Авторы

  • Boburjon Qoraboyev
    Toshkent davlat yuridik universiteti magistranti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.sspme.115618

Ключевые слова:

BMT tavsiyalari maxsus ma’ruzachi professional erkinlik advokat maqomi advokatlar palatasi qonunchilik islohotlari himoya huquqi.

Аннотация

Tezisda Advokatura va advokatlik faoliyati mustaqilligini ta’minlashda milliy qonunchilikni takomillashtirish imkoniyatlari, sohaning bugungi kundagi holati haqida so‘z yuritiladi. . O‘zbekiston Respublikasida advokatura institutining mustaqilligi Konstitutsiyaviy darajaga yetgani, xalqaro tashkilotlar tavsiyalari,  yangi normativ-huquqiy hujjatlar orqali advokatlarning huquqiy maqomi, faoliyat erkinligi va himoyasi mustahkamlanayotgani ko‘rsatiladi. BMT tomonidan berilgan tavsiyalar va ular yuzasidan amalga oshirilgan ishlar  tahlil etiladi.


background image

SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN

MANAGEMENT AND ECONOMY

International scientific-online conference

51

ADVOKTURA VA ADVOKATLIK FAOLIYATINI MUSTAQILLIGINI

TA’MINLASHDA MILLIY QONUNCHILIKNI TAKOMILLASHTIRISH

IMKONIYATLARI

Qoraboyev Boburjon Baxtiyor o‘g‘li

Toshkent davlat yuridik universiteti magistranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.15782228

Annotatsiya

: Tezisda Advokatura va advokatlik faoliyati mustaqilligini

ta’minlashda milliy qonunchilikni takomillashtirish imkoniyatlari, sohaning
bugungi kundagi holati haqida so‘z yuritiladi. . O‘zbekiston Respublikasida
advokatura institutining mustaqilligi Konstitutsiyaviy darajaga yetgani, xalqaro
tashkilotlar tavsiyalari, yangi normativ-huquqiy hujjatlar orqali advokatlarning
huquqiy maqomi, faoliyat erkinligi va himoyasi mustahkamlanayotgani
ko‘rsatiladi. BMT tomonidan berilgan tavsiyalar va ular yuzasidan amalga
oshirilgan ishlar tahlil etiladi.

Kalit so‘zlar

: BMT tavsiyalari, maxsus ma’ruzachi, professional erkinlik,

advokat maqomi, advokatlar palatasi, qonunchilik islohotlari, himoya huquqi.

O‘zbekiston Respublikasida bugungi kunda inson huquqlarini ta’minlash

borasida qonun ustuvorligini saqlash uchun olib borilayotgan keng islohotlar
Advoktura va Advokatlik faoliyatini mustaqilligini ta’minlashda milliy
qonunchilikni takomillashtirish uchun dadil imkoniyatlar garovidir.

O‘zbekiston Respublikasining “Advokatura to‘g‘risida”gi Qonuni 1996-yilda

qabul qilingan. O‘tgan davr mobaynida unga bir necha bor o‘zgartirishlar
kiritilgan bo‘lsada uni yanada takomillashtirish lozim. Boisi qonun zamonaviy
tizim talablari, sud-huquq islohotlari, raqamlashtirish jarayonlariga to‘liq mos
emas. Yangi tahrirdagi qonun loyihasi ishlab chiqilishida advokatlarning kasbiy
mustaqilligi, sudlar va tergov organlariga nisbatan teng maqomi, professional
daxlsizlik kafolatlanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi delegatsiyasi Jenevaga tashrifi

doirasida “Konstitutsiyaviy islohot: inson qadri va huquqlarini ta’minlash – bosh
maqsad” mavzusida xalqaro davra suhbati o‘tkazgan. Forumda ishtirok etgan
BMT Inson huquqlari kengashining Sudyalar va advokatlar mustaqilligi
masalalari bo‘yicha maxsus ma’ruzachisi Diego Garisiya-Sayan quyidagi fikrlarni
bildirdi:

“Fuqarolarning asosiy huquq va erkinliklarini hamda advokatlar va

sudyalarning mustaqilligini amalda ta'minlash juda muhimdir. Bu borada
muhtaram Prezident Shavkat Mirziyoev janobi oliylarining bevosita rahbarligida
O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan ijobiy yangilanishlar yuksak bahoga
loyiqdir.


background image

SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN

MANAGEMENT AND ECONOMY

International scientific-online conference

52

Shu o‘rinda Bosh qomusingizda tom ma’nodagi huquqiy davlat barpo

etishning kafolati bo‘lib xizmat qiladigan konstitutsiyaviy normalar qaror
topishiga chin dildan ko‘makdoshman. Chunki buning natijasida sudyalar,
yanada muhimi, advokatlarning haqiqiy mustaqilligi so‘zsiz ta’minlanadi”.

1

Berilgan tavsiyalar yuzasidan mamlakatimizda keng islohotlar amalga

oshirilmoqda. Buning natijasi o‘laroq 2025-yil 25-iyun holatiga O‘zbekistonda
advokatlar soni 7 050 nafardan

2

ortiqni tashkil etdi. Advokatlar sonining ortishi

shubhasiz ular tomonidan yuridik yordam ko‘rsatish bozorida jismoniy va
yuridik shaxslar uchun tanlov qilish imkoniyatini oshirish barobarida,
advokatlar o‘rtasidagi raqobat ortishi natijasida yuridik yordamning sifatini ham
yaxshilashga xizmat qiladi.

Advokatlarning himoya ostidagi shaxs bilan erkin uchrashish huquqini

kafolatlash, tergov hibsxonasida yoki izolyatorlarda uchrashuvlar cheklanishiga
yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan amalga oshirilgan eng yirik va dadil qadam bu
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida Advokatura bobining kiritilishi
bo‘ldi. Bunda yagona kasbiy birlashma sifatida advokaturaga oid barcha
masalalar bevosita advokatlar tomonidan hal etilishini nazarda tutuvchi – o‘zini
o‘zi boshqarish prinsipi o‘rnatildi va bu Advokatlar kasbiy mustaqilligining
asosiy kafolati hisoblanadi. Yana bir jihati, o‘zini o‘zi boshqarish prinsipini
advokaturaning mustaqilligisiz tasavvur etib bo‘lmaydi, ular bir-birini taqozo
etadi va to‘ldiradi. Shu bois, barcha advokatlarning orzu-umidi bo‘lmish
mustaqillik prinsipi konstitutsiyaviy darajada belgilab qo‘yildi. Shuningdek,
advokatlik faoliyatida qonuniylik prinsipi ham nazarda tutilgan. Bu esa tom
ma’noda, davlat organlarining advokaturaning ichki ishlariga aralashishining
oldini olishga xizmat qiladi.

Konstitutsiyaga advokatura bo‘yicha alohida bob kiritilgani inson

huquqlarini himoya qilish sohasida muhim institut bo‘lgan advokaturaning
konstitutsiyaviy maqomini tubdan oshirdi. Har bir shaxs jinoyat protsessining
har qanday bosqichida, shaxs ushlanganida esa uning harakatlanish erkinligi
huquqi amalda cheklangan paytdan e’tiboran o‘z tanloviga ko‘ra advokat
yordamidan foydalanish huquqiga egaligi kafolatlandi. Konstitutsiyaning 142-
moddasida “Advokatga o‘z himoyasidagi shaxs bilan moneliksiz va xoli
uchrashish, maslahatlar berish uchun shart-sharoitlar ta’minlanadi”

3

degan

jumlani kiritilishi bu boradagi yondashuvning mustahkam ekanligini ko‘rsatadi.

1

https://parliament.gov.uz/articles/868#!

2

https://e-advokat.uz/

3

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 142-moddasi.


background image

SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN

MANAGEMENT AND ECONOMY

International scientific-online conference

53

Advoktura va Advokatlik faoliyatini mustaqilligini ta’minlashda milliy

qonunchilikni takomillashtirish imkoniyatlari borasida so‘z ketkanda
O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasini yoddan chiqarmaslik zarur. Bu
borada S.Qodiraliyev Advokatlar faoliyatini takomillashtirish bilan bog‘lik
quyidagi kamchiliklar ham mavjud ekanligini qayd etgan:

-

Bugungi kunda Advokatlar palatasining advokatlar bilan o‘zaro

munosabati to‘liq tartibga solinmagan;

-

Palataning advokatlarni har tomonlama himoya qilish bo‘yicha aniq

vakolatlari belgilanmagan;

-

Advokatlar palatasining kadrlar tayyorlash tizimi mavjud emas;

-

Advokatlar palatasining norma ijodkorligidagi o‘rni yetarli emas.

V.Davlyatov tomonidan 2020-yilda sotsiologik tadqiqot o‘tkazilgan. 1550

nafar advokat ishtirok etgan so‘rovnoma natijalariga ko‘ra, “O‘zbekiston
Respublikasi Advokatlar palatasining bugungi kundagi faoliyatini qanday
baholaysiz?” degan savolga respondentlarning 38,5%i “yaxshi”, 48,5%i
“qoniqarli” deb javob bergan bo‘lsa, ularning 9,6%i “qoniqarsiz” deya javob
bergan. So‘rovnomada ishtirok etgan advokatlarning 225 nafari O‘zbekiston
Respublikasi Advokatlar palatasini advokatlarni jazolovchi organ sifatida
baholagan bo‘lsa, 676 nafar advokat palatani advokatlarni kasbiy va ijtimoiy
himoyaq iluvchi organ sifatida baholagan. 357 nafar advokat, yoki so‘rovnomada
ishtirok etgan advokatlarning 23%i palatani advokaturani nazorat qiluvchi
organ sifatida ko‘rmoqda. Ushbu holatda Advokatlar palatasining advokatlar
bilan o‘zaro munosabatini to‘liq tartibga solish, palataning bu boradagi
vakolatlarini yanada kengaytirish zarur”.

4

O‘zbekiston Respublikasining “Advokatura to‘g‘risida”gi Qonuni 12

2

-

moddasiga asosan Advokatlar palatasining asosiy vazifalari qatoriga advokatura
faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab
chiqishda ishtirok etish, ular yuzasidan takliflar tayyorlash kiradi. Ammo
Advokatlar palatasiga O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida qonunchilik
tashabbusi vakolati berilmagan.

Advokatlar palatasining navbatdagi vazifasiga advokatlarning huquqlari va

qonuniy manfaatlarini ifodalash hamda himoya qilish, shu jumladan davlat va
xo‘jalik boshqaruvi organlari bilan munosabatlarda, shuningdek sudda ularning
huquqlari va qonuniy manfaatlarini ifodalash hamda himoya qilish, advokatlarni

4

https://inlibrary.uz/index.php/socinov/article/view/40575


background image

SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN

MANAGEMENT AND ECONOMY

International scientific-online conference

54

ularning kasbiy faoliyati bilan bog‘liq ta’qiblardan, cheklashlar va tajovuzlardan
himoya qilish bo‘yicha choralar ko‘rish

5

kiradi.

Ammo palataning advokatlar huquqlarini himoya qilishga oid amalga

oshirilgan ishlari haqida hech bir joyda so‘z yuritilmaydi va amaliyotda bu
kamyob holat sanaladi.

O‘zbekiston Respublikasining “Advokatura ro‘g‘risida”gi Qonuni 12

3

-

moddasiga asosan “Advokatlar palatasining raisi O‘zbekiston Respublikasi
Adliya vazirligining taqdimnomasiga binoan Advokatlar palatasining
Konferensiyasi tomonidan ushbu Konferensiya saylagan Advokatlar palatasi
Boshqaruvi a’zolari orasidan besh yil muddatga saylanadi.

Advokatlar palatasining raisini lavozimidan muddatidan oldin chaqirib

olish Advokatlar palatasining ustavida belgilangan hollarda O‘zbekiston
Respublikasi Adliya vazirligining taqdimnomasiga binoan Advokatlar
palatasining Konferensiyasi tomonidan amalga oshiriladi”

6

Ammo O‘zbekiston

Respublikasida Oliy sud raisi hamda Bosh prokurorligiga nomzodlar Prezident
tomonidan taqdim etiladi va tayinlanadi. O‘rtada mavjud ushbu farq sub’yektlar
orasida tenglik masalasi munozarali ekanligidan dalolat. 2023-yilda bo‘lib o‘tgan
Advokatlar palatasining Konferensiyasi haqida so ‘z yuritilgan. “Adliya vazirligi
“Advokatura to‘g‘risida”gi qonunga asosan Advokatlar palatasi raisi kim bo‘lishi
bo‘yicha taqdimnoma kiritgan. Konstitutsiyaning 72-moddasiga ko‘ra, davlat
organlari va mansabdor shaxslarning nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatiga
aralashishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Advokatlar palatasi ham nodavlat notijorat
tashkiloti.

Ammo Konstitutsiyaga zid ushbu qonun talabi shu kunga qadar bekor

qilinmadi.

Konstitutsiyaning 16-moddasida birorta ham qonun yoki boshqa normativ-

huquqiy hujjat Konstitutsiya normalari va qoidalariga zid kelishi mumkin
emasligi belgilangan.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi;

2.

“Advokatura to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni;

3.

https://parliament.gov.uz;

4.

https://e-advokat.uz/;

5.

https://inlibrary.uz;

6.

https://lex.uz;

7.

https://un.org.

5

O‘zbekiston Respublikasining “Advokatura to‘g‘risida”gi Qonuni 12

2

-moddasi.

6

O‘zbekiston Respublikasining “Advokatura ro‘g‘risida”gi Qonuni 12

3

-moddasi.

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi;

“Advokatura to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni;