SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN
MANAGEMENT AND ECONOMY
International scientific-online conference
13
MARKAZIY OSIYO DAVLATLARI HAMKORLIK KO’RINISHLARI
TUSHUNCHASI, MAZMUN MOHIYATI
Burxonova Bibixon
Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy Universiteti
Ijtimoiy fanlar fakulteti Siyosatshunoslik yo’nalishi
4 – kurs talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15167614
Kalit so’zlar:
makroiqtisodiyot, diversifikatsiya, savdo – logistika,
kooperatsiya, mintaqaviy infratuzilma
Davlatlararo hamkorlik - ijtimoiy – iqtisodiy tushuncha bo’lib, odatda
davlatlar yoki xalqaro tashkilotlar o’rtasida o’zaro manfaatlar , aloqalar va
hamkorlikni ifodalovchi munosabatlarni anglatadi. Bunday munosabatlarda ,
odatda, turli davlatlar o’rtasidagi diplomatik munosabatlar , savdo , madaniyat
almashinuvi yoki global masalalar to’g’risidagi hamkorlik tasvirlanadi.
Hamkorlikning bunday ko’rinishi , masalan , xalqaro muzokaralar ,
ekologik muammolarni hal qilish yoki xavfsizlikni ta’minlash kabi
masalalarni ifodalashga xizmat qiladi . Bu orqali turli xil mintaqviy hamda
murakkab ko’rinishdagi masalalar , konfliktlar hal qilinadi.
Xususan , Markaziy Osiyo mintaqasidagi 5 ta davlatda - Qozog’iston ,
O’zbekiston , Tojikiston , Turkmaniston va Qirg’izistonda bunday hamkorlik
uchun alohida mintaqaviy tashkilot - Markaziy Osiyo hamkorligi tashkiloti
tashkil etilgan. Markaziy Osiyo hamkorligi tashkilotini tashkil etishning asosiy
maqsadlari: qatnashuvchi mamlakatlarning manfaatlarini hisobga olgan holda
suv-energetika resurslaridan va suv xoʻjaligi obyektlaridan ratsional
foydalanish, transport tizimining umummintaqaviy infratuzilmasini barpo etish ,
ishlab chiqarish kooperatsiyasi va savdo-iqtisodiy hamkorligini har tomonlama
rivojlantirish; gumanitar sohada va ekologik muammolarni hal etishda oʻzaro
hamkorlik;
mintaqa
xavfsizligini
mustahkamlashda
hamkorlikni
kuchaytirishdan iborat. Bunda O’zbekiston va boshqa Markaziy Osiyo
davlatlari o’rtasidagi hamkorlikning roli ham muhim hisoblanadi.
Oʻtgan qisqa vaqt ichida qoʻshni mamlakatlar oʻrtasida koʻp asrlik doʻstlik va
oʻzaro ishonch muhiti mustahkamlandi, koʻp qirrali hamkorlik aloqalari sifat
jihatidan yangi bosqichga koʻtarildi. Oʻzbekistonning yangi tashqi siyosiy
strategiyasi, davlat rahbarlarining siyosiy irodasi va qoʻshma saʼy-harakatlari
tufayli uzoq yillar mobaynida oʻzaro aloqalarda yechimini kutayotgan,
mintaqaviy tashabbuslar va loyihalarni amalga oshirishda toʻsiq boʻlayotgan
muammolar hal etilmoqda. Buning samarasi oʻlaroq, Oʻzbekiston Markaziy Osiyo
davlatlari bilan yaqin strategik sheriklik munosabatlarini oʻrnatishga muvaffaq
SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN
MANAGEMENT AND ECONOMY
International scientific-online conference
14
boʻldi. Xususan, davlat chegarasi, fuqarolarning oʻzaro bordi-keldilarini tashkil
etish va boshqa qator masalalarda maqbul yechimlarga erishildi. Transport,
temir yoʻl va havo yoʻllari boʻyicha qatnovlar qayta tiklandi, yangidan-yangi
transport yoʻlaklari ishga tushirildi. Suv resurslaridan foydalanish borasida
yuqori samaradorlikka erishildi, shuningdek, yangi gidrotexnik inshootlarni
qurish loyihalari boʻyicha samarali ishlar yoʻlga qoʻyildi.
Markaziy Osiyo davlatlari o’rtasidagi hamkorlikning o’rni bir nechta
asosiy jihatlarga asoslanadi . Masalan , iqtisodiy rivojlanish - mintaqadagi
davlatlar o’rtasidagi iqtisodiy hamkorlik o’zaro savdo , investitsiyalar va
savdo – sanoat sohalaridagi rivojlanishni ta’minlaydi . Transport va logistika
tarmoqlarini yaxshiash hamda takomillashtirish orqali mintaqada iqtisodiy
o’sishni rivojlantirish mumkin. Energetika va resurslar tomondan olib
qaralsa , Markaziy Osiyo mintaqasi turli xil energiya resurslariga - ko’mir ,
gaz , neft va boshqa turdagi manbalari bo’yicha boy tabiiy resurslarga ega
hisoblanadi. Geosiyosiy tarafdan olib qaralsa , mintaqamiz turli geosiyosiy
kuchlar o’rtasidagi raqobat hududi hisoblanadi . Markaziy Osiyo davlatlari
o’rtasida xavfsizlikni ta’minlash , terrorizm , ekstremizm va noqonuniy
moddalar savdosiga qarshi kurashish uchun birdam bo’lgan holda harakat
qilish muhimdir. Transport va transit yo’llari mintaqadagi hamkorlik orqali
rivojlanishi mumkin . Bu esa o’z navbatida savdo – sotiq va iqtisodiy
aloqalarni kuchaytirishga xizmat qiladi. Madaniy va turistik tomondan
qaralsa, Markaziy Osiyo davlatlari o’rtasidagi madaniy almashinuv hamda
turizm sohasining rivojlanishi mintaqviy hamkorlikning mustahkamlanishiga
yordam beradi , hududlarda yashayotgan millatlat va elatlar o’rtasidagi
munosabatlarni ham mustahkamlaydi .
Yana bir muhim jihati shuki, savdo-sotiq, sanoat, energetika, transport,
qishloq xoʻjaligi va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarida muhim hamkorlik
loyihalari amalga oshirilmoqda. Hukumatlar, vazirliklar va idoralar darajasidagi
oʻzaro aloqalarning turli formatlari yaratildi. Qoʻshma biznes forumlar, sanoat
koʻrgazmalari va yarmarkalarni oʻtkazish yaxshi anʼana tusini oldi.
Zero, bir necha yil avval Markaziy Osiyo davlatlarining BMT, MDH, SHHT,
Turkiy kengash va boshqa qator xalqaro platformalarda umumiy pozitsiyada
harakat qilishini tasavvur etish ham imkonsizdek edi. Ayni paytda esa
mintaqadagi ijobiy oʻzgarishlar va tashabbuslar jahon hamjamiyati tomonidan
toʻliq qoʻllab-quvvatlanmoqda. Shu oʻrinda BMT Bosh Assambleyasining
Markaziy Osiyo boʻyicha Markaziy Osiyo mintaqasida tinchlik, barqarorlik va
izchil taraqqiyotni taʼminlash boʻyicha mintaqaviy va xalqaro hamkorlikni
SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN
MANAGEMENT AND ECONOMY
International scientific-online conference
15
mustahkamlash, Markaziy Osiyoda barqaror turizm va barqaror rivojlanish va
Orolboʻyi mintaqasini ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar zonasi deb eʼlon
qilish toʻgʻrisidagi rezolyutsiyalari qabul qilinishi fikrimizning yorqin dalilidir.
Buning mantiqiy davomi sifatida “xalq diplomatiyasi”ga alohida eʼtibor qaratilib,
ilm-fan, taʼlim, turizm, madaniyat va sport sohasida turli tadbirlar tashkil
etilmoqda. Bu esa qardosh xalqlarimiz oʻrtasida tarixan bir-biriga yaqin
madaniy-gumanitar aloqalarni mustahkamlashda muhim poydevor vazifasini
oʻtaydi.
Jahon hamjamiyatida Markaziy Osiyoning ahamiyati va roli oshib
borayotganini mintaqa va yirik davlatlar oʻrtasida koʻp tomonlama
hamkorlikning turli formatlari tashkil qilinayotganida ham koʻrishimiz mumkin.
Mavjud “Markaziy Osiyo – AQSH”, “Markaziy Osiyo – Yevropa ittifoqi”,
“Markaziy Osiyo – Koreya Respublikasi”, “Markaziy Osiyo – Yaponiya” kabi
muloqot formatlari qatoriga oxirgi yillarda “Markaziy Osiyo – Hindiston”,
“Markaziy Osiyo – Xitoy” va “Markaziy Osiyo – Rossiya Federatsiyasi” singari
yangi formatlar qoʻshildi. Mazkur holat, birinchidan, mintaqadagi ijobiy
oʻzgarishlar natijasida yuzaga kelgan mutlaqo yangi muhit dunyoning yetakchi
davlatlari tomonidan Markaziy Osiyoga nisbatan eʼtiborning oshganini koʻrsatsa,
ikkinchidan, chet el davlatlari mintaqa mamlakatlari bilan nafaqat ikki
tomonlama hamkorlik doirasida, balki yagona mintaqaviy koʻp tomonlama
munosabatlarni rivojlantirishga ahamiyat qaratayotganidan dalolatdir.
Shu bilan birga, mintaqa hamda boshqa davlat va xalqaro institutlar
oʻrtasida yangi formatlarning tuzilishi bu, Markaziy Osiyoning geosiyosiy va
iqtisodiy ahamiyati oshib borishiga, shuningdek, mintaqaga xalqaro
munosabatlardagi yaxlit siyosiy-diplomatik subyekt sifatida qaralishiga olib
kelmoqda.
Markaziy Osiyo davlatlarining yaxlit siyosiy-diplomatik subyekt sifatidagi
oʻrni hamda oʻzaro hamjihatligi va birdamligi Qirgʻizistonda 2020-yil oktyabr
oyida yuz bergan norozilik namoyishlari va tartibsizliklarga Oʻzbekiston,
Qozogʻiston, Turkmaniston va Tojikiston Respublikalari Prezidentlari qoʻshma
bayonot bilan munosabat bildirganliklarida ham kuzatildi. Qoʻshma bayonotda
qardosh Qirgʻizistonda sodir boʻlayotgan voqealar jiddiy tashvish
tugʻdirayotgani hamda Qirgʻizistonning barcha siyosiy partiyalari va
jamoatchilik doiralari tinchlik va osoyishtalikni taʼminlash, konstitutsiya va
milliy qonunchilikka soʻzsiz rioya qilish bilan yuzaga kelgan muammolarni hal
qilish uchun zarur boʻlgan saʼy-harakatlarni amalga oshirishiga umid bildirildi.
SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN
MANAGEMENT AND ECONOMY
International scientific-online conference
16
Qayd etish joizki, Markaziy Osiyo davlatlarining barqarorligi va
hamjihatligi, birinchidan, xalq farovonligini, ikkinchidan, mintaqaning
investitsion jozibadorligini oshirib, xorijiy sherik davlatlar va investorlar bilan
hamkorlik uchun keng imkoniyatlar yaratishga xizmat qiladi. Oʻzbekiston va
mintaqa davlatlari oʻrtasida shakllangan va yana-da mustahkamlanib
borayotgan yangi muhit mazkur maqsadlarga erishishga hamda oʻzaro siyosiy,
savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar hamkorlikni kuchaytirishga xizmat qiladi.
Shu munosabat bilan mintaqada barqaror savdo-logistika zanjirlarini
shakllantirish, chegaraoldi hududlarida savdo va kooperatsiya markazlarini
ochish va kengaytirish, o‘zaro savdo bo‘yicha qonunchilikni uyg‘unlashtirish va
bu boradagi to‘siqlarni bartaraf etish, bojxona ma’murchiligi, sanitar va
fitosanitar nazorati, tovarlarning qayerdan olib kelinayotganini sertifikatlash
bo‘yicha yagona elektron platformalar yaratish, mintaqaviy elektron savdo
maydonini ishga tushirishni ko‘zda tutadigan kompleks mintaqaviy dasturni
qabul qilish zarur.
Mintaqa mamlakatlari o‘rtasida sanoat kooperatsiyasini rivojlantirishga
to‘xtalar ekan, O‘zbekiston Prezidenti yengil avtomobillar, maishiy texnika,
to‘qimachilik mahsulotlari va oziq-ovqat tovarlari ishlab chiqarish, Qozog‘iston,
Qirg‘iziston, Turkmaniston va Ozarbayjon bilan chegaraoldi hududlari
kooperatsiyasini muvaffaqiyatli sheriklikka misol sifatida qayd etdi.
Mintaqamizda ko‘p qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish, jumladan,
siyosiy muloqotni rivojlantirish, savdo, investitsiyalar, transport, energetika,
qishloq xo‘jaligi va ekologiya sohalarida qo‘shma dastur va loyihalarni ilgari
surish, madaniy-gumanitar almashinuvni faollashtirish, xavfsizlik sohasidagi
zamonaviy tahdid va xatarlarga qarshi chora ko‘rish masalalari muhokama
qilinishi global xavfsizligimizni ta’minlash va kelajakda yanada yuqori
bosqichda rivojlanishimizni ta’minlashga xizmat qiladi .
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:
1.
https://yuz.uz/uz/news/markaziy-osiyo-hamkorlikning-yangi-bosqichi
2.
https://uz.wikipedia.org/wiki/Markaziy_Osiyo_hamkorligi_tashkiloti
3.
https://yuz.uz/uz/news/markaziy-osiyo-davlatlari-bilan-dostona-
hamkorlik--ozbekiston-tashqi-siyosiy-faoliyatining-ustuvor-yonalishi
4.
https://president.uz/oz/lists/view/6659
5.
https://kun.uz/49596755?q=%2Fuz%2F49596755#!