131
O‘QITUVCHINING KASBIY KOMPITENTLIGINI SHAKLLANTIRISH
ZARURIYATI
Abdullayeva Iroda "Alfraganus”
universiteti 1-kurs magistri E-mail:
jamshid yusubov@mail.ru
Annotatsiya.
Mazkur maqolada o‘qituvchining kasbiy kompitentligini
shakllantirish zaruriyati, yoshlarga bilim beruvchi, ularga axloqiy sifatlarni
singdiruvchi pedagogning o’zi qanday kasbiy va tarbiyaviy kompetentlikka,
pedagogik mahoratga ega bo’lishi kerakligi, ularni egallash usullari, yo’nalishlari
va vositalari haqida fikr-mulohazalar berilgan.
Kalit so‘zlar:
Kompetensiya, kompetentlik, o'qituvchi, pedagog, tarbiya.
Hozirgi kunda mustaqil davlatimizning yagona maqsadi insonparvar,
demokratik-huquqiy jamiyatni barpo etish, shuningdek, ijtimoiy-iqtisodiy hamda
madaniy-ma’naviy rivojlanishning yuqori bosqichlariga ko’tarilish, jahon
hamjamiyati safidan munosib o’rin egallash bo‘lib, ushbu maqsadlarga
erishishda ijobiy natijalarga ega bo’lish, eng avvalo, yosh avlodga ilmiy bilimlar
asoslarini puxta o’rgatish, ularda keng dunyoqarash hamda teran tafakkurni hosil
qilish, ma’naviy-axloqiy sifatlarni shakllantirish borasidagi ta’limiy va tarbiyaviy
ishlarni samarali tashkil etishga bog’liqdir. Zero, O’zbekiston Respublikasi
Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Yangi O‘zbekiston - maktab ostonasidan, ta’lim-
tarbiya tizimidan boshlanadi”[2], degan g‘oya asosida keng ko‘lamli islohotlarni
amalga oshiramiz deb ta’kidladilar. Demak, zamonaviy jamiyat ta’lim tizimi oldiga
yuqori malakali, intiluvchan, raqobatbardosh, tashabbuskor, ma’naviy va
jismoniy sog‘lom shaxslarni tarbiyalab berish talabini qo‘ymoqda.
“O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish
konsepsiyasi”da ta’limning sifati va mazmunini xalqaro talablar darajasiga
ko‘tarish ustuvor vazifa sifatida belgilandi. Bugungi kun o‘quvchi- yoshlarni
zamonaviy bilim va tajribalar, milliy va umumbashariy qadriyatlar asosida
mustaqil va mantiqiy fikrlaydigan, keng dunyoqarash egalari sifatida
132
shakllantirishda o‘qituvchilar o‘ziga xos qobiliyat va kasbiy kompetentlik egasi
bo‘lishini taqozo etmoqda. O‘qituvchining kasbiy standarti tarkibida pedagogik
kompetentlik muhim o‘rin tutadi. Bugungi kunda - mamlakatimizda uzluksiz ta’lim
islohoti jadallik bilan olib borilayotgan paytda pedagogik kompetentlik muhim
omil sifatida qaralmoqda.
Kompetentli pedagog - u kim? Uning shakllanish jarayoni qanday kechadi
kabi savollar tug’iladi. Shu nuqtai nazardan “kompetentlik” va “kompetensiya”
tushunchalar mazmun mohiyatini aniqlashimiz muhimdir. Har qanday o‘qituvchi
ham “kompetentlik” nimani anglatishini va u “kompetensiya”dan nimasi bilan farq
qilishini bilavermaydi.
“Kompetensiya”- lotincha so‘z bo‘lib, o‘zbek tilidagi lug‘aviy ma’nosi “inson
yaxshi biladigan”, “tajribaga ega bo‘lgan” kabi ma’nolarni bildiradi. Demak, biror
bir sohada kompetentli inson shu soha haqida asosli fikr yuritish va samarali
faoliyat olib borish uchun zarur bo‘lgan bilim va qobiliyatga ega hisoblanadi.
“Kompetentlik” tushunchasi pedagogning ma’lumoti, ko‘nikmasi, qobiliyati
va tajribasini o‘z ichiga oladi. Boshqacha aytganda, uning ma’lum bir ish turini
bajarish qobiliyati hisoblanadi. Aslida, ikkala atama o‘xshashdir. Kompetensiya
bilimlarning umumiyligi va ularning odamlarda mavjudligini anglatsa,
kompetentlik - bu bilimlarni ish jarayonida ishlatish darajasini anglatadi.
Aleks Mur ko‘pqirrali qobiliyat tushunchasiga asos soldi. Ya’ni ko‘pqirrali
qobiliyatlilik tushunchasi kompetentlik tushunchasiga mos kelib, uning fikricha “...
ko‘p qirrali qobiliyatlar deganda, turli xil insonlar turli xil uslublar orqali yoki bir
inson turli xil narsalarni turli xilda o‘rganilishi tushuniladi”.[4]
Kompetentlik nafaqat bilimlarning mavjudligini, balki shu bilan birga ularni
qo‘llash qobiliyatini ham taqozo etadi
G.V.Nikitinaning fikricha, kompetentliklar tasnifida bir nechta asoslar
mavjud:
- insonning umumiy kompetentligi
(matematik, kommunikativ,
informatsion, ijtimoiy, axloqiy va hokazo);
- faoliyat turlari bo‘yicha kompetentlik (mehnat, o‘quv, o‘yin, kasbiy);
133
- faoliyat yo‘nalgan obyektlar bo‘yicha kompetentlik (inson-
texnika,tabiat);
- ijtimoiy hayot sohalari bo‘yicha kompetentlik (maishiy, fuqaroviy,
madaniy);
- ijtimoiy bilimlar bo‘yicha kompetentlik (matematikada, gumanitar
fanlarda);
- ishlab chiqarish tarmoqlari bo‘yicha kompetentlik (transport, aloqa,
mudofaa);
- qobiliyatlar
bo‘yicha
kompetentlik
(pedagogik,
psixologik,
ijodiy,texnik).[5]
Zero, yuqorida qayd etilgan kompetentlik yo‘nalishlari shaxs
umummadaniy kompetentligining tarkibiy qismlari hisoblanadi. Shuningdek,
shaxs kompetentligi mazmuniga ko‘ra 3 turga bo‘linadi.
•
Standart kompetensiya -
ushbu faoliyatga oid doimiy va odatiy vazifalarni bajarish
qobiliyati.
•
Asosiy kompetensiya -
ushbu faoliyatga oid innovatsion vazifalarni
bajarish
qobiliyati.
•
Yetakchi kompetensiya
- kasb faoliyatining yangi turlarini yarata olish
qobiliyati.
O‘qituvchining kasbiy kompetentligini shakllantirish pedagoglarni
tayyorlashdagi murakkab muammolar qatorida o‘ziga xos o‘rin tutadi. Ayniqsa
ta’limni modernizatsiyalash bilan bog‘liq islohotlarning joriy bosqichida kasbiy
pedagogik faoliyatga moslashish muammosi yanada yaqqol namoyon
bo‘lmoqda. Bo‘lajak o‘qituvchilarni amaliy, psixologik, metodik, tadqiqotchilik
turlari bilan bir qatorda o‘qituvchining kasbiy kompetentligini shakllantirish bilan
boyib bormoqda. Kasbiy kompetentlik tashhisi kasbiy shakllanishning mohiyatli
xarakteristikalariga diagnostik, kommunikativlik, boshqaruv va proektiv o‘quvlar
guruhlarini kiritish lozim. Pedagogning bilish faoliyati ko‘p jihatdan
o‘rganilayotgan narsalarning murakkabligi, dinamikasi, nostandartligi, ijtimoiy
hodisalarni ajratib turadigan chegaralarning ta’siri, ularni izlash, noaniqlik bilan
134
belgilanadi, bu esa kuzatuvchanlik, suhbatdoshning ichki dunyosini
modellashtirish malakasini nazarda tutadi. Mazkur holda o‘z-o‘zini tartibga solish
xususiyatlari o‘z bilim va malakalarini doimo takomillashtirish zarurati, boshqa
odamlarga qaratilgan o‘z hatti-harakatini qat’iy muvofiqlashtirish uquvi bilan
tavsiflanadi.
Rivojlangan kompetensiyalar darhol seziladi, chunki professional
pedagog o‘z ko‘nikmalarini rivojlantirishga harakat qiladi, muayyan maqsad va
natijalarga erishishga intiladi, ishchan qadriyatlar ishlab chiharadi va bular
odatda ish jarayonining standartiga mos keladi. Kompetentlik esa biroz
murakkab mazmunga ega, sababi, nafaqat bilimlarning mavjudligini, balki shu
bilan birga ularni qo‘llash qobiliyatini ham taqozo etadi. Kompetentlik faqat keng
qamrovli baholash va kuzatish paytida aniqlanishi mumkin.
Pedagogning kasbiy tarbiyalanganlik layoqatliligini tadqiq qilishga
bag‘ishlangan asarlarda uning quyidagi turlari bilan farq qilinadi:
- maxsus tarbiyalanganlik layoqatliligi;
- kasbiy faoliyatini etarlicha yuqori darajada egallaganlik, o‘zining kelgusi
kasbiy rivojlanishini loyihalash qobiliyati;
- ijtimoiy tarbiyalanganlik layoqatliligi;
- birgalikdagi kasbiy faoliyatni, hamkorlikni va shuningdek, mazkur
kitobda qabul qilingan kasbiy muloqat uslublarini egallaganlik, o‘z kasbiy kasbi
natijalari uchun ijtimoiy mas’ullik.
Bo‘lajak o‘qituvchining kasbiy kompetentligi, irodaviy sifatlar, intellektual
salohiyat, hissiy sifatlar, amaliy ko‘nikmalar, o‘z-o‘zini boshqara olish
layoqatlarining o‘zaro bog‘liqligi va shaxsning ijtimoiy-madaniy faollik darajasini
aks ettiruvchi individual sifatlar asosida shakllantiriladi. Yevropa davlatlarida
shakllangan an’anaga muvofiq kasbiy malaka mutaxassisning kompetentligi, uni
shakllantirishga qaratilgan ta’lim tizimi esa - bilim, ko‘nikma va malakalar darajasi
bilan o‘lchanadi. Bu masalaga Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning “Yangi
O’zbekiston strategiyasi” nomli kitabida ham to’xtalib o’tgan: “Ta’lim sohasining
yana bir eng asosiy vazifasibugungi kun uchun zarur bo’lgan yangi avlodni, ilm-
135
fan va o’z ixtisosligi asoslarini puxta egallagan, bilimli yoshlarni tarbiyalashdan
iboratligi shubhasiz”[1]
«O‘qituvchining kasbiy kompetentligi» tushunchasiga berilgan ta’rif va
tavsiflarni umumlashtirib, uni quyidagicha talqin etish mumkin: O‘qituvchining
kasbiy kompetentligi - pedagog faoliyatida kasbiy kompetentlik muhim
jihatlaridan biri bo‘lib, pedagogning faqatgina kasb va kasbiy faoliyatni amalga
oshirish bilan bog‘liq barcha ehtiyoj, qobiliyat, mahorat, bilish va qiziqishlarini
ifodalaydi. Buning uchun u:
- ijodiy izlanishlar jarayonini boshqarishga moyil bo‘lishi;
- ijodiy izlanishlarning samaradorligi o‘qituvchining pedagogik,
psixologik va nazariy tayyorgarligiga bog‘liq bo‘lishini esda tutishi lozim.
“Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”da yuqori malakali o‘qituvchi -
mutaxassislar tayyorlash masalasi alohida ta’kidlab o‘tilgan:
“Mazkur
dasturning maqsadi ta’lim sohasini tubdan isloh qilish, uni o‘tmishdan qolgan
mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan to‘la xalos etish, rivojlangan demokratik
davlatlar darajasida, yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori
malakali kadrlar tayyorlash Milliy tizimini yaratishdir”[3].
Pedagog kasbiy kompetentligi yo’nalishlari
Pedagogik-psixologik
tayyorgarlik
bo‘yicha:
ta’lim-tarbiya
jarayonida qo‘llaniladigan o‘qitish shakllarining pedagogik-psixologik asoslari;
psixodiagnostika usullaridan foydalanish; o‘qitish shakllarida o‘qitish metodlari va
vositalaridan o‘rinli foydalana olish; ta’lim mazmuni, metodlari, vositalari va
shakllarining uyg‘unligi, uzviyligini ta’minlay olish; pedagogik va axborot
texnologiyalarini qo‘llashning nazariy asoslarini bilish.
Mashg‘ulotlarni
tashkil
qilish
va
o‘tkazish
mahorati
bo‘yicha:
seminar, amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlariga qo‘yiladigan didaktik
talablarni; didaktik maqsadlar asosida mashg‘ulotning har bir bosqichi uchun
reproduktiv o‘quv topshiriqlarini ishlab chiqish; fanlararo, mavzulararo
bog‘lanishni amalga oshirish.
Ta’lim
jarayonida
tarbiyalashning
didaktik
omillari
136
bo‘yicha:
ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etishda ilmiy-nazariy, ma’naviy-
ma’rifiy, madaniy qadriyatlardan samarali foydalanish malakasiga ega bo‘lish,
o‘qitish jarayonida talabalar ongiga milliy g‘oyani singdirishning mazmuni,
vositalari, metodlari va shakllarini bilishi; talabalarni jamoaga birlashtirish,
ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, turli tadbirlar o’tkazish,pedagogik
etika me’yorlarini amalda qo‘llash.
Mustaqil va ijodiy ishlarni tashkil etish bo‘yicha
:
talabalarda mustaqil
va ijodiy fikrlash ko‘nikmalarini tarkib toptirishning ijtimoiy - pedagogik zarurati va
nazariy asoslarini o’zlashtirish; iqtidorli talabalarni aniqlash diagnostikasi,
mustaqil ishlarning tashkiliy va o‘quv - metodik ta’minotini yaratish yo‘llarini bilish,
o‘quv materiali mazmuni asosida vosita, metod va shakllarini samarali tanlash va
uyg‘unlashtira olish.
Talabalar o‘zlashtirishi monitoringini amalga oshirishga tayyorlik
bo‘yicha:
talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning zamonaviy usullari;
reyting tizimi, nazorat turlari uchun differensiallashtirilgan topshiriqlarini tuza
olish; bilish faoliyatidagi tipik kamchiliklar va xatoliklarni aniqlashni o‘rganish.
O‘zini-o‘zi kasbiy rivojlantirishga tayyorgarlik bo‘yicha:
ta’lim
beradigan fanlari turkumini ilmiy-nazariy jihatdan o‘zlashtirish, ularning
rivojlanish tarixi, fanda erishilgan yutuqlar, muammolar, ilmiy-tadqiqot va
izlanishlar natijalaridan xabardor bo‘lish; darsliklar, o‘quv qo‘llanmalari, o‘quv -
metodik adabiyotlarni tahlil qilish, ulardan ta’lim-tarbiya jarayonida samarali va
o‘rnida foydalanish.
Mutaxassislik bilim, ko‘nikma va malakalari
bo‘yicha:
fanning
maqsadi, vazifalari, predmeti va obyekti, asosiy metodlari; fanga qo‘yiladigan
asosiy talablar; umumiy yuklama hajmi va uning taqsimoti; fan bo‘yicha
tayyorgarlik ko‘rayotgan bo‘lajak mutaxassisga qo‘yiladigan umumiy malaka
talablari; ilmiy-metodik ishlarni amalga oshirish, kasbiy faoliyat jarayonini tashkil
etish va boshqarish; fan taraqqiyotining axborot va kommunikatsiya
texnologiyalariga bog‘liqligi; foydalaniladigan asosiy adabiyotlar; fan bo‘yicha
kasbiy kompetentlik darajasi; fanning o‘quv rejasidagi boshqa fanlar bilan
137
bog’liqligining ta’minlanganligi; fanning taraqqiy etish muammolari va
yechimlarini tahlil qilish[6].
Demak, yoshlarga ta’lim-tarbiya berish jarayonini sifat darajasiga
ko’tarishda pedagogning kasbiy, tarbiyaviy, mafkuraviy kompitentligining o’rni
beqiyosdir.
Shunday ekan, bo‘lajak o‘qituvchini tayyorlashda muhim pedagogik shart-
sharoitlar sifatida quyidagilarni e’tirof etish mumkin:
- zamonaviy talablarga javob bera oladigan me’yoriy va o‘quv-metodik
hujjatlar (davlat ta’lim standarti, namunaviy o‘quv rejalari, ishchi o‘quv rejalari,
namunaviy o‘quv dasturlari, ishchi dasturlari, darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar,
metodik tavsiyanomalar, qo‘shimcha maxsus adabiyotlar, ko‘rsatmali vositalar,
dars ishlanmalari, loyihalar va boshqalar)ning mavjudligi;
- ilmiy pedagogik xodimlar (professor, dotsent, o‘qituvchi, o‘quv ustalari,
texnik xodimlar)ning bilim, ko‘nikma va malakalarining yuksakligi, kasbiy
kompetentlik darajasining yetarlicha shakllanganligi hamda ilmiy salohiyatga ega
bo‘lishi;
- o‘quv jarayonining moddiy-texnik (o‘quv binolari, o‘quv auditoriyalari,
o‘quv ustaxonalari, amaliy-laboratoriya jihozlari), axborot texnologiyalari (radio,
televidenie,
kompg‘yuter,
nusxa
ko‘chirish
qurilmalari,
laboratoriya
asbobuskunalari, audio, video, multimediya, trenajyorlar, kinoproektorlar,
diaproektorlar, videoproektorlar, texnik vositalar majmuining mavjudligi va
hokazolar) jihatdan yetarlicha ta’minlanganligi;
- ijtimoiy va o‘quv-texnologik jihatdan qulay muhit yaratilganligi;
- tashkiliy hamda o‘quv-amaliy faoliyatning izchil, uzluksiz hamda tizimli
yo‘lga qo‘yilganligi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1. Mirziyoyev Sh.M. Yangi O’zbekiston strategiyasi. -Toshkent:
O’zbekiston, 2021. 230-bet.
2. O‘zbekiston
Respublikasi
Prezidenti
Sh.M.Mirziyoyevning
138
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 28 yilligi
munosabati bilan tantanali bayramdagi nutqi. www.prezident.uz
3. Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi I bob 1.3.bandi.-Qonun hujjatlari
ma’lumotlari milliy bazasi, 05.01.2018
y.,(
03/18/456/0512-son)
http://lex. uz/docs/48401
4. Teaching and learning: Pedagogy, Curriculum And Culture. Alex
Moore. P.146
5.
www.natlib.uz
6.
www.ZiyoNet.uz
7. кызы МУСТАФАЕВА, Наджиба Ильгар. "К 70-ЛЕТИЮ
ВСЕОБЩЕЙ ДЕКЛАРАЦИИ ПРАВ ЧЕЛОВЕКА." Московский журнал
международного права 106.1 (2018): 35-43.
8. Khamdamova, Shirin. "НОРМОТВОРЧЕСКАЯ ДЕЯТЕЛЬНОСТЬ
МЕСТНЫХ КЕНГАШЕЙ КАК ОДИН ИЗ МЕХАНИЗМОВ РЕАЛИЗАЦИИ
ПРЕДСТАВИТЕЛЬНОЙ ВЛАСТИ." Theoretical & Applied Science 4 (2020): 73-
76.
9. Исраилова,
Зарина.
"Обзор
развития
избирательного
законодательства Республики Узбекистан." in Library 22.4 (2022): 1127-
1130.