AQSH-Xitoy munosabatlarining dunyo tartibotiga ta’siri

CC BY f
48-54
1
0
Поделиться
Ергашбаев , Ш. (2023). AQSH-Xitoy munosabatlarining dunyo tartibotiga ta’siri . Узбекистан – стратегия 2030 с точки зрения молодых ученых: экономика, политика и право, 1(1), 48–54. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/strategy-2030-young-scientists/article/view/28691
Шерзод Ергашбаев , Университет Мировой Экономики и Дипломатии
Студент факультета международных отношений
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

AQSh-Xitoy munosabatlarining keskinligi dunyo tartibotini yangilanishiga olib kelmoqda. Shu maqsadda yangilanayotgan dunyo tartibotini ilmiy tadqiq qilish dolzarblashmoqda. Ushbu maqolada AQSh va Xitoyning dunyoda kechayotganzamonaviy siyosiy jarayonlarga ta’siri keng yoritib berilgan. Bunda event-tahlil, qiyosiy tahlil va intervyu ilmiy metodlaridan foydalanilgan. Maqolada Xitoyning iqtisodiy kuchayishi kuchlar muvozanati o’zgarishiga olib kelishi, jahon hamjamiyatida Xitoy mafkurasiga bo‘lgan hayrixohlik oshishi va AQSh-Xitoy ziddiyati mintaqalaro kesimda davom etishi xulosa qilingan. Maqolada ushbu ikki davlat o‘rtasidagi aloqalarning tadqiqoti bo’yicha yangi yo‘nalishlar va siyosiy qarashlar keltirilganligi bilan ajralib turadi va u xalqaro munosabatlar bo‘yicha mutaxassislar va tashqi ishlar sohasidagi mutasaddilarning faoliyatida foydali bo‘lishi mumkin.


background image

74

AQSH-XITOY MUNOSABATLARINING DUNYO TARTIBOTIGA TA’SIRI

Ergashbayev Sherzod, Jahon iqtisodiyoti va

diplomatiya universiteti Xalqaro

munosabatlar fakulteti talabasi E-mail:

ergashbayevs@gmail.com

Annotatsiya.

AQSh-Xitoy munosabatlarining keskinligi dunyo

tartibotini yangilanishiga olib kelmoqda. Shu maqsadda yangilanayotgan

dunyo tartibotini ilmiy tadqiq qilish dolzarblashmoqda. Ushbu maqolada

AQSh va Xitoyning dunyoda kechayotgan zamonaviy siyosiy jarayonlarga

ta’siri keng yoritib berilgan. Bunda event-tahlil, qiyosiy tahlil va intervyu ilmiy

metodlaridan foydalanilgan. Maqolada Xitoyning iqtisodiy kuchayishi kuchlar

muvozanati o’zgarishiga olib kelishi, jahon hamjamiyatida Xitoy mafkurasiga

bo‘lgan hayrixohlik oshishi va AQSh-Xitoy ziddiyati mintaqalaro kesimda

davom etishi xulosa qilingan. Maqolada ushbu ikki davlat o‘rtasidagi

aloqalarning tadqiqoti bo’yicha yangi yo‘nalishlar va siyosiy qarashlar

keltirilganligi bilan ajralib turadi va u xalqaro munosabatlar bo‘yicha

mutaxassislar va tashqi ishlar sohasidagi mutasaddilarning faoliyatida foydali

bo‘lishi mumkin.

Kalit so’zlar:

AQSh-Xitoy munosabatlari, dunyo tartiboti, kuchlar

muvozanati, Xitoy mafkurasi, soft power, regionalizm.

"Xitoy uxlab qolsin, chunki u uyg‘onganida u dunyoni larzaga

keltiradi", - deb Napoleon Bonapartga tegishli iqtibosni juda ko‘p

uchratamiz[1]. Bu so‘zlar Napoleon Bonapart tomonidan aytilganmi yoki

yo‘qmi, ammo Xitoy Xalq Respublikasi (XXR)ning iqtisodiy taraqqiyoti, harbiy

salohiyatining kundan kunga oshib borishi, hamda hozirgi tashqi siyosati bu

so‘zlar haqiqatga yaqinligini ko‘rsatib bermoqda. Hattoki, ba’zi


background image

bir olimlar Amerika Qo‘shma Shtatlarining gegemonligi o‘z nihoyasiga

yetmoqda degan o‘z bashoratlarini bildirishmoqda.

Xitoy o‘zining iqtisodiy, harbiy, siyosiy nufuzini 1989-yildan boshlab,

asosan, Sovuq urush tugaganidan so‘ng sezilarli darajada oshirib kelmoqda.

Xitoyning dunyoning ikkinchi yirik iqtisodiyoti sifatida paydo bo‘lishi butun

dunyo mamlakatlari bilan iqtisodiy o‘zaro bog‘liqlikning kuchayishiga olib

keldi[2]. Xitoy savdosi va sarmoyasining kengayishi boshqa davlatlar uchun

ham imkoniyatlar, ham qiyinchiliklar tug‘dirdi. Masalan, Belt and Road

Initiative (BRI) infratuzilmani rivojlantirish va ulanishni osonlashtiradi, ammo

qarz barqarorligi va potensial geosiyosiy ta’sirga oid xavotirlarni ham keltirib

chiqarishi mumkin. Bundan tashqari, ko‘plab G‘arb davlatlari, ayniqsa, AQSh

XXRning Den Syaopin davridan boshlab kuchayib borayotgan iqtisodiy

taraqqiyot modelidan xavotirga tushayotganiklari aniq. Bunga sabab, Xitoy

olib borayotgan bozor iqtisodiyoti AQSh va G‘arb davlatlari tomonidan

tasarruf qilinayotgan bozor tuzumini, dunyoning iqtisodiy tartibotini

o‘zgartirishga olib kelishi mumkin.

Xitoy Xalq Respublikasi sotsial tuzumdagi davlat hisoblansa-da,

liberal bozor iqtisodiy taraqqiyotni ham chambarchas olib ketmoqda. Ya’ni

boshqa davlatlarga o’xshamagan gibrid siyosiy institutni yarata olishdi:

demokratik xususiyatlarga ega partiya avtokratiyasi. Birinchi navatda,

XXRning iqtisodiy modelida siyosiy kuch va qaror qabul qilishda demokratik

element va kollektiv boshqaruv aralashmasidan hosil bo’lgan partiya

avtoritarizmidan, davlat aralashuvi va erkin bozor prinsiplari aralashmasidan

tashkil topgan bozor avtoritarizmi tamoyiliga asoslanadi[3]. Ikkinchidan,

siyosiy kuchga bo‘ysundirilgan yangi iqtisodiy mantiq bozor avtoritarizmiga

asoslangan tamoyil yotadi[4].

Tabiiyki, Xitoy modeli Rossiyaning SSSR davridagi shok

terapiyasidagi iqtisodiy bozorga o’tishdagi siyosiy xatoga uchramagan,
AQShdan farqli ravishda tez sur’atlarda iqtisodiy taraqqiyotga erishgan

74


background image

namuna hisoblanadi. Shu sababdan, rivojlanayotgan mamlakatlar yoki

rivojlanmagan mamlakatlar o‘zlarining taraqqiyot namunalarini AQSh

tomonidan yaratilgan iqtisodiy tartibotni emas, balki XXR tomonidan

yaratilayotgan dunyo tartibotiga yon bosish ehtimoli oshib borishi mumkin.

Tabiiy ravishda, Xitoy modeli ham kamchiliklarga ega, ya’ni barqaror

emasligi aniq. Sababi iqtisodiy rivojlanish natijasida yechimini topish zarur

bo’lgan iqtisodiy muammolar:yuqori qarz, sohilbo’yi va ichki shaharlardagi

rivojlanish tafovuti, atrof-muhit ifloslanishi va boshqa shu kabi muammolarni

unutmasligimiz kerak.

AQSh tarafidagi G7 dunyoning yetti ilg’or iqtisodiyoti davlatlarining

norasmiy birlashmasiga hozirgi kunda BRICS tashkiloti asosiy raqib deb

hisoblanmoqda. Bu ham AQSh va Xitoyning raqobatini ko’rsatadi.Bu

kurashda BRICS tashkiloti ancha xavf solishi kutilmoqda, hatto, ayrim

tahlilchilarning fikriga ko’ra, dunyo tartibotidagi muvozanatni keskin

burilishiga olib kelishi kutilmoqda. Prognozlarga ko’ra, 2030-yilgacha yangi

a’zolarining qo’shilishi natijasida BRICS mamlakatlari jahon YaIMning

50%izidan ortig’ini ta’minlay oladi. Bu esa jahon iqtisodiyoti va dunyo tartibiga

katta ta’sir ko’rsatadi. Agar BRICS mamlakatlari umumiy valyutadan

foydalangan holda savdo qilishga kelishib olsa, bu dedollarizatsiya jarayonini

tezlashtirishi mumkin.[9] Bu esa AQShning yana bir ta’sir kuchini yo’qolishini

anglatadi. Agar bu tashkilotga qarshi G7 mamlakatlari muvozanatni tiklash

maqsadida AUKUSni qamrovini kuchaytirishmasa, dunyo hukmronligini

qo’ldan boy berishlari tabiiy.

XXI asrga kelib dunyo hamjamiyatida mamlakatlar aholisiga ta’sir

o’tkazishning hard power(qattiq kuch) usulini soft power(yumshoq kuch)

egalladi. Sababi aynan shu yo’l bilan, aholiga singdirilgan biron davlatning

yumshoq kuchi doirasida yaratilgan tasvirlari orqali, ular dunyo xalqiga

amalga oshirayotgan “yordam”lari, xalqaro arenadagi “xaloskor” maqomlari

kabi imidjlari orqali o’z obro’sini, hamda ta’sir doiralarini, siyosiy kuchini

75


background image

91

yuqori darajada oshirib bora olishyapti. 2023-yilda dunyodagi eng yaxshi

yumshoq kuch davlatlari reytingida AQSh o’z peshqadamligini saqlab

qolmoqda[2]. Xitoy esa reytingda bu yil 5-o’rinni egalladi[3]. “Amerikacha”

hayot, amerika kinolari, har xil turdagi yoshlarga ta’lim berish bo’yicha

almashinuv dasturlari, gumanitar yordamlari, Kennedi davridan beri “Peace

corps” dunyodagi nochor davlatlarga moddiy yordam ko’rsatish loyihasi[4], tez

tayyor bo’luvchi (fast-food) brendlari, qo’shiqlar va boshqa shu kabi yumshoq

kuchlari AQShning siyosiy, madaniy va boshqa barcha turdagi kuchini 1-

o’rinda saqlab kelmoqda va dunyoda o’z tartibotini amalga oshirishga imkon

berib kelmoqda. Bu borada Xitoy ham o’z madaniyatini yoyish maqsadida juda

ko’p filmlari orqali dunyoga mashhur. Misol uchun yumshoq kuch tahlilchisi

Nyening ta’kidlashicha, Amerika kino kassalarida eng ko’p daromad olib

kelgan xorijiy filmlardan biri Crouching Tiger Hidden Dragon filmi Xitoyning

madaniy yumshoq kuchi muvaffaqiyati sifatida aytilmoqda[5]. Bundan tashqari,

Xitoy jang san’ati sifatida tan olingan Kung-Fu, Ip Man filmlari davlat

madaniyatini keng yoyishga yordam berib kelmoqda. Xitoy media sohasini

rivolantirish borasida ham 2009-yildan beri 9 milliard dollar pul sarfladi, hamda

buning natijasida CCTV, Xinhua, Global Times va China Radio International

(CRI) global axborot agentliklarini ta’sir doirasini kengaytirib oldi[6]. Hamda

Afrika mamlakatlarida hamkorlik va o’z nashrlarini chiqaradigan gazeta,

o’zining teleradiokompaniyalarini ham ishga tushirishga muvaffaq bo’ldi.

Albatta Xitoyning yumshoq kuchi borasida gap ketganda, uning

rivojlanish modeli, hamda boshqa davlatlarga kiritayotgan investitsiyalarni ham

aytib o’tish joiz. AQShdan farqli o’laroq, Xitoy kredit va savdo aloqalariga

alohida shartlar qo’ymaydi. Shuning uchun ham Xitoy investitsiyalari orqali

“qahramon xaloskor” va yaxshi “sherik” sifatida o’z siyosiy kuchini oshirib

olmoqda.

11-sentabr voqealaridan so’ng AQSh endilikda qattiq kuchdan

foydalanishga o’tgan edi. Hamda Sovet Ittifoqi parchalanganidan so’ng,

yagona gegemon davlat sifatida, endilikda dunyoda “politsiyachi” rolini


background image

92

bajarmoqchi bo’ldi. Buning oqibatida keyinchalik noto’g’ri deb topilgan juda

ko’p urushlarni olib bordi. Misol uchun, Vetnam urushi, Iroqqa bostirib kirishi,

NATOning Yugoslaviyani bombardimon qilishi, Afg’onistondagi harakatlar va

shu kabi bir qancha faoliyatlari natijasida ko’pgina davlatlarning nafratiga

uchradi. Bu esa yangi dunyo tartibi o’rnatish davrida, ko’p mamlakatlar Xitoy

tomonda turishiga olib kelishi mumkin.

Ammo Xitoyning qarzlari, investitsiyalari xavfsiz emas ko’rinadi. Bunga

sabab ayrim kredit olgan davlatlarning qarzlari evaziga o’z mamlakat

hududlarining bir qismini foydalanishga yoki bo’lmasa Xitoyning tasarrufiga

o’tishi bilan izohlash mumkin. Ayrim ma’lumotlarga ko’ra, Xitoy o’zining “qarz

tuzog’i diplomatyasi” orqali Misrga bergan 8 milliardlik krediti evaziga, uning

muhim strategik portlariga va aeroportlariga almashtirishni muhokama

qilgan[7]. Agarda qarzi evaziga Suvaysh kanalini o’z nazoratiga olsa, Xitoy

jahon iqtisodiyotini qo’lga olishi mumkin. Bu kabi jarayonlardan so’ng Xitoyning

qarz ilmog’iga tushishdan yoki undan qutulish uchun AQShning yaxshiroq taklif

yordamini kutishlari mumkin.

AQSh Xitoyning kamchiliklaridan, boshqa davlatlarga solib qo’ygan

qo’rquvlaridan uddaboronlik bilan foydalangan holda, bu harakatlarni o’z

tomoniga burib olishi zarur. Aks holda, Xitoy hech qanday zo’ravonliklarsiz,

tajovuzlarsiz, huquqiy yo’l bilan barcha muhim yerlarga ega chiqishda,

davlatlar orasida o’z siyosiy nufuzni oshirishda davom etaveradi. Bu esa

xalqaro arenada AQSh gegemonligini batamom barham topishiga katta zamin

yaratib beradi. Xitoy esa AQShning kelgusidagi harakatlariga tayyor turishi

zarur, va hozirdagi AQShning hukmronligiga bo’lgan boshqa davlatlarning

qarshiligidan tezroq foydalanib qolishi darkor.

Amerika Qo‘shma Shtatlarining esa bu borada o‘z pozitsiyalarini

mustahkamlab kelmoqda. Misol uchun, XXRning qo‘shni davlatlari Yaponiya,

Koreya, Tinch okeani mintaqasidagi barcha davlatlar bilan koalitsiya tuzib

bormoqda. Uning eng katta yutuqlaridan biri yuqorida ta’kidlab o‘tkanimizdek


background image

93

yumshoq kuchi, va u bilan hamkorlik qilgan davlatlarning taraqqiyot darajasi

yuqorililigi uning dunyo hamjamiyatida gegemonligini saqlab kelmoqda.

AQSh va XXR davlatlarining raqobati mintaqalar kesimida ham davom

etishni bohladi. Bunga misol qilib, Yaqin Sharq mintaqasini olishimiz mumkin.

Vashington Yaqin Sharq mintaqasida demokratiya urug‘ini sochish niyatida

qilgan hatti-harakatlari natija bermadi. Aksincha, ko‘plab davlatlarning

vayrongarchilik oqibatlariga, qo‘shni davlatlarning bir biriga dushmanlik

kayfiyati oshib bordi. Pekin esa o‘zining 2022-yilda e’lon qilgan Global

Xavfsizlik Tashabbusi orqali Saudiya Arabistoni va Eronning to‘xtab qolgan

diplomatik aloqalarini qayta tikladi. Hamda Isroil-Falastin, Rossiya- Ukraina

mojarolariga ham o‘z yechimlarini taqdim etdi. Osiyo va Afrika mintaqasida

Xitoyning ta’siri ortib borayotgan bo‘lsa-da, AQSh Hind-Tinch okeani, Yevropa

mintaqasida haligacha o‘zining mustahkam pzotsiyasini saqlab kelmoqda.

XXRning 3 yil davomida 2021-yil Global Rivojlanish Tashabbusi, 2022-

yilda Global Xavfsizlik Tashabbusi, 2023-yilda Global Sivilizatsiyalar

Tashabbuslari orqali Amerika va G‘arb davlatlari tomonidan o‘rnatilgan dunyo

tartibotiga javoban o‘zi yaratgan tartibotni dunyo davlatlariga taqdim etmoqda

va ko‘plab davlatlar bu jarayonga qo‘shilishmoqda.

Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, XXR va AQSh raqobati dunyo tartibotida

o‘zgarishlar sodir bo‘lishiga olib kelmoqda. XXRsi o‘z tashabbuslari bilan

Amerika uchun xavfli tus olmoqda. Shunga qaramasdan, Amerikaning

yumshoq kuchi va boshqa davlatlar bilan hamkorlik va koalitsiyalari oldida

Xitoy hali ko‘proq ishlar amalga oshirishi kerakligini anglatmoqda.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

https://www.google.com/amp/s/www.forbes.com/sites/ewelinaocha

b/2021/01/13/let-china-sleep-for-when-she-wakes-she-will-shake-the-
world/amp/


background image

94

2.

https://www.unrisd.org/en/activities/events/the-legend-of-chinas-

growth/seminar-paper

3.

https://www.uzanalytics.com/iqtisodi%D0%B5t/9183/

4.

https://www.uzanalytics.com/iqtisodi%D0%B5t/9183/

3.

https://brandirectory.com/softpower/

4.

https://brandirectory.com/softpower/

5. Gafarov I. Jon Fidjerald Kennedi. -Toshkent: Muharrir nashriyoti,

2022y. - 75 b.

6. Ryan Avery, “An examination of China’s soft power”, 2015,-43 b.

https://www.researchgate.net/publication/330175264 An Examination of
China's Soft Power

7. Ryan Avery, “An examination of China’s soft power”, 2015,-43 b.

https://www.researchgate.net/publication/330175264 An Examination of
China's Soft Power

8.

https://kun.uz/en/news/2022/10/31/analysis-is-chinas-debt-trap-

diplomacy-dangerous-for-central-asia

9.

https://telegra.ph/BRICS-va-yangi-dunyo-tartibining-siyosiy-

iqtisodi-06-30

10. Rashitovna, Kadirova Nargiza. "Consular law: international legal

framework, experience of leading democratic countries." European
research 1 (24) (2017): 58-61.

Библиографические ссылки

https://www.google.com/amp/s/www.forbes.com/sites/ewelinaocha b/2021/01/13/let-china-sleep-for-when-she-wakes-she-will-shake-the- world/amp/

https://www.unrisd.org/en/activities/events/the-legend-of-chinas- growth/seminar-paper

https://www.uzanalytics.com/iqtisodi%D0%B5t/9183/

https://www.uzanalytics.com/iqtisodi%D0%B5t/9183/

https://brandirectory.com/softpower/

https://brandirectory.com/softpower/

Gafarov I. Jon Fidjerald Kennedi. -Toshkent: Muharrir nashriyoti, 2022y. - 75 b.

Ryan Avery, “An examination of China’s soft power”, 2015,-43 b. https://www.researchgate.net/publication/330175264 An Examination of China's Soft Power

Ryan Avery, “An examination of China’s soft power”, 2015,-43 b. https://www.researchgate.net/publication/330175264 An Examination of China's Soft Power

https://kun.uz/en/news/2022/10/31/analysis-is-chinas-debt-trap- diplomacy-dangerous-for-central-asia

https://telegra.ph/BRICS-va-yangi-dunyo-tartibining-siyosiy- iqtisodi-06-30

Rashitovna, Kadirova Nargiza. "Consular law: international legal framework, experience of leading democratic countries." European research 1 (24) (2017): 58-61.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов