SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN
MANAGEMENT AND ECONOMY
International scientific-online conference
99
JIZZAX VOHASI YER OTLARINING SHAKLLANISHIDA ETNONIM,
ANTROTOPONIM, PATRONIM VA KASB-HUNAR BILAN BOG‘LIQ
NOMLAR
Almanov Qahramon Oblaqulovich
Guliston davlat universiteti
“Tarix” kafedrasi dotsenti
https://doi.org/10.5281/zenodo.14575045
Annotatsiya.
Mazkur maqolada Jizzax vohasining XIX-XX asrlardagi
toponimlari tahlil qilinib, hududdagi joy nomlarining asosan etnotoponimlar va
patronimlardan iboratligi yoritilgan. Tadqiqotda vohaning turli hududlaridagi
toponimlarning kelib chiqishi, tarixiy sharoitlari, etnik tarkibi va til qatlamlari
bo‘yicha farqlanishi ko‘rsatib berilgan, shuningdek, Jizzax vohasidagi aholi
maskanlarining etnotoponimik xususiyatlarini chuqur o‘rganishga yo‘naltirilgan.
Kalit so‘zlar
:
Jizzax vohasi, toponimlar, etnotoponimlar, patronimlar,
sug‘diy qatlam, forsiy qatlam, turkiy qatlam, migratsiya, sovet davri
toponimikasi, geografik nomlar, XIX-XX asrlar
Jizzax vohasining XIX-XX asrlardagi toponimlari tarkibiga umumiy bir nazar
tashlanganda voha toponimlarining katta bir qismini etnotoponimlar va
patronimlar tashkil etishini kuzatish mumkin[1]. Faqat bu holat vohaning
hududlarida turli tuman bir hil emas. Jumladan, yirik shaharlar – Jizzax va
Zomin, o‘rtacha kattalikdagi – O‘smat, Mirzacho‘l, G‘allaorol, Forish, Do‘stlik kabi
shaharlarda
ko‘proq
aholining
maishiy
turmush
tarzi
(kasb-kor,
hunarmandchilik) bilan aloqador joy nomlari, vohaning qishloq va ovullarida,
xususan, Sangzor daryosining o‘rta oqimi, daryobo‘yi, dasht va cho‘l hududlarida
etnotoponim va patronimlar nisbatan ko‘p uchrashi ko‘zga tashlanadi. Tarixchi
olim A.Malikovning ta’kidlashicha, bir qator tadqiqotchilarga ko‘ra
O‘zbekistondagi aholi maskanlarining sezilarli bir qismi etnotoponimlardan
iborat bo‘lib, ular joylarga qarab 10 % dan 30 % gacha bo‘lgan miqdorni tashkil
etadi va ularning ancha qismi Zarafshon va unga tutash hudud bo‘lgan Jizzax
vohasiga ham to‘g‘ri keladi[2].
Jizzax vohasida mingdan oshiq aholi maskanlari uchrab, ularning katta bir
qismini etnotoponimlar iboratligini kuzatishimiz mumkin. Jumladan, Samarqand
viloyatida tarkibida bo‘lgan turli uezdlar atrofida 800 tagacha o‘zbekcha urug‘
nomlari bilan bog‘liq etnotoponimlarning uchrashi diqqatga sazovordir[3].
Jizzax vohasi va uning tarkibidagi turli hududlar, xususan, tog‘li va tekislik
hududlarda keyinchalik tashkil etilgan tumanlarda ayniqsa yaqqol ko‘zga
tashlanadi. XIX - XX asrlardagi vohadagi aholi manzillarining nomlanishida 92
SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN
MANAGEMENT AND ECONOMY
International scientific-online conference
100
bovli o‘zbek urug‘lari nomlari bilan bog‘liq etnik nomlar va qadimiy urug‘ va
qabilalarga aloqodor bir qancha sug‘diy va turkiycha nomlar borligi kuzatiladi.
Xususan, kelib chiqishi asosan turkiy, qisman forsiy, arabcha va boshqa tillar
bilan aloqador o‘nlab joy nomlari vohaning barcha tumanlarda uchrasada,
qaysidir tumanlarda bu holat ko‘pchilikni tashkil qiladi[4], qaysidir tumanlarda
esa aksincha ekanligi ko‘zga tashlanadi. Joy nomlari aniq bir tarixiy sharoitda
paydo bo‘lib, kelib chiqishi jamiyat hayoti, hududda yashayotgan yoki
qachonlardir yashagan xalqlar tili bilan chambarchas bog‘liq bo‘ladi. Aniqroq
aytadigan bo‘lsak, har bir tarixiy davr o‘ziga xos xususiyatlarga ega ekanligini
uning geografik nomlarida ham ko‘rish mumkin. Geografik nomlar tarkibidagi
mavjud lug‘aviy-geografik qatlam bo‘yicha Jizzax vohasida keng tarqalgan
quyidagi 7 ta qatlamlarni ajratib ko‘rsatish mumkin:
1.Sug‘diy (Andagin, Andugon, O‘xm, Mocharm, Jizzax, Mug‘on, Porasht,
Novqa, Nushkent, Pishag‘ar,);
2.Forsiy (Duoba, Chortog‘, Ardaxshon, Xuroson, Peyshanba, Tagob, Tangi,
Sangzor, Garasha, Chorbog‘, Navro‘z);
3.Turkiy (Qorasoy Qorabo‘yin, Qorakaltak, Qo‘g‘ay, Puchug‘oy, O‘rtaqishloq,
Yoyilma, So‘loqli, Tuyoqli, Tuyachi, Tumor, Qirq, Bolg‘ali, Kaltatoy, Ming, Barlos,
Qaropchi, Qipchoq) Jelli g‘uli, Hulkar;
4.Arab (Aravon, Arabmozor, Arabqishloq, Arabto‘pi, Toshloqarab, Talli,
So‘fimozor, Juma, Mavtan, Avliyo, Ravot);
5.Turk-mo‘g‘ul (Arg‘in, Axtachi, Do‘rmon, Darxon, To‘qay, Yomchi, Ungut,
Sayxan, Sulduz, Ko‘tal, Jaloyir, Mo‘g‘ol, Saroy, Nayman, Qo‘nji, Qo‘riq );
6.Slavyan (Ulyanovo, Oktyabr, Parts’ezd, Kommunizm, Rassvet);
7.Yangi qatlam (Istiqlol, Nurafshon, Istiqbol, Baxtli, Mustaqillik, Bunyodkor,
Yangiturmush).
Jizzax vohasidagi joy nomlarini tadqiq qilish jarayonida vohadagi joy
nomlarining nomlanishida uchraydigan yuqoridagi nomlar butun Jizzax vohasi
va mintaqamiz uchun ham ta’luqli bo‘lib bu kabi nomlar respublikmizning
barcha hududlarida ko‘zga tashlanadi. O‘zbekiston hududlaridagi toponimlar
bo‘yicha yirik mutaxassis S.Qoraev[5] XX asrda vohada mavjud toponimlarining
katta qismini etnotoponimlar tashkil etishini ta’kidlagan bo‘lsa, voha
toponomiyasi bo‘yicha mutaxasis Q.Hakimov etnonim bilan bir qatorda vohada
kasb kor, va geografik o‘rin bilan bog‘liq nomlar ko‘pchilikni tashkil etishini
takidlaydi[6]. Voha toponomiyasini tadqiq qilgan tadqiqotchilarning ishlarida
o‘ziga xos o‘zaro bog‘liqlik bo‘lib ularning ilmiy farazlari bir birini to‘ldiradi.
Tadqiq qilinayotgan o‘lka toponomiyasi rus bosqini va undan keyingi davrlarda
SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN
MANAGEMENT AND ECONOMY
International scientific-online conference
101
ancha o‘zgarganligini 1897, 1926 yil aholi ro‘yxatida tilga olingan aholi
punktlarini ko‘rib chiqqanimizda kuzatdik[7].
Arxiv va statistik manbalar tahlili asosida Jizzax vohasidagi aholi
manzilgohlarini shartli ravishda ikki guruhga yani, qadimdan (Jizzax,
Yangiobod, Baxmal, Zomin, Forish, G‘allaorol) hududlarida mavjud bo‘lgan aholi
manzilgohlari, Mirzacho‘l hududlarining o‘zlashtirilishidan so‘ng paydo bo‘lgan
aholi punktlariga bo‘lib o‘rganish maqsadga muvofiqdir (Do‘stlik, Mirzacho‘l,
Arnasoy,
Zafarobod,
Pahtakor,
Zarbdor).
Bu
hududlardagi
aholi
manzilgohlarining asosiy qismi 92 bovli o‘zbek urug‘lari, ularning turli to‘plari
nomlari bilan ataladigan etnonimlar, patronimlar, gidronim va kasb kor nomlari
bilan bog‘liq joy nomlaridir[8].
Mintaqamizda mavjud bo‘lgan etnotoponimlarni o‘rgangan U.To‘ychiev,
S.Qoraev, A.Zokirov M.Isxoqov, A.Malikov, G‘.Boboyorov, Q.Yo‘ldoshevlarning
tadqiqotlarini va dala etnografik ma’lumotlarimizni umumlashtirib Jizzax vohasi
joy nomlarining katta bir qismi etnotoponimlardan iborat bo‘lganligini kuzatdik.
Bizningcha 1897, 1926 yilgi aholi ro‘yxati va ularning yashash manzillarining
nomlariga qaraganimizda, Jizzax vohasida mavjud bo‘lgan aholi punktlaridan
katta qismi, yani bizningcha 300 ga yaqini etnotoponimlardan iboratdir[9]. Ular
joylashgan o‘rniga qarab bugungi kunda quyidagi tartibda Baxmal (45 ta),
G‘allaorol (50), Forish (60), Zomin (56) tumanlarida ayniqsa ko‘p; Jizzax (15),
Mirzacho‘l (10 ga yaqin), Paxtakor (25 ga yaqin[10]) tumanlarida
etnotoponimlar kamroq. Bu joy nomlarining ko‘pchiligi biror bir mustqil urug`
va uning turli shoxlari bilan bog`liq bolgan nomlar bolib, bu to‘p va shoxlar vaqt
o‘tishi natijasida alohida urug` mavqeyiga chiqib etnonimga aylangan. Jizzax
vohasi toponomiyasida quyidagi etnotoponimlar nisbattan ko‘p uchraydi:
Qo‘shtamg‘ali (5 marta), Qang‘li (), Bolg‘ali (3), Olmasuvon (3), Bag‘anali (3),
Baymoq – Baymoqli (3), Betjuz (4), Barlos (4), Beshkubi (2), Qirq (), Yuz (10),
Saroy (7), Ilonli – Jilontamg‘ali (4), Mo‘g‘ul (4), Nayman – Naymancha –
Qoranayman (8), Nebo‘sa (2), Qaropchi (2), Sartyuzi (3), So‘loqli (4), Toz,
Tozurug‘ (2), Tig‘iriq (3), Turkman (4), Turk – Turklar (5), Turkman (5), Tuyoqli
(3), Qipchoq (3), Qayirma (2), O‘zbek–O‘zbekiston (5), Uzun (1), O‘ymovut,
O‘yuvli (3), Uyliqma (1), Chubar (4), Yuz – Kenjayuz (6)[11], va hokazo.
O‘zbekiston toponomiyasi bo‘yicha ko‘plab tadqiqotlar olib borgan
tadqiqotchi olim S.Qoraev tomonidan keltirilgan ma’lumotlarda ham bir qancha
bahsli holatlar ko‘zga tashlanadi. Masalan, tadqiqotchi o‘zining tadqiqotlarida
“turkman” etnonimini bir joyda to‘rt marta uchraydi deb belgilab, biroz keyin
esa o‘n to‘rt marta deb ko‘rsatishi, har holda texnik xato bo‘lsa kerak.
SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN
MANAGEMENT AND ECONOMY
International scientific-online conference
102
Shuningdek joy nomlari etimologiyasiga ham biryoqlama qarash hollari hali
hanuz uchrab tarixshunosligimizda o‘z yechimini kutayotgan masalalardan
biridir. Vohada ma’lum bir etnotoponimlarning keng tarqalishini kuzatamiz,
xususan, Jizzax vohasida Qaropchi (2), Qang‘li (5) , Solin (3), Sartjuz (4),
Parchayuz (4), Irganakli (2), Uyas (4), Mo‘g‘ol (5), Barlos (3), Obiz (2), Qirq (4),
Qipchoq (2) Saroy (4), Turkman, Turk va xokozo. Jizzax vohasidagi
toponimlarning dinamik o‘zgarishiga qaraydigan bo‘lsak, XX – asrning birinchi
yarim yilligida o‘lka aholi maskanlarining 85,5% i etnotoponimlardan iborat
bo‘lganligini, XXI asr boshlarida ularning miqdori 45 % ni tashkil etganligi
kuzatishimiz mumkin[12].
Bu kabi holatlar butun mamlakatimz toponomiyasiga xos bo‘lib, Sovet
hokimiyatining mahalliy toponimlarga nisbatan yuritgan siyosati natijasida
yuzaga kelgan bo‘lsa kerak[13]. Bu kabi holatlar Jizzax vohasi hududlaridagi
(Do‘stlik, Pahtakor, Mirzacho‘l) tumanlarida yaqqolroq ko‘zga tashlanadi. Jizzax
vohasida yangi o‘zlashtirilgan hududlarga ko‘chirib keltirilgan aholining o‘z
yashash manzilgohlari nomlari bilan ataladigan joy nomlari ham bir qanchani
tashkil etadi. Masalan, Andijon, Bog‘ot, Zarafshon, Surxonobod, Farg`ona,
Baxmal, Zomin, Ravot, G`allaorol, Forish kabi joy nomlarida yashayotgan aholi
vakillarining katta qismi o‘sha hududga cho‘lni o‘zlashtirish uchun safarbar
qilingan boshqa viloyat va tuman aholisi ekanligini bu qishloqlarda yashayotgan
aholining mahalliy aholi bilan o‘zaro qorishib ketganligini kuzatamiz.
Tadqiqotchilarning fikrlariga qo‘shilgan holda shuni ham aytib o‘tish
kerakki, ular tomonidan keltirib o‘tilgan “Bulung‘ur tumanining sug‘orib,
dehqonchilik qilinadigan shimoliy yarmi bilan qo‘shni Jomboy tumanining
janubi-sharqiy qismini o‘z ichiga olgan 80 qishloqdan 74 tasi (ya’ni 92,5%)
qoraqalpoqlarning qabila-urug‘ nomlari bilan atalgan edi” mazmunidagi
ma’lumotga qo‘shilib bo‘lmaydi. Xususan, 80 ta qishloqdan 74 ta qishloq nomini
qoraqalpoqlarning qabila-urug‘ nomlari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘lash uchun
to‘laqonli asos yo‘q. Chunki xuddi shunday etnonimlar Jizzax vohasi hududidagi
ayrim tumanlardagi (G‘allaorol, Baxmal) o‘zbeklarda ham shunga o‘xshash
nomlar bilan ataluvchi aholi maskanlari mavjudligi bilan izohlab bu
hududlardagi aholi 92 bovli o‘zbek urug‘lari bilan bog‘liq nomlar ekanligini
ko‘rishimiz mumkin. Shuningdek, Zarafshon vohasida qoraqalpoq urug‘lari
ancha katta miqdorni tashkil etsa-da, ular keyingi bir-ikki asrdan buyon o‘zlarini
o‘zbek deb hisoblaydi[14]. Jizzax vohasidagi aholi manzilgohlarida qoraqalpoq
urug‘ va qavmlari bilan bog‘liq joy nomlari nisbattan kam uchraydi. Elshunos
olim U. Alibekovning tadqiqotlari shuni ko‘rsatadiki, qaysi bir davlat, mintaqani
SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN
MANAGEMENT AND ECONOMY
International scientific-online conference
103
tinch, barqaror, to‘kin sochin boshqargan bo‘lsa, unda o‘troq madaniyat rivoj
topgan, aholisi tarkibi yangi etnik qatlamlar hisobiga boyib borgan. Markaziy
Osiyoning boshqa hududlarida kechgani kabi XIX asrning oxiri – XX asrning
dastlabk yarmida o‘rganilayotgan mintaqada ham kuchli migratsion
jarayonlarni kuzatishimiz mumkin.
Iqlim o‘zgaruvchanligi munosabati bilan xo‘jalik hayoti uchun ko‘plab
muammolar vujudga kelib, ozuqabop o‘simliklarning pishib yetilmaganligi
sababidan chorva mollari qirilib ketib, chorvador qavmlar (qirq, yuz, uyas,
solin, qang‘li, qipchoq) harbiy o‘ljalardan keladigan mulklarni qo‘lga kiritishga
kirishganlar. Buning natijasida, Turkiston tog‘ tizmalari bag‘ridagi qishloqlarga
o‘zlarinig yashash manzillari sifatida qarab manzilgohlarini barpo qilganlar.
Masalan, Chubar, Qora, Xoltoy, Qo‘shtamg‘ali kabi qishloqlar.
Vohadagi qirg‘izlar ham Jizzax vohasi, tog‘oldi hududlariga qozoqlar va
qoraqalpoqlar kabi ko‘chib kelib o‘rnashganligini va o‘z urug‘larining nomlari
bilan yoki urug‘ning ulug‘i, biyi nomi bilan ataladigan aholi manzilgohlarini
tashkil qilganligini quyidagi vohada hozir ham mavjud bo‘lgan qishloqlar
misolida ko‘rishimiz mumkin. Masalan, Sug‘unboy, Duvlot, Jadik, Shaybek,
Sutlibuloq, Usmonisoy, Sovuqbuloq, Shovshoq, Beshbola[15]. Markaziy Osiyoda
kechayotgan bunday migratson jarayonlarni vohada yashayotgan qirg‘izlar
misolida yana bir marotaba ko‘rib chiqmoqchimiz. Qirg‘izlarning asosiy qismi,
o‘rta asrlarda Yenisey atroflarida istiqomat qilib, keyingi bosqinchlarda
janubiy- g‘arb tomon harakatlanib, XVI asrning boshlarida hozirgi etnos
nomidagi davlati hududiga yetib kelib, Oloy tog‘ tizmalari hududlariga kelib
o‘rnashgan. XVII asr oxirlari va XVIII asr boshlarida qalmiqlar kuchli talonchilik,
bosqinchilik yurishi bilan qirg‘izlar yerlariga kirib kelgan va qirg‘izlarning katta
qismi Farg‘ona vodiysiga ko‘chib o‘tgan deb fikr bildirib o‘tadi U.Abdullaev
o‘zining tadqiqotlarida[16]. Bunday migratson jarayonlar natijasida Jizzax
vohasining Forish, Baxmal va Zomin tumanlarida ham qirg‘izlarning yangi
qishloq va ovullari paydo bo‘lgan bo‘lsa kerak.
1925-yillarda tuzilgan xaritalarda aks etgan aholi maskanlari nomlari
asosida Samarqand viloyatining Jizzax uezdidagi tumanlarida etnotoponimlar
nisbatan keng tarqalganligini kuzatish mumkin[17]. Xususan, bugungi Baxmal,
Jizzax, Zomin, G‘allaorol, Forish tumanlarida yuz, qirq, saroy, balxi, qipchoq,
qiyot, bayat, qushchi, nayman, qang‘li,chuyut kabi “92 o‘zbek urug‘i” ro‘yxatida
o‘rin olgan nisbatan yirik urug‘lar bilan birgalikda ulardan birortasining
tarkibida joy olgan yoki ushbu ro‘yxatda qayd etilmagan, biroq muayyan bir
o‘zbek urug‘i sifatida talqin qilinadigan qiyon, mo‘g‘ol, uyas, solin, beshbola,
SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN
MANAGEMENT AND ECONOMY
International scientific-online conference
104
chubar,qora, changal, ochamayil (ochamayli), sobalaq, ingichka, tuyoqli, o‘tasori,
ilonli,jayilma,o‘roqli, nebo‘sa, yerteshar, erganakli va hokazo kabi
etnotoponimlarni butun Jizzax vohasidagi ko‘plab qishloq nomlaridan biriga
aylanganiga guvoh bo‘lamiz[18]. Shuningdek yana bir narsa ahamiyatliki,
vohadagi aholi maskanlarining nomlanishida antrotoponim,patronimlar ham
uchraydi bularga misol qilib vohada ko‘plab uchraydigan Eshonkeldi,
Omonqo‘ton, Yo‘ldoshvoy, Nushkent, Almanto‘p, Usmonsoy, Safarota, Parpiota,
Parpioyim kabilarni keltirish mumkin[19].
XX asr Jizzax vohasi joy nomlarining sezilarli bir qismi patronim va
antropotoponimlar tashkil etishi vohada yashayotgan turli etnos va sub etnoslar
bilan bog`liq bo‘lib, aholi vakillari o‘zlari yashayotgan manzilga xalq va urug`
ichida nufuzga ega bo‘lgan shaxslar va o‘zlarining eng katta otasi nomlarini
qo‘yishi shuningdek yangi o‘zlashtirilgan hududga birinchi kelib joylashgan
shaxs nomi bilan atash xollari mavjud bo‘lgan. Masalan, Baxmal, Zomin,
G‘allaorol, Forish kabi tog‘lik tumanlarda xo‘ja, eshon, avliyo, mullo kabi diniy
toifa vakillarining (mas. Avliyo bovo, Pochcha-xo‘ja, Eshoni buloq, Mulla Shamsi
Muhammad, Xo‘ja Bulg‘or, Xo‘ja bachcha, Mulla-buloq, va b. ) – Jizzax shahri
mahallalari, kasb kor va qaysi hududdan ota bobolar ko‘chib kelganligi bilan
bog‘liq (mas. Olmazor, Toshloq, Ulug‘bek, Zargarlik, Kimyogar, Bobur,
Hamzaobod, O‘ratepalik, Hayrobod, Ravallik va b. – Jizzax shahri mahallalari)
singari toifa vakillarining ismlari qatnashuvchi joy nomlari ko‘proq uchrasa[20],
vohaning ko‘plab tumanlarida esa bir qismi muayyan bir shaxs ismi, bir qismi
esa biror urug‘ nomi (etnonim)ni bildiruvchi kishi ismlari bilan ataluvchi aholi
manzillariga duch kelamiz (mas. Yuqorida Baxmal tumani bilan bog‘liq ravishda
keltirilgan Eshonkeldi, Omonqo‘ton, Qirq Qishloq, Nushkent, Almanto‘p).
Ushbu tadqiqotda XIX asrning oxiri - XX asrning birinchi choragida mavjud
bo‘lgan Jizzax viloyatidagi barcha tumanlaridagi qishloq nomlari o‘rganishga
alohida urg‘u berildi va sharhlanishi bo‘yicha suhbatlar o‘tkazilib, bugungi voha
tumanlaridagi joy nomlari bilan solishtirish orqali qiyosiy tahlil etiishga harakat
qildik. Turli yillarda olib borilgan ilmiy tadqiqotlarga nazar solish orqali
vohadagi hozirgi toponimlar ko‘pgina yangi nomlar bilan almashtirilganiga
guvoh bo‘ldik[21]. Jizzax viloyatining Baxmal va Zomin tumanlari vohaning
yuqori tog‘lik qismida joylashgan. Baxmal va Zomin tumanlaridagi
toponimlarning etnik jarayonlar bilan bog‘liqligi, uning tarixiy tahliliga ahamiyat
bersak, Baxmal tumanining katta qismi XX asr birinchi choragida Samarqand
viloyati tarkibida bo‘lgan bu hududda jami qirqdan oshiq qishloq va ovullardan
iborat aholi maskanlari bo‘lganligini ko‘rishimiz mumkin[22]. Bugungi kunda bu
SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN
MANAGEMENT AND ECONOMY
International scientific-online conference
105
yerda 60 ta qishloq mavjudligini ko‘rganimizda ko‘pchiligi o‘sha vaqtdagi
nomlar bilan qolgan[23]. Ushbu qishloq va joy nomlarining o‘zgarmaganligi va
saqlanganligi alohida e’tiborga molik, ya’ni bu yerda joy nomlarining 43 tasi
etnotoponimlar, 7 tasi antroponimlardan iborat, 10 tasi yangi nomlarning
kiritilish bilan bog‘liqdir[24].
Zomin tumani XX asr birinchi choragida 50 ta qishloqdan iborat bo‘lgan,
hozirgi kunda 70 ta qishloq bo‘lib, ushbu joy nomlarining 45 tasi
etnotoponimlar, 6 tasi antroponimlardan, 9 tasi geografik hudud landshaftidan
kelib chiqqan nomlar va 10 tasi yangi nomlardan iboratdir. Shuningdek Zomin
tumanida “sovetcha nomlar”ning uchrashi boshqa tog‘li tumanlarga nisbatan
ko‘proq bo‘lishining sababi, bu davrda ushbu tumanda yangi o‘zlashtirilgan aholi
maskanlarining tashkil topishi bilan izohlanadi[25].
Sobiq sovetlar davrida Zomin tumandagi aholi zich joylashgan qishloq
aholisining tog‘oldi joylaridan yuqoridan pastga ko‘chishi natijasida, ya’ni
yashash hududi bir-biriga yaqin bo‘lgan qishloq nomlari sovet mafkurasi
negizida paydo bo‘ldi ya’ni, Parts’ezd, Lenin, Kommunizm kabi joy nomlari
tashkil topdi, mustaqillik yillarida ushbu joy nomlariga ilmiy-tarix yondoshuv
asosida qayta nomlandi.
Endi esa vohadagi etnotoponim, antrotoponim, patronim va kasb kor
nomlarini tog‘li tumanlar misolida ko‘rib chiqsak.
Baxmal tumanidagi ayrim joy nomlari (etnotoponimlar qora rangda,
antropotoponimlar kursivda berildi):
Chubar, Qora, Xoltoy, O‘damali, Mo‘g‘ol, Barlos, Tagap, Qoraqishloq,
Qaropchi Qiyot, Bolg‘ali, Abdumurot, Hamzaobod, Mulla, Yo‘ldoshvoy,
Muminobod, Saroy, Sartjuzi, Boyqul, G‘oyibota, Mirzaqishlok, Merganto‘p,
Nayman, So‘loqoy, Uyas, Qoraqishlok, Solin, Kaltatoy, Quzichi, Uyliqma, O‘tab,
Tuyoqli, Qipchoq.
Zomin tumanidagi ayrim joy nomlari (etnotoponimlar qora rangda,
antropotoponimlar kursivda berildi):
Davlatobod, Beshyuz, Juvonsiyroq, Urganobod, Toshkesgan, Tog‘ayto‘pi,
Gulshan, Pishog‘or, Turkman, Qang‘li, Sirg‘ali, Uymovuz, Uvol 1, Uvol 2,
Nayman, Beshkuvi, So‘fimozor, Shavkartov, Usmonisoy, Usmonlisoy, Nebo‘sa,
Dug‘oba, Achchi, Xitoyyuz, Xo‘jayuz, Turk, Qarabchi, Qoplontov, Tuyoqli,
Hulkar, Mo‘g‘ol, Turkman, Saroy, Jaloyir, Erteshar, Itemas, Solin, Tig‘iriq,
Baxmatchoyi, Talliota, Uyas solin, Qoraqursoq, Umarqul, Karimqul, Qoziayoqli,
Qonjig‘ali, Qutchi, Qo‘ng‘irboy, O‘rol, Beshbegi, Chaparashli, Boy, Boymoqli,
Misirali.
SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN
MANAGEMENT AND ECONOMY
International scientific-online conference
106
Baxmalga kun chiqish tamondan qo‘shni Zomin, kun botar tamondan
qo‘shni G‘allaorol tumanlarida etnotoponim, antroponimlar va patronimlar
ko‘plab uchrashi, har uchala tumanda bunday nomlarning bir hil yoki
o‘xshashligi payqaladiki, ayniqsa bunga quyidagi xaritadagi qishloq nomlariga
e’tibor qilish orqali guvoh bo‘lish mumkin[26].
Tarkibida “xo‘ja” va shunga o‘xshash diniy toifa vakillari nomlaridan
yasalgan joy nomlari, ya’ni antroponimlarning Jizzax vohasidagi tumanlarida
tarqalish darajasi ham bir hil emas. Qaysidir tumanlarda bunday nomlar
nisbatan ko‘pchilikni, qaysidir tumanlarda esa aksincha ozchilikni tashkil etib,
bu holat tumanlarning tabiiy-geografik joylashuvi (sug‘orma dehqonchilikka
mos yoki dasht hududda joylashganligi, aholisining turmush tarzi, nisbatan
qadimiyligi, madaniyat markazlari – yirik shaharlarga yaqin yoki uzoqda
joylashganligi va h.k.) bilan bog‘liqdir. Masalan, Jizzax viloyatining Baxmal
tumanida Xo‘jbachcha, Bo‘ronxo‘ja, Bekkeldi, Eshonbuloq va hokazo kabi qishloq
nomlari uchrashi bilan birgalikda bir necha qishloqlar aholisi o‘z kelib chiqishini
xo‘ja, eshon, kabi ijtimoiy guruhlar bilan bog‘lashi aniqlangan. Xuddi shunga
o‘xshash holat Jizzax vohasidagi deyarli barcha hududlarda uchraydi.
Yuqorida keltirilgan ma’lumotlardan, xususan, xarita va jadvallardan
ko‘rinib turibdiki, Jizzax vohasidagi aholi maskanlarining nomlanishida etnik
xususiyatlar ancha katta rol o‘ynaydi. Ularning muhim bir qismi o‘zbek va
boshqa turkiy xalqlarning shakllanishiga katta hissa qo‘shgan urug‘ va ular
tarkibidagi tarmoq urug‘lar yoki to‘por (yoki to‘p)lar bilan chambarchas bog‘liq.
Shuningdek, urug‘ tarmoqlari va to‘porlarning nomida patronimlar sezilarli bir
qismni tashkil etadi. Bundan tashqari, bu toifaga yuqorida keltirib o‘tilganidek
ijtimoiy guruhlar bilan bog‘liq nomlarni ham kiritish mumkin. Jizzax vohasidagi
bunday etnotoponim va antrotoponimlarning ko‘lamiga nazar tashlansa, ular
qo‘shni bo‘lgan Samarqand va Buxoro viloyatidan salmog‘i kamroq ekanligini
ko‘rish mumkin. Biroq bu xulosa nisbiy bo‘lib har uchala viloyatda ham joylarga
qarab bu nisbat farq qilishi, ayrim tumanlarda ulardan birining ko‘proq, birining
esa nisbatan kamroq uchrashi payqaladi.
Vohadagi aholi maskanlarining sezilarli bir qismi antropotoponim va yoki
patronimlardan iborat bo‘lib, ularning bir qismi muayyan tarixiy shaxslar:
mansab
egalari
(Mingchinor,
Qushxona,
Qozikent,
Sultonovuz,
Mirzaboshi,Oqboybiy, Telpakbiy va h.k.), diniy arboblar (So‘piqishloq,
So‘fimozor, Parpioyim, Safarota, Yormatso‘fi, Parpiota, Sulaymonxo‘ja,
Bo‘ronxo‘ja, Qozialamli, Eshonguzar, Eshonbuloq), aholi maskanini barpo qilgan
kishilar (Tog‘o‘nboy, Xolturkman, Mirzaariq, Payizboy, Galdurovut, Usmonisoy
SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN
MANAGEMENT AND ECONOMY
International scientific-online conference
107
va h.k.) bilan aloqador bo‘lsa, bir qismi esa qaysidir bir yirik urug‘ning
tarmoqlaridan birining nomi (Xo‘ja,Xo‘jabachcha, Boyovul, Boyto‘pi, Boymirza,
Turkovul va h.k.) mohiyatidadir.
Tadqiqotlarimizdan shuni hulosa qilishimiz kerakki, mintaqaga xos
toponimlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, vohadagi aholi maskanlarini asosiy qismi
etnonim va antropotoponimlar tashkil etganligi va turli tarixiy davrlarda
ularning ayrimlari transformatsiyaga uchragan yoki ularning o‘rnida yangi
nomlar paydo bo‘lganligini kuzatishimiz mumkin.
- Voha toponimlarining ma’lum bir qismini territorial guruh nomi bilan
aloqador joy nomlari tashkil etib, ulardan katta qismining negizi
mamlakatimizdagi turli viloyatlar va tumanlar bilan bog‘liqdir. O‘ratepalik,
urganji, qo‘qoni qaropchi, tarnov qarobchi, ravallik, miyonkollik, balxi,
shahrixonlik, andijonlik, ho‘tanlik kabi. Shuningdek, bu guruhga, aslida
boshlang‘ich etnonim bo‘lmay, keyinchalik shunga yaqin ma’no kasb eta
boshlagan yoyilma, ilonli,chayonli, kaltatoy, mirishkor, tot kabi aholi guruhlari
bilan bog‘liq joy nomlarini ham qo‘shish mumkin;
- Jizzax vohasidagi joy nomlarining ma’lum bir qismini ijtimoiy guruhlarga
aloqador toponimlar ham tashkil etadi. Xo‘ja, eshon, mulla kabilar. Nomlanishida
bunday topoformantlar uchraydigan aholi maskanlarining bir qismida o‘zlarini
shu nomdagi ijtimoiy guruhlarga mansub, deb biladigan aholi yashashi bilan
birgalikda, ularning bir qismida o‘zini o‘zbeklarning biror urug‘iga mansub
hisoblaydigan aholi ham mavjud;
Xulosa qilib shuni aytishimiz kerakki, XIX asrning oxiri XX asrning birinchi
choragigacha bo‘lgan davr mobaynida Sobiq ittifoqdosh respublikalarda,
xususan, O‘zbekistondagi barcha viloyat va tumanlardagi joy nomlaridagi keskin
o‘zgarishlar Jizzax vohasida ham yuz berganligi ko‘zga tashlanadi. Bu davrda
vohadagi bir qator joy nomlari “kommunistik mafkuraga zid”, “eskirgan” yoki
“eskiliq sarqiti” bahonasi bilan yo‘qotilib, o‘rniga yangi “sovetcha”, asosan,
ruscha nomlar qo‘yildi. Shuningdek tadqiqotimiz natijasida vohadagi joy
nomlarining nomlanishida ham juda ko‘plab xatoliklar mavjudligini kuzatdik
bunday hatoliklar bo‘lishiga sabab sifatida bizningcha birinchidan - til qoidalari
asosida yozilishi yani rus tilida hato yozilgan, ikkinchidan - xalqimiz tarixiga
nopisandlik bilan qarash, holatlarini kuzatamiz, ko‘pchiligi asl xalq tilida emas
balki rus tili gramatikasiga moslashtirilib yozilgan bunday kamchiliklardan
afsuski bugunga kelib ham qutulaolmagan holatlarimiz ham ancha ko‘p
ekanligini ko‘rishimiz mumkin.
SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN
MANAGEMENT AND ECONOMY
International scientific-online conference
108
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1.
Вирский Н.М. Очерк Яны-Курганской волости Джизакского уезда
Самаркандской области / Справочная книжка Самаркандской области.
Выпуск X. – Самарканд,1912. – С.25. Список населенных мест
Самаркандской области. (По сведениям 1904 и 1905 гг.). – Самарканд, 1906.
– С. 67-101.
2.
Маликов А. Тюркские этнонимы и этнотопонимы долины
Зерафшана… - С. 111. Караев С. Топонимия Узбекистана. – Т.: Фан, 1991. – С.
55; Маликов А. Тюркские этнонимы и этнотопонимы долины Зерафшана…
– С. 111.
3.
Маликов А. Тюркские этнонимы и этнотопонимы долины
Зерафшана… - С. 111. Qorayev S. Toponimika. – T.: O‘zbekiston faylasuflari
milliy jamiyati nashriyoti, 2006. –B. 81-82.
4.
Қаранг ўша асар.....
5.
Караев С. Топонимия Узбекистана. – Т.: Фан, 1991. – С. 81;
6.
Qorayev S. Toponimika. – T.: O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati
nashriyoti, 2006. –B. 81-82.
7.
Султанов Т.И. Опыт анализа традиционных списков 92 «племен
илатийа». // Средняя Азия в древности и средневековье (история и
культура). М., 1977, c.174
8.
Сырдарьинская область // Большая российская энциклопедия : [в 35
т.] / гл. ред. Ю. С. Осипов. — М. : Большая российская энциклопедия, 2004—
2017
9.
Первая всеобщая перепись населения Российской Империи
1897,1926 г.
10.
Караев С. Топонимия Узбекистана. – Т.: Фан, 1991. – С. 81;
11.
Караев С. Топонимия Узбекистана. – Т.: Фан, 1991. – С. 81;
12.
Первая всеобщая перепись населения Российской Империи 1897
г1926., Ўзбекистон республикаси ер ресурслари, геодезия, картография ва
давлат кадастири давлат қўмитаси маълумотномаси.Тошкент 2016
13.
Маликов А. Тюркские этнонимы и этнотопонимы долины
Зерафшана… - С. 111-112.
14.
Туйчиев У. Этнонимы генеалогии этнографической группы
«каракалпак» в топонимии Зарафшанской долины // Материалы конф.
проф-преп. состава ТОГПИ. – Ангрен, 1980. – С. 78-80.
15.
Qorayev S. Toponimika. – T.: O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati
nashriyoti, 2006. –B. 81-82.
SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN
MANAGEMENT AND ECONOMY
International scientific-online conference
109
16.
Aбдуллаев.У. Фарғона водийсида этнослараро жараёнлар (ХIХ-ХХ аср
бошлари). Тарих фанлари доктори олиш учун ёзилган диссертация.
Тошкент: 2005. Б. 62.
17.
Список населенных мест Узбвкекой ССРСД*ЯАРНД|*Д.*А*миг Ц. С. У.
Уг. ССР.
18.
1925.3-4.
19.
Тожиева З, Астанақулов З, Асқархўжаев Р. Жиззах вилояти тоғ ва
тоғолди туманлари геодемографик вазиятидаги баъзи муаммолар // Тоғ
ва тоғолди ҳудудларидан фойдаланишнинг географик асослари (илмий-
амалий конференция материаллари). –Т..: 2002: 119-120;
20.
Дала маълумотлари Бахмал,Зомин,Ғаллаорол туманлаи 2021.
21.
Qorayev S. Toponimika. – T.: O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati
nashriyoti, 2006. –B. 81-82.
22.
Бахмал туманистатистика бошқармаси маълумоти 2021.
23.
Султанов Т.И. Опыт анализа традиционных списков 92 «племен
илатийа». // Средняя Азия в древности и средневековье (история и
культура). М., 1977, c.174
24.
Ўзбекистон республикаси ер ресурслари, геодезия, картография ва
давлат кадастири давлат қўмитаси маълумотномаси.Тошкент 2016
25.
Ўзбекистон республикаси ер ресурслари, геодезия, картография ва
давлат кадастири давлат қўмитаси маълумотномаси.Тошкент 2016
26.
Ўзбекистон Республикаси ер ресурслари Давлат қўмитаси Жиззах
вилоят ер ресурслари бошқармаси.Зомин тумани статистика бўлимининг
маълумотлари
27.
Ўзбекистон республикаси ер ресурслари, геодезия, картография ва
давлат кадастири давлат қўмитаси маълумотномаси.Тошкент 2016