4/S-pp514-522

This is an open access article under the Attribution 4.0 International

(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

Keywords:

legal privilege,

preference,

function,

special privilege,

social justice,

equality,

right to immunity.

Huquqiy imtiyozlar va ijtimoiy adolat prinsipining
mutanosibligi: nazariy-huquqiy tahlil

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar

:

huquqiy imtitoz,

preferensiya,

funksiya,

maxsus imtiyoz,

ijtimoiy adolat,

tenglik,

daxlsizlik huquqi.

Mazkur maqolada huquqiy imtiyozlarning nazariy-huquqiy

jihatlari, imtiyozlarni taqdim etishdan ko‘zlangan maqsad,

ya’ni imtiyozlar orqali qanday vazifalarni bajarish maqsad

qilinganligini va imtiyozlarning ijtimoiy adolat prinsipiga

mutanosibligi masalasi nazariy-huquqiy jihatdan tahlil qilingan.

Maqolada olimlarning imtiyoz tushunchasiga bergan ta’riflari va

ularning bir-biridan farqli jihatlari tahlil qilingan. Imtiyozlar

(

льготы

) va maxsus imtiyoz (

прилелегия

) atamalarining

nazariy va huquqiy jihatdan farqlari ko‘rib chiqilgan. Muallif

1

Teacher, Tashkent State University of Law. E-mail: mashhurainomjonova2002@gmail.com


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

04 (2025) / ISSN 2181-1415

515

tomonidan xorijiy davlatlar tajribasidan foydalanilgan holda

huquqiy

imtiyozlar va ijtimoiy adolat prinsipi o‘rtasidagi

muvozanatni saqlash borasidagi bir qator takliflar ilgari

surilgan.

Соразмерность правовых привилегий и принципа

социальной справедливости: теоретико

-

правовой анализ

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

правовая привилегия,

преференция,

функция,

специальная привилегия,

социальная

справедливость,

равенство,

право на

неприкосновенность.

В данной статье с теоретико

-

правовой точки зрения

анализируются теоретико

-

правовые аспекты правовых

льгот, цель предоставления льгот, то есть какие задачи

должны быть выполнены посредством льгот, и вопрос о

соразмерности

льгот

принципу

социальной

справедливости. Для поддержания баланса между

правовыми привилегиями и принципом социальной

справедливости в обществе важно обеспечить равенство,

справедливость и стабильность. В статье анализируются

определения, данные учеными понятию преимущества, и

их различия. Рассмотрены теоретические и правовые

различия между терминами льготы и специальной льготы.

Автор, используя опыт

зарубежных стран, выдвинул ряд

предложений по поддержанию баланса между правовыми

льготами и принципом социальной справедливости.

KIRISH

Ma’lumki, har bir mamlakat o‘zining ijtimoiy funksiyasini bajarar ekan, barcha

uchun adolatli turmush sharoitini ta’minlashni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yadi. Ijtimoiy

funksiyalar sirasiga aholini ijtimoiy jihatdan himoya qilish, ijtimoiy tengsizlikni

kamaytirish, insonlarga munosib turmush tarzini yaratish, ta

lim sohasi, sog

liqni saqlash

va madaniyatni rivojlantirish kabilar kiradi [1]. Demak, davlat ijtimoiy funksiyasini

bajarar ekan, imtiyozlar taqdim etib, ijtimoiy tengsizlikni kamaytirish orqali ijtimoiy

tenglikka erishishning samarali usuli sifatida maydonga chiqadi.

Mazkur maqolada huquqiy imtiyozlarning maqsadi va ularning ijtimoiy adolat

prinsipi bilan o

zaro aloqasi hamda mutanosibligini nazariy-huquqiy jihatdan tahlil qilish

maqsad qilingan.

Imtiyozlarning tarixiy ildiziga nazar tashlaydigan bo

lsak, sohibqiron Amir Temur

davrida ham imtiyozlar mavjud bo

lganligini inkor etib bo

lmaydi. Mulk yerlarning katta

qismi zodagonlar, harbiy va diniy arboblar qo‘lida edi. Davlat uchun katta xizmat

ko‘rsatganlarga tarxonlik yorlig‘i berish keng joriy qilingan. Tarxonlik yorlig‘ini

olganlarga katta imtiyozlar berilgan, ular barcha soliqlardan ozod qilingan. Tarxonlik

yorlig‘i ko‘p hollarda alohida xizmatlari uchun amirlar, beklar, sayyidlar va yuqori

tabaqaga mansub shaxslarga berilgan [2].

Huquqiy imtiyoz tushunchasiga to‘xtaladigan bo‘lsak, imtiyoz so‘zining lug‘aviy

ma’nosi bu “alohida shaxslar uchun maxsus qonun” degan ma’noni anglatadi [3].

Professor M. Axmedshayevaning fikricha, huquqiy imtiyoz bu huquq subyektining

ahvolini unga o‘z manfaatlarini yanada ko‘proq qondirishga imkon yaratuvchi

q

o‘shimcha va shu bilan bir qatorda alohida huquqlar berish yoki muayyan


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

04 (2025) / ISSN 2181-1415

516

majburiyatlardan ozod etish orqali qonunda belgilangan tartibda yengillashtirishdir.

Ya’ni imtiyozlar huquq subyektlarining mavjud huquqiy imkoniyatlarga qo‘shimcha

maxsus imkoniyatlar

ni qo‘shish tizimi deyish mumkin ekan. Lug‘atlarda “imtiyoz”

tushunchasiga ustuvor huquq, kimgadir umumiy qoidalardan istisno tariqasida

beriladigan yengillik, kimgadir afzallik berish, belgilangan qoida, majburiyatlarni

bajarishdan qisman ozod qilish yoki ularni bajarish shartlarini yengillashtirish sifatida

ta’rif beriladi. Yuridik adabiyotlarda imtiyozlarni tavsiflashda turli yondashuvlarni

uchratish mumkin. Imtiyoz fuqarolarning ayrim aholi guruhlariga beriladigan maxsus

huquqlarining bir turi yoki ayrim guruhlar uchun umumiy darajadan yuqoriroq

darajadagi huquqlardir, degan qarash umumqabul qilingan. Shuningdek, imtiyoz ijtimoiy

jihatdan zarar ko‘rgan guruhlarni yoki jamiyatning alohida a’zolarini kompensatsiya

qilish usuli sifatida tushuniladi.

Shu o‘rinda imtiyozlarni taqdim etishdan ko‘zlangan maqsad ya’ni imtiyozlar

orqali qanday vazifalarni bajarish maqsad qilinganligini aniqlab olish lozim.

Birinchi maqsad

imtiyozlar bu qonunchilik hujjatlarida belgilab qo‘yilgan

tartibdan istisno hisoblanishi bi

lan bilan bir qatorda, o‘zining qonuniy asoslariga ega

ekanligi bilan xarakterlanadi. Ya’ni davlat tomonidan taqdim etilayotgan imtiyozlar

normativ-

huquqiy hujjatlarda qonuniy tarzda mustahkamlab qo‘yiladi.

Ikkinchi maqsad

alohida toifadagi shaxslarning turmush tarzini yaxshilash,

ijtimoiy sohadagi faolligini oshirish va iqtisodiy jihatdan rag‘batlantirish va ma’lum bir
toifadagi shaxslarning manfaatlari qondirilishini ta’minlash masalasi hisoblanadi.

Uchinchi maqsad

bu imtiyozlarning umumiy qoidalardan farq qilgan holda

belgilangan normativ qoidalardan chetga chiqqan holda yuridik farqlash sanaladi.

Shu o‘rinda professor M.Axmedshayevaning imtiyoz tushunchasiga bergan ta’rifiga

to‘xtalib o‘tadigan bo‘lsak, ilmiy manbalarda, jumladan

rossiyalik olimlar imtiyoz

tushunchasini yoritishda «привилегия»,

«льготы», «преимущества» kabi atamalardan

foydalanishadi. Bizning milliy yuridik adabiyotimizda «привилегия» atamasining
to‘g‘ridan

-

to‘g‘ri ekvivalenti mavjud bo‘lmaganligi sababli «привилегия»,

«льготы»

atamalari «imtiyoz» deb yuritiladi. Demak, bundan kelib chiqadiki, imtiyozlarning o‘zini
ham shartli ravishda imtiyozlar va maxsus imtiyozlarga ajratib o‘rganish va tahlil qilish

maqsadga muvofiqdir.

Malko «льготы» va «привилегия»

tushunchalarining farqlash asnosida

quyidagicha xulosaga keladi:

«Льготы» –

bir qancha afzalliklarni taqdim etish yoki muayyan majburiyatlarni

bajarishdan qisman ozod qilish yoki ularni amalga oshirish uchun sharoitlarni
yengillashtirishdir.

«Привилегия» tushunchasiga to‘xtalar ekan bu hokimiyatning mansabdor

shaxslari uchun taqdim etiladigan yuqori darajadagi afzalliklar deyish mumkinligi
xususida yakuniy xulosaga keladi [4].

MATERIAL VA METODLAR

Mazkur maqolada taqqoslash va qiyosiy tahlil metodidan foy

dalanilgan bo‘lib,

huquqiy imtiyozlar va ijtimoiy adolat prinsipining mutanosibligi milliy va xorijiy tajriba
asosida nazariy-huquqiy jihatdan tahlil qilingan. Shuningdek, maqolada forsayt tahlil va
prognozlash metodidan faol foydalanilgan holda bir qator takliflari ilgari surilgan.
Bundan tashqari ushbu maqolada bashoratli tahlil va statistik tadqiqot, kuzatish va

tajriba metodlaridan foydalanilgan bo‘lib, mazkur metodlar orqali mavzuni atroflicha

yoritish va foydali natijalar olish maqsad qilingan.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

04 (2025) / ISSN 2181-1415

517

TADQIQOT NATIJALARI

Mamlakatimiz yuridik fanining zamonaviy holati ichki va tashqi ko‘p qirraliligi

bilan tavsiflanadi. Huquqqa xos bo‘lgan belgilar ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish
usullari, inson erkinliklarini ta’minlash va himoya qilish vositalari, fu

qarolarning qonuniy

manfaatlarini amalga oshirish yo‘llari mavjud. Huquqiy tartibga solish tizimida qonun
bilan belgilangan va barcha uchun yagona bo‘lgan xulq

-

atvor me’yorlari va qoidalari

asosiy o‘rinni egallaydi. Ular bilan bir qatorda davlat tomonidan

ongli ravishda

o‘rnatilgan va ruxsat etilgan qoidalardan chetga chiqishlar, o‘ziga xos istisnolar ham
mavjud. An’anaga ko‘ra, bularga immunitet, imtiyoz va yengilliklar kiradi. Shu munosabat

bilan zamonaviy yuridik fanning dolzarb vazifalaridan biri ushbu hodisalarning har

birining mohiyatini aniqlash va ularning o‘zaro nisbatini o‘rganishdir.

Bir qator xorijiy va mahalliy mualliflar xalqaro amaliyotda, shuningdek, ichki

qonunchilikda umumiy qoidalardan istisno tariqasida immunitetlar va imtiyozlarning
qat

’iy chegaralanishi keltirilmagan, degan fikrdalar [5]. Masalan, Fransiyaning abbati va

siyosiy arbobi E.J.

Siyes XVIII asr oxirida o‘zining “Imtiyozlar haqida esse” asarida

shunday yozgan edi:...” imtiyozlar

bu ularga erishgan kishi uchun ne’mat, boshqal

ar

uchun esa qashshoqlikdir. Hech bir farqsiz barcha imtiyozlar yo qonunga bo‘ysunishdan
ozod qilish, yoki har bir kishiga qonunda ruxsat etilmagan biror narsaga bo‘lgan mutlaq
huquqni ifodalaydi”.

Demak,

imtiyozlar

(льготы) va

maxsus imtiyoz

(прилелегия)

atamalarining

nazariy va huquqiy jihatdan farqlarini ko‘rib chiqsak:

Birinchi farq

maqsadiga ko‘ra bo‘lib,

imtiyozlar muayyan toifadagi shaxslarning

turmush tarzini, iqtisodiy va ijtimoiy ahvolini yaxshilash va osonlashtirishni maqsad

qilgan bo‘lib, imti

yozlar berish orqali ushbu toifadagi shaxslarning tengsizligini texnik

jihatdan tenglashtirish uchun taqdim etiladi. Maxsus imtiyozlar asosan davlatning

mansabdor shaxslariga, davlat xizmatchilariga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Ularga maxsus

imtiyoz berilishida

n ko‘zlangan maqsad maxsus toifadagi subyektlarning o‘z vazifalarini

yetarli va samarali darajada bajara olishlari uchun lozim bo‘lgan yengilliklar taqdim

etishdir.

Ikkinchi farq

qamrov doirasiga ko’ra

bo‘lib, imtiyozlarning qamrov doirasini

kengroq deb

qaraydigan bo‘lsak, maxsus imtiyozlarning doirasi chegaralanganligi, ya’ni

ular istisnodan ham istisno ekanligi bilan xarakterlanadi.

Uchinchi farq

subyektiga ko‘ra

farqlanishi hisoblanib, imtiyozlar alohida toifadagi

ehtiyojmand yoki ijtimoiy jihatdan

qo‘llab quvvatlash lozim bo‘lgan aholi toifasiga

qaratilgan bo‘ladi. Ular sirasiga nogironligi bor shaxslar, yolg‘iz keksalar, pensionerlar,
kam ta’minlangan oilalar va boshqalarni misol qilib keltirishimiz mumkin. Maxsus

imtiyozlar esa davlatning maxsus mansabdor shaxslariga vazirlar, deputatlar,
diplomatlarga berilishi mumkin.

Ammo shu o’rinda yana bir masalaga jiddiy e’tibor qaratish ahamiyatlidir: ya’ni

imtiyozlar adolat va tenglik prinsiplariga zid bo‘lmasligi kerak. O‘zbekiston Respublikasi

Konstitutsiyasining 19-moddasida ham imtiyozlar faqat qonunga muvofiq belgilanishi va

ijtimoiy adolat prinsiplariga mos bo‘lishi shartligi haqidagi qoida mustahkamlab
qo‘yilgan. Demak, imtiyozlar davlat tomonidan tegishli normativ

-huquqiy hujjatlarda

belgilab qo‘yilsagina qonuniy jihatdan ahamiyatga ega bo’ladi. Imtiyoz berilgan
subyektlar ayrim hollarda bajarilishi lozim bo‘lgan muayyan ishlarda butunlay yoki

qisman ozod qilinishi mumkinligi yoki bu turdagi harakatlarni bajarishda ayrim


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

04 (2025) / ISSN 2181-1415

518

yengilliklardan foydalanadi. Shaxslar yoki maxsus shaxslar guruhiga taqdim etilayotgan

imtiyozlarning mavjudligi o‘z

-

o‘zidan ularning demokratik prinsiplarga, ya’ni tenglik va

diskriminatsiyani qabul qilmaslik prinsiplariga muvofiq yoki muvofiq emasligi haqidagi

masalani ko‘taradi [

6].

A.V.

Malko huquqiy imtiyozlar masalasini o‘rganar ekan, deputatlik daxlsizligini

imtiyozlarning bir turi, ya’ni siyosiy imtiyozlar deb nomlanuvchi ko‘rinishi sifatida ajratib
ko‘rsatadi [7]. Bunday yondashuvga yetarli asoslar mavjud, chunki imtiyozlar

va

daxlsizlik huquqi haqiqatan ham bir qator umumiy xususiyatlarga ega. Birinchidan, ular
maxsus huquqiy rejim yaratadi, tegishli subyektlarning holatini yengillashtiradi, turli
manfaatlarni qondirish imkoniyatlarini kengaytiradi. Ikkinchidan, ular muayyan xatti-
harakatga undovchi va ijobiy huquqiy motivatsiyani ifodalovchi huquqiy

rag‘batlantiruvchi vositalar hisoblanadi. Uchinchidan, mazkur vositalar ijtimoiy foydali
faoliyatning kafolati bo‘lib, turli majburiyatlarni bajarishga ko‘maklashadi. To‘rtinchid

an,

ular o‘ziga xos istisnolar, maxsus normalarda belgilangan qonuniy cheklovlar sifatida
namoyon bo‘ladi. Beshinchidan, ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solishda
differensiatsiyaning namoyon bo‘lish shakllari sifatida xizmat qiladi. Shu bilan birg

a,

huquqiy vositalar

imtiyozlar va daxlsizlik huquqining tahlili nafaqat ularning umumiy

belgilari mavjudligi, balki ular o‘rtasidagi sezilarli farqlar haqida ham gapirish imkonini

beradi. Shundan kelib chiqib, imtiyozlar, yengilliklar va daxlsizlik huquqining nisbati
muammolarini tadqiq etgan A.V.

Malko daxlsizlik huquqini tavsiflashda “imtiyoz”

kategoriyasining oraliq mavqeini egallagan “imtiyoz”ga murojaat qiladi va daxlsizlik
huquqini o‘z egalariga yagona, ammo juda muhim ustunlik

huquqiy daxlsizlikni

beruvchi imtiyozning alohida turi sifatida ta’riflaydi yoki “ular tomonidan xalqaro huquq

normalarida, Konstitutsiya va qonunlarda aniq belgilangan majburiyat va javobgarlikdan

ozod qilish bilan bog‘liq bo‘lgan alohida imtiyozlar va yengilliklar” sifatida ta’riflaydi [8].

V.A.

Chetvernin ham xuddi shunday fikrda bo‘lib, uning fikricha, immunitet ya’ni

daxlsizlik huquqi sudyalarning, hokimiyat vakillik organlari deputatlarining, ayrim
boshqa toifadagi mansabdor shaxslarning huquqiy xavfsizligi va mustaqilligini

ta’minlovchi imtiyozdir [9].

Huquqiy imtiyoz haqida so‘z yuritar ekanmiz, bevosita huquqiy imtiyozlarning

taqdim etilishi ijtimoiy adolat prinsipiga mutanosibmi degan masala maydonga chiqadi.

Ijtimoiy adolat faqatgina aholining muhtoj qatl

ami foydasiga ne’matlarni qayta

taqsimlash bilan cheklanib, ma’lum darajada ijtimoiy soha yoki inson ijtimoiy

-iqtisodiy

huquqlari sohasi tartibga solingandagina mavjud bo‘ladi, degan fikr keng tarqalgan. Biroq

ushbu maqola asosida yotgan tushunchaga ko‘ra,

adolat va ijtimoiy adolat davlat

faoliyatining deyarli barcha sohalarida namoyon bo‘ladi va faqat ijtimoiy sohani ko‘rib

chiqish bilan cheklanib qolmaslik lozim. Adolat tamoyili huquqning aksariyat sohalarida,

xususiy va ommaviy huquqda ham asos bo‘lib xi

zmat qiladi. Ijtimoiy adolat ijtimoiy-

iqtisodiy huquqlarning (pensiyalar, ijtimoiy xizmat, ta’lim, tibbiyot) amalga oshirilishi,

xususiy mulkning ijtimoiy vazifasi bilan chambarchas bog‘liqdir. Dunyo mamlakatlari

konstitutsiyalarini o‘rganish ijtimoiy adolatni belgilaydigan asosiy yo‘nalishlarni ajratib

ko‘rsatish imkonini beradi: bu ijtimoiy ehtiyojlarga byudjet xarajatlarining ustuvorligi

(byudjet daromadlarini ijtimoiy zaiflar foydasiga qayta taqsimlash), xususiy mulk

xarakterini majburiy qilib qo‘yadiga

n mehnatni tartibga solish va unga adolatli haq

to‘lash, qonuniy ish tashlashlarga yo‘l qo‘yilishi, kasaba uyushmalarining roli, davlat

pensiya ta’minoti, davlat ta’limi, bepul tibbiy xizmat, aholining ehtiyojmand qatlamlari,


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

04 (2025) / ISSN 2181-1415

519

nogironlar, bolalar, ko‘p bolali oilalar, kam ta’minlanganlarni ijtimoiy jihatdan qo‘llab

-

quvvatlashni maqsad qilgan bo‘ladi. Aslida, bu ko‘rsatkichlar davlatni ijtimoiy adolatga

intiluvchi davlat sifatida tavsiflaydi. Masalan, 1997-

yildagi Polsha Konstitutsiyasiga ko‘ra,

Polsha

ijti

moiy adolat tamoyillarini amalga oshiruvchi davlat hisoblanadi. O‘zbekiston

Respublikasi Konstitutsiyasida davlat o‘z faoliyatini inson farovonligini va jamiyatning

barqaror rivojlanishini ta’minlash maqsadida qonuniylik, ijtimoiy adolat va birdamlik

prins

iplari asosida amalga oshirishi belgilab qo‘yilgan.

“Adolat” so‘zi Rossiya Federatsiyasi Konstitutsiyasida faqat bir marta,

muqaddimada quyidagi mazmunda tilga olingan: “Rossiya xalqi Vatanga muhabbat va

hurmat, yaxshilik va adolatga ishonchni bizga qoldirgan ajdodlar xotirasini hurmat qilib,

Rossiya Federatsiyasi Konstitutsiyasini qabul qiladi”. Umumiy qoidaga ko‘ra, muqaddima

normativ emas, ammo Rossiya Federatsiyasi Konstitutsiyaviy sudi Rossiya Federatsiyasi

Konstitutsiyasi muqaddimasining qoidalaridan Konstitutsiyaning asosiy tamoyillari

sifatida foydalanadi. Shu ma’noda adolatni Konstitutsiyaning asosi sifatida qarash

mumkin. Rossiya Federatsiyasi Konstitutsiyaviy sudi, boshqa Rossiya sudlaridan farqli

o‘laroq, ko‘pincha adolat tamoyiliga (to‘g‘ri, un

i konstitutsiyaviy tamoyil deb atamaydi)

murojaat qiladi. Turli hududlar va aholi guruhlari o‘rtasidagi turmush darajasini ijtimoiy

-

iqtisodiy jihatdan tenglashtirish bo‘yicha davlatning majburiyatlari va chora

-tadbirlari

haqida konstitutsiyaviy qoidalar zarur. Boshqa davlatlarning konstitutsiyalarda bunday

me’yorlar deyarli uchramaydi. Rivojlanayotgan mamlakatlarning ayrim yangi

konstitutsiyalarida bunga yaqin qoidalar mavjud. Masalan, 1978-yilgi Ispaniya

Konstitutsiyasining 138-

moddasida “Ispaniya hududining turli qismlari o‘rtasida adolatli

va muvofiq iqtisodiy muvozanatni o‘rnatish” haqida so‘z yuritilgan.

Yuqoridagilarni umumlashtirgan holda shuni aytish mumkinki, ijtimoiy adolatni

doimiy tahlil qilish zarur, bu esa o‘z navbatida jamiyat holatining asosiy ko‘rsatkichi

bo‘lib, uning faoliyati iqtisodiyot, siyosat, huquq, sotsiologiya va ijtimoiy siyosat, davlat

boshqaruvi sohalaridagi turli voqea-

hodisalarni baholashga yo‘naltirilgan.

TADQIQOT NATIJALARI TAHLILI

Huquqiy imtiyozlarning ijtimoiy adolat prinsipiga mutanosibligi deganda, qonuniy

choralarning maqsadga muvofiqligi va ushbu oqibatlarining adolatli bo‘lishi tushuniladi.

Qayd etish joizki, ijtimoiy adolat prinsipi huquqda muvozanatni ta’minlashga xizmat

qiladi. Misol uchun, jazo jinoyatga mos kelis

hi yoki qonunning ta’siri uning maqsadiga

muvofiq bo‘lishi kerak. Ijtimoiy adolat esa kengroq tushuncha bo‘lib, jamiyatda tenglik,

adolat va resurslarning adolatli taqsimlanishini, eng muhimi esa, ijtimoiy yordamga

muhtoj shaxslarning manfaatini ko‘zlaydi.

Mazkur ikki tushuncha o‘zaro bog‘liq, lekin

ba’zida bir

-biriga qarama-qarshi keladi. Ijtimoiy adolat prinsipi esa jamiyatda resurslar,

imkoniyatlar va huquqlarning adolatli taqsimlanishiga asoslanadi. Amerikalik faylasuf

Jon Roulzning “Adolat nazariyasi” asarida ta’kidlanishicha, ijtimoiy adolat har bir shaxsga

teng imkoniyatlar taqdim etishi va eng kam ta’minlangan aholi qatlamlarining holatini

yaxshilashga xizmat qilishi kerak. Aynan ushbu nuqtada imtiyozlarning mavjudligi adolat

prinsipi bilan qanchalik

mos kelishi muhokama predmetiga aylanadi. Rolzning “adolat

tenglik sifatida” nazariyasi teng asosiy erkinliklar, imkoniyatlar tengligi va tengsizlik

yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan har qanday holatda jamiyatning eng kam ta’minlangan

a’zolariga maksimal foyd

a keltirishni tavsiya etadi. Rolz bu ijtimoiy adolat tamoyillarini

asoslash uchun “boshlang‘ich holat” deb ataluvchi fikr tajribasidan foydalanadi. Bunda

odamlar o‘zlari qaysi ijtimoiy mavqeni egallashlarini bilmasdan turib, qanday jamiyatda

yashashni tanlashlarini tasavvur qiladilar [10].


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

04 (2025) / ISSN 2181-1415

520

Ijtimoiy adolat huquqi tizimli tengsizliklarni bartaraf etish hamda jamoalar

huquqlarini himoya qilishga qaratilgan huquqiy amaliyotlarni o‘z ichiga oladi. Huquqning
ushbu sohasi insonning o‘z huquqlari va imkoniyatlaridan foydalanishiga to‘sqinlik

qiluvchi, xususan, irqi, jinsi, ijtimoiy-

iqtisodiy holati va nogironligi bilan bog‘liq

to‘siqlarni bartaraf etishga intiladi. Ijtimoiy adolat nafaqat ijtimoiy tartibning modeli,
ideali, balki u moddiy va ma’naviy ne’matlar, huqu

q va majburiyatlarni taqsimlash,

jazolamaslikni rag‘batlantirish masalalariga taalluqli bo‘lganligi sababli to‘liq real
xarakterga ega. Shuning uchun u turli shakllarda ifodalanadi, ularning har biri ma’lum
tamoyillarga asoslanadi. Adolat g‘oyasining o‘zag

i

hayotiy resurslar va shart-sharoitlar,

ijtimoiy imtiyozlar, hurmat ramzlari, fuqarolarning huquq va majburiyatlarini taqsimlash

muammosidir. Adolatning taqsimlash shakli ijtimoiy ta’minot huquqi uchun ayniqsa
muhimdir, chunki ijtimoiy ta’minot bo‘yicha

munosabatlar o‘zining iqtisodiy tabiatiga

ko‘ra asosan taqsimlash xususiyatiga ega (garchi pensiya huquqi asta

-sekin taqsimlash

tizimidan jamg‘arish tizimiga o‘tsa ham) va jamiyat tomonidan himoyaga muhtoj bo‘lgan

subyektlar

fuqarolarning o‘ziga xos doi

rasi bilan tavsiflanadi.

Germaniya tajribasini misol qilib keltiradigan bo‘lsak, Germaniyada odamlar o‘z

sharoitlaridan kelib chiqqan holda turli xil ijtimoiy imtiyozlar va preferensiyalar olishlari
mumkin. Bular, birinchi navbatda, mamlakatning kuchli ijtimoiy himoya tizimining bir

qismidir. Asosiylari sifatida quyidagilarni ko‘rsatib o‘tish mumkin:

1. Ijtimoiy ta’minot va farovonlik nafaqalari.

Ishsizlik nafaqalari (Arbeitslosengeld I & II)

ishini yo‘qotgan ishchilar moliyaviy

yordam olishi va uzoq muddatli ishsizlar asosiy daromaddan yordam olish uchun

murojaat qilishlari mumkin (Bürgergeld). Pensiya tizimi (Rente)

nafaqaxo‘rlarga davlat

pensiyalari umr bo‘yi qo‘shgan badallari bo‘yicha to‘lanadi.

Kasallik nafaqasi (Krankengeld)

agar xodimlar kasal

bo‘lib qolsa, ular ish

beruvchidan olti haftagacha to‘liq ish haqi oladilar, keyin tibbiy sug‘urtadan kasallik

nafaqasini oladilar (ish haqining 70 foizini tashkil qiladi).

2. Salomatlik va oilaviy imtiyozlar.

Davlat tibbiy sug‘urtasi (

Gesetzliche Krankenversicherung)

aholining tibbiy

xarajatlarining aksariyat qismini qoplaydi. Ota-

onalik ta’tili (Elternzeit) va ota

-onalik

nafaqasi (Elterngeld)

Ota-

onalar tug‘ruqdan keyin 14 oygacha haq to‘lanadigan ta’til

olishlari mumkin. Bolalar nafaqasi (Kindergeld)

oilalar har bir bola uchun oylik moddiy

yordam oladi.

3. Uy-joy va moliyaviy yordam.

Uy-joy nafaqasi (Wohngeld)

kam ta’minlangan shaxslar ijara to‘lovi uchun

subsidiya olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

4. Nogironlik va parvarishlash nafaqalari

Nogironlik nafaqalari (Erwerbsminderungsrente)

sog‘lig‘i holatiga ko‘ra

mehnatga layoqatsiz kishilar uchun bo’lsa, g‘amxo‘rlik sug‘urtasi (Pflegeversicherung)

g‘amxo‘rlikka muhtoj qariyalar yoki nogironlarga moliyaviy yordam ko‘rsatishga

xizmat

qiladi.

XULOSALAR

Ijtimoiy adolatga erishish uchun puxta ishlab chiqilgan davlat siyosati zarur.

Bugungi siyosiy muhitda samarali iqtisodiy va ijtimoiy tizimlarni nozik tushunishni,
shuningdek, har qanday harakatning huquqiy va ijtimoiy oqibatlarini chuqur anglashni
talab qiladi. Resurslardan foydalanish imkoniyati ijtimoiy adolatning asosiy tamoyilidir.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

04 (2025) / ISSN 2181-1415

521

Afsuski, jamiyatning ko‘plab sohalarida jamoalar ijtimoiy

-

iqtisodiy mavqe, ta’lim, bandlik

kabi omillarga qarab turli darajadagi imkoniyatlarga ega

bo‘lgan. Masalan, ta’lim ish bilan

ta’minlash, yuqori maoshli ish o‘rinlari va iqtisodiy rivojlanish uchun yaxshiroq
imkoniyatlar bilan bog‘liq [11]. Bundan kelib chiqadiki, sifatli, adolatli ta’lim mavjud
bo‘lmaganda, bu yetishmovchilik ishsizlik, kam ish haqi to‘lanadigan kasblar va
qashshoqlik ko’rsatkichini oshiradi, bu esa kelajak avlodlar uchun foydalanish
imkoniyatini cheklaydi. Tenglashtirish orqali biz kam ta’minlangan jamoalarning
sog‘liqni saqlash, ta’lim va jamiyatga ta’sir qiluvchi resurslarda

n foydalanish imkoniyatini

kengaytirish imkoniyatiga erishishimiz mumkin.

“Adolat” va “tenglik” atamalarini chalkash bo‘lib, adolatli narsalar har doim ham

teng bo‘lavermaydi. Umumiy maqsadga erishish uchun ikki xil odamga zarur bo‘lgan

kuch va resurslar t

urlicha bo‘lishi mumkin. Masalan, kollejni tamomlash uchun ba’zi

talabalar tengdoshlariga qaraganda ko‘proq yordam va ta’lim resurslariga muhtoj bo‘lishi

mumkin. Ijtimoiy adolatga erishish va muvaffaqiyatga erishish uchun teng imkoniyatlarni

ta’minlash uchun jamoalar va ulardagi shaxslarning o‘ziga xos ehtiyojlariga yo‘naltirilgan
adolatli resurslarni taqdim etish muhimdir. Masalan, inklyuziv ta’lim siyosatini amalga
oshirish va o‘quvchilarning ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda ko‘proq o‘qituvchilarni

jalb qilish taklif etiladi.

Qayd etish joizki, jamiyatda huquqiy imtiyozlar va ijtimoiy adolat prinsipi

o’rtasidagi muvozanatni saqlash uchun tenglik, adolat va barqarorlikni ta’minlash muhim

hisoblanadi. Bu borada quyidagi takliflarni ilgari surish mumkin:

Birinchidan,

tenglikni ta’minlash maqsadida huquqiy imtiyozlarni qayta ko’rib

chiqish maqsadga muvofiqdir. Bunda har bir shaxsga teng huquqiy imkoniyatlar berish,

jamiyatdagi ayrim toifalarning imtiyozlarini nazorat qilish muhim hisoblanadi. Ta’kid

lash

joizki, imtiyozlar ehtiyojlardan kelib chiqqan holda taqdim etilishi lozim. Mazkur

imtiyozlar ta’lim va daromad darajasidan yoki ijtimoiy holatiga mutanosib ravishda
bo’lishi kerak. Shundagina ijtimoiy adolatga erishish mumkin bo’ladi desak adashmagan

bo’lamiz.

Ikkinchidan,

huquqiy imtiyozlar va ijtimoiy adolatning o‘zaro mutanosibligini

jamiyatda keng targ‘ib qilish maqsad qilib qilingan bo‘lib, bunda huquqiy ong va huquqiy
madaniyatni yuksaltirish eng asosiy qadamlardan biri bo‘ladi desak adashmagan
bo‘lamiz.

Uchinchidan,

ochiqlik va hisob berish tizimini joriy etish taklif qilinadi. Bu orqali

taqdim etilayotgan imtiyozlar va ijtimoiy adolat prinsipi orasidagi o‘zaro balansni

saqlashga erishish mumkin.

To‘rtinchidan,

ijtimoiy adolat prinsipining ishlashini nazorat qilish uchun nazorat

va monitoring institutini joriy etish taklif qilinmoqda. Ushbu vaziyatda muayyan

hududda yoki sohada adolatni ta’minlash va monitoring qilish maqsadida maxsus

komissiya va maxsus monitoring tizimlarini ishlab chiqish talab etiladi. Mazkur jarayonga

esa aynan fuqarolarni jamiyatdagi ijtimoiy adolat bilan bog’liq mavjud muammolarni hal

qilish jarayoniga jalb qilish orqali shaffoflikka erishish mumkin.

Beshinchidan,

taqdim etilayotgan imtiyozlarning turi va subyektlar toifasini doimiy

ravishda yangilab turish taklif qilinadi. Sababi, iqtisodiy va ijtimoiy jarayonlarning

o‘zgarishi nuqtai nazardan olib qaraganda imtiyozlarni ham qayta ko‘rib chiqish lozim
bo’ladi. Bunda esa albatta o’zgartirish va takliflar bo‘yicha fuqarolarn

ing fikrini inobatga

olgan holda jamoatchilik fikrini o‘rganish yo‘lga qo‘yilishi kerak.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

04 (2025) / ISSN 2181-1415

522

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1.

Saydullayev Sh. Davlat va huquq nazariyasi. [Theory of State and Law] Tashkent:

Tashkent State University of Law, 2018, p 50.

2.

Amir Temur davrida, yer egaligi va soliq tizimlari [Land ownership and tax

systems during the reign of Amir Timur]. Available at: https://zarnews.uz/uz/post/amir-
temur-davrida-yer-egaligi-va-soliq-tizimlari

3.

Axmedshayeva M.A. Huquq rivojining zamonaviy tendensiyalari. [Modern trends

in the development of law]

Tashkent: TDYU, 2022, p. 121

4.

Malko A.V. Stimuli i ogranicheniya v prave [Incentives and restrictions in law]

Moscow, 2003, p. 16

5.

Andreyev S. Diplomaticheskiye priviligii i immuniteti [Diplomatic privileges and

immunities] International life, 1986, pp. 159

160.

6.

Emilyanov A.S., Tuganov A.I., Larina O.G. Privilegii I immuniteti v prave: problem

opredeleniya I analiz deystvuyushego zakonodatelystva News of Southwest State
University.

2012. № 5

, p 52.

7.

Malko A.V. Lgoti v prave: obsheteoreticheskiy aspekt. Jurisprudence

1996. № 1.

8.

Malko A.V, Sumenkov S.Y. Pravovoy immunitet: teoreticheskiye I prakticheskiye

aspekti.

Journal of Russian Law. 2002. № 2

, p 17.

9.

Chetverin V.A. Konstitutsii Rossiyskoy Federatsii: Problemniy kommentariy.

responsible editor. Moscow, 1997, p 109.

10.

John Rawls, “Justice as Fairness: Political not Metaphysical” Philosophy and

Public Affairs 14 (Summer 1985): pp 223

51.

11.

Troy C Fuhriman. Social Equity Adaptation of Social Justice from Law and Policy to

American Public Administration (Study on the American Constitution, vol. 28) Available at:
https://www.researchgate.net/publication/329378422_Social_Equity_Adaptation_of_Soc
ial_Justice_from_Law_and_Policy_to_American_Public_Administration_Study_on_the_Ame
rican_Constitution_vol_28

Библиографические ссылки

Saydullayev Sh. Davlat va huquq nazariyasi. [Theory of State and Law] Tashkent: Tashkent State University of Law, 2018, p 50.

Amir Temur davrida, yer egaligi va soliq tizimlari [Land ownership and tax systems during the reign of Amir Timur]. Available at: https://zarnews.uz/uz/post/amir-temur-davrida-yer-egaligi-va-soliq-tizimlari

Axmedshayeva M.A. Huquq rivojining zamonaviy tendensiyalari. [Modern trends in the development of law] – Tashkent: TDYU, 2022, p. 121

Malko A.V. Stimuli i ogranicheniya v prave [Incentives and restrictions in law] Moscow, 2003, p. 16

Andreyev S. Diplomaticheskiye priviligii i immuniteti [Diplomatic privileges and immunities] International life, 1986, pp. 159–160.

Emilyanov A.S., Tuganov A.I., Larina O.G. Privilegii I immuniteti v prave: problem opredeleniya I analiz deystvuyushego zakonodatelystva News of Southwest State University. 2012. № 5, p 52.

Malko A.V. Lgoti v prave: obsheteoreticheskiy aspekt. Jurisprudence 1996. № 1.

Malko A.V, Sumenkov S.Y. Pravovoy immunitet: teoreticheskiye I prakticheskiye aspekti. Journal of Russian Law. 2002. № 2, p 17.

Chetverin V.A. Konstitutsii Rossiyskoy Federatsii: Problemniy kommentariy. responsible editor. Moscow, 1997, p 109.

John Rawls, “Justice as Fairness: Political not Metaphysical” Philosophy and Public Affairs 14 (Summer 1985): pp 223–51.

Troy C Fuhriman. Social Equity Adaptation of Social Justice from Law and Policy to American Public Administration (Study on the American Constitution, vol. 28) Available at: https://www.researchgate.net/publication/329378422_Social_Equity_Adaptation_of_Social_Justice_from_Law_and_Policy_to_American_Public_Administration_Study_on_the_American_Constitution_vol_28