«O‘ZBEKISTONDA QONUN USTUVORLIGI, MILLIY QONUNCHILIKNI
TAKOMILLASHTIRISH VA XALQARO HUQUQIY MASALALARNI
O‘RGANISH»
Sharifjonov Dadajon Qaxramon o’g’li JIDU
“Xalqaro huquq” fakulteti 2-bosqich talabasi e-
pochta:sharifjonovdadajon23@gmail.com
Annotatsiya.
Ushbu
maqolada O’zbekistonda qonun
ustuvorligi,milliy qonunchilikni takomillashtirish va xalqaro huquqiy masalalar
haqida keng tushuntirishlar olib borilgan.O’zbekistonning huquq sohasida
amalga oshirgan va oshirayotgan ishlari haqida ham keng ma’lumotlar yoritib
o’tilgan.Shu bilan bir qatorda O’zbekistonning Birlashgan Millatlar Tashkiloti
(BMT) va Shanxay Hamkorlik Tashkiloti (SHHT) da tutgan o’rni,unda amalga
oshirayotgan huquqiy masalalardagi ishtiroklari,hamda
xalqaro
talablarga
javob
beradigan
ma’lumotlarni,yangiliklarni O’zbekistonda qo’llagani haqida ham fikr bildirib
o’tilgan.
Kalit so’z:
O’zbekiston Respublikasi, Konstitutsiya, huquq, BMT,
SHHT, jamiyat, referendum.
O’zbekistonda qonun ustuvorligini ta’minlash maqsadida, avvalo
O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlarining so’zsiz
ustuvorligi tan olinadi. O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi
qoidalaridan kelib chiqib, mamlakatimizda demokratik huquqiy davlat va
fuqarolik jamiyati barpo etish uchun qonun ustuvorligini ta’minlash alohida
ahamiyat kasb etadi. Qonun ustuvorligini ta’minlar ekanmiz bunda avvalo,
O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlarimizning butun
hududimizda amal qilinishini ham nazorat qilib borishimiz kerak. Qonun
ustuvorligini ta’minlar ekanmiz bunda hech qanday bir xatoga yo’l
qo’ymasligimiz zarur. Qonun yuksak darajaga va nufuzga ega bo’lmas ekan
u ma’nosiz bo’lib qoladi[1]. O’zbekiston Respublikadida qonun ustuvorligini
ta’minlash uchun turli xil huquqiy hujjatlar amaliyotga taqdim
etiladi. Bu qonunlarimiz Konstitutsiyamizga ham zid bo’lib qolmasligiga
e’tibor berishimiz lozim. Huquqiy davlat qurilar ekan bunda barcha
qonunlarga so’zsiz amal qilinadi. Qonunlarning so’zsiz amal qilinishiga
ishonchsizlik joylardagi ijroiya hokimiyatlar va huquqni muhofaza qilish
organlariga salbiy ta’sir qilib, ularni huquqiy qiyin ahvolga solib qo’yadi[2].
Shuning uchun ham qonuniylik huquq-tartibot bilan uzviy holda amlga
oshiriladi. Hozirgi kunda har qadamda yangilanish, rivojlanish bo’lganligi
uchun ham O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasini yangi tahrirda
ishlab chiqishga qaror qilingan edi. Bu oldinga qo’yilgan maqsadni ham
O’zbekiston Respublikasi aholisi bir bo’lib muvaffaqiyatli amlalga oshirishdi.
Yangi tahrirdagi Konstitutsiya ishlab chiqilishida barcha qonunchilik
hujjatlarining Konstitutsiyamizga zid bo’lib qolmasligi ham inobatga olingan
edi. O’zbekiston Respublikasida yangi Konstitutsiyaning ishlab chiqilishi keng
ommaga e’lon qilingan va bunda barcha 2023-yil 30-aprelda referendumda
ishtirok etishi rejalashtirilgan edi. Bu unitilmas sana xalqimizning xotirasida
O’zbekiston Respublikasining qonun ustuvorligi, milliy qonunchilikni
takomillashtirish yo’lidagi yangi qadami sifatida qoldi. Konstitutsiyamizning
referendumida (19
722 809) nafar fuqaro ishtirok
etishi nazarda tutilgan edi,lekin 84,51% ya’ni (16
667 097) kishi ishtirok
etishdi va shu bilan birgalikda oldinga qo’yilgan bir qator rejalar ham amalga
oshirildi[3].
Referendum natijasi
Konstitutsiya matni olimlar yoki mutaxasislar tomonidan kabinetlarda
yozilmadi.
Balki,avval
xalqimizning
fikri,takliflari
2
bosqichda
o’rganildi,shundan so’ng Konstitutsiya loyihasi tayyorlandi. Avvallari
Konstitutsiya qabul qilishda dastlab loyiha ishlab chiqilib,keyin xalq
muhokamasiga qo’yilgan. Shuni aytishimiz mumkinki, Yangilangan
Konstitutsiya taraqqiy etgan davlat Yangi O’zbekistonni qurish g’oyasi
atrofida butun jamiyatimizni jipslashtirdi. Bu loyiha tom ma’noda xalq
Konstitutsiyasi bo’lganligidan dalolat beradi. Asosiy qonunimizning 65 foiz
matni xalqimiz takliflari asosida yangilandi.
Bu ishlarning barchasi O‘zbekistonda qonun ustuvorligi, milliy
qonunchilikni takomillashtirish uchun amalga oshirilgan ishlarning bir qismi
edi. Yana shuni ta’kidlab o’tish joizki bu yangi tahrirdagi Konstitutsiya hamma
muhim sohalarni o’rganib chiqib keyin loyiha tarkibiga kiritilgan edi. Bunda
inson huquq va erkinliklari ustuvorligi, xalqimizning tadbirkorlik bilan yanada
erkin faoliyat yuritishlariga, ayollar huquqlariga va shu bilan birga
Parlamentimizni kuchaytirish va qonun ustuvorligini taminlash uchun ildam
qadamlar tashlangan edi[4]. Insonning huquq va erkinliklari qonunlarning,
davlat organlari, fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari, ularning
mansabdor shaxslari faoliyati haqida ham qo’shimcha ma’lumotlar aytib
o’tilgan edi. Yangi Konstitutsiyamizda mamlakatimizni
ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini,
umume'tirof etilgan
xalqaro
“Ha” deb berilgan ovozlar
soni (15 034 608)
“Yo‘q” deb berilgan ovozlar
soni (1 558 817)
Haqiqiy emas deb topilgan
ovoz berish
byulletenlarining soni (73
672)
standartlar
hamda O‘zbekistonning
inson huquqlari sohasidagi
majburiyatlarini,
shuningdek, BMTning
ustav organlari va shartnomaviy
qo‘mitalarining tavsiyalarini
hisobga
olgan
holda
qonunchilikni
takomillashtirish
va ular ustida ham bir qancha ishlar amalga oshirildi. Bu
kabi ishlarning amalga oshirilishi xalqimizning huquqlarini himoya qilishlari
uchun katta yordam sifatida qaraladi. Shuni ta’kidlab o’tish joizki, davlatimiz
bu kabi islohatlarni amalga oshirganidan keyin oldiga qo’ygan ulkan yana bir
vazifalardan; aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini shakllantirish,
qonunlar ijrosini ta’minlash va ular ustidan nazorat o’rnatish, fuqarolarni
Konstitutsiyaviy huquqlar va erkinliklar bilan ta’minlaydigan qonunchilikni
ta’minlash, huquqni muhofaza qilish organlari tizimini yanada mustahkam
shakllantirish va qonunchilik va huquq tartibotni
mustahkamlash kabilardan iborat[5]. Yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizda
ham bu vazifalar haqida qisman yoritib o’tilgan. O’zbekiston Respublikasida
barcha fuqarolarning teng huquqqa ega ekanligi, qonun oldida hammaning
teng ekanligi va huquq va erkinliklari xalqaro huquqning umum e’tirof etilgan
normalariga binoan, hamda Konstitutsiyamizga muvofiq e’tirof etilishi aytib
o’tilgan[6]. Huquqni muhofaza qilish organlari tizimini yanada mustahkamlash
nazarda tutilgan edi va bu tizimda ham ilg’or ishlar amalga oshirildi. Ya’ni har
bir huquqni muhofaza qilish organlarining o’zining tizimiga tegishli qonunlari
ishlab chiqildi, bu ham huquqning yutuqlaridan biridir. Bu kabi qonunlarning
ishlab chiqilishi aholiga, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga va qonunlar
ijrosini ta’minlash va ular ustidan nazorat o’rnatishga ham katta yordam
beradi. Bu sohani yanada mustahkam tarzda amalga oshirish maqsadida
O’zbekiston Respublikasi ko’plab xalqaro tashkilotlarga a’zo bo’lib kelmoqda.
1992-yilda Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT)ga a’zo bo’lgan va bu tashkilot
har bir sohada O’zbekistonga va boshqa a’zo mamlakatlarga yordam berib
kelmoqda[7]. Xalqaro huquq sohasida ham davlatlar bilan o’z fikrlarini
almashib, kamchiliklarni to’ldirib kelishmoqda. Shuni ta’kidlab o’tish joizki,
xalqaro huquq sohasida kadrlar masalasi ham dolzarb masalalardan biri,
shuning uchun ham xalqaro huquq sohasida tahsil olayotgan yoshlarni
qo’llab- quvatlagan holda huquqni rivojlantirish uchun ham xorijiy davlatlarga
bilimlarini yanada mustahkamlash uchun yuborilmoqda. Bu kabi islohotlar
juda katta yordam bermoqda, ya’ni yechimlari topilmagan huquqiy masalalar,
kazuslarga qadam va qadam yechimlar topilmoqda. Shu bilan bir qatorda
davlat organlari sohasiga ham katta yordam berib kelmoqda. Davlat organlari
tizimida ham o’z bilim ko’nikmalarini oshirib kelgan talabalarimiz bu sohada
ham ilg’or qadamlarni, yangiliklarni amalga oshirib ko’rishmoqda. Birlashgan
Millatlar Tashkiloti (BMT) ham, buning uchun har bir davlatning shu kabi
yoshlarini qo’llab-quvvatlab kelmoqda. O’zbekiston Respublikasi ham BMT
ga a’zo bo’lgandan juda ko’p huquqqa oid, siyosatga oid va ijtimoiy-iqtisodiy
sohalarga oid ancha yuqori yutuqlarga erishib kelmoqda. Bu yutuqlar ichida
aholini huquq sohasi bilan tanishtirib borish, qonunlarning ijro etilishi ustidan
nazoratni amalga oshirish kabi ilg’or masalalar o’rin olgan edi. Bu ishlar shu
kungacha muvaffaqiyatli amalga oshirilib kelinmoqda va bir nuqtada to’xtab
qolmaslik uchun ham ildam qadamlar tashlab kelinmoqda. Shu bilan bir
qatorda O’zbekiston Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga (SHHT) ga ham 2001-
yilda a'zo bo’lgan edi. Bu tashkilot ham oldiga juda katta vazifalarni amalga
oshirishni maqsad qilgan va shuning uchun bu tashkilotda har 2 yilda
davlatlarning har xil sohalarda fikr almashishlari bo’lib o’tadi. Bu tashkilot ham
o’z ichiga huquq sohasi bilan shug’llanishni qisman qamrab olgan. Bunga
misol tariqasida, 2023-yilning 5-sentabr kuni Xitoyning Shanxay shahrida
Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga (SHHT) a’zo davlatlar adliya vazirlarining
navbatdagi - o’ninchi majlisi hamda Yuridik xizmatlar bo’yicha xalqaro forum
bo’lib o’tdi. Mazkur tadbirda adliya vaziri A.Tashkulov boshchiligida
delegatsiya ham ishtirok etgan edi. Bu tadbirda adliya vazirliklarining 10 yil
davomida erishgan yutuqlari hamda kelajakda amalga oshirmoqchi bo’lgan
ishlari va a’zo davlatlarning adliya vazirliklarining ko’p tomonlama
hamkorliklarini mustahkamlash vazifalari ko’rib chiqilgan edi. Bu ishlarning
hammasi O’zbekiston kelajagi yoshlari uchun amalga oshirib kelinmoqda va
yuqori salohiyatga ega bo’lgan yoshlarimizda bu amalga oshirilayotgan ezgu
ishlarga qiziqishlari juda ham yuqori va ular bu tadbirlarda o’zlarining faol
ishtiroki bilan ham qatnshib kelishmoqda.
Xulosa o’rnida shuni ta’kidlab o’tishimiz joizki, xalqimiz orasida huquq
sohasidan xabari yo’q insonlarni ko’rishimiz ham tabiiy holat va yuqoridagi
barcha ishlarning maqsadi ham yurtimiz aholisini huquq sohasida bir qancha
ma’lumotlarga ega bo’lishlari uchun amalga oshirilayotgan vazifalar deb olsak
bo’ladi. Shu bois jamiyat a’zolarining huquqiy savodxonligini oshirish har
qachongidan ham ustuvor vazifa hisoblanadi. Bu borada huquqshunoslar
tomonidan olib borilayotgan turli tadbirlar samarasi o’laroq, jamiyatni barcha
qatlamini huquqiy savodini oshirishga qaratilgan islohotlarni e’tirof etish zarur.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. X.T. Odilqoriyev va B. E. Qosimovning. Ma'muriy huquq.
Toshkent. 2010 - 389-b.
2. X.T. Odilqoriyev va B. E. Qosimovning. Ma'muriy huquq.
Toshkent. 2010 - 390-b.
3. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining qarori
«2023-yil 30-aprelda o‘tkazilgan O‘zbekiston Respublikasi referendumining
yakunlari to‘g‘risida» - 01.05.2023.
4. «O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi» - 01.05.2023.
5. «O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi» - 01.05.2023.
6. «O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi» - 01.05.2023.
7. Rahimov M.A. O‘zbekiston tarixi. Toshkent. 2018. - 129-b.
8. Pulatov J.N. Ilmiy ish va Tadqiqot olib borishda foydalaniladigan
9. uslublar.
2023
http://nauchniyimpuls.ru/index.php/ni/article/view/11329/7548
10.
Кадирова, Наргиза Рашитовна. "Необходимость нового
подхода
к
изучению
и
практике
консульского
права
в
Узбекистане." Наука и образование сегодня 2 (13) (2017): 57-59.
11.
Исраилова,
Зарина.
"О
некоторых
в
опросах
конституционной реформы опыт Узбекистана." in Library 1.1 (2023): 40-
45.