SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN
MANAGEMENT AND ECONOMY
International scientific-online conference
121
SO‘NUVCHI TEBRANISHLAR VA ULARNING TABIATDA
TARQALISHI
Toxirova Mashhuraxon
Andijon davlat pedagogika instituti
Aniq va Tabiiy fanlar fakulteti stajor o’qituvchisi
To’lanova Munojatxon Hamzabek qizi
Maxkamova Madinaxon Jasurbek qizi
Abdufattoyeva Buhalima Arslanbek qizi
Xaydarova Zarifa Murodjon qizi
Fizika va Astronomiya yo’nalishi 2-bosqich talabalari
https://doi.org/10.5281/zenodo.15255142
Annotatsiya:
Ushbu maqolada sonuvchi tebranishlarning fizik asoslari,
ularning matematik ifodalanishi hamda tabiatda uchraydigan asosiy
ko‘rinishlari tahlil qilinadi. Zilzila, tovush to‘lqinlari, akustik rezonans va
biologik signallar kabi misollar orqali sonuvchi tebranishlarning qanday
tarqalishi va vaqt o‘tishi bilan qanday yo‘qolib borishi ilmiy asosda yoritilgan.
Shuningdek, bu hodisalarning muhandislik, texnika va hayot faoliyatidagi
ahamiyatiga ham e’tibor qaratilgan. Maqola tebranishlar nazariyasining amaliy
jihatlarini yoritishda ilmiy-metodik asos bo‘la oladi.
Kalit so’zlar
: sonuvchi tebranishlar, rezonans, tovush to‘lqinlari, seysmik
harakat, energiyaning so‘nishi, tebranish tarqalishi, fizik model, tabiiy chastota,
tebranish dinamikasi, muhit qarshiligi.
Elastik yoki kvazielastik kuchdan boshqa kuchlar tasir etmagan holda
moddiy nuqta amplitudasi doimiy (A=const) bo’lgan va so’nmaydigan garmonik
tebranma harakat qiladi. Real sharoitda har qanday tebranishning sodir bo’lish
jarayonida energiyaning bir qismi muhit qarshiligini yengishga, tayanch va
osmalardagi ishqalanishga sarflanadi. Natijada tebranuvchi moddiy nuqtaning
mexanik energiyasi uzluksiz ravishda kamayib boradi, ya’ni tebrinish so’nib
boradi. Kichik tebranishlarda tebranuvchi moddiy nuqtaning tezligi kichik,
kichik tezliklarda esa qarshilik kuchi tezlikka proporsional:
𝐹
𝑎
= −𝑟𝑣 = −𝑟𝑥 = −𝑟
𝑑𝑥
𝑑𝑡
bu yerda: r – qarshilik koeffitsenti, (-) ishora
𝐹
𝑎
bilan
qarama-qarshi
yo’nalganligini bildiradi. Тebranayotgan jism (moddiy nuqta) uchun Nyutonning
ikkinchi qonunining tenglamasini yozamiz.
F
ma
mx
kx
rx
𝑚
𝑑
2
𝑥
𝑑𝑡
2
= −𝑘𝑥 − 𝑟
𝑑𝑥
𝑑𝑡
(1)
SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN
MANAGEMENT AND ECONOMY
International scientific-online conference
122
(1)
tenglamaning ikkita tomonini m ga bo’lsak va
𝑘
𝑚
= 𝜔
0
𝑟
;
𝑟
𝑚
= 2𝛽
belgilanishdan foydalansak, quyidagi munosabatni hosil qilamiz,
𝑑
2
𝑥
𝑑𝑡
+ 2𝛽
𝑑𝑥
𝑑𝑡
+ 𝜔
0
2
= 0
(2)
r=0 bo’lganda, ya’ni muhitning qarshiligi bo’lmagandagi
𝜔
0
chastotaga
sistemaning xususiy tebranish chostatasi deyiladi. (2) tenglamaning yechimi
𝜔
0
bo’lgan holda quyidagicha yoziladi;
𝑋 = 𝐴
0
𝑙
𝛽𝑡
cos (𝜔
0
𝑡 + 𝛼)
(3)
So’nuvchi tebranish chostata.
𝜔 ± √𝜔
0
2
− 𝛽
2
(4)
Тebranishlarning so’nish tezligi so’nish koeffitsienti deb ataluvchi
𝛽 =
𝑟
2𝑚
kattalik bilan aniqlanadi. Amplituda
𝑙
marta kamayishi uchun ketgan
vaqtni
aniqlaydi. Тa’rifga binoan
𝑒
−𝛽𝑘
= 𝑒
−1
, bunda. Demak so’nish koeffiatsenti
kattalik jihatidan amplituda ye marta kamayishi uchun ketgan vaqtning teskari
qiymatiga teng ekan. So’nuvchi tebranishlarning davri
𝑇 =
2𝜋
√𝜔
0
2
−𝛽
2
(5)
dan ko’rinadiki, so’nish koeffitsiyenti ortishi bilan tebranishlar davri ortadi.
So‘nuvchi tebranishlarning tabiiy ko‘rinishlarTabiatda sonuvchi tebranishlarga
quyidagi hodisalar misol bo‘la oladi:Zilzilalar (seysmik tebranishlar): Yer
po‘stlog‘ida yuzaga kelgan kuchlanishlarning birdan bo‘shashishi natijasida
vujudga keladi. Bu tebranishlar yer yuzasi bo‘ylab tarqaladi va ularning
intensivligi vaqt o‘tishi bilan kamayadi.Tovush to‘lqinlari: Havo molekulalari
orasida yuzaga keladigan bosim tebranishlari natijasida tarqaladi. Ovoz
chiqaruvchi manba tebranayotgan jism bo‘lib, uning energiyasi atrof-muhitga
beriladi va bu energiya so‘nuvchi tebranishlar shaklida tarqaladi.Rezonans
hodisasi: Tabiatda yoki texnik qurilmalarda tashqi majburiy tebranish chastotasi
tabiiy chastotaga yaqinlashganda tebranishlar amplitudasi oshadi. Bu hodisa
kuchli so‘nuvchanlik bo‘lmaganda xavfli rezonansga olib kelishi mumkin.
Hayvonot dunyosida: Yarasalar, delfinlar va ba’zi boshqa jonivorlar tovush yoki
ultratovush signallarini yuborib, aks sadoni qabul qiladi. Ular sonuvchi
to‘lqinlardan fazoda yo‘l topish, ov qilish yoki muloqot qilish uchun
foydalanadi.Tarqalish va energiyaning yo‘qolishiSonuvchi tebranishlar energiya
SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN
MANAGEMENT AND ECONOMY
International scientific-online conference
123
muhitga tarqalgan sari asta-sekin kamayadi. Bu kamayish muhitdagi ichki
ishqalanish, issiqlik ajralishi, to‘lqinlarning yoyilishi natijasida yuzaga keladi.
Qattiq jismlarda bu jarayon zarrachalar orasidagi elastik kuchlar orqali, suyuq
va gazlarda esa bosim va zichlik o‘zgarishlari orqali ro‘y beradi.
Xulosa
So‘nuvchi tebranishlar tabiatda keng tarqalgan va ularning ilmiy o‘rganilishi
nafaqat fizik hodisalarni tushunish, balki texnologik qurilmalar va inshootlarni
loyihalashda ham muhim ahamiyat kasb etadi. Tabiiy muhitdagi har qanday
tebranish so‘nuvchi xarakterga ega bo‘lib, ular orqali energiyaning vaqt o‘tishi
bilan qanday tarqalishi va yo‘qolishini tahlil qilish mumkin.
Tabiatda ro‘y beradigan barcha o‘zgarishlar va hodisalar
harakat
deb
ataladi. Materiya harakatining eng sodda turi, jism holatining o‘zgarishidir,
ya’ni moddiy jismlarning vaqt o‘tishi bilan fazoda bir-birlariga nisbatan
qo‘zg‘alishlaridir. Harakatning bu turi mexanik harakat deb ataladi. Nazariy
mexanika moddiy jismlar harakatining umumiy qonunlari haqidagi fandir.
Xususan, agar jismning fazodagi holati vaqt o‘tishi bilan o‘zgarmasa, bu
holda jism muvozanat holatida turadi. Muvozanat mexanik harakatning
xususiy
holidir.
Binobarin,
nazariy
mexanika
muvozanat
qonuniyatlarini
ham o‘rganuvchi fandir. Harakat va muvozanat
tushunchalaridan ularning nisbiyligi haqida xulosa chiqarish mumkin
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Nazariy mexanika Fayzullayev
2.
Sh.A.Shoobidov nazariy mexanika
3.
M.Raxmatullaev Fizika kursi, Mexanika, Toshkent,“O‘qituvchi”1995.
4.
M.O’lmasova, J.Kamolov, T.Lutfullaeva. “Fizika. Mexanika, molekulyar
fizika va issiqlik”. (1-kitob). T., “O‘qituvchi”, 1997.