SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN
MANAGEMENT AND ECONOMY
International scientific-online conference
51
JAMOA ISTIQBOLINI BELGILOVCHI TARBIYAVIY TADBIRLARNI
TASHKIL ETISH SHAKLLARI
Muratxo'jaeva Z.V.
Toshkent davlat pedagogika universiteti “Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi”
kafedrasi dotsenti
Roʻzimurodova Nasibaxon Shermuhammad qizi
Suyunboyeva Dilshoda Abdurashid qizi
Roʻzmetova Maftuna Shavkat qizi
Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika universiteti Boshlangʻich taʼlim
fakulteti Boshlangʻich taʼlim yoʻnalishi 2-kurs talabalari
https://doi.org/10.5281/zenodo.15208575
Annotatsiya.
Tarbiyaviy
tadbirlar
shaxslararo
munosabatlarni
mustahkamlash, ijtimoiy faollikni oshirish hamda milliy va umuminsoniy
qadriyatlarni shakllantirishda muhim o‘rin tutadi. Tarbiyaviy tadbirlar jamoa
a’zolari orasida hamkorlik, do‘stlik va o‘zaro tushunishni rivojlantirishning eng
samarali vositalaridan biridir. Shu boisdan, ushbu maqolada jamoa istiqbolini
belgilovchi tarbiyaviy tadbirlarni tashkil etish shakllari keng o‘rganiladi.
Kalit soʻzlar:
jamoa, tarbiya, tadbir, metod, jamoatchilik, qadriyatlar.
Аннотация.
Воспитательные мероприятия играют важную роль в
укреплении межличностных отношений, повышении социальной
активности, а также в формировании национальных и общечеловеческих
ценностей. Воспитательные мероприятия являются одним из самых
действенных
способов
развития
сотрудничества,
дружбы
и
взаимопонимания между членами коллектива. Таким образом, в данной
статье широко изучаются формы организации воспитательных
мероприятий, определяющие перспективы развития коллектива.
Ключевые слова:
коллектив, воспитание, мероприятие, метод,
общественность, ценности.
Abstract.
Educational activities play an important role in strengthening
interpersonal relationships, increasing social activity, and shaping national and
universal values. Educational activities are one of the most effective means of
developing cooperation, friendship, and mutual understanding among team
members. Therefore, this article extensively examines the forms of organizing
educational activities that determine the prospects of the team.
Keywords:
team, education, event, method, community, values.
Jamoa (lotincha “kollektivus” so‘zining tarjimasi bo‘lib, yig‘ilma, omma,
birgalikdagi majlis, birlashma, guruh) bir necha a’zo (kishi)lardan iborat bo‘lib,
ijtimoiy ahamiyatga ega umumiy maqsad asosida tashkil topgan guruh
demakdir. Qadimdan turkiy xalqlarda, jumladan, oʻzbeklarda jamoa azaldan
SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN
MANAGEMENT AND ECONOMY
International scientific-online conference
52
ijtimoiy birlikni anglatib kelgan. Odamlarning jamoa boʻlib yashash zaruriyati
azaldan ijtimoiy birlikni anglatib kelgan. Odamlarning jamoa boʻlib yashash
zaruriyatini Farobiy, Beruniy, Ibn Sino, Alisher Navoiy va boshqalar oʻz
asarlarida ilmiy asoslab berishgan. Farobiy bu haqida quyidagi fikrlarni bayon
etgan: “ Har bir inson oʻz tabiati bilan shunday tuzilganki, u yashash va oliy
darajadagi yetuklikka erishmoq uchun koʻp narsalarga ehtiyoji boʻladi, u bir oʻzi
shunday narsalarni qoʻlga kirita olmaydi, ularga ega boʻlish uchun odamlar
jamoasiga ehtiyoj tugʻiladi”.
Zamonaviy talqinda “jamoa”tushunchasi ikki xil ma’noda ishlatiladi.
Birinchidan, jamoa deganda bir necha kishilarning muayyan maqsad yo‘lida
birlashuvidan iborat tashkiliy guruhi tushuniladi (masalan ishlab chiqarish
jamoasi, zavod jamoasi, o‘quv yurti jamoasi, xo‘jalik jamosi va hokazo).
Ikkinchidan, jamoa deganda yuqori darajada uyushtirilgan guruh tushuniladi.
O‘quvchilar jamoasi yuqori darajada uyushtirilgan birlashma hisoblanadi.
Oʻqituvchilar tarbiyaviy tadbirlarni tashkil etishda oʻquvchilarni maʼnaviy
jihatdan yuksak fazilatlar egasi boʻlib tarbiyalashning turli qirralari, shakl va
uslublarini bilishi, bilim, koʻnikma va malakalarga ega boʻlishi kerak. Tarbiyaviy
tadbirlar milliy ong va milliy istiqlol mafkurasini shakllantirishga yordam
beradi. Tarbiyaviy tadbirlarni tashkil etishda oʻqituvchilar quyidagi maqsad va
vazifalarni belgilab olishi kerak:
Oʻquvchilar jamoasining tarbiyaviy darajasini oʻrganib, unga tarbiyaviy
taʼsir koʻrsatish mahoratiga ega boʻlishi;
Tarbiyaviy tadbirlar uchun zarur metodlarni tanlab, koʻzlangan maqsadga
erishish chora-tadbirlarini koʻra bilishi;
Tarbiyaviy tadbirlarni oʻquvchilarning ruhiyatiga qanchalik taʼsir etganini
kuzatib, uni yanada rivojlantirishi va takomillashtirish;
Oʻquvchilarning darslardan olgan nazariy bilimlarini kundalik hayot va
ishlab chiqarish amaliyoti bilan bog‘lashi kerak.
Oʻquvchilarning sinfdan tashqari ishlari oʻz mazmuniga koʻra tafakkur
faoliyati va munosabat vositasi hisoblanadi. Chunki sinfdan tashqari ishlarida
olingan axborot idrok etiladi, qayta ishlanadi va shu asosda yangi bilimlar hosil
qilinadi. Oʻquvchilar maktabdan tashqari ishlarda qatnashib, turli kishilar bilan
muayyan munosabatga kirishadi, turli vazifalarga duch keladi. Shuning uchun
ham oʻquvchilarning maktabdan tashqari faoliyati qanchalik xilma-xil boʻlsa,
ularning munosabatlari shunchalik boy, munosabat doirasi keng, maʼnaviy
oʻsishi samarali boʻladi. Maktabdan tashqaridagi tarbiyaviy ishlarda oʻquvchilar
jamoada ishlashni oʻrganadilar, ijtimoiy mehnat quvonchini his qiladilar,
SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN
MANAGEMENT AND ECONOMY
International scientific-online conference
53
jamoatchilik fikriga boʻysunishga, jamoa sharafi uchun kurashishga
odatlanadilar. Bularni:
1.Ogʻzaki ish usullari. Turli axborotlar, majlislar, ertalabki yigʻinlar,
maʼruzalar, kitobxonlar konferensiyalari, munozaralar, uchrashuvlar.
2.Amaliy ish olib borish usullari. Turli joylarga sayohatlar, sport
musobaqalari, yosh tabiatshunoslar toʻgaragi,shanbaliklar.
3.Koʻrgazmali ish usullar. Maktab muzeylari, mehnat qahramonlari xonasi,
yangi kitoblar koʻrgazmalari.
Tarbiyaviy tadbirlar jarayonida pedagog pedagogik mahoratga ega boʻlishi
bilan birga, u oʻquvchilar qalbini tushunishi, uning qiziqishi va moyilliklarini his
qilishi kerak. Shunga koʻra tarbiyaviy tadbirlarni rejalashtirish va oʻtkazish
lozim. Albatta, rejalashtirish oʻquvchilarning maslahatlarisiz amalga oshirib
boʻlmaydi. Tarbiyaviy tadbirlarni shunday tashkil qilish kerakki, unda
oʻquvchilar faol boʻlishsin, oʻqituvchi esa nazoratchi sifatida namoyon boʻlsin.
Shundagina koʻzlangan maqsadga aniq va tez erishish mumkin. Oʻquvchilar bilan
tarbiyaviy tadbirlarni oʻtkazishda oʻqituvchining muomala odobi juda katta
ahamiyatga egadir.
Boshlangʻich sinflarda tashkil etiladigan tarbiyaviy tadbirlar oʻquvchilar
hayoti hayoti bilan yaʼni ularning maktab ostonasiga ilk qadam qoʻygan
kunlaridan boshlanadi. Mustaqillik bayrami, Kuz bayrami, Harbiylar kuni,
mashhur allomalarning tugʻilgan kunlari, 8-mart, Navroʻz bayrami. Mana shu
tadbirlar bevosita oʻquvchilarda vatanga eʼtiqodni tarbiyalash ishlari bilan
bogʻliq holda olib boriladi. Bu tadbirlarga materiallar tanlashda eng qimmatli
manba boʻlib milliy qadriyatlar namunalari hisoblanadi. Milliy bayramlarni
boshlangʻich sinf oʻquvchilari bilan birgalikda nishonlash, avvalo oʻquvchilarda
ona-vatanga, tabiatga va jonzotlarga nisbatan mehr-muhabbat, gʻurur va iftixor
hissini tarbiyalaydi. Bu kabi tarbiyaviy tadbirlar natijasida boshlangʻich sinf
oʻquvchilarining lugʻat boyligi oshadi, dunyoqarashi kengayadi, asosiysi darsda
olgan bilimlarini mustahkamlaydi, xotirasida uzoq vaqt saqlanib qoladi.
Yuqorida taʼkidlaganimdek, oʻquvchilar birgalikka, jamoa boʻlib ishlash
koʻnikmasiga ega boʻladi. Xuddi shunday ijobiy sifatlarni boshlangʻich sinf
oʻquvchilarida tarbiyalab borishda tadbirlarning oʻz oʻrni bor. Tadbirlar bolalar
uchun juda qiziqarli, tarbiyaviy jihatdan ahamiyatga ega boʻlgan tarbiya vositasi
hisoblanadi.
Biz hozirda amaliyot olib borayotgan maktabimning baʼzi sinflarida
tadbirlar oʻtkazishga kam eʼtibor beriladi, baʼzilarida esa umuman oʻtkazilmaydi.
SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN
MANAGEMENT AND ECONOMY
International scientific-online conference
54
Bularni oʻrganib chiqib, boshlangʻich sinf oʻquvchilari bilan kursdoshlarimiz
hamkorligida bir-necha bor tadbirlar uyushtirdik.
Bizningcha, tadbirlar quyidagi tartibda oʻtkazilsa, yaxshi natija beradi:
-tadbirning mavzusini tanlash va mavzu yuzasidan materiallar toʻplash;
-tadbirning dasturini tuzish;
-tadbirga mehmonlar taklif etishni rejalashtirish;
-tadbir oʻtkaziladigan joyni aniqlash va bezash;
-tadbirni muvaffaqiyatli oʻtkazish va qatnashchilarni ragʻbatlantirish.
Tarbiyaviy ishlar koʻlamini kengaytirish maqsadida boshlangʻich sinf
oʻquvchilarining 3-4-sinflari oʻrtasida savol-javob kechalarini oʻtkazish
maqsadga muvofiq. Aynan 3-4 sinf oʻquvchilarini nazarda tutishdan maqsad,
ular bu borada anchagina bilim, koʻnikma va malakaga egalar. Ayniqsa, ular oʻz
sinfi “shaʼnini” himoya qiladigan darajaga yetadi. Darsdan va sinfdan tashqari
ishlar jarayonida bunday tadbirlarning oʻtkazilishi alohida ahamiyatga ega.
Bunda birinchidan, bolalarning boʻsh vaqtlari samarali tashkil etilsa,
ikkinchidan, ularning dars davomida olgan bilimlari mustahkamlanadi.
Uchinchidan esa, uyushqoqlik, bilim olishga havas yanada ortadi. Ana shunday
bellashuvlardan biri sifatida “Mening ona-vatanim” mavzusida oʻtkazilsa,
maqsadga muvofiq boʻladi. Bunda sinf oʻquvchilari ikki guruhga ajratib olinadi,
ularning har taraflama tengligiga eʼtibor beriladi. Bu bellashuvni birinchi
bosqichda sinf oʻrtasida, keyinchlik, sinflar oʻrtasida, maktablar oʻrtasida ham
uyushtirish mumkin. Bu tadbirni tayyorlash uchun kamida bir oy talab qilinadi.
Bu bellashuv shartlarini quyidagicha tuzish mumkin:
1.Sinflarning oʻzaro tabrigi (tabrik tanlangan mavzu asosida tuziladi);
2.Ifodali oʻqish (mavzu yuzasidan shoirlarning sheʼrlarini ifodali oʻqib
berish, har bir sinfdan bitta bola oʻqiydi);
3.Yosh rassomlar koʻrigi (maʼlum vaqt davomida har bir sinfning bittadan
yosh rassomi tanlangan mavzu manzarasi aks etgan suratni chizib berishlari
shart);
4.Milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz aks etgan koʻrinish (tanlangan
mavzu vatanga, milliy qadriyatlarga nisbatan hurmatni, eʼtiqodni tarbiyalashga
qaratilgan boʻlishi kerak);
5.Savollarga tez javob qaytarish oʻyini (savollar tanlangan mavzu asosida
tuzilishi, masalan, Oʻzbekiston, uning tarixi, boyliklari, tabiati toʻgʻrisida boʻlishi
mumkin);
6.Guruhlarning erkin sharti.
SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN
MANAGEMENT AND ECONOMY
International scientific-online conference
55
Maktab sharoitida tashkil qilinadigan tarbiyaviy ishlarning barchasi ham
oʻquvchilarning barkamollik sifatlarini shakllantirishga, ularning jamoada
ishlash koʻrikmasini oshirishga qaratilgan boʻlib, ular faqat mazmun-mohiyati,
vazifasiga koʻra farqlanadi.
Adabiyotlar:
1.
Inoyatova Z.X. Boshlangʻich taʼlim pedagogikasi. Oʻquv-uslubiy qoʻllanma. -
T.: 2024.
2.
Dexkanova M.U., Zaripova D.A. Ijtimoiy fanlarni o‘qitishda “Tarmoqli
bumerang” texnologiyasidan foydalanish / Zamonaviy jamiyatda fan va
ta’limning rivojlanish istiqbollari: muammo va yechimlar‖ mavzusidagi xalqaro
onlayn ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (2021 yil 19 oktabr) – B. 188-191
3.
Dexkanova M.U., Tuymuradova Sh.B., Axmedova Z.N. Boshlang`ich
sinflarda mashg`ulotlar jarayonida didaktik o`yinlardan foydalangan holda
tafakkur faoliyatini rivojlantirish muammolari // Obrazovaniye i nauka V XXI
VEKE». Vipusk №24 (tom 4) (mart, 2022). Data vixoda v svet: 31.03.2022. – B.
924-927
4.
Dexkanova M.U., Tosheva Nafisa Izzatillayevna, Saidova Sohiba Ma'rufjon
qizi Boshlang'ich sinflarda matematika darsida samaradorlikka yerishish
shartlari // Obrazovaniye i nauka v XXI veke. Vipusk №24 (tom 4) (mart, 2022).
Data vixoda v svet: 31.03.2022.– B. 909-912.
5.
Dexkanva M.U., Yergasheva D.Q., Nosirova Z.A. Boshlang`ish sinf
o`quvshilarini ma`naviy-axloqiy tarbiyalashda xalq og`zaki ijodining o`rni //
Obrazovaniye i nauka v XXI veke. Vipusk №24 (tom 4) (mart, 2022). Data vixoda
v svet: 31.03.2022. – B. 981-984
6.
Dexkanova M.U., Ismatova Z.I., Yergasheva R.B. Boshlang`ich sinf
o`quvchilariga integrativ ta`lim asosida dars berish nazariyasi va mavjud
muammolar yechimi / International conference on developments in education
Sciencesand humanities. International scientific-online conference 1nd part, 2-
270 pages Part 1 may 29 Stanley nattel. – B.55-58
7.
Dexkanova M.U., Aliyeva S.A., Doniyarova M.N. Boshlang`ich sinflarda
interfaol usullardan foydalanish dolzarbligi (o`qish darsi misolida)
/International conference on developments in education Sciencesand
humanities International scientific-online conference 1nd part, 2-270 pages Part
1 may 29 – B.58-61.
8.
Dexkanova M.U., Arzikulova Ch.U., Latifjonova M.L. Zamonaviy ta’lim
metodlari – ta’lim samaradorligi kafolati / «Zamonaviy dunyoda pedagogika va
psixologiya» nomli ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya– B.153-160.
SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN
MANAGEMENT AND ECONOMY
International scientific-online conference
56
9.
Dexkanova M.U., Islomova M.X., Kurbonov J.I. Amaliy mashg‘ulotlarni
trening asosida tashkil etish. / «Bіlіm beru qizmetі: innovasiyaliq әdіster,
qұraldar jәne tәsіlder» taqiribindag‘i xaliqaraliq forum. – B.323-325.
10.
Dexkanova M.U., Kariyeva M.A. Kredit modul tizimida talabalarning
mustaqil ishlarini innovatsion texnologiyalar asosida tashkil etish /«Bіlіm beru
qizmetі: innovasiyaliq әdіster, qұraldar jәne tәsіlder» taqiribindag‘i xaliqaraliq
forum. – B. 327-330.
11.
Dexkanova M.U., Axmedova M. Shaxsni shakllanishi va rivojlanishida
innovasion ta’lim texnologiyalaridan foydalanish // Fan, ta’lim va amaliyot
integratsiyasi. ISSN: 2181-1776. Jild: 03 | Nashr: 06 | June 2022. – B. 346 -356
12.
Dexkanova M.U., S.R. O’quvchi va talaba-yoshlarning ijodiy qobiliyati va
kreativ fikrlashini rivojlantirishga qaratilgan dastur hamda texnologiyalar /
Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya: nazariy va amaliy izlanishlar. –
B.24-28
13.
Dexkanova M.U., Abdurahmonova I., Sharifova Z.K. Umumiy o'rta va o'rta
maxsus ta'limda "Tarbiya" fanini o'qitishda tarbiyaviy treninglardan foydalanish
// Yangi Oʻzbekiston pedagoglari axborotnomasi, 1(1), 13–17.2023.
https://doi.org/10.5281/zenodo.7514742. – B. 13–17.
14.
Dexkanova M.U., Kazakova S.N., O'tkirova S.S. Boshlang'ich ta'limda
"Tarbiya" darslarini tashkil etishda innovatsion yondashuvlar // Yangi
Oʻzbekiston pedagoglari axborotnomasi, 1(1), 18–22. 2023. – B. 18–22.
https://doi.org/10.5281/zenodo.7514752
15.
Salayeva M.S., Dexkanova M.U., Uralova G. Acmeological approach to the
development of pedagogical professionalism // Cahiers magellanes-NS Volume
06 Issue 2 2024. ISSN:1624-1940 http://magellanes.com/ 6884-6892.
16.
Dexkanova M.U., Sharifova Z., Nurullayeva N.I. Boshlang‘ich ta’limda
“Tarbiya” darslarini tashkil etishda tarbiyaviy texnologiyalaridan foydalanish /
Results of National Scientific Research International Journal, 2(1), 49–57.
https://academicsresearch.com/index.php/rnsr/article/view/1442 – B.49–57
17.
Dexkanova M.U., Bayramdurdiyeva G‘., G‘aniyeva S. Tarbiyaviy ishlarni
tashkil etishda tarbiyaviy treninglarning o‘rni / “Ijtimoiy muhit va ta’lim
jarayonida hulq-atvor shakllanishining pedagogik va psixologik jihatlari” ilmiy
halqaro konferensiya. To‘plam (3 qism).T: 2023 11-fevral. – B. 189-192.
18.
Dexkanova M.U., Toshmamatova A., Qurbonova S. Ta’lim jarayonida
o‘qitishning zamonaviy metodlari “Ijtimoiy muhit va ta’lim jarayonida hulq-
atvor shakllanishining pedagogik va psixologik jihatlari” ilmiy halqaro
konferensiY. To‘plam (3 qism).T: 2023 11-fevral– B. 200-203.
SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN
MANAGEMENT AND ECONOMY
International scientific-online conference
57
19.
Dexkanova M.U., To‘lanboyeva F., O‘ktamova Sh. Mutaxassislik fanlarini
o‘qitishda muammoli o‘qitish texnologiyasidan foydalanish / “Ijtimoiy muhit va
ta’lim jarayonida hulq-atvor shakllanishining pedagogik va psixologik jihatlari”
ilmiy halqaro konferensiya. To‘plam (3 qism).T: 2023 11-fevral. – B. 195-198
20.
Dexkanova M.U., Rixsiboyeva M.Q. Bo’lajak boshlang’ich sinf
o’qituvchilarining ijtimoiy-madaniy kompetentligini rivojlantirish //Analytical
Journal of Education and Development. Volume: 03 Issue: 04 | Apr-2023 ISSN:
2181-2624. – B. 52-56.
21.
Dexkanova M.U., Metinboyeva S. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining
tarbiyaviy faoliyatini tashkil etishning innovatsion texnologiyalari / Zamonaviy
psixologiya, pedagogikada fan, ta’lim va amaliyot integrasiyasi: muammo va
yechimlar. Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya T: 2023-yil 6-may. – B. 455-461.
22.
Dexkanova M.U., Radjabova X. Boshlang’ich sinflarda “Tarbiya” darslarini
tashkil etishda tarbiyaviy treninglardan foydalanish // Central asian journal of
education and innovation. Volume 2, ISSUE 6, June 2023. – B. 23-29.
23.
Dexkanova M.U., Amirova K., Erxanova D.A. Pedagogik texnika va
aktiyorlikka xos xususiyatlar // Integration of Economy and Education in the
21st Century, 2(2). International conference on multidisciplinary science.
Volume-2, ISSUE-3. 26-29.