SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN
MANAGEMENT AND ECONOMY
International scientific-online conference
179
YASOVCHI MORFEMALAR YORDAMIDA HOSIL QILINGAN
OKKAZIONAL BIRLIKLAR
Abduraximova Sofiya
NavDU O‘zbek tili va adabiyoti fakulteti
2-kurs talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15601625
Annotatsiya.
Mazkur maqolada okkazional so‘zlar qanday nutq turlariga
yuzaga kelishiga qarab o‘zgarishi, o‘sha nutq talab qiluvchi vazifani bajarishi va
bu orqali nutqining ma’naviy-nominativ, kommunikativ ehtiyojini qondirishi aks
etishi haqida yoritilgan.
Kalit so‘zlar.
Okkazionalizm, okkazional so‘zlar, affiksatsiya, yasovchi
affikslar.
Okkazionalizmlar biror tushunchani o‘ziga hos tarzda qaytadan va ko‘p
holda ta’sirchan ifodalash ifodalash ehtiyoji bilan yaratiladi. Bunda so‘zlovchidan
ma‘lum topqirlik, lisoniy mahorat talab qilinadi. Oddiy, uslubiy betaraf
nutqlarida okkazional so‘z nisbatan oddiy kommunikativ ma‘noni ifodalashi
mumkin, ammo badiiy nutqda yaratilgan okkazional so‘zlar badiiy-estetik
vazifani o‘taydi va o‘zi qatnashayotgan matnga badiiylik
bo‘yog‘ini
beradi.
Shunday qilib, okkazional soʻzlar ogʻzaki nutqda hamda badiiy, publitsistik,
ilmiy, umuman olganda, barcha sohada qoʻllanishi mumkin ekanligi yoritilgan.
Tildagi affiksatsiya usuli bilan yasalgan okkazional birliklarni tahlilga oldik.
So‘z yasovchi affikslar asosga qo‘shilib, shaxs, narsa, joy, belgi, harakat-holat
kabi ma’nolarni ifodalaydi. Oʻzbek adabiyoti tarixida ruboiylari bilan mavqega
ega boʻlgan atoqli shoir Pahlavon Mahmudning bir ruboiysida okkazional soʻz
qoʻllangan .
Gurkiragan olov-dilim yoʻldoshi
Toʻlqin urgan daryo-koʻzlarim yoshi,
Koʻzagirlar yasayotgan har koʻza
Koʻhna doʻstlar xoki-qoʻli yo boshi.
Shoir ruboiysida “koʻzagirʼʼ soʻzini ishlatadi. Koʻzagir bu yerda shaxs oti
boʻlib kelmoqda koʻza +gir =koʻzagir koʻza yasovchi kasb egalari koʻzachi deb
yuritiladi.
Shaxs oti yasovchi -chi ,-gar qoʻshimchalari oʻrnida -gir affiksidan
foydalanilgan bu esa fonetik okkazional soʻzga misol boʻla oladi. Hozirgi kunda
qoʻshimchalar tarkibida shaxs oti yasovchi -gir qoʻshimchasi mavjud emas
1
.
Yana bir buyuk siymo Fitrat o‘zining “Tanlangan asarlarida”,
yurak
so‘ziga -
chilik affiksini qo‘shish orqali
yurakchilik
so‘zini hosil qilgan. Bu so‘z lirik turni
1
SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN
MANAGEMENT AND ECONOMY
International scientific-online conference
180
ifodalash uchun qo‘llangan. Ma’lumki, lirik turda muallifning ko‘ngil kuylari,
ichki ko‘chirmalar o‘z aksini topadi. “Uning dardi ham, niyati ham bir- tezroq bu
o‘laksazordan qutulish! Qanday , qachon qutuladi, bandasiga qorong’i
2
.” (Tohir
Malikning “Murdalar gapirmaydilar” qissasidan) Ushbu gapda O‘laksazor
okkazional
birligi
ishlatilgan.
So‘zga
e’tibor
beradigan
bo‘lsak,
o‘laksa+zor=o‘laksazor .
-zor-o‘rin-joy oti yasovchi qo‘shimcha hisoblanib, asosan otning leksik
ma’nosidan anglashilgan narsaning mavjud bo‘lish o‘rin-joyi bilan bog‘liq otlar
yasaydi
3
. Masalan, paxtazor, gulzor, lolazor, bedazor kabi
-zor qo‘shimchasi orqali o‘laksazor so‘zini yasash adibning o‘z ixtirosidir.
“Qadrdon o‘g‘rilar, bu shoshkich xatingiz bilan sizlarni ogoh etamiz, biz bilan
“Cho‘mich” galiulin birga bo‘ladi. (Tohir Malikning “Murdalar gapirmaydilar”)
O‘shbu gapdagi “shoshkich” so‘zini tahlilga tortamiz. Shosh+kich
=shoshkich(sifat). Shosh so‘ziga -qich affiksini qo‘shib shoshqich so‘zi
yasalganda- shoshilinch degan ma‘noni ifodalar edi. Yuqoridagi gapda ham
shoshilinch ma‘nosini -kich qo‘shimchasi orqali ifodalamoqda.
“Men yarimga o‘g‘ri bo‘lib bosib kirganlarning mol-joniga qiron
keltiraman.Men o‘g‘ri emas,qasoskor ,xunkormon!”
Yuqoridagi gapda keltirilgan “xunkor” so‘ziga diqqatimizni qaratadigan
bo‘lsak , “xun- qon(ot)” ma’nosini anglatsa, “ -kor affiksi – ot yasaydi-tadbirkor
sifat yasaydi- hiylakor. mazkuri gapda xunkor so‘zi- “ zolim,qotil, qonxo‘r”
kabi ma’nolarni anglatgan .
O‘zbek tilining izohli lug‘atida xunkor emas, xunxo‘r so‘zi mavjud bulib,
adibning xun so‘ziga -kor affiksi orqali so‘z yasashi- yasovchi affikslar yordamida
hosil qilingan okkazional so‘zlarga bevosita dalil bo‘la oladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. O‘zbek tilining izohli lug‘ati, 2014–2025
2. Badiiy til muammolari. // “Inqilob va adabiyot”Toshkent.1977
3.Fitrat “Tanlangan asarlar” Toshkent. “ Ma’naviyat” 2009.
4. Tohir Malik “ Murdalar gapirmaydilar” Toshkent.2013
5.Sapayev Q. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. – Toshkent: 2009. – B. 49
2
3