Авторы

  • Gulsanam Karimova
    SHDPI Xorijiy til va adabiyoti ingliz tili yoʻnalishi 1-bosqich talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.sspme.84845

Ключевые слова:

Sharq falsafasi “Avesto” ta’limoti peripatetizmi panteizmi Epik davr Sutra davr Vedalar davri Konfutsiy va Lao-Szi ta’limoti Daosizm Abu Nasr Farobiy.

Аннотация

Ushbu maqolada Sharq davlatlari falsafasi,  uning jamiyat rivojidagi oʻrni, sharq falsafasiga oʻz hissasini qoʻshgan olimlar va bu borada boʻlgan izlanishlar haqida fikr yuritiladi. Sharq falsafasining hozirgi kundagi oʻrni va boʻlayotgan tadqiqotlar ochib beriladi.


background image

SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN

MANAGEMENT AND ECONOMY

International scientific-online conference

9

SHARQ FALSAFASI VA UMIMG IJTIMOIY TARAQQIYOTDAGI ROLI

Karimova Gulsanam Abdujalilovna

SHDPI Xorijiy til va adabiyoti ingliz tili yoʻnalishi 1-bosqich talabasi

Email: gulsanamkarimova32@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.15349772

Annotatsiya

Ushbu maqolada Sharq davlatlari falsafasi, uning jamiyat rivojidagi oʻrni,

sharq falsafasiga oʻz hissasini qoʻshgan olimlar va bu borada boʻlgan izlanishlar
haqida fikr yuritiladi. Sharq falsafasining hozirgi kundagi oʻrni va boʻlayotgan
tadqiqotlar ochib beriladi.

Kalit soʻzlar.

Sharq falsafasi, “Avesto” ta’limoti, peripatetizmi, panteizmi,

Epik davr, Sutra davr, Vedalar davri, Konfutsiy va Lao-Szi ta’limoti, Daosizm, Abu
Nasr Farobiy.

Abstract

This article discusses the philosophy of Eastern countries, its role in the

development of society, the scientists who have contributed to Eastern
philosophy, and the research in this area. The current role of Eastern philosophy
and ongoing research are revealed.

Keywords

: Eastern philosophy, "Avesta" teachings, peripateticism,

pantheism, Epic period, Sutra period, Vedic period, teachings of Confucius and
Lao-Tzu, Taoism, Abu Nasr al-Farabi.

Абстракт

В данной статье рассматривается философия стран Востока, ее роль в

развитии общества, ученые, внесшие вклад в восточную философию, и
исследования в этом направлении. Будет раскрыто место восточной
философии сегодня и проводимых исследований.

Ключевые слова

. Восточная философия, учение «Авесты»,

перипатетизм, пантеизм, эпический период, период Сутр, период Вед,
учение Конфуция и Лао-Цзы, даосизм, Абу Наср Фараби.

Sharq falsafasi – tafakkur va donishmandlik manbai
Sharq falsafasi – Sharq xalqlari tomonidan asrlar davomida shakllangan

tafakkur tizimi bo‘lib, inson, jamiyat va tabiat o‘rtasidagi uyg‘unlikni o‘rganadi.
Ushbu falsafa yunon falsafasidan farqli o‘laroq, amaliy hayot, axloq va ruhiy
kamolotga ko‘proq e'tibor qaratadi.

Sharq falsafasining asosiy yo‘nalishlariga hind, xitoy, islom va buddaviy

falsafalari kiradi. Hind falsafasi Vedalar, Upanishadlar va Bhagavad Gitaga
asoslanib, karmaning ta'siri va ruhiy poklanish g‘oyalarini ilgari suradi. Xitoy
falsafasi Konfutsiy, Lao-tszi va Chjan-tszi ta’limotlari bilan bog‘liq bo‘lib, axloqiy


background image

SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN

MANAGEMENT AND ECONOMY

International scientific-online conference

10

barkamollik va tabiiy uyg‘unlikni targ‘ib qiladi. Islom falsafasi esa Ibn Sino,
Forobiy va G‘azzoliy kabi mutafakkirlar orqali rivojlanib, ilm-fan va din
uyg‘unligini yoritadi.

Oddiy tasavvurga koʻra quyosh sharqdan chiqqani kabi, falsafiy

qarashlarning paydo boʻlishi ham qadimiy sharq xalqlari tafakkuriga borib
taqaladi. Qadimgi sharq xalqlarining tarixi va madaniyati, ularning afsonaviy,
diniy, axloqiy, siyosiy va huquqiy, badiiy, estetik va falsafiy tasavvur va
qarashlari, ularga xos mazmunlar haqidagi bilimlar antik davr mualliflari
asarlarida, arxeologik manbalarda, xalq ogʻzaki ijodiyoti namunalari: afsonalar,
dostonlar va rivoyatlarda aks etgan. Dastlabki falsafiy tasavvurlar va qarashlar
sharqning eng qadimgi mamlakatlaridan boʻlgan Bobilda eramizdan oldin 4-
ming yillikning boshlarida paydo boʻladi. Shu davrlardayoq odamlarning
dunyoda roʻy berib turadigan xilma-xil hodisa va voqealarga boʻlgan
munosabatlarini va qiziqishlarini garchi hali sodda va yuzaki, ibtidoiy shaklda
boʻlsada, oʻzida aks ettirgan falsafasiy qarashlar paydo boʻla Falsafiy gʻoyalar
muayyan ijtimoiy sharoitlar taʼsirida, maʼlum tarixiy-madaniy manbalar asosida
shakllanadi. Ibtidoiy hayotning murakkablashishi va kishilarning ijtimoiy
amaliyotining kengayishi ularni abstrakt fikrlashini rivojlantiradi, shu bilan
birga ilmiy bilimni shakllantiradi. Qadimgi sharq sivilizatsiyasining
beshiklaridan boʻlgan Misr, Bobilda eramizdan avvalgi toʻrt ming yillikning oxiri
va uch ming yillikning boshlarida dastlabki diniy-falsafiy fikrlar olam haqidagi
fanlar ya'ni avstronomiya,kosmologiya, matematika, mifologiyaga oid qarashlar
bir muncha rivoj topgan.Qadimgi Misr ham jahon madaniyatining eng qadimgi
oʻchoqlaridan biri boʻlib, unda ham ilk madaniy yodgorliklar eramizdan avvalgi
toʻrt ming yillikning boshlarida vujudga kelgan. Bobil madaniyati kabi qadimgi
Misr yodgorliklarida ham xalq donishmandligining hamma turlarida ham oʻsha
davrdagi ijtimoiy,iqtisodiy hayot, tabiat hodisalariga munosabat, kishilarning
ijtimoiy, siyosiy, ahloqiy, huquqiy, ularning sintezi boʻlgan falsafiy qarashlarida
oʻz ifodasini topgan. Qadimgi Misrliklar suvni odamga oziq-ovqat yetishtiruvchi,
inson uchun dastlabki ulugʻ neʼmat, deb bilganlar. Suv ularga butun tabiatning
asosi boʻlib koʻringan. Ular Nil daryosini ilohiy moʻjiza deb, tabiatdagi oʻsimlik va
daraxtlarga talpinganlar. Qadimgi Misrliklar astronomiya sohasida ba'zi
bilimlarga ega boʻlib, sayyoralarni yulduzlardan ajrata bilganlar, alohida
yulduzlar xaritasini va har xil taqvimlar tuzganlar. Qadimgi Misrda tibbiyot juda
rivojlangan, Misrliklar kasalliklarning juda koʻp turidan xabardor boʻlishib,
tashxis qoʻyish sohasida katta tajribalarni qoʻlga kiritganlar.Qadimgi Misrliklar
ayniqsa qurilish, arxitekturaga, sanʼatning juda koʻp turlariga,hisob-kitob,


background image

SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN

MANAGEMENT AND ECONOMY

International scientific-online conference

11

oʻlcham va chizmachilik, matematik va astronomik bilimlarga egaligi jihatdan
boshqalardan tubdan farq qilganlar. Haqiqiy maʼnoda ular geometriya va
astronomiyaga oid bilimlarining ilk yaratuvchilari boʻlishgan. Qadimgi Hindiston
oʻzining boy tarixi va madaniyatiga, diniy va falsafiy maʼlumotlarga ega boʻlgan.
Bizning eramizgacha boʻlgan bir ming yillikning oʻrtalarida insoniyat tarixining
taraqqiyotida qadimgi madaniyatning uch oʻchogʻida Hindiston, Xitoy,
Gretsiyada deyarli vir vaqtning oʻzida falsafa vujudga keldi. Hindiston bashariyat
tarixida qariyb birinchi sivilizatsiyasining beshigi hisoblanib, uning falsafasi
oʻzining qadimiy va boy tarixiga ega.Qadimgi Hind falsafasini oʻrganishda
"Ramayana", "Maxobharot", "Kalila va Dimna" kabi mashhur asarlar ilk
manbalar boʻlib xizmat qiladi.Hind madaniyati va falsafaning ana shu bebaho
yodgorliklarining har birida aql-idrok, adolat, insof-diyonat,halollik,
mehnatsevarlik, milliy totuvlik, toʻgʻri soʻzlilik toʻgʻrisida va yomon illatlarga
qarshi kurashish zarurligi haqida juda muhim falsafiy gʻoyalar, hikmatlar,
rivoyatlar, maqollar bayon etilgan. Falsafiy qarashlarning kurtaklari hind
madaniyati eng qadimgi yozma yodgorliklari "Vedalar" da uchraydi. Hind
asoslari "Upanishadalar" nomi bilan mashhur boʻlgan manbalarda ham oʻz aksini
topgan. Eramizdan oldingi 7-6 asrlarda Xitoy mutaffakirlarning fikricha tabiat
hodisalar degan moddiy zarralardan tarkib topgan "Dao" degan obyektiv tabiiy
qonuniyatga boʻysunadi.Xitoyliklarning tabiat hodisalari qonuniyatli asosida
taraqqiy qiladi, degan tasavvurlari, Dunyo moddiydir, degan taʼlimotga
bogʻliqdir. Dao haqidagi taʼlimot falsafadagi qonun tushunchasini hosil qilishdagi
dastlabki urinishdir. "Daosizm" soʻzini oʻzi "Dao" soʻzidan kelib chiqqan boʻlib,
"yoʻl" ,"taraqqiyot", "dunyo negizi" degan maʼnoni bildiradi. Daosizmning
asoschisi Laotszi boʻlib, u dunyoda abadiy harakat va qarama-qarshiliklarning
bir-biriga bogʻliqligi amal qiladi, tabiat hodisalari oʻz-oʻziga zid holatga aylanib
rivojlanadi, degan fikr yuritiladi.

Sosoniy hukmdorlar tomonidanqayta tiklangan bu kitob “Zand Avesto” deb

atalgan. “Zand” bayon qilish va izohlash demakdir. «Zand Avesto» zardushtiylik
dini taʼlimotini to'liq aks ettirolmaydi.Olamni anglash, borliq-koinot sirlarini
kashf etish, mavjudot dunyosining yaralishi sirlarini tadqiq qilishning sardaftari,
shubhasiz, Sharq xalqlarining qadimiy va nodir yozma yodgorligi - “Avesto”dir.
Eng qadimiy diniy manba boʻlmish “Avesto” falsafaning o‘ta bahsli mavzusi -
materiya va ruh muammosini ana shu tarzda hal qiladi.Avesto” ta’limotiga ko‘ra,
chetdan qaraganda jonsizdek tuyulgan olam bus-butun jonli mavjudotdir. Rubsiz
olam taraqqiyot va takomildan mosuvo, jonsiz jism. Koinotning bir zarrasi
boʻlgan inson ruhi Olam Ruhi bilan uzviy bogliq.


background image

SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN

MANAGEMENT AND ECONOMY

International scientific-online conference

12

Falsafa tarixida ayniqsa Oʻrta asr sharq falsafasida panteistik qarashlar ham

paydo boʻlgan. Panteizm soʻzi yunon tilidan olingan boʻlib rap-hamma, theos-
xudo degan maʼnolarni anglatadi. Ushbu taʼlimotning asosida Alloh bilan tabiat
oʻzaro mosdir, aynan birdir, Alloh va tabiatni bir-biriga qarama-qarshi boʻlishi
zararli deb tushuntiradi, tafakkurga zid deb eʼtirof etadilar. Mazkur tushuncha
sharq mamlakatlarida vijudiyun maʼnosida ishlatilgan. Panteizm turli davrlarda
turlicha xarakterga ega boʻlgan. Xilma-xil qarashlarni oʻzida aks ettirgan.
Jumladan, sharq mutafakkirlari qarashlarida ham panteizm sohasida fikr
yuritgan. Masalan, Abu Nasr Farobiy ham borliq va uning paydo boʻlishini
panteistik qarash bilan ifodalagan.

Sharq ma’naviyatidan biri bo’lgan iudaizmning xristianlikka ko’rsatgan

ta’siri natijasida Sharq madaniyatining Evropa xalqlari turmush tarziga kirib
borishi va ular hayotida muhim qadriyat rolini o’ynashi ham alohida ahamiyatga
ega bo’lgan jarayondir. O’sha davrlardagi iqtisodiy va madaniy
munosabatlarning chuqurlashuvi Ipak yo’liga o’xshash savdo yo’llarini qaror
toptirdi. Bu yo’llar ayni vaqtda Sharq va G’arb davlatlari o’rtasidagi iqtisodiy
munosabatlarning integratoriga aylandi. Shu yo’llar orqali bir xalqning
madaniyati, san’ati va fan yutuqlari boshqa xalqlar hayotiga ham kirib bordi.
Iqtisodiy munosabatlarning kengayishi va chuqurlashishi ayni vaqtda o’sha davr
mezoniga ko’ra ma’lum bir ma’naviy birlikni vujudga keltirdi.

Qadimgi Xitoy falsafiy qarashlarida Konfutsiyning (Er.avval 551-479 yillar)

axloqiy ta’limoti ham muhim o’rin tutgan. U o’zinig falsafiy qarashlarida
kishilarni tarbiyalash masalasiga katta e’tibor qaratadi. Uning fikricha, odamlar
o’z tabiyatiga ko’ra bir-biriga o’xshashdirlar, faqat ular o’z tarbiyalariga ko’ra
bir-birlaridan farq qiladilar.

Konfutsiyning ta’limotida Li degan tushuncha alohida ahamiyatga ega. Bu

tushuncha «Tartib», «Marom» degan ma’nolarni anglatadi. «Li» bo’lmasa,
jamiyatda tartib bo’lmaydi, demak, jamiyat ravnaq topmaydi. Shuning uchun
jamiyatla doimo tartib bo’lishi zarur», – deydi u. Xullas, Qadimgi Xitoydagi
falsafiy ta’limotlar tarixiga nazar tashlar ekanmiz, bu erda ham materialistik va
idealistik tendentsiyadagi falsafiy oqimlarning guvohi bo’lamiz. Masalan,
ko’pchilik qadimgi Xitoy faylasuflari tushuncha, predmetning nomi bilan
reallikdagi predmetning o’zaro munosabati to’g’risidagi muammoni hal qilishga
qiziqqanlar. Mo Di (Mo-Tszi), Syun-tszi va boshqalar tushunchalar («nomlar»)
ob’ektiv hodisalar va narsa va hodisalarning inson ongidagi in’ikoslari, desalar,
Gunsun Lui tushunchalarni mutlaq mohiyat, deb qarab, ularni borliqdan uzib
qo’yadilar. Umuman, Konfutsiy va Myan-Tszining axloqiy siyosiy nazariyalari,


background image

SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN

MANAGEMENT AND ECONOMY

International scientific-online conference

13

Xan Fey-tszi va «qonunchilar» maktablari vakillarining davlat va huquq
to’g’risidagi fikrlari haqida ham ma’lum mulohazalar aytish mumkin. Bular
Qadimgi Xitoy falsafasining «oltin davri»ni tashkil qiladi.
Shu bilan birga, Mazdakiylik jamiyatdagi ijtimoiy da’vat etgan Mazdakiylar
harakatining falsafasi sifatida ham xizmat qiladi.
Mazdakiylik ta’limotiga ko’ra, jamiyatda ijtimoiy notenglik yuzaga kelsa,
yovuzlik va zulmat hukmronlik qiladi. Bu esa kishilar o’rtasida xasad,
g’arazgo’ylik, ziqnalik, o’qirlik, makkorlik, shafqatsizlik, urushlar, turli-tuman
baxtsizlikni keltirib chiqaradi. Shu sababli bu illatlarni jamiyatdan bartaraf etish
uchun shu notenglikni paydo qiluvchi asoslarning o’zini yo’qotish, zarur, deb
hisoblaydi.

Mazdakning aytishicha, xudo kishilarga o’zaro teng taqsimlab olsin, deb,

nozne’matlarni yaratgan. Biroq, ba’zi xudbin kishilar o’z manfaatini ko’proq
o’ylab ish qilishgani uchun bu noz-ne’matlani taqsimlashda adolat buzilgan. Shu
asosda ba’zilar mol-mulkka ega badavlat bo’lishib, boshqalar kambag’al bo’lib
qolishgan. Shu bois, badavlat kishilardan mol-mulkning bir qimini tortib olib, uni
kambag’allarga taqsimlab berish adolatli ish bo’ladi, chunki kambag’allar ham
mol-mulkka ega bo’lishlari zarur. Mazdakning bu ta’limotini oddiy xalq ommali
keng qo’llab-quvvatlaydi. Shu sababli u ko’p joylarga juda tez yoyiladi. Bu davrda
ko’pchilik joylarda dehqon jamoalari va shahar mehnatkashlari ahvoli og’irligi
tufayli mazdakiylikning bu g’oyalari ular manfaatdorlariga mos bo’lib tushadi.
Mazdakiylikning bu g’oyalari Eron, Ozarbayjon va Markaziy Osiyo xalq ommasi
qo’zg’ololarining g’oyaviy bayrog’i bo’lib xizmat qiladi. o’sha davr feodal
zodagonlar mazdakiylik ta’limotining feodal jamiyati negizlariga putur etkaza
boshlaganligini ko’rishib, mazdakiylik ta’limoti tarafdorlarini shafqatsiz
jazolaydilar. Mazdakni esa sosoniylar davlatining podshosi Anushervon
tomondan 529 yili qatl qilinadi. Umuman olganda, mazdakiylik moyillikdan farq
qilib, bu ta’limot faqat falsafiy qarashlar majmuasi bo’lib qolmay, balki amaliy
xarakterga ham ega bo’lgan, o’z g’oyalarini amalga oshirishga qaratilgan
ta’limotdir. Bu ta’limotning hur fikrlilik g’oyalari o’zidan keyin Sharq
mamlakatlarida, Markaziy Osiyoda, hatto G’arb mamlakatlarida ham yuzaga
kelgan ozodlik harakatlari bilan bog’liq falsafiy oqimlarga o’z ta’sirini ko’rsatgan.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Mamatov Maxmut Falsafa Toshkent Zamin nashr-2025y.

2.

Sh.Madayev, M. Kasimova Falsafa Toshkent 2019y

3.

Falsafa (1-qism) Toshkent -"Fan va texnologiya"- 2019y

4.

N.Mamatov, A.Hojiboev, Sh.Jo’raev

SHARQ VA G’ARB FALSAFASI Toshkent– 2005y


background image

SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN

MANAGEMENT AND ECONOMY

International scientific-online conference

14

5.

Gunnar Skirbekk, Nils Gile. Falsafa tarixi. T-; 2002y.

6.

Aralovna, Ochilova Guzal, et al. "Ecological globalization and its social

place in the globalization system of processes." Journal of Survey in Fisheries
Sciences 10.1S (2023): 5000-5006.
7.

Ayonovna A. S. IN THE CONTEXT OF ENVIRONMENTAL GLOBALIZATION,

THE NEED FOR ENVIRONMENTAL EDUCATION BECOMES A PRIORITY
//American Journal Of Social Sciences And Humanity Research. – 2024. – Т. 4. –
№. 07. – С. 30-35.
8.

Omonov, Bakhodir Nurillaevich, Go‘zal Aralovna Ochilova, and Sitora

Ayonovna Azamova. "SPECIFIC CHARACTERISTICS OF THE ECOLOGICAL
ENVIRONMENT IN UZBEKISTAN." World of Scientific news in Science 1.3
(2023): 15-28.
9.

Ayonovna, Azamova Sitora. "The Need for the Formation of

Environmental Education and Upbringing in Young People in the Conditions of
Environmental Globalization." Global Scientific Review 13 (2023): 7-10.
10.

Ayonovna, Azamova Sitora, and Pirimov Lerik Xudoyberdi o’g’li.

"EKOLOGIK

MADANIYATNI

SHAKLLANTIRISHDA

EKOLOGIK

OMIL

TUSHUNCHASI ‘." TADQIQOTLAR. UZ 40.4 (2024): 135-139..
11.

Ayonovna A. S. IN THE CONTEXT OF ENVIRONMENTAL GLOBALIZATION,

THE NEED FOR ENVIRONMENTAL EDUCATION BECOMES A PRIORITY
//American Journal Of Social Sciences And Humanity Research. – 2024. – Т. 4. –
№. 07. – С. 30-35..
12.

Shakhrisabz A. S. A. THE USE OF THE SCIENTIFIC HERITAGE OF

ORIENTAL SCIENTISTS IN THE FORMATION OF ECOLOGICAL CULTURE AMONG
SCHOOLCHILDREN IN THE CONTEXT OF ECOLOGICAL GLOBALIZATION
//International Scientific and Current Research Conferences. – 2024. – С. 94-97.
13.

Azamova S. EKOLOGIK TA’LIM VA TARBIYANING RIVOJLANISH

BOSQICHLARI //Talqin va tadqiqotlar. – 2024. – Т. 1. – №. 1.
14.

Sartre, Jean-Paul. Being and Nothingness. London: Routledge, 2003.

15.

Heidegger, Martin. Being and Time. New York: Harper & Row, 1962.

16.

Camus, Albert. The Myth of Sisyphus. London: Penguin Books, 2000.

17.

Beauvoir, Simone de. The Ethics of Ambiguity. New York: Citadel Press,

1976.
18.

Foucault, Michel. Discipline and Punish: The Birth of the Prison. New

York: Vintage Books, 1995.
19.

Derrida, Jacques. Writing and Difference. London: Routledge, 1978.

Библиографические ссылки

Mamatov Maxmut Falsafa Toshkent Zamin nashr-2025y.

Sh.Madayev, M. Kasimova Falsafa Toshkent 2019y

Falsafa (1-qism) Toshkent -"Fan va texnologiya"- 2019y

N.Mamatov, A.Hojiboev, Sh.Jo’raev

SHARQ VA G’ARB FALSAFASI Toshkent– 2005y

Gunnar Skirbekk, Nils Gile. Falsafa tarixi. T-; 2002y.

Aralovna, Ochilova Guzal, et al. "Ecological globalization and its social place in the globalization system of processes." Journal of Survey in Fisheries Sciences 10.1S (2023): 5000-5006.

Ayonovna A. S. IN THE CONTEXT OF ENVIRONMENTAL GLOBALIZATION, THE NEED FOR ENVIRONMENTAL EDUCATION BECOMES A PRIORITY //American Journal Of Social Sciences And Humanity Research. – 2024. – Т. 4. – №. 07. – С. 30-35.

Omonov, Bakhodir Nurillaevich, Go‘zal Aralovna Ochilova, and Sitora Ayonovna Azamova. "SPECIFIC CHARACTERISTICS OF THE ECOLOGICAL ENVIRONMENT IN UZBEKISTAN." World of Scientific news in Science 1.3 (2023): 15-28.

Ayonovna, Azamova Sitora. "The Need for the Formation of Environmental Education and Upbringing in Young People in the Conditions of Environmental Globalization." Global Scientific Review 13 (2023): 7-10.

Ayonovna, Azamova Sitora, and Pirimov Lerik Xudoyberdi o’g’li. "EKOLOGIK MADANIYATNI SHAKLLANTIRISHDA EKOLOGIK OMIL TUSHUNCHASI ‘." TADQIQOTLAR. UZ 40.4 (2024): 135-139..

Ayonovna A. S. IN THE CONTEXT OF ENVIRONMENTAL GLOBALIZATION, THE NEED FOR ENVIRONMENTAL EDUCATION BECOMES A PRIORITY //American Journal Of Social Sciences And Humanity Research. – 2024. – Т. 4. – №. 07. – С. 30-35..

Shakhrisabz A. S. A. THE USE OF THE SCIENTIFIC HERITAGE OF ORIENTAL SCIENTISTS IN THE FORMATION OF ECOLOGICAL CULTURE AMONG SCHOOLCHILDREN IN THE CONTEXT OF ECOLOGICAL GLOBALIZATION //International Scientific and Current Research Conferences. – 2024. – С. 94-97.

Azamova S. EKOLOGIK TA’LIM VA TARBIYANING RIVOJLANISH BOSQICHLARI //Talqin va tadqiqotlar. – 2024. – Т. 1. – №. 1.

Sartre, Jean-Paul. Being and Nothingness. London: Routledge, 2003.

Heidegger, Martin. Being and Time. New York: Harper & Row, 1962.

Camus, Albert. The Myth of Sisyphus. London: Penguin Books, 2000.

Beauvoir, Simone de. The Ethics of Ambiguity. New York: Citadel Press, 1976.

Foucault, Michel. Discipline and Punish: The Birth of the Prison. New York: Vintage Books, 1995.

Derrida, Jacques. Writing and Difference. London: Routledge, 1978.