Авторы

  • Shirin Mirzayeva
    O‘zbekiston Respublikasi, Samarqand iqtisodiyot va servis instituti, “Real iqtisodiyot” kafedrasi assistenti, mustaqil tadqiqotchi
  • Nigina Karimova
    Samarqand iqtisodiyot va servis instituti, IRB-123 guruh talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.sspme.98266

Ключевые слова:

tashqi migratsiya ijtimoiy kayfiyat aholi munosabati iqtisodiy omillar ijtimoiy da’volar yoshlar O‘zbekiston mehnat migratsiyasi.

Аннотация

Ushbu maqolada O‘zbekiston aholisi orasida tashqi migratsiya jarayonlariga bo‘lgan munosabat, ularning kayfiyati va ijtimoiy da’volari chuqur tahlil qilinadi. Migratsiya nafaqat iqtisodiy muammo, balki ijtimoiy-psixologik, madaniy va siyosiy omillar bilan bog‘liq murakkab jarayondir. Maqolada tashqi migratsiyaning asosiy sabab va oqibatlari, migratsiyaga ijtimoiy qatlamlarning munosabati, qolaversa, yoshlar va ayollar orasida shakllanayotgan migratsion kayfiyatlar o‘rganiladi. Tadqiqotda so‘rovnomalar, statistik ma’lumotlar va tahliliy yondashuv asosida mavjud muammolar tahlil qilinadi hamda ularni yumshatish bo‘yicha takliflar bildiriladi.


background image

SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN

MANAGEMENT AND ECONOMY

International scientific-online conference

59

O‘ZBEKISTON AHOLISINING TASHQI MIGRATSIYASI: KAYFIYATI,

MUNOSABATI VA IJTIMOIY DA’VOLARI

Mirzayeva Shirin Nodirovna

O‘zbekiston Respublikasi, Samarqand iqtisodiyot va servis instituti,

“Real iqtisodiyot” kafedrasi assistenti, mustaqil tadqiqotchi

Muallifning elektron manzili: mirzayevashirin502@gmail.com

ORCID raqami: https://orcid.org/0009-0005-0035-636X

Muallifning uyali aloqa raqami: +998905020271

Karimova Nigina Sherzod qizi

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti, IRB-123 guruh talabasi

Muallifning elektron manzili: niginak004@gmail.com

Muallifning uyali aloqa raqami: +998 94 573 77 19

https://doi.org/10.5281/zenodo.15502752

Annotatsiya.

Ushbu maqolada O‘zbekiston aholisi orasida tashqi

migratsiya jarayonlariga bo‘lgan munosabat, ularning kayfiyati va ijtimoiy
da’volari chuqur tahlil qilinadi. Migratsiya nafaqat iqtisodiy muammo, balki
ijtimoiy-psixologik, madaniy va siyosiy omillar bilan bog‘liq murakkab
jarayondir. Maqolada tashqi migratsiyaning asosiy sabab va oqibatlari,
migratsiyaga ijtimoiy qatlamlarning munosabati, qolaversa, yoshlar va ayollar
orasida shakllanayotgan migratsion kayfiyatlar o‘rganiladi. Tadqiqotda
so‘rovnomalar, statistik ma’lumotlar va tahliliy yondashuv asosida mavjud
muammolar tahlil qilinadi hamda ularni yumshatish bo‘yicha takliflar bildiriladi.

Kalit so‘zlar:

tashqi migratsiya, ijtimoiy kayfiyat, aholi munosabati,

iqtisodiy omillar, ijtimoiy da’volar, yoshlar, O‘zbekiston, mehnat migratsiyasi.

Annotatsiya.

В статье рассматривается отношение населения

Узбекистана к процессам внешней миграции, их настроения и социальные
притязания. Миграция — это не только экономическое явление, но и
сложный

процесс,

связанный

с

социально-психологическими,

культурными и политическими факторами. Анализируются основные
причины и последствия внешней миграции, отношение к ней различных
слоев общества, в частности молодежи и женщин. На основе
социологических опросов и аналитического подхода предлагаются
решения по смягчению негативных последствий миграции.

Ключевые слова:

внешняя миграция, социальное настроение,

отношение населения, экономические факторы, социальные притязания,
молодежь, Узбекистан, трудовая миграция.

Abstract.

This article analyzes the attitudes, sentiments, and social

demands of the Uzbek population regarding external migration. Migration is not
only an economic issue but also a complex process influenced by social,


background image

SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN

MANAGEMENT AND ECONOMY

International scientific-online conference

60

psychological, cultural, and political factors. The article examines the causes and
consequences of external migration, with a particular focus on how different
social groups—especially youth and women—perceive migration. Based on
surveys, statistical data, and analytical methods, the article offers
recommendations for reducing the negative impacts of migration.

Key words:

external migration, social sentiment, public attitude, economic

factors, social claims, youth, Uzbekistan, labor migration.


Tashqi migratsiya O‘zbekiston uchun dolzarb ijtimoiy-iqtisodiy

muammolardan biri hisoblanadi. Har yili minglab fuqarolarimiz iqtisodiy,
ijtimoiy, ba’zida esa shaxsiy sabablar bilan xorijiy mamlakatlarga chiqib
ketmoqdalar. Bu jarayon, bir tomondan, mamlakatimiz iqtisodiyotiga valyuta
tushumlari orqali ijobiy ta’sir ko‘rsatsa, ikkinchi tomondan, demografik
muvozanat, mehnat bozoridagi o‘zgarishlar va oilaviy tuzilmalar uchun jiddiy
muammolarni yuzaga keltiradi.

O‘zbekiston aholisining migratsiyaga bo‘lgan munosabati, ushbu qaror

ortidagi psixologik kayfiyat, ijtimoiy umidlar va da’volar — bularning barchasi
davlat siyosatida inobatga olinishi lozim bo‘lgan muhim omillardir. Ushbu
maqolada aynan shu masalalarning ijtimoiy tomonlari tahlil qilinadi.

Asosiy qism. Tashqi migratsiya

— bu aholining bir davlatdan boshqa

davlatga ko‘chib o‘tishi, asosan ishlash, o‘qish, oilaviy sabablar yoki siyosiy
sabablarga ko‘ra amalga oshiriladi.

O‘zbekistonda tashqi migratsiya ko‘p yillardan beri ijtimoiy-iqtisodiy

hayotning ajralmas qismi bo‘lib kelmoqda. Ayniqsa, 2000-yillardan boshlab
Rossiya, Qozog‘iston, Janubiy Koreya, Turkiya kabi mamlakatlarga mehnat
migratsiyasi kuchaydi.

Iqtisodiy sabablar: Mahalliy daromadlarning pastligi, ish o‘rinlarining

yetishmasligi yoki norasmiy sektorda ishlash sharoitlari ko‘plab odamlarni
xorijga ish izlab ketishga majbur qilmoqda.

Ta’lim va kasbiy rivojlanish: Yoshlarda xorijda bilim olish va xalqaro

darajada malaka oshirish istagi ortmoqda.

Ijtimoiy omillar: Ba’zida oilaviy muammolar, yashash sharoitlari yoki

jamiyatdagi tengsizlik hissi tashqi migratsiyani rag‘batlantiradi.

Umid bilan chiqish: Ko‘pchilik xorijda yaxshi hayot, yuqori maosh,

oilaviy farovonlik orzusida bo‘ladi.

Qo‘rquv va noaniqlik: Tashqi muhit, til bilmaslik, diskriminatsiyadan

qo‘rquv mavjud.


background image

SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN

MANAGEMENT AND ECONOMY

International scientific-online conference

61

Ijtimoiy tazyiq: Ayrim hollarda jamiyat yoki oila tomonidan "chetda

ishlash – muvaffaqiyat belgisi" deb qaraladi.

Ijobiy his-tuyg‘ular: Maqsadga erishish hissi, mustaqillik, o‘ziga bo‘lgan

ishonch ortishi.

Salbiy hissiyotlar: Tashqi mehnat bozoridagi ekspluatatsiya,

huquqsizlik, kamsitilish, yolg‘izlik.

Integratsiyada muammolar: Ish topish qiyinligi, jamiyatga qayta

moslashishdagi qiyinchiliklar.

Keltirilgan tajriba va puldan foydalanish: Ba’zilar kichik biznes

boshlaydi, boshqalar esa mablag‘ni iste’molga sarflab yuboradi.

Yolg‘izlik va ijtimoiy ajralish: Ayniqsa, oilaviy migratsiyada bolalar

tarbiyasidagi uzilishlar, psixologik travmalar kuzatiladi.

Ayollar migratsiyasi muammolari: Ish joyida jinsiy ekspluatatsiya,

huquqlarning buzilishi hollari.

Demografik ta’sir: Ishchi yoshlarning katta qismi xorijda bo‘lishi

mamlakatdagi mehnat bozoriga, nikoh ko‘rsatkichlariga va tug‘ilish darajasiga
ta’sir qiladi.

"Bo‘shagan qishloqlar" fenomeni: Ayniqsa, Farg‘ona vodiysi,

Surxondaryo, Qashqadaryo viloyatlarida qishloqlarda aholining katta qismi
migratsiyada bo‘ladi.

O‘zbekiston hukumati so‘nggi yillarda mehnat migratsiyasini tartibga solish

va migrantlar huquqlarini himoya qilish yo‘lida qator ishlarni amalga
oshirmoqda:

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi orqali fuqarolarni xorijga yuborish.

"Yagona darcha" tizimi orqali hujjatlashtirishni yengillashtirish.

Migrantlarga xorijda yordam beruvchi elchixonalar va konsulliklar

faoliyatining kuchaytirilishi.

Migratsiyadan qaytgan fuqarolarni kasbga o‘qitish, ish bilan ta’minlash

dasturlari.

1.

Ma’lumotli migratsiyani rivojlantirish: Migrantlar huquqlari, xorijiy

qonunchilik va til bo‘yicha tayyorgarlik kuchaytirilsin.

2.

Ayollar va yoshlar uchun maxsus dasturlar joriy qilinsin.

3.

Reintegratsiya markazlari tashkil qilinib, qaytgan migrantlarga

psixologik va kasbiy yordam ko‘rsatilsin.

4.

Migrant oilalariga ijtimoiy yordam: Bolalar tarbiyasiga e’tibor, ayollar

uchun psixologik maslahatlar.


background image

SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN

MANAGEMENT AND ECONOMY

International scientific-online conference

62

5.

Tashqi mehnat bozorini diversifikatsiya qilish: Rossiyadan tashqari

boshqa mamlakatlar bilan ham rasmiy kvotalar O‘zbekiston aholisi orasida
tashqi migratsiyaga bo‘lgan munosabat turlicha, ammo u asosan iqtisodiy
omillar bilan bog‘liq. Migratsiya orqali fuqarolar o‘z moliyaviy holatini
yaxshilashga intilishsa-da, bu jarayon ijtimoiy, psixologik va madaniy jihatdan
ko‘plab murakkabliklarni yuzaga keltiradi. Shuning uchun migratsiya davlat
siyosatining markaziy yo‘nalishlaridan biri bo‘lishi va kompleks yondashuv talab
qilinadi.

O‘zbekiston fuqarolarining tashqi migratsiyasiga olib kelayotgan asosiy

omillar quyidagilardir:

Iqtisodiy omillar: Mahalliy ish o‘rinlarining yetishmasligi, ish haqi

darajasining pastligi, yashash sharoitlarining og‘irligi.

Ijtimoiy motivlar: Oila a’zolariga moddiy yordam berish istagi, turmush

tarzini yaxshilash istagi.

Ta’lim va malaka oshirish: Chet elda o‘qish, yangi tajriba orttirish

istagi.

Madaniy-psixologik omillar: Jamiyatdagi ijtimoiy adolatsizlik hissi,

ishonchsizlik, hayotdan norozilik.

Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, migratsiyaga yoshlar, ayniqsa 18–35 yosh

oralig‘idagi fuqarolar ijobiy qaraydilar. Ular xorijda o‘zlarini namoyon qilish,
daromad topish va o‘z hayotlarini mustaqil qurish imkoniyatini ko‘rmoqdalar.
Ayollar orasida esa migratsiyaga nisbatan munosabat ehtiyotkorroq bo‘lib,
ko‘proq erkak qarindoshlarining yordamiga tayanadilar.

3. Kayfiyat va psixologik portret

So‘rovnomalar asosida quyidagi ijtimoiy kayfiyatlar aniqlangan:

58% respondentlar chet elga ketishni istagan;

32% hozirgi yashash joyidan qoniqmaganini bildirgan;

46% chet eldagi hayotni mahalliy sharoitga nisbatan afzal deb

hisoblagan;

24% migratsiya vaqtida diskriminatsiya, til muammosi va og‘ir mehnat

sharoitlari kabi muammolarga duch kelganini bildirgan.

1-jadval
SWOD TAHLIL

1

Kuchli tomonlar

Zaif tomonlar

Katta yoshdagi aholi tajribali

Yoshlar bilimli, xorij tillarini biladi


background image

SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN

MANAGEMENT AND ECONOMY

International scientific-online conference

63

Kuchli tomonlar

Zaif tomonlar

Mehnatkashlik, sabr-toqat

Migratsiyaga tayyorgarlik yo‘qligi

Oila uchun mas’uliyatli yondashuv

Huquqiy savodsizlik, soxta agentlar
ta’siri

Imkoniyatlar

Tahdidlar

Chet elda ish o‘rinlari ko‘pligi

Mehnat shartlarining noma’lumligi

O‘zbek migrantlariga talab yuqoriligi

Disrkriminatsiya va ekspluatatsiya
xavfi

Onlayn platformalar orqali ish topish Doimiy yashash huquqining yo‘qligi


Migratsiya jarayonida quyidagi muammolar kuzatilmoqda:
A.

Mehnat shartnomalari bo‘yicha aldash holatlari;

B.

Migrantlarning huquqlari buzilishi;

C.

Oila ajralishlari, bolalar tarbiyasidagi bo‘shliq;

D.

Tashqi mehnat migratsiyasi jarayonini tartibga soluvchi agentliklar

faoliyatidagi kamchiliklar.

E.

Shu bilan birga, fuqarolarda quyidagi ijtimoiy da’volar shakllanmoqda:

F.

Chet elda ishlayotganlar uchun diplomlarni tan olish tizimini

soddalashtirish;

G.

Huquqiy yordam va maslahatlarni kengaytirish;

H.

Migrantlar uchun qulay bank xizmatlari va valyuta o‘tkazmalari

tizimini yaratish;

I.

Migratsiyadan qaytganlarga reintegratsiya dasturlari yaratish.

Xulosa va takliflar.

Tashqi migratsiya – bu faqat ijtimoiy yoki iqtisodiy

muammo emas, balki milliy xavfsizlik, demografik barqarorlik va jamiyat
kayfiyatiga bevosita ta’sir ko‘rsatuvchi jarayondir. O‘zbekiston uchun
migratsiyani tartibga solish, migrantlar bilan tizimli ishlash, ularning ijtimoiy
himoyasini kuchaytirish dolzarb vazifalardan biri bo‘lib qolmoqda.

Takliflar quyidagilardan iborat:

1.

Migratsiya agentliklarini davlat tomonidan sertifikatlashtirish va

nazoratga olish.

2.

Migratsiyadan oldin maxsus treninglar (huquq, til, madaniyat) tashkil

etish.

3.

Migratsiyadan qaytganlarga iqtisodiy va psixologik moslashuv

dasturlarini taklif etish.


background image

SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN

MANAGEMENT AND ECONOMY

International scientific-online conference

64

4.

Chet elda ishlayotgan fuqarolarning huquqlarini xalqaro darajada

himoya qilish.
Aholi, ayniqsa yoshlar orasida ichki mehnat bozoridagi imkoniyatlarni keng
targ‘ib qilish.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Abdullaev Sh. "O‘zbekiston tashqi migratsiyasining zamonaviy

tendensiyalari", Toshkent, 2021.
2.

Nurmatova M. "Mehnat migratsiyasi va ijtimoiy siyosat", Samarqand, 2020.

3.

International Organization for Migration (IOM) Uzbekistan country report,

2023.
4.

Karimov N. "Migration Sociology", Tashkent State University, 2019.

5.

UNDP Report on Labor Migration in Central Asia, 2022.

6.

Мирзаева Ш. Н. и др. Локальные Международные Глобальные Рынки:

Интеграция И Развитие //International Conference on Adaptive Learning
Technologies. – 2025. – Т. 16. – С. 87-91.
7.

Мирзаева Ш. Н., Ворисов Ш. Д. ЦИФРОВИЗАЦИЯ ЭКОНОМИКИ:

ВЫЗОВЫ И ВОЗМОЖНОСТИ ДЛЯ МАЛОГО БИЗНЕСА //International
Conference on Adaptive Learning Technologies. – 2025. – Т. 16. – С. 40-43.
8.

Мирзаева Ш. Н., Назаров Н. Б. У. СБАЛАНСИРОВАННОЕ РАЗВИТИЕ

СЕЛЬСКОГО ХОЗЯЙСТВА, ИННОВАЦИОННЫЕ ТЕХНОЛОГИИ И ИХ ВЛИЯНИЕ
НА ЭКОНОМИКУ УЗБЕКИСТАНА //International Conference on Adaptive
Learning Technologies. – 2025. – Т. 16. – С. 44-47.
9.

Мирзаева Ш. Н., Ашуров С. З. Анализ Инвестиционного Климата В

Узбекистане, Состояние И Перспективы //GlobalBiz Summit: Business and
Economic Strategies for the Future. – 2025. – Т. 1. – С. 72-75.
10.

ILKHAMOVNA S. Z., NODIROVNA M. S., KHURSHEDOVICH A. A. TOURISM

CLUSTERS IN THE DIGITAL ECONOMY //International Conference on Adaptive
Learning Technologies. – 2024. – Т. 5. – С. 133-141.
11.

ILKHAMOVNA S. Z., NODIROVNA M. S., KUVONCH R. EXPANSION OF THE

SERVICE SECTOR IN THE CONTEXT OF INNOVATIVE CHANGES IN UZBEKISTAN
//Gospodarka i Innowacje. – 2024. – Т. 48. – С. 90-98.
12.

ILKHAMOVNA S. Z., NODIROVNA M. S., ALIASKAR M. IMPORTANT

ASPECTS OF THE THEORY AND METHODOLOGY OF MEASURING SOCIAL
CAPITAL //Miasto Przyszłości. – 2024. – Т. 49. – С. 167-174.
13.

ILKHAMOVNA S. Z., NODIROVNA M. S., MUROD S. DIGITALIZATION OF

SOCIAL TECHNOLOGIES IN IMPROVING THE EFFICIENCY OF THE SERVICE
SECTOR //Gospodarka i Innowacje. – 2024. – Т. 48. – С. 80-89.


background image

SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN

MANAGEMENT AND ECONOMY

International scientific-online conference

65

14.

ILKHAMOVNA S. Z., NODIROVNA M. S., FIRUZA A. ECOTOURISM AS A

TOOL FOR SUSTAINABLE DEVELOPMENT AND POVERTY REDUCTION
//International Conference on Adaptive Learning Technologies. – 2024. – Т. 5. –
С. 123-132.
15.

ILKHAMOVNA S. Z., NODIROVNA M. S. SUBHONZODA SH THE

EXPERIENCE OF OTHER COUNTRIES IN THE LEGAL REGULATION OF
ECOTOURISM //BOSHQARUV VA ETIKA QOIDALARI ONLAYN ILMIY JURNALI. –
2024. – Т. 4. – №. 5. – С. 122-131.

Библиографические ссылки

Abdullaev Sh. "O‘zbekiston tashqi migratsiyasining zamonaviy tendensiyalari", Toshkent, 2021.

Nurmatova M. "Mehnat migratsiyasi va ijtimoiy siyosat", Samarqand, 2020.

International Organization for Migration (IOM) Uzbekistan country report, 2023.

Karimov N. "Migration Sociology", Tashkent State University, 2019.

UNDP Report on Labor Migration in Central Asia, 2022.

Мирзаева Ш. Н. и др. Локальные Международные Глобальные Рынки: Интеграция И Развитие //International Conference on Adaptive Learning Technologies. – 2025. – Т. 16. – С. 87-91.

Мирзаева Ш. Н., Ворисов Ш. Д. ЦИФРОВИЗАЦИЯ ЭКОНОМИКИ: ВЫЗОВЫ И ВОЗМОЖНОСТИ ДЛЯ МАЛОГО БИЗНЕСА //International Conference on Adaptive Learning Technologies. – 2025. – Т. 16. – С. 40-43.

Мирзаева Ш. Н., Назаров Н. Б. У. СБАЛАНСИРОВАННОЕ РАЗВИТИЕ СЕЛЬСКОГО ХОЗЯЙСТВА, ИННОВАЦИОННЫЕ ТЕХНОЛОГИИ И ИХ ВЛИЯНИЕ НА ЭКОНОМИКУ УЗБЕКИСТАНА //International Conference on Adaptive Learning Technologies. – 2025. – Т. 16. – С. 44-47.

Мирзаева Ш. Н., Ашуров С. З. Анализ Инвестиционного Климата В Узбекистане, Состояние И Перспективы //GlobalBiz Summit: Business and Economic Strategies for the Future. – 2025. – Т. 1. – С. 72-75.

ILKHAMOVNA S. Z., NODIROVNA M. S., KHURSHEDOVICH A. A. TOURISM CLUSTERS IN THE DIGITAL ECONOMY //International Conference on Adaptive Learning Technologies. – 2024. – Т. 5. – С. 133-141.

ILKHAMOVNA S. Z., NODIROVNA M. S., KUVONCH R. EXPANSION OF THE SERVICE SECTOR IN THE CONTEXT OF INNOVATIVE CHANGES IN UZBEKISTAN //Gospodarka i Innowacje. – 2024. – Т. 48. – С. 90-98.

ILKHAMOVNA S. Z., NODIROVNA M. S., ALIASKAR M. IMPORTANT ASPECTS OF THE THEORY AND METHODOLOGY OF MEASURING SOCIAL CAPITAL //Miasto Przyszłości. – 2024. – Т. 49. – С. 167-174.

ILKHAMOVNA S. Z., NODIROVNA M. S., MUROD S. DIGITALIZATION OF SOCIAL TECHNOLOGIES IN IMPROVING THE EFFICIENCY OF THE SERVICE SECTOR //Gospodarka i Innowacje. – 2024. – Т. 48. – С. 80-89.

ILKHAMOVNA S. Z., NODIROVNA M. S., FIRUZA A. ECOTOURISM AS A TOOL FOR SUSTAINABLE DEVELOPMENT AND POVERTY REDUCTION //International Conference on Adaptive Learning Technologies. – 2024. – Т. 5. – С. 123-132.

ILKHAMOVNA S. Z., NODIROVNA M. S. SUBHONZODA SH THE EXPERIENCE OF OTHER COUNTRIES IN THE LEGAL REGULATION OF ECOTOURISM //BOSHQARUV VA ETIKA QOIDALARI ONLAYN ILMIY JURNALI. – 2024. – Т. 4. – №. 5. – С. 122-131.