SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN
MANAGEMENT AND ECONOMY
International scientific-online conference
107
INKLYUZIV TA’LIMDA IJTIMOIY HIMOYAGA MUHTOJ BOLALARNI
O’QUV-TARBIYA JARAYONIGA MOSLASHTIRISH METODLARI.
Djurayeva Sohiba
JDPU Maxsus pedagogika kafedrasi o’qituvchisi
Mamirova Gulsanam
Maktabgacha va boshlang’ich ta’limda xorijiy til yo’nalishi 2-kurs talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.14185193
Anotatsiya
Inklyuziv ta'lim - bu farqlash xususiyatlaridan qat'iy nazar, barcha
shaxslarning ehtiyojlarini teng ravishda qondirish va anglashga qaratilgan o'quv
modelidir. Ushbu maqolada Ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarni Inklyuziv
ta’limda o’quv-tarbiya jarayoniga moslashtirish usullariga oid ko’rsatmalar
berilgan.
Kalit so’zlar:
Inklyuziv ta’lim, ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalar, o’quv-
tarbiya, metodlari.
Imkoniyati cheklangan bolalar ta’lim - tarbiyasi masalasi bugungi kunda
eng dolzarb masalasadir. Barcha bolalar qobiliyati va imkoniyatida qat’iy nazar
davlat tomonidan sifatli ta’lim taqdim etilishi kerak. Maxsus ta’lim tizimi
imkoniyati cheklangan bolalar uchun mo’ljallangan bo’lib, ushbu ta’lim tizimi
yopiq xarakterda differinsial shaklda o‘qitilishi sababli bola maktabni tugatgach
ijtimoiy jamiyatga moslashib ketishi qiyinlashmoqda. Shuningdek, ularning o‘z
oilasidan uzoqda bo‘lishiga majbur qiladi, shu sababli bolalar boqimandalikka
o‘rganib qoladilar, o‘z - o‘ziga xizmat qilishda bir qator qiyinchiliklarga duch
kelishadi. Bundan tashqari juda ko‘plab maxsus extiyojli bolalar ta’limdan
chetda qolib ketmoqda. Ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalar uchun tashkil qilingan
maxsus ta’lim muassasalarida ta’lim-tarbiya jarayoni maxsus korreksion ta’lim
talablari ya’ni o’quv reja, korreksion dastur va darsliklar asosida amalga
oshiriladi. O’quv va tarbiya jarayonida har bir bolaning individual xususiyatlari,
qobiliyati hamda imkoniyati e’tiborga olinishi kerak. Nuqson turi bo’yicha tashkil
etilgan o’quv muassasalarida mutaxassis defektologlar (logoped, tiflopedagog,
surdopedagog, oligofrenopedagog) ta’lim-tarbiya jarayonini olib borishadi.
Ta’limning maqsad va vazifasidan kelib chiqqan holda rivojlanishida nuqsoni
bo’lgan bolalarga nuqsonni bartaraf etishga mo’ljallangan korreksion
mashg’ulotlar o’tkaziladi. Maxsus ta’limning asosiy vazifasi rivojlanishida nuqsoni
bo’lgan bolalarni korreksion-rivojlantiruvchi uslubda o’qitish va tarbiyalashdir.
Maxsus maktabgacha ta’lim tashkilotlari, maktablar, maktab-internatlarning
moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, kamchiliklarini to’g’irlash, ta’lim-tarbiya
berish, kasbga yo’naltirish orqali ularni ijtimoiy hayotga moslashtirish uchun
SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN
MANAGEMENT AND ECONOMY
International scientific-online conference
108
davlatimiz tomonidan keng imkoniyatlar yaratilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi
xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasida xalq ta’limi
tizimida inklyuziv ta’lim dasturlari yetarli darajada rivojlanmagan, mamlakatimiz
oliy ta’lim muassasalari dasturlarida o‘qituvchilarning inklyuziv ta’lim bo‘yicha
maxsus tayyorgarligini ta’minlash lozimligi qayd etilgan. Ushbu toifadagi
bolalarning ta’lim-tarbiya jarayonini takomillashtirish, maxsus ta’lim jarayoniga
yangi innovatsion pedagogik va axborot texnologiyalarni olib kirish, maxsus
ehtiyojli bolalarning ta’limini to’g’ri tashkil etish ijtimoiy jamiyatga
moslashtirishning asosiy maqsadidir. Ta’lim mazmunini takomillashtirish hamda
samaradorligini oshirish maqsadida davlat ta’lim standartlari asosida maxsus
darsliklarning yangi avlodini yaratish, korreksion mashg’ulotlarga yangi
pedagogik texnologiyalarni tadbiq qilish, kadrlar salohiyatini oshirish masalalari
amalga oshirilmoqda. Hozirgi kunda Respublikamizda alohida yordamga
muhtoj bolalarning rivojlanish darajasi, imkoniyati, nuqson xususiyatlari va
qobiliyatlariga ko‘ra maxsus yoki umumta’lim tizimida ta’lim olishini amalga
oshirish maqsadida inkyuziv ta’lim siyosati ya’ni Umumta’lim muassasalarida
nogiron bolalarni tarbiyalash uchun zarur sharoitlarni bosqichma-bosqich
yaratish orqali imkoniyati cheklangan har bir bolani inklyuziv ta’lim olish
huquqini amalga oshirish mexanizmi yo’lma qo’yilmoqda. Inklyuziv ta’lim
qonunda mustahkamlangan ijtimoiy tenglik, umumbashariy hamjihatlik asosida
har bir insonning munosib hayot kechirishini ta’minlash uchun ojizlarga yordam
berishga, adolat tamoyilidan kelib chiqqan holda ne’matlar taqsimlanishiga ta’sir
ko‘rsatishni nazarda tutadi.
Inklyuziv ta’limda metodik yordam turi, turli xil shakllarda bo’lib, ular o’z
ichiga quyidagilarni qamrab oladi:
- imkoniyati cheklangan bolalarni o‘qitish uchun inklyuziv ta’lim tizimini
tashkil etish, umumta’lim muassasalarini maxsus moslamalar (ko‘tarish
qurilmasi, pandus, tutqich, boshqalar), shuningdek tegishli kadrlar (pedagog-
defektolog, bolalarni ruhiy-pedagogik kuzatish bo‘yicha mutaxassislar) bilan
ta’minlash;
- sinf o’qituvchisiga maslahat va yordam berish;
- maxsus o’qitish qo’llanmalari va yordamchi materiallar bilan ta’minlash;
-ota-onalar, ko’ngillilar yoki katta o’qituvchilar tomonidan mavjud bo’lgan
yordamlarni ta’minlash;
-o’quv reja buyicha dars jadvali, baholash mezonlarini moslashtirish va
o’zgarishlar bilan pedagog, ota-onalarni tanishtirish;
SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN
MANAGEMENT AND ECONOMY
International scientific-online conference
109
-o’qituvchi va tarbiyachilarning bilim, ko’nikma va malakalarini oshirish
uchun sharoitlar yaratish;
-barcha uchun teng huquqli ijobiy maktab muhitini tashkil etish va ta’lim
jarayonida do’stona munosabatni shakllantirish;
-ijtimoiy, psixologik, pedagogic va tibbiy xizmatlarini kompleks tashkil qilish.
Inklyuziv ta’limda maxsus ehtiyojli bolalarga ta’lim-tarbiya berish, bolaning
yoshi nuqson turi va darajasiga qarab turli sinflarga joylashtirish va dars
jarayonini bola imkoniyatiga qarab tashkil qilish, ta’limni bola imkoniyatiga
moslashtirish talab etiladi. Inklyuziv ta’limni tashkil etish insonparvarlik,
umuminsoniy qadriyatlar, bag‘rikenglik, oshkoralik tamoyillariga asoslangan
holda amalga oshiriladi.
Inklyuziv ta’limning afzallik tomonlari quyidagicha:
-Ko’nikmalarni maksimal darajada rivojlantirishga yordam beradi – alohida
ta’lim ehtiyoji bo’lgan bolalarga ta’lim olish uchun moslashuvchan muhitni
yaratish. Shaxsning sotsializatsiyasiga yordam beradi – inklyuziv muhitda
tengdoshlari bilan muloqot qilishda nogiron bolalar maxsus maktab-
internatlarga qaraganda ijtimoiy o’zaro munosabatlarda yaxshi natijalarni
ko’rsatadi.
-Nogironlar o’zlarini jamiyatning bir qismi sifatida his qilishadi – nogiron
bolalar o’z tengdoshlari orasida do’stlashish va ijtimoiy xulq-atvor modellarini
o’zlashtirish imkoniyatiga ega bo’lishadi.
-Ijtimoiy qabul qilish – sog’lom bolalar, nogiron bolalar bilan ishlash, ularni
qabul qilishni va ular bilan do’stlashishni o’rganishadi. Mehr muruvvat,
bag’rikenglik insonparvarlik ruhi shakllanadi.
-Ta’lim muhitini moslashtirish – muayyan ta’lim muassasasida bolalarning
ta’lim ehtiyojlarini qondirish uchun sharoitlar ta’minlanadi.
Maktabda inklyuziv ta’lim va boshlang‘ich tayanch korreksion sinflar
bolalarning yosh va individual xususiyatlari, aqliy rivojlanishi darajasi, somatik
va asab-ruhiy sog’lig’i holatiga muvofiq tashkil etiladi. Inklyuziv ta’limda
rivojlanishida turli nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilar uchun har qanday kamsitilishni
istisno qiladigan, barcha bolalarga teng munosabatda bo‘lishni ta’minlaydigan
yagona moslashtirilgan ijtimoiy muhitni yaratiladi. Jamoatchilikda bag’rikenglik
fazilati, insonlar o’rtasida mehr-muhabbat, o’zaro yordam g’amxo’rlik qilish
xislatlari keng shakllanadi, Umumta’lim jarayonida alohida ta’lim ehtiyojlari
bo‘lgan bolalarning aqliy va ijtimoiy salohiyatlarini rivojlantirish, emotsional-
irodaviy sohasi, bilish faoliyatini faollashtirish, ijtimoiy ko‘nikma va salohiyatini
shakllantirish uchun shart-sharoitlar yaratilmoqda. Alohida ta’lim ehtiyojlari
SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN
MANAGEMENT AND ECONOMY
International scientific-online conference
110
bo‘lgan bolalarni tarbiyalayotgan oilalarga psixologik-pedagogik maslahatlar
berish, ta’lim-tarbiya berishda pedagogik texnologiyalar, ta’lim-tarbiya metod va
vositalarini qo‘llash sohasidan xabardorlik darajasini oshirish ishlari amalga
oshirilmoqda.
REFERENCES:
1.
https://lex.uz/docs/-4312785
2019-yil
29-apreldagi
“O‘zbekiston
Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini
tasdiqlash to‘g‘risida” Farmoni
2.
https://lex.uz/docs/-5044711 2020 yil 13-oktabrdagi “Alohida ta’lim
ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim-tarbiya berish tizimini yanada
takomillashtirish chora tadbirlari to‘g‘risida” Qaror
3.
Djurayeva Sokhiba Barat qizi, Norkulova Soraxon Gulmurod qizi Inclusive
Education as a Factor for Improving the Quality of Life of Children with
Disabilities https://sciencebox.uz/index.php/ajed/article/view/983/916
4.
R.Sh.Shomaxmudova “Maxsus va inklyuziv ta’lim” Toshkent 2011.