Авторы

  • Aziza Poyonova
    Qarshi davlat texnika universiteti magistranti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.sspme.92078

Ключевые слова:

ta’lim xorij tajribasi strategiya sifat rivojlanish inson kapitali raqobat mehnat bozori ta’lim xizmatlari.

Аннотация

Ushbu maqolada ta’lim xizmatlarini takomillashtirishda xorij tajribasi o‘rganilib tahlil qilingan. Shuningdek, jamiyat bilimlarini shakllantirish, globallashuv jarayonlarining kuchayishi, ta’lim xizmatlari bozorida raqobat kuchayib borayotgan hozirgi sharoitda oliy ta’limni xorij tajribalari asosda rivojlantirish zarurati yoritilgan va ko'p qirrali muammolar ko'rib chiqilgan.


background image

SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN

MANAGEMENT AND ECONOMY

International scientific-online conference

48

OLIY TA’LIM XIZMATLARINI TAKOMILLASHTIRISHDA XORIJ

TAJRIBASI

Poyonova Aziza Nasriddin qizi

Qarshi davlat texnika universiteti magistranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.15487189

Annotatsiya.

Ushbu maqolada ta’lim xizmatlarini takomillashtirishda xorij

tajribasi o‘rganilib tahlil qilingan. Shuningdek, jamiyat bilimlarini shakllantirish,
globallashuv jarayonlarining kuchayishi, ta’lim xizmatlari bozorida raqobat
kuchayib borayotgan hozirgi sharoitda oliy ta’limni xorij tajribalari asosda
rivojlantirish zarurati yoritilgan va ko'p qirrali muammolar ko'rib chiqilgan.

Kalit so‘zlar:

ta’lim, xorij tajribasi, strategiya, sifat, rivojlanish, inson

kapitali, raqobat, mehnat bozori, ta’lim xizmatlari.

Аннотация.

В статье изучается и анализируется зарубежный опыт

совершенствования образовательных услуг. Также была подчеркнута
необходимость развития высшего образования на основе зарубежного
опыта в современных условиях формирования общественного знания,
усиления процессов глобализации, усиления конкуренции на рынке
образовательных услуг, рассмотрены многогранные проблемы.

Ключевые слова:

образование, зарубежный опыт, стратегия,

качество, развитие, человеческий капитал, конкуренция, рынок труда,
образовательные услуги.

Qadimdan bizda bilim olish qadrlangan. Bilimdon kishilar esa el-yurt

ardog‘ida bo‘lganlar. Shuning uchun ham bilim olish va olingan bilimni
mamlakatimiz xizmati yo‘lida xizmat qildirish oliy insoniylik burchimizdir. Bu
vazifalarni muvvafaqiyatli hal etishni muhim shartlaridan biri chet el maktabi va
pedagogikasi tajribalari o‘rganishdir.

Xalqaro tajribalarini sinchkovlik va qunt bilan o‘rganish orqali ta’lim

tarbiyada qotib qolgan, o‘z dolzarbligini yo‘qotb borayotgan ish shakllari,
uslublaridan xalos bo‘lish bilan birga, uni munosib tarzda yangilashda
qo‘shimcha boy manbalarga ega bo‘lamiz.

Davlatimiz rahbari mamlakatda kadrlar muammosi mavjudligini barcha

sohalarga islohotlar sur’atiga mos zamonaviy mutaxassislar kerakligini aytgan
edi.

Shu maqsadda butun ta’lim tizimi takomillashtirilmoqda. Maktabgacha

ta’lim rivojlantirilayotganini maktab saboqlariga puxta zamin bo‘lmoqda.
Umumiy o‘rta ta’lim sifati ilg‘or xalqaro tajriba va zamon talablari asosida
yuksaltirilmoqda.


background image

SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN

MANAGEMENT AND ECONOMY

International scientific-online conference

49

Prezident maktablari, buyuk allomalarimiz nomi bilan ataladigan

ixtisoslashtirilgan maktablar, ijod maktablari, Temurbeklar maktablari kabi
zamonaviy va innovatsion ta’lim maskanlari tashkil etildi. Ularda xalqaro
tajribalar yo‘lga qo‘yilganligi kelajakda yetuk kadrlar yetishib chiqishidan
dalolat beradi. 2019-yil 26-noyabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
“Zamonaviy maktablarni tashkil etish chora tadbirlari to‘g‘risida”

1

gi qaror qabul

qilindi. Qarorga muvofiq 2021-yilgacha maktablarnng kamida 3 foizi, 2025-
yilgacha 20 foizi 2030- yilga qadar esa 50 foizini, zamonaviy maktab” larga
aylantirishning asosiy parametrlari belgilandi.

Prezidentimiz maktab o‘quv dasturlarini ilg‘or xorijiy tajriba asosida

takomillashtirish, o‘quv yuklamalari va fanlarni qayta ko‘rib chiqish, ularni
xalqaro standartlarga moslashtirish, darslik va adabiyotlar sifatini oshirish
zarurligini takidladi. Maktablarda moddiy-texnik ta’minotini yaxshilash, o‘quv
tarbiya jarayonida xalqaro zamonaviy pedagogik texnologiyalarini qo‘llash
bo‘yicha vazifalarini belgilab berdi.

Yurtimizda matematika, kimyo, fizika, va biologiya darslarining 10 foizigina

amaliy mashg‘ulotga ajratilgan. Rivojlangan davlatlarda bu ko‘rsatkich 30-50
foizni tashkil etadi.

Shu

bois

xalq

ta’limi

vazirligi

Axborot

texnologiyalari

va

kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga o‘quv dasturlarida raqamli
texnologiyalardan keng foydalanish, aniq fanlarda amaliy mashgu‘lotlar
ko‘lamini oshirish vazifasi qo‘yildi.

Bugungi kunda har qaysi xalq davlat va jamiyatning taraqqiyot darajasi,

avvalambor uning inson kapitaliga, inson rivojida berayotgan e’tibori bu yo‘ldagi
say harakatlari bilan o‘lchanadi. Bugungi kunda ta’lim mazmuniga bo‘lgan
e’tibor rivojlangan mamlakatlardagi shart–sharoitlarga yetib bormoqda. Buning
isboti sifatida xorijiy mamlakatlatlar ta’lim tizimini tahlil qilib o‘tamiz.

2

Yaponiya ta’lim tizimi

Yaponiya ta‘limida “iqtidorli o‘quvchi” tushunchasi yo‘q. Chunki har bir

o‘quvchi alohida iqtidor sohibidir.

Ilg‘or mamlakatlar ichida Yaponiya ta’limi o‘ziga xos yo‘nalishi yetakchi

o‘rinni egallaydi. Jumladan, Yaponiya ta’lim tizimining tarkibi quyidagicha:
maktabgacha ta’lim , boshlang‘ich maktab, kichik o‘rta maktab, yuqori o‘rta
maktab, oiliy ta’lim tizimlariga kiruvchi oliy o‘quv yurtlari.

Boshlang‘ich maktabda o‘qituvchilar bolalarni tanqidga, ya’ni o’z xulqining

yomon jihatlarini, maktabdagi kamchiliklarni tanqid qilishga o‘rgatishadi.


background image

SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN

MANAGEMENT AND ECONOMY

International scientific-online conference

50

Bundan ko‘rinib turibdiki, o‘qituvchi faqat ta’lim berish bilan cheklanib qolmay,
bolaning har tomonlama rivojlanishiga ta’sir etadi.

Yaponiya rivojlangan davlatlar ichida o‘qituvchining maoshi davlat

rahbarlari orasida ham yuqori bo‘lgan yagona davlat.

Majburiy ta’lim muhiti. Ta’limning bu pog‘onasi 6 yoshdan 15 yoshgacha

bo‘lgan bolalarni o‘z ichiga oladi. Muhtoj oilalarning bolalariga moddiy yordam
ko‘rsatiladi.

Yuqori o‘rta maktab 10-11-12-sinflarni o‘z ichiga oladi, bunday

maktablarning kunduzgi, sirtqi, kechki bo‘limlari mavjud.

Yuqori bosqich o‘rta maktablarda butun o‘quv jarayonida o‘quvchilar 80 ta

sinov topshirishadi. O‘quvchilar majburiy asosiy fanlardan tashqari o‘z
xohishlariga ko‘ra ingliz tili, texnik ta’lim va maxsus sinovlarga jalb etiladi.

Universitetlariga yuqori va o‘rta maktabning yoki 12 yillik oddiy maktabni

bitirgan o‘quvchilari qabul qilinadi. Universitetlarga qabul qilinish 2 bosqichga
bo‘linadi: 1-bosqich turar joyda o‘tkaziladi, buning uchun yapon tili, matematika,
fizika, kimyo, jamiyatshunoslik, tarix bo’yicha test sinovlaridan o‘tkaziladi.

Yaponiyada oliy ta’lim majburiy hisoblanadi va u kasb ta’limi bilan uzviy

bog‘liqdir.

Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki yaponiyada ta’lim tizimi ham shaklan,

ham mazmunan yuksak uyg’unlik kasb etgan. Ibrat olsa, o‘rgansa arziydigan
jihatlari ko‘p. E’tiborli yana bir tomoni – Yaponiyada faqat milliy an’analar bilan
cheklanib qolmay jahondagi AQSH, Fransiya, Germaniya kabi taraqqiy etgan
mamlakatlarning ilg‘or pedagogik ish tajribalari ham ijodiy o‘zlashtirilgan.

Bunday tajribalar Respublikamiz ta’lim tizimini yanada yuqori pog‘onaga

ko‘tarishda qo‘l kelishi shubhasiz.

Amerika Qo’shma Shtatlari ta’lim tizimi:

Amerikada o‘rta ta’lim 12 yil

bo‘lib boshlang‘ich o‘rta va quyi maktablarga bo‘linadi. Aksariyat qismi davlat
maktablaridan iborat va ularda o‘quvchilarning 88 foizi o‘qiydi. Ta’lim
muassasalarini davlat va shahar byudjetlari moliyalashtiradi, Qo‘shma
shtatlarda yalpi ichki mahsulotning 7.5 foizi har yili ta’limga sarflanadi. 12foiz
o‘quvchilar xususiy maktablarga boradi, ularning moddiy resurslari ota-onalar,
turli mablag‘lar va xayriya mablag‘lari hisobidan shakllantiriladi.

Mamalakatlarda ta’lim maskanlari raqamlarga ega emas, ammo ular

hududlar bo‘yicha yoki mashhur kishilar nomi bilan ataladi.

AQSH da ta’lim tizimining maqbul tomonlarining ijobiy qo‘llanishi muhim

ahamiyat kasb etadi.

3


background image

SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN

MANAGEMENT AND ECONOMY

International scientific-online conference

51

Germaniya ta’lim tizimi:

Germaniya jahon ma’rifat va madaniyat

o‘choqlaridan biri. Ushbu davlatda har bir fuqaro o‘z shaxsini erkin
rivojlantirish, o‘z iqtidori moyilligi va qobiliyatiga qarab maktab, o‘qish joyi va
kasb tanlash huquqiga ega.

Maktab ta’lim tizimi boshlang‘ich va o‘rta ta’lim muassalaridan iborat.

Barcha davlat maktablarida o‘qish bepul.

Germaniya ta’limi o‘ziga xos yo‘nalishga juda murakkab tizimga ega.

Germaniya davlatida taraqqiy etgan davlatlar orasidan o‘rin olishda o‘zini oqlab
kelayotgan ta’lim tizimi mavjud.

Fransiya ta’lim tizimi:

Fransiyada ta’lim sifati ta’lim, sport va tadqiqotlar

bo‘yicha bosh inspeksiya tomonidan nazorat qilinadi. Ushbu bosh inspeksiya 4
ta vazirlik uchun faoliyat ko‘rsatadi. Bosh inspeksiya 4 ta vazifani bajaradi:

1. Qo‘llab-quvvatlash - ta’lim, fan, sport, madaniyat boshqaruv idoralarini

oliy ta’lim rektoratlarini.

2. Ekspertiza qilish - vazirliklar, idoralar, shartnomalar, rahbarlar faoliyati,

xizmatlar, tuzilmalar va boshqalar.

3. Baholash - tashkilotlar, muassasalar, tuzilmalar, ijtimoiy siyosiy ahvol,

kadrlar.

4. Nazorat qilish - tashkilotlar, muassasalar, xizmatlar va kadrlar.
Bosh inspeksiyada to‘planadigan tajribalarning xilma –xilligi, bolalar

bog‘chasidan doktoranturaga qadar davlat siyosatini muvofiqlashtirish imkonini
beradi. Bu esa ta’lim, fan va yoshlarni rivojlantirishga, o‘quvchilarni sport,
jamiyat hayoti va jamoat o‘qishiga jalb etishga ta’sir qiladi.

Fransiya ta’lim tizimiga ko‘ra bola 6-7 yoshida tayyorlov sinfga boradi,

keyin shu maktabda 4 yil boshlang‘ich sinfda o‘qiydi. Bu boshlang‘ich sinflar
odatda alohida boshlang‘ich maktab sifatida faoliyat ko‘rsatadi hamda ularning
inspeksiyasi ham, alohida bo‘ladi.

Keyingi bosqich o‘rta ta’lim kollej deb ataladi. U yerda bola 4 yil o‘qiydi va

yakunida to‘liqsiz maktab bitiruvchisi deb hujjat beradi.

Keyingi 3 yil davomida turli yo‘nalishdagi litseylarda o‘qiydi hamda

yakunida bakalavr imtihonini topshirib uning natijasiga qarab OTM larga qabul
qilinadi.

O‘zbekiston Respublikasi vazirlar Mahkamasi huzuridagi ta’lim sifatini

nazorat qilish ta’lim inspeksiyasi tashkil qilinganiga endigina 2 yildan oshdi.
O‘tgan davr mobaynida inspeksiyaga yuklatilgan vazifalar bajarish bo‘yicha
ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘rganish va ularni yurtimiz ta’lim sifatini baholash
ishlarini joriy etish bo‘yicha maqsadli ishlar olib borilmoqda. Biz ayni damda


background image

SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN

MANAGEMENT AND ECONOMY

International scientific-online conference

52

chet el pedagogikasidagi ilg‘or jihatlarini o‘zashtirish, yangi-yangi o‘quv
predmetlarini ta’lim tarkibiga kiritish bilan jahondagi eng ilg‘or
pedagogikalarinig biriga aylantirish.

O‘zbekiston 2021-yildan buyon PISA va PIRLS xalqaro baholash tizimida

ishtirok etishi boshlandi. Bu o‘quvchilarni xalqaro baholash tizimida ishtirok
etib kelayotgan rivojlangan davlatlarning xalqaro tajribalari bilan
o‘rtoqlashishga to‘g‘ri keladi.

Shunday qilib, Oliy ta’lim bu faqat bilim olish emas, balki jamiyatning

barqaror rivojlanishi, ijtimoiy tenglik, iqtisodiy samaradorlik va milliy
taraqqiyotning asosiy tayanchi hisoblanadi. Shu sababli davlat siyosatida oliy
ta’limga alohida e’tibor qaratilishi, bu sohaning moliyaviy va institutsional
jihatdan qo‘llab-quvvatlanishi zarur.

Oliy ta’lim muassasalarini rivojlantirish mintaqalar va butun mamlakat

iqtisodiyotini rivojlantirish uchun ham yuqori iqtisodiy va ijtimoiy ahamiyatga
ega, chunki, turli sohaviy yo‘nalishdagi korxonalar faoliyatining samaradorligi
professional kadrlar tayyorlash darajasiga bog‘liq. Binobarin, innovatsiya va
tadbirkorlik tamoyillari va usullarini faol hayotga tatbiq etuvchi turli tashkiliy-
huquqiy shakldagi ta’lim muassasalarining samarali faoliyat yuritishigina
mamlakat iqtisodiy tizimini nafaqat talabalar talab qilayotgan mutaxassisliklar
bo‘yicha mutaxassislar, balki tadbirkorlik sub’yektlariga zarur mutaxassislar
bilan ham ta’minlashi mumkin. Universitetlarning ta’lim xizmatlari muassasalari
faoliyatining samaradorligi bevosita ushbu tuzilmalarning rivojlanishini
boshqarish samaradorligiga bog‘liq. Shu munosabat bilan ta’lim muassasalari
faoliyati va ularni boshqarish tizimlarining samaradorligini baholash zarurati
paydo bo‘ldi. Shu maqsadda institutlarning raqobatbardoshligi, moliyaviy
barqarorligi va iqtisodiy salohiyatini baholashning uslubiy yondashuvlari
o‘rganildi, bu ularning faoliyatini prognozlash va rejalashtirishda alohida
ahamiyatga ega.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1.

N.R.Xujakulova, N.A.Poyonova “Ta’lim sohasini rivojlantirishdagi

muammolar va unga ta’sir qiluvchi omillar” // Innovatsion iqtisodiyot ilmiy-
amaliy elektron jurnal 2024-yil 4-son 14-17 betlar
2.

Ikromov A.B., Maxmudov S.Y., Anorqulova G.M. Germaniya: Ta’lim, ilm, fan.

Kasb mahorati jurnali -2004-yil. 2 son.
3.

G.Anorqulova, A.Karimov. Xorijiy mamlakatlar ta’lim tizimining o’ziga xos

yo’nalishi uslub va tahlili. Xalq ta’limi ilmiy metodik jurnali. 2017-yil. 3-son.


background image

SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN

MANAGEMENT AND ECONOMY

International scientific-online conference

53

4.

Iwu C.G., Ezeuduji I.O., Iwu I.C., Ikebuaku K., Tengeh R.K. Achieving Quality

Education by Understanding Teacher Job Satisfaction Determinants. Social
Sciences. 2018; 7(2):25. https://doi.org/10.3390/socsci7020025.
https://www.researchgate.net/publication/45266859_Education_Quality_Proce
ss_Model_an d_Its_Influence_on_Students'_Perceived_Service_Quality.
5.

Khojakulova N. R. Prospects For Further Development Of Medicinal Plants

//International Journal of Innovations in Engineering Research and Technology.
– №. 1. – С. 1-8.
6.

Khujakulova N. R. WAYS TO IMPROVE THE CURRENT STATE OF

CULTIVATION AND PROCESSING OF MEDICINAL PLANTS AND ITS
IMPORTANCE //GWALIOR MANAGEMENT ACADEMY. – Т. 25. – С. 15.
7.

Khujakulova N. R. WAYS TO INCREASE EFFICIENCY BY APPLYING THE

EXPERIENCE OF FOREIGN COUNTRIES IN THE CULTIVATION AND PROCESSING
OF MEDICINAL PLANTS //Экономика и социум. – 2023. – №. 12 (115)-1. – С.
395-399.
8.

Khujakulova N. R. WAYS TO ELIMINATE EXISTING PROBLEMS IN

GROWING AND PROCESSING OF MEDICINAL PLANTS //Экономика и социум. –
2023. – №. 12 (115)-1. – С. 400-404.
9.

Rustamovna K. N. The Role and Importance of Medicinal Plants in the

Development of the Pharmaceutical Industry //International Journal of
Management IT and Engineering. – 2022. – Т. 12. – №. 3. – С. 88-93.

Библиографические ссылки

N.R.Xujakulova, N.A.Poyonova “Ta’lim sohasini rivojlantirishdagi muammolar va unga ta’sir qiluvchi omillar” // Innovatsion iqtisodiyot ilmiy-amaliy elektron jurnal 2024-yil 4-son 14-17 betlar

Ikromov A.B., Maxmudov S.Y., Anorqulova G.M. Germaniya: Ta’lim, ilm, fan. Kasb mahorati jurnali -2004-yil. 2 son.

G.Anorqulova, A.Karimov. Xorijiy mamlakatlar ta’lim tizimining o’ziga xos yo’nalishi uslub va tahlili. Xalq ta’limi ilmiy metodik jurnali. 2017-yil. 3-son.

Iwu C.G., Ezeuduji I.O., Iwu I.C., Ikebuaku K., Tengeh R.K. Achieving Quality Education by Understanding Teacher Job Satisfaction Determinants. Social Sciences. 2018; 7(2):25. https://doi.org/10.3390/socsci7020025.

https://www.researchgate.net/publication/45266859_Education_Quality_Process_Model_an d_Its_Influence_on_Students'_Perceived_Service_Quality.

Khojakulova N. R. Prospects For Further Development Of Medicinal Plants //International Journal of Innovations in Engineering Research and Technology. – №. 1. – С. 1-8.

Khujakulova N. R. WAYS TO IMPROVE THE CURRENT STATE OF CULTIVATION AND PROCESSING OF MEDICINAL PLANTS AND ITS IMPORTANCE //GWALIOR MANAGEMENT ACADEMY. – Т. 25. – С. 15.

Khujakulova N. R. WAYS TO INCREASE EFFICIENCY BY APPLYING THE EXPERIENCE OF FOREIGN COUNTRIES IN THE CULTIVATION AND PROCESSING OF MEDICINAL PLANTS //Экономика и социум. – 2023. – №. 12 (115)-1. – С. 395-399.

Khujakulova N. R. WAYS TO ELIMINATE EXISTING PROBLEMS IN GROWING AND PROCESSING OF MEDICINAL PLANTS //Экономика и социум. – 2023. – №. 12 (115)-1. – С. 400-404.

Rustamovna K. N. The Role and Importance of Medicinal Plants in the Development of the Pharmaceutical Industry //International Journal of Management IT and Engineering. – 2022. – Т. 12. – №. 3. – С. 88-93.