SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN
MANAGEMENT AND ECONOMY
International scientific-online conference
69
JADIDLARNING JAMIYAT TARAQQIYOTIDAGI O'RNI
Sobirov Zafar Karimovich
O’zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirligi 2-sonli
Toshkent akademik litsey tarix fani o’qituvchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15803942
Mamlakatimizda
amalga
oshirilayotgan
islohotlaming
bosh
yo‘nalishlardan biri kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirishga qaratilgan.
Ta’lim tizimi o‘quv rejalarida bo'lajak mutaxassislar dunyoqarashini
shakllantirishning tarkibiy qismi sifatida talabalarni milliy va umumbashariy
madaniyat yutuqlari bilan tanishtirish ko’zda tutilgan. Zero, insoniyatning
kelajagi uning madaniyatlilik darajasiga bog'liq bo‘lmoqda. Chunki insoniyatning
keyingi hayotini qurolii to‘qnashuvlar, tajovuz va zo'ravonliktar emas, balki har
bir shaxsning madaniyatlilik saviyasi belgilab beradi.
Davlatimiz rahbari Oliy Majlisga yoʻllagan Murojaatnomasida “Biz
jadidchilik harakati, maʼrifatparvar bobolarimiz merosini chuqur oʻrganishimiz
kerak. Bu maʼnaviy xazinani qancha koʻp oʻrgansak, bugungi kunda ham bizni
tashvishga solayotgan juda koʻp savollarga toʻgʻri javob topamiz. Bu bebaho
boylikni qancha faol targʻib etsak, xalqimiz, ayniqsa, yoshlarimiz bugungi tinch
va erkin hayotning qadrini anglab yetadi” – deya soʻz yuritib, buyuk
ajdodlarimiz, xususan, jadidlar faoliyatini oʻrganish, ularning ezgu gʻoyalarini
zamonamizga mos holda davom ettirish bugungi kunning muhim vazifalaridan
biri ekanligi haqida alohida taʼkidlagan edi.
Prezidentimiz Sh.Mirziyoyevning Samarqand shahrida o’tkazilgan “Jadidlar:
milliy o‘zlik, istiqlol va davlatchilik g‘oyalari” mavzusidagi xalqaro konferensiya
ishtirokchilariga jadidlar
haqida
o’z fikrlarini
bildirib o’tdi. “Buyuk
ma’rifatparvar bobolarimiz tomonidan olg‘a surilgan g‘oyaviy-siyosiy, ijtimoiy-
ma’rifiy va huquqiy-axloqiy qarashlar, turli millat va elatlar o‘rtasida
bag‘rikenglik va hamjihatlik tamoyillarini qaror toptirish bilan birga, milliy
manfaatlarni himoya qilishga qaratilgan intilishlar hozirgi murakkab va tahlikali
zamonda barchamiz, avvalo, yoshlarimiz uchun chinakam ibrat namunasidir.
Ularning hayoti va jasorati bugungi tinch va osoyishta kunlarga osonlik bilan
erishilmaganini eslatib, milliy istiqlolimizni, jonajon Vatanimizni ko‘z
qorachig‘iday asrashga doimo da’vat etib turadi”.
BMTning XXI asrni insonparvarlik asri, jamiyatni insoniylashtirish, ya’ni
madaniylashtirish asri deb e’lon qilishi ham bejiz emas. Shu sababli keyingi
paytlarda jahon miqyosida, ayniqsa, Respublikamizda milliy madaniyat
masalalariga alohida e ’tibor berilmoqda. Madaniyat ajdodlar tafakkuri, bilimlari,
ijodi va atrof-muhitga bo’lgan munosabatining mahsuli bo‘lib, minglab yillar
SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN
MANAGEMENT AND ECONOMY
International scientific-online conference
70
davomida yaratilgan tajribalami o‘ziga singdirib, takomillashib borgan.
Madaniyat rivojlanishi bilan millat va uning ma’naviy qiyofasi ham shakllangan.
Yurtimizning har bir fuqarosi, eng avvalo,
Vatanimiz, xalqimiz, millatimiz ma’naviy merosidan yaxshi xabardor
bo‘lishi shart. Chunki ajdodlar tomonidan yaratilgan madaniy boyliklarni
bilmagan kishi Vatan taraqqiyotiga o‘z hissasini qo‘shaolmaydi.
Birinchi Prezidentimiz ta'kidlaganlaridek, “O‘z tarixini bilmaydigan, kechagi
kunini unutgan millatning kelajagi yo‘q”. Ayniqsa, ajdodlaming ma’naviy
merosini bilish millatning yosh avlodi uchun juda muhim. Chunki milliy
madaniyat tarixini bilmasdan, o‘rganmasdan turib, o‘zlikni anglash va milliy
iftixor tuyg‘usini shakllantirish, millatning haqiqiy vakili bo‘lishi mumkin emas.
Millatning kelajagi bo’lmish yoshlar, eng avvalo, madaniyat, uning tarkibiy
qismlari, ma'naviy meros, sivilitzasiya, ajdodlar tajribasi (ibtidoiy davrdan
hozirgacha qo’lga kiritilgan yutuqlar)ini bilishi va ulardan ijodiy foydalanishi
talab qilinadi. Ikkinchidan, yoshlar umumbashariy madaniyatdan ham xabardor
bo’lishi zarur. Chunki boshqa xalqlar madaniyati, uning yaratilish jarayoni,
madaniyatlarning o‘zaro bog‘liqligi va bir-biriga ta’sir etishi jarayonidan
xabardor bo‘lgan kishigina o‘z ajdodlarining ma’naviy boyliklarining qadriga
yetadi, ularni asrab-avaylab, keyingi avlodlariga yetkazishga o‘z hissasini qo'sha
oladi.
Jadidchilik - yangilanish, yangi zamonaviy maktab-maorifni targ’ib qiluvchi
g’oya bo’lib, u Turkistonni feodal qoloqlik, xurofotlardan ozod qilish, millat va
Vatanni zamonaviy taraqqiyot yo’liga olib chiqib, milliy davlat barpo etish,
Konstitutsiya, parlament va Prezident boshqaruvi asosida ozod va farovon
jamiyat qurish, turkiy tillarga davlat maqomini berish, milliy armiya tuzish kabi
maqsadlardan iborat edi.
Demak, Turkistonda jadidchilik milliy-ozodlik harakati sifatida tarixga
kirgan bo’lib, ular dunyoqarashida vatanparvarlik, millatparvarlik, ma‘rifat va
taraqqiyotga erishish g’oyalari mavjud edi. Ular erkinlikka erishish yo’lida milliy
ong va o’zlikni bilishni o’stirish zarur, deb ta‘kidlaganlar. XIX asr oxiri XX asr
boshlarida Turkiston jamiyatida ma‘naviy inqiroz chuqurlashgan bo’lib, milliy
madaniyatni ko’tarmay, umumsoniy qadriyatlardan baxramand bo’lmay,
ma‘rifiy tarbiyaviy ishlarni keng yo’lga qo’ymay, ijtimoiy va iqtisodiy
taraqqiyotga erishib bo’lmas edi. Shu sababli jadidlar millatning ma‘naviy
kamoloti ma‘rifatga erishuvida deb tushundilar. Buning uchun maktablarda
dunyoviy bilimlar berish bilan isloh qilish zaruriyatini ta‘kidlab, milliy uyg’onish
va milliy ong shaklanishida muhim rol o’ynaganlar.
SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN
MANAGEMENT AND ECONOMY
International scientific-online conference
71
Jadidchilik jamiyati to’ntarish yo’li bilan emas, islohotlar yo’li bilan
rivojlantirishni o’zining asosiy vazifasi deb belgiladi. U o’zining bu vazifasini ado
etishda, faqat bir sinfga – proletariatgagina tayanmadi. Umuman jadidchilik
insoniyatni sinflarga bo’lib tashlash tarafdori emas. Jadidlar hatto qadimchilar
bilan ham ittifoq tuzib, xalq va kelajak manfaati yo’lida baqamti ishlash, bugungi
ifoda bilan aytganimizda turli siyosiy qarashlarga ega bo’lgan xalq
qatlamlarining tinch-totuv yashashi va ishlashi g’oyasini ko’tarib chiqdilar.
Behbudiy ana shu «muttahid» front tuzish g’oyasini bayon qilar ekan, «ulamo
yoki ziyoli va taraqqiyparvarlarimiz boy va avomimiz birlashib, din va millat va
vatanning rivoji uchun xizmat etsak»2, deb yozgan. Jadidlarning bunday
muttahid frontni tuzishga intilganlarining boisi turli sharoit bilan belgilangandi.
Avom ham, boylar ham, ulamo ham, ziyolilar ham chor hukumati qaramog’ida
bo’lgan mustamlakaning biri oz, ikkinchisi ko’p siquvda bo’lgan kishilar edilar.
Markaziy Osiyo bozorlarida rus savdo va sanoat burjuaziyasi hukmron bo’lib,
mahalliy burjuaziya vakillari sina boshlagan edilar. Boshqacha aytganda,
mustamlakachilik azobini mahalliy boylar va savdogarlar ham seza boshladilar.
Ana shunday tarixiy sharoitda, jadidlarning fikr-mulohazalariga ko’ra, oddiy
xalqning iqtisodiy-madaniy hayotini yaxshilash qanday zarur bo’lsa, chet el
kapitali iskanjasidan, mustamlakachilik kishanlaridan qutilish ham shunchalik
kechiktirib bo’lmas vazifa edi.
Bugunda ma‘rifatparvar-jadidchilarning bebaho asarlari, ilmiy, nazmiy va
nasriy meroslari ijtimoiy-falsafiy va axloqiy g’oyalari o’zbek xalqining
ma‘naviyat va ma‘rifatini, milliy qadriyatlar va ongini yuksaltirish yo’lida xizmat
qilib, avlodlar qalbida Vatanga muhabbat va sadoqat tuyg’ularini tarbiyalab
kelmoqda. Mustaqillik tufayli ma‘rifatchi-jadidlarning nomlari tiklanayapti,
tavallud topgan kunlari tantanali nishonlanayapti, asarlari qayta-qayta chop
etilayapti. Ularning dunyoqarashlarida bayon etilgan falsafiy-axloqiy fikrlari
xalqimizning madaniy-ma‘naviy, qadriyatlar sifatida xanuzgacha saqlanib
kelmoqda.
Demak, jadidlar umummilliy, ma‘rifatni ko’tarish, milliy ongni rivojlantirish,
milliy birlikka erishish va ularni amalga oshirish orqali jaxon madaniyatini
egallab,
Mustaqilikka erishish kabi g’oyalari bilan milliy ma‘naviyatimiz rivojiga
munosib hissalarini qo’shgan. Mana shu borada, bugun hayotimizda tadbiq
qilinayotgan milliy istiqlol mafkurasi Xalqimizning asrlar davomida shakllangan
yuksak ma‘naviy, an‘anaviy udumlari, ulug’ bobokalonlarimizning o’lmas
SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN
MANAGEMENT AND ECONOMY
International scientific-online conference
72
merosidan oziqlanadi va uning uzviy qismi sifatida milliy ma‘naviyatimiz
rivojlanishida muhim manbaa bo’lib xizmat qiladi.