Jamoatchilik nazorati tushunchasi va mohiyati

CC BY f
313-320
0
0
Поделиться
Жахонов, Ш. (2023). Jamoatchilik nazorati tushunchasi va mohiyati. Узбекистан – стратегия 2030 с точки зрения молодых ученых: экономика, политика и право, 1(1), 313–320. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/strategy-2030-young-scientists/article/view/28757
Шохрух Жахонов, Ташкентский государственный юридический университет
независимый исследователь
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Mazkur tadqiqot ishida jamoatchilik nazorati haqida xorijiy va milliy olimlarning qarashlari tahlil qilingan va ushbu tushunchaning mualliflik ta’rifi ishlab chiqilgan.


background image

449

JAMOATCHILIK NAZORATI TUSHUNCHASI VA MOHIYATI

Jahonov Shohruh Shuhrat o‘g‘li

Toshkent davlat yuridik universiteti

mustaqil izlanuvchisi E-mail:

jahonovshohruh@gmail.com

Annotatsiya.

Mazkur tadqiqot ishida jamoatchilik nazorati haqida

xorijiy va milliy olimlarning qarashlari tahlil qilingan va ushbu tushunchaning

mualliflik ta’rifi ishlab chiqilgan.

Kalit so‘zlar:

jamoatchilik nazorati, demokratiya, nazorat, fuqarolik

jamiyati.

Bugungi kunda demoktratik davlatning asosiy belgilaridan biri unda

jamoatchilik nazoratining

qay darajada o‘rnatilgani bilan bog‘liq

hisoblanadi. Demokratik jamiyat madaniy, siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy

asoslaridan qat’i nazar, fikrlar xilma-xilligi, qonun ustivorligi, siyosiy teng

huquqlilik, jamoatchilik nazorati va hukumatning jamiyatga hisobot berishi

singari tamoyillar va institutlar mavjudligi bilan ajralib turadi. Demokratik

davlatlarga nazar tashlaydigan bo‘lsak, bunday davlatlarda jamoatchilik

nazorati o‘zining ma’lum bir ko‘rinishi bilan demokratiyaning asosiy tayanchi

bo‘lib, mamlakatda qonun ustuvorligiga xizmat qilmoqda.Shu bois

jamoatchilik nazorati tushunchasini ilmiy-metodologik jihatdan o‘rganish, bu

tushuncha mazmun-mohiyatini ilmiy-huquqiy jihatdan tahlil qilish ushbu

tadqiqot ishining dastlabki vazifalaridan hisoblanadi.

Tadqiqot olib borish jarayonida “jamoatchilik nazorati”ko‘plab olimlar

tomonidanpsixologik, siyosiy, huquqiy jihatdan o‘rganilgani bilan, ammo

qonun hujjatlarida bu tushunchaga huquqiy jihatdananiq ta’rif berilmagani

aniqlandi. Shu sababli “jamoatchilik nazorati” tushunchasini ilmiy-nazariy

jihatdan o‘rganish va mualliflik ta’rifini ishlab chiqish maqsadga muvofiq deb

topildi.


background image

450

Jamoatchilik nazorati alohida ijtimoiy tushuncha sifatida paydo

bo'lishi va uning turli tushunchalar tarkibidan alohida ajralib chiqishi

anchagini vaqt talab etgan. Yaxshi bilamizki, nazariy tushunchalar paydo

bo‘lib, ularning ijtimoiy munosabatlarga aylanib borishi o‘ziga xos omillarga

bog'liq bo‘ladi. Ijtimoiy tushuncha paydo bo'lishi va shakllanishida uning

qanday nazariy talqinlarga va vositalarga, umumiy bogliqliklarga

asoslanishi katta ahamiyatga ega hisoblanadi.

S. Taxoyeva Rossiya Federatsiyasi Jamoatchilik palatasining

jamoatchilik nazorati funksiyasini izohlash davomida, jamoatchilik

nazoratiga hukumat, ijroiya hokimiyati organlari va o‘zini o‘zi boshqarish

organlari faoliyati, shuningdek ommaviy axborot vositalari tomonidan so‘z

erkinligiga rioya etilishi ustidan amalga oshiriladigan nazorat sifatida ta’rif

beradi [1].

Darhaqiqat, S.Taxoyeva tomonidan berilgan ushbu ta’rifda

faqatgina qaysi subyektlar faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati o‘tkazilishi

sanab o‘tilib, tushunchaning o‘ziga esa izoh berilmasdan qolmoqda.

Shuningdek, ta’rifda keltirilgan ommaviy axborot vositalarining so‘z

erkinligiga rioya etilishi ustidan nazorati borasidagi fikri bahslidir.

V.N. Garashchuk jamoatchilik nazoratini qat'iy nazorat ma'nosida

tasniflash imkoniyatinishubha ostiga oladi.U jamoatchilik nazorati haqida

turli jamoat tuzilmalarining faoliyati sifatida gapirar ekan, "bu faoliyatni

ma'lum darajada shartlilik bilan tan olish mumkin, chunki jamoat

birlashmalari o‘z faoliyati davomida davlat organlari faoliyatiga aralashish

huquqi mavjud emas", deb hisoblaydi [2].

T. V. Troitskay V.N. Garashchukning fikriga qo‘shilmaydi, uning

ta’kidlashicha nazorat hali ham davlat funksiyasi bo‘lib, bevosita

qonunlarorqali nazoratni amalga oshirish mexanizmi bilan ta'minlanadi.

Shuning uchun u demokratiyaga erishish uchun tegishli davlat organlari

faoliyati ustidan nazoratni amalga oshirish haqida ko‘proq gapirishni taklif

qiladi [3].


background image

451

Nazarimizda, V.N. Garashchuk jamoatchilik nazoratiga turli jamoat

birlashmalari sifatida qarab, jamoat birlashmalarining vakolat doirasi davlat

organlarining vakolat doirasi bilan teng emasligi nuqtayi nazaridan

yondashgan ko‘rinadi. To‘gri jamoatchilik nazorati subyektlari (jamoat

birlashmalari ham jamoatchilik nazorati subyektlariga kirgani sababli

umumiy ma’noda jamoatchilik nazorati subyektlari deb olamiz)davlat

organlarining, ular mansabdor shaxslarining o‘z vakolatlari doirasida

amalga oshiradigan faoliyatiga aralashish, ularning faoliyati uchun to'siqlar

yaratishhuquqi yo‘q. Ammo jamoatchilik nazorati subyektlarijamoatchilik

nazoratini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan axborotni qonunchilikka

muvofiq davlat organlaridan so‘rab olishi, jamoatchilik nazorati natijalariga

ko‘ra takliflar va tavsiyalar tayyorlashi hamda ularni tegishli davlat

organlariga ko‘rib chiqish uchun yuborishi, fuqarolarning, yuridik

shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlari, jamiyat manfaatlari

buzilganligi faktlari aniqlangan taqdirda, materiallarni huquqni muhofaza

qiluvchi organlarga yuborishi, davlat organlarining qonunga xilof qarorlari,

ular mansabdor shaxslarining xatti-harakatlari (harakatsizligi) ustidan

bo‘ysunuv tartibida yuqori turuvchi organga yoki mansabdor shaxsga yoxud

qonunda belgilangan tartibda sudga shikoyat qilishi mumkin.

Milliy olimlarimizdan I. Ergashev jamoatchilik nazoratini siyosiy

jihatdan tadqiq qilib, shunday ta’kidlaydi: “Davlat hokimiyati organlari

ustidan kuchli jamoatchilik nazoratining mavjudligi-fuqarolik jamiyati barpo

etishning muhim shartlaridan biridir. Binobarin, fuqarolarning faolligi,

ijtimoiy hodisalarga befarq bolmasligi hamda har bir davlat xizmatchisining

o‘z faoliyatini jamoatchilik nazorati ostida ekanligini chuqur his etib borishi

fuqarolik jamiyatini shakllantirish jarayonida o‘ta muhim ahamiyat kasb

etadi” [4].

T. Do‘stjonov va S. Hasanovlar jamoatchilik nazorati fuqarolik

jamiyatini shakllantirish va to‘g‘ri tashkil etishning asosiy institutlaridan biri

ekanligi ta’kidlab, kengroq ma’noda ta’riflaydi, ya’ni “Jamoatchilik nazorati -


background image

452

bu fuqarolarning davlat hokimiyati, boshqaruvi organlari, ularning

birlashmalari va o‘zini o‘zi boshqarish organlari, fuqarolik jamiyatining

boshqa tuzilmalari (institutlari), shuningdek davlat va nodavlat organlari

tarkibida tuziladigan jamoat organlari ustidan qonun doirasida nazorat

qilishdir” [5].

Mazkur tushunchani yanada aniqroq tushunish uchun jamoatchilik

nazoratiga doir huquqshunos olimlar tomonidan berilgan ta’riflarni ham

keltirish maqsadga muvofiq. Masalan, huquqshunos olim H. Odilqoriyev:

“davlat hokimiyati idoralari va ularning mansabdor shaxslari ustidan

jamoatchilik nazorati davlat tomonidan ta’minlanishi lozim [6] deb tariflagan.

Sh. Yakubov “Jamoatchilik nazoratining amalda samarali joriy

etilishi orqali davlat organlari faoliyatida qonuniylik ta’minlanadi” [7], deb

aytib o‘tgan.

R. Hakimovning fikriga ko‘ra, “Jamoatchilik nazorati kuchli fuqarolik

jamiyatining ajralmas belgilaridan bo‘lib, fuqarolik jamiyati institutlari, keng

jamoatchilik tomonidan davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, ularning

mansabdor shaxslar faoliyatini qonunga muvofiqlik nuqtayi nazaridan

muntazam nazorat qilishni anglatadi” [8].

Sh. Bafayevning ta’kidlashicha, “jamoatchilik nazorati fuqarolar,

nodavlat notijorat tashkilotlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari

va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarining davlat tomonidan berilgan

vakolatlarga ega bo‘lgan davlat organlari va mansabdor shaxslarning

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida inson va fuqaroning huquqlari,

erkinliklari va qonuniy manfaatlari kafolatlariga amal qilish faoliyatini

nazorat qilishga qaratilgan tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar majmui” [9].

Yuqorida keltirib o'tilgan jamoatchilik nazoratiga doir qarashlar bizga

jamoatchilik nazoratini nazariy jihatidan anglab yetishimizda katta ahamiyat

kasb etadi.

B.I. Ismoilovning fikricha, jamoatchilik nazorati deganda O‘zbekiston

Respublikasi fuqarolari va ularning birlashmalari, fuqarolik jamiyati


background image

453

institutlarining davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari ustidan nazorati

tushuniladi [10]. Mazkur ta’rif jamoatchilik nazoratini to‘liq aks ettirmagan,

ya’ni O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va ularning birlashmalari,

fuqarolik jamiyati institutlariqaysi holatlarda davlat hokimiyati va boshqaruvi

organlari ustidan nazorat o‘rnatishi ochiq qolgan.

Mazkur tushunchaning ma’nosini kengroq ifodalash maqsadida

yuqorida keltirilgan ta’riflarga qo‘shimcha ravishda “O‘zbekiston yuridik

ensiklopediyasi”da keltirilgan ta’rifni keltirishni ma’qul topdik. “Jamoatchilik

nazorati -bu davlat hokimiyati va boshqaruv organlari hamda nodavlat

tashkilotlarfaoliyati ustidan, fuqarolar, ularning birlashmalari, o’zini o’zi

boshqarish, fuqarolik jamiyatining boshqa tuzilmalari, shuningdek, davlat

va nodavlat tashkilotlari tomonidan tuzilgan jamoatchilik organlari

tomonidan qonun doirasida olib boriladigan faoliyat [11].

Bizningcha, jamoatchilik nazorati tushunchasini izohlashda ikkita

alohida so‘zning bitta yaxlit ma’no ifodalaganiga e’tibor qaratishimiz lozim.

Jumladan,

jamoatchilik

so‘zining asosi

jamoat

so‘zi arabcha so‘z [12] bo‘lib,

birlashma, uyushma, xalq, xaloyiq, kopchilik

degan ma’nolarni bildirishi,

jamoatchilik so‘zining o‘zi

xaloyiq, xalq, omma, kopchilik

ma’nolarini

bildirishi O‘zbek tilining izohli lug‘atida yozilgan. Lekin bunda u aynan bir

guruh manfaatini ifoda etmaydi, ya’ni jamoatchilik yaxlit holda jamoa degan

ma’noni berishi lozim.

Ikkinchi qismiga keladigan bo‘lsak,

nazorat

so‘zi ham arabcha

so‘z [12] bo‘lib,

boshqarish, idora qilish, biror ishning, biror narsaning ahvoli,

jarayonning borishi, kishining yurish-turishi ustidan doimiy kuzatish

degan

ma’nolarni bildirishiO'zbek tilining izohli lug'atida yozilgan. Bundan kelib

chiqadiki,jamoatchilik nazorati faqatgina birgina shaxsning manfaatlarini

ifodalamasdan, balki butun xalqni, fuqarolarning manfaatlarini o‘zida

mujassam etadi. Shuningdek, jamoatchilik nazoratini ma’lum bir ijtimoiy

jarayon ustidan o‘rnatilgan nazorat shakli desak ham bo‘ladi.

Yuqorida keltirilganlardan xulosa qiladigan bo‘lsak, biz talqin qilgan


background image

454

ushbu tushunchaning ilmiy talqini uning rasmiy talqinidan ancha keng

ekanligini ta’kidlash zarur. Shunday qilib, jamoatchilik nazorati davlat

hokimiyati idoralari, mansabdor shaxslarning faoliyati va jamiyatda

o‘rnatilgan mezonlar, jamiyat ehtiyojlari o‘rtasida muvofiqlikni ta’minlash

hamda nazorat choglda aniqlangan kamchiliklarni isloh qilish bo‘yicha

maqsadga yo'naltirilgan faoliyatdan iborat. Mazkur faoliyatni ham fuqarolar,

ham fuqarolik jamiyati institutini tashkil etuvchi va davlat hokimiyati bilan

o‘zaro harakatga kiruvchi ijtimoiy guruhlar, ya’ni bir so‘z bilan aytganda

jamoatchilik nazoratining subyektlari amalga oshiradi.

Bundan tashqari, jamoatchilik nazorati fuqarolarning fuqarolik

jamiyati manfaatlarida samarali ishtirok etishini ta’minlaydi, hokimiyatning

huquqiy cheklanishini kafolatlaydi, davlat hokimiyati va boshqaruvi

organlari faoliyatida qonun ustuvorligini va qonuniylikni rivojlantirishni

tekshiradi. Shuningdek, mansabdor shaxslar faoliyatidagi huquqiy normalar

yoki boshqaruv qarorlarining bajarilishi va barcha davlat organlarining ish

sifati monitoringini amalga oshirishga ko‘maklashadi.Tashkiliy-huquqiy va

mulkchilik shaklidan qat’i nazar boshqa subyektlar tomonidan inson huquq

va erkinliklariga rioya etishilishini nazorat qilib boradi.

Demak, yuqorida keltirilgan ta’riflar va jamoatchilik nazoratining

xususiyatlaridan kelib chiqib, jamoatchilik nazorati tushunchasiga kengroq

ta’rif berish maqsadga muvofiq bo‘ladi. “Jamoatchilik nazorati - jamoatchilik

nazorati subyektlari tomonidan davlat hokimiyati va organlari, ular

mansabdor shaxslari,tashkiliy-huquqiy va mulkchilik shaklidan qat’i nazar

boshqa tashkilotlar tomonidan o‘z faoliyati davomida qonuniylikka rioya

etishi hamda inson huquq va erkinliklari va qonuniy manfaatlari kafolatlariga

rioya etishilishi ustidan amalga oshiriladigan nazorat” deb aytishimiz

mumkin.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati

1. Тахоева

С.С.

Конституционно-правовой

статус


background image

455

Общественной палаты Российской Федерации: вопросы теории и

практики. Автореферат диссертации на соискание ученой степени

кандидата юридических наук. 12.00.02

- конституционное право;

муниципальное право. - Москва, 2009.- С.17,18

2. https://izron.ru/articles/teoriya-i-praktika-sovremennoy-

yuridicheskoy-nauki-sbornik-nauchnykh-trudov-po-itogam-

mezhdunarodnoy/sektsiya-10-administrativnoe-pravo-finansovoe-pravo-

informatsionnoe-pravo/ponyatie-i-vidy-obshchestvennogo-kontrolya-v-

rossiyskoy-federatsii/

3. Троицкая Т.В. Общественный контроль: понятие, механизм

осуществления в России // Современная юридическая наука и

правоприменение (IV Саратовские правовые чтения): Сборник

тезисов докладов (по материалам международной научно-

практической конференции, г. Саратов, 3—4 июня 2011 г.). Саратов:

Саратов. гос. академия права, 2011.

4. Эргашев И. Кучлифуқароликжамиятийўлида. Тошкент,

“Маънавият”, 2011. 10-б

5. Т.Дўстжонов.

С

Ҳасанов.

Ўзбекистондемократиктарққиетйўлида.

-

Тошкент:

ТошкентМолияинститути, 2004. -Б.79.

6. Конституциявийҳуқуқ.

Дарслик.

Ҳ.Одилқориев,

Ў.Х.Муҳамедов, вабошқалар. Масъулмуҳаррир

7. Yakubov Sh.U. “Jamoatchilik nazoratini raqamlashtirish:

zarurat va istiqbollari ” // Yurisprudensiya, Ilmiy- huquqiy jurnal. TDYU.

2021-yil, № 1-son. 6-bet.

8. Hakimov R.R. Mamlakatni modernizatsiya qilish va kuchli

fuqarolik jamiyatini barpo

etishda

jamoatchilik

nazoratini


background image

456

takomillashtirishning dolzarb masalalari // Fuqarolik jamiyati. - 2011. - №10.

9. БафаевШухратГафурович

Совершенствование

законодательных норм об общественном контроле в Узбекистане.

номзод.дис.автореф. -Тошкент, 2021. -B 34.

10. Исмоилов

Б.И.

Давлат

фаолиятиустиданжамоатчиликназоратиниамалгаоширишнингамалийж

иҳатлари

/

Ўзбекистондафуқароликжамиятиинститутларинишакллантиришмасал

а лари:

назарияваамалиет //

Илмий-амалий

конференция

материаллари. -Тошкент: ТДЮИ, 2007. - Б.46

11. Ўзбекистон юридик энциклопедияси. - Тошкент, Адолат,

2009. -Б. 167

12. O‘zbek tilining izohli lug‘ati. Toshkent:. O‘zbekiston milliy

ensiklopidiyasi nashriyoti. 2006. 69-b.

13. Исраилова,

Зарина.

"Концепция,

принципы

и

международные стандарты избирательного законодательства и

процессов." in Library 22.2 (2022): 49-56.

Библиографические ссылки

Тахоева С.С. Конституционно-правовой статус Общественной палаты Российской Федерации: вопросы теории и практики. Автореферат диссертации на соискание ученой степени кандидата юридических наук. 12.00.02 - конституционное право; муниципальное право. - Москва, 2009.- С.17,18

https://izron.ru/articles/teoriya-i-praktika-sovremennoy- yuridicheskoy-nauki-sbornik-nauchnykh-trudov-po itogam- mezhdunarodnoy/sektsiya-10-administrativnoe-pravo-finansovoe-pravo- informatsionnoe-pravo/ponyatie i-vidy-obshchestvennogo-kontrolya-v- rossiyskoy-federatsii/

Троицкая Т.В. Общественный контроль: понятие, механизм осуществления в России // Современная юридическая наука и правоприменение (IV Саратовские правовые чтения): Сборник тезисов докладов (по материалам международной научно-практической конференции, г. Саратов, 3—4 июня 2011 г.). Саратов: Саратов. гос. академия права, 2011.

Эргашев И. Кучлифуқароликжамиятийўлида. Тошкент, “Маънавият”, 2011. 10-б

Т.Дўстжонов. С Ҳасанов. Ўзбекистондемократиктарққиетйўлида. -Тошкент: ТошкентМолияинститути, 2004.-Б.79.

Конституциявийҳуқуқ. Дарслик. Ҳ.Одилқориев, Ў.Х.Муҳамедов, вабошқалар. Масъулмуҳаррир

Yakubov Sh.U. “Jamoatchilik nazoratini raqamlashtirish: zarurat va istiqbollari ” // Yurisprudensiya, Ilmiy- huquqiy jurnal. TDYU. 2021-yil, № 1-son. 6-bet.

Hakimov R.R. Mamlakatni modernizatsiya qilish va kuchli fuqarolik jamiyatini barpo etishda jamoatchilik nazoratini takomillashtirishning dolzarb masalalari // Fuqarolik jamiyati. - 2011. - №10.

БафаевШухратГафурович Совершенствование законодательных норм об общественном контроле в Узбекистане. номзод.дис.автореф. -Тошкент, 2021. -B 34.

Исмоилов Б.И. Давлат фаолияти устидан жамоатчилик назоратини амалга оширишнинг амалий жиҳатлари / Ўзбекистонда фуқаролик жамияти институтларини шакллантириш масалалари: назария ва амалиет // Илмий-амалий конференция материаллари. -Тошкент: ТДЮИ, 2007. - Б.46

Ўзбекистон юридик энциклопедияси. - Тошкент, Адолат, 2009. -Б. 167

O‘zbek tilining izohli lug‘ati. Toshkent:. O‘zbekiston milliy ensiklopidiyasi nashriyoti. 2006. 69-b.

Исраилова, Зарина. "Концепция, принципы и международные стандарты избирательного законодательства и процессов." in Library 22.2 (2022): 49-56.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов