TOPISHMOQLARNING TIL XUSUSIYATLARI HAMDA USLUBIY TAHLILI

Abstract

Ushbu maqolamizda o‘zbek xalq og‘zaki ijodi janrlaridan biri bo‘lgan topishmoqlarning til xususiyatlarini tahlil qilishga harakat qildik. Topishmoqlar og‘zaki ijodning ommaviy va maxsus janrlaridan biri. Ularning uslubi metafora (istiora), ko‘chim, kinoya, qochiriq yo‘li bilan so‘zlarni ko‘chma ma‘noda ishlatib, yashirilgan narsa, hodisalarning belgilariga ikkinchi bir narsa, hodisalarning belgilarini qiyoslash, imo-ishora qilishdan iboratdir. Topishmoqlarning shu xususiyati haqida qadimgi yunon filosofii Aristotelning: “Juda yaxshi metafora tuzish yo‘li”, deyishi bejiz emas. Topishmoqlarning qaysi davrda yaratilganligiga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, ularning til xususiyati turlicha ekanligiga guvoh bo‘lamiz. Biz ushbu maqolamizda ana shu holatni tahlil qilishga harakat qildik.

Source type: Conferences
Years of coverage from 2022
inLibrary
Google Scholar
91-95
108

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Erkinova, D. . (2025). TOPISHMOQLARNING TIL XUSUSIYATLARI HAMDA USLUBIY TAHLILI. Solution of Social Problems in Management and Economy, 4(1), 91–95. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/sspme/article/view/63876
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Ushbu maqolamizda o‘zbek xalq og‘zaki ijodi janrlaridan biri bo‘lgan topishmoqlarning til xususiyatlarini tahlil qilishga harakat qildik. Topishmoqlar og‘zaki ijodning ommaviy va maxsus janrlaridan biri. Ularning uslubi metafora (istiora), ko‘chim, kinoya, qochiriq yo‘li bilan so‘zlarni ko‘chma ma‘noda ishlatib, yashirilgan narsa, hodisalarning belgilariga ikkinchi bir narsa, hodisalarning belgilarini qiyoslash, imo-ishora qilishdan iboratdir. Topishmoqlarning shu xususiyati haqida qadimgi yunon filosofii Aristotelning: “Juda yaxshi metafora tuzish yo‘li”, deyishi bejiz emas. Topishmoqlarning qaysi davrda yaratilganligiga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, ularning til xususiyati turlicha ekanligiga guvoh bo‘lamiz. Biz ushbu maqolamizda ana shu holatni tahlil qilishga harakat qildik.


background image

SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN

MANAGEMENT AND ECONOMY

International scientific-online conference

91

TOPISHMOQLARNING TIL XUSUSIYATLARI HAMDA USLUBIY

TAHLILI

Erkinova Dildora Sharofiddin qizi

Sharof rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti magistranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.14729092

Annotatsiya

Ushbu maqolamizda o‘zbek xalq og‘zaki ijodi janrlaridan biri bo‘lgan

topishmoqlarning til xususiyatlarini tahlil qilishga harakat qildik. Topishmoqlar
og‘zaki ijodning ommaviy va maxsus janrlaridan biri. Ularning uslubi metafora
(istiora), ko‘chim, kinoya, qochiriq yo‘li bilan so‘zlarni ko‘chma ma‘noda ishlatib,
yashirilgan narsa, hodisalarning belgilariga ikkinchi bir narsa, hodisalarning
belgilarini qiyoslash, imo-ishora qilishdan iboratdir. Topishmoqlarning shu
xususiyati haqida qadimgi yunon filosofii Aristotelning: “Juda yaxshi metafora
tuzish yo‘li”, deyishi bejiz emas. Topishmoqlarning qaysi davrda yaratilganligiga
e’tibor qaratadigan bo‘lsak, ularning til xususiyati turlicha ekanligiga guvoh
bo‘lamiz. Biz ushbu maqolamizda ana shu holatni tahlil qilishga harakat qildik.

Kalit so‘zlar:

topishmoq, mifologiya, she’riy topishmoq, metafora, xalq

og‘zaki ijodi.

Topishmoq aytish qadimgi zamonlardan boshlab turli xalqlarning hayoti,

ijtimoiy shart-sharoitlari, dunyoqarashlari, urf-odatlari, mifologik tasavvurlari
bilan bog’liq bo’lgan. O‘zbek xalqi ham boshqa qardosh xalqlar kabi kuz va qish
kechalari g‘o‘za chuvish, charx yigirish, olacha to’qish kabi qo‘l mehnati bilan
bajariladigan turli-tuman ishlar davomida topishmoq aytishgan. Topishmoq
aytish qaysi bir xalqda bo’lmasin u aql-ziyraklik musobaqasi, ko‘ngil ochish,
o‘yin-kulgi vositasi. Topishmoq aytish, asosan, yoshlarning so‘z boyligini
oshirish, hayot va uning hodisalari haqidagi bilim-tushunchasi, idroki va
mulohazalarini kengaytirish uchun zarur tarbiya vositalaridan biri bo‘lgani
tufayli ular soddadan murakkabga, osondan qiyinga borish usulida yaratilgan.
Topishmoqlar orasida maktab yoshigacha bo‘lgan bolalar osonlik bilan topa
oladiganlari bo‘lgani kabi katta yoshdagi bolalar, hatto turmush tajribasi ko‘p
kishilarning ham boshini qotirib, o‘ylashga majbur qiladiganlari ham bor.
Masalan, “Otdan baland, itdan past”, “Qoziq ustida qor turmas” kabi e

gar, tuxum

haqidagi topishmoqlar xalq orasida keng tarqalganligidan topishmoq aytilib
bo‘linmay, eshituvchilar uning javobini topa oladi. Ammo “Uzundan uzoq,
havoga tuzoq”

(tutun)

kabi topishmoqlar ancha o‘ylantirib qo‘yadi. Topishmoqni

hamma – kattadan kichik aytadi, uni topishga ham ko’pchilik ishtirok etadi. Xalq


background image

SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN

MANAGEMENT AND ECONOMY

International scientific-online conference

92

orasida nisbatan ko‘p topishmoq biladigan kishilar topishmoqchi, jumboqchi
ham deb yuritiladi.

Topishmoqlarda savol tarzida aytiladigan fikrlar ma‘lum bir badiiy shaklga

tushgan bo‘ladi. Ular xuddi maqollar kabi ixcham, quyma, ta‘sirchan formada
yaratiladi. Badiiy tafakkur mevasi bo‘lgan topishmoqlarda fikr timsoliy yo‘l bilan
ifodalanadi, uning savol va javobini ichki mantiqiy qiyoslash boshqarib turadi.

Topishmoq aytuvchi qanoat hosil qilguncha shu tariqa savol-javob davom

etadi. Javob topa olmagan shaxsning deyarli barcha tana a’zolari “sotib olinadi”.
“Sotdim-oldim”da kishining ko‘zini – jin chiroqqa, burnini – hushtakka, boshini –
toshga, og‘zini – o‘raga va boshqa a’zolarini turli-tuman narsalarga o‘xshatib,
masxara qilinadi. Ko‘rinib turibdiki, topishmoq aytishish mehnat ahlining o‘ziga
xos ko‘ngil ochishi, xursandchilik qilishining bir yo‘lidir. Topishmoq aytish orqali
davrada ajoyib xushchaqchaqlik, ruhiy ko‘tarinkilik paydo bo‘ladi.
Topishmoqlarni yaxshi biladigan keksalarning guvohlik berishicha, topishmoq
aytish kechalari juda maroqli o‘tgan, ayniqsa yoshlarga tarbiyaviy-ta’limiy
jihatdan katta foyda yetkazgan.

Ayrim topishmoqlar maqollik xususiyatiga ham ega bo‘ladi. Masalan,

“Hammaga to‘n tikaman, o‘zim yalang‘och”

(igna)

topishmog‘i chuqur ijtimoiy

mazmuni bilan ajralib turadi. O‘zgalarning, to‘g‘rirog‘i, boy-amaldorlarning
foydasiga kechasi-yu kunduzi tinmay mehnat qilib, o‘zi quruq qolgan, och-
yalang‘och, muhtojlikda yashagan mehnatkashlar ommasining og‘ir, achinarli
ahvoli g‘oyat obrazli ifodalangan. Lekin igna va ish haqidagi boshqa bir
topishmoqni (“Kichkina xotin, lachagi uzun”) bunday deb bo‘lmaydi. Unda
ayollar mashg‘uloti ko‘zda tutilganligini payqash qiyin emas.

Topishmoqlarda hokim sinf tabaqasiga mansub kishilarning nomlari

ishlatilishi ham bejiz emas. Masalan, “Abdullaxon – beustixon”

(bit).

“Tokchama-

tokcha, Samatjon boyvachcha”

(sichqon).

“Hovuz yonida Sulton boyvachcha”

(qurbaqa).

Bunday topishmoqlarning umumiy mazmunida zaharxanda, piching

bor. Birinchi topishmoqda xalqning qonini so‘rib, zolimlikda nom chiqargan
Buxoro xoni Abdullaxonning nomi nafrat bilan tilga olinmoqda. Ikkinchisida
tekinxo‘rlik, zararkunandalik, tayyorga ayyor, ucharlik sichqon obrazi misolida
qaysi bir Samatjon degan qallobga tenglashtiriladi. Sulton boyvachcha esa,
odamlarni ishlatib, faqat o‘z jonining huzurini biladigan, o‘zini koyitmaydigan bir
amaldorga nisbat berilganligi aniq.

Topishmoqlarda topilayotgan narsaning belgisi bo‘rtib ko‘rsatiladi. Buning

sababi shundaki, topishmoqda o‘xshatilayotgan narsaning belgisi aynan o‘sha
narsada yanada aniqroq, yorqinroq namoyon bo‘ladi. Masalan, lampochkaning


background image

SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN

MANAGEMENT AND ECONOMY

International scientific-online conference

93

qorong‘ulikni qisman yoritishini kuchaytirib ko‘rsatish uchun uning yorug‘lik
kuchi kunduzning yorug‘ligiga qiyoslanadi: “Nur sochadi yulduzdek, tunni qilar
kunduzdek”. Chumolilaming mehnatkashligi, ulaming tartibli harakati,
darhaqiqat, kishilaming hayratiga sabab bo‘ladi. Biroq qumursqalar nihoyatda
mayda hasharot bo‘lganligi sababli ularning bunday faoliyati har doimo ham
ko‘zga tashlanavermaydi. Quyidagi topishmoqda bu narsaga urg‘u berish va
kishilar ko‘z o‘ngida haybatli tasvirni yaratish maqsadida ular karvonga
o‘xshatilayapti: “Qora-qora, qorakarvon, ertayu kech tashirdon”.

“Gul tagida olifta ashulachi” topishmog‘ida bulbulga sha’ma qilinmoqda.

Ma’lumki, bulbul o‘zining chiroyli sayrashi, go‘zalligi va gullarni sevishi bilan
boshqa qushlardan ajralib turadi. Qushning bu jihatlarini bo‘rttirib ko‘rsatish
uchun u rang-barang mato parchalaridan ko‘ylak kiyib, turlicha maqom va noz -
ishvalar bilan kuylaydigan olifta ashulachiga qiyoslanmoqda.

Ayrim topishmoqlaming qofiyalari topishmoqda yashiringan narsa nomiga

qofiya yoki omonim so‘z bo‘lishi mumkin:

Yedirib, yedirib, o‘zi

yer. (Yer)

U

yog‘i alang, bu yog‘i

alang,

O‘rtasidaola to‘palang. (Chang)[1.5-b].

Bunday topishmoqlaming tuzilishi, qo‘llangan qofiyalarning ohangdorligi,

ularning javobini topuvchining mushkulini biroz bo‘lsa-da osonlashtiradi.
Shuningdek, ayrim topishmoqlardagi qofiya topiladigan narsa nomi bilan aynan
qofiya bo‘lmasa-da, biroq ohangdosh bo‘lishi mumkin:

Cho‘pchagim

cho ‘pchak,

Oltin belanchak,

Yetli qizning onasi,

Haligacha kelinchak. (Qo‘g'irchoq)

Anora, minora,

O‘ng qo‘lga qo ‘nara. (Piyola)

Uxlab yotar kunduzi,

-

Shoinda oghilar te

'zi. (fitlduz)![2. 12-14-b.]

O‘zbek xalq topishmoqlarining ko‘pchilik qismini metaforik topishmoqlar

tashkil etishini aytib o’tdik. Topishmoqlaming so’roq mazmunidagi masala-
topishmoqlari ham mavjud bo‘lib unga misol tariqasida yuqorida keltirganimiz
g‘ozlar haqidagi topishmoq mansubdir. Bundan tashqaii o‘zbek xalq
topishmoqlari orasida topishmoq - maqol, topishmoq – o‘yin, topishmoq - tez
aytish, topishmoq – qo‘shiq, topishmoq - ertak kabi turlari bor.


background image

SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN

MANAGEMENT AND ECONOMY

International scientific-online conference

94

Topishmoqlar tuzilishi jihatidan ba’zan nasriy, ko‘pchilik hollarda she’riy

shaklda bo‘lib, ularda ma’lum bir musiqiylik, zarb, turoq, vazn, qofiya kabi
she’riyatning formal talablariga amal qilingan. Qofiya, vazn topishmoqning silliq,
ixcham, ohangdor, esda qoladigan bo‘lib tuzilishini ta’minlashga xizmat etadi.
Masalan: “To‘rt oyoqli, temir tuyoqli”

(ot).

Topishmoqlar bir savol-javobli (bir predmetli) bo‘lish bilan birga, ko‘p

savol-javobli (ko‘p predmetli) ham bo‘ladi. Bunday topishmoqlar ko‘pchilik
hollarda yaxlit she’riy parcha tarzida tuziladi:

Tog‘da talaymonni ko‘rdim,

Suvda sulaymonni ko‘rdim,

Tuzsiz pishgan oshni ko‘rdim,

YUmalab yotgan toshni ko‘rdim[3. 9-b].

(Bo‘ri, baliq, sumalak, toshbaqa.)

Ba’zan topishmoqlarning bir nechasi nazm ipiga tizilgandek bo‘ladi va

ularning javoblari ham shu tarzda bo‘lishi talab etiladi:

Qamish uchi qaltiroq, uni toping, dilbarim,

Igna uchi yiltiroq, uni toping, dilbarim,

Sassiq ko’lda it hurar, uni toping, dilbarim,

Taqir-tuqir taqravon, uni toping, dilbarim,

Ichidagi mehribon, uni toping, dilbarim

…[4.32-b]

Topishmoqlar fol’klorning boshqa janrlari bilan mahkam bog‘liq. Ular epik

asarlarda tez-tez uchrab turadi. Hatto maxsus topishmoqli ertaklar ham mavjud.
Bunda topishmoqlar epik asarlar uslubiga moslashadi. Asosan, doston va ertak
qahramonlari orasidagi dialoglarda ishlatiladi, ya’ni jumboqli savolga asarning
asosiy qahramonining javobi tarzida qo‘llaniladi. Bunday savol-javobli
topishmoqlar dostonlarda qahramonlarning aql-farosatini sinash, ma’lum
shartlarni bajarishda, qobiliyatini bilishda ishlatiladi. Bu xil savol-javobli
topishmoqlar “Oshiq Oydin”, “Oshiq Alvand”, “Xirmon dali”, “Yozi bilan Zebo”
dostonlarida, Maxtumquli va Durdi Qilich aytishuvlarida tez-tez uchrab turadi.
“Alpomish” dostonining Po‘lkan shoir aytgan variantida Barchinning jumbog‘iga
Alpomishning bergan chiroyli javobi mavjud.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, topishmoqlar ertaklarda ham qahramonlarning
aql-farosatini, serfahmligini, achchiq hayot tajribalarini boshdan kechirganligini
bilish maqsadida ishlatilgan. Bundan tashqari topishmoqlar yosh avlodni zukko,
topag‘on, aqlan yetuk bo‘lishlarini istab, turli davrlarda turrlicha mazmun-
mohiyatga ega bo‘lgan topishmoqlar yaratgan.


background image

SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN

MANAGEMENT AND ECONOMY

International scientific-online conference

95

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1.Robelen, E. (2011, December 7). STEAM: Experts make case for adding arts to
STEM. Education Week.
http://www.edweek.org/ew/articles/2011/12/01/13steam_ep.h31.html
2.Boltaboyeva U. “Nutq madaniyatining o`ziga xos xususiyatlari: mammo va
yechimlar” // Oriental Art and Culture.-2020.-No I(2).
3.Yo`ldosheva S. “Kitob mutolaasini shakillantirishda kutubxonachilik faoliyati”
// Oriental Art and Culture.-2019.-No IV (1).
4. Mamatov J.” Barkamol avlodni tarbiyalashda ertaklarning ahamiyati”
//International Engineering Journal For Research &Development.-2020.-T.5.-No
Conference.-4-4.

References

Robelen, E. (2011, December 7). STEAM: Experts make case for adding arts to STEM. Education Week. http://www.edweek.org/ew/articles/2011/12/01/13steam_ep.h31.html

Boltaboyeva U. “Nutq madaniyatining o`ziga xos xususiyatlari: mammo va yechimlar” // Oriental Art and Culture.-2020.-No I(2).

Yo`ldosheva S. “Kitob mutolaasini shakillantirishda kutubxonachilik faoliyati” // Oriental Art and Culture.-2019.-No IV (1).

Mamatov J.” Barkamol avlodni tarbiyalashda ertaklarning ahamiyati” //International Engineering Journal For Research &Development.-2020.-T.5.-No Conference.-4-4.