Авторы

  • Shaxnoza Raxmatova
    Navoiy Innovasiyalar Instituti o’qituvchisi, Osiyo Xalqaro Universiteti magistranti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.sspme.53208

Ключевые слова:

Iqtisodiyot tijorat banklari xo'jalik subyektlari bank operatsiyalari bank xizmatlari mablag' bozor munosabatlari bo'sh pul mablag'lari ishlab chiqarish jarayoni xalqaro bank amaliyoti .

Аннотация

Mazkur maqola bank marketingi mohiyati, bank tizimlari, ularning bajaradigan vazifalari, zamonaviy bank operatsiyalari hamda ularni boshqarish yo'llari aks ettirilgan.


background image

SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN

MANAGEMENT AND ECONOMY

International scientific-online conference

54

TIJORAT BANKLARIDA MARKETING XIZMATINING VAZIFALARI

VA UNING TASHKILIY TUZILISHI.

Raxmatova Shaxnoza Rustamovna

Navoiy Innovasiyalar Instituti o’qituvchisi,

Osiyo Xalqaro Universiteti magistranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.14161040

Annotatsiya:

Mazkur maqola bank marketingi mohiyati, bank tizimlari,

ularning bajaradigan vazifalari, zamonaviy bank operatsiyalari hamda ularni
boshqarish yo'llari aks ettirilgan.

Kalit so'zlar:

Iqtisodiyot , tijorat banklari , xo'jalik subyektlari , bank

operatsiyalari, bank xizmatlari , mablag' , bozor munosabatlari , bo'sh pul
mablag'lari, ishlab chiqarish jarayoni , xalqaro bank amaliyoti .

Abstract:

This article bank marketing and their activities, banking

systems, functions o f banks, modem bank operations and methods of their
management.

Keywords:

Economy, commercial banks, business entities, banking

operations, banking services, funds, market relations, free cash, production
process, international banking practice.

Bugungi kunda iqtisodiyotni raqamlashtirish sharoitida O‘zbekiston bank

tizimi ishonchliligi va barqaror rivojlanishini ta’minlash hamda tashqi inqiroz
holatlarining salbiy ta’siriga uchramaslikning oldini olish muhim ahamiyatga
egadir. Hozirda banklar tomonidan ko‘rsatilayotgan moliyaviy xizmatlarning
ommabopligini oshirish, banklarning hududlarga kirib borishini kengaytirish va
barcha aholi punktlarida bir xil turdagi xizmatlar ko‘rsatilishini taʼminlash
bo‘yicha qo‘shimcha choralar ko‘rilishi lozim. O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2020-yil 12-mayda qabul qilingan “2020–2025-yillarga
mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish
strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni ushbu masalalarni yechishga qo‘yilgan muhim
qadam bo‘ldi. O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotini yuqori va barqaror
sur’atlarda o‘sishini va raqobatbardoshligini ta’minlash mamlakat bank
tizimining va uning muhim tarkibiy qismi bo‘lgan tijorat banklari faoliyatining
barqarorligini ta’minlash zaruriyatini yuzaga keltiradi. Respublikamizda
banklarda bozor talablariga mos keluvchi xizmat turlarini tatbiq qilish,
mijozlarning talab va takliflarini hisobga olish, ularga xizmat ko‘rsatishning
yangi usullarini joriy etish, yangi kredit vositalarini qo‘llash, turli kredit
institutlarini tashkil etish bilan bog‘liq islohotlarni yanada jadallashtirish zamon
talabig aylanmoqda. Mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan tijorat banklarining


background image

SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN

MANAGEMENT AND ECONOMY

International scientific-online conference

55

bajarayotgan operatsiyalari va ko‘rsatayotgan xizmat turlari hamda ajratayotgan
kreditlari iqtisodiyotni rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega. O‘z navbatida,
iqtisodiyotda tarmoqlarini rivojlantirishda bank tizimi xizmati asosiy bo‘g‘indir.

Mavzuga oid adabiyotlar tahlili.

Tijorat banklari faoliyatida bank

marketing xizmatlarini tashkil qilishning nazariy va uslubiy asoslarini o’rganish
masalalari ko’pchilik iqtisodchi olimlar hamda mutaxassislarning e’tiborida
bo’lgan. Xususan,

D.Aaker, F.Kotler, Armstrong, O.Lavrushin , A.B.Tyutyunik,

A.B.Turbanov kabi iqtisodchi olimlarning

ilmiy ishlarida tadqiq qilingan.

Mamlakatimiz

olimlaridan

Sh.Z.Abdullayeva,

D.N.Allayorova,

Z.B.Mustafayevlaning

ilmiy ishlarida o’z ifodasini topgan.

Marketingni keng qo’llash va kapital bozorini tahlil qilish, shuningdek,

tegishli strategiyani ishlab chiqishga misol tariqasida XX – asrning 60 yillarda
«Benk of Amerika» bankining siyosatini keltirib o’tish mumkin. Uning bozordagi
strategiyasi shundan iborat ediki, bu bank o’z diqqatini boshqa Amerika tijorat
banklari rad etgan mayda jamg’armalarni qabul qilish va mayda mablag’
qo’yuvchilarni jalb qilishga jamladi. Natijada «Bank of America» moliyaviy
quvvati jiahitidan o’sha vaqtda umumiy soni 14 mingtagacha yetgan AQSh
tijoratbanklari o’rtasida yetakchi o’ringa chiqib oldi. Bunday misol shuni
ko’rsatadiki, banklar jamg’armalarni ko’paytirishning har bir imkoniyatini
hisobga olishlari kerak, chunki bu o’z navbatida ularning kredit potensialini
kengaytiradi.

Tadqiqot metodologiyasi

. Tadqiqotning maqsadi bo‘lib,

Innovatsion

texnalogiyalarga asoslangan, bank xizmatlari sifati va ulardan foydalanish
imkoniyatlarini oshiruvchi yangi bank xizmati turlarini , xususan “raqamli
banklari”ni , shuningdek, aholiga chakana xizmat ko’rsatishga ixtisoslashgan
bank bo’linmalarini tashkil etish, yangi mijozlarni jalb qilish va mijoz bilan
bolgan munosabatini takomilashtirish uchun marketing yordam beradigan
shart-sharoitlarni, bank xizmatlari turlarini yaratishni kengaytirishga, ularning
kapitallashish darajasini ko

ʻ

tarish, investisiya jarayonlarida keng ishtirok

etishini ta

ʻ

minlashda e'tibor qozongan mijozlarning mablag'larini banklarga

joylashtirishga, banklarga depozitlarni jalb qilishga qaratilgan nazariy-ilmiy
asoslangan taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.

Tahlil va natijalar.

Bank rahbariyatining bosh maqsadi ko’proq mijozlar jalb

qilish orqali o’zining xizmat turlarini kengaytirish, bozorni egallash hamda
olayotgan foydani ko’paytirishdir. Ushbu maqsadlarga erishish uchun bank
marketingini usullaridan foydalaniladi. Oxirgi yillarda marketing faoliyatining
maqsadi va mazmuni moliyaviy bozordagi kuchli raqobat ta‘sirida banklar va


background image

SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN

MANAGEMENT AND ECONOMY

International scientific-online conference

56

mijozlar o’rtasidagi munosabatlar o’zgarayotgan sharoitda aniq tarzda o’zgardi.
Avvaliga, banklar marketingini bank xizmatlariga bo’lgan talabni o’rganish,
mijozlarni jalb qilish va rag’batlantirish maksadida o’rganishgan xolos.
Banklarda marketing konsepsiyasi o’tgan asrning 80-yillaridagina tashkil topib,
u tijorat banklarini boshqarish uchun asosiy mezon sifatida yuzaga keldi.
Marketing strategiyasi, birinchi navbatda bankning o’z maxsulotiga emas, balki
mijozlarning aniq ehtiyojlariga qaratilishi zarurligini taqozo qiladi. Shuning
uchun marketing bank xizmatlarini, mijozlarning manfaatlarini moliya bozorida
to’liq o’rganish va ehtiyojlarining o’zgarish tahlilini olib borishni nazarda tutadi.
Bank marketingi rivojlanib borishi bilan ko’plab iqtisodchilar tomonidan ushbu
mavzuda kitoblar va maqolalar chop etila boshlandi. Bank marketingining
mohiyati, uning rivojlanish bosqichlari, asosiy vazifalari va uning boshqa nazariy
tushunchalari ko’plab kitoblarda keltirilib o’tilgan.
Bank marketingining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

Bank marketingining maqsadi – kapital bozori talablariga moslashish

uchun zarur sharoitlar yaratish, bozorni o’rganish, raqobatbardoshlikni va
foydalilikni oshirish bo’yicha tadbirlar tizimini ishlab chiqishdan iborat[3]. Bank
marketingining boshqa muhim sohasi qarz oluvchilarning kredit qobiliyatini
tahlil qilish hisoblanadi. Bunga kreditlarni shartlaydigan omillarni o’rganish
kiradi. Shuning uchun ham bank uchun qarz oluvchining kreditni kredit
shartnomasidagi shartlarga mos ravishda qaytarish imkoniyati va shunga
tayyorligini o’rganish juda muhimdir. Bank o’z zimmasiga oladigan tavakkal
darajasini bilishi, shuningdek, o’zi bera oladigan kredit hajmini hisobga olishi
shart. Mijozning kredit qobiliyatini tahlil qilish bilan bankning kredit bo’limi
shug’ullanadi. U mijozlar to’g’risidagi axborotlarni to’plash, qayta ishlash va
tahlil qilish bilan shug’ullanadi.

Bank m

arketingining asosiy vazifalari

reklama

banklar

uchun

alohida

qiziqish

uyg’otadiga

n kapital

bozoridagi

talablarni

o'rganish

bank

passivlari

va

aktivlarini

kengaytiris

h

bank

faoliyatini

rejalashtiris

h tizimini

ishlab

chiqish

xodimlarni
boshqarish

mijozlarga

xizmat

qilishni

tashkil

etish.


background image

SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN

MANAGEMENT AND ECONOMY

International scientific-online conference

57

Marketingning asosiy maqsadi - bankdan to mijozgacha bo’lgan har bir
jarayonda bank xizmatlari ko’rsatishda mukammal tezlikni ta‘minlashdan iborat.
Pul mablag’larining aylanish darajasi va sotilishi o’ta foydali bo’lishi, moliyaviy
mablag’larni saqlashda kam xarajat talab qilinishi, mijozlar talabining o’z
vaqtida qondirilishi va to’liq amalga oshirishga qodirlik shunday tezlikka
erishishga imkon beradi. Tijorat banklarida marketingning bosh maqsadi
mijozlarni doimiy jalb qilish hisoblanadi. Chunki, bankning mijozlari qancha ko’p
bo’lsa, uning daromad olishi, barqaror faoliyat yuritishi mumkin. Bank
marketingi aniq turdagi bank operatsiyalarining ta‘sirini oshirishga
yo’naltirilgan professional faoliyatdir. Bugungi kunda u to’liq talab qilib
olinmagan va banklar tomonidan yetarlicha o’zlashtirilmagan soha xisoblanadi.

Bank marketingi samaradorligini oshirishning bir qancha usullari mavjud:

1

Maqsadli
reklama

Maqsadli auditoriyangizni aniqlang va ularning ehtiyojlari
va afzalliklariga mos keladigan maxsus marketing
kampaniyalarini yarating.

2

Shaxsiylashtirish Shaxsiylashtirilgan tajriba yaratish uchun marketing

xabarlari va takliflaringizni mijozlar maʼlumotlari va xatti-
harakatlari asosida moslashtiring.

3

Raqamli
marketing

Kengroq auditoriyani qamrab olish va yetakchilarni
yaratish uchun ijtimoiy media, elektron pochta marketingi
va qidiruv tizimini optimallashtirish kabi onlayn
kanallardan foydalaning.

4

Mijozlar

bilan

munosabatlarni
boshqarish
(CRM)

Mijozlarning

oʻzaro

munosabatlarini

kuzatish

va

boshqarish uchun CRM tizimini joriy qiling, bu esa
mijozlarni yaxshiroq segmentatsiyalash va maqsadli
marketing harakatlarini amalga oshirish imkonini beradi

5

Kontent
marketingi

Bankingizni ishonchli moliyaviy ma'lumot manbai sifatida
ko'rsatish uchun blog postlari, videolar va infografika kabi
ma'lumot beruvchi va qimmatli kontent yarating

6

Yo'llanma
dasturlari

Rag'batlantirish yoki mukofotlar berish orqali mavjud
mijozlarni do'stlari va oila a'zolarini bankingizga murojaat
qilishga undash.

7

Hamkorlik

Mahsulot yoki xizmatlarni oʻzaro targʻib qilish va mijozlar
bazasini kengaytirish uchun boshqa biznes yoki
tashkilotlar bilan hamkorlik qiling

8

Ma'lumotlar

Marketing

strategiyalaringizni

optimallashtirish

va


background image

SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN

MANAGEMENT AND ECONOMY

International scientific-online conference

58

tahlili

kampaniya samaradorligini oshirish imkonini beruvchi
mijozlar xatti-harakati va afzalliklari haqida ma'lumot olish
uchun ma'lumotlar tahlilidan foydalaning.

9

Mijozlar tajribasi Ishonch va sodiqlikni mustahkamlash uchun barcha aloqa

nuqtalarida mijozlarga ajoyib xizmat koʻrsatish va uzluksiz
foydalanuvchi tajribasini taqdim etishga eʼtibor qarating

10

Doimiy
takomillashtirish

Raqobatchilardan oldinda qolish uchun fikr-mulohazalar,
tahlillar va sanoat tendentsiyalari asosida marketing
strategiyalaringizni muntazam ravishda baholang va
takomillashtiring


Mamlakatimiz banklari tomonidan bank xizmatlarining rivojlanishida jahon
tajribasidan foydalanish muhim omil bo’lib hisoblanadi. Shu munosabat bilan
quyidagi holatlarga ahamiyat berish lozim. Chet el tajribasidan foydalanish
samaradorligi, mamlakatimiz banklarining jahon kliring to’lov sistemasi
doirasida hisob-kitoblarni o’tkazish zamonaviy shartlariga moslashishi,
mijozlarning tashqi iqtisodiy faoliyatiga xizmat ko’rsatganda xatarlarni
boshqarish, elektron bank xizmatlarini tashkil etishda Internetdan foydalanish,
investitsion bank xizmatlarini rivojlantirish, xususan, korporativ moliya
sohasida aktivlarni ko’paytirish va boshqarish.
Xalqaro kapital bozorida bank xizmatlarini rivojlantirish uchun
Respublikamiz banklari kredit tarixini tashkil etish muhim ahamiyatga ega. Shu
o’rinda ularning ustivor vazifalari bo’lib aksiyadorlik kapitaliga chet el
investorlarini ma’lum darajada jalb etish hisoblanadi. Bu arzon kreditlarni
olishga, xalqaro tajribadan foydalanish asosida bank xizmatlari va
texnologiyalarini rivojlantirishga, mijozlarni ko’paytirishga va xizmat ko’rsatish
sifatini yaxshilashga yordam beradi.
Mamlakatimiz banklariga chet el tajribasini bank va mijoz uchun maqbul
shaklida ishlab chiqish, bosqichma-bosqich tartibda ularni amalga oshirish, har
bir bosqichda xatarni ajratish va baholashni tadbiq etish lozim. Bu amaliyotlar
strukturasini kompleks tahlil etish, kontragentlarning kredit, valyuta va to’lov
xatarini hamda xarajatlarni kamaytirish imkoniyatini beradi. Bank xizmatlari
jahon

tajribasidan

foydalanish,

respublikamiz

banklari

uchun

segmentatsiyalangan yondoshishni qo’llaganda va korporativ mijozlar bilan
ishlashda, eksportga yo’naltirilgan korporatsiyalarga va boshqa mijozlariga
xizmat ko’rsatishda moslashtirilgan holda zarur. Tajribani jalb etishning
muvaffaqiyatli bo’lishi bank xizmatlarining sifatiga bog’liq va «bank xizmatlari –


background image

SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN

MANAGEMENT AND ECONOMY

International scientific-online conference

59

hisobraqamlari bo’yicha aylanmalar - u bilan bog’liq xizmatlar» tamoyiliga
asoslangan. Jahon tajribasidan foydalanishda, tashqi iqtisodiy faoliyat xatarlarni
boshqarish muhim omil hisoblanadi, buning uchun xatarlar hisob-kitobi
jadvalini ishlab chiqish lozim.
Bank

tizimini

rivojlantirish

faqatgina

kredit

muassasalarning

kapitalizatsiyasini orttirish bilan bog’liq bo’lmay, ishonchni ortishi va bank
xizmatlari kapitalini rivojlanishi bilan birga olib borilishi lozim. Shuning uchun
bank tizimini modernizatsiyalash maqsad va vazifalari mustahkam rivojlanishni
ta’minlashdan iborat bo’lishi kerak.
Xizmat ko’rsatishni differensiyalash va bozor segmentatsiyasi orqali
mijozlarni jalb qilish yaxshi natijalar berib, yangi xizmatlarning sotuvidan
foydani ta’minlasada, ular ko’pincha qisqa davrda samaralidir. Chunki boshqa
moliyaviy xizmat ko’rsatuvchi firmalar tezlikda foydali bo’lgan differensiyalash
va segmentatsiyalash sohasida osonlik bilan har bir bank amaliyotlarini
bajarishi mumkin va bu holatda raqobat yuzaga keladi hamda bank yangi xizmat
ko’rsatish g’oyasini izlashi zarur bo’ladi. Bozorda erishilgan afzallikni
pasayishiga to’sqinlik qiladigan yo’llardan biri, boshqa xech qaysi xizmat
ko’rsatuvchi firma foydalana olmaydigan esda qoladigan shiordan, savdo
markasi yoki patentlangan nomdan foydalanishdir. Bu mijoz moliya
muassasasining reklamasini ko’rganda yoki mazkur bankka borganda bank
uchun kerak bo’lgan hissiyot va reaksiyani yuzaga keltiradi. Lekin, bu
usullarning samaradorligi uzoqqa cho’zilmaydi. Shu bois bank boshqaruvi
doimiy ilgarilab borib, o’zgarib turadigan sharoitda o’z mijozlarining talablari
bo’yicha qadam tashlashi lozim. Shu bilan birga mijozlarni tez-tez o’rganib
turish, mijozlar orasidan maslahatchi guruhlarni tashkil etish yoki mijozlar
hohlagan vaqtlarida telefon qilib o’zlarining shikoyat va takliflarini ayta olish
imkoniyatini beruvchi bepul telefon aloqalarini tashkil etish kerakli usullardan
bo’lib qolaveradi.

Xulosa.

Hozirgi iqtisodiyotning “raqamlashuvi” sharoitida internet va axborot

kommunikasion texnologiyalarning hayotning barcha jabhalariga kirib kelishi
natijasida bank tizimida ham raqamli texnologiyalardan foydalanish jadallashib
ketdi. Bugungi axborot texnologiyalari iqtisodiyotning muhim qismi bo’lib
borayotgan davrda bank sektori kapitallashuvini oshirishni internet va axborot
texnologiyalarisiz tasavvur qilib bo’lmaydi.
Zamonaviy global dunyoning o’ziga xos xususiyatlaridan biri bu raqamli
texnologiyalarning hayotga kirib kelishi hisoblanadi. Iqtisodiy adabiyotlarda
bank xizmatlarini masofadan boshqarish va axborot-kommunikasiya


background image

SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN

MANAGEMENT AND ECONOMY

International scientific-online conference

60

texnologiyalaridan keng foydalanishni nazarda tutuvchi “raqamli bank”, “SMS-
bankihg”, “GSM-banking”, “mobil banking”, “internet banking”, “onlayn banking”
kabi tushunchalardan foydalanilmoqda. Mazkur vositalar bank tizimining
zamonaviy shakllari hisoblanadi. Mamlakatimizda bank va moliya tizimini
rivojlantirish, uning barqarorligini mustahkamlash, pul mablag’lari samarali
aylanishiga erishish iqtisodiyotning ochiqligi va raqobatbardoshligini
ta’minlashda zarur shartlardan biridir. Bu borada iqtisodiyotning asosiy bo’g’ini
hisoblangan tijorat banklarining faoliyatini takomillashtirish dolzarb
masalalardan biri hisoblanadi. Bank tizimini rivojlantirishda xorijiy banklar
tajtibasini tahlil qilish asosida respublikamiz baklarida bank infratuzilmasini
takomillashtirishga doir chora tadbirlar amalga oshirilishini takomillashtirish
kerakligi zamon talabi bo’lib qolmoqda.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

O’zbekiston Respublikasining ―O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki

to’g’risida‖gi Qonun. -T.: O’zbekiston, 21- dekabr 1995- yil.
2.

O’zbekiston Respublikasining ―Banklar va bank faoliyati to’g’risida‖gi

Qonun. -T.: O’zbekiston, 25- aprel 1996- yil.
3.

Abdullayeva Z. Bank ishi. –T.: ―Moliya‖, 2009. 304 b. B – 166.

4.

O.A Ortiqov, I.Ya Qulliev, "Bank menejmenti va marketingi" fanidan o’quv

qo’llanma.Toshkent.Toshkent moliya instituti, 2013 yil.
5.

Mullajonov F.M. va boshqalar. O’zbekiston Respublikasi bank tizimi.

T.‖O’zbekiston‖ 2011.
6.

A.Taniyev, G’.Porsayev. Internet marketing SamDU, Darslik 2020y.

7.

A.Taniyev Innovatsion iqtisodiyot SamDU, Darslik 2020-yil

8.

Measuring thye Information Sociyety Report. Volume 1. – Geneva: ITU,

9.

Ковалев, М.М. цифровая экономика – шанс для Беларуси / М.М.

10. Ковалев, Г.Г. Головенчик. – Минск: Изд. центр БГУ, 2018. – 328 с.
11. Основы цифровой экономики: учебное пособие / коллектив
авторов; под ред. М.И. Столбова, э.А. Бренделевой. – М.: Научная
библиотека, 2018. – 238 с.
2017. – 156 p.
http://bitnovosti.com
http://digital-yeconomy.ru
http://www.ziyonet.uz.
www.search.re.uz
https://inscience.uz/index.php/socinov/article/view/1111
www.ictcouncil.gov.uz
www.yecsoman.yedu.ru


background image

SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN

MANAGEMENT AND ECONOMY

International scientific-online conference

61

http://www.bibl.ru
http://www.bestlibrary.ru
http://www.lib.students.ru

Библиографические ссылки

O’zbekiston Respublikasining ―O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki to’g’risida‖gi Qonun. -T.: O’zbekiston, 21- dekabr 1995- yil.

O’zbekiston Respublikasining ―Banklar va bank faoliyati to’g’risida‖gi Qonun. -T.: O’zbekiston, 25- aprel 1996- yil.

Abdullayeva Z. Bank ishi. –T.: ―Moliya‖, 2009. 304 b. B – 166.

O.A Ortiqov, I.Ya Qulliev, "Bank menejmenti va marketingi" fanidan o’quv qo’llanma.Toshkent.Toshkent moliya instituti, 2013 yil.

Mullajonov F.M. va boshqalar. O’zbekiston Respublikasi bank tizimi. T.‖O’zbekiston‖ 2011.

A.Taniyev, G’.Porsayev. Internet marketing SamDU, Darslik 2020y.

A.Taniyev Innovatsion iqtisodiyot SamDU, Darslik 2020-yil

Measuring thye Information Sociyety Report. Volume 1. – Geneva: ITU,

Ковалев, М.М. цифровая экономика – шанс для Беларуси / М.М.

Ковалев, Г.Г. Головенчик. – Минск: Изд. центр БГУ, 2018. – 328 с.

Основы цифровой экономики: учебное пособие / коллектив

авторов; под ред. М.И. Столбова, э.А. Бренделевой. – М.: Научная

библиотека, 2018. – 238 с.

– 156 p.

www.search.re.uz

www.ictcouncil.gov.uz

www.yecsoman.yedu.ru