SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN
MANAGEMENT AND ECONOMY
International scientific-online conference
179
KUZGI BUG‘DOYNING DON SIFAT KO‘RSATKICHLARINI
OSHIRISHDA SENIKATSIYANING AHAMIYATI
T.Ch.Boyqobilov
Toshkent davlat agrar universiteti mustaqil tadqiqotchi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15429919
Kalit so‘zlar:
ammoniy sulfat, senikant, sut-mum pishish, boshoq, 1000 dona
don vazni, hosildorlik.
Annatatsiya:
Maqolada
kuzgi bug‘doy doni sut-mum pishish fazasiga
kirganda sulfat ammoniy mineral o‘g‘iti bilan gektariga 30-40 kg me’yorda
qo‘llanilganda, don hosildorligi 65,2-65,0 s/ga ni, qo‘shimcha hosil esa 1,2-1,3
s/ga oshganligi va donning kimyoviy tarkibi, shaffofligi 3-4 % ga va kleykovina
miqdori 1,2-1,3% ga yuqori bo‘lganligi aniqlandi.
Ключевые слова:
сулфат аммония, сеникант, молочно-восковая
спелост, колос, масса 1000 зерна., урожайност.
Аннататсия:
В стате приводятся данный что при внесении в норме 30-
40 кг/га сулфатно-аммонийного минералного удобрения в период
молочно-восковую фазу созревания озимой пшенисы урожайност зерновых
составляет 65,2-65,0 с/га, прибавка -1,2-1,3 с/га и отмеченоралячсние
качества прозрачности на 3-4% и содержание глютена увеличение 1,2-1,3%.
Key words
: ammonium sulfate, senicant, milk-wax ripeness, ear, 1000 grain
weight, yield.
Annotation:
The article shows that when applying normally 30-40 kg / ha
of ammonium sulfate mineral fertilizer during the milk-wax phase of ripening of
winter wheat, the grain yield is 65.2-65.0 c / ha, the increase is 1.2-1.3 c / ha and
there is an increase in the quality of transparency by 3-4% and the gluten content
is an increase of 1.2-1.3%.
Kirish.
Bugungi kunda dunyo bo‘ylab qishloq xo‘jalik ekinlari orasida
bug‘day eng ko‘p ekiladigan va strategik ahamiyatga ega donli ekin hisoblanadi.
2023-yil iyul oyi oxirida BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO)
tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, jahonda boshoqli don еtishtirish
bo‘yicha yillik prognoz o‘tgan oyga nisbatan 5,9 million tonnaga (0,2 foiz) oshgan
va 2,819 million tonnani tashkil etib, tarixiy rekord darajaga еtgan. Bu ko‘rsatkich
2022 yilga nisbatan 1,1 foizga yuqori. O‘zbekistonda ham bu sohada katta e’tibor
qaratilmoqda, mamlakatimizda yiliga 1 million gektardan ziyod maydonga
bug‘day ekilib, taxminan 6,5 million tonnadan ortiq don еtishtirilmoqda.
Ma’lumki, bug‘doy donini еtishtiruvchi mamlakatlarda bug‘day navlarining
biologik xususiyatlari va tuproq-iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda, ularni
еtishtirishdagi agrotexnologiyalarni ishlab chiqish va muntazam ravishda
SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN
MANAGEMENT AND ECONOMY
International scientific-online conference
180
takomillashtirish muhim vazifa hisoblanadi. Bu, ayniqsa, aholining non, makaron
va un mahsulotlariga bo‘lgan talabining ortib borishi sharoitida yanada dolzarb
ahamiyat kasb etadi. Shu munosabat bilan, don sifati yuqori bo‘lgan kuzgi
bug‘dayning yangi nav va tizimlarini yaratish, shuningdek, uning sifatini
oshiruvchi innovatsion agrotexnologiyalarni qo‘llash va tadbiq etish ehtiyoji ortib
bormoqda.
Dunyoning bir qator rivojlangan mamlakatlarida kuzgi bug‘doyning maqbul
ekish muddati, oziqlantirish me’yorlari, sug‘orish tartiblari hamda don sifatini
oshirish senikansiya qo‘llash bo‘yicha ilmiy izlanishlarga alohida e’tibor
qaratilmoqda. Bunga sabab iqlimning global o‘zgarishida bug‘doyning stress
omillarga chidamli yangi nav va tizmalarini yaratish hamda o‘ziga xos yetishtirish
agrotadbirlarini takomillashtirish talab etilmoqda. Kuzgi bug‘doy don hosilini va
uning sifatini, ya’ni kliykovina miqdori, shaffofligi hamda makaronbopligini
oshirishga resurstejovchi yuqori samarali texnologiyalarni qo‘llash orqali
erishish mumkin.
Bu borada, kuzgi bug‘doyda kimyoviy preparatlar bilan sinekatsiya va
desikatsiya agrotadbirlarini o‘tkazish bo‘yicha bir qancha ilmiy izlanishlar olib
borilgan. Senikatsiya (lot. Senium-
qarish) donli va dukkakli don ekinlarining
yetilishini tezlashtirish va ularning sifatini oshirish uchun qo‘llanilib kelingan.
Senikantlar o‘simlikdagi ozuq moddalarning vegetativ organlaridan generativ
organlarga o‘tishida fotosintez jarayonini tezlashtiradi va quvvatini oshiradi.
A.A.Sozinovning [1] ilmiy izlanishlari natijalari shuni ko‘rsatadiki, kuzgi
bug‘doy doni shakllanish davrida ildizdan tashqari azotli o‘g‘itlar bilan
oziqlantirilganda, donning shaffoflik darajasi 15-25 % ga, kleykovina miqdori esa
2-4 % ga ortadi.
Qrimda havo haroratining tabiiy bo‘lishiga qaramasdan (bulutli, yomg‘irli,
salqin) qattiq bug‘doyning donida oqsil sekin shakllanadi. Shuning uchun bunday
hollarning oldini olishga KDAU da bargdagi azotlarni donga imkon qadar
o‘tkazish kerakligini va buning uchun bug‘doy ekini parvarishida birdan-bir yo‘l
ushbu ekinga yangi zamonaviy agrotexnik tadbirlardan biri bo‘lgan senikatsiya
qo‘llashni ishlab chiqqan. Natijada qattiq bug‘doyda mum pishish fazasida sulfat
ammoniyga gerbitsid qo‘shib 25 kg/ga me’yorini ishlab chiqishgan.
Yuqorida tahlil qilingan adabiyotlardan ma’lumki, kuzgi bug‘doyning
hosildorligi va uning sifatiga ko‘pgina omillar qatori kimyoviy preparatlar ham
ta’sir etadi. Kuzgi bug‘doyning hosildorligi va sifatiga senikantlar ta’sirini
o‘rganish bugungi kun g‘allachiligi uchun yangilik hisoblanadi va bu borada ilmiy
izlanishlar olib borish lozim.
SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN
MANAGEMENT AND ECONOMY
International scientific-online conference
181
Metod.
Qishloq xo‘jaligida tadqiqot tajribalarni olib borishdan oldin, tajriba
o‘tkazish usullari bilan tanishgan holda, tanlangan mavzuning dolzarbligi va
tadqiqotning ilmiy ahamiyati asosida tajriba tizimini tuzib olish kerak. Bunda
tajribaning maqsadi, metodik usullari va amalga oshirish bosqichlari o‘z ichiga
olinishi kerak. Shuningdek, tajribaning natijalarini ishonchli va aniq tahlil qilish
uchun statistik usullardan foydalanish muhimligi ta’kidlangan. Dala tajribalari
Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va еtishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot
institutining markaziy tajriba xo‘jaligida o‘tkazilgan.
Ilmiy izlanishlarda dala tajribalarini fenologik kuzatuvlar va biometrik
o‘lchovlarni O‘zPITIda qabul qilingan “Dala tajribalarini o‘tkazish uslublari”
bo‘yicha, donning kimyoviy tarkibini aniqlashni I.A.Yermakovning “Методы
биохимических исследований растений” usuli asosida amalga oshirilgan.
Tajriba variantlari va takrorlanishlardan olingan ma’lumotlar B.A.Dospexovning
dispersion, korrelyatsion va regression tahlili usullari bo‘yicha matematik
ishlovdan o‘tkazilgan.
Tadqiqotlarini kuzgi
bug‘doy ekilgan maydonlarda bug‘doyning don
noturasiga ta’sir qiladigan omillar o‘rganilib, bunda asosan sulfat ammoniyning
kuzgi bug‘doy don tarkibidagi kleykovina, oqsil va shaffofligiga ta’siri o‘rganildi.
Tajribalarda kuzgi bug‘doyning sut-mum pishish fazasida senikant sifatida sulfat
ammoniyning 25-30-40 va 50 kg/ga me’yorlari qo‘llanilib, ularning don shaffofligi
va don tarkibidagi kleykovina miqdoriga ta’siri aniqlandi.
Natijalar.
Sulfat ammoniy bilan senikatsiya o‘tkazilgan tajriba variantlarida
kuzgi bug‘doyning biometrik ko‘rsatkichlarida biroz bir-biridan farq kuzatildi.
Binobarin, nazorat variantida bir boshoq uzunligi 9,3 sm ni, boshoqdagi don soni
41,4 donani, bir boshoqdagi don vazni 1,55 g. ni va shundan kelib chiqib, 1000
dona don vazni 42,3 g. ni va don hosildorligi 63,4 s/ga ni tashkil etgan bo‘lsa, bu
ko‘rsatkichlar sulfat ammoniy bilan 25-30 kg/ga me’yorlarida qo‘llanilgan
variantlarda mos ravishda bir boshoq uzunligi 9,6-9,5 sm ni, boshoqdagi don soni
39,0-40,4 donani, bir boshoqdagi don vazni 1,61-1,54 g ni, 1000 dona don vazni
45,8-46,7 g ni va don hosildorligi 65,0-65,2 s/ga ni tashkil etib, nazoratga nisbatan
1,6-1,8 s/ga oshganligi aniqlandi.
Sulfat ammoniy 40-50 kg/ga me’yorlarda qo‘llab senikatsiya o‘tkazilgan
variantlarda kuzgi bug‘doy boshog‘ining biometrik ko‘rsatkichlari boshqa
variantlarga nisbatan kamayib borganligi kuzatildi. Chunonchi, ushbu
variantlarda bir boshoq uzunligi mutanosib ravishda 10,3-9,8 sm ni, boshoqdagi
don soni 42,3-41,4 donani, bir boshoqdagi don vazni 1,70-1,58 g. ni tashkil etib,
shundan kelib chiqqan holda 1000 dona don vazni o‘rtacha 45,9-45,1 g. ga va don
SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN
MANAGEMENT AND ECONOMY
International scientific-online conference
182
hosildorligi 65,0-64,5 s/ga ni tashkil etib, nazoratga nisbatan 1,6-1,1 s/ga
oshganligi aniqlandi.
Eng yuqori natijalar sulfat ammoniy 30-40 kg/ga me’yorda qo‘llanilgan
variantlarda kuzatilib, kuzgi bug‘doyning don hosildorligi mos ravishda 65,2-65,0
s/ga ni tashkil etdi va bu nazoratga nisbatan 1,8-1,6 s/ga ga oshganligi aniqlandi.
Senikatsiya ўтказилganda kuzgi bug‘doy biometrik ko‘rsatkichlari va don hosili
orasida matematik korrelyatsion bog‘liqlik aniqlandi.
NSR
05
=0,56 s/ga, 0,82%
1-rasm. Senikatsiya o‘tkazishda ammoniy sulfat o‘g‘itini qo‘llanilganda
kuzgi bug‘doyni biometrik ko‘rsatkichlari va don hosili orasida
korrelayatsion bog‘liqligi.
Dispersion tahlil natijalari ushbu ko‘rsatkichlar orasida o‘zaro ijobiy
korrelyatsion bog‘liqlik borligi bilan ifodalandi. Jumladan, ikkala ko‘rsatkich
orasidagi, masalan boshoq uzunligi, sm korrelyatsiya koeffitsienti R
2
=0,5103 ga
teng, bir boshoqdagi don soni, donada R
2
=0,2404 ga teng, bir boshoqdagi don
vazni, gr R
2
=0,2707 ga teng, ming dona don vazni, gr R
2
=0,5732 ga teng va don
hosili, s/ga R
2
=0,6051 ga teng bo‘lib, o‘rta darajada ijobiy bog‘lanish mavjudligini
ko‘rsatdi (1-rasm).
SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN
MANAGEMENT AND ECONOMY
International scientific-online conference
183
Bundan tashqari, kuzgi bug‘doy donining sifatiga senikatsiya o‘tkazilganda
oziqa elementlari bilan ta’minlanish darajasiga ham aniqlanganda, ayniqsa
donning shakllanish davri, ya’ni sut-mum pishish fazasida ildizdan tashqari
oziqlantirish muhim ahamiyatga ega ekanligi aniqlandi.
Tahlil natijalariga ko‘ra, senikatsiya o‘tkazilmagan nazorat variantida kuzgi
bug‘doy donining IDK birligi 100 ni, kleykovina miqdori esa 33,1% ni tashkil etib,
don shaffofligi 45% ga teng bo‘lganligi aniqlandi.
Sulfat ammoniy mineral o‘g‘iti kuzgi bug‘doyning sut-mum pishish fazasida
senikant sifatida gektariga 25 kg me’yorda qo‘llanilgan variantda don IDK birligi
95 ni, kleykovina miqdori 34,4% ni va donning shaffofligi 48% ni tashkil etgan
bo‘lsa, sulfat ammoniy senikant sifatida 30-40 kg/ga me’yorlarida qo‘llanilgan
variantlarda IDK birligi 95-90 ga, kleykovina miqdori 34,2-34,2% ga va donning
shaffofligi mos ravishda 47-49% ga teng bo‘lganligi aniqlandi. Sulfat ammoniy
mineral o‘g‘itini gektariga 50 kg me’yorida senikant sifatida qo‘llanilgan variantda
donning shaffoflik darajasi eng yuqori bo‘lib, bu ko‘rsatkich mos ravishda 49% ni
tashkil etishi aniqlandi. Donning IDK birligi 90 ni va don tarkibidagi kleykovina
miqdori esa 33% ga teng bo‘lganligi va nazorat variantiga yaqin bo‘lganligi
kuzatildi.
Shuni alohida qayd etish kerakki, izlanishlarda ayniqsa sulfat ammoniy 25-
30 kg/ga me’yorlarda qo‘llanilib, senikatsiya o‘tkazilgan variantlarda mineral
o‘g‘it donning kimyoviy tarkibiga singib, oqsil hamda modda almashinuvi
jarayonini faollashtirishi evaziga don tarkibidagi kleykovinaning oshishi
barobarida uning shaffofligi ham oshganligi, yoki senikantning boshqa
variantlarida aksincha bo‘lib, keleykovina miqdori pasayganda shaffoflik ham
tushgani aniqlandi.
Demak, tadqiqotlardan olingan natijalar kuzgi bug‘doy donining sut-mum
pishish fazasiga kirgan davrda sulfat ammoniy mineral o‘g‘iti bidan gektariga 30-
40 kg me’yorda qo‘llanilganda, don hosildorligi 65,2-65,0 s/ga ga, qo‘shimcha
hosil 1,2-1,3 s/ga don hosildorligi oshganligi va donning kimyoviy tarkibi,
shaffofligi 3-4% ga va kleykovina miqdori 1,2-1,3% ga oshganligi aniqlandi.
Faydalanilgan adabiyotlar:
1.
Sozinov A.A.. Problemы uluchsheniya kachestva zerna. 50 let VASXNIL, M.,
Kolos, 1979, -s. 207-225
2.
Dala tajribalarini o‘tkazish uslublari. O‘zPITI.-Toshkent, 2007.-147 b.
3.
Defoliantlarni sinash bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar.-Toshkent: Davlat
kimyo komissiyasi, 2004.
4.
https://en.wikipedia.org/wiki/International_wheat_production_statistics.