SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN
MANAGEMENT AND ECONOMY
International scientific-online conference
77
BIZNES MARKETINGINING ASOSIY TUSHUNCHASI VA UNING
AHAMIYATI.
Umirzoqov O‘rolbek
Toshkent davlat agrar universiteti Magistr 1-kurs talabasi
Zohirov Akbar
Toshkent davlat agrar universiteti Magistr 1-kurs talabasi
Kariyeva Gulnora
Toshkent davlat agrar universiteti dotsenti
https://doi.org/10.5281/zenodo.14873965
Annotatsiya.
Marketingning paydo bo‘lish tarixi uzoq o‘tmishga ega.
Ma’lumki, tovar va xizmatlarga bo‘lgan iste’molchilarning ehtiyojini, ularga haq
to‘lay olish qobiliyatlarini aniqlash zarurati, jahon iqtisodiy krizislari, tovarlarni
ortiqcha ishlab chiqarish, ularni omborlarda to‘planib qolishi kabi holatlar
marketingni shakllanishi va rivojlanishida asos bo‘lib xizmat qildi. Shunday qilib,
marketing iqtisodiy inqiroz kuchayotgan sharoitda, uni shu inqirozdan chiqarish
uchun kurash, xaridor talabini aniqlash va qondirishga, korxonalarning tovarlar
ishlab chiqarish, sotish faoliyatini tashkil etish va boshqarish tizimi sifatida
ixtiro etilgan.
Аннотация.
История возникновения маркетинга уходит в глубокое
прошлое. Известно, что необходимость определения потребностей
потребителей в товарах и услугах, их платежеспособности, а также
мировые экономические кризисы, перепроизводство товаров, их
накопление на складах стали основой для формирования и развития
маркетинга. Таким образом, маркетинг был разработан как система
борьбы с экономическим кризисом, выявления и удовлетворения
потребностей покупателей, а также организации и управления
деятельностью предприятий по производству и продаже товаров.
Annotation:
The history of marketing dates back to ancient times. It is
known that the need to identify consumer demand for goods and services, their
purchasing power, as well as global economic crises, overproduction of goods,
and the accumulation of goods in warehouses, served as the foundation for the
formation and development of marketing. Thus, marketing was created as a
system for combating the economic crisis, identifying and satisfying customer
demand, and organizing and managing the production and sales activities of
companies.
Kalit so’zlar
. Marketing, tovar, holding, trans milliy kompaniya, konsern,
raqobat, xaridor, maqsadli bozorlar.
SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN
MANAGEMENT AND ECONOMY
International scientific-online conference
78
Ключевые слова:
Маркетинг, товар, холдинг, транснациональная
компания, концерн, конкуренция, покупатель, целевые рынки.
Keywords:
Marketing, product, holding, transnational company,
conglomerate, competition, customer, target marke
XX asrning boshida – 1903-yil AQSHning Pitsburg, 1905-yil Penselvaniya,
1910-yil Viskon universitetlarida marketing fanidan ma’ruzalar o‘qiy boshlandi.
Amaliyotda ilk bor marketing bo‘limlari 1911-yilda «Kretis pablishing Ko»,
«Svift end Ko», «Yu.S. rabker Ko» kabi kompaniyalarning boshqaruv apparati
tarkibida tashkil etilgan. 1926- yilda AQSHda marketing va reklama
o‘qituvchilarning Milliy assotsiatsiyasi tuzildi. 1931-yilda Amerika marketing
jamiyati, 1937-yil esa Amerika Milliy assotsiatsiyasi tuzildi. 30–40-yillarda
ko‘pgina iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda milliy marketing assotsiatsiyalari
tashkil topdi. 50–60- yillarda Xalqaro marketing federatsiyasi, jamoatchilik
fikrlari va marketing bo‘yicha Yevropa jamiyati va Yevropa marketing
akademiyasi kabi Xalqaro marketing tashkilotlari tuzildi. XX asrning 80-yillari
ikkinchi yarmidan boshlab O‘zbekistonning iqtisodiy oliy o‘quv yurtlarida ham
marketing kusrlari o‘qitila boshlandi. 1986-yilda «Sovplastital» qo‘shma
korxonasida birinchi bo‘lib marketing bo‘limi tuzildi. Keyingi yillarda
Toshtekstilmash, Chkalov nomidagi aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi,
Toshselmash kabi yirik korxonalarda ham marketing bo‘limlari tuzildi. 90-
yillarga kelib, deyarli barcha korxonalar o‘zlarining marketing bo‘limlarini
tuzdilar. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim maskanlari, kollej, litseylarda «Marketing
asoslari» fani o‘qitila boshlandi. Marketing – tovar ayirboshlash yo‘li bilan
ehtiyoj va talablarni qondirishga yo‘naltirilgan inson faoliyatining turi,
bozordagi barcha qatnashchilarning o‘zaro manfaatlariga asoslangan
harakatlarini, talabini shakllantirish va qondirish uchun birlashtirishdir.
Marketing bu tovar harakatining barcha bosqichlarini o‘z ichiga oluvchi, talab,
taklif va bahoni o‘rganish, mahsulot ishlab chiqarish dasturini yaratish, sotish va
iste’mol qilish, iste’moldan keyingi turli xildagi servis xizmatlar ko‘rsatish va
iste’moldan chiqqandan keyin utilizatsiyalashni tashkil qilish kabi bozor
muammolarini yechishda yaxlit-tizimli yondashishdir. Marketing – biznes
falsafasidir. Bularning barchasi ayrim olingan soha va tarmoqlar biznes
marketingi uchun ham xosdir. Biznes – inglizcha «Business» so‘zidan olingan
bo‘lib, ish (faoliyat) ma’nosini anglatadi. Faqat ular o‘zgacha ko‘rinishda
namayon bo‘ladi va har bir biznes turining o‘ziga xos xususiyatlarini aks ettiradi.
Bu xususiyatlar yuridik va jismoniy shaxslarning o‘zligidan kelib chiqadi. Har bir
biznes turi boshqasidan o‘zining maqsadi, shakl-shamoyili, siyrati, ishlab
SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN
MANAGEMENT AND ECONOMY
International scientific-online conference
79
chiqargan mahsuloti bilan, xizmat turi esa o‘z ko‘rinishi, sifat, texnik-texnologik
ko‘rsatgichlari, iste’mol qiymati va hokazolar bilan bir-biridan farq qiladilar.
Masalan, ayrim mashhur siyosiy shaxslar o‘z oldilariga prezidentlik, senatorlik,
bosh hakam yoki hokimlik lavozimini egallash uchun kompaniyada qatnashar
ekanlar ularning asosiy vazifalari ko‘proq saylovchilar ovoziga ega bo‘lishdir.
Buning uchun ular (shaxsiy) marketing ishlab chiqqan usullardan foydalanib o‘z
dasturlarini tuzishlari lozim bo‘ladi. Unda saylovchilarning (iste’molchilarning)
xohish-irodalari, ehtiyojlarini aks ettirishlari va qalblariga yo‘l topish usullarini
qo‘llashlari lozim. Ular har bir saylovchi bilan uchrashuvda o‘z latofatlari, aql-
idrok, madaniyat, go‘zal xulq-atvorlar, shirin suxanlari kabi xislatlari bilan
ularda ishonch uyg‘ota olish yo‘llarini aniqlashda marketing tavsiyasidan
foydalanadilar. Xolding, Trans Milliy kompaniya, konsern kabi yirik biznesning
marketing organlari esa, o‘z tovar va xizmatlarini xaridorga barcha sifatlarini
to‘liq ko‘rsatishlari, ularda talabni shakllantirishlari va bozorni ishg‘ol qilish yo‘l-
yo‘riqlarini izlashlari lozim. Ular o‘zlarining texnik va texnologik jihatdan
raqobatchilardan ustunliklarini yaqqol ko‘rsata olishlari kerak. Biznes
marketing boshqaruvi har bir biznes turi bo‘yicha alohida-alohida tashkil etilishi
yoki uning bir necha turini umumlashtirgan, birlashma, uyushma, konsern,
korporatsiya, xolding kabilarga boshqarish apparati tarkibida ularga xizmat
qiluvchi boshqarma, bo‘lim, guruh yoki mustaqil xo‘jalik hisobidagi sof
marketing firmasi, korxonasi sifatida tashkil etilishi mumkin. Biznes marketing
guruhlari, bo‘lim va boshqarmalarining maqsadi ham ular a’zosi bo‘lgan jamoa
nuqtayi nazaridan, ularning manfaatlari yo‘lidagi boshqarishdir. Lekin, sof
marketing korxona, firmalarini faoliyatini amalga oshirish uch xil manfaatlarini
nazarda tutib amalga oshiriladigan faoliyatdir. Ular mustaqil, xo‘jalik hisobidagi
korxona bo‘limi bo‘lganliklari tufayli avvalo, o‘z faoliyatini yuritish, xo‘jalik
ko‘rsatkichlarini yaxshilash yo‘lida bajariladigan ishlar majmui bo‘lib, uning
natijasida yuqori foyda olishlari yoki o‘z faoliyatlarini yaxshi tashkil eta
olmasalar zarar ko‘rishlari mumkin. Ular iste’molchilarga xizmat qiladilar va
ularni manfaatlarini ko‘zlab ish yuritmoqlari lozim. Iste’molchi talabi uning har
bir xohishi, istagi marketing uchun qonun bo‘lmog‘i, bajarilmog‘i lozim. Aks
holda u o‘z mijozidan ajralib qoladi. Buning uchun marketologlar iste’molchilar
bilan doim aloqada bo‘lishi, ularning istaklarini doim o‘rganib borishlari va
shunga monand o‘z faoliyatlarini tashkil qilmog‘i va kerak bo‘lganda o‘zlarining
ish usul va uslubiyatlarini o‘zgartirib bormoqlari lozim. Sof marketing korxonasi
mahsulot yetkazib beruvchilarga, tovarlarni ishlab chiqaruvchilarga,
sotuvchilarga ham xizmat qiladilar. Demak, ularning manfaatlarini ham ko‘zlab
SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN
MANAGEMENT AND ECONOMY
International scientific-online conference
80
o‘zlarining ish faoliyatlarini tashkil etadilar. Buning uchun ular tovar ishlab
chiqaruvchilarning tovarlariga bo‘lgan ehtiyojni o‘rganadilar, bozorlar sig‘imi,
uning nishasi, imkoniyatlarini tahlil qiladilar, talab va taklif muvozanati, baho,
soliqlar tizimi kabi barcha bozor unsurlari haqida ma’lumot yig‘adilar, tovar
ishlab chiqaruvchilar bilan hamkorlikda xaridor g‘amini yeydilar. Tovarlarni
mukammallashtiradilar, ularni samarali yaxshi baholarga sotilishiga va xaridor
talabiga mos ravishda yetkazib berishga erishadilar. Reklama sohasidagi, sotish
oldidan va tovarlar sotilgach ko‘rsatiladigan xizmatlar ham tovar yetkazib
beruvchilar uchun marketingni tashkil etish faoliyati uning manfaatlariga
qaratilgan bo‘lmogi lozim. Buning uchun ular xizmat ko‘rsatilayotgan barcha
sohalarni texnika-texnologiyasi, tovar va xizmatlarini, xulq-atvorini, rivojlanish
tendensiyalarini, istiqbolini va hokazolarni yaxshi anglashlarini chuqur his
qilishlari lozim. Biznes marketing faoliyat ko‘rsatayotgan sohalarga tadbirkorlik
sohalari (sanoat, qishloq xo‘jaligi, savdo, bank va hokazolar), iste’molchilar
(yuridik va jismoniy shaxslar), tovarlarning barcha turlari, bozor turlari,
(moliyaviy, tovar, mehnat resurslari), bozor faoliyati sohasi (ichki va tashqi) va
hokazolar kiradi. Biznes marketing barcha soha va tarmoqlar uchun umumiy va
har biri uchun o‘ziga xos siyosat yuritadi. Uning tovar siyosati muhim
ahamiyatga ega. Har tomonlama o‘ylab yuritilgan tovar siyosati resurslardan
samarali foydalanish imkonini beradi. Tovar siyosati har bir xizmat turi ishlab
chiqarilgan mahsulotning aniq iste’molchilar guruhiga mo‘ljallangan bo‘lishini
ta’minlaydi. Ya’ni, har qanday tovar aniq iste’mol manziliga ega bo‘lishi kerak.
Bizning ichki bozorimiz, unga chiqarilgan tovar assortimentining, amalda
mavjud bo‘lmagan «o‘rtacha» deb ataluvchi iste’molchiga mo‘ljallanganidan juda
ham ko‘p yutqazgan edi. Chunki xaridor qiziqishi va didiga qarab
taqsimlanmagan tovarlar tanlash imkonini bermaydi. Marketingli yondashuv
bunday vaziyatlar yuz berishidan mustasnodir. Biznes marketing tizimida sotish
siyosati bu – tovar harakatini davriy tashkil etish jarayonidir. U tovar
massasining ishlab chiqaruvchidan to iste’molchigacha bo‘lgan harakatining har
bir bosqichida qabul qilinadigan qarorlarga ta’sir qilishning aniq tahlilini talab
qiladi. Bu holda sotish deganda ishlab chiqarish bilan xaridor hamda vositachi
orasidagi barcha aloqalar tushuniladi. U ulgurji va chakana savdoni, tashish va
saqlashni o‘z ichiga oladi. Sotishni rag‘batlantirish biznes marketingning muhim
vazifalaridan biri bo‘lib, har bir soha va tarmoqda o‘ziga xosligi bilan ajralib
turadi. U ishlab chiqarilgan tovarni rejalashtirilgan sotish darajasini
ta’minlashga imkon beradi. Bu ishlab chiqarish xarajatlarini qoplash va foyda
olish demakdir. Sotishni rag‘batlantirish o‘z obyekti va subyektining
SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN
MANAGEMENT AND ECONOMY
International scientific-online conference
81
xususiyatiga ko‘ra quyidagi faol shakllari mavjud: ko‘rgazma-savdo,
yarmarkalar, xususiy (individual) savdo agentlari xizmatidan foydalanish, arzon
baholar va hokazo. Biznes marketingda baho tizimi yordamida taklif va talab
o‘rtasidagi nisbatlar tartibga solinadi. Bu masala hozirgi kunda bizning
korxonalar uchun murakkab va muhim muammolardan biridir. Biznes
marketingining o‘ziga xos tamoyillari mavjud bo‘lib, ular biznes turlariga xos va
mos ravishda amal qiladilar. Ular quyidagilar: – har bir tarmoq, soha, korxona
faoliyatining yuqori pirovard natijalariga, yuqori foyda va rentabelligiga
erishish, uni ta’minlash; – tovar va xizmatlarni kerakli joyda, vaqtda, sifat va
miqdorda bo‘lishiga erishish, samarali sotish; – har bir biznes turi
xususiyatlarini o‘z faoliyatida e’tiborga olish va aks ettirish; – maqsadli
yo‘nalishga ega bo‘lgan biznes strategiyasi asosida tovar va xizmatlarni yaratish,
ularni sotishning uzoq muddatli dasturlarini ishlab chiqish va uni bajarilishini
ta’minlash; – bozorga chiqish va moslashish strategiyasi va taktikasini biznesni
barcha manfaatdor tomonlar bilan birgalikda qo‘llash; – biznes marketing
strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirishda barcha yangiliklar, ilg‘or fan
va texnika yutuqlarini o‘zida aks ettirish; – maqsadlidasturiy usul va qo‘yilgan
maqsadga, vazifalarga erishishning har tomonlama kompleks yondashuvda,
biznes umumiyligi bilan qo‘shib olib borish. Biznes marketingi tadbirlarini
amalga oshirishda quyidagi beshta konsepsiya mavjud: ishlab chiqarishni
takomillashtirish,
tovarni
takomillashtirish,
tijorat
faoliyatini
intensifikatsiyalash, marketing, ijtimoiy-ahloqiy marketing konsepsiyalari.
Ishlab chiqarishni takomillashtirish shundan iboratki, xaridor miqdori va bahosi
bo‘yicha maqbulroq mahsulot olishni ma’qul ko‘radi va menejment mahsulotni
yaxshilash va tarqatishni diqqat markazida tutishi lozim. Bu sotuvchilarni
qanoatlantiradigan eng eski, falsafiy konsepsiyalardan bo‘lib, moddiy ne’matlar
ishlab chiqaruvchi biznesiga xosdir. Tovarni takomillashtirish konsepsiyasi.
Mahsulotni sotuvchi va xaridorlarga taqdim etishda muhim ahamiyati bo‘lgan
boshqa bir konsepsiya shundan iboratki, xaridor sifatliroq, yangiliklar va
foydalik qo‘shimchalarga ega mukammal tovarni ma’qul ko‘radi. Shu bois har bir
korxona o‘z tovariga o‘zgartirish va yangiliklar kiritish uchun ko‘p kuch sarflashi
kerak. Tijorat faoliyatini intensifikatsiyalash konsepsiyasi. Ko‘p korxonalar
sotish katta hajmda bo‘lmagunicha xaridor keraklicha mahsulotini sotib
olmasligidan iborat bo‘lgan sotish konsepsiyasiga amal qiladilar. Bu konsepsiya
ommaviy sotilishi kutilmaydigan mahsulotlarga oid bo‘lib, masalan,
ensiklopediyalar, dafn uchun joylar va hokazolarda qo‘l keladi. Bu biznes
mahsulotlarining istiqbolini yaxshi bilish va ularni foydali sotishga xizmat qiladi.
SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN
MANAGEMENT AND ECONOMY
International scientific-online conference
82
Marketing konsepsiyasi shundan iboratki, tovar bozorini egallash maqsadlariga
erishish, maqsadli bozorlarning ehtiyojlari va istaklarini aniqlash va ularni
raqobatchilardan ko‘ra samarali qondirishga intilmog‘i lozim. Shunisi qiziqki, bu
konsepsiya biznesning nisbatan yangi falsafasidir. Ijtimoiy-axloqiy marketing
konsepsiyasi. Marketing menejmentining vazifalari – maqsadli bozorlar uchun
taklif yaratishdir. Shunga qaramay, marketing menejerlari uni faqat bozor
maqsadlari yo‘lidagina jamlab qolmaydilar. Ularning muvaffaqiyati barcha
biznes muhitiga (yetkazib beruvchilar, vositachilar, xardorlar, raqobatchilar va
jamiyatning harakatlariga) ham bog‘liq. Shuningdek, marketingning sotsiologik
konsepsiyasi ham mavjud bo‘lib, u shundan iboratki, tashkilot maqsadli
bozorlarining ehtiyojlari, istaklari va qiziqishlarini aniqlashi kerak. U xarid va
ijtimoiy holatini yaxshilash yo‘li bilan ehtiyojlarni raqobatchilardan ko‘ra
samarali qondira olishi lozim. Bu konsepsiya har bir biznesni umum jamiyat,
umum bashariyat nuqtayi nazaridan faoliyat yuritishini nazarda tutadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Abulqosimov X.P. Кorxonaning xalqaro marketing faoliyati. –
2.
Alimov R., Jalolov J., Xotamov I., Akramov T. Marketingni boshqarish. – T.:
Adolat,
3.
Axmedov I.A. va boshq. Кorxona tashqi iiqtisodiy faoliyati va marketing.
o‘q.qo‘l. –T. 4
4.
.Bekmuradov
A.Sh.
va
boshqalar.
O‘zbekiston
iqtisodiyotini
liberallashtirish yillarida 1-2-3-4-5 kismlar. –T.
5.
.Bekmuradov A.Sh. va boshq. «Tashqi iqtisodiy siyosat: savdo va
investitsiyalar oqimlari». 6
6.
.Bekmuradov A.Sh. va boshq. «Makroiqtisodiy siyosat va iqtisodiy
islohotlar». –T.: TDIU, 2005 y., 60-b.
7.
.Bekmuradov A.Sh. va boshq. «Moliya va bank tizimidagi islohotlar
samarasi. -T.
8.
8.Boltaboev M.R. To‘qimachilik sanoatida marketing strategiyasi.
Monografiya.