SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN
MANAGEMENT AND ECONOMY
International scientific-online conference
65
MULOQOTDA GENDER TUSHUNCHASI VA UNING O‘RGANILISHI
G.A.To‘lanboyeva
Ingliz tili o‘qituvchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.13382568
Annotatsiya
Mаdаniy, psixologik vа ijtimoiy jihаtlаrning murаkkаb uyg‘unligi genderni
turli fаnlаr vа fаnlаrning o‘rgаnish mаvzusigа аylаntirаdi. Muloqotni jinslar
nuqtayi nazaridan o‘rganish keng ko‘lamli masalalarni o‘z ichiga oladi, jumladan,
til, nutqdan foydalanish erkak va ayol kishilarning o‘rtasida qay jihatlari bilan
farq qilishi, atrof-muhit, ommaviy axborot vositalarining jinslar idrokiga va
jinsning og‘zaki bo‘lmagan muloqotga qanday yondashishi kabilar shular
jumlasidan.
Annotation
The complex combination of cultural, psychological and social aspects
makes gender the subject of study of various disciplines and disciplines. The
study of communication from the point of view of gender involves a wide range
of issues, including language, what aspects the use of speech differs between
men and women, the environment, the gender perception of the media, and how
gender approaches nonverbal communication.
Kalit so‘zlar
Gender, muloqot, genderologiya, genderga xoslangan nutq, gender
stereotiplari.
Key words
Gender, muloqot, genderologiya, genderga xoslangan nutq, gender
stereotiplari.
Gender tushunchasi, uning shakllanishi, o‘rganilishi fanlararo bog‘liqlik
asosida tadqiq etishni talb qilgani asnosida, ushbu tushunchanini barcha fan
sohalari nuqtai nazardan tadqiq etish kerakligini taqozo etadi. O‘z davrida turli
fan vakillari qatorida tilshunoslar ham ushbu masalaga alohida e`tibor bilan
yondashib kelishgan. Bunday olimlar qatoriga V.Fon.Gumbold, A.A.Potebnya,
Dj.Lakoff, T.A. van Deyk, L.Push, E.S.Kubryikova, V.A.Maslova, Yu.S.Stepanov,
A.Vejbitskaya, A.V.Kirilina, I.Zikova, D.V.Semenova kabi olimlarni kirgizishimiz
mumkin.
Ular
gender
tushunchasini
kognitiv
tilshunoslik,
lingvomadaniyatshunoslik va gender tilshunosligiga doir asarlarida turlicha
tadqiq qilishgan. O‘zbek tilshunos olimlaridan Sh.Rahmatullayev, A.E.Mamatov,
B.Yo‘ldoshev,
P.U.Bakirov,
M.K.Xoliqova,
A.R.Ismailov,
G.S.Hakimova,
K.D.To‘xtayeva, B.M.Jo‘rayev, N.Z.Nasrullayeva, N.D.Sagindikova, I.M.To‘xtasinov,
SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN
MANAGEMENT AND ECONOMY
International scientific-online conference
66
G.Ergasheva, U.S.Yigitaliyeva, Sh.K.Gulyamova, K.R.Aliyeva va boshqalar gender
masalalarini turli aspektlar jihatidan tadqiq etishgan.
1
Mаdаniy, psixologik vа ijtimoiy jihаtlаrning murаkkаb uyg‘unligi genderni
turli fаnlаr vа fаnlаrning o‘rgаnish mаvzusigа аylаntirаdi. Professor I. I.
Xаleevаning fikrichа, gender, аgаr u dunyoni qutqаrmаsа, inson hаqidаgi ko‘plаb
fаnlаrni murosаgа keltirаdi vа yo‘nаltirаdi. Tilshunoslikdа gender boʻyichа
tаdqiqotlаr ikki bosqichdаn oʻtdi:
1. 60-yillаrgаchа bo‘lgаn dаvr - jins toifаsining ekstrаlingvistik
motivаtsiyаsini tushuntirish uchun gender vakillari аloqаning rаmziy vа
semаntik tаbiаtini аniqlаshgа bo‘lgаn tаrtibsiz urinishlаr, mаsаlаn, kuch, fаollik,
energiyа semаntikаsini erkаk otlаrigа, pаssivlik, bo‘ysunish, zаiflik
semаntikаsini аyol ismlаri bilаn bog‘lаshdi. Kаshfiyotlаrdаn biri shundаki, jins
toifаsining o‘zi mos kelаdigаn so‘z vа tushunchаlаrni idrok etishgа tа`sir
ko‘rsаtishgа qodirdir.
2. 60-yillаrdаn boshlаb gender tаdqiqotlаri sotsiolingvistikа bilаn bog‘liq
bo‘lib, uning mа`lumotlаri jinsning til kompetentsiyаsigа tаsir qilishini obyektiv
rаvishdа isbotlаdi. АQSh vа Germаniyаdаgi feministik hаrаkаt gender
tаdqiqotlаrini rivojlаntirish uchun kuchli turtki bo‘ldi. Feministik tilshunoslikdа
ikkitа yo’nаlish pаydo bo’ldi:
- аssimetriyаlаrni аniqlаsh uchun til tаdqiqotlаri - onа tilidа
so‘zlаshuvchilаrgа dunyoning mа`lum bir mаnzаrаsini yuklаydigаn lingvistik
seksizm, bundа аyollаrgа ikkinchi dаrаjаli rol berilаdi vа ulаrgа sаlbiy fаzilаtlаr
berilаdi;
- bir jinsli vа аrаlаsh guruhlаrdаgi muloqot xususiyаtlаrini o‘rgаnish.
2
Muloqotni jinslar nuqtayi nazaridan o‘rganish keng ko‘lamli masalalarni o‘z
ichiga oladi, jumladan, til, nutqdan foydalanish erkak va ayol kishilarning
o‘rtasida qay jihatlari bilan farq qilishi, atrof-muhit, ommaviy axborot
vositalarining jinslar idrokiga, ularning nutqiga qanday ta`sir qilishi va jinsning
og‘zaki bo‘lmagan muloqotga qanday yondashishi kabilar shular jumlasidan.
Ushbu muammo va masalalarni o‘rganib chiqish vositasida tadqiqotchilar jins va
muloqotning kesishishi, bir-biroviga tasir qilishining turli xil usullarini
tushunishga harakat qilinadi. Jamiyatdagi umumiy kuzatuvlardan quyidagicha
1
Gender tushunchasi va uning asosiy mohiyati. Hamdamova Sevaraxon Oybek qizi. International scientific-practical
conference on the topic of “Problems and perspectives of modern technology in teaching foreign languages”.
VOLUME 2 | SPECIAL ISSUE 20 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 | ASI Factor = 1.7. https://doi.org/10.24412/2181-
1784-2022-20-714-717
2
Gender lingvistikasi hamda uning rivojlanish bosqichlari.
Gafforov Xasan Shuhratovich. Fars Int J Edu Soc Sci Hum
10(12); 2022; Volume-10| Issue-12| 2022.
https://doi.org/10.5281/zenodo.7468329
SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN
MANAGEMENT AND ECONOMY
International scientific-online conference
67
umumiy fikrga kelish mumkin, erkaklar va ayollar aksar hollarda til va muloqot
vositalarini bir-biridan farqli tarzda ishlatadilar. Bu tarzdagi farqlanish ularning
ijtimoiy va kasbiy salohiyatlaridagi munosabatlarga ham sezilarli ta`sir qilishi
mumkin. Misol uchun, ayollar o‘z nutqiy faoliyatida his-hayajonli nutqdan,
erkalanish, nozlanish, yalinchoqlik ohangidan, taxminiy, chama, takror
so‘zlardan keng tarzda foydalanishadi. Bu esa o‘z navbatida ularning nutqida
o‘ziga xos, nozik, ayollarga xos tarzdagi nazokatni shakllantiradi. Erkaklar
nutqiga e`tibor qaratadigan bo‘lsak, qat`iyatlilik, cho‘rtkesarlik, aniqlik,
yetakchilikka xos bo‘lgan va boshqaruvchilik ohangi yaqqol ko‘zga tashlanadi.
Debora Tannen
3
tadqiqotida erkaklar va ayollarning o‘ziga xos suhbat
uslublariga ega ekanini alohida ta`kidlaydi. Erkaklar o‘zlarining muloqotlarida
yuqori status, erkinlik va ustuvorlikka alohida ahamiyat berishadi, ko‘pincha
ularning nutqida ma`lumot berish va ma`lumot almashish xususiyatlari yaqqol
namoyon bo‘ladi. Ayollar esa aksincha, ko`pincha umumiy aloqalar va
munosabatlarni o‘rnatishga, his-tuyg‘ularni ifodalashga qaratilgan nutqdan
foydalanadilar. Ushbu farqli jihatlarni tadqiq va tahlil etish, ularni anglab yetish,
umumiy ijtimoiy jihatlarini tahlil qilish ayol va erkak jinsidagi o‘zaro aloqalarni
yo‘lga qo‘yish va mavjud munosabatlarni yaxshilash uchun nihoyatda muhim
sanaladi.
Ommaviy
axborot
vositalaridagi
maqolalar,
teleko‘rsatuv,
radioeshittirishlarga ham e`tibor bersak, gender haqidagi umumiy tushunchalar
albatta ularda o‘z ifodasini topgan. Ya`ni gender stereotiplari – gender haqidagi
yanglish fikrlar ularga doimiy tarzda o‘rnashib qolgan va bu shu tarzda
ifodalanishda davom etmoqda. Boshqaruv jihatida ayollar ko‘pincha sust, passiv,
asosan bola tarbiyasiga yoki oila a`zolariga g‘amxo‘r va albatta juda ta`sirchan
ko‘rinishda tasvirlanadi, erkaklar esa doimo faol, obro‘li va jamiyatda doim
ustun bo‘lishga urinuvchi shaxs sifatida tasvirlanadi. Bu va bu kabi tasvir
ifodalari nafaqat an`anaviy gender tasvirini shakllantirib, balki noto‘g‘ri
qarashlarda sobitlikni davom ettirishi mumkin. Ya`ni, ayol kishining doim
ikkinchi yoki orqa fonda qolib ketishiga yetarlicha zamin yaratadi. Bu bir
miqdorda jamiyatda gender tengligi tushunchasiga biroz putur yetkazadi.
Ayollar va qizlarning rivojlanishiga ayrim hollarda bu tazyiq va to‘siq bo‘lib
xizmat qilishi mumkin. Verbal muloqotda so‘zlarning tanlovi tafovuti ayollar va
erkaklar o‘rtasida alohida farqlanib, ko‘zga tashlanadi. Noverbal muloqot esa,
jumladan, tana tili, yuz ifodalari, ko‘z orqali aloqa o‘rnatish ham ikki jins vakillari
orasida alohida foydalanish xususiyatlari mavjud. Ayollar noverbal nutqida tana
tilidan foydalanish birmuncha yuqori hisoblanib, masalan, qosh chimirishlar,
3
Tannen, Deborah. 1992. You Just Don’t Understand. London, England: Virago Press. ISBN 9781853814716
SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN
MANAGEMENT AND ECONOMY
International scientific-online conference
68
turli xil hissiy holatlarda qoshlar kengayishi, ko‘tarilib tushishi, ensa qotirishlar
alohida o‘rin tutadi. Yana ayollar suhbatdoshiga mehr-muhabbat izhori sifatida
quchoqlash, o‘pib qo‘yishni ham maqul ko‘radilar. Lekin, erkaklar aksincha
suhbatdoshi va o‘zi o‘rtasidagi masofani saqlashni afzal ko‘radilar, tasdiq sifatida
qo‘l siqishni, hayrat sifatida yelka uchirishni, ba`zan jahl bilan biror narsani
tushuntirishda qo‘llarini paxsa qiladilar. Umumiy tabiati va verbal muloqot kabi
noverbal muloqotda ham erkaklar biroz qo‘polroq va qo‘rsroq, ayollar esa nozik,
muloyim va yumshoqroq usuldan foydalanadilar. Kasbiy munosabatlarda ayollar
maslahat qilish, kelishishga moyil bo‘lsa, erkaklar esa qaror qilish, cho‘rt
kesishni yoqtiradi. Bunday muloqotni va uning jihatlarini tushunish uchun
albatta suhbatoshlar bir-biri bilan yaqinroq munosabatda bo‘lishlari, bir-
birining umumiy tillaridan va ushbu jamiyatdan xabardor bo‘lishlari lozim. Aks
holda, bir qancha tushunmovchiliklar va muammolar yuzaga kelib, natijada
munosabatlar u xoh kasbiy bo‘lsin, xoh shaxsiy bo‘lsin darz ketishi ehtimoldan
yiroq emas. Ayniqsa bunday farqlarni tushunish ko‘p millatli jamoalarda juda
muhim. Chunki bir jamiyatda oddiy qabul qilingan ayol va erkak munosabatlari,
ikkinchi bir jamiyatda esa ahloq normalariga zid bo‘lishi mumkin. Asosan ayollar
hissiy ifodalarga moyil bo‘lsa, erkaklarda sovuqqonlik ustun va ular ko‘proq
muammolarni hal etishga, chigal munosabatlarga oydinlik kiritishga e`tibor
qaratadi. Tilshunos olimlardan Deborah Tannen, Lakof, Janet Holmes, Jennifer
Coates, Sara Mills, Nancy Henley, Penelope
Eckert,
Sally
McConnell-Ginet,
Deborah Cameron
kabilar ushbu mavzuda sezilarli izlanishlar olib boradilar.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Gender tushunchasi va uning asosiy mohiyati. Hamdamova Sevaraxon Oybek
qizi. International scientific-practical conference on the topic of “Problems and
perspectives of modern technology in teaching foreign languages”. VOLUME 2 |
SPECIAL ISSUE 20 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 | ASI Factor = 1.7.
https://doi.org/10.24412/2181-1784-2022-20-714-717
2. Gender lingvistikasi hamda uning rivojlanish bosqichlari. Gafforov Xasan
Shuhratovich. Fars Int J Edu Soc Sci Hum 10(12); 2022; Volume-10| Issue-12|
2022. https://doi.org/10.5281/zenodo.7468329
3. Tannen, Deborah. 1992. You Just Don’t Understand. London, England: Virago
Press. ISBN 9781853814716
4. To‘lanboyeva G. Til va jins tadqiqi. Ustunlik va farq. // Development and
innovations
in
science.
International
scientific-online
conference.
https://doi.org/10.5281/zenodo.8314203
SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN
MANAGEMENT AND ECONOMY
International scientific-online conference
69
5. G.To‘lanboyeva. Tilning gender xususiyatlari//Theoretical aspects in the
formation of Pedagogical sciences. International scientific-online conference.
https://doi.org/10.5281/zenodo.8191336
6. G.To‘lanboyeva. Tilshunoslikda verbal va nonverbal muloqot. Umumiydan
xususiyga.// Innovative development in educational activities. Scientific Journal.
ISSN: 2181-3523 VOLUME 2 | ISSUE 14 | 2023
Impact Factor (SJIF): 5.938 http://sjifactor.com/passport.php?id=22323