SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN
MANAGEMENT AND ECONOMY
International scientific-online conference
124
ESHITISHIDA NUQSONI BO‘LGAN BOLALARNI BOLALARNI
MAKTAB TA’LIMIGA TAYYORLASH BO‘YICHA BO‘YICHA METODIK
TAVSIYALAR
Muhammadjonova Dilafruz Farhodjon qizi
Qo‘qon DPI Maxsus pedagogika kafedrasi o‘qituvchisi
E-mail: muhammadjonovadilafruz01@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.14898000
Annotatsiya:
Ushbu
maqolada
maxsus
maktabgacha
tarbiya
muassalaridagi ish tizimi, eshitishida nuqsoni bo’lgan bolalarni maktab ta’limiga
tayyorlov masalalari, usullari va vositalari yoritib berilgan. Bundan tashqari kar
va zaif eshituvchi bolalar bog’chalarida ta’lim berish dasturining o’ziga xosligi,
bolalar nutqini o‘stirish bo‘yicha korreksion faoliyat yo’nalishlari, metodik
tavsiyalar keltirilgan.
Kalit so’zlar:
Eshitishida nuqsoni bo’lgan bola, maktab ta’limi,
maktabgacha ta’lim muassasalari, nutq, imo-ishorali nutq, daktilologiya, nutq
o’stirish.
Maxsus maktabgacha tarbiya muassasalar bolalarni kamol toptirish,
maktab ta’limiga tayyorlash, ularda mavjud bo‘lgan kamchiliklarni korreksiya va
kompensatsiyalash vazifalarini amalga oshiradi. Ushbu vazifalarni amalga
oshirish uchun kar bolalarning so‘li nutqini fikrlash va muloqot qilish vositasi
sifatida shakllantirish va rivojlantirish kerak. Shunday qilib, kar bolalarning
nutkiy va umumiy rivojlanish jarayonlari uzviy bog‘likdir, zero bolaning umumiy
kamol topishi zaminida ularning nutqiy rivojlanishi amalga oshiriladi. O‘z
navbatida rivojlangan so‘zlashuv nutq, bolaning umumiy chegaralanib qolishi
mumkin. Masalan, rasm chizish, qurish-yasash, applikatsiya mashrulotlarida
nutq o‘stirishga me’yordan ortiq e’tibor berish oqibatida aynan tasviriy faolyat
bilan shugullanishga vaqt yetmasligi mumkin. Ta’limning 1-2-
yillarida turli
faoliyatlarni tashkil etish jarayonida bolalar o‘rtasida to‘laqonli nutqiy muloqot
o‘rnatilmasligi, ya’ni rasm chizish, loy va plastilin bilan ishlash mashg‘ulotlarida
ular «dumalat, «yelimla» «yopishtir, «qirqib ol», «kvadrat» kabi so‘zlarni
tushunsa ham ulardan foydalana olmasligi mumkin. Turli faoliyat jarayonida
bolalar «ber», «ushla, «ol» kabi so‘zlar yordamida o‘zaro muloqotda bo‘la
oladilar. To‘gri va samarali tashkil etilgan turli xil faoliyatlar bolalar tafakkuri va
nutqining shakllanishini ta’minlaydi. Bolalar faoliyatining rivojlanishi bilan
ularning bilishga doir qiziqishlari va muloqotda bo‘lish ishtiyoqi o‘sib boradi va
nutqning o‘sishiga yordam beradi. Turli faoliyatlar jarayonida o‘zlashtirilgan so‘z
va iboralar bevosita lug‘atni kengayishiga, gramatik jihatdan shakllanishiga
xizmat qiladi. Bevosita jonli muloqotda qo‘llaniladigan nutq, maxsus
SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN
MANAGEMENT AND ECONOMY
International scientific-online conference
125
mashgulotlarda o‘zlashtirilgan nutqqa nisbatan puxtarok o‘zlashtiriladi.
(B.D.Korsunskaya).
Maktabgacha yeshidagi kar bolalar ta’limida ogzaki, yozma, daktil nutq
turlaridan foydalaniladi.
Ta’limning dastlabki bosqichlarida, og‘zaki nutq endigina shakllanib
kelayotgan davrda bolalar imo- ishorali muloqotga to‘liq o‘tib ketishi havfi
tugiladi. Imo-ishorali nutq bolalarning muloqotda bo‘lish ehtiyojini qondirgani
uchun, so‘zlashuv nutqining o‘sishiga to‘sqinlik qiladi, ularda yangi so‘zlarni
o‘zlashtirish, lugatni boyitish ishtiyoq so‘nib boradi. Daktil nutqning qo‘llanishi
bu ziddiyatlarga barham beradi. B.D.Korsunskaya, L.P.Noskova, L.A.Golovchislar
tomonidan daktil nutq yordamidagi muloqotni o‘rganish yuzasidan olib borilgan
tadqiqotlar, maxsus bolalar bog‘chasiga kelgan kar bolalar yil davomida 150-200
ta so‘zni o‘zlashtirib, ta’limning ikkinchi yilida bu lugat ularning nutqida faol
ishlatila olishini ko‘rsatdi. Yilning ohiriga kelib bolalar bir-ikki takrorlashdan
so‘ng so‘zlarni eslab koladi.
So‘zlashuv nutqdan o‘zaro muloqotda foydalanish imkoniyati mavjud
bo‘lgan vaziyatlarda ularning nutqqa bo‘lgan qiziqishi ortadi, bolalar buyummlar
va harakatlar qanday atalishini so‘rab olishga va o‘z xohish istaklarinini so‘zlar
yordamida bayon etishga intiladi.
Maxsus kar bolalar bog‘chasida ta’lim berish dasturining barcha
bo‘limlarida, mashgulotlarda o‘zlashtirilishi lozim bo‘lgan muayyan bilim va
malakalar bilan birgalikda, turli faoliyat jarayonida egallaniladigan lugat boyligi,
so‘zlar, so‘z birikmalari, matnlar belgilanadi. Nutqiy material bolalarning turli
faoliyati jarayonida ularning muloqotda bo‘lish ehtiyoji hisobga olingan holda
belgilanadi. Ya’ni, dasturda kun davomida, jismoniy tarbiya, rasm, loy va plastilin
bilan ishlash, applikatsiya, qurish-yasash, mehnat, musiqa, tevarak-atrof bilan
tanishtirish, elementar matematik tasavvurlarni shakllantirish, mashg‘ulotlarida
qo‘llanadigan nutqiy material berilgan. Shuningdek, dasturda nutq o‘stirish
mashg‘ulotlari bo‘yicha maxsus nutqiy material belgilangan.
Shunday qilib, bolalar nutqini o‘stirish bo‘yicha korreksion faoliyat ikki
yo‘nalishishda olib boriladi:
1. Turli faoliyatlar jarayonida bolalar nutqini o‘stiriladi.
2. Maxsus nutq o‘stirish mashg‘ulotlari tashkil etiladi.Shunday qilib, kar
bolalar nutqini o‘strish ishlari kun davomidagi barcha faoliyatlar jarayonida
uyushtirilgan muloqotda hamda maxsus nutq o‘stirish mashg‘ulotlarida olib
boriladi. Kar bolalar nutqining rivojlanish saviyasiga ko‘ra bu yunalishlarning
ahamiyati va miqdori o‘zgarib boradi. Nutq o‘stirish ishini tashkil etish paytida
SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN
MANAGEMENT AND ECONOMY
International scientific-online conference
126
so‘zli nuqning turli shakllaridan foydalaniladi. Kichik va o‘rta maktabgacha
yoshdagi kar bolalarga ta’lim berish jarayonida ogaki nutq va yozma nutq
yozuvli kartochkalardan global ravishda, ya’ni yaxlit qabul qilish uchung taqdim
etiladi. Katta guruh bolalari analitik (harflarni tanigan holda) o‘qiydilar.
Shuningdek, bolalarni o‘qitishda daktil nutqdan foydalaniladi. Daktil nutq
kichik guruh bolalari bilan global ravishda hamda analitik o‘qishga o‘rgatish va
so‘zlashuv nutqni ustirish jarayonlarda qo‘llaniladi. Ogzaki, yozma, daktil
nutqlarning ta’lim berish hamda o‘zaro muloqotdagi o‘rni, nisbiy mikdori
dasturning mazmuni va maqsadiga ko‘ra o‘zgarib boradi. Kar bolalarning
ta’limida daktil nugqning ishlatilishi dastur va metodikaning asosi bo‘lgan
quyidagi tamoyillar bilan belgilanadi:
1)Kar bolalar ta’limining mazmunini eshituvchi bolalarga ta’lim berish
dasturi mazmuniga imkoniyat boricha yaqinlashtirish;
2)Nutqni nafaqat mashg‘ulotlar jarayonida, balki muloqot chogida ham
o‘stirish.
Daktilologiya yunoncha daktilos - barmoq, logos - nutq so‘zlaridan kelib
chiqadi. Daktilologiya barmoqlar vositasida tasvirlangan alifbo bo‘lib, kar va zaif
eshituvchilarning o‘zaro muloqotida qo‘llaniladi. Daktil nutq- yozma va ogzaki
nutqqa yaqin bo‘lgan so‘zli nutq shakli hisoblanadi.
Daktil nutqning ogzaki va yozma nutq oldidiagi afzalliklari nimada? Kar
bolalarga ta’lim berishda, ularning nutqini shakllantirishda daktil nutqning o‘rni
qanday ekan?
B.D.Korsunskayaning metodikasida daktil nutq 3-4 yoshdan boshlab
faqatgina idrok etish ob’ekti bo‘lib qolmasdan, nutqni ifodalash vositasi sifatida
xizmat qilish mumkinligi ko‘rsatiladi. Bunda bolalarning talaffuzi
shakllanmaganiga qaramay, barcha so‘zlarni idrok etish hamda daktil orqali
ifodalash imkoniyati tug‘iladi. Shuningdek, nutqni shakllantirish jarayonida
bolalarning talaffuz imkoniyatlaridan emas, ularning muloqoti va bilishga doir
faoliyatini rivojlantirish ehtiyojidan kelib chiqib nutqiy materialni tanlash
mumkin bo‘ladi. Natijada lug‘at zahirasini kengaytirish yengilroq va tezroq
kechadi. Kar bolalar tomonidan ertaroq va faol ravishda o‘zaro, hamda daktil
alifboni bilgan eshituvchi kishilar bilan muloqotida so‘zli nutqdan foydalanish
imkoni paydo bo‘ladi. Bunda nutqni egallash jarayoni asosli bo‘lib, ularning
ehtiyojlari bilan boglanadi. Hozirgi kungacha surdopedagoglar daktil nutq qaysi
nutqqa imo-ishorali, yozma, yoki og‘zakiga yaqinligi to‘rrisida bahslar
yuritilmoqda. Aksariyat olimlar daktil nutqni yozma nutq turi deb hisoblaydi.
I.A.Sokolyanskiy ilk bor shakl va funksiya jihatdan daktil nutq ogzaki nutqqa
SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN
MANAGEMENT AND ECONOMY
International scientific-online conference
127
yaqin ekanligini tasdiqlaydi. Daktil nutq bevosita muloqot qilish jarayonida
bemalol ishlatilishi mumkin. Vaziyatga ko‘ra yuzning mimikasi, ifodali
harakatlarning o‘zgarishi daktil nutqni og‘zaki nutqqa yaqinlashtiradi. Shu bilan
birga, daktil nutq orzaki nutqsan farqli ularoq ko‘zga yaqqol tashlanadi va yaxshi
farqlanadi. Ma’lumki, orzaki nutqning KD,G,E,H,X,S,3,T,B,P,D,T. kabi tovushlar
talaffuzini ko‘rib turib farqlash qiyin bo‘ladi. Daktil harflarni esa ko‘rib
o‘zlashtirish va farqlash mumkin. Daktil belgilar aniq va dona-dona qabul
qilinadi va bolalar tomonidan bemalol ifodalanadi. Daktil nutqning ahamiyati
shundaki, u 2.5-3 yoshdan boshlab bolalar tomonidan idrok etilayotgan nutqni
tahlil qilish, til birliklarini o‘zlashtirilishini ta’minlaydi. Bunday holat yozma
nutqqa ham taalluqlidir. Biroq daktil harflar, yozma harflardan farqli ravishda
bolalar tomonidan taqlid asosida aniq tasvirlanishi mumkin. Agarda bolalar
atrofdagi kishilar u bilan va o‘zaro muloqotda daktil nutqdan foydalansa, kar
bolalarning nutqi tuzilishi jihatdan eshituvchi bolalar nutqi kabi rivojlanadi.
Faqatgina ogzaki yoki yozma nutq asosida nutqni to‘liq o‘zlashtirish imkoni
bo‘lmaydi.
Daktil nutq maktabgacha yoshidagi bolalarning har xil faoliyatlarini tashkil
etilishi bilan uygunlikda rivojlanib borishi uning afzalliklarini belgilaydi. Ya’ni,
yozuvli kartochka yoki qo‘lga qarab o‘qishni taklif etib, bolalarga yangi so‘zlarni
tez va oson o‘rgatish mumkin bo‘ladi. Shunday qilib, imo-ishorali nutqdan
keragidan ortiq foydalanishning oldi olinadi, so‘zli nutqning rivojlanishi
jadallashtiriladi. Demak, daktil nutqdan foydalangan holda kar bolalar
tomonidan ilk davridanoq bevosita muloqotda qo‘llash imkoni yaratilishi,
ularning ta’limida daktil nutqni ishlatish zaruratini belgilaydi.
Ko‘p yillar davomida daktil nutq idrok etish jihatdan osonligi va tushunarliligi
uchun labdan o‘qish malakasini rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi deb hisoblanardi.
B.D.Korsunskaya, S.A.Zikov, F.F.Rau tomonidan o‘tkazilgan ilmiy-pedagogik
tadqiqotlar ,ogzaki va daktil nutqqa to‘rri o‘rgatib borilsa, daktil nutq labdan
o‘qishga to‘sqinlik qilmasdan, aksincha bu malakalarning tez rivojlanishiga
yordam berishini ko‘rsatdi. Chunki labdan nutqni tez o‘qib olishi uchun bolaning
umumiy rivojlanishi yetarli darajada bo‘lishi va so‘zlarni to‘liq bilishi zarur.
Metodikaga muvofiq daktil nutqdan foydalangan holda, tovush va harflar tarkibi
tanish bo‘lgan so‘zlarni labdan o‘qishga o‘rgatiladi. Shuningdek, daktil nutq
tovushlar talaffuzining sifatiga ham ijobiy ta’sir etishi ma’lum. Daktil nutqning
qo‘llanilishi, tovushlar talaffuzini puhta o‘rgatish, mustahkamlash va farqlash
imkonini beradi va hali yaxshi yo‘lga qo‘yilmagan tovushni qo‘llashdan halos
SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN
MANAGEMENT AND ECONOMY
International scientific-online conference
128
etadi. Chunki noto‘gri talaffuzning mustahkamlanishi nutqning noaniq bo‘lishiga
olib keladi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:
1.
Prof.Dr.Zulfiya Mamarajabova Pedagogical factors of the development
of speech in children with hearing impairment in the process of literary
education// Academicia: An International Multidisciplinary Research Journal
ISSN: 2249-7137 Vol. 11, Issue 4, April 2021 Impact Factor: SJIF 2021 =
7.492.-1917-1922
2.
Muhammadjonova, Dilafruz. "Eshitishida nuqsoni bo'lgan bolalardning
sezgi va idrok xususiyatlarning o'ziga xosligi." Science promotion (2023).
3.
Muhammadjonova, Dilafruz. "ISSUES OF EFFECTIVE ORGANIZATION OF
TEACHING WEAK HEARING CHILDREN TO WRITE." Science promotion (2023).
4.
Muhammadjonova, Dilafruz. "SPEECH DEVELOPMENT OF DEAF
CHILDREN." GALAXY INTERNATIONAL INTERDISCIPLINARY RESEARCH
JOURNAL (GIIRJ) (2023).
5.
Farkhodjanovna, Muhammadjonova Dilafruz. "INTERACTIVE METHODS
FOR THE DEVELOPMENT OF EDUCATION OF CHILDREN WITH SPECIAL
NEEDS." Ethiopian International Journal of Multidisciplinary Research 11.11
(2024): 175-181.
6.
Dilafruz, Muhammadjonova. "SPEECH PREPARATION OF PRESCHOOL
CHILDREN WITH HEARING DEFECTS FOR SCHOOL-AS A PEDAGOGICAL AND
PSYCHOLOGICAL PROBLEM." International Journal of Pedagogics 4.11 (2024):
87-89.
7.
Мухаммаджонова, Дилафруз. "ПРОВЕРКА ГОТОВНОСТИ ДЕТЕЙ К
ШКОЛЬНОМУ ОБРАЗОВАНИЮ." Multidisciplinary Journal of Science and
Technology 5.2 (2025): 97-100.