Авторы

  • Iroda Boltayeva
    Ajiniyoz nomidagi Nukus davlar pedagogika instituti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.sspme.98261

Ключевые слова:

Chingiz Aytmatov Jamila portret tasviri ayol obrazi ichki ruhiy holat estetik nigoh badiiy tasvir Doniyor adabiy portret obraz yoritilishi.

Аннотация

Mazkur maqolada Chingiz Aytmatovning “Jamila” qissasidagi portret tasviri tahlil qilinadi. Muallifning obraz yaratishdagi o‘ziga xos uslubi, ayniqsa Jamila qiyofasini berishda tashqi ko‘rinish orqali ichki ruhiy holatni ifodalash mahorati ochib beriladi. Portret vositasi orqali ayolning jasorati, ichki ozodlikka intilishi va Danyarning estetik nigohi orqali berilgan baho chuqur tahlil qilinadi. Asarda portret tasviri oddiy estetik vosita emas, balki g‘oyaviy-badiiy mazmunni yorituvchi kuchli poetik element sifatida ko‘rsatiladi.


background image

SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN

MANAGEMENT AND ECONOMY

International scientific-online conference

83

CHINGIZ AYTMATOV ASARLARIDA PORTRET TASVIRI (“JAMILA”

QISSASI MISOLIDA)

Boltayeva Iroda

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlar pedagogika instituti

https://doi.org/10.5281/zenodo.15531998

Annotatsiya:

Mazkur maqolada Chingiz Aytmatovning “Jamila” qissasidagi

portret tasviri tahlil qilinadi. Muallifning obraz yaratishdagi o‘ziga xos uslubi,
ayniqsa Jamila qiyofasini berishda tashqi ko‘rinish orqali ichki ruhiy holatni
ifodalash mahorati ochib beriladi. Portret vositasi orqali ayolning jasorati, ichki
ozodlikka intilishi va Danyarning estetik nigohi orqali berilgan baho chuqur
tahlil qilinadi. Asarda portret tasviri oddiy estetik vosita emas, balki g‘oyaviy-
badiiy mazmunni yorituvchi kuchli poetik element sifatida ko‘rsatiladi.

Kalit so‘zlar:

Chingiz Aytmatov, Jamila, portret tasviri, ayol obrazi, ichki

ruhiy holat, estetik nigoh, badiiy tasvir, Doniyor, adabiy portret, obraz yoritilishi.

Jahonga taniqli yozuvchi Chingiz Aytmatov 1982-yil 12-dekabr

Qirg‘izistonning Talas vodiysi Shakar ovulida tug‘ilgan. U yaratgan asarlar
dunyoning 191 tiliga tarjima qilingan. Shu qatorda uning ko‘pgina asarlari
o‘zbek tiliga ham tarjima qilingan. Uning “Birinchi muallim”, “Yuzma-yuz”,
“Jamila”, “Alvido”, “Oq kema” singari asarlari uning nomini butun jahonga
yoygan mashhur asarlaridir. “Jamila” qissasi II jahon urushining uchinchi yilida
ayniqsa, Kursk bilan Oryol ostonalarida dahshatli janglar bo‘layotgan paytda
yozilgan. Asardagi portret tasvirini tahlil qilishdan oldin portret tasviri nima
ekanini bilib olish kerak. “Portret” (fr.portraire – tasvirlamoq) – personajning
so’z vositasida tasvirlangan tashqi ko`rinishi (qiyofasi, jussasi, kiyimi, yuz-ko`z
ifodalari, tana holati va harakatlari, qiliqlari), o`quvchi tasavvurida jonlanadigan
to`laqonli obrazni yaratish va uning xarakterini ochish vositalaridan biri. Portret
epik asarning kompozitsion unsuri bo’lmish tavsifning bir ko‘rinishidir

Portret tasviri haqida Chingiz Aytmatovning “Jamila” qissasi misolida ko‘rib

chiqamiz. Chingiz Aytmatovning obraz yaratish mahorati bosh qahramonlardan
birisi Jamilani tasvirlashida yaqqol namoyon bo‘lgan. “Jamila sarvqomat, bejirim
ayol edi. Ikki oʻrim sochini boshiga chambarak qilib oʻrab, ustidan tangʻib olgan
oppoq durrasi uning bugʻdoyrang kulcha yuziga shunday yarashib tushar ediki,
asti qoʻyaverasiz! Jamila kulganda uning shaxlo koʻzlarida navqiron yoshlik barq
urar, shunda u beixtiyor qaddini rostlab ovulning shoʻx laparini kuylab
yuborardi” Bu jumlalar Sayit tilidan aytilgan. Biz jamilaning tarifini o‘qir
ekanmiz beixtiyor ko‘z o‘ngimizda qirg‘iz qizi gavdalanadi. “Ikki oʻrim sochini
boshiga chambarak qilib oʻrab, ustidan oppoq durrasi tangʻib olgan” jumlasi


background image

SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN

MANAGEMENT AND ECONOMY

International scientific-online conference

84

qirg‘iz qizlaridagi o‘ziga xoslikni anglatadi. Demak yozuvchi bir qizni emas, balki
butun qirg‘iz qizlarini tasvirlagan.

• Tashqi ko‘rinishi: “sarvqomat”, “bejirim”, “ikki oʻrim sochini boshiga

chambarak qilib oʻragan”, “oppogʻ durra”, “bugʻdoyrang kulcha yuz” kabi
tasvirlar bilan berilgan.

• Ko‘zlari va yuz ifodasi: “shaxlo koʻzlarida navqiron yoshlik barq urar”.
• Ichki holati: Kulgandagi holati va shoʻx lapar kuylashi — uning jo‘shqin,

hayotbaxsh va baxtiyor ruhiy holatini anglatadi.

Qissaning yana bir bosh qahramoni Doniyordir. Jamilaning sof va samimiy,

beg‘ubor dunyosi Doniyorning ichki dunyosi bilan bog‘lanib, ular o‘rtasida
muhabbat deb atalmish tuyg‘u paydo bo‘ladi. Jamila mehnatsevarligi,
ochiqko‘ngilligi o‘ziga maftun etadi. Jamilanig xatti-harakatlari har bir o‘quvchini
hayron qoldiradi. Har qanday holatda ham vaziyatdan chiqa olishi, epchilligi
asarni qiziqib, berilib o‘qishga sabab bo‘ladi. Asarni o‘qir ekansiz, asarni
muhabbat kuyi deb atash istagi sizda paydo bo‘ladi. Ch. Aytmatov yaratgan
asarlarning ko‘pchiligi yolg‘iz yashovchi, kimsasiz obrazlar bo‘lib, Doniyor ham
huddi shunday obrazlardan biridir. U yoshligidan yetim qolib, har kimlarning
eshigida yurgan oxiri Chaqmoqdagi qozoq tog‘alarinikiga ketib qolgan va uni
hech kim izlab ham kelmagan deya aytilgan obrazdir. U odamlarga
aralashmaydigan, o‘zicha yakka-yolg‘iz yuradigan yigit bo‘lgan. Jamila esa ancha
sho‘x, beg‘ubor obraz sifatida gavdalanadi. U mehnatdan qochmaydigan ayol,
hattoki ikki ot qo‘shigan aravani bemalol haydab ketishi haqida yozilgan. U
boshqa kelinlar kabi bahona izlab ishdan qochadiganlardan bo‘lmagan.
Qissadagi ba’zi joylarda Doniyor obraziga badiiy to‘qima qo‘shilgan. Masalan
yeti pud chiqadigan qopni yolg‘iz o‘zi ko‘tarishi bunga misol bo‘la oladi. Chingiz
Aytmatovning aytishicha, bunday qopni ikki inson zo‘rg‘a ko‘tara oladi, lekin
Doniyor yarador bo‘lsa ham bu qopni ko‘tarib tog‘ning boshiga olib chiqishi
albatta real hayotda ro‘y berishi kam bo‘lgan hodisadir. Albatta har bir yozuvchi
o‘z asarini chiroyli tarzda tasvirlashi uning mahoratidan dalolat beradi. Jamila
daslab asar boshida sho‘x, shaddot qiz qiyofasida gavdalangan bo‘lsa, Qissa
oxiriga kelib qat’iyatli, mustaqil qaror qiluvchi ayol sifatida keltiriladi.

Xulosa: Qirg‘iziston xalq yozuvchisi Chingiz Aytmatov o‘zining samarali

ijod mahsullari orqali muhlislar mehrini qozongan mahoratli yozuvchi bo‘lgan.
O‘zining boy adabiy merosini avlodlarga qoldirgan. Bu shaxs nafaqat
Qirg‘izistonda, balki, O‘zbekistonda ham ardoqlanadi hatto uning nomiga 1999-
yil “Oltin medal” mukofoti ta’sis etilgan. Uning nomini mana shunday jahon
miqyosida mashhur bo‘lib yoyilishiga tamal toshini qo‘ygan, dunyoning 40 dan


background image

SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN

MANAGEMENT AND ECONOMY

International scientific-online conference

85

ortiq tiliga tarjima qilingan asari “Jamila” sevgi-muhabbat uchqunlarini eng oliy
tog‘larga ko‘targan qissa bo‘lib qolaveradi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Chingiz Aytmatov “Jamila” qissasi “Ilm-ziyo-zakovat” Toshkent-2020

2.

Abdullayev Ne’mat, Madraimov Abdumajid. O‘zME. – Birinchi jild. –

Toshkent, 2000.
3.

9-sinf Adabiyot darslik Toshkent-2019

4.

Nilufar Rasulova Adabiyotdan mukammal savol-javoblar V kitob. Chet el

adabiyoti
5.

Dilmurod Quronov Adabiyotshunoslikka kirish Toshkent “Navoiy

universiteti” 2018
6.

https://arm.samdchti.uz/library/book_view/798

Библиографические ссылки

Chingiz Aytmatov “Jamila” qissasi “Ilm-ziyo-zakovat” Toshkent-2020

Abdullayev Ne’mat, Madraimov Abdumajid. O‘zME. – Birinchi jild. – Toshkent, 2000.

-sinf Adabiyot darslik Toshkent-2019

Nilufar Rasulova Adabiyotdan mukammal savol-javoblar V kitob. Chet el adabiyoti

Dilmurod Quronov Adabiyotshunoslikka kirish Toshkent “Navoiy universiteti” 2018