SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN
MANAGEMENT AND ECONOMY
International scientific-online conference
99
VOYAGA YETMAGANLAR HUQUQBUZARLIGIGA QARSHI
KURASHISHNING HUQUQIY ASOSLARI
N.I.Qayimova
Namangan viloyati IIB jamoat xavfsizligi xizmati huquqbuzarliklar profilaktikasi
boshqarmasi boshlig‘ining xotin qizlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari
https://doi.org/10.5281/zenodo.15087818
Respublikamizda aholi tinchligi va osoyishtaligini ta’minlash, ularning
huquq va erkinliklarini turli tajovuzlardan himoya qilish, bu borada jinoyat sodir
etishga moyil yoki boshqacha qilib aytganda, ijtimoiy profilaktika obyekti
sifatida jinoyatchilik sodir etish ehtimoli yuqori bo‘lgan voyaga yetmaganlar
bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish, yuqori samaradorlikka erishish
maqsadida vakolatli organlar bilan tegishli chora tadbirlarni amalga oshirish
davlat boshqaruv organlarining diqqat markazida bo‘lib turganligini
kuzatishimiz mumkin.
Hozirgi vaqtda voyaga yetmaganlar jinoyatchiligiga qarshi kurashish
faoliyati va uning profilkatikasiga oid chora-tadbirlar davlat ichki siyosatining
ajralmas bir bo‘g‘ini hisoblanadi. Voyaga yetmaganlar jinoyatchiligiga qarshi
kurashish va uning profilaktikasini tashkil etish, davlat organlari, fuqarolarning
o‘zini o‘zi boshqarish organlari hamda jamoat birlashmalari, shuningdek
korxona, muassasa, tashkilotlar tomonidan siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy
va boshqa profilaktik chora-tadbirlarni o‘tkazish orqali amalga oshiriladi.
O‘zbekistonda voyaga yetmaganlar huquqbuzarligi va jinoyatchiligiga
qarshi kurashish bo‘yicha shakllangan milliy qonunchilik tizimi, jinoyatlarni o‘z
vaqtida aniqlash va bartaraf etishga qaratilgan.
Ayniqsa, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi
kurashishda «Xavfsiz shahar», «Xavfsiz turizm», «Xavfsiz mahalla», «Xavfsiz
xonadon» kabi yangi tizimlarning joriy etilganligi, sutkalik patrul xizmatlarining
yo‘lga qo‘yilganligi, shuningdek, «Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni»ning
joriy etilganligi hamda tizimda zamonaviy transport va aloqa vositalariga hamda
texnik ta’minotga bo‘lgan ehtiyojning yaxshilanishi, aholi gavjum va jamoat
joylarida videokuzatuv moslamalarining o‘rnatilishi jinoyatchilikning oldi
olinishida o‘zining ijobiy natijalarini ko‘rsatmoqda.
Bundan tashqari, voyaga yetmaganlar jinoyatchiligini oldini olish va unga
qarshi kurashish bo‘yicha chora-tadbirlari huquqiy normalar asosida
mustahkamlanishining eng yuqori bo‘g‘ini O‘zbekiston Respublikasining Oliy
Majlisi va Prezidenti tomonidan qabul qilinadigan normativ huquqiy xujjatlarda
aks ettirilibgina qolmay, ushbu siyosatni joylarda ijro etuvchi va amalga
oshiruvchi bolalar masalalari bo‘yicha komissiyalar, prokuratura, ichki ishlar
SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN
MANAGEMENT AND ECONOMY
International scientific-online conference
100
organlari, vasiylik va homiylik, adliya, davlat xafvsizlik xizmati, fuqarolarni
o‘zini-o‘zi boshqarish organlari, ta’lim muassasalari, sog‘liqni saqlash
muassasalari, mehnat va boshqa organlar esa bu sohadagi davlat siyosatini
bevosita hamkorlik asosida amaliyotda tatbiq etmoqdalar.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Sud-huquq tizimini yanada isloh
qilish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini
kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmoni bu sohadagi islohotlarning
yangi bosqichini boshlab berdi. Mazkur Farmonga ilova sifatida ishlab chiqilgan
Kompleks chora-tadbirlar dasturida voyaga yetmaganlar uchun nazarda tutilgan
jinoiy jazolarni liberallashtirish bo‘yicha vazifalar belgilangan.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 22-yanvar
kunidagi “2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va
huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada
oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-1-son Qarorida bugungi
kunda mahallalarda xavfsiz muhitni yaratishning tashkiliy-profilaktik asoslarini
zamon talablariga moslashtirish, sodir etilgan qonunbuzilishlarning asl
omillarini o‘z vaqtida aniqlash va kompleks chora-tadbirlar bilan manzilli
bartaraf etish orqali jinoyatchilikning barvaqt oldini olish tizimining
samaradorligini yanada oshirish dolzarb vazifa sifatida namoyon bo‘layotganligi
ta’kidlangan.
Mamlakatimizning siyosiy, ijtimoiy va ma’naviy sohalarida yuz berayotgan
o‘zgarishlarning salbiy oqibatlari yoshlar orasida jinoyatchilikning keskin
ko‘payishini, uning uyushgan, qurollangan, shafqatsiz bo‘lishini, yoshlarning
umumiy jinoyatlari orasida mast va narkotik moddalar ta’sirida sodir etilgan
jinoyatlar ulushining ko‘payishini, jinoyatlar ishtirokchilari orasida ish va o‘qish
bilan band bo‘lmaganlar hissasining ko‘payishini keltirib chiqardi. Bu esa
yoshlar orasida, jamiyatda yuz berayotgan jarayonlarni va ularning jinoyatchilik
holatiga ta’sirini o‘rganishni hamda qonunchilik tizimida voyaga yetmaganlarga
nisbatan jazo tizimini yanada liberallashtirishni talab qilmoqda.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 22-yanvardagi “2025-
yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning
barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-
tadbirlar to‘g‘risida” PQ-1 son qarori // Elektron manba: https://lex.uz.
2.
O'zbekiston Respublikasi VMning 2020-yil 10-iyundagi “O‘zbekiston
Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi huzurida “Mahalla va
oila” ilmiy-tadqiqot instituti faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi 367-qaror.
SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN
MANAGEMENT AND ECONOMY
International scientific-online conference
101
3.
Aliqulovich T. A., Atxam o’g’li M. X. Profilaktika inspektorining ommaviy
tadbirlarni o'tkazish jarayonidagi ishtirokining oziga xos xususiyatlari
//O'zbekistonda fanlararo innovatsiyalar va ilmiy tadqiqotlar jurnali. – 2023. –
Т. 2. – №. 24. – С. 230-235.
4.
Mirsalixova G., Shodiyev S. Voyaga yetmaganlar jinoyatchiligining o‘ziga
xos xususiyatlari //Development and innovations in science. – 2024. – Т. 3. – №.
1. – С. 160-168.