SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN
MANAGEMENT AND ECONOMY
International scientific-online conference
5
ALISHER NAVOIY VA ZAXIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR IJODIDA
ILMI ARUZNING NAZARIY MASALALARI
G’oyibboyeva Rayhona Ahmadjonovna
NamDU, filologiya fakulteti o‘qituvchisi
Jabboraliyeva Zulhayo Alisher qizi
O‘zbek tili va adabiyoti o‘qituvchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15449989
Annotatsiya:
Ushbu maqolada o’zbek she’riyatining buyuk daholari deb tan
olingan Alisher Navoiy va Bobur Mirzo hazratlarining aruz vazni haqidagi teran
fikrlari keltirilgan. She’riyatning bu murakkab vaznining o’rganilishida Alisher
Navoiyning “Mezon ul avzon” va Zaxiriddin Muhammad Boburning “Muxtasar”
asarlari tahlilga tortilgan.
Kalit so’zlar:
aruz, hazaj, rajaz va ramal bahrlari, rukn, razaji musammani
solim vazni, ramali musammani solim vazni.
Аннотация:
В данной статье представлены глубокие мысли Алишера
Навои и Бабура Мирзы, признанных великими гениями узбекской
поэзии.В исследовании этой сложной массы поэзии рассматриваются
«Мезон ул авзон» Алишера Навои и «Мухтасар» Захириддина Мухаммада
Бабура. представлены и проанализированы его произведения.
Ключевые слова:
аруз, хазадж, раджаз и рамал бахрлар, рукн, вес
салима с разаджи мусмали, вес салима с рамали мусбалом.
O’zbek xalqi o’tmishda o’tgan bitmas-tuganmas ilm xazinalari – buyuk
daholari bilan haqli ravishda faxrlansa arziydi. Alisher Navoiy va Bobur Mirzo
hazratlari ana shu buyuk daholarning o’zbektili rivoji nafaqat o’zbektili balki
mumtoz o’zbekshe’riyatining munosib ravishda shohlari desak mubolag’a
bo’lmaydi. Nafaqat o’zlarining o’tkir qalami bilan qilgan ijodlari, balki
adabiyotning ilmiy-nazariy jihatlariga ham bergan e’tiborlari, qoldirgan
ma’lumotlari xalqimizning ulkan xazinasidir.
Asrlar davomida mumtoz she’riyatimizda foydalanib kelingan, hozirgi
kunda ham o’zbekpoeziyasida ham qo‘llanilayotgan aruz vazni ancha murakkab
she’riy o’lchov sistemasidir. Mumtoz she’riyatimizning o’lmas obidalarini,
shuningdek, o’zbekshoirlarining aruz asosida yaratilgan asarlari g’oyaviy-badiiy
qimmatini chuqur anglab yetish uchun mazkur she’riy o’lchov sistemasining
nazariy asoslarini bilib olish shart. She’riyatning bu murakkab vaznining
o’rganilishida Alisher Navoiyning “Mezon ul avzon” va Zaxiriddin Muhammad
Boburning “Muxtasar” asarlari ulkan rol o’ynaydi.
Biroq shoir ijodi o’rganilar ekan, u yaratgan she’riyatning vazn
xususiyatlarini tadqiq etish badiiy mahorat, uslub, an’ana va novatorlik kabi
SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN
MANAGEMENT AND ECONOMY
International scientific-online conference
6
masalalarni hal etish jihatidan alohida ahamiyatga ega. Alisher Navoiy aruz
vaznining paydo bo’lishi haqida shunday yozadi: “Bas sobit bo’ldikim, aruz fani
sharif fandur. Va bukim, bu ilmni nechun «aruz»dedilar, muxtalif aqvol bor. Ul
jumladin, biri bila iktifo qilidur. Va ul budurkim, Xalil ibni Ahmad rahmatullohki,
bu fanning voziidur, chun arab ermish va aning yaqinida bir vodiy ermishki, ani
«aruz»derlar ermish va ul vodiyda arob uylarin tikib, jilva berib, bahoga
kiyururlar ermish. Va uyni arab “bayt” der. Chun baytlarni bu fan bila mezon
qilib, mavzunini nomavzundin ayururlar, go’yoki qiymat va bahosi ma’lum
bo’lur, bu munosabat bila «aruz»debdurlar. Baytniki uy oti birla otabdurlar,
munosabati muni debdurlarki, uyning chun binosi to’rt rukn biladur, bu
baytning ham binosi to’rt rukn biladur, bu baytda ham mani haysiyatidin ko’p
nimalar bo’lur, hatto uyning mahzunot va maxfiyoti o’rniga ham munda maxfiy
va maktum xayolot va maoni topsa bo’lur, bu munosabatlardin ani «bayt»
debdurlar”.
Aruz she’riyati dastavval ko’chmanchi, tuya boqish bilan shug’ullanuvchi
arab qabilalari badaviylarda vujudga kelgan. Alisher Navoiy yuqoridagi jumlalar
orqali aruz ilmining asoschisi Xalil ibn Ahmad yashagan hudud yaqinida Aruz
degan vodiy borligi haqida ma’lumot beradi. Bu vodiyda arablar chodirlar tikib,
ularni bezatib sotar ekanlar. Uyni “bayt” deb atasharkan. Baytning mavzun-
nomavzun (vaznli-vaznsiz) ekanligini aruz fanining o”lchoviga solib
ko’rishganidek, bezatilgan uylar ham bahoga solib o’lchab ko’rilar ekan. Shu
tariqa mazkur ilm ushbu vodiy nomi bilan «aruz»deb atala boshlanganligini
aytib o’tgan.
O’zbekaruzining nazariy va amaliy jihatdan shakllanishida Navoiyning
“Mezon ul-avzon” asari ilk manbaa sifatida alohida ahamiyatga ega. Ulug’
mutafakkir shoir aruz qoidalarini xilma-xil bahrlari hamda vaznlarini turkiy
tilda mufassal bayon qilish bilan cheklanib qolmay, turkiy xalqlarning og’zaki
she’riyati me'zoni bilan aruz vaznlari hamohangligini quyidagicha ifoda qiladi:
“turk alfozi bilakim nazm voqi bo’lubdur, anga zobitae va qonune yo’q erkondur
va ul fan rivoji uchun kishi aruz fannida kitobe yo risolae bitmaydur. Bu xujasta
zamondakim, zamon podshohi devon tartib berdilar, muborak xotirlarin sher
vazniga va bayt taqtiiga mashgul qildilar, bu jihatdin sherning poyasi yetti
ko’kdin o’tti va bu baytning martabasi bayt ul-haromga yeti”, hamda turkiy til
xususiyatlarini nazarda tutgan holda aruzning turkiy adabiyotlarda, xususan,
o’zbekshe’riyatida keng qo’llanilishi mumkin bo’lgan ko’plab o’lchovlarini ham
belgilab berdi: “ma’lum bo’lsunkin, aruz fani ahli nazm avzoni usulining binosin
uch ruknga qo’yubdurlarkim, alarni sabab va vatad va fosila debdurlar.
SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN
MANAGEMENT AND ECONOMY
International scientific-online conference
7
Pas mavzun kalom talifida bu arkon tarkibidin guzir yoqtur va arabu ajam
shuarosining jami ashori murakkab bu arkon ijtimoidindur va aruz ahli ani
“afoiyl” va “tafoiyl” derlar va ul sekkiz faslga munhasirdur:
1) Faulun vatadi majmu taqdimi bila sababi xafifqa.
2) Foilun sababi xafif taqdimi bila vatadi majmuqa.
3) Mafoiylun vatadi majmu taqdimi bila ikki sababi xafifqa.
4) Mustafilun ikki sababi xafif taqdimi bila vatadi majmuqa.
5) Foilotun vatadi majmu kivurmak bila ikki sababi xafif orasiga.
6) Mafoilatun vatadi majmu taqdimi bila fosilai sugroga.
7) Mutafoilun fosilai sugro taqdimi bila vatadi majmuga.
8) Mafulotu ikki sababi xafif taqdimi bila vatadi mafruqqa.
O’zining lirik she’rlari va dostonlarini yaratishda aruzning rangorang
vaznlarini sinchkovlik bilan sinovdan o’tkazgan Navoiy turkiy tillarda ham aruz
o’lchovlari asosida turli , tuman janr va shakllarda g’oyat latif lirik asarlar
yaratish va yirik dostonlarni bitish mumkinligini amalan isbot qilib ham bergan
edi. Bu bilan shoir turkiy tilning beqiyos boyligi va betakror go’zalligini she’riy
o’lchov jihatdan ham namoyish qildi.
Alisher Navoiy izidan borgan Zaxiriddin Muhammad Bobur ham “Muxtasar”
nomli asarida aruzning nazariy asoslarini mukammal yoritadi, aruz
o’lchovlarining forsiy va turkiy she’riyatdagi mavqe’ini, ko’lamini har ikki
adabiyotning o’lmas namunalari bilan dalillaydi, ayni vaqtda o’zbekaruzi
o’lchovlar doirasining nihoyatda kengligini ta’kidlash maqsadida she’riyatimizda
qo’llanilishi mumkin bo’lgan 537 o’lchovni (ulardan 400ga yaqini mutlaqo yangi,
Bobur tomonidan kashf qilingan vaznlar) sanab o’tib, ulardan har biriga bir
baytdan misol keltiradi.
Jumladan, Boburning “Muxtasar” asarida “Doirai mujtaliba” da hazaj, rajaz
va ramal bahrlari birlashgan bo’lib, ular uchun misol tariqasida “Jafo ko’p qilma,
ey mahvash, jafo sendinddurur nohush, misrasi keltirilgan. Doira uch bo’lakka
bo’linib, har qaysisida u yoki bahrning sakkiz ruknli solim o’lchovi ruknlari o’rin
olgan. Yuqoridgi misrani boshidan boshlab o’qilsa, doirada berilgan “mafoilun,
mafoilun, mafoilun, mafoilun” ruknlariga muvofiq keluvchi hazaji musammani
solim vazni, keyingi so’zdan boshlab Ko’p qilma, ey mahvash, jafo, sendindurur
nohush jafo, tarzida o’qilsa, ruknlari mustaf’ilun, mustaf’ilun, mustaf’ilun,
mustaf’ilun bo’lgan razaji musammani solim vazni, uchunchi so’zdan boshlab
Qilma, ey mahvash, jafo,sendindurur nohush jafo ko’b tarzida o’qilsa, ruknlari
foilotun, foilotun, foilotun, foilotun ko’rinishidagi ramali musammani solim vazni
hosil bo’ladi.
SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN
MANAGEMENT AND ECONOMY
International scientific-online conference
8
Huddi shu usul bilan mutaqorib va mutadorik bahrlari yana bir doiraga,
komil va vofir , uchunchi doiraga, tavil, madid, basit to’rtinchi doiraga, munsarih,
muqtazab, muzori, va mujtass , beshinchi, hafif, qarib, mushokil, g’arib, sari,
bahrlari oltinchi doiraga birlashtiriladi. Har qaysi doira aruzshunoslar
tomonidan ayricha nomlangan bo’lib, ba’zi nomlar barcha asarlarda bir-biriga
mos kelsa, boshqalari farqlanadi. Chunonchi, mutadorik va mutaqorib bahrlarini
birlashtiruvchi doira Navoiy va Bobur asarlarida bir xil “Doirai muttafiqa, deb;
hafif, qarib, g’arib, sari va mushokil bahrlaridan tashkil topgan doira har ikki
aruzshunos tomonidan “Doirai muntazia” deb atalgan bo’lsa, hazaj, rajaz, ramal
bahrlari uchun tuzilgan doira “Mezon ul avzon” da “Doirai mu’talifa” deb atalsa,
“Muxtasar”da “Doirai mujtaliba” deb; komil va vofir bahrlarini birlashtiruvchi
doira Navoiy tomonidan “Doirai muxtalita” deb atalgan bo’lsa, Bobur tomonidan
,Doirai mu’talifa deb nomlangan. Bunday farqlarni aruz ilmiga bag’ishlangan
barcha asarlarda kuzatish mumkin bo’lsa-da, “Mezon ul avzon” hamda
“Muxtasar” bir-biriga eng yaqin manbaalar bo’lishiga qaramay ayrim farqlar
mavjud. Masalan doiralar son jihatdan “Mezon ul avzon” da 7 ta bo’lsa,
“Muxtasar”da 9 tani tashkil qiladi. Aruz doiralarining ichki tuzilishida
aruzshunoslar oson tushunishiga intilib turlicha yo’llardan borishgan. Masalan,
Navoiy har qaysi bahrning ma’lum vazni ruknlarini doira bo’laklariga
joylashtirgan bo’lsa, Bobur ularni doira ichidagi doirachalarda aks ettiradi.
Doiralar aruz ilmini tushunishda eng sodda ko’rgazmali vosita sanalib, bugungi
kun o’quvchilari ham aruz ilmini o’zlashtirishda unuli foydalanishlari mumkin.
Xulosa qilib aytganda, xalqimizning ikki buyuk namoyondalari qoldirgan
beqiyos ilm xazinasida aruz vazni haqidagi qarashlar, nazariyalar alohida o’ringa
egadir. Ularning boy meroslaridan unumli foydalanish, ilmiy tadqiqotlar olib
borish adabiyotshunos olimlar va yosh tadqiqotchilar oldida turgan muhim
vazifalardan biri hisoblanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Alisher Navoiy .Mezon ul avzon. www.ziyouz.com kutubxonasi
2.
Zaxiriddin Muhammad Bobur. Muxtasar. www.ziyouz.com kutubxonasi
3.
Mirzayev S. Navoiy aruzi. Nomzodlik dissertatsiyasi.
4.
Hojiahmedov A. O’zbek aruzi lug’ati. Toshkent. Sharq.1998
5.
Aлишер Навоий мукаммал aсарлар тўплами Йигирма томлик. Ўн
бешинчи том. www.ziyouz.com kutubxonasi Ўзбекистон Республикаси
Фанлар академияси «Фан» нашриёти Тошкент —1999
6.
Алишер
Навоий.
Мукаммал
асарлар
тўплами.
16-жилд
www.ziyouz.com kutubxonasi Ўзбекистон Республикаси Фанлар академияси
«Фан» нашриёти Тошкент — 2000
SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN
MANAGEMENT AND ECONOMY
International scientific-online conference
9
7.
Goyibboeva Rayhonoy. THE IMAGE OF ABDURAHMON JAMI IN NAVOI'S
PROSE. Germany World Bulletin of Social Sciences (WBSS) Available Online at:
https://www.scholarexpress.net Vol. 10, May,2022 ISSN: 2749-361X
8.
Goyibboeva Rayhonoy Ahmadjonovna, Mominjon Sulaymanov. TOPICS
AND SPECIFIC FEATURES OF ALISHER NAVOI'S PROSE WORKS. ACADEMICIA :
An International Multidisciplinary Research Journal ISSN: 2249-7137, Vol. 11
Issue 12, DECEMBER 2021, Impact Factor: SJIF 2021.492
9.
Navoiy asarlarining izohli lug'ati. 1- tom. - Toshkent: Fan, 1983.
10.
Navoiy asarlarining izohli lug'ati. 2-tom. - Toshkent: Fan, 1983.
11.
Navoiy asarlarining izohli lug'ati. 3-tom. - Toshkent: Fan, 1984.
12.
Navoiy asarlarining izohli lug'ati. 4- tom. - Toshkent: Fan, 1985.
13.
Hojiahmedov A. Navoiy aruzi nafosati. T.:2006
14.
Yusupova D. Uzbek mumtoz adabiyoti tarixi (Alisher Navoiy davri). -
Toshkent: 2013.