Авторы

  • Nilufar Muhiddinova
    President ta’lim muassalari agentligi tizimidagi Nurota tuman ixtisoslashtirilgan maktabi Ingliz tili fani o’qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.sspme.53130

Ключевые слова:

etimologik tahlil joy nomlari badiiy asarlar qadriyatlar geografik tushuncha

Аннотация

Mazkur tezis O’zbekiston joy nomlarining badiiy asarlarda qamrab olinishi va ularning kelib chiqishi, etimologik tahlili va madaniyat bilan bog’liqligini ko’rsatib beradi. Joy nomlari oldin faqat geografik jihatdan tadqiq qilingan bo’lishiga qaramasdan hozirgi kunda ularning etimologik tahlili ham o’z dolzarbligini kasb etib kelmoqda. Ushbu tezis faqat yirik va taniqli shahar nomlari tahliliga bag’ishlanadi.


background image

SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN

MANAGEMENT AND ECONOMY

International scientific-online conference

100

OʻZBEKISTON JOY NOMLARINING MADANIYAT BILAN

BOGʻLIQLIGI

Muhiddinova Nilufar Sadriddin qizi

President ta’lim muassalari agentligi tizimidagi

Nurota tuman ixtisoslashtirilgan maktabi

Ingliz tili fani o’qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.13883957

Annotatsiya

: Mazkur tezis O’zbekiston joy nomlarining badiiy asarlarda

qamrab olinishi va ularning kelib chiqishi, etimologik tahlili va madaniyat bilan
bog’liqligini ko’rsatib beradi. Joy nomlari oldin faqat geografik jihatdan tadqiq
qilingan bo’lishiga qaramasdan hozirgi kunda ularning etimologik tahlili ham o’z
dolzarbligini kasb etib kelmoqda. Ushbu tezis faqat yirik va taniqli shahar
nomlari tahliliga bag’ishlanadi.

Kalit so’zlar

: etimologik tahlil, joy nomlari, badiiy asarlar, qadriyatlar,

geografik tushuncha

Til insoniyat madaniyati va hayot tarzi bilan birgalikda rivojlanib

boruvchi tirik muloqot vositasidir. Har bir tilning rivojlanib borishiga o’sha
joyning nomlari, toponimikasi, xalq kundalik hayoti o’z ta’sirini o’tkazmay
qolmaydi. Badiiy adabiyotlarda ishlatilgan joy nomalrini tahlil qiladigan bo’lsak
yuqoridagi firimizning yorqin dalilini ko’rishimiz mumkin.

Tadqiqotimizning dolzarbligi shundan iboratki, bugungi kunda

Oʻzbekistonda milliy madaniyat va tarixiy merosni asrab-avaylash va o‘rganish
masalalari dolzarb bo‘lib turibdi. Badiiy asarlarda Oʻzbekiston joy nomlarining
ishlatilishi milliy o‘zlikni anglashda muhim vositadir, chunki bu nomlar tarixiy
voqealar va xalqning madaniy xotirasini aks ettiradi. Ko’plab badiiy va tarixiy
asarlarda uchraydigan “Nurota” joy nomi ham boy tarixiy ahamiyatga ega. Nur
(arabcha:

رونلا

) islom kontekstida „tunning sovuq nuri“ yoki „issiqsiz yorugʻlik“,

yaʼni oy nuriga ishora qiluvchi atamadir . Bu yorugʻlik „Xudoning hidoyati“ va
„bilim“ timsoli sifatida ishlatiladi, Nardan farqli oʻlaroq rahm-shafqat ramzi
boʻlib, u kunlik quyosh „issiq nuri“, yaʼni olovga ishora qiladi.Qur’onda Alloh
„osmonlar va yerning nuri“ (Nur oyati) deb aytilgan. Qur’onning koʻplab mumtoz
tafsirchilari buni tom maʼnoda emas, balki dunyoni tushuncha bilan yoritib
turgan Xudo bilan solishtirishadi. Nur Muhammad (Muhammadning mohiyati)
hamma narsaning kvintessensiyasi degan tushunchaga vakillik qiluvchi birinchi
va eng asosiysi Sayyid Abdulqodir Giloniy boʻlib, bu fikrni oʻzining „Sirr ul Asror“
kitobida bayon qilgan (1).


background image

SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN

MANAGEMENT AND ECONOMY

International scientific-online conference

101

Tarixdan ma’lumki, Nurota taxminan 5-6-asrlarda qurilgan bo’lib, Oq

togʻning etak qismida joylashgan. Asli nomi Nur, xalq uni hurmatlab, "ota" soʻzini
qoʻshib ataydi. Qalʼada katta buloq bor, atrofda undan boshqa oqar suv yoʻq. Suv
boshiga egalik qilib, dushmanga bardosh berish maqsadida qadimda buloq
ustiga paxsadan qalʼa qurilgan. Keyinchalik o’sha qal’a atrofida shahar vujudga
kelgan (2).

Zamonaviy badiiy asarlarda Oʻzbekiston joy nomlarining etimologik tahlili

orqali madaniy qadriyatlarimizni targ‘ib qilish va yangi avlodga yetkazish
zarurati mavjud. Shunday qilib, "Oʻzbekiston joy nomlarining badiiy asarlardagi
oʻrni va madaniyat bilan bogʻliqligi" mavzusi xalqimizning madaniy xotirasi va
tarixiy o‘zligiga e'tibor qaratish, joy nomlarining ramziy va madaniy ma’nosini
ochib berishda ahamiyatli hisoblanadi.

O’rganilishi kerak bo’lgan muammo shuki, ilgari Oʻzbekiston joy nomlari

badiiy asarlarda ko‘plab o‘rganilgan bo‘lsa-da, ular ko‘pincha faqat geografik
tushunchalar sifatida qaralgan. Joy nomlarining etimologik ildizlari va
madaniyat bilan bog‘liqligi yetarlicha o‘rganilmagan. Shu bilan birga, joy
nomlarining badiiy asarlarda qanday ramziy ma’nolarga ega ekanligi, ularning
madaniy va tarixiy talqini ko‘proq izlanishlarni talab qiladi. Bu muammo dolzarb
bo‘lib, hozirga qadar ushbu jihatlar chuqur tadqiq etilmagan (3).

Tadqiqotning maqsadi – Oʻzbekiston joy nomlarining badiiy asarlardagi

o‘rnini etimologik tahlil qilish va ularning madaniy ramziyligini ochib berishdir.
Shu bilan birga, joy nomlarining xalqning madaniy va tarixiy merosi bilan
qanday bog‘liq ekanligini yoritish va ularning badiiy asarlardagi rolini chuqur
tahlil qilish orqali o‘zbek adabiyotiga yangi ilmiy yondashuvni taklif etishdir.

Tadqiqotning natijalari quyidagicha :
1. Oʻzbekiston joy nomlarining badiiy asarlardagi o‘rni aniqlandi.

Samarqand, Buxoro, Toshkent kabi joy nomlarining badiiy asarlarda ishlatilishi
orqali o‘quvchilarda asarning madaniy konteksti to‘g‘risida tushuncha hosil
bo‘ladi.

2. Joy nomlarining etimologik tahlili madaniy va tarixiy qatlamlarni

ochishga yordam beradi. Masalan, Buxoro va Samarqand joy nomlarining
ildizlari diniy va iqtisodiy markazlar sifatida ularning tarixiy ahamiyatini aks
ettiradi.

3. Oʻzbekiston joy nomlarining badiiy asarlarda qo‘llanilishi xalqning milliy

xotirasi va o‘zligini anglashda muhim rol o‘ynaydi.

Xulosa

. Oʻzbekiston joy nomlari faqatgina geografik belgilar emas, balki

xalqning boy madaniy merosi va tarixiy o‘zligini aks ettiruvchi onomastik


background image

SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN

MANAGEMENT AND ECONOMY

International scientific-online conference

102

birliklardir. Ular badiiy asarlarda ishlatilganda asarning mazmunini boyitib,
o‘quvchiga voqealar joylashgan makonning ramziy va madaniy ma’nosini
ochishga yordam beradi

Adabiyotlar ro’yxati:

1.

Sayyid Abdul Qadir Gilani, Sirr ul Asrar, Qohira, 2000, 12-13b.

2.

A.Yusupov, Nurota tarixi, Manaviyat 2002, 8b.

3.

D. Ilhomova, O’zbek tilidagi joy nomlari tahlili, Toshkent, 2004, 33b

Библиографические ссылки

Sayyid Abdul Qadir Gilani, Sirr ul Asrar, Qohira, 2000, 12-13b.

A.Yusupov, Nurota tarixi, Manaviyat 2002, 8b.

D. Ilhomova, O’zbek tilidagi joy nomlari tahlili, Toshkent, 2004, 33b