SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN
MANAGEMENT AND ECONOMY
International scientific-online conference
49
BOSHLANG’ICH SINFLARDA “ONA TILI VA O`QISH SAVODXONLIGI”
DARSLARIDA KREATIV FIKRLASHNI RIVOJLANTIRISHNING
PEDAGOGIK ASOSLARI
Nisanbayeva Akmaral
Nizomiy nomidagi TDPU professori
Sabirova Dilbar
Nizomiy nomidagi TDPU talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15361959
Annotatsiya:
Maqolada ta’lim jarayoniga “kreativlik” atamasini kirib
kelishining muhim ahamiyat kasb etishi va uning o‘qituvchi ijodkorligi bilan
bevosita bog’liqligi, o‘qituvchining kreativligini ona tili ta’limi bo‘yicha zarur
o‘quv manbalarini yaratish, ona tili ta’limi jarayoni loyihasini tayyorlash,
ta’lim jarayonini qiziqarli va jonli tashkil etish, fanni o‘qitishga qaratilgan
ilmiy tadqiqotlarni muvaffaqiyatli olib borish, ona tili va o’qish savodxonligini
o‘qitishga doir respublika miqyosidagi anjumanlarda faol ishtirok etishi
haqidagi fikrlar yoritiladi.
Аннотация:
В статье подчеркивается важность введения термина
«творчество» в образовательный процесс и его непосредственная связь с
творчеством учителя, роль творчества учителя в создании необходимых
образовательных ресурсов для обучения родному языку, подготовке
проекта
процесса
обучения
родному
языку,
организации
образовательного процесса в интересной и живой форме, успешном
проведении научных исследований, направленных на преподавание
предмета, активном участии в республиканских конференциях по
обучению родному языку и грамотности чтения.
Abstract:
The article highlights the importance of the introduction of the
term "creativity" into the educational process and its direct connection with the
creativity of the teacher, the role of the teacher's creativity in creating the
necessary educational resources for mother tongue education, preparing a
project for the mother tongue education process, organizing the educational
process in an interesting and lively way, successfully conducting scientific
research aimed at teaching the subject, and actively participating in national
conferences on teaching the mother tongue and reading literacy.
Kichik maktab yoshidagi o’quvchilar dunyoqarashini har tomonlama qaror
toptirishda ona tili ta’limi muhim ahamiyat kasb etsa-da, uzoq yillar mobaynida
bu jarayon an’anaviy o’qitishga asoslanib kelingan.
Ta’lim jarayoniga “kreativlik” tushunchasining tatbiq etilishi boshqa fanlar
qatori ona tili ta’limida ham o‘ziga xos ahamiyat kasb etadi. Chunki bu davr
SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN
MANAGEMENT AND ECONOMY
International scientific-online conference
50
talabi hisoblanadi. So‘nggi yillarda yetakchi xorijiy mamalakatlarning ta’lim
tizimida bu masalaga alohida e’tibor qaratilmoqda. Buni Bronson, Ken Robinson,
Fisher, Frey, Begetto, Kaufman, Ali, Treffinger va boshqa olimlar tomonidan
olib borilgan ko‘plab tadqiqotlar natijalarida ko‘rish mumkin. Shaxsda kreativlik
sifatlarini rivojlantirishning umumiy mohiyatini anglab olish uchun dastlab
“kreativlik” tushunchasining ma’nosini tushunish talab etiladi. Ken
Robinsonning fikriga ko‘ra, “kreativlik – o‘z qiymatiga ega original g‘oyalar
majmui”dir. Gardner esa o‘z tadqiqotlarida tushunchani shunday izohlaydi:
“kreativlik – shaxs tomonidan amalga oshiriladigan amaliy harakat bo‘lib, u
o‘zida muayyan yangilikni aks ettirishi va ma’lum qiymatga ega bo‘lishi lozim”.
Kreativlik (lot. “create” – yaratish, bunyod etish, “creative” –yaratuvchi,
ijodkor) –shaxsning yangi g‘oyalarini ishlab chiqarishga tayyorligini
tavsiflovchi va mustaqil omil sifatidagi ijodiy qobiliyati.
Biz noan’anaviy ta’limni tashkil qilishimiz va amaliyotga joriy qilishimiz
zarur. Buning uchun avval darsni qanday tashkil etish, nimalarnidir yangilik
sifatida ta’lim tizimiga olib kirishimiz va o’zimizga moslashtirib olgandan
keyingina uni quyidagicha o’quvchilarda sinov sifatida qo’llab ko’rishimiz kerak:
1) ta’lim jarayonini qiziqarli, jonli, jo‘shqin tashkil etish;
2) ona tili ta’limi jarayoni loyihasini tayyorlash;
3) ona tili fanidan nazorat hamda sinov topshiriqlarini shakllantirish.
Chunonchi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-2026-yillarga
moʻljallangan “Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi toʻgʻrisida”gi
Farmonida ham “Ilg‘or xorijiy tajribani hisobga olgan holda bolalarni har
tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish uchun ta’lim
sifatini oshirish, ta’lim-tarbiya jarayoniga jahon tajribasida keng
qo‘llaniladigan zamonaviy ta’lim dasturlari va texnologiyalarini joriy etish
zarur” deb alohida uqtirib o‘tilgan.
Ona tili va o’qish savodxonligi fanini o’qitishda tamoyillar bo’lib, 4-
tamoyilda o’qish savodxonligida tez, to’g’ri, ongli va ifodali o’qish
kompetensiyalarini shakllantirish, o’quvchilarni oddiy kitobxondan chuqur
mulohaza qiluvchi, keng mushohadali, zukko kitobxon darajasiga olib chiqish,
tevarak-atrof va butun dunyoda ro’y berayotgan o’zgarishlar to’g’risida o’z
fikrini mustaqil ayta oladigan, tanqidiy hamda kreativ fikrlash ko’nikmasini
oshirishga qaratilgan.
Shu jumladan, Xalqaro o’quvchilarni baholash dasturi PISA testlari 15
yoshli maktab o’quvchilarining turli fanlardagi (o’qish, matematika, tabiiy fan)
savodxonligini aniqlab olish hamda olgan bilimlarini amaliyotda qo’llash
SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN
MANAGEMENT AND ECONOMY
International scientific-online conference
51
qobiliyaatini aniqlash maqsadida o’tkaziladi. Bizda ham hozirda ushbu test
materiallariga jiddiy tayyorgarlik ishlari keng miqyosda olib borilmoqda. Test
materiallari, ayniqsa, o'quvchilarni faqat javob berishgagina emas, savolning bir
nechta javoblarini ongida tahlil qilib, keyin javob berishga unfashionable bilan
ajralib turadi. Mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini ham sinovdan o'tkazadi.
Xulosa qilib aytganda, oʻquvchilarda ona tili darslarida kreativ fikrlashni
rivojlantirish mazmuni shuni koʻrsatdiki, kreativ yondashuv nafaqat pedagogik
texnologiyani tanlashga, balki birinchi oʻrinda, oʻqituvchining shaxsiyatiga ham
bogʻliq. Qachonki oʻqituvchi oʻquvchilarni noodatiy tarzda mushohada qilishga,
muammoga turli tomondan qaragan holda yechim topishga oʻrgata olsagina, biz
yuqorida ta’kidlab oʻtgan pirovard maqsadimizga erishgan boʻlamiz.
Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-2026-yillarga moʻljallangan
“Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi toʻgʻrisida”gi Farmoni. -T.,2022.
2. Y.Gʻulomov, I.Rasulov, X.Rustamov, B.Mirzaaxmedov. Oʻzbek tili oʻqitish
metodikasi. Qoʻllanma. Toshkent-1975. 121-bet.
3.https://cyberleninka.ru/article/n/boshlang-ich-sinf-o-qituvchilarida-kreativ-
salohiyatni-rivojlantirishning-pedagogik-xususiyatlari.
4.Nisanbayeva, A. (2023). THE IMPORTANCE OF USING INNOVATIVE METHODS
AND APPROACHES IN TEACHING NATIVE LANGUAGE. Science and innovation,
2(B2), 177-178.
5. Нисанбаева, А., & Чиналиева, А. (2022). ШАХС ФАОЛИЯТИДА
МОТИВАЦИЯНИНГ АҲАМИЯТИ. Science and innovation, 1(Special Issue 2),
781-786.