SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN
MANAGEMENT AND ECONOMY
International scientific-online conference
182
O‘ZBEKISTONDA AXBOROT TIZIMLARI VA ULARNING
XAVFSIZLIGINI TA’MINLASH
Qayimov Maxsud
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti magistratura talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15272898
Annotatsiya.
Axborot xavfsizligi va kiberxujumlarning oldini olish
masalalari global miqyosda dolzarb muammo boʻlib, Oʻzbekiston ham ushbu
tahdidlarga qarshi kurashda faol siyosat yuritmoqda. Tezisda Oʻzbekiston
hukumati tomonidan kiberxujumlarga qarshi kurashish bo‘yicha qabul qilingan
chora-tadbirlar, strategiyalar va texnologik yangiliklar ko‘rib chiqiladi.
Kalit so‘zlari:
axborot tizimi, axborot xavfsizligi, axborot massivlari,
maʼlumotlar bazalari, texnika va texnologiyalar, Internet tarmogʻi, Axborot
texnologiyalari va kommunikatsiyalar
Axborot tizimi(AT)
— axborotni saqlash, qidirish va qayta ishlash uchun
moʻljallangan, axborotni taʼminlovchi va tarqatuvchi(ISO/IEC 2382:2015)
hamda tegishli tashkiliy resurslar (inson, texnik, moliyaviy va boshqalar)
tizimidir.
Axborot tizimi axborotga ehtiyojmand odamlarni oʻz vaqtida toʻgʻri
maʼlumot bilan taʼminlash, yaʼni maʼlum bir predmet doirasidagi aniq axborotga
boʻlgan ehtiyojni qondirish, axborot tizimlarining faoliyat koʻrsatish natijasi esa
axborot mahsulotlari — hujjatlar, axborot massivlari, maʼlumotlar bazalari va
axborot xizmatlaridir.
Axborot xavfsizligi – bu axborotni ruxsatsiz kirish, o‘zgartirish, yo‘qotish
yoki tarqatishdan himoya qilish tizimi. Bu uchta asosiy tamoyil asosida quriladi:
Maxfiylik (Confidentiality) – faqat vakolatli shaxslar axborotga kira olishi
kerak;
Yaxlitlik (Integrity) – ma’lumotlar o‘zgartirilmagan va ishonchli bo‘lishi
kerak;
Mavjudlik (Availability) – axborot zarur vaqtda mavjud bo‘lishi kerak.
Axborot
xavfsizligi
(inglizcha:
Information
Security
,
shuning-
dek, inglizcha:
InfoSec
) —
axborotni ruxsatsiz kirish
, foydalanish, oshkor qilish,
buzish, oʻzgartirish, tadqiq qilish, yozib olish yoki yoʻq qilishning oldini olish
amaliyotidir. Ushbu universal
kontseptsiya maʼlumotlar
qanday shaklda
boʻlishidan qatʼiy nazar (masalan, elektron yoki, jismoniy) amal qiladi. Axborot
xavfsizligini taʼminlashning asosiy maqsadi maʼlumotlarning konfidensialligi,
yaxlitligi va mavjudligini muvozanatli, qoʻllashning maqsadga muvofiqligini
hisobga olgan holda va tashkilot faoliyatiga hech qanday zarar yetkazmasdan
himoya qilishdir. Bunga, birinchi navbatda, asosiy vositalar va nomoddiy
SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN
MANAGEMENT AND ECONOMY
International scientific-online conference
183
aktivlar, tahdid manbalari, zaifliklar, potensial taʼsirlar va mavjud xavflarni
boshqarish imkoniyatlarini aniqlaydigan koʻp bosqichli xavflarni boshqarish
jarayoni orqali erishiladi. Bu jarayon xavflarni boshqarish rejasining
samaradorligini baholash bilan birga olib boriladi.
Bugun dunyo shiddat bilan rivojlanayotgan, har qadamda yangidan yangi
texnologiyalar, innovatsion ixtirolar hayotimizga kirib kelayotgan zamonda
yashamoqdamiz. Dunyoning istalgan tomonida sodir boʻlayotgan voqea-
hodisalardan soniyalar ichida xabardor boʻlish soʻnggi yillarda hech kimning
hayratiga sazovor boʻlmayapti. Chunki, XXI asr insoniyat tarixiga texnika va
texnologiyalarning rivojlangan asri sifatida kirib keldi. E’tibor qaratadigan
boʻlsak, axborot texnologiyalari rivojlangani sayin, insoniyatning axborotga
boʻlgan extiyoji ham oshib bormoqda. Hozirgi kunda axborot texnologiyalarining
jadal rivojlanishi, shu bilan birga butunjahon Internet tarmogʻidan keng
foydalanish, kundalik hayotimizning bir qismini tashkil etib, xizmat koʻrsatish,
ilm-fan, talim sohasi va har bir insonning fikrlash tarziga ijobiy tasir
koʻrsatmoqda. Axborotlashtirish, bu umumjahon jarayon boʻlib, taraqqiy etgan
mamlakatlarning jahon bozoridagi peshqadamligi, iqtisodiy oʻsishi va milliy
xavfsizligini tamin etadi. Globallashuv davri ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda
dunyo mamlakatlari bilan oʻzaro bogʻliqlik, masofa va vaqt tanlamas axborotning
keng yoyilishi, axborot texnologiyalarining rivojlanishi va undan gʻarazli
maqsadlarda foydalanish singari salbiy holatlarning kundalik hayotimizga kirib
kelishi, har bir davlat oldiga axborot va axborot texnologiyalari orqali sodir
etilishi mumkin boʻlgan salbiy hatti-harakatlarga jiddiy e’tibor qaratish lozim
ekanligini taqozo etmoqda. Ma’lumotlarga qaraganda, soʻnggi yigirma yillikda
dunyodagi koʻplab mamlakatlar qonunchiligida, xalqaro huquq sohasida
kompyuter jinoyatlarini oldini olish va kiber-fazoda kiberxavfsizlikni ta’minlash
muhim ahamiyatga ega boʻlgan masalaga aylandi. Axborot xavfsizligi sohasidagi
jinoyatlarni tahlil qilish, ularning kelib chiqish sabablarini oʻrganish natijasida
ma’lum boʻldiki, ushbu sohada jinoyatchilikni amalga oshirish jinoyat
qonunchiligidagi boshqa jinoyatlardan shiddatliligi, oʻzidan iz qoldirmaslikning
yetarlicha imkoniyatlariga egaligi, jinoyatni sodir etuvchi shaxsdan jinoyatga
doir yuqori darajadagi aqliy salohiyatni talab etishi bilan ham ahamiyatlidir.
Ushbu jinoyatlarning rivojlanib borishi insoniyatning soʻnggi yillarda internet
tarmogʻidan foydalanish koʻlamining kengayib borishi bilan asoslanadi.
Ma’lumotlarga koʻra, 2023 yil boshida 5,1 milliarddan ortiq inson bu tarmoqning
faol foydalanuvchisi deb topilgan. Bu 2022 yilga nisbatan 7 foizga koʻpdir.
SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN
MANAGEMENT AND ECONOMY
International scientific-online conference
184
Tahlillar, dunyoda internet tarmogʻidan foydalanuvchilarning 26,5 foizini 10-24
yoshdagilar, 26,7 foizini 25-34 yoshdagilar tashkil etishni koʻrsatdi.
So‘nggi yillarda O‘zbekiston axborot xavfsizligini ta’minlash borasida bir
qator qonuniy, institutsional va texnik chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda.
Huquqiy asoslar
-
“Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi Qonun
-
“Shaxsiy ma’lumotlar to‘g‘risida”gi Qonun
-
2020 yilda tasdiqlangan Kiberxavfsizlik konsepsiyasi
Maxsus tashkilotlar
-
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
-
Kiberxavfsizlik markazi
-Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi
Texnik choralar
-
Antivirus dasturlar va xavfsizlik devorlaridan foydalanish
-
Kirishni nazorat qilish tizimlari (biometriya, parollar)
-
Serverlar va ma’lumotlar bazalarini shifrlash
Oliy ta’lim muassasalari va texnikumlarda IT mutaxassislarini tayyorlash
yo‘lga qo‘yilgan. Ayniqsa, kiberxavfsizlik sohasida malaka oshirish kurslari
faoliyat yuritmoqda.
Aksariyat rivojlanayotgan davlatlar kabi, O‘zbekistonda ham bu sohada
ayrim muammolar mavjud:
Kiberxavfsizlik mutaxassislarining yetishmasligi
Xavfsizlik madaniyatining past darajada bo‘lishi
Mahalliy dasturiy mahsulotlar sonining kamligi
Tavsiyalar:
Aholi orasida raqamli savodxonlikni oshirish
Xalqaro tajriba asosida kiberxavfsizlik siyosatini takomillashtirish
Mahalliy dasturchi va IT kompaniyalarni qo‘llab-quvvatlash
Xulosa o‘rnida ta’kidlash mumkinki,
O‘zbekistonda axborot tizimlari va
ularning xavfsizligini ta'minlash bo‘yicha olib borilayotgan islohotlar – raqamli
taraqqiyotga yo‘l ochib beradi. Zamonaviy texnologiyalar xavfsiz bo‘lgandagina
ular to‘liq foyda keltiradi. Shuning uchun davlat, jamiyat va har bir fuqaro bu
masalaga jiddiy yondashishi zarur.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1.
A.Tursunov, A.Rasulev. Kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish – bu borada
kadrlar tayyorlashning muhim masalalari. //“Postda” gazetasi. № 8(4494) 2023
yil 28-fevral.
SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN
MANAGEMENT AND ECONOMY
International scientific-online conference
185
2.
Oʻzbekiston Respublikasining “Axborotlashtirish toʻgʻrisida”gi Qonuni.
Lex.uz
3.
file:///C:/Users/user/Downloads/Ilm-fan+3033.pdf